21.02.2024 yildagi 4068-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma qarori, 21.02.2024 yildagi 4068-IV-son
Kuchga kirish sanasi
21.02.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshma qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya qoidalarini amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekistonning Beshinchi davriy maʼruzasi yuzasidan BMTning Bola huquqlari boʻyicha qoʻmitasi tavsiyalarini amaliyotga tatbiq etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BMTning Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi qoidalarini amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Beshinchi davriy maʼruzasini koʻrib chiqish yakunlari yuzasidan BMTning Bola huquqlari boʻyicha qoʻmitasi tavsiyalarini amalga oshirish, shuningdek, bola huquqlari va erkinliklarini himoya qilish boʻyicha xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. BMTning Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi qoidalarini amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Beshinchi davriy maʼruzasini koʻrib chiqish yakunlari yuzasidan BMTning Bola huquqlari boʻyicha qoʻmitasi tavsiyalarini amalga oshirish yuzasidan 2024 — 2027-yillarga moʻljallangan milliy harakatlar rejasi (bundan buyon matnda Milliy harakatlar rejasi deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Milliy harakatlar rejasining ijrosini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Inson huquqlari sohasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi boʻyicha Parlament komissiyasi Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy harakatlar rejasining amalga oshirilishi yuzasidan muntazam monitoring olib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy harakatlar rejasida nazarda tutilgan chora-tadbirlar sifatli va oʻz vaqtida ijro etilishi boʻyicha tegishli vazirlik va idoralarga taklif va tavsiyalar kiritib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy harakatlar rejasi ijrosi yuzasidan aniq koʻrsatkichlar va erishilgan natijalar aks ettirilgan batafsil axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining rasmiy veb-saytlariga doimiy ravishda joylashtirib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy harakatlar rejasi ijrosi yuzasidan umumlashtirilgan maʼlumotni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Milliy harakatlar rejasida belgilangan masʼul ijrochilar oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har oyning beshinchi sanasiga qadar Inson huquqlari sohasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi boʻyicha Parlament komissiyasiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Milliy harakatlar rejasida belgilangan vazifalarning toʻliq, sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari shaxsan javobgar hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. Saidov va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 21-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4068-IV-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 21-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KQ-688-IV-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 21-fevraldagi 4068-IV/KQ-688-IV-sonli Qoʻshma qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BMTning Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi qoidalarini amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Beshinchi davriy maʼruzasini koʻrib chiqish yakunlari yuzasidan BMTning Bola huquqlari boʻyicha qoʻmitasi tavsiyalarini amalga oshirish boʻyicha 2024 — 2027-yillarga moʻljallangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy harakatlar rejasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

BMTning Bola huquqlari boʻyicha qoʻmitasi tavsiyalari

Tavsiyalarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Masʼul ijrochilar

TEZKOR ChORALAR

Bolaning qarashlarini hurmat qilish

1.

20. 12-sonli (2009) umumiy sharhni esga olib, Qoʻmita ishtirokchi-davlatga quyidagilarni tavsiya qiladi:

(a) barcha bolalarning, shu jumladan 10 yoshgacha boʻlgan bolalarning, shu jumladan sud va maʼmuriy sud jarayonlarida, ayniqsa fuqarolik va muqobil parvarishlash boʻyicha eshitilish huquqini eʼtirof etuvchi qonun va qoidalarning bajarilishini taʼminlash, tizimlar va/yoki ijtimoiy xodimlar va sudlar tomonidan ushbu tamoyilga rioya qilish tartib-qoidalari, shuningdek, bolalar oʻz fikrlarini bildirishi uchun xavfsiz boʻlgan bolalar uchun doʻstona jarayonlar, tartiblar va joylar

1. 10 yoshgacha boʻlgan bolalarning sud muhokamasida tinglash huquqini tan oluvchi qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlarning bajarilishini monitoring qilish.

1. Monitoringni tashkil etish boʻyicha ishchi guruh tuzish.

2024-yil mart

Bolalar ombudsmani,

Oliy sud,

Adliya vazirligi,

IIV,

SSV,

MMTV

2. Monitoring uchun ishchi vositalarni ishlab chiqish.

2024-yil aprel

3. 10 yoshgacha boʻlgan bolalar ishtirokida koʻriladigan sud ishlarining statistik tahlilini oʻtkazish.

2024-yil may

2. 2024 — 2034-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida bolalarning, shu jumladan qizlar, nogironligi boʻlgan bolalar, muqobil parvarish qilishning boshqa shakllarida tarbiyalanayotgan bolalar, chet elga ketgan ota-onalar tomonidan tashlab ketilgan bolalarga alohida eʼtibor qaratgan holda, odil sudlovdan foydalanishini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha Milliy strategiyani ishlab chiqish va qabul qilish.

1. Strategiyani qabul qilish boʻyicha xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish.

2024-yil mart

Adliya vazirligi,

Bolalar ombudsmani,

IIV,

Oliy sud,

MMTV,

SSV

2. Xalqaro tashkilotlar tavsiyalarini hisobga olgan holda Milliy strategiya loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil aprel

3. Milliy strategiya loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2024-yil may

2.

b) bolalar, xususan, qizlar, iqtisodiy nochor oilalar farzandlari, qishloq bolalari, ozchilik guruhlariga mansub bolalar, nogironligi boʻlgan bolalar, koʻcha sharoitidagi bolalar uchun bolalarning tizimli fuqarolik ishtiroki maqsadida Bolalar parlamentlari kabi bolalarga doʻstona mahalliy boshqaruv tizimini joriy etish;

1. Qizlar, iqtisodiy nochor oilalar farzandlari, qishloq hududlarida yashaydigan bolalar, ozchilik guruhlariga mansub bolalar, nogironligi boʻlgan bolalar va koʻchada qolgan bolalarni oʻz ichiga olgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzurida “Bolalar parlamenti”ni tashkil etish.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzurida “Bolalar parlamenti” institutini tashkil etish boʻyicha xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish.

2024-yil mart

Yoshlar ittifoqi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi,

Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati

2 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzurida “Bolalar parlamenti” instituti toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish.

2024-yil aprel-may

3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzurida “Bolalar parlamenti”ni tashkil etish.

2024-yil iyun

3.

(c) barcha bolalarning oilada, hamjamiyatlarda va maktablarda mazmunli va vakolatli ishtirokini yanada ragʻbatlantirish, ular bilan bogʻliq barcha masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish jarayoniga bolalarni jalb qilish va ularning fikrlariga tegishli eʼtibor berilishini taʼminlash.

1. “Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyatini takomillashtirish.

1. “Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2024-yil may

Yoshlar ittifoqi,

MMTV

2. Oʻzbekiston Respublikasida bolalar tashkiloti faoliyatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish.

2024-yil avgust

Bolalarga nisbatan zoʻravonlik

4.

28. Qoʻmita oʻzining 8-sonli (2006) va 13-sonli (2011) umumiy sharhlarini eslatib, ishtirokchi-davlatni quyidagilarga chaqiradi:

(a) bolalarga nisbatan zoʻravonlikning tarqalishi, sabablari, tabiati va shakllarini baholash uchun tadqiqot oʻtkazish, masalan, jismoniy jazo, oilaviy zoʻravonlik, qoʻrqitish, jinsiy ekspluatatsiya va suiisteʼmol qilish, shu jumladan onlayn tarzda, va natijalariga asoslanib, bolalarga, ayniqsa, qizlarga, nogironligi boʻlgan bolalarga, muqobil parvarishdagi bolalarga, migrant ota-onadan qolgan bolalarga va odil sudlov tizimidagi bolalarga nisbatan zoʻravonlikning barcha shakllarining oldini olish va ularga qarshi kurashish boʻyicha kompleks strategiyani bolalar ishtirokida shakllantirish va amalga oshirish;

1. Bolalarga nisbatan zoʻravonlikning tarqalishi, sabablari, tabiati va shakllarini, shu jumladan internet tarmogʻidagi bezorilikni baholash uchun tadqiqot oʻtkazish.

