ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Ijro uchun mas’ullar |
|
I. Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlashga va gender zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan qonunchilik asoslarini va institutsional tizimni takomillashtirish |
||||
|
1. |
Xalqaro mehnat tashkilotining “Mehnat sohasida tazyiq va zo‘ravonlik to‘g‘risida”gi (2019-yil 10-iyundagi 190-sonli) konvensiyasini va xorijiy tajribani chuqur tahlil qilgan holda undagi xalqaro standartlar va normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish choralarini ko‘rish. Bunda ish joyida yoki ish bilan bog‘liq holatda sodir etilgan jinsiy zo‘ravonlik/tegajog‘lik uchun jinoiy javobgarlik hamda ish joyida yoki ish bilan bog‘liq holatda jinsiy zo‘ravonlik/tegajog‘likdan jabrlangan shaxsga kompensatsiya to‘lash masalasini o‘rganib chiqish. |
1. Xalqaro mehnat tashkilotining 190-sonli Konvensiyasini ratifikatsiya qilishga oid Qonun loyihasini ishlab chiqish yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralar mas’ullaridan iborat ishchi guruh tuzish. |
mart |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ish beruvchilar Konfederatsiyasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi |
|
2. Ishchi guruh tomonidan qonunchilik talablarini hamda huquqni qo‘llash va xorijiy davlatlar amaliyotini o‘rganish. |
iyun |
|||
|
3. O‘rganish natijalari asosida Qonun loyihasini ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda kelishish. |
iyul |
|||
|
4. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
avgust |
|||
|
2. |
Farzand tug‘ilishi munosabati bilan erkaklarga ish haqi saqlangan holda qisqa muddatli ta’til berishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. |
1. Mutasaddi vazirlik va idoralar mas’ullaridan iborat ishchi guruh tuzish. |
mart |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ish beruvchilar Konfederatsiyasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi |
|
2. Ishchi guruh tomonidan qonunchilik talablarini hamda huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish. |
aprel |
|||
|
3. O‘rganish natijalari asosida normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda mutasaddi vazirlik va idoralar bilan kelishish, jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish. |
may |
|||
|
4. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
iyun |
|||
|
3. |
Davlat organlari va tashkilotlarida xotin-qizlar uchun munosib va qulay mehnat sharoitlarini yaratish, ish vaqtidan unumli foydalanishni tashkil qilish maqsadida mehnatni normallashtirish bo‘yicha namunaviy mehnat normalarini ishlab chiqish. |
1. Mutasaddi vazirlik va idoralarning mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tashkil etish. |
mart |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Ish beruvchilar konfederatsiyasi |
|
2. To‘liq ish vaqti davomida tegishli malakaga ega bo‘lgan xodim mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan mehnat vazifasini to‘liq bajarishga erishish uchun, shu jumladan masofaviy ishdagi, mehnat normalarini joriy qilish bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish. |
aprel-may |
|||
|
3. Mehnat normalarini belgilash mumkin bo‘lgan va maqsadga muvofiq hisoblanadigan ish turlarini aniqlash va tahlil qilish. |
iyun-iyul |
|||
|
4. Davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlari uchun namunaviy mehnat normalarini ishlab chiqish va joriy qilish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda kiritish. |
noyabr |
|||
|
4. |
Xalqaro mehnat tashkilotining “Qishloq xo‘jaligida mehnat gigiyenasi va xavfsizligi to‘g‘risida”gi (2001-yil 5-iyundagi 184-sonli) konvensiyasini va xorijiy tajribani chuqur tahlil qilgan holda undagi xalqaro standartlar va normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish choralarini ko‘rish. |
1. Xalqaro mehnat tashkilotining 184-sonli Konvensiyasini ratifikatsiya qilishga oid Qonun loyihasini ishlab chiqish yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralar mas’ullaridan iborat ishchi guruh tuzish. |
mart |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ish beruvchilar Konfederatsiyasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi |
|
2. Ishchi guruh tomonidan qonunchilik talablarini hamda huquqni qo‘llash va xorijiy davlatlar amaliyotini o‘rganish. |
iyul |
|||
|
3. O‘rganish natijalari asosida qonun loyihasini ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda kelishish. |
avgust |
|||
|
4. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
noyabr |
|||
|
5. |
Xalqaro mehnat tashkilotining “Tadbirkorning to‘lovga qodir bo‘lmaganligi taqdirda ishchilarning talablarini himoya qilish to‘g‘risida”gi (1992-yil 3-iyundagi 173-sonli) konvensiyasini va xorijiy tajribani chuqur tahlil qilgan holda undagi xalqaro standartlar va normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish masalasini o‘rganish. |
1. Xalqaro mehnat tashkilotining 173-sonli Konvensiyasining normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish masalasini o‘rganish yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralar mas’ullaridan iborat ishchi guruh tuzish. |
aprel |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ish beruvchilar Konfederatsiyasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Ishchi guruh tomonidan qonunchilik talablarini hamda huquqni qo‘llash va xorijiy davlatlar amaliyotini o‘rganish. |
avgust |
|||
|
3. O‘rganish natijalari asosida Konvensiyani ratifikatsiya qilish yuzasidan xulosa va aniq takliflar ishlab chiqish. |
sentabr |
|||
|
4. Ishlab chiqilgan xulosa va aniq takliflarni Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari komissiyasiga kiritish. |
sentabr |
|||
|
6. |
Oilaviy zo‘ravonlik sodir etilishi xavf darajasi yuqori bo‘lgan holatlarda xotin-qizlar xavfsizligini ta’minlash masalasini o‘rganish. |
1. Oilaviy zo‘ravonlik sodir etilishi xavf darajasini baholash tizimini yaratish va amaliyotga tatbiq etish yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralar mas’ullaridan iborat ishchi guruh tuzish. |
mart |
Ichki ishlar vazirligi, Ijtimoiy himoya agentligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, nodavlat notijorat tashkilotlari (kelishuv asosida) |
|
2. Ishchi guruh tomonidan qonunchilik talablarini hamda huquqni qo‘llash va xorijiy davlatlar amaliyotini o‘rganish. |
