01.04.2024 yildagi PQ-147-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Badiiy adabiyot va boshqa ijod sohalariga mehr qoʻygan iqtidorli yoshlarni saralash va tarbiyalash, ularning isteʼdodini rivojlantirish, kelajakda oʻzbek adabiyoti va sanʼati, ommaviy axborot vositalari uchun munosib kadrlar tayyorlash, milliy oʻzligimiz, ona Vatanimiz va xalqimizga sadoqatli yetuk ijodkorlarning yangi avlodini kamol toptirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilansinki, 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarida (keyingi oʻrinlarda — ijod maktablari):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy va ijodiy faol, keng jamoatchilik oʻrtasida obroʻ-eʼtibor qozongan adiblar va jamoat arboblari ishtirokida mahorat darslari oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahorat darslari uchun toʻlanadigan bir martalik toʻlov Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan, ularning xizmat safari bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon adabiyotining durdona asarlarini oʻzbek tiliga badiiy tarjima qilish maqsadida “Yosh tarjimonlar” klublari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mumtoz adabiyotimiz, jumladan, jadid maʼrifatparvarlarining Vatanimiz tarixida chuqur iz qoldirgan boy ilmiy merosini oʻrganish maqsadida amaldagi tayanch oʻquv rejasi doirasida “Matnshunoslik” darslari tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili ikki marotaba oʻquvchilarning “Ijod bogʻidan guldasta” nomli toʻplamlarini nashr etish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarda axloqiy, ijtimoiy-emotsional va estetik didni rivojlantirish maqsadida “Tasviriy sanʼat va chizmachilik” fani negizida “Sanʼat” (ART) fani kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarning sunʼiy intellekt va robototexnika yoʻnalishiga qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash hamda ularning yaratuvchanlik koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida 7 — 9-sinflarning “Texnologiya” fani doirasida robototexnika asoslari oʻrgatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tasviriy sanʼat va chizmachilik” hamda “Musiqa” fanlaridan dars beradigan pedagog kadrlarning malaka toifalari “Sanʼat” (ART) faniga, “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan dars beradigan pedagog kadrlarning malaka toifalari esa — “Texnologiya” faniga ham tatbiq etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijod maktablari oʻquvchilarini oʻz ijodiy faoliyat natijalarini, jumladan ijtimoiy tarmoqlarda va onlayn platformalarda tijoratlashtirishga oʻrgatish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida badiiy adabiyot va sanʼat sohasida iqtidorli yoshlarni saralashga qaratilgan koʻrik-tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrik-tanlov har yili tuman (shahar) va viloyat bosqichlarida oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovning viloyat bosqichida sovrinli 1-, 2- va 3-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan 6-sinf oʻquvchilari ijod maktablariga umumiy qabul parametrlari doirasida kirish imtihonisiz oʻqishga qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov) bilan birgalikda oʻquvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish hamda bandligini taʼminlash maqsadida ijod maktablarining ijodiy tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2024-yil 1-sentabrdan boshlab ijod maktablarining 10- va 11-sinf oʻquvchilarini:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros agentligi (B. Abdikarimov) bilan birgalikda gid, tahrirchi va restavrator yordamchisi kasblariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Djurabayev) bilan birgalikda tele- va radiokanallarda rejissor yordamchisi, ovoz yozish rejissori assistenti, muharrir yordamchisi hamda reportyor kasblariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev) bilan birgalikda bosma nashriyotlarda muharrir va dizayner kasblariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi va uning hududlardagi filiallari bilan birgalikda skanerlash va raqamlashtirish hamda raqamlashtirilgan resurslarni qayta ishlashga oid kasblarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) bilan birgalikda teatrlarda sanʼatshunoslik, aktyorlik sanʼati, rejissorlik, xalq ijodiyoti sohalaridagi kasblarga oʻrgatish boʻyicha amaliy darslarni joriy qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, kasblarga oʻrgatish boʻyicha darslar amaldagi tayanch oʻquv rejaga ajratilgan dars soatlari va (yoki) darsdan tashqari mashgʻulotlar doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov) har yili:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mening birinchi kitobim” loyihasi doirasida har bir ijod maktabidan kamida ikki nafar oʻquvchining ijodiy ishlar toʻplamini nashr etish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
anʼanaviy “Zomin seminari”da har bir ijod maktabidan kamida 5 nafardan ijodkor oʻquvchilarning ishtirokini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev) har bir ijod maktabini “Turkiy adabiyot durdonalari” nomli 100 jilddan iborat kitoblar majmuasi bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ijod maktablari 1-ilovada koʻrsatilgan oliy taʼlim muassasalari va Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalariga biriktirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-ilovada koʻrsatilgan oliy taʼlim muassasalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-mayga qadar biriktirilgan ijod maktablarida oliy taʼlim muassasasi til, adabiyot va xorijiy tillar yoʻnalishlari boʻyicha kafedralarining boʻlinmalarini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-sentabrga qadar “Ustoz-shogird” anʼanalari asosida ijod maktablari oʻqituvchilarining kasbiy va ilmiy-ijodiy mahoratini oshirish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab har yili soha rivojiga katta hissa qoʻshgan ijodkorlarga bagʻishlangan koʻrik-tanlov va fan olimpiadalarini tashkil qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijod maktablari oʻquvchilari uchun milliy qadriyat va anʼanalarni keng targʻib etishga qaratilgan madaniy-maʼrifiy kechalar, mahorat darslari va ijodiy uchrashuvlar tashkil qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 1-ilovada koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-sentabrga qadar har bir ijod maktabiga xorijiy til boʻyicha kamida ikkitadan mutaxassislarni jalb qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijod maktablariga xorijiy davlatlardagi xalqaro maktablar bilan oʻquvchi almashish dasturlarini amalga oshirishga koʻmaklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-2025-yillar davomida ijod maktablarining kamida 50 nafar oʻqituvchilarining xorijiy ilgʻor taʼlim muassasalarida malaka oshirishlarini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijod maktablarining oʻqituvchi va oʻquvchilarini turli yoʻnalishdagi xalqaro konferensiyalar, anjumanlar, fan olimpiadalari, tanlovlar, ixtisoslikka oid koʻrgazmalarda ishtirok etish uchun jalb qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-sentabrga qadar ijod maktablari kutubxona fondini xorijiy adabiyotlar bilan boyitish choralarini koʻrsin hamda ularga yetakchi xorijiy axborot-kutubxonalari bilan aloqa oʻrnatishga koʻmaklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan chora-tadbirlar — tegishli oliy taʼlim muassasasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan, “b” kichik bandidagi tadbirlar — Tashqi ishlar vazirligining Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik xizmat organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijod maktablarida taʼlim-tarbiya jarayoni hamda darsdan tashqari mashgʻulotlarning sifatini yaxshilash, pedagog kadrlar salohiyatini oshirishni tizimli tashkil etishga qaratilgan Ijod maktablarini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijod maktablari faoliyatini samarali tashkil etish hamda taʼlim sifati natijadorligini oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori A.T. Ubbiyevga maqsadli koʻrsatkichlarga erishilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.U. Umarova belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini nazorat qilish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-147-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PQ-147-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablariga biriktirilgan oliy taʼlim muassasalari va Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Ijod maktablari