1. Zoʻravonlikning tarqalishini baholashni oʻrganish boʻyicha ishchi guruhni tashkil etish.

2025-yil aprel

IIV,

OTFIV,

MMTV,

SSV,

Yoshlar ishlari agentligi,

IIV,

Oliy sud,

Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi, fuqarolik jamiyati institutlari

2. Bolalarni zoʻravonlikdan himoya qilish boʻyicha joriy etilgan normalarning samaradorligini aniqlash uchun milliy qonunchilikni tahlil qilish.

2025-yil aprel

Adliya vazirligi

3. Zoʻravonlikning tarqalishi, sabablari, tabiati va shakllarini tadqiq etish.

2025-yil may — avgust

Bolalar ombudsmani,

Bosh prokuratura,

IIV,

fuqarolik jamiyati institutlari

2. Bolalarga nisbatan zoʻravonlik haqidagi bolalar fikrlarini oʻrganish boʻyicha sotsiologik tadqiqot oʻtkazish.

2025-yil may — avgust

“Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi

(NNTlarni jalb qilgan holda)

4. Tadqiqot yakunlari boʻyicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish.

2025-yil iyul

Bolalar ombudsmani

3. Bolalarga nisbatan zoʻravonlikning barcha shakllarini oldini olish va ularga qarshi kurashish boʻyicha (10 yilga moʻljallangan) strategiya va harakatlar rejasini ishlab chiqish.

1. Quyidagilarni hisobga olgan holda bolalarga nisbatan zoʻravonlikning barcha shakllarining oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha strategiya va harakatlar rejasini ishlab chiqish:

joriy vaziyat va qiyinchiliklar;

nogironligi boʻlgan shaxslarning zoʻravonlikdan himoya qilish tizimiga kirishini taʼminlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish.

oʻsmirlar va ota-onalar oʻrtasida zoʻravonlik shakllari va uning oldini olish yoʻllari haqida xabardorlikni oshirish;

bolalarning ruhiy salomatligi savodxonligini oshirish boʻyicha oʻquv dasturini ishlab chiqish;

qulay maktab muhiti va xavfsizligini taʼminlash;

bolalar oʻrtasida oʻz joniga qasd qilishning oldini olish boʻyicha aralashuv dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;

zoʻravonlik qurbonlari boʻlgan bolalarni yanada qoʻllab-quvvatlash va yordam koʻrsatish boʻyicha monitoring;

bolalarni taʼlim muassasalarida, shu jumladan internet orqali bezorilikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlarini koʻrish;

anonim ishonch liniyalari va onlayn platformalarni oʻz ichiga olgan bezorilik holatlarini erta aniqlash va oldini olish mexanizmi va vositalarini yaratish.

2024-yil mart

Adliya vazirligi,

OTFIV,

MMTV, SSV,

Bandlik vazirligi,

IIV,

Oliy sud,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. Bolalarning himoya tizimiga kirish mexanizmlari va ularning murojaatlarini koʻrib chiqish samaradorligini tahlil qilish.

2024-yil aprel

3. Bolalarning soʻrovlariga javob berish uchun standart operatsion protseduralarni (SOP) ishlab chiqish.

2024-yil may

4. Bolalarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi axborot kampaniyasi konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil iyun

6. Bir qator telekoʻrsatuvlar, ijtimoiy roliklar tayyorlash va ularni efirga uzatish.

2024-yil iyul

7. Joylarda axborot kampaniyasi konsepsiyasi va dasturi ijrosini oʻrganish.

2024-yil avgust

5.

b) bolalarga nisbatan zoʻravonlikning barcha shakllarini, shu jumladan jismoniy jazoni va barcha sharoitlarda aniq taqiqlash uchun qonunlarni qabul qilish, amalga oshirish va nazorat qilish;

1. Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishning qonuniy asoslarini takomillashtirish.

1. Bolalarga nisbatan zoʻravonlikning barcha shakllarini — jismoniy (jumladan, jismoniy jazo), hissiy, beparvolikni taqiqlovchi normalar mavjudligini aniqlash boʻyicha amaldagi qonunchilikni tahlil qilish.

2024-yil mart

IIV,

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura

2. Bolalarga nisbatan zoʻravonlikning barcha shakllarini qonun bilan taqiqlash boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.

2024-aprel-may

3. “Zoʻravonlikning barcha turlarini jinoyat deb hisoblaydigan bolalarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil sentyabr — dekabr

IIV,

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura

2. Bolalar huquqlarini taʼminlash (shu jumladan bilvosita kamsitish), bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish, “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonun va boshqa qonun hujjatlarining ijrosini oʻrganish ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.

1. Ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan bolalarga nisbatan jismoniy jazo va boshqa jazo turlarini qoʻllash boʻyicha monitoring tadqiqotlar olib borish.

2024-yil sentyabr — dekabr

Bolalar ombudsmani,

fuqarolik jamiyati institutlari

2. Monitoring natijalari�a koʻra jismoniy jazoni taqiqlash boʻyicha qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil yanvar

6.

c) oiladagi zoʻravonlik, shu jumladan ota-ona oʻrtasidagi zoʻravonlik holatlarida bolaga himoya orderi berilishini qonun hujjatlarida taʼminlash;

1. Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning bolalarga nisbatan zoʻravonlik shakllarining oldini olish boʻyicha javobgarligini kuchaytirish.

1. Oilaviy zoʻravonlik, shu jumladan ota-onalar oʻrtasidagi zoʻravonlik holatlarida bolalar uchun himoya orderlarini qoʻllash boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish.

2024-yil iyun

IIV,

Bosh prokuratura,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

2. Ota-onalar va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar uchun turli formatlarda (oflayn va onlayn) tarbiya koʻnikmalari va ijobiy intizom boʻyicha majburiy oʻqitishni oʻz ichiga olgan himoya orderi berish mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish.

2024-yil iyun — sentyabr

IIV,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi

7.

d) bolalarni tarbiyalashning ijobiy, zoʻravonliksiz va ishtirokchi shakllarini, oilada, mahallada va maktabda intizom va munosabatni oʻzgartirishga koʻmaklashish, shu jumladan, xabardorlikni oshirish;

1. Voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarlikni oldini olish masalalari boʻyicha inspektorlar, maktab oʻqituvchilari va maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachilari uchun bolalarni tarbiyalashning ijobiy standartlari boʻyicha �eminar-treninglar tashkil etish.

1. Seminar-trening dasturi va oʻquv modulini ishlab chiqish.

2025-yil yanvar

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

MMTV,

OAV

2. Seminar-treningni oʻtkazish uchun xalqaro va milliy ekspertlarni jalb qilish.

2025-yil mart — oktyabr

8.

(e) bolalarga nisbatan zoʻravonlikning barcha holatlarida majburiy hisobot berish va koʻp idoraviy aralashuvni taʼminlash, va ragʻbatlantirish uchun mexanizmlar, tartiblar va koʻrsatmalarni, jumladan, koʻp agentlik va bolalar uchun qulay infratuzilmani yaratish va oʻqituvchilarni, tibbiyot mutaxassislarini, ijtimoiy xizmatchilarni va mahalla vakillarini zoʻravonlikning turli shakllarini aniqlash va shunga koʻra jabrlanuvchilarni yoʻnaltirish uchun oʻqitish;

1. Bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha idoralararo hamkorlik tizimini mustahkamlash.

1. Bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish va bolalarga nisbatan zoʻravonlikning barcha holatlariga munosabat bildirish boʻyicha idoralararo koʻrsatmalarni qabul qilish.

2024-yil sentyabr

IIV,

Bosh prokuratura,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

MMTV,

Adliya vazirligi

2. Bevosita bolalar bilan ishlaydigan barcha organlar va tashkilotlarda bolalarga nisbatan zoʻravonlikning barcha shakllarining oldini olish, xabar berish va ularga javob berishning ichki mexanizmlarini ishlab chiqish va ishga tushirish.