aprel |
|||
|
3. O‘rganish natijalari asosida qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish. |
may |
|||
|
4. Ishlab chiqilgan xulosa va aniq takliflarni Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari komissiyasiga kiritish. |
iyun |
|||
|
II. Saylov huquqlarini amalga oshirishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash |
||||
|
7. |
Xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish. |
1. Saylov jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda saylovlarning barcha bosqichida xotin-qizlarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha alohida dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. |
Dastur ishlab chiqish — mart, |
Siyosiy partiyalar (kelishuv asosida), Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zMTRK, O‘zA, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari |
|
2. Jamiyatda “Ayol siyosatchi” obrazi to‘g‘risida ijobiy fikrni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini olib borish. 3. Siyosatchi ayollar haqida media mahsulotlar tayyorlash hamda markaziy, mahalliy ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilishini tashkil etish. |
amalga oshirish yil davomida |
|||
|
8. |
Mahalliy Kengash deputatligiga nomzod xotin-qizlarning siyosiy faolligini kuchaytirish. |
1. Mahalliy Kengash deputatligiga nomzod xotin-qizlarning ro‘yxatini shakllantirish. 2. Mahalliy Kengash deputatligiga nomzod xotin-qizlarning siyosiy faolligini va bilimlarini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda uning hududiy filiallarida o‘qitish. Bunda: o‘quv kurslarini tashkil qilish dasturini va rejasini ishlab chiqish; o‘quvlarga yetakchi mutaxassislarni, siyosatchilarni va olimlarni jalb qilish. |
alohida reja asosida |
Siyosiy partiyalar (kelishuv asosida), Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi, vazirlik va idoralar |
|
9. |
Davlat boshqaruvida xotin-qizlar ulushini oshirishda siyosiy partiyalarning ishtirokini yanada kengaytirish. |
1. Jamiyatda xotin-qizlarning siyosiy faolligini rag‘batlantirishga qaratilgan siyosiy partiyalarning dasturlarini ishlab chiqish. |
may |
Siyosiy partiyalar (kelishuv asosida), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari (kelishuv asosida) |
|
2. “Xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirishda siyosiy partiyalarning o‘rni va roli” mavzusida hududiy va respublika ilmiy-amaliy anjumanini tashkil etish. |
iyun |
|||
|
10. |
Saylovlarda xotin-qizlarning faol ishtirokini ta’minlash maqsadida “Siyosiy jarayonlarga befarq emasman” shiori ostida targ‘ibot kampaniyasini tashkil etish. |
1. “Siyosiy jarayonlarga befarq emasman” shiori ostida targ‘ibot kampaniyasini tashkil etish dasturini ishlab chiqish. |
may |
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar, Nodavlat notijorat tashkilotlari (kelishuv asosida) |
|
2. Targ‘ibot tadbirlari doirasida foydalanish uchun turli buklet, flayer, ijtimoiy roliklar ishlab chiqish va chop etish. |
iyul |
|||
|
3. Targ‘ibot tadbirlarga atoqli ilm-fan namoyandalari, siyosatchilari, madaniyat va san’at arboblari, taniqli yozuvchi va shoirlar, yosh ijodkorlar, sportchilar va faol xotin-qizlarni keng jalb qilish. |
avgust — oktabr |
|||
|
4. Kampaniya doirasida ommaviy axborot vositalarida turli ijtimoiy roliklar efirga uzatilishini, ijtimoiy tarmoqlarda taniqli, yetakchi ayollar ishtirokida xeshteglar va fleshbomlar o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yish. |
avgust — oktabr |
|||
|
5. Mahallalarda va mehnat jamoalarida saylov qonunchiligidan xabardorlik va huquqiy savodxonlik darajasini oshirishga qaratilgan uchrashuvlar va davra suhbatlari o‘tkazish. |
avgust — oktabr |
|||
|
III. Davlat xizmati sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash |
||||
|
11. |
Davlat xizmatidagi xotin-qizlarning siyosiy-huquqiy salohiyatini oshirish. |
1. Davlat boshqaruvi akademiyasi va uning hududiy filiallari tomonidan davlat boshqaruvining turli sohalarida faoliyat olib borayotgan faol xotin-qizlarning kasbiy va intellektual salohiyatini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quvlar tashkil qilish. |
aprel |
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Xotin-qizlarning kasbiy va shaxsiy malakasini oshirish bo‘yicha interaktiv maxsus onlayn kurslarni ishlab chiqish hamda xodimlarning masofaviy o‘quvlarini ta’minlash. |
yil davomida |
|||
|
12. |
Lavozimi ko‘tarilishida xotin-qizlar uchun genderning vertikal segregatsiyasi muammosini bartaraf etish. |
iyun |
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
|
2. Zaxiraga kiritilgan xotin-qizlarning bilim va kasbiy ko‘nikmalarini muntazam rivojlantirish hamda ularni yuqori rahbarlik lavozimlariga maqsadli tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘quv dasturlari va o‘quv rejalarini ishlab chiqish. Bunda: har bir davlat organi, tashkiloti va korxonasi kadrlar zaxirasiga kiritilgan xotin-qizlar uchun qayta tayyorlash va uzluksiz malakasini oshirish bo‘yicha individual dastur, zaxiradagi kadrlarni o‘qitish dasturlari va rejalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; o‘quv jarayoniga mahalliy va xorijiy yetakchi ta’lim va o‘quv muassasalarining yuqori malakali mutaxassislarini shartnoma asosida jalb qilish amaliyotini joriy etadi; individual dasturda zaxiradagi mutaxassis bilan uni kasbiy yuksaltirishda olib boriladigan individual ishlar, xususan, o‘qitish, malakasini oshirish, amaliyot o‘tashi, tajribali rahbarlar va mutaxassislarga biriktirilishi, rotatsiya qilinishi masalalariga e’tibor qaratiladi. |
iyul |
|||
|
3. Maxsus o‘quv dasturlari va o‘quv rejalari asosida o‘quvlarni tashkil qilish. 4. Har chorakda amalga oshirilgan ishlar holatini o‘rganib borish va monitoring qilish. |
reja asosida har chorakda |
|||
|
13. |
Xotin-qizlarning davlat xizmatida faoliyat yuritishi jozibadorligi va ish rejimi qulayligini oshirish. |
1. Tanlov asosida davlat organi, tashkiloti va korxonasida, shu jumladan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organida moslashuvchan va masofaviy ish rejimlari tashkil etilganligi yuzasidan pilot tariqasida 40 ta vazirlik va idorada o‘rganish olib borish. |
aprel |
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Ish beruvchilar konfederatsiyasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oila va gender tadqiqot instituti |