Oliy taʼlim muassasalari

Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari

1.

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

A. Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti,

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti

Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasi

2.

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti,

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi

Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi elchixonasi

3.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti,

Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi

Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi

4.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi

Andijon davlat chet tillar instituti,

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti

Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

5.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi

Qarshi davlat universiteti,

Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti

Oʻzbekiston Respublikasining Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi elchixonasi

6.

Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi

Namangan davlat universiteti,

Namangan davlat chet tillar instituti

Oʻzbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi

7.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Fargʻona davlat universiteti,

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti

Oʻzbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi elchixonasi

8.

Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi

Urganch davlat universiteti,

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Oʻzbe�iston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi elchixonasi

9.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti

Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PQ-147-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijod maktablarini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Koʻrsatkichlar nomi

Oʻlchov birligi

Yillar kesimida

2024

2025

2026

2027

I. Ijod maktablari tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

1.

Ijod maktablarida ikkinchi chyettilini oʻqitishni joriy etish.

foizda

(jami ijod maktablariga nisbatan)

75

100

100

100

2.

Ijod maktablarida xalqaro sertifikatlarga (IELTS, SEFR, TOEFL va boshqa) ega oʻqituvchilar ulushini oshirish.

foizda

(jami chet tili oʻqituvchilari soniga nisbatan)

50

65

75

85

3.

Chet tillaridan CEFR talablari asosida B2 va B2+ darajadagi sertifikatga ega bitiruvchilar ulushini oshirish.

foizda

(jami bitiruvchilar soniga nisbatan)

50

60

70

80

4.

Ikkinchi xorijiy tilni oʻrganib, CEFR talablari asosida B2 va B2+ darajadagi sertifikatga ega bitiruvchilar ulushini oshirish.

foizda

(jami bitiruvchilar soniga nisbatan)

-

-

5

10

5.

