06.02.2024 yildagi 3983-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 06.02.2024 yildagi 3983-IV-son
Kuchga kirish sanasi
06.02.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi direktori N. Bakirovning “Oʻrmon fondi yerlaridan samarali foydalanish holati toʻgʻrisida”gi axboroti haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi (bundan buyon matnda Oʻrmon xoʻjaligi agentligi deb yuritiladi) direktori N. Bakirovning “Oʻrmon fondi yerlaridan samarali foydalanish holati toʻgʻrisida”gi axborotini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, oʻrmonlarni muhofaza qilish, oʻrmon fondi yerlaridan oqilona foydalanish, daraxt va butalarni ekish hamda yetishtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida er, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylik boʻlib, ulardan oqilona foydalanish zarurligi va ular davlat muhofazasida ekanligi nazarda tutilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni yangi tahrirda qabul qilinib, oʻrmon xoʻjaligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari, oʻrmonlarni muhofaza qilishga doir tadbirlarini amalga oshirishning huquqiy asoslari belgilab berildi, sohaga aloqador boʻlgan davlat organlarining vakolatlari aniqlashtirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmon xoʻjaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi va unda oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirishning strategik maqsadlari, bu boradagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari belgilandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi olti yil davomida oʻrmon fondi yerlari 1 mln. gektarga kengayib, bugungi kunda 11,9 mln. gektarni, yaʼni respublika umumiy yer maydonining 26,4 foizini tashkil etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat oʻrmon fondi yer maydonlaridan foydalanishda ijara munosabatlari takomillashtirilib, ijaraga berishning zamonaviy va shaffof mexanizmlari joriy etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrmon xoʻjaligi agentligi tomonidan 2023-yilda 235 ming gektar maydonda oʻrmon barpo etish va uni qayta tiklash tadbirlari bajarilgan, oʻrmon fondi yerlarining foydalanilmayotgan 7 012 gektar maydonlari oʻzlashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orolboʻyi hududlarining ekologik barqarorligini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumanida 127,8 ming gektar, Buxoro viloyatida 40,6 ming gektar, Navoiy viloyatida 43,7 ming gektar va Xorazm viloyatida 10,6 ming gektar maydonda saksovul va boshqa choʻl oʻsimliklaridan “yashil qoplamalar” barpo etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrmon fondi yerlaridagi ekoturizm obyektlari soni 280 taga, ekoturistik marshrutlar soni 38 taga yetkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida respublika boʻyicha 3 mln. tupga yaqin daraxt va buta koʻchatlari hamda nihollari yetkazib berilgan, 457 gektar maydonda “yashil bogʻlar” barpo etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrmon fondi yerlaridagi ekoturizm obyektlari soni 280 taga, ekoturistik marshrutlar soni 38 taga yetkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga oʻtgan davrda amalga oshirilgan ishlar tahlili oʻrmon fondi yerlaridan samarali foydalanish borasida eʼtibor qaratish lozim boʻlgan ayrim masalalar ham mavjudligini koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida Oʻrmon xoʻjaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-4850-sonli Qarorida 2022-yilning 1-fevraliga qadar Oʻzbekiston Respublikasining Oʻrmon kodeksi loyihasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish belgilangan boʻlsada, kodeks loyihasini tayyorlash borasidagi ishlar bugungi kunga qadar yakuniga yetkazilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-maydagi “Dorivor oʻsimliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash hamda davolashda ulardan keng foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-251-sonli Qarorida nazarda tutilgan Dorivor oʻsimliklar xomashyosi va ulardan olinadigan mahsulotlarni sertifikatlashtirish va standartlashtirish laboratoriyasi hozirga qadar tashkil etilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sohada ilmiy-tadqiqotlar olib borish uchun zamonaviy shart-sharoitlar yetarli darajada tashkil etilmaganligi xorijiy davlatlardan noyob turdagi oʻsimliklarni olib kelish va iqlimlashtirish (introduksiya), yoʻqolib borayotgan oʻsimliklarning biologik xususiyatlarini oʻrganish hamda sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etish imkoniyatini cheklamoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrmon fondi yerlarining imkoniyatlaridan samarali foydalanish, salohiyatli oʻrmon fondi yerlarini sayyohlar tashrifi uchun moslashtirish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish lozim. Vaholanki, bugungi kunda respublikada bor-yoʻgʻi 5 ta tashrif markazi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrmon fondi yerlaridan foydalanish, oʻrmonlarni saqlash, qayta tiklash va koʻpaytirish boʻyicha jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish, oʻrmon fondi yerlarini yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga berish tizimini samarali yoʻlga qoʻyish muhim ahamiyat kasb etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmon xoʻjaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida oʻrmon bilan qoplangan yerlarni 2023-yil yakuniga qadar 3,89 mln. gektarga yetkazish nazarda tutilgan. Biroq oʻrmon xoʻjaligi tomonidan oʻrmonzorlar va butazorlar maydonini kengaytirish yuzasidan chora-tadbirlar yetarli darajada amalga oshirilmaganligi natijasida oʻrmon bilan qoplangan yerlar maydoni 2023-yil yakuniga koʻra 3,5 mln. gektarni tashkil etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi direktori N. Bakirovning “Oʻrmon fondi yerlaridan samarali foydalanish holati toʻgʻrisida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Oʻrmon kodeksi loyihasini ishlab chiqish borasidagi ishlarni yakuniga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmon fondi yerlarida ekoturizmni rivojlantirish, ekoturistik marshrutlar va zarur infratuzilma obyektlarini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmon xoʻjaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi doirasida oʻrmon fondi yerlarini kengaytirish, oʻrmon fondi yerlarining oʻrmon bilan qoplanganlik darajasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududidagi barcha oʻrmon fondi yer maydonlarini davlat xatlovidan va roʻyxatdan oʻtkazish, oʻrmon tuzish ishlari haqidagi yagona elektron maʼlumotlar bazasini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmonlarni muhofaza qilish va koʻpaytirish faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatmagan holda oʻrmon fondi yerlarini yuridik va jismoniy shaxslarga ochiqlik va teng raqobat muhitini taʼminlagan holda ijaraga berish tizimidan yanada samarali foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dorivor oʻsimliklar xomashyosini hamda ulardan olinadigan mahsulotlarni sertifikatlashtirish va standartlashtirish laboratoriyasini tashkil etish hamda jihozlash ishlarini yakuniga yetkazish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi 2024-yil 1-mayga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ushbu Qarorning ijrosi boʻyicha axborot kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi oʻrmon fondi yerlaridan samarali foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari X. Gapporov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 6-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3983-IV-son