2024-yil noyabr

MMTV,

SSV,

Yoshlar ishlari agentligi

2. Bolalarga nisbatan zoʻravonlikning barcha holatlarining oldini olish, xabar berish va ularga javob berish jarayonlarida ishtirok etadigan mutaxassislar uchun treninglarni tashkil etish va oʻtkazish.

1. Seminar-trening dasturi va oʻquv modulini ishlab chiqish.

2025-yil aprel

MMTV

Seminar-trening xalqaro va milliy ekspertlarni jalb qilgan holda oʻtkazish.

2025-yil iyun — avgust

MMTV,

SSV,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

9.

f) bolalarga shikoyat qilishning maxfiy, bolalar uchun doʻstona mexanizmlaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlash va ularni ulardan foydalanishga undash;

1. Bolalarning ularga nisbatan zoʻravonlik holatlari boʻyicha shikoyatlarini qabul qilish tizimini yoʻlga qoʻyish.

1. Bolalar uchun ishonch telefonini tashkil etish.

2024-yil iyun

Oliy sud,

Bosh prokuratura,

IIV,

MMTV,

SSV,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

2. Davlat organlari rasmiy veb-saytlarida bolalarga moslashtirilgan veb-sahifalar ochish.

2024-yil dekabr

3. Ijtimoiy va maʼrifiy videoroliklarni tayyorlash va ularni ommaviy axborot vositalarida namoyish etish.

2024-yil mart — dekabr

MTRK,

AOKA,

MMTV,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

10.

g) bolalarga nisbatan zoʻravonlik bilan bogʻliq barcha holatlar, jumladan, jinsiy zoʻravonlik, bolalarga doʻstona va koʻp tarmoqli yondashuvni qoʻllagan holda tezkor tergov qilinishini hamda bolalarning koʻrsatmalari kechiktirmasdan audio-video yozib olinishini va sud muhokamasi davomida dalil sifatida berilishini taʼminlash;

1. Zoʻravonlikning barcha shakllariga, jumladan, bolalarga nisbatan jinsiy zoʻravonlikka alohida javob berish tizimini mustahkamlash.

1. Bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlariga javob berish jarayonlarida ishtirok etuvchi mutaxassislar uchun oʻquv dasturini ishlab chiqish va ishga tushirish.

2024-yil mart

IIV,

Bosh prokuratura

2. Butun mamlakat boʻylab bolalar uchun qulay boʻlgan tergov xonalarining ishlashini taʼminlash.

2024-yil mart — 2025-yil dekabr

11.

h) bolalarga nisbatan zoʻravonlik, shu jumladan jinsiy zoʻravonlik bilan bogʻliq jinoyatlar sodir etgan shaxslarning jinoiy javobgarlikka tortilishi va ularga tegishli jazo choralari qoʻllanilishini hamda zarur hollarda jabrlanuvchilarga tovon toʻlanishini taʼm�nlash;

1. Bolalarga nisbatan zoʻravonlik bilan bogʻliq barcha holatlar tekshirilishi va jinoiy javobgarlikka tortilishi uchun amaliy choralar koʻrish.

1. Har bir jinoyat holati boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatib, ayblanuvchini jalb qilgan holda har tomonlama va toʻliq tergov oʻtkazilishini taʼminlash.

doimiy

Bosh prokuratura,

IIV

2. Bolalarga nisbatan zoʻravonlik bilan bogʻliq jinoyat ishlarini koʻrib chiqishda sud amaliyotini statistik tahlil qilish va umumlashtirish.

2024-yil mart — iyun

Oliy sud

3. Sud amaliyotini statistik tahlil qilish va umumlashtirish natijalariga koʻra, bolalarga nisbatan zoʻravonlik bilan bogʻliq ishlar boʻyicha Ol�y sud Plenumining sud amaliyoti toʻgʻrisidagi qarorini qabul qilishning maqsadga muvofiqligi va zarurligi toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish.

2024-yil iyul — dekabr

Oliy sud

12.

i) qonunchilik va institutsional asoslarni hamda standartlashtirilgan, genderga nisbatan sezgir va bolalarga nisbatan sezgir tartiblarni yaratish hamda sudyalar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, oʻqituvchilar, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy soha xodimlari va boshqa tegishli mutaxassislar uchun muntazam treninglar oʻtkazish va ularni koʻrsatmalar bilan taʼminlash;

1. Sudyalar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, oʻqituvchilar, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy soha xodimlari va boshqa tegishli mutaxassislar uchun muntazam treninglar oʻtkazish va ularni koʻrsatmalar bilan taʼminlash

1. Seminar-trening dasturi va oʻquv modulini ishlab chiqish.

2026-yil aprel

Sudyalar oliy maktabi,

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi,

Adliya vazirligi

2. Seminar-treningni xalqaro va milliy ekspertlarni jalb qilgan holda oʻtkazish.

2026-yil iyun — avgust

13.

j) bolalarga doʻstona va genderga nisbatan sezgir boʻlgan ixtisoslashtirilgan xizmatlarni va zoʻravonlik qurboni boʻlgan bolalarni tiklash va reintegratsiyani taʼminlash uchun ruhiy-ijtimoiy xizmatlarni oʻz ichiga olgan holda, ularni himoya qilish vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanishni taʼminlash.

1. Zoʻravonlik qurboni boʻlgan bolalarga ijtimoiy-psixologik va huquqiy yordam koʻrsatish.

1. Ijtimoiy psixologik xizmatlar koʻrsatishda ijtimoiy ishning keys menejment yondashuvini joriy etishni qonuniylashtirish.

2024-yil iyun

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

IIV,

MMTV,

SSV

2. Bolalar va oilalar bilan ishlashda foydalanish uchun ijtimoiy ish standartlarini ishlab chiqish va joriy etish.

2024-yil dekabr

3. Bolalar oilaviy zoʻravonlik qurboni boʻlgan oilalarning yagona reyestrini yaratish va yuritish.

2025-yil yanvar

4. Bolalar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan axborot kampaniyalarini oʻtkazish.

2025-yil fevral

5. Bolani, shu jumladan oʻgʻil bolalarni oila va jamiyatga reintegratsiya qilish uchun resurs/reabilitatsiya markazlarini yaratish.

2024-yil avgust

Oilaviy muhitdan mahrum boʻlgan bolalar

14.

32. Bolalarni muqobil parvarish qilish boʻyicha yoʻriqnoma va uning oldingi tavsiyalarini eslatib, Qoʻmita ishtirokchi-davlatga quyidagilarni tavsiya qiladi:

(a) Milliy darajadagi bolalarni parvarish qilish va himoya qilish tizimini isloh qilish ijtimoiy ishning turli yoʻnalishlarini bolalar farovonligi uchun ishlaydigan yagona ijtimoiy himoya agentligi ostida birlashtirishini taʼminlash;

1. “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunini qabul qilish.

1. “Yetim bolalar va o�a-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish.

2024-yil iyun

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

MMTV,

Adliya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

SSV,

Milliy gvardiya,

fuqarolik jamiyati vakillari

15.

b) bolalarni parvarish qilish va himoya qilish tizimlarini oʻzgartirish, institutsional joylashtirishdan koʻra oilaga asoslangan variantlarga ustuvorlik berish maqsadida inson, moliyaviy va texnik resurslar bilan yetarli darajada taʼminlangan de-institutsionalizatsiya strategiyasi va uning harakatlar rejasini qabul qilishni tezlashtirish;

1. Bolalarni ijti�oiy himoya qilish tizimini deinstitutsionalizatsiya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini deinstitutsionalizatsiya qilish milliy strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil iyun

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

16.

c) gʻamxoʻrlik va himoya ishlarida, shu jumladan, individual parvarish rejalarida vaziyatni boshqarishni joriy etish; barcha muqobil parvarishlash muassasalari uchun sifat standartlarini belgilash, shuningdek, muassasalar va oilaviy bolalar bogʻchalariga joylashtirishni muntazam va mazmunli koʻrib chiqish va ulardagi parvarish sifatini nazorat qilish;

1. Bolalar farovonligi va ularga gʻamxoʻrlik qilish boʻyicha turli masʼuliyat va funksiyalarni (shu jumladan, bolalar uchun uy sharoitida parvarish qilishning barcha shakllari bilan bogʻliq majburiyatlar, shuningdek, zoʻravonlik, qoʻpol muomala, qarovsizlik va ekspluatatsiya, bolalarni oilalardan ajratishning oldini olish va ularga javob berish) bitta agentlik yoki vazirlikka yuklash.