|
2. O‘rganish natijalari bo‘yicha puxta va asoslangan takliflar ishlab chiqish. |
noyabr |
|||
|
14. |
Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan xotin-qizlarda liderlik ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish borasida tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish. |
1. Oliy ta’lim muassasalarda talaba xotin-qizlardan iborat “Lider qizlar klubi” faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish. |
aprel |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari |
|
2. Klub a’zolarini vazirlik va idoralarda va ularning quyi tuzilmalarida maqsadli amaliyot o‘tash tartibini yo‘lga qo‘yish. |
aprel |
|||
|
3. Vazirlik va idoralarda malakali mutaxassisga biriktirish (ustoz-shogird) orqali ularni kasbiy mahoratini oshirish. |
aprel |
|||
|
4. Rahbar ayollar bilan tajriba ulashish maqsadida uchrashuvlar o‘tkazish. |
reja asosida |
|||
|
5. Barcha qilingan ishlarni OAVda va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borish. |
yil davomida |
|||
|
15. |
Oliy o‘quv yurtlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning huquqiy bilimini mustahkamlash va huquqiy madaniyatini yuksaltirish. |
1. Oliy ta’lim muassasalardagi xotin-qizlarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini shakllantirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda huquqiy bilimlarni sodda va ko‘rgazmali o‘rgatishga qaratilgan ko‘rgazma, tanlov, aksiya, fleshmob, davra suhbatlari, seminar-treninglar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish va ularda flayerlar, bukletlar, taqdimot slaydlari, videoroliklar tarqatish nazarda tutiladi. |
aprel |
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda tadbirlarni o‘tkazish. |
reja asosida |
|||
|
16. |
Davlat xizmatida jins bo‘yicha bevosita va bilvosita kamsitishga oid holatlarni tahlil qilish. |
1. Xodimlar o‘rtasida gender tenglikni ta’minlash, jins bo‘yicha kamsitish va ish joyidagi turli tazyiq va zo‘ravonliklar bo‘yicha ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazish. |
aprel |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Mehnat tadqiqotlari instituti, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari nodavlat notijorat tashkilotlari (kelishuv asosida) |
|
2. Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarning buzilishiga doir murojaatlarni ko‘rib chiqish hamda ularni tiklash bo‘yicha choralar ko‘rish. |
doimiy |
|||
|
17. |
Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahat kengashlarining faoliyatini takomillashtirish choralarini ko‘rish. |
1. Iqtisodiyot tarmoqlaridagi korxona, tashkilot va muassasada xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash bo‘yicha maslahat kengashlari organlari faoliyatini ommalashtirish choralarini ko‘rish. |
yil davomida |
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Ish beruvchilar konfederatsiyasi, manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar |
|
2. Maslahat kengashlari organlari ishini to‘g‘ri va samarali tashkil etish maqsadida ularning a’zolari uchun o‘quv seminarlarni tashkil etish. |
reja asosida |
|||
|
18. |
1. Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan xotin-qizlar ulushini vazirlik, idora va tashkilotlar hamda hududlar kesimida tahlil qilish. |
iyul |
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, vazirlik, idora va tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
|
2. Tahlil natijalari asosida Milliy kadrlar zaxirasida salohiyatli, faol xotin-qizlar ulushini 30 foizga yetkazish choralarini ko‘rish. |
avgust |
|||
|
3. Rahbarlik lavozimlariga Milliy kadrlar zaxirasini shakllantirishda ayol nomzodlarni inobatga olish va lavozimga tayinlash tizimini joriy etish. |
noyabr |
|||
|
19. |
Davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashlari tarkibida xotin-qizlar ulushini kengaytirish. |
1. Davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashiga nomzodlar yuzasidan e’lon qilingan tanlovlarga Milliy kadrlar zaxirasidagi xotin-qizlarning nomzodlarini jalb qilish choralarini ko‘rish va ommaviy axborot vositalari, Internet ijtimoiy tarmoqlarida tanlovni keng targ‘ib qilish. |
belgilangan muddatlarda |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, “Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi |
|
2. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Milliy kadrlar zaxirasidagi xotin-qizlarni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining korporativ boshqaruv bo‘yicha o‘quv kurslariga keng jalb etish choralarini ko‘rish. |
doimiy |
|||
|
20. |
Xorijda kadrlar malakasini oshirish, ularning stajirovkadan o‘tishlarini tashkil etish. |
1. Har bir vazirlik, idora va tashkilotlarning tizimida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning xorijiy davlatlarning nufuzli universitetlari, ilmiy markazlari va kompaniyalarida malaka oshirish (stajirovka) o‘tish dasturlarini tashkil etish bo‘yicha maqsadli buyurtmalarini olish. |
aprel |
“El-yurt umidi” jamg‘armasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Manfaatdor vazirlik va idoralarning maqsadli buyurtmasi asosida xotin-qizlarning xorijda malaka oshirishi va stajirovka o‘tishini tashkil etish. |
yil davomida |
|||
|
3. Malaka oshirgan xotin-qizlarning olgan bilimlarini boshqa xodimlar bilan ulashish va o‘z ish amaliyotiga tatbiq qilish choralarini ko‘rish. |
yil davomida |
|||
|
21. |
Jahon iqtisodiy forumining “Global gender tafovuti” (Global Gender Gap) indeksi bilan ishlashda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. |
1. Jahon iqtisodiy forumining “Global gender tafovuti” indeksida O‘zbekiston o‘rnini aks ettirish maqsadida mazkur indeksni ishlab chiquvchi jamoasi bilan aloqa o‘rnatish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. |
aprel |
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
2. Jahon iqtisodiy forumining “Global gender tafovuti” indeksi hisobotini tuzishda ishtirok etuvchi tashkilotlar (Xalqaro mehnat tashkiloti, YUNESKO, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va boshqalar) vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etish. |
may — avgust |
|||
|
3. Zarur ma’lumotlarni ushbu Indeks hisobotini tuzuvchilariga yetkazish. |
doimiy |
|||
|
22. |
