26.03.2024 yildagi 156-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada yashillik darajasini oshirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda atrof-muhitga zararli ta’sirlarning oldini olish maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, so‘nggi uch yil davomida jami 500 mln tupga yaqin daraxt va buta ko‘chatlari ekildi, 935,0 gektar “yashil bog‘”lar va 893,5 gektar “yashil jamoat parklari” tashkil etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birgalikda, bugungi kunda sohada o‘z yechimini kutayotgan ayrim muammolar saqlanib qolmoqda. Xususan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi tadbirlarini moliyalashtirish tizimli tashkil etilmagan bo‘lib, loyihani jamoatchilik fikri asosida tashabbusli budjetlashtirish tizimi orqali amalga oshirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 23-noyabrdagi PF-199-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 23-noyabrdagi PF-199-son Farmonining 1-bandiga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan har yili ajratiladigan mablag‘larning kamida 50 foizi “yashil bog‘” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish uchun “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bog‘im” loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yashil bog‘” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish bo‘yicha yer maydoni manzili va rasmlari ko‘rsatilgan holda, qiymati 250 mln so‘mdan oshmagan tashabbus bildirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va ularga ovoz berish jarayoni har yili yanvar-fevral oylarida o‘tkazilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Ekologiya vazirligi) hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetining tasdiqlangan ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, Ekologiya vazirligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi tadbirlariga ajratiladigan mablag‘lardan shakllanadigan budjet tashkilotining budjetdan tashqari jamg‘armasi shaklidagi “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ini (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Ekologiya vazirligining viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarida “Mening bog‘im” loyihalari doirasida “yashil bog‘” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish bo‘yicha tashabbusli budjet orqali moliyalashtirish mablag‘lari jamlanadigan maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ini ochish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, Ekologiya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratilgan mablag‘larning kamida 50 foizini “Mening bog‘im” loyihalarini tashabbusli budjet orqali moliyalashtirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Ekologiya vazirligining viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining maxsus shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkazib beradi. Bunda mablag‘lar tuman va shaharlarga teng ulushlarda, lekin 250 mln so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir hafta muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mening bog‘im” loyihalari jarayonini tashkil etish, shu jumladan loyihalarni baholash, saralab olish hamda ularning ijrosini monitoring qilish bo‘yicha tuman (shahar) hokimliklari huzurida mutasaddi vazirlik va idoralar vakillaridan iborat tarkibda ishchi guruhlarni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil uchun, 2025-yildan boshlab esa har yili dekabr oyida “yashil bog‘” hamda “yashil jamoat parki”ni tashkil etish uchun belgilangan tartibda yer maydonlarini ajratish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mening bog‘im” loyihalari doirasida saralab olingan tashabbusli loyihalarni amalga oshirish uchun talab etiladigan mablag‘lar miqdoriga loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq aniqlik kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha-smeta hujjatlari asosida aniqlik kiritilgan mablag‘lar miqdori tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi ishchi guruh tomonidan belgilangan dastlabki miqdordan oshib ketgan taqdirda, talab etiladigan qo‘shimcha mablag‘lar tegishli loyihalar doirasidagi boshqa tadbirlardan iqtisod qilingan mablag‘lar, mahalliy budjetning orttirib bajarilgan qismi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar kengashlari qaroriga asosan tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ekologiya vazirligi “Mening bog‘im” loyihalarining amalga oshirilishi jarayonini muntazam ravishda tahlil qilsin hamda har mavsum yakunida Vazirlar Mahkamasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati, shuningdek, “Mening bog‘im” loyihalari orqali respublikada yashillik darajasini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borilishini ta’minlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 26-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
156-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-martdagi 156-son qaroriga

ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom “yashil bog‘” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil etish uchun “Ochiq budjet” axborot portali (openbudget.uz) (keyingi o‘rinlarda — Portal) orqali jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi“E-auksion” portali orqali pudrat tashkilotini tanlash, “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil etish va ekilgan ko‘chatlarni uch yil davomida parvarishlash bo‘yicha shartnoma tuzadigan hamda bajarilgan ishlarni qabul qiladigan subyekt;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mening bog‘im” loyihalari jarayoni (keyingi o‘rinlarda — jarayon) — Portalda jamoatchilik fikri asosida “yashil bog‘” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish bo‘yicha loyihalarni shakllantirish, saralash, ovoz berish yo‘li orqali g‘olib loyihalarni aniqlash hamda moliyalashtirishni o‘z ichiga olgan jarayon;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g‘olib loyiha — Portal orqali ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra to‘plangan ovozlar soni asosida Portal tomonidan avtomatik tarzda tanlab olingan loyiha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tuman (shahar) hokimliklari huzurida jarayonni tashkil etish va monitoring qilish bo‘yicha ushbu Nizomga 2-ilovada ko‘rsatilgan tarkibda ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda — ishchi guruh) shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruhning faoliyatiga tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh Portalda o‘ziga biriktirilgan vakolatlardan elektron raqamli kalit orqali foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Iqtisodiyot va moliya vazirligi) jarayonni tashkil etish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Mening bog‘im” loyihalari bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Ekologiya vazirligi) viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — Ekologiya vazirligining hududiy bo‘linmalari) buyurtmachi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yashilloyiha” loyihalash instituti loyihachi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudrat tashkiloti qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Yashilloyiha” loyihalash instituti:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil etishda hududning suv ta’minoti, tuproq-iqlim va yer osti suvlari holatidan kelib chiqib talab etiladigan daraxt turlarini va ularning miqdorini aniqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqadi va ekspertiza xulosalarini oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha-smeta hujjatlarini buyurtmachiga topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Pudrat tashkilotiga quyidagi talablar qo‘yiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daraxt va buta ko‘chatlarini yetishtirish va ekish bo‘yicha kamida uch yillik tajribaga ega bo‘lish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha hujjatlari talabi asosida “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari”ni barpo etish uchun sug‘orish tizimini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari”ni shartnoma talablari va loyihaga qat’iy rioya qilgan holda tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekilgan daraxt va buta ko‘chatlarini uch yil davomida parvarishlash, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekilgan barcha daraxt va buta ko‘chatlarining ko‘karuvchanligini to‘liq ta’minlagan holda, ularni tegishli tuman (shahar) hokimliklariga yoki yer egalariga belgilangan muddatda topshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Loyihalarni baholash, saralab olish, ularning ijrosini monitoring qilish ishchi guruh tomonidan Ekologiya vazirligining hududiy bo‘linmalari vakili ishtirokida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh g‘olib loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha manzilli dasturni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining tuman (shahar) bo‘linmalari tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda har yili 1-noyabrga qadar hududlarda “Mening bog‘im” loyihalari doirasida “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil etish mumkin bo‘lgan tuman (shahar) hokimliklari balansidagi bo‘sh turgan yerlar ro‘yxati, maydoni va manzili haqida ma’lumotlarni to‘playdi hamda tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga va ishchi guruhga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yili 1-yanvarga qadar kelgusi yilda “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil etish uchun tumanlar (shaharlar) kesimida bo‘sh turgan yerlar ro‘yxati, maydoni va manzili haqidagi ma’lumotlarni Portalga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auksionga chiqarilgan va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlari bo‘sh turgan yerlar