Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qatʼiy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyxatdan oʻtkazishda, qayta roʻyxatdan oʻtkazishda, majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʻlovlar stavkalariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 31-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2303-5]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son “Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2011-yil 23-noyabrdagi 174-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2303, 2011-yil 21-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 51-son, 552-modda) bilan tasdiqlangan Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qatʼiy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyxatdan oʻtkazishda, qayta roʻyxatdan oʻtkazishda, majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʻlovlar stavkalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq 2024-yil 1-apreldan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2024-yil 31-mart,
164-son
Kelishildi:
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
2024-yil 30-mart
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2024-yil 31-martdagi 164-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qatʼiy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyxatdan oʻtkazishda, qayta roʻyxatdan oʻtkazishda, majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʻlovlar stavkalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
1. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
||
|
7. Elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalari tirkamalarini roʻyxatdan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun |
— |
bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida |
|
”. |
2. Quyidagi mazmundagi 71-band bilan toʻldirilsin:
|
“ |
||
|
71. Elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalari tirkamalaridan boshqa barcha avtotransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun |
— |
bazaviy hisoblash miqdorining 6,84 baravari miqdorida |
|
”. |
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2024-y., 10/24/2303-5/0255-son)