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “Ijtimoiy institutlar va gender indeksi”da (The Social Institutions and Gender Index) O‘zbekistonning o‘rnini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rish. |
1. Mutasaddi vazirlik va idoralar vakillarini hamda NNT va xalqaro tashkilotlar ekspertlarini jalb qilgan holda “Ijtimoiy institutlar va gender indeksi” (The Social Institutions and Gender Index) indeksida O‘zbekiston o‘rnini yaxshilashga to‘sqinlik qilayotgan omillarni o‘rganish. |
iyun |
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
|
2. O‘rganish natijalaridan kelib chiqqan holda Indeksning har bir o‘lchov mezonlari bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish. |
avgust |
|||
|
3. Takliflarni Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari komissiyasiga kiritish. |
avgust |
|||
|
23. |
Media mahsulotlarini gender tenglik tamoyillari yuzasidan monitoring qilish choralarini ko‘rish. |
1. Ishlab chiqilgan tartib asosida har olti oyda media mahsulotlarni gender tenglik yuzasidan monitoringdan o‘tkazish. 2. Amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasiga tahliliy ma’lumot taqdim qilish. |
har olti oy yakunlari bo‘yicha |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy media birlashmasi, O‘zMTRK, O‘zA |
|
24. |
BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) tomonidan tashkilotlarning gender tenglikka erishish bo‘yicha faoliyat samaradorligini baholashga qaratilgan xalqaro “Gender tenglik nishoni” talablarini o‘rganish va tatbiq qilish. |
1. BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) vakillari, mutaxassislar va ekspertlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. |
aprel |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Bojxona qo‘mitasi |
|
2. Mutaxassislar va ekspertlarning tavsiyalarini amaliyotga tatbiq qilish bo‘yicha o‘rganish olib borish. |
aprel |
|||
|
dekabr |
||||
|
25. |
Xotin-qizlarning xalqaro miqyosda davlat hamda o‘zi faoliyat yuritayotgan davlat organi va tashkiloti nomidan vakil bo‘lish hamda xalqaro tashkilotlar ishida ishtirok etish imkoniyatini kengaytirish. |
1. O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi elchilarini lavozimga tayinlashda gender tenglikni ta’minlash masalasini o‘rganib chiqish. 2. O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi ayol (xotin-qiz) elchilari sonini oshirish choralarini ko‘rish. |
yil davomida |
Tashqi ishlar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi |
|
26. |
Rahbarlik lavozimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar tomonidan aholini tashvishga solayotgan muammolarni bevosita hududga chiqib hal qilish amaliyotini kengaytirish. |
1. Rahbarlik lavozimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning ro‘yxatini shakllantirish, ular tomonidan aholini tashvishga solayotgan muammolarni bevosita hududga chiqib hal qilish bo‘yicha grafik-rejalarni ishlab chiqish. |
aprel |
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Grafik-reja asosida aholini, ayniqsa ayollarning tashvishga solayotgan muammolarni o‘rganish va tegishli choralar ko‘rilishini ta’minlash. |
yil davomida |
|||
|
27. |
Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining rahbarlik lavozimlariga xotin-qizlarni tayinlash amaliyotini kengaytirish orqali hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir ishlarda ularning faolligini oshirish. |
1. Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining rahbarlik lavozimlarida gender tenglikni ta’minlash masalasini o‘rganib chiqish. 2. Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining rahbarlik lavozimlarida ayollar (xotin-qiz) sonini oshirish choralarini ko‘rish. |
yil davomida |
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
IV. Ta’lim, ilm-fan, sport hamda sog‘liqni saqlash sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash |
||||
|
28. |
STEM (Sience — tabiiy fanlar, Technology — texnologiyalar, Engineering — texnik ijodkorlik, Mathematis — matematika) yo‘nalishlarida o‘qishni istagan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash. |
1. STEM yo‘nalishlarida chekka hududlardagi xotin-qizlar uchun imtiyozli o‘quv kurslarini tashkil etish. |
yil davomida |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi |
|
2. Xotin-qizlarni ilm-fan, innovatsiya, axborot texnologiyalarni rivojlantirishdagi ishtirokini kengashtirish maqsadida STEM aniq fanlar yo‘nalishida bakalavr va magistratura bosqichi uchun alohida imtiyozli kvotalar belgilash masalasini o‘rganish va takliflar kiritish. |
may |
|||
|
3. Talaba-qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, qo‘shimcha kasb egallashi, o‘z ustida ishlashi uchun oliy ta’lim muassasalari qoshida ularning ehtiyojidan kelib chiqib, turli o‘quv kurslari, ayniqsa, ustuvor ravishda STEM yo‘nalishlaridagi kurslar faoliyatini yo‘lga qo‘yish. |
yil davomida alohida reja asosida |
|||
|
4. Oliy ta’lim muassasalarida STEM yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talaba qizlarni xorijiy davlatlarning hamkor universitet va ilmiy tadqiqot muassasalarida tajriba almashish va o‘qib kelishlari uchun hamkor oliy ta’lim muassasalari va Yevropa Ittifoqining Erasmus+ mobillik loyihalarida ishtirok etishini ta’minlash. |
yil davomida |
|||
|
29. |
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tahsil oluvchi xotin-qizlarni IT, muhandislik, matematika, fizika, kimyo, biologiya yo‘nalishlariga jalb qilish choralarini ko‘rish. |
1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tahsil oluvchi xotin-qizlarni IT, muhandislik, matematika, fizika, kimyo, biologiya yo‘nalishidagi to‘garaklarga jalb etish. |
aprel |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
|
2. To‘garaklar faoliyatini monitoring qilib borish. |
doimiy |
|||
|
30. |
Oliy ta’lim muassasalarida STEM yo‘nalishlarida tahsil oluvchi talaba qizlarning mutaxassisliklari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar hamda malaka amaliyotlarini tashkil etish. |
1. Ish beruvchi tashkilotlar hamda sohada faoliyat yuritayotgan boshqa xo‘jalik subyektlari bilan talaba qizlarning amaliy mashg‘ulotlar va malaka amaliyotiga biriktirish bo‘yicha shartnomalar tuzish. |
mart-aprel |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari |
|
2. Mazkur shartnomalarga muvofiq amaliy mashg‘ulotlar va malaka amaliyotini o‘quv jarayoni jadvali asosida tashkil etish. |