Ijod maktablarida faoliyat yuritadigan oʻqituvchilar orasida oliy toifaga ega oʻqituvchilar ulushini oshirish.

foizda

(jami oʻqituvchilar soniga nisbatan)

55

60

65

70

6.

Ijod maktablarida faoliyat yuritadigan tarbiyachilar orasida oliy maʼlumotga ega tarbiyachilar ulushini oshirish.

foizda

(jami tarbiyachilar soniga nisbatan)

93

95

97

100

7.

Oʻzbek tili va adabiyoti fanini bilish darajasi boʻyicha milliy sertifikatlarga ega oʻqituvchilar ulushini oshirish.

foizda

(jami ona tili fani oʻqituvchilari soniga nisbatan)

30

40

55

65

8.

Oʻzbek tili va adabiyoti fanini bilish darajasi boʻyicha milliy sertifikatlarga ega ijod maktablari bitiruvchilari sonini oshirish.

foizda

(jami bitiruvchilar soniga nisbatan)

20

30

40

50

9.

Ijod maktablarida drama klublarini tashkil etish.

maktablar soni

5

9

9

9

10.

Ijod maktablarida zamonaviy toʻgaraklarga oʻquvchilar qamrovini oshirish.

foizda

(jami oʻquvchilar soniga nisbatan)

30

40

50

60

11.

Respublika fan olimpiadasining hududiy (uchinchi) bosqichida sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritish.

(Xalqaro onlayn va oflayn olimpiadalar maqomidan kelib chiqib inobatga olinadi)

foizda

(jami ishtirokchilar soniga nisbatan)

10

12

15

18

12.

Oʻzbek mumtoz va jahon adabiyoti (100 nomda) durdona asarlarini audio kitob shakliga oʻtkazish.

ta

25

45

70

100

II. Biriktirilgan oliy taʼlim muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

13.

Oliy taʼlim muassasalari tomonidan oʻtkaziladigan fan olimpiadalari va koʻrik-tanlovlarda oʻquvchilar qamrovini oshirish.

foizda

(jami oʻquvchilar soniga nisbatan)

10

15

20

25

III. Yozuvchilar uyushmasi tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

14.

Oʻquvchilarning ijodiy ishlar toʻplamlarini chop etish.

ta

9

18

18

18

15.

Umumtaʼlim maktablarining 3 — 10-sinflarida taʼlim olayotgan ijodkor oʻquvchilar bazasini shakllantirish.

nafar

2 000

3 000

4 000

6 000

16.

Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida ijodiy koʻrik-tanlovlarni oʻtkazish.

ta

2

2

3

4

17.

Ijod maktablari oʻquvchilarining ijodiy ishlarini “Badiiy kengash”da koʻrib chiqish va xulosa tayyorlash.

ta

9

12

14

19

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PQ-147-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijod maktablari faoliyatini samarali tashkil etish hamda taʼlim sifati natijadorligini oshirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbai

Ijro uchun masʼullar

1.

Ijod maktablari toʻgʻrisidagi nizomni takomillashtirish.

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish. Bunda:

ijod maktablari toʻgʻrisida nizom loyihasini;

ijod maktablari faoliyatini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini tasdiqlashni nazarda tutish.

2024-yil avgust

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

(A. Ubbiyev),

Adliya vazirligi

(A. Toshqulov)

2.

Ijod maktablarida ishlovchi xodimlar mehnatini qoʻshimcha ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish.

1. Ijod maktablari xodimlarini ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻlardan foydalanish tartibini ishlab chiqish.

2024-yil may

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov),

Adliya vazirligi

(A. Toshqulov)

2. Ijod maktablarining maʼmuriy-boshqaruv, pedagogik, oʻquv-yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini amaliyotga jor�y etish.

2024-yil sentyabr

3.

Ijod maktablarining namunaviy shtatlar jadvalini tasdiqlash.

1. Ijod maktablarining amaldagi shtatlar jadvalini tahlil qilish hamda yangi tahrirdagi namunaviy shtatlar jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil dekabr

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Musayev)

2. Ijod maktablari namunaviy shtatlar jadvalini amaliyotga joriy etish.

2025-yil yanvar

4.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabini ixtisoslik fanlaridan qoraqalpoq tilidagi darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari bilan taʼminlash.

1. Qoraqalpoq tilidagi yangi avlod darsliklari va oʻquv qoʻllanmalarini yaratish maqsadida mualliflar guruhlarini shakllantirish.

2024-yil may

Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

(A. Ubbiyev)

2. Xorijiy tajribani oʻrgangan holda yangi avlod darsliklari va oʻquv qoʻllanmalarini bosqichma-bosqich ishlab chiqish, ularni muntazam ravishda takomillashtirib borish.