1. Bolalarni himoya qilish sektori mutaxassislarini bolalarning turmush sharoiti va ularning farovonligini tashkil etish va monitoring qilish jarayonida standartlar va vositalarni qoʻllash boʻyicha oʻqitish.

2024-yil may

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

MMTV,

SSV,

Bandlik vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Adliya vazirligi,

fuqarolik jamiyati institutlari,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari binolarining sharoitlarini muntazam koʻrib chiqish.

1. Tekshiruvlar metodologiyasini ishlab chiqish va ularning manfaatdor tomonlar bilan kelishilishini taʼminlash.

2025-yil avgust

MMTV,

SSV,

fuqarolik jamiyati institutlari

2. Monitoring natijalari boʻyicha takliflar kiritish.

2025-yil sentyabr

17.

d) qashshoqlik, nogironlik yoki ajralish hech qachon oilaning ajralishi uchun yagona asos boʻlmasligini va bolalarning ahvolini har tomonlama baholagandan soʻng ularning eng ustuvor manfaatlariga mos keladigan taqdirdagina ularning oilasidan ajratilishini taʼminlash;

1. Bolalarni oiladan ajratishning oldini olish uchun yordam koʻrsatish.

1. Bolaning oiladan ajralishining oldini olish maqsadida bolali oilalarni qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishda idoralararo oʻzaro hamkorlik qilish tartibini belgilash.

2024-yil oktyabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

MMTV,

SSV,

Bandlik vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Adliya vazirligi,

fuqarolik jamiyati institutlari

2. Oilalar va bolalarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish standartlarini qoʻllashni baholash natijalari boʻyicha maʼlumotlarni toʻplash va tahlil qilish.

2025-yil yanvar

18.

e) oilalar va bolalar bilan ishlovchi mutaxassislar, xususan, ijtimoiy soha xodimlari, xizmat koʻrsatuvchilar, vasiylik va homiylik inspektorlari va mahalla xodimlari sonini koʻpaytirish va ularning salohiyatini mustahkamlash, oila asosidagi gʻamxoʻrlikni taʼminlash hamda oilaviy muhitdan mahrum boʻlgan bolalarning huquq va ehtiyojlari toʻgʻrisida xabardorligini oshirish;

1. Vasiylik va homiylik tizimini tubdan oʻzgartirish va xodimlar sonini koʻpaytirish

1. Vasiylik va homiylik sohasidagi davlat siyosati boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish hamda qonunchilikka tegishli oʻzgartirish kiritish yuzasidan takliflar tayyorlash.

2025-yil aprel

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

MMTV,

OTFIV

2. Vasiylik va homiylik sohasida kadrlar tayyorlash uchun mutaxassisliklar roʻyxatini kengaytirishni nazarda tutgan holda, oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorini qayta koʻrib chiqish.

2025-yil may

2. Vasiylik va homiylik sohasidagi mutaxassislarni qoʻllab-quvvatlash tizimini ishlab chiqish.

1. Oila va bolalar bilan ishlaydigan mutaxassislarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yaratish.

2025-yil aprel

2025-yil may

OTFIV,

MMTV,

Bandlik vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

fuqarolik jamiyati institutlari

2. Konsultativ yordam, psixologik yordam va maxsus resurslardan foydalanishni tashkil etish.

19.

f) farzand asrab olishni rasmiy tizimini yaratish, tanlash mezonlarini belgilash va farzand asrab olmoqchi boʻlgan ota-onalarni tanlash boʻyicha milliy kampaniyani oʻtkazish; bolalarni joylashtirishdan oldin va ularni joylashtirish davrida, ayniqsa, nogironligi boʻlgan bolalarni tarbiyalash boʻyicha tarbiyalanuvchilar, “vasiylik” va “homiylik” gʻamxoʻrlik qiluvchilarni muntazam va yetarli darajada oʻqitish;

1. Vasiylik va homiylik tizimini takomillashtirish.

1. Homiylik ostidagi ota-onalar va vasiylarni qoʻllab-quvvatlash tizimini tashkil etish.

2025-yil iyul

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

SSV,

Bandlik vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

fuqarolik jamiyati institutlari

2. Tibbiy xizmatlardan, taʼlimdan, ijtimoiy dasturlardan va boshqa turdagi qoʻllab-quvvatlashdan foydalanishni oʻz ichiga olgan vasiylik va homiylikdagi bolalarni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2025-yil avgust

3. Farzand asrab olishning rasmiy tizimini yaratish jarayonini muvofiqlashtirish uchun masʼul boʻlgan davlat organini tashkil etish.

2025-yil sentyabr

4. Farzandlikka oluvchilarni tanlash mezonlarini, shuningdek mexanizmini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil oktyabr

20.

g) uch yoshgacha boʻlgan bolalarni muassasaga joylashtirishga chek qoʻyish va ularning faqat oilaviy sharoitda tarbiyalanishini taʼminlash;

1. Uch yoshgacha boʻlgan bolalarni tashlab ketish va (yoki) turar-joy muassasasiga joylashtirishning oldini olish tizimini joriy etish.

1. Onalar va bolali oilalarni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar va voyaga yetmagan onalarga yordam koʻrsa�ish boʻyicha tadbirlarni oʻz ichiga olgan bolalardan voz kechishning oldini olish dasturini ishlab chiqish.

2025-yil dekabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

MMTV,

OTFIV,

fuqarolik jamiyati institutlari,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Tugʻruqxonalarda yangi tugʻilgan chaqaloqlarni tashlab ketishning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil may

3. Onalarni qoʻllab-quvvatlash va bolani tashlab ketishning oldini olish maqsadida tugʻruqxonalar mutaxassislari uchun uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish.

2025-yil iyun

4. Bolali oilalarni qoʻllab-quvvatlaydigan va bolalar tashlab ketilgan taqdirda yordam koʻrsatadigan tibbiy muassasalar va ijtimoiy xizmatlarning birgalikdagi ishini tashkil etish.

2025-yil oktyabr

5. Uch yoshgacha boʻlgan bolalarni muassasaga joylashtirish amaliyoti va ularga oilaviy sharoitda gʻamxoʻrlik koʻrsatish zarurati, shuningdek, farzand asrab oluvchi oilalarni qoʻllab-quvvatlash va yordam koʻrsatish imkoniyatlari toʻgʻrisidagi axborotni tarqatish uchun jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarini jalb qilish.

2025-yil dekabr

6. Uch yoshgacha boʻlgan bolalarni asrab oluvchi oilalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini yaratish va rivojlantirish, (masalan, moddiy yordam, tibbiy xizmatlardan foydalanish va erta yoshdagi bolalarni rivojlantirish dasturlari).

2025-yil yanvar

21.

h) oilasi bilan qola olmaydigan �olalar uchun yetarli darajada oilaviy va jamoat sharoitlarini taʼminlash, shu jumladan homiylik va asrab olish uchun yetarli moliyaviy resurslarni ajratish va iloji boʻlsa, bolalarni oʻz oilalari bilan birlashtirishga koʻmaklashish;

1. Vasiylik va homiylik sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish orqali yangi turdagi xizmatlarning muqobil shakllarini joriy etish.

1. “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish:

Bunda:

ijtimoiy xizmatlarning (qisqa muddatli, uzoq muddatli, shoshilinch va vaqtincha homiylik uchun yetarli mablagʻlarni oʻz ichiga olgan) yaxlit tizimi doirasida vasiylik xizmatlarini rivojlantirishni hisobga olish.