ro‘yxatiga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. “Mening bog‘im” loyihalarini moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagilar “Mening bog‘im” loyihalarini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan yashil makon xarajatlari uchun ajratiladigan mablag‘larning kamida 50 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy budjet qo‘shimcha mablag‘larining ixtiyoriy ravishda yo‘naltiriladigan qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi har yili respublika budjeti tasdiqlangandan so‘ng yanvar oyida “Yashil makon” umummilliy loyihasi uchun budjetdan ajratilgan mablag‘larni Ekologiya vazirligining “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) o‘tkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekologiya vazirligi “Yashil makon” umummilliy loyihasi uchun budjetdan ajratilgan mablag‘larning kamida 50 foizini “Mening bog‘im” loyihalari doirasida “yashil bog‘” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil etishni moliyalashtirish uchun tumanlarga (shaharlarga) teng taqsimlagan holda vazirlik hududiy bo‘linmalarining maxsus shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Hokimliklar ixtiyoriy ravishda mahalliy budjet qo‘shimcha mablag‘larining bir qismini chorak yakuni bo‘yicha tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qarori asosida Ekologiya vazirligining hududiy bo‘linmalarida ochilgan maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazishi mumkin. Bunda mahalliy budjetdan ajratiladigan mablag‘lar xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qarori qabul qilingan kundan so‘ng uch ish kun ichida tegishli maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i mablag‘lari faqat g‘olib loyihalarda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish hamda ushbu tadbirlar bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirish (loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertiza xulosalarini olish, yer tayyorlash, daraxt va buta ko‘chatlarini sotib olish, ekish, parvarishlash, sug‘orish tizimlarini yaratish, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish, saqlash, transport) xarajatlari uchun yo‘naltiriladi. Mazkur mablag‘larni boshqa maqsadlarga yo‘naltirish qat’iyan taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. G‘olib loyihada nazarda tutilgan tadbirlar to‘liq amalga oshirilgandan so‘ng ushbu loyiha uchun ochilgan maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idagi qoldiq mablag‘lar iqtisod qilingan mablag‘ hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan qo‘shimcha tadbirlarni amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi hamda ushbu mablag‘lar buyurtmachi tomonidan o‘n ish kuni ichida Jamg‘armaga yo‘naltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Loyihalarni shakllantirish, saralab olish va g‘oliblarni aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Jarayon har yili yanvar-fevral oylari davomida o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur hollarda, vakolatli organ keng jamoatchilikni xabardor qilgan holda, jarayonni o‘tkazish muddatiga o‘zgartirish kiritishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Jarayon Portal orqali o‘tkaziladi. Bunda Portalning rasmiy veb-sayti va mobil ilovasi teng kuchli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Jarayon quyidagi uchta bosqichda o‘tkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar tomonidan loyihalarni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi guruh tomonidan Ekologiya vazirligining hududiy bo‘linmalari vakillari ishtirokida loyihalarni saralab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saralashdan o‘tgan loyihalarga ovoz berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Fuqarolar Portaldan ro‘yxatdan o‘tgan holda, o‘n kun davomida “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish bo‘yicha loyihalarni joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Har bir fuqaro bir mavsumda faqat bitta “yashil bog‘” va bitta “yashil jamoat parki”ni barpo etish bo‘yicha loyihani ilgari surish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Loyihani shakllantirish uchun fuqarolar tomonidan Portalga quyidagilar kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha mazmuni (“yashil bog‘” yoki “yashil jamoat parki”ni tashkil etish), shu jumladan, bajariladigan ish turlari, xarid qilinadigan tovar va xizmatlar ro‘yxati (nomi va soni);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish uchun Portalga joylashtirilgan hududlar ro‘yxatidagi yer maydoni hamda uning aniq manzili (qishloq, ovul, mahalla, mavze va ko‘cha nomi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish uchun talab etiladigan daraxt turlari va miqdori, sug‘orish tizimini barpo etish, daraxt va buta ko‘chatlarini ekish hamda ularni uch yil davomida parvarishlash uchun talab etiladigan mablag‘lar bo‘yicha tahminiy hisob-kitoblar. Bunda, loyihani amalga oshirishning dastlabki qiymati 250 mln so‘mdan oshmasligi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha amalga oshiriladigan yer maydonining joriy holatini tasvirlovchi kamida 3 ta fotosurat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha amalga oshiriladigan hududning suv ta’minoti (mavjud suv manbalari) to‘g‘risidagi ma’lumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha hujjatlar, shu jumladan loyiha hujjatlari, vakolatli organ xulosalari va boshqalar (agar mavjud bo‘lsa).