reja asosida |
|||
|
3. Malaka amaliyotlarini o‘tayotgan talaba qizlarga korxonalar tomonidan ish haqlari berilishini tashkil qilish. |
yil davomida |
|||
|
31. |
Xotin-qizlarning ilmiy va startap g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni ilmiy-innovatsion faoliyatga keng jalb etish. |
1. Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar tomonidan xotin-qizlarning ilmiy va startap g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganish. |
may |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
|
2. O‘rganish natijasida innovatsion loyihalar bo‘yicha “Olima ayol” va “Bo‘lajak olim” tanlovlarida xotin-qizlarning faol ishtirok etishlarini ta’minlash. |
mart — avgust |
|||
|
3. Tanlovlarda ishtirok etishning ahamiyati haqida tushuntirish-targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish va xotin-qizlar uchun loyihalarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv seminarlarini o‘tkazish. |
tanlov e’lon qilinishidan ikki oy oldin |
|||
|
32. |
Xotin-qizlarning ilmiy hamda innovatsion faolligini qo‘llab-quvvatlash. |
1. Hududlardagi iqtidorli xotin-qizlarni aniqlash va ro‘yxatini shakllantirish. |
iyun |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Aniqlangan xotin-qizlarni Yoshlar akademiyasiga jalb qilish choralarini ko‘rish. |
doimiy |
|||
|
3. Professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchi ayollar va talaba qizlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga maqsadli jalb qilish. |
rejaga asosan |
|||
|
4. Olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini Sopus, Web of Sience ma’lumotlar bazasidagi jurnallarda chop etish. Natijalarni ishlab chiqarish sohasida amaliyotga keng joriy etish choralarini ko‘rish. |
rejaga asosan |
|||
|
33. |
Xotin-qizlarning ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish va muvaffaqiyatli startap loyihalarini moliyalashtirish. |
1. Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va pedagog xodimlari, yosh ayol tadqiqotchilar hamda talaba qizlar tomonidan yaratilgan ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish va moliyaviy resurslarni jalb etishda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish. |
avgust |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
|
2. Mahalliy va xalqaro ko‘rgazma hamda yarmarkalarda ilmiy-tadqiqot natijalari va ishlanmalar namoyish qilinishini ta’minlash. |
doimiy |
|||
|
3. Chet ellik mutaxassis-ekspertlar bilan davra suhbatlari va yaratilgan ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish yuzasidan muzokaralar tashkil etish. |
doimiy |
|||
|
34. |
Xotin-qizlar orasida reproduktiv organlar xavfli o‘sma kasalliklarini erta aniqlash va tizimli nazorat qilish choralarini ko‘rish. |
Kasalliklar profilaktikasini amalga oshirish maqsadida quyidagi skrining ko‘riklari taqsimot rejasini tasdiqlash va sog‘lomlashtirish ishlarini olib borish: 45 — 65 yoshli ayollarda ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash bo‘yicha skrining ko‘riklari taqsimot rejasi; 35 — 55 yoshli ayollar orasida bachadon bo‘yni saratoni kasalligini aniqlash bo‘yicha skrining ko‘riklari taqsimot rejasi; 15 — 49 yoshli tug‘ish yoshidagi ayollar salomatligini muhofaza qilish, ekstragenital kasalliklarni erta bosqichda aniqlash bo‘yicha skrining ko‘riklari taqsimot rejasi; xavf guruhiga mansub aholi orasida sil kasalligini erta aniqlash bo‘yicha flyuorografik skrining ko‘riklari taqsimot rejasi. |
ishlab chiqish — aprel, amalga oshirish reja asosida |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
35. |
Onalar va bolalar hamda aholi reproduktiv salomatligini muhofaza qilish xizmatining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish. |
1. Tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari “Prenatal tashxis xona”lari, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalaridagi “Ayollar maslahatxonalari” bo‘limi va bolalar bo‘limlarining moddiy-texnika bazasi holatini o‘rganish. |
iyun |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. O‘rganish natijalari bo‘yicha talab yuqori bo‘lgan zamonaviy tibbiy jihozlar va asbob-uskunalar ro‘yxatini shakllantirish hamda bosqichma-bosqich jihozlash choralarini ko‘rib borish. |
yil davomida |
|||
|
36. |
Sog‘lom ovqatlanish asoslari, jismoniy faollik, zararli odatlarga qarshi kurashish, reproduktiv salomatlik va tibbiy madaniyatini oshirish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish. |
1. Sog‘lom ovqatlanish asoslari, jismoniy faollik, zararli odatlarga qarshi kurashish, oilani rejalashtirishda tibbiy madaniyatni oshirish bo‘yicha barcha ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalarda targ‘ibot ishlarini tashkil etish. 2. Tadbirlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish. |
yil davomida |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zMTRK, O‘zA |
|
37. |
Ijtimoiy sohalarda, jumladan ta’lim, ilm-fan, sport va tibbiyot yo‘nalishlarida dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan qarorlarni qabul qilish hamda ularni amalga oshirishda xotin-qizlarning ishtirokini kuchaytirish. |
1. Ta’lim, ilm-fan, sport hamda sog‘liqni saqlash va shu kabi boshqa sohalarda vazirlik va idoralarning kollegial organlarini gender tenglik asosida tashkil etish masalasini ko‘rib chiqish. |
may |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Ta’lim, ilm-fan, sport hamda sog‘liqni saqlash sohalarida vazirlik va idoralarning kollegial organlarda xotin-qizlar va erkaklarning teng ishtirok etishini ta’minlash. |
yil davomida |
|||
|
38. |
Uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, xotin-qizlar va erkaklarni butun umr davomida o‘qishga bo‘lgan imkoniyatlarini rag‘batlantirish. |
Davlat xizmatida faoliyat yuritayotgan tajribasi 10 yildan ortiq bo‘lgan xotin-qizlar va erkaklar uchun ta’lim dasturlarini ko‘paytirish masalasini ko‘rib chiqish. Bunda Davlat boshqaruvi akademiyasi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi va boshqalarda qisqa muddatli (onlayn/oflayn) o‘quv dasturlarini ko‘paytirish choralarini ko‘rish. |
yil davomida |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi |
|
39. |
Xotin-qizlar va erkaklarning oilani rejalashtirish borasidagi tibbiy madaniyatini oshirish, oilani rejalashtirishda ularning shaxsiy hayotiga uchinchi shaxslarning aralashishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish. |