2024-yil dekabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

MMTV,

Adliya vazirligi,

SSV,

Bandlik vazirligi

22.

i) barcha bolalarning oʻz oilasi bilan aloqada boʻlish imkoniyatiga ega boʻlishini va aka-ukalar, opa-singillar, agar bu ularning manfaatlariga mos keladigan boʻlsa, imkon qadar birga boʻlishini taʼminlash uchun tartib va sharoitlarni yaratish;

1. Har bir bolaning oila bilan aloqada boʻlish huquqini kafolatlaydigan tartiblarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

1. Bolalarning ota-onalari, qarindoshlari va boshqa yaqin odamlari bilan tez-tez uchrashishini taʼminlaydigan qoidalar va tartiblarni belgilash.

2024-yil avgust

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

MMTV,

SSV,

Bandlik vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

23.

j) qaramogʻdagi bolalar uchun zoʻravonlik va/yoki beshafqat munosabat holatlari haqida xabar berish, monitoring qilish va bartaraf etish uchun mavjud, foydalanish mumkin boʻlgan va bolalar uchun doʻstona kanallarni taʼminlash hamda bolalarni odam savdosi, iqtisodiy va jinsiy ekspluatatsiya xavfi haqida maʼlumot bilan taʼminlash

1. 2010-yil 30-iyulda BMT Bosh Assambleyasining 64/293 rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan “BMTning Odam savdosiga qarshi kurash boʻyicha global harakat rejasini” oʻzbek tiliga bolalar tilida tarjima qilish va maktablarda tarqatish.

1. “BMTning Odam savdosiga qarshi kurash boʻyicha global harakat rejasini” oʻzbek tiliga tarjima qilishni tashkil etish.

2024-yil iyul

IHMM,

Adliya vazirligi

2. “BMTning Odam savdosiga qarshi kurash boʻyicha global harakat rejasini” taʼlim muassasalariga yuborish.

2024-yil dekabr

24.

k) vasiylik tizimidan chiqib ketayotgan bolalarni munosib qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash, shu jumladan uy-joy imkoniyatlari va biznes kreditlari hamda ularning mustaqil hayot boshlashlariga yordam beradigan jamoat xizmatlarini rivojlantirish.

1. Aholining turmush sharoitini yanada yaxshilash maqsadida parvarishlash tizimidan chiqayotgan fuqarolarga ipoteka kreditlari berishning zamonaviy bozor tizimini rivojlantirish, shuningdek, olis hududlarda ularga qishloq xoʻjaligi ishlarini olib borish uchun ekin yerlarini ajratish.

1. Zamonaviy xorijiy tajribani oʻrganish, “maqsadli ipoteka garovi” mexanizmi va ekin maydonlarini ajratish boʻyicha meʼyoriy-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

uy-joy sotib olish va qarovsiz qolgan bolalarni yetarli darajada qoʻllab-quvvatlash uchun “maqsadli ipoteka depozitiga” yoʻnaltirilgan mablagʻlarni ragʻbatlantirishning davlat standartlari nazarda tutiladi.

2024-yil mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Markaziy bank,

Yoshlari ishlari agentligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Nogironligi boʻlgan bolalar

25.

36. Qoʻmita oʻzining 9-sonli (2006) umumiy sharhini, nogironligi boʻlgan bolalar huquqlari boʻyicha Nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlari boʻyicha qoʻmita bilan qoʻshma bayonotini va oldingi tavsiyalarini esga olib, ishtirokchi-davlatni quyidagilarni amalga oshirishga chorlaydi:

(a) nogironligi boʻlgan bolalarga nisbatan qonunchilik va siyosatda bola huquqlariga asoslangan yondashuvni, shu jumladan NHTKga muvofiq nogironlik taʼrifini qabul qilish;

1. Nogironlikni aniqlash va baholash milliy tizimini qayta koʻrib chiqish hamda ajratilgan maʼlumotlarni yigʻish orqali nogironlikning huquqqa asoslangan modeliga bosqichma-bosqich oʻtish.

1. Qonunchilikni Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyaga muvofiqligini toʻliq koʻrib chiqish.

2024-yil may

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

SSV,

Adliya vazirligi,

IHMM,

Bandlik vazirligi,

fuqarolik jamiyati institutlari

2. “Nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Bunda:

qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda nogironligi boʻlgan shaxslarni kamsituvchi qoidalarni bartaraf etish, shuningdek, nogironlarning fuqarolik va siyosiy huquqlarini (saylov huquqi, odil sudlovdan foydalanish huquqi) amalga oshirishda ishtirok etish mexanizmlarini belgilash.

2024-yil iyun

26.

b) nogironlikni aniqlashning metodologiyasi, vositalari va mezonlarini muvofiqlashtirish;

1. Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza oʻtkazishda nogironlikni aniqlashning yangi tasniflari va mezonlarini joriy etish.

1. Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza reabilitatsiya va ekspert diagnostikasi uchun JSST tomonidan 2001-yilda qabul qilingan Nogironlik va salomatlik faoliyatining xalqaro tasnifi qoidalarini (XTQ) hisobga olgan holda nogironlik toifalari uchun kodifikatorni ishlab chiqish.

2025-yil aprel

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Bandlik vazirligi,

Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi,

SSV,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza tizimini mutaxassislar (reabilitologlar, psixologlar va ijtimoiy ish boʻyicha mutaxassis�ar) bilan taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish.

2025-yil may

3. Nogironlik va salomatlik faoliyatining xalqaro tasnifi qoidalari (XTQ) boʻyicha tibbiy-ijtimoiy ekspertiza mutaxassislari malakasini oshirish.

2025-yil iyun — noyabr

4. Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza davomida nogironlikni baholashda fuqaroning klinik-funksional, ijtimoiy-maishiy, kasbiy-professional va psixologik maʼlumotlarini tahlil qilish asosida uning tanasining holatini har tomonlama baholashga asoslangan salomatlik faoliyatining xalqaro tasnifi qoidalari (XTQ) joriy etish.

2025-yil dekabr

27.

c) nogironligi boʻlgan bolalarning ota-onalarini qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, shu jumladan, erta aralashuv xizmatlari va patronaj hamshiralar, va ijtimoiy ish yordamchilarining uyda ishtirok etishi kabi ijtimoiy xizmatlarning mavjudligini oshirish;

1. Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish.

1. Nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlarning ilgʻor turlarini joriy etish maqsadida nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishning ilgʻor tajribalarini oʻrganish.

2024-yil aprel-may

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi,

SSV,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, fuqarolik jamiyati institutlari

2. Psixologik charchashning oldini olish uchun nogironlarga gʻamxoʻrlik qilayotgan fuqarolarni (oilalarni) qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish.

2024-yil iyul

3. Nogironligi boʻlgan bola�arning ota-onalarini yosh bolalarga gʻamxoʻrlik qilishda doimiy ravishda oʻqitish tizimini yaratish.

2024-yil avgust

2. Nogironligi boʻlgan oilalarga koʻchma tibbiy xizmat koʻrsatishni ambulatoriya-poliklinika tashkilotlari negizida tashkil etish.

2.1. Har bir ambulator tibbiyot tashkiloti uchun ambulator tibbiy yordamni tashkil etish toʻgʻrisida Sogʻliqni saqlash vazirligining buyrugʻi loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil mart

SSV,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Bandlik vazirligi,

fuqarolik jamiyati institutlari

2.2. Ambulator-poliklinika muassasalarini moddiy-texnik baza bilan taʼminlash, aholiga tibbiy yordam koʻrsatishni tashkil etish.

2024-yil aprel — iyun

3. Ambulator tibbiy yordam koʻrsatish uchun ambulator tibbiyot tashkilotlarining malakali shifokorlari va tibbiyot xodimlarini taʼminlash.