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Loyiha ishchi guruh va Ekologiya vazirligining hududiy bo‘linmasi vakillari tomonidan o‘n ish kuni davomida quyidagi mezonlar asosida saralab olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihada aks ettirilgan muammo tegishli tuman (shahar) hududiga tegishli bo‘lishi (tanlangan hududda daraxtzorlar bilan qoplanish darajasi yetarli emasligi, “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari” mavjud emasligi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar shaxsiy xususiyatga ega bo‘lmasligi (shaxsiy xonadon va yer egaligidagi hududlarda ishlarni amalga oshirish va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilmaganligi hamda loyihani amalga oshirish natijasidan pulli foydalanish ko‘zda tutilmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihada ko‘rsatilgan yer maydonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining hujjatlari va topshiriqlari, shuningdek, boshqa dasturlarda nazarda tutilgan tadbirlar amalga oshirilishi belgilanmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirishning umumiy qiymati 250 mln so‘mdan oshmasligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda bir xil mazmundagi bir nechta loyihalar ilgari surilgan bo‘lsa, ulardan ma’lumoti nisbatan aniq va to‘liq ko‘rsatilgan dastlabki loyiha qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ishchi guruh va Ekologiya vazirligi hududiy bo‘linmasining vakili tomonidan uch ishi kun ichida loyihani Portal orqali ovoz berish bosqichiga o‘tkazish yoki uni rad etish to‘g‘risida xulosa beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Loyihaning mazkur Nizomning 21-22-bandlarida nazarda tutilgan talablar va mezonlarga mos kelmasligi uni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh tomonidan loyihaning asossiz yoki boshqa sabab bilan rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Loyihaga Portal orqali ovoz berish jarayoni saralash bosqichi yakunlariga ko‘ra o‘n kun davomida o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ovoz berish bosqichida fuqarolar bir mavsum doirasida bitta loyihaga ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunda ovoz berishda fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritilib, Portalda ovoz beruvchilar ro‘yxati shakllantirilib boriladi hamda takroran ovoz berish holati qayd etilganda ushbu ovoz rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ovoz berish jarayoni SMS xizmati, mobil ilova yoki ijtimoiy tarmoqlarda ishga tushirilgan rasmiy botlar orqali amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Har bir tumanda (shaharda) loyiha g‘olib deb topilishi uchun 10 tadan kam bo‘lmagan eng ko‘p ovoz soniga ega bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir tuman (shahar) kesimida loyihalar to‘plangan ovoz soni bo‘yicha pastdan yuqoriga saralanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovoz berish bosqichi yakunlangan kun holatiga Ekologiya vazirligining hududiy bo‘linmalarida ochilgan maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida mavjud mablag‘lar Portalda qayd etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir tumanda (shaharda) bir mavsumda “yashil bog‘” va “yashil jamoat park”ni tashkil etish bo‘yicha eng ko‘p ovoz to‘plagan loyiha Ekologiya vazirligining tegishli hududiy bo‘linmasida ochilgan maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idagi mavjud mablag‘ doirasida Portal tomonidan avtomatik tarzda g‘olib deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Barcha tumanlar (shaharlar) bo‘yicha g‘olib loyihalar bir vaqtning o‘zida Portal orqali e’lon qilinadi. Loyiha tashabbuskorlariga g‘olib bo‘lganligi to‘g‘risida SMS xabar yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. G‘olib loyihani amalga oshirishda yuzaga kelgan texnik muammolar yoki ushbu loyihani amalga oshirish bo‘yicha boshqa manbalar hisobidan mablag‘lar ajratilganda mazkur loyiha g‘oliblar ro‘yxatidan chiqariladi. Bunda ovozlar soni bo‘yicha keyingi o‘rindagi loyiha g‘olib deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. G‘olib loyihalarni moliyalashtirish va amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. G‘olib loyihalarni moliyalashtirish ishchi guruh tomonidan Ekologiya vazirligining hududiy bo‘linmalari