2025-yildan boshlab

3. Ijod maktabini xalqaro talablar asosida tayyorlangan qoraqalpoq tilidagi darsliklar bilan bosqichma-bosqich taʼminlash.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

5.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari 6-sinf oʻquvchilari oʻrtasida badiiy adabiyot va sanʼat sohasida iq�idorlilarini aniqlashga qaratilgan koʻrik-tanlovlar oʻtkazish.

1. Adabiyot va sanʼat sohasida iqtidorli oʻquvchilarni aniqlashga qaratilgan koʻrik-tanlovlar oʻtkazish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda:

har yili tuman (shahar) va viloyat bosqichlarini oʻtkazishni;

tanlovning viloyat bosqichida sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarning (1-,2-,3-oʻrin) ijod maktablariga umumiy qabul parametrlari doirasida kirish imtihonisiz oʻqishga qabul qilinishini nazarda tutish.

2. Koʻrik-tanlovlarni yuqori saviyada tashkil etish, gʻoliblarini munosib taqdirlash.

2024-yil oktyabr

Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

(A. Ubbiyev),

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi

(S. Saidov)

3. Tanlov natijalaridan kelib chiqib, adabiyot va sanʼat sohasida kichik yoshdagi iqtidorli oʻquvchilar bazasini yaratish.

2025-yildan boshlab

6.

Ijod maktablarida ijtimoiy va ijodiy faol, keng jamoatchilik oʻrtasida obroʻ-eʼtibor qozongan adiblar va jamoat arboblari ishtirokida mahorat darslari oʻtkazishni tizimli tashkil etish.

1. Mahorat darslarini oʻtkazish tartibini ishlab chiqish.

2. Mahorat darslarini olib boruvchi shaxslarga qoʻyiladigan talablarni belgilash.

3. Mahorat darslarini olib boruvchi shaxslarni tanlash.

2024-yil avgust

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

(A. Ubbiyev),

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi

(S. Saidov)

4. Mahorat darslarini tizimli ravishda oʻtkazish.

2024-yil sentyabr

7.

Ijod maktablari oʻquvchilarining ijodiy ishlarini doimiy chop etish tizimini yoʻlga qoʻyish.

1. Oʻquvchilarning ijodiy ishlarini nashr etish tartibini belgilash.

2024-yil may

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

(A. Ubbiyev),

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi

(S. Saidov)

2. Oʻquvchilarning ijodiy ishlarini toʻplash va tahrir qilish boʻyicha ishchi guruhni shakllantirish.

2024-yil noyabr

3. Oʻquvchilarning ijodiy ishlari toʻplamini nashr etish.

har yili

8.

Ijod maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish.

1. Ijod maktablari faoliyati natijadorligini baholash mezonlari va tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil may

Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

(A. Ubbiyev)

2. Ijod maktablari faoliyati natijadorligidan kelib chiqib, ularning reytingini aniqlash.

har yili avgust

3. Reyting boʻyicha eng yaxshi natija koʻrsatgan ijod maktablari rahbarlarini ragʻbatlantirish tizimini joriy etish.

2024-2025 oʻquv yilidan boshlab

9.

Ijod maktablarining taʼlim jarayonlarini xalqaro taʼlim tashkilotlari talablariga muvofiqlashtirish.

1. Ishchi guruh tuzgan holda xalqaro taʼlim tashkilotlari talablarini oʻrganish.

2024-yil may

Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

(A. Ubbiyev)

2. Oʻrganish yakunlaridan kelib chiqib, taʼlim jarayonlari xalqaro taʼlim tashkilotlari talablariga muvofiqlashtiriladigan ijod maktablarini belgilash hamda tegishli xalqaro taʼlim tashkilotlari bilan muzokaralar olib borish.

2024-yil avgust

3. Ijod maktablarining taʼlim jarayonlarini bosqichma-bosqich xalqaro talablarga muvofiqlashtirish.

2024 — 2030-yillar

10.

Ijod maktablari oʻquvchilarining oʻz ijodiy faoliyatini tijoratlashtirishga oʻrgatish.

1. Ijod maktablari oʻquvchilarining oʻz ijodiy faoliyatini tijoratlashtirishga oʻrgatish rejasini ishlab chiqish va masʼullarni belgilash.

2024-yil may

-

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

(A. Ubbiyev),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Saʼdullayev)

2. Reja asosida oʻquvchilar uchun amaliy mashgʻulotlar tashkil etish.

Bunda, oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarda va onlayn video platformalarda tijoratlashtirishni nazarda tutish.

2024-yil maydan boshlab

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 07/24/147/0261-son)