2024-yil mart — iyun

28.

d) nogironligi boʻlgan bolalarning boshqa bolalar kabi erta yoshda rivojlanish va maktabga tayyorlanish imkoniyatlaridan teng foydalanish imkoniyatini taʼminlash;

1. Nogironligi boʻlgan shaxslarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda taʼlim muassasalarini oqilona moslashtirish va texnik vositalar bilan jihozlash.

1. Taʼlim muassasalarini universal loyihalash tamoyillari asosida oqilona moslashtirish va texnik vositalar bilan taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

2025-yil fevral

Ijt�moiy himoya milliy agentligi,

MMTV,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Bandlik vazirligi,

fuqarolik jamiyati institutlari

2. Taʼlim muassasalarida nogironligi boʻlgan shaxslarning individual ehtiyojlarini inobatga olgan holda, maxsus jihozlar, ixtisoslashtirilgan oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, dasturiy taʼminotlarni xarid qilish va yangilash.

2025-yil iyun

2. Nogironligi boʻlgan bolalarning maktabgacha taʼlim olish huquqini amalga oshirishni taʼminlash.

1. Imkoniyati cheklangan oʻquvchilar uchun oʻquv rejalariga individual tuzatishlar kiritish.

2024-yil noyabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

MMTV,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Bandlik vazirligi,

Bolalar ombudsmani,

IHMM

2. Oʻquv jarayonini, birinchi navbatda, eshitish yoki koʻrishda nuqsoni boʻlgan nogironligi boʻlgan shaxslar orasidan imo-ishora tili va Brayl alifbosida soʻzlashuvchi mutaxassislar ishtirokida taʼminlash.

2024-yil dekabr

3. Maktabgacha taʼlim muassasalarida nogironligi boʻlgan shaxslarni oʻqitishning tashkiliy-texnik shartlarini takomillashtirish.

2025-yil fevral

29.

e) alohida ehtiyojli va nogironligi boʻlgan bolalarni Muruvvat uylariga joylashtirish oʻrniga, ularni oilaviy parvarishlashning muqobil variantlarini ishlab chiqish;

1. Nogironligi boʻlgan bolalar uchun oilaviy muqobil parvarish va vaqtinchalik parvarishni rivojlantirish.

1. Nogironligi boʻlgan bolalarga oilada muqobil parvarish qilish boʻyicha tegishli xalqaro standartlarga rioya etilishini taʼminlash maqsadida tegishli qonun va meʼyoriy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish.

2024-yil oktyabr-dekabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

SSV,

Bandlik vazirligi,

Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi

2. Nogironligi boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan homiylik va vaqtincha parvarishlash boʻyicha modullarni ishlab chiqish.

2024-yil fevral-iyul

3 Oilalarni qoʻllab-quvvatlovchi va nogiron bolalarni vaqtincha parvarish qiladiganlarni yollash, oʻqitish va qoʻllab-quvvatlash.

2024-yil iyul-dekabr

30.

f) bolalar bilan muntazam aloqada boʻlgan ijtimoiy soha va boshqa mutaxassislarning tegishli bilim va xulq-atvorning minimal standartlari, shu jumladan nogironlik bilan bogʻliqligini taʼminlash;

1. Bolalar bilan bevosita faoliyat olib boruvchi ijtimoiy xodimlarning kasbiy malakasini oshirish.

1. Bolalar bilan ishlaydigan ijtimoiy soha xodimlarining xulq-atvor standartlarini, shu jumladan nogironlikni hisobga olgan holda xatti-harakatlar normalarini belgilash dasturini ishlab chiqish.

2025-yil yanvar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi,

fuqarolik jamiyati institutlari

2. Yillik rejalarni ishlab chiqish va ijtimoiy soha xodimlarini tasdiqlangan xulq-atvor standartlari boʻyicha, shu jumladan nogironlikni hisobga olgan holda oʻqitish.

2025-yil fevral

3. Ijtimoiy soha xodimlarining bilimlarini oshirish boʻyicha ularning dolzarbligi va zamonaviy talablarga muvofiqligini taʼminlash maqsadida muntazam treninglar tashkil etish.

2025-yil mart oyidan boshlab har 3 oyda.

4. Ijtimoiy soha xodimlari harakatlarining kasbiy standartlarga, ishlarni boshqarishga, axloq kodeksiga, shu jumladan oʻz ishida yuqori natijalarga erishgan ijtimoiy xodimlarning xatti-harakatlari muvofiqligini nazorat qilish.

2025-yil aprel

31.

g) nogironligi boʻlgan bolalarni stigmalashtirishga qarshi kurashish, ularning huquq va imkoniyatlarning egasi sifatida ijobiy imijini oshirish uch�n davlat amaldorlari, sudyalar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, advokatlar, jamoatchilik va oilalarga qaratilgan targʻibot dasturlarini, shu jumladan, ular oʻzlariga taalluqli masalalar boʻyicha oʻz fikrlarini bildirishlari uchun, shu jumladan maktabda xabardorlikni oshirish dasturlarini kuchaytirish.

1. Nogironligi boʻlgan shaxslarning ijobiy imijini shakllantirishga qaratilgan muntazam jamoatchilik muloqotlarini tashkil etish.

1. Nogironligi boʻlgan shaxslar, nogironlar tashkilotlarining eng yaxshi natijalarga erishgan vakillari va nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini taʼminlash sohasidagi xalqaro ekspertlar, shuningdek, ilgʻor texnologiyalar boʻyicha ish olib borayotgan xalqaro psixologlar ishtirokida nogironligi boʻlgan shaxslar bilan muntazam jamoatchilik muloqotlarini tashkil etish.

2024-yil yanvar oyidan boshlab doimiy

OʻNNTMA

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Madaniyat vazirligi,

Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati,

Oʻzbekiston Psixologlar assotsiatsiyasi, fuqarolik j�miyati institutlari

Tayanch tibbiy xizmat va ijtimoiy taʼminot (6, 18 (3), 24, 26, 27 (1)-(3) va 33-moddalar)

Salomatlik va sogʻliqni saqlash xizmatlari

32.

38. Qoʻmita oʻzining 15-sonli (2013) umumiy sharhini, BRMning 2.2, 3.1, 3.2 va 3.8 maqsadlarini va oldingi tavsiyalarini eslatib, ishtirokchi-davlatga quyidagilarni tavsiya qiladi:

(a) neonatal, goʻdaklar, besh yoshgacha boʻlgan bolalar va onalar oʻlimi darajasini yanada pasaytirish, shu jumladan tugʻruqqacha (prenatal) va tugʻruqdan keyingi xizmatlar va obyektlar, erta aniqlash, aralashuv va skrining dasturlari sifati va ulardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash orqali saʼy-harakatlarini davom ettirish;

1. Institutsional antenatal va postnatal xizmatlar sifatini yaxshilash va ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish orqali neonatal, yangi tugʻilgan chaqaloqlar, besh yoshgacha boʻlgan bolalar va onalar oʻlimi darajasini pasaytirishga doir qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijrosini tashkil etish va monitoring qilish.

1. “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash toʻgʻrisida”gi (2019-yil), “Ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash hamda goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar toʻgʻrisida”gi (2019-yil) qonunlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5590-son Farmoni ijrosi monitoringini tashkil etish boʻyicha Ishchi guruh tuzish.

2024-yil mart-aprel

Vazirlar Mahkamasi,

SSV

2. Neonatal, yangi tugʻilgan chaqaloqlar, besh yoshgacha boʻlgan bolalar va onalar oʻlimi koʻrsatkichlarini, shu jumladan, antenatal va tugʻruqdan keyingi xizmatlar va obyektlar sifati va ulardan foydalanish imkoniyatlarini, shuningdek, erta aniqlash, aralashuv va skrining dasturlarini yaxshilash orqali yanada kamaytirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijrosi boʻyicha monitoring oʻtkazish.

2024-yil iyun — avgust

3. Monitoring natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotlar hamda tayyorlangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish.