vakillari ishtirokida tasdiqlanadigan ushbu Nizomga 3-ilovadagi manzilli ro‘yxat asosida amalga oshiriladi. Bunda manzilli ro‘yxat g‘olib loyihalar e’lon qilingan kundan boshlab o‘n ish kunida tasdiqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. G‘olib loyiha doirasida faqat tashabbuskor tomonidan loyiha mazmunida ko‘rsatib o‘tilgan tadbirlar amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. G‘olib loyihalarni amalga oshirish uchun yer va boshqa resurslar ajratilishi, shuningdek, tegishli soha inspeksiyalarining ekspertiza xulosalari talab etilgan hollarda ushbu resurslarni ajratish bo‘yicha qaror qabul qilish vakolatiga ega tashkilotlarga manzilli ro‘yxat tasdiqlangandan so‘ng uch ish kunida ishchi guruh va Ekologiya vazirligining hududiy bo‘linmalari tomonidan so‘rov yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Manzilli ro‘yxat tasdiqlangandan so‘ng g‘olib loyihalarni moliyalashtirish maqsadida har bir loyiha uchun alohida “Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi”da shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga uch ish kunida Ekologiya vazirligining hududiy bo‘linmalarida ochilgan maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan g‘olib loyihalar uchun manzilli ro‘yxatda nazarda tutilgan mablag‘lar o‘tkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Manzilli ro‘yxatda nazarda tutilgan mablag‘lar tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkazib berilgandan so‘ng buyurtmachi uch ish kunida tovarlarni (ishlar va xizmatlarni) xarid qilish uchun ta’minot korxonalarini, “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari” tashkil etish uchun esa pudrat tashkilotini aniqlash bo‘yicha davlat xaridlari elektron tizimiga e’lon joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan “yashil bog‘” va “yashil jamoat parki”ni tashkil etish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari asosida g‘olib loyihaning yakuniy qiymatiga aniqlik kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi va davlat ekspertizadan o‘tkazilishi “Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratiladigan mablag‘lar hisobidan buyurtmachi tomonidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Agar loyihaning yakuniy qiymati uning dastlabki qiymatidan yuqori bo‘lsa (250 mln so‘mdan ortmagan holda), loyihani amalga oshirish uchun talab etiladigan qo‘shimcha mablag‘ manzilli ro‘yxatga tuzatishlar kiritilgan holda, Jamg‘armadagi mavjud yoki kelgusida tushadigan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barpo etilgan “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari”ni saqlash va parvarishlash tadbirlari uch yil muddatga pudrat tashkilotlari tomonidan, uch yildan so‘ng tegishli tuman (shahar) hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Hisobdorlik va ochiqlikni ta’minlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Ekologiya vazirligi g‘olib loyihalar ro‘yxatini o‘zining rasmiy veb-sayti hamda ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. G‘olib loyihalarni amalga oshirishning barcha bosqichlari ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatilishini ta’minlash maqsadida Portalda “loyihalarni amalga oshirish xronologiyasi” yuritib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Ekologiya vazirligi tomonidan ko‘chat ekish mavsumi yakunlariga ko‘ra keyingi oyning 25-sanasiga qadar ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shaklda g‘olib loyihalarni moliyalashtirish holati yuzasidan hisobot vazirlikning rasmiy veb-sayt orqali e’lon qilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Ekologiya vazirligi har yili 25-fevralga qadar o‘tgan yilda o‘tkazilgan jarayonlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar yuzasidan Oliy Majlis Senatiga hisobot kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Javobgarlik va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Ishchi guruh va Ekologiya vazirligining hududiy bo‘linmalari Portalga kiritilgan barcha loyihalarning ovoz berish bosqichi boshlangunga qadar saralashdan o‘tkazilishiga, Jamg‘arma mablag‘larining belgilangan maqsadlarda va samarali foydalanilishi hamda mablag‘larning ajratilishi uchun taqdim etiladigan barcha hujjatlarning haqqoniyligiga javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Jamg‘arma mablag‘larining belgilangan maqsadlarda va samarali foydalanilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. G‘olib loyihalar tashabbuskorlariga tadbirlarni amalga oshirishning barcha bosqichlarini kuzatish hamda bajarilgan ishlarni baholab borish imkoniyati yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Loyihalarni saralash va moliyalashtirish bilan bog‘liq yuzaga kelgan nizolar Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Ekologiya vazirligi bilan birgalikda ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

1-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Ekologiya vazirligi)

1. “Yashil makon” umummilliy loyihasi uchun budjetdan ajratilgan mablag‘larning kamida 50 foizini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Ekologiya vazirligining viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarida (keyingi o‘rinlarda — Ekologiya vazirligining hududiy bo‘linmalari) ochilgan maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazadi.

2. “Mening bog‘im” loyihalari jarayoni o‘tkazilishi yuzasidan OAV orqali e’lon bergan holda keng jamoatchilikni xabardor qiladi.

Har yil 10-yanvarga qadar

2-bosqich

Fuqarolar

“Ochiq budjet” axborot portaliga “Mening bog‘im” loyihalari jarayoni yuzasidan o‘z takliflarini kiritadi.

10 kun

3-bosqich

Ishchi guruh, Ekologiya vazirligining hududiy bo‘linmalari

1. Kelib tushgan loyihalarni belgilangan talab va mezonlar asosida saralab oladi.

10 ish kuni

2. Saralangan loyihalarni ovoz berish bosqichiga o‘tkazadi yoki rad etadi.

3 ish kuni

4-bosqich

Fuqarolar

Saralashdan o‘tgan loyihalar uchun “Ochiq budjet” axborot portali orqali ovoz beradi.

10 kun

5-bosqich

“Ochiq budjet” axborot portali

Eng ko‘p ovoz to‘plagan loyihalarni avtomatik tarzda g‘olib deb topadi.

Ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra

6-bosqich

Ishchi guruh, Ekologiya vazirligining hududiy bo‘linmalari

G‘olib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha manzilli ro‘yxatni shakllantiradi va tasdiqlaydi.

G‘oliblar e’lon qilingach,

10 ish kun ichida

7-bosqich

Ekologiya vazirligining hududiy bo‘linmalari

Manzilli ro‘yxat asosida loyihalarni moliyalashtirish choralarini ko‘radi.

Belgilangan muddatlarda

8-bosqich

Ekologiya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari, ishchi guruh,

G‘olib loyihalarni amalga oshirishning barcha bosqichlarini monitoring qilib boradi.

Doimiy ravishda

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

2-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mening bog‘im” loyihalari jarayonini tashkil etish va monitoring qilish bo‘yicha ishchi guruh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Lavozimiga ko‘ra

tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, guruh rahbari

2.

Lavozimiga ko‘ra

tuman (shahar) hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, guruh rahbari o‘rinbosari

3.

Lavozimiga ko‘ra

tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i

4.

Lavozimiga ko‘ra

tuman (shahar) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i

5.

Lavozimiga ko‘ra

tuman (shahar) irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i

6.

Lavozimiga ko‘ra

Kadastr agentligining tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘i

7.

Lavozimiga ko‘ra

tumandagi (shahardagi) mavjud davlat o‘rmon xo‘jaligi direktori

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh a’zosi boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zaruratga ko‘ra tuman (shahar) hokimliklari tomonidan ishchi guruh tarkibiga boshqa mutaxassislar ham jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

3-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
___________ yilda o‘tkazilgan “Mening bog‘im” loyihalari jarayoni doirasida g‘olib bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MANZILLI RO‘YXAT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Loyihaning ID-raqami

Hudud nomi

Tuman (shahar) nomi

Obyektning aniq manzili (mahalla, ko‘cha)

Loyiha doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar mazmuni

Loyiha qiymati

Jami

1.

2.

3.

...

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

4-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
_____ yilda o‘tkazilgan ko‘chat ekish mavsumi yakunlariga ko‘ra “Mening bog‘im” loyihalarini moliyalashtirish holati bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XISOBOT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Loyihaning ID-raqami

Loyihaning qisqacha mazmuni

Loyihaning moliyalashtirilishi (mln so‘m)

Moliyalashtirish uchun ochilgan hisobvaraq

Loyihaning qiymati

Ajratilgan mablag‘ miqdori

Bajarilgan ishlar hajmi

Bajarilgan ishlar uchun to‘lab berilgan mablag‘ miqdori

Qoldiq mablag‘ miqdori

Jami

1.

2.

3.

...

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2024-y., 09/24/156/0257)