1. Targ‘ibot-tashviqot guruhlarini tuzish, dasturlarini ishlab chiqish, grafik-reja asosida hududlarda targ‘ibot ishlarini olib borish. 2. Uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish va tarqatish choralarini ko‘rish. |
yil davomida |
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi |
|
V. Ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash |
||||
|
40. |
Mahallalarda tashkil etilgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari faoliyati samaradorligini oshirish. |
1. Markazlarda ishsiz, ayniqsa, qishloq joylarda bola tarbiyasi bilan uyda o‘tirgan ehtiyojmand ayollar bandligini ta’minlash maqsadida mahallalarda talab yuqorigi bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish. |
iyun |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sog‘liqni saqlash vazirligi |
|
2. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xotin-qizlarning tibbiy madaniyatini rivojlantirish va tibbiyot profilaktikasini yo‘lga qo‘yish. |
yil davomida |
|||
|
3. Mahallalarda tashkil etilgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari faoliyatini samaradorligi yuzasidan Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasiga tahliliy ma’lumot va takliflar taqdim etish. |
oktabr |
|||
|
41. |
Odam savdosidan jabr ko‘rgan va jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etiladigan fuqarolarning oilalaridagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga ko‘maklashish. |
1. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etiladigan shaxslar, xotin-qizlarning ro‘yxatlarini shakllantirish va har birining oilasi bilan manzilli ishlar bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash. |
yil davomida |
Ichki ishlar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Shaxslar, shu jumladan, xotin-qizlarning oilalaridagi muammolarni o‘rganish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha manzilli choralarni ko‘rish (bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, psixologik, huquqiy yordam va boshqalar). |
chora-tadbirlar asosida |
|||
|
42. |
Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketgan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish. |
1. Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga muhtoj bo‘lgan fuqarolar, ayniqsa xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish. 2. Aniqlangan muammolarning yechimi bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni belgilash. |
yil davomida |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, O‘zbekistonlik vatandosh xotin-qizlar kengashi, Tashqi ishlar vazirligi, |
|
43. |
Iqtisodiyotning norasmiy sektorida band bo‘lgan shaxslar orasida xotin-qizlar ulushini kamaytirish. |
1. Mutasaddi vazirlik va idoralar mas’ullaridan iborat ishchi guruh tuzish. |
aprel |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Soliq qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi |
|
2. Ishchi guruh tomonidan quyidagi masalalarni o‘rganish: qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va umumiy ovqatlanish tarmoqlarida norasmiy band bo‘lgan xotin-qizlar ulushini kamaytirish maqsadida ushbu korxonalarda rasmiy band bo‘lgan xotin-qizlar ulushidan kelib chiqqan holda ish beruvchi tomonidan oylik ish haqi fondidan to‘lanadigan yagona ijtimoiy to‘lov miqdorini differensial tartibda kamaytirish; ushbu sohalarda mavsumiy band bo‘lgan xotin-qizlarni soliq hisobotlarida aks ettirish orqali aholi bandligini soliq va bandlik organlarida raqamlashtirilgan qayd etish tizimini joriy qilish; qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida mavsumiy band bo‘lgan xotin-qizlarga kalendar yil uchun to‘liq yillik ish staji berilishini, shu bilan birga, ushbu ayollarga har oy uchun minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan kelib chiqqan holda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lanishini joriy etish. |
may |
|||
|
3. O‘rganish natijalari bo‘yicha qonunchilik hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
iyun |
|||
|
44. |
Agrar sektorida ayol rahbarlarning ulushini oshirish choralarini ko‘rish. |
1. Joylarda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish va tahlil qilish. |
may |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oila va gender tadqiqot instituti, O‘zbekiston “Agrar soha ayollari” uyushmasi |
|
2. Tadqiqot natijalariga ko‘ra sohadagi xotin-qizlarning rahbarlik lavozimlaridagi ulushini bosqichma-bosqich oshirib borishga qaratilgan asoslangan takliflarni ishlab chiqish. |
iyun |
|||
|
3. Ishlab chiqilgan takliflarni Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari komissiyasiga kiritish. |
iyun |
|||
|
45. |
Agrar sektorida band bo‘lgan xotin-qizlar va erkaklarning malakasini oshirish dasturlarini qo‘llab-quvvatlash. |
1. Agrar sektorida band bo‘lgan xotin-qizlar, shuningdek, ayol fermer va tomorqa yer egalari ro‘yxatini shakllantirish. |
aprel |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi, O‘zbekiston “Agrar soha ayollari” uyushmasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi |
|
2. O‘quv materiallari (ma’ruza matni, taqdimot, tarqatma material, ko‘rgazmali targ‘ibot vositalari)ni tayyorlash. |
may |
|||
|
3. Malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda reja-jadvallar asosida qishloq xo‘jaligi va agrobiznes amaliyotiga oid o‘quv kurslarini (shu jumladan masofaviy) tashkil etish. |
reja asosida |
|||
|
46. |
Erkaklar va ayollarning yoshga doir pensiyaga chiqishida tenglik prinsipini ta’minlash masalasini o‘rganib chiqish. |
1. Pensiyaga chiqish yoshini tenglashtirish masalasida erkaklar va ayollarning fikrini va munosabatini o‘rganish maqsadida so‘rov o‘tkazish. Bunda ayollarning yoshga doir pensiyasini “60 yosh” yoki erkaklarning yoshga doir pensiyasini “55 yosh” etib belgilashga munosabatlariga e’tibor qaratish. So‘rov natijasini Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari komissiyasiga kiritish. |
aprel |
Oila va gender tadqiqotlar instituti, “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi |
|
2. Pensiyaga chiqish yoshini tenglashtirish masalasida so‘rov o‘tkazish. So‘rov natijasini Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari komissiyasiga kiritish. |
aprel |
“Yuksalish” umummilliy harakati |
||
|
3. So‘rovnomalar natijalari asosida erkaklar va ayollarning pensiyaga chiqish yoshini tenglashtirish maqsadga muvofiqligini o‘rganish hamda takliflar ishlab chiqish. |
may |
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oila va gender tadqiqotlar instituti |
||
|
47. |
Joylarida xotin-qizlar va erkaklarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish. |
1. Hududlarda, ayniqsa qishloq joylarida xotin-qizlar va erkaklarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini o‘rganish. |
may-iyun |
Ijtimoiy himoya Milliy agentligi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi |
|
2. O‘rganish natijalari bo‘yicha tahliliy axborot ma’lumot tayyorlash. |
iyul |
|||
|
3. Taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish choralarini ko‘rish. |
yil davomida |
|||
|
48. |
Ijtimoiy ahamiyatli va yuqumli kasalliklarga duchor bo‘lgan bemorlarni qo‘llab-quvvatlash. |
1. Ijtimoiy ahamiyatli va yuqumli kasalliklarga duchor bo‘lgan bemorlar holidan xabar olish. 2. Donor tashkilotlari bilan ishlash, turli aksiyalarni o‘tkazish orqali davolash uchun zarur mablag‘larni jamg‘arishda ko‘mak berish. |
yil davomida |
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sog‘liqni saqlash vazirligi, NNTlar (kelishuv asosida) |
|
49. |
Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlari salohiyatini kuchaytirish, gender siyosatini amalga oshirishda ular ishtirokini qo‘llab-quvvatlash. |
1. Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlari salohiyatini kuchaytirish, gender siyosatini amalga oshirishda ular ishtirokini qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat grantlari, ijtimoiy buyurtmalarni e’lon qilish. 2. Gender siyosatini amalga oshirishda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlari salohiyatini oshirish bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etish. |
yil davomida |
Oliy Majlis huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, O‘zNNTMA va uning huzuridagi Jamoat fondi (kelishuv asosida) |
|
VI. Tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash |
||||
|
50. |
Gender tenglikni ta’minlashga oid turli stereotiplarning oldini olish bo‘yicha jamoatchilik orasida keng targ‘ibot ishlarini olib borish. |
1. Aholida shakllangan gender stereotiplarni hududlarning o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadida targ‘ibot materiallari, ma’ruza va tezislarni ishlab chiqish. |
aprel |
Oila va gender tadqiqotlar instituti, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zMTRK, nodavlat notijorat tashkilotlari (kelishuv asosida) |
|
Aholida shakllangan gender stereotiplarni bartaraf etish va gender tenglikni aholiga tizimli yetkazish bo‘yicha targ‘ibot guruhlarini shakllantirish hamda hududlarda targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish jadvallarini ishlab chiqish. |
may |
|||
|
3. Mahallalar, ta’lim muassasalari va korxona-tashkilotlarda targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish. 4. OAV, ijtimoiy tarmoqlar orqali aholida shakllangan gender stereotiplarni bartaraf etishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish. |
reja asosida |
|||
|
51. |
Davlat boshqaruv organlari mehnat jamoalarida zo‘ravonlik turlari va ularning oldini olish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quvlarni tashkil etish. |
1. Malakali psixologlarni jalb etgan holda mehnat jamoalarida zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv dasturlarini ishlab chiqish. |
aprel |
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Barcha davlat xizmatchilarini ushbu dasturlar asosida o‘qitishni tashkil etish. |
may — noyabr oylarida |
|||
|
52. |
1. Tazyiq va zo‘ravonlik ko‘p sodir etiladigan hududlarni aniqlash va mutaxassislarni jalb etgan holda ularning kelib chiqish sabablarini o‘rganish. |
may |
Oila va gender tadqiqotlar instituti, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
|
2. Ushbu hududlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda bu kabi salbiy holatlarning oldini olish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish. |
iyun |
|||
|
3. Tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha aniq manzilli choralarni belgilash va amalga oshirilishini ta’minlash. |
reja asosida |
|||
|
4. Amalga oshirilgan ishlarning natijadorligini tahlil qilish va hududiy komissiya majlislarida muhokama qilish. |
dekabr |
|||
|
53. |
Tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimiga kiruvchi barcha tashkilotlarning o‘zaro idoralararo hamkorligini yanada muvofiqlashtirish choralarini ko‘rish. |
1. Mutasaddi vazirlik va idoralar vakillarini hamda nodavlat notijorat tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar ekspertlarini jalb qilgan holda idoralararo hamkorlik tizimni yaxshilashga to‘sqinlik qilayotgan omillarni pilot Samarqand, Jizzax va Buxoro viloyatlarida o‘rganish. |
aprel |
Ichki ishlar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Bosh prokuratura, Yoshlar ishlari agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, pilot viloyatlar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari (kelishuv asosida) |
|
2. O‘rganish natijalaridan kelib chiqqan holda idoralararo hamkorlik tizimini yaxshilash bo‘yicha aniq mexanizmni ishlab chiqish va infografika ko‘rinishida tayyorlash. |
may |
|||
|
3. Takliflarni Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari komissiyasiga kiritish. |
iyun |
|||
|
4. Ishlab chiqilgan tajribani boshqa hududlarda tatbiq etish choralarini ko‘rish. |
iyul |
|||
|
VII. Oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasi sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash |
||||
|
54. |
Genderga oid huquqiy madaniyatni yoshlikdan shakllantirish maqsadida umumta’lim maktablarida huquqiy savodxonlik bo‘yicha interfaol usullardan foydalangan holda mashg‘ulotlar o‘tkazish. |
1. Umumta’lim maktablarida genderga oid huquqiy madaniyatni yoshlikdan shakllantirish bo‘yicha reja ishlab chiqish. |
aprel |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zMTRK, nodavlat notijorat tashkilotlari (kelishuv asosida) |
|
2. Rejaga asosan ta’lim muassasalarida yoshlarga xos ochiq darslar, interfaol mashg‘ulotlar, ko‘rik-tanlovlar, viktorina o‘tkazish. |
reja asosida |
|||
|
3. O‘quvchilarda huquqiy madaniyatni, jumladan xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligiga oid tushunchalarni singdirishga qaratilgan qisqa metrajli roliklar yaratish va targ‘ib qilish. |
aprel |
|||
|
55. |
Oliy ta’lim, professional ta’lim muassasalarida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha aniq choralarni amalga oshirish. |
1. Ta’lim muassasalarida “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” maslahatxonalarini tashkil etish. |
aprel |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oila va gender tadqiqot instituti, “Madad” NTT |
|
2. “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” maxsus kursi dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
may |
|||
|
3. Talabalarni milliy qadriyatlar ruhida oilaviy hayotga tayyorlashni rivojlantirishga doir trening va metodikalar majmuini ishlab chiqish. |
iyun |
|||
|
4. Maxsus kurs dasturi asosida professional va oliy ta’lim muassasalarida yoshlarni o‘qitib borish. |
reja asosida |
|||
|
56. |
Oilaning birdamligini mustahkamlash, ibratli ota-onalik ko‘nikmalarini hosil qilish, oilaviy burch va mas’uliyatni bajarishda otaning va onaning o‘rni va ahamiyatini targ‘ib qilishni kuchaytirish. |
1. Oilaning birdamligini mustahkamlash, ibratli ota-onalik ko‘nikmalarini hosil qilish, oilaviy burch va mas’uliyatni bajarishda otaning va onaning o‘rni va ahamiyatini targ‘ib qilish media-rejasini ishlab chiqish. |
mart-aprel |
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oila va gender tadqiqoti instituti, O‘zMTRK, O‘zbekiston Milliy media birlashmasi |
|
2. Media-rejada belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish va natijalari haqida ma’lumotlar kiritib borish. |
rejaga asosan |
|||
|
57. |
Yoshlar o‘rtasida tazyiq va zo‘ravonlikni bartaraf qilish, oilaviy ajralishlar va shu kabi salbiy holatlarga ularning munosabati va fikr-mulohazalarini o‘rganish bo‘yicha sotsiologik tadqiqot o‘tkazish. |
1. So‘rovnomani ishlab chiqish. |
aprel |
Oila va gender tadqiqot instituti, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi |
|
2. Yosh oilalar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazish va natijalari yuzasidan takliflar tayyorlash. |
iyun |
|||
|
3. Takliflar asosida aniq chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirilishini ta’minlash. |
ishlab chiqish — iyul, amalga oshirish reja asosida |
|||
|
58. |
Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, erta nikoh, erta tug‘ruq holatini tahlil qilish. |
1. Mutasaddi vazirlik va idoralar mas’ullaridan iborat ishchi guruh tuzish. |
aprel |
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oila va gender tadqiqot instituti, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Ishchi guruh tomonidan yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, erta nikoh, erta tug‘ruq holatini o‘rganish. |
may |
|||
|
3. O‘rganish natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumot va aniq takliflar tayyorlash. |
iyun |
|||
|
59. |
Huquqbuzarliklar, jinoyatchilik, oiladagi mojaro va zo‘ravonliklar, oilalar ajrashishi hamda ularning ijtimoiy oqibatlarini kompleks tadqiq qilish asosida ularning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish. |
1. Mutasaddi vazirlik va idoralar mas’ullaridan iborat ishchi guruh tuzish. |
mart |
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oila va gender tadqiqot instituti, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Ishchi guruh tomonidan huquqbuzarliklar, jinoyatchilik, oiladagi mojaro va zo‘ravonliklar, oilalar ajrashishi holatini o‘rganish. |
aprel-may |
|||
|
3. O‘rganish natijalari bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va ijroga qaratish. |
may |
|||
|
60. |
Davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan ibratli, faol xotin-qizlarni aniqlash, ularning faoliyatini keng targ‘ib etish maqsadida “Yil ayoli” hamda gender tenglikni ta’minlash sohasida idora va tashkilotlarning ilg‘or tajribasini aniqlash maqsadida “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlarini o‘tkazish. |
1. Tanlovni Nizom talablari asosida belgilangan muddatlarda tashkil etish va o‘tkazish. 2. Tanlov jarayonlarini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish. |
tanlov nizomida belgilangan muddatlarda |
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
VIII. Gender jihatlarni hisobga olgan holda rejalashtirish va budjetlashtirish |
||||
|
61. |
Gender tenglikni hisobga olgan holda budjetlashtirish tizimini joriy etish. |
1. “Gender tenglikni hisobga olgan holda dasturiy budjetlashtirish” tizimining sinov tariqasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi misolida maqsadli indikatorlarni ishlab chiqish; |
iyul |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Budjet-soliq ilmiy tadqiqotlari instituti |
|
2. Sinov natijalari asosida “Gender tenglikni hisobga olgan holda budjetlashtirish” uslubiyotini ishlab chiqish. |
oktabr |
|||
|
IX. Gender statistikasi yuritilishini takomillashtirish |
||||
|
62. |
Vazirlik va idoralar tomonidan yuritiladigan idoraviy statistik ma’lumotlarni gender ko‘rsatkichlarni inobatga olgan holda shakllantirish. |
1. Vazirlik va idoralar tomonidan amalda yuritilayotgan idoraviy statistika ma’lumotlarini yuritish shakllarini qayta ko‘rib chiqish. |
avgust |
Statistika agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Vazirlik va idoralarning idoraviy statistika ma’lumot shakllariga gender ko‘rsatkichlarni nazarda tutuvchi tegishli o‘zgarishlar kiritish, amaliyotga joriy etish va Statistika agentligiga taqdim etib borish. |
2024-yil yakuni bilan |
|||
|
63. |
Gender statistikasiga oid ma’lumotlarni o‘zida mujassamlashtirgan to‘plamni tayyorlash. |
1. “O‘zbekistonda xotin-qizlar va erkaklar: fakt va raqamlar” nomli statistik to‘plamni ishlab chiqish. |
avgust |
Statistika agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Ishlab chiqilgan to‘plam taqdimotini o‘tkazish. |
sentabr |
|||
|
64. |
2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasining maqsadli ko‘rsatkichlarini shakllantirish mexanizmini takomillashtirish. |
1. Vazirlik va idoralarda Gender statistikasiga oid ko‘rsatkichlarni shakllantiruvchi xodimlar malakasini oshirish. |
reja asosida |
Statistika agentligi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Maqsadli ko‘rsatkichlarning meta ma’lumotlarini shakllantirish. |
iyun |
|||