2024-yil sentyabr

2. Reproduktiv yoshdagi ayollar, homilador ayollar va bolalarni erta aniqlash, aralashuv va skrining dasturlarini joriy etish va amalga oshirish orqali antenatal va postnatal xizmatlar sifatini kengaytirish va yaxshilash.

1. Homilador ayollar, emizikli ayollar, yangi tugʻilgan chaqaloqlar va bolalar uchun patronajning universal progressiv modelini kengaytirish va sifatini yaxshilash; homilador ayollarga samarali antenatal yordam koʻrsatish; perinatal auditni yanada joriy etish; homilador, emizikli ayollar va bolalarni oziqlantirish dasturlarini yanada kengaytirish; bolalar kasalliklarini kompleks boshqarish.

doimiy

SSV,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

3. Onalar va bolalarga barcha darajadagi tugʻruq boʻyicha davolash-profilaktika muassasalarida zarur sharoitlar yaratilgan holda tibbiy yordam koʻrsatishda hududiylashtirish tamoyillariga majburiy rioya qilish.

1. Yaratilayotgan 46 ta tumanlararo perinatal markazlarni jihozlash, ularda neonatal reanimatsiya boʻlimlarini tashkil etish.

2024-yil mart

SSV,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. 2024-yilda Respublika perinatal markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi perinatal markazlar va bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida jami 29 ta shoshilinch perinatal va shoshilinch bolalar mobil reanimatsiya brigadalari navbatchilik punktlarini tashkil etish.

2024-yil aprel

3. Homilador ayollar, tugʻruqdagi ayollar va bolalarni diagnostika va davolashning xalqaro standartlarga muvofiq yuqori texnologik va innovatsion usullarini joriy etish.

doimiy

33.

(b) onalar va perinatal oʻlim holatlarini kuzatish, tahlil qilish va ularga javob berish tizimini yaratish, oʻlik tugʻilishlar haqida xabar berishdagi qonunbuzarliklarni jazolash emas, balki tizimli tarzda bartaraf etish va oʻlim sabablari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilish;

1. Onalar, perinatal va neonatal oʻlimni tahlil qilgan holda onalik va bolalik muassasalari faoliyatini toʻgʻri monitoring qilish va sifatini baholashni taʼminlash.

1. Onalar, perinatal va neonatal oʻlim holatlariga doir maʼlumotlarni yigʻish va tahlil qilishni kuchaytirish.

doimiy

SSV,

Adliya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Neonatal oʻlimni qayd etish va tahlil qilish uchun BABIES dasturidan foydalanish.

doimiy

3. Sogʻliqni saqlash vazirligi elektron tarmogʻiga integratsiyalashgan holda barcha koʻrsatkichlarni (tugʻilish, perinatal va neonatal oʻlim) raqamlashtirish.

2024-yil aprel

2. Onalar, perinatal va neonatal oʻlim holatlariga ularning sabablarini qamrab olgan holda muammolarni bartaraf etish choralarini ishlab chiqish.

1. Onalar, perinatal va neonatal oʻlim holatlarini tahlil qilish boʻyicha ishchi komissiya ishini kuchaytirish.

2024-yil mart

SSV

2. Har chorakda onalar, perinatal va neonatal oʻlim holatini baholash, ularning sabablarini aniqlash va bartaraf etish choralarini ishlab chiqish boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazish.

har chorakda

3. Sogʻliqni saqlash vazirligi veb-saytida har chorakda onalar, perinatal va neonatal oʻlim holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish.

har chorakda

34.

(c) butun mamlakat boʻylab tibbiy xizmatlar sifati va ulardan foydalanish imkoniyatini yaxshilash uchun natijalarga asoslangan budjet strategiyasini ishlab chiqish uchun yetarli miqdorda inson, moliyaviy va texnik resurslarni ajratish, asosiy eʼtiborni tayyorgarlikdan oldin va ish joyida oʻqitish va shifokorlar, va hamshiralar salohiyatini oshirishga qaratish; ularning munosib ish haqi va martaba rivojlanishi uchun ragʻbatlantirish; dori vositalari va sarf materiallarining yetarli zaxirasini taʼminlash uchun taʼminot zanjiri tizimini mustahkamlash; sogʻliqni saqlash muassasalarida suv taʼminoti, sanitariya va gigiyenani yaxshilash, infeksiyalarning oldini olish va nazorat qilish; birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini boshqarishni modernizatsiya qilish;

1. Ona va bola salomatligini muhofaza qilish sohasida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan standartlarga muvofiq kadrlar bilan taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

1. Kadrlar yetishmasligi va ularni tayyorlash uchun zarur budjetni aniqlash bilan inson resurslarini inventarizatsiya qilish.

2024-yil mart

SSV,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Bandlik vazirligi

2. Oʻquv rejalarini ishlab chiqish va tibbiyot xodimlarini oʻqitish jadvalini belgilash.

2024-yil aprel

3. Homilador ayollar va yangi tugʻilgan chaqaloqlarga shu jumladan, kam vaznli yangi tugʻilgan chaqaloqlarga tibbiy xizmat koʻrsatayotgan tibbiyot xodimlarining xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda xalqaro standartlar asosida oʻqitish orqali ish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish.

doimiy

4. Oilaviy vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar va tuman (shahar)lar koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar tomonidan bolalar, homilador ayollar, tugʻish yoshidagi ayollarga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatishni toʻliq qamrab olish uchun 2024-yilda “tibbiy brigadalar”ga qoʻshimcha 4900 nafar oʻrta tibbiyot xodimlari (pediatriya hamshiralari va oʻrta tibbiyot xodimlari)ni ajratish.

2024-yil may

2. Mehnatga haq toʻlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ona va bola salomatligini muhofaza qilish sohasida shifokor va hamshiralarning kadrlar salohiyatini oshirish.

1. Ona va bolalarga xalqaro standartlar asosida tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha seminar-treninglar oʻtkazish.

2024-yil mart-aprel

SSV

2. Tibbiyot xodimlarini faoliyat natijalariga koʻra ragʻbatlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash mezonlarini ishlab chiqish.

2024-yil may

3. Sogʻliqni saqlash muassasalarida dori vositalari va sarf materiallarining yetarli zaxiralarini taʼminlash uchun taʼminot zanjiri tizimini mustahkamlash.

1. Onalar va bolalar uchun barcha darajadagi standartlarga muvofiq davlat tomonidan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlarini ishlab chiqish.

2024-yil mart

SSV

2. Tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlariga muvofiq dori vositalari va materiallar formulasini ishlab chiqish.

2024-yil aprel

4. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini boshqarishni modernizatsiya qilish.

1. Birlamchi sogʻliqni saqlash muassasalarining boshqaruv xodimlarini, shu jumladan R/GMO rahbarlarini zamonaviy menejment, strategik rejalashtirish, moliyaviy menejment, tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish asoslari boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va oʻqitish.

2024-yil mart

SSV

2. Rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish va ularning maʼlumotlar bazasini hududlar va boshqarmalar kesimida yuritish.

doimiy

35.

d) bolalarga alohida eʼtibor qaratgan holda sil kasalligining oldini olish va parvarish qilishni kuchaytirish;

1. Bolalarni silga qarshi emlashni yanada taʼminlash.

1. Bolalarni oldini olish mumkin boʻlgan infeksiyalarga qarshi emlash milliy rejasiga muvofiq barcha bolalarni silga qarshi emlash bilan qamrab olish.

doimiy

SSV,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Bolalarning yashirin sil kasalligi va sil kasalligini tashxislash va sifatli davolashdan foydalanish imkoniyatini taʼminlash, shuningdek, davolanayotgan bolalarning huquqlari va shaxsiy hayotini himoya qilish.

1. Sil kasalligi rivojlanish xavfi ostida boʻlgan 3-5, 6-7 va 1-14 yoshli 1 million bolalarda yashirin sil kasalligini erta tashxislash uchun majburiy immunodiagnostikani taʼminlash.

2024-iyul oyidan boshlab har yili 1-marta

SSV

2. Silni kafolatlangan bepul davolashni, shuningdek, bolalarning barcha yosh guruhlarida yashirin sil infeksiyasini aniqlash choralarini koʻrish.

36.

e) tegishli siyosat, protokollar va yoʻriqnomalarni oʻz ichiga olgan sogʻliqni saqlash islohotining amalga oshirilishini nazorat qilish va keyingi harakatlar haqida maʼlumot berish uchun monitoring tizimini ishlab chiqish;

1. Sogʻliqni saqlash sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishini monitoring qilish, jumladan, amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida axborot berishning kompleks tizimini ishlab chiqish.

1. Siyosat, bayonnomalar va yoʻriqnomalarni oʻz ichiga olgan tegishli chora-tadbirlarning amalga oshirilishini nazorat qilish va kelgusidagi harakatlar toʻgʻrisida axborot berish uchun ishchi komissiyani tashkil etish.

2024-yil may

SSV,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Monitoring obyektlarini kuzatish va aniqlash, maʼlumotlarni yigʻish va monitoring qilish uchun ishchi vositalarni ishlab chiqish.

2024-yil iyun

3. “Elektron sogʻliqni saqlash” tizimlarini keng joriy etish, yagona milliy standartlar asosida integratsiyalashgan axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari majmuasini yaratish.

2024-yil iyul

2. Oʻzbekiston Respublikasining Sogʻliqni saqlash kodeksi loyihasini ishlab chiqish.

1. Sogʻliqni saqlash sohasidagi amaldagi qonun hujjatlarini ularning izchilligiga erishish va ulardan foydalanish qulayligini taʼminlash maqsadida ularni yagona hujjatda — Sogʻliqni saqlash kodeksida umumlashtirish.

2024-yil mart

SSV,

Adliya vazirligi

37.

f) ayollar va bolalarning mikronutriyent maqomini yaxshilash hamda bolalarning toʻyib ovqatlanmasligi hamda ortiqcha vazn va semirishning oʻsib borayotgan tendensiyalarini bartaraf etish, shu jumladan bolalar salomatligini muhofaza qilish boʻyicha malakali mutaxassislardan foydalanish imkoniyatini taʼminlash, butun mamlakat boʻylab oziqlanish boʻyicha davlat dasturlari amalga oshirilishini monitoring qilish mexanizmini yaratish, sogʻlom turmush tarzi va jismoniy faollik, koʻkrak suti bilan emizishni targʻib qilish, himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash va chaqaloqqa nisbatan doʻstona kasalxona tashabbusini amalga oshirish.

1. Aholini, ayniqsa, onalar, bolalar va oʻsmirlarni qoʻshimcha mikroelementlar bilan taʼminlash boʻyicha davlat dasturlarini amalga oshirishni davom ettirish.

1. Homilador ayollarni temir va foliy kislotasi preparatlari bilan taʼminlash.

2024-yil mart

SSV,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. 6-23 oylik bolalarni mikroelementlarni oʻz ichiga olgan uy sharoitida mustahkamlash kukunlari bilan taʼminlash.

2024-yil aprel

3. A vitamini tanqisligi 10% dan ortiq boʻlgan hududlarda (Andijon va Jizzax viloyatlari) 6 oylikdan 5 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun A vitamini bilan taʼminlash.

2024-yil may

2. Mamlakat miqyosida oziq-ovqat boʻyicha davlat dasturlari amalga oshirilishini nazorat qilish tizimini ishlab chiqish, sogʻlom turmush tarzi va jismoniy faollikni targʻib qilish hamda ona suti bilan boqishni targʻib qilish, himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash va “Bolalarga doʻstona kasalxona” tashabbusini amalga oshirish.

1. “2024-2025-yillarga moʻljallangan toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi” umumxalq harakatini tasdiqlash va amalga oshirish.

2024-yil mart

SSV

2. JSST va YUNISEF tavsiyalariga muvofiq har 5 yilda bir marta reproduktiv yoshdagi ayollar, homilador ayollar va 5 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasida ovqatlanish boʻyicha Milliy tadqiqotlar oʻtkazish.

2026-yil

Taʼlim

38.

43. BRMning 4.1 — 4.7, 4.a va 4.s maqsadlarini hamda oʻzining oldingi tavsiyalarini eslatib, Qoʻmita ishtirokchi-davlatga quyidagilarni tavsiya qiladi:

(a) Qizlar, kam taʼminlangan oilalar farzandlari, qishloq va chekka hududlardagi bolalar va nogironligi boʻlgan bolalarga alohida eʼtibor qaratgan holda barcha bolalarning sifatli taʼlim olishdan teng va raqobatsiz foydalanish imkoniyatini taʼminlash va barcha bolalarning maktabda qolishi va maktabni tugatishini taʼminlash, shu jumladan, ularning umumtaʼlim oʻrta maktablariga oʻtishini qoʻllab-quvvatlash orqali;

1. Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya va ilgʻor xalqaro tajribalar asosida inklyuziv taʼlimning huquqiy asoslarini mustahkamlash, yanada inklyuziv va xavfsiz taʼlim muhitini yaratish.

1. Oʻqitishda kompetensiyaga asoslangan yondashuv va universal dizayn asosida oʻquv dasturlarini (maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim) takomillashtirish.

2024-yil dekabr — 2025-yil may

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi,

MMTV,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

2. Oʻqituvchilar uchun kompetensiyaga asoslangan yangi professional standartlarni amaliyotga keng joriy etish, standartlarni qoʻllash boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar tayyorlash, oʻqituvchilar malakasini oshirish boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, oʻqituvchilar va metodistlar malakasini oshirish (oʻqitish).

2024-yil dekabr — 2027-yil dekabr

3. Qurilish meʼyorlari va qoidalarini, shuningdek, xalqaro talablar va inklyuziya tamoyillarini inobatga olgan holda taʼlim muassasalarini SSG (suv, sanitariya va gigiyena) vositalari bilan jihozlash standartlarini qayta koʻrib chiqish.

2024-yil dekabr — 2025-yil avgust

4. Taʼlim muassasalarida bezorilik va zoʻravonlikni (bullingni) oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish hamda ularni amalga oshirish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish.

2024-yil yanvar — 2025-yil sentyabr

5. Kompetensiyaga asoslangan yondashuv asosida oʻquvchilar yutuqlarini baholash tizimini hamda inklyuziv va xavfsiz taʼlim muhitini yaratishni hisobga olgan holda sifat standartlari doirasidagi taʼlim sifatini monitoring qilish tizimini takomillashtirish.

2024-yil mart — 2025-yil may

39.

b) Oʻqituvchilarni ish faoliyatini boshlashiga qadar va malaka oshirishni kuchaytirish va maktabgacha taʼlim muassasalarida malakali oʻqituvchilarning yetarli sonini taʼminlash;

1. Sifatli taʼlim muhiti standartlarini joriy etish uchun oʻqituvchilar tarkibini tayyorlash.

1. Kasbiy standartlar talablari va bola huquqlari tamoyillarini hisobga olgan holda maktab oʻqituvchilari va maktabgacha taʼlim muassasalari oʻqituvchilarini tayyorlash va malakasini oshirish dasturlarini qayta koʻrib chiqish.

2024-yil mart — 2025-yil may

MMTV,

OTFIV

40.

c) Inklyuziv taʼlimni rivojlantirish konsepsiyasini (2021-2025) amalga oshirish va barcha nogironligi boʻlgan bolalarning umumiy maktablarda inklyuziv taʼlim olish imkoniyatini taʼminlash, maktablar malakali oʻqituvchilar, qulay infratuzilma va nogironligi boʻlgan bolalarning ehtiyojlariga moslashtirilgan oʻquv materiallari bilan taʼminlanishini taʼminlash;

1. 2020 — 2025-yillarda xalq taʼlimi tizimida inklyuziv taʼlimni rivojlantirish konsepsiyasi ijrosini monitoring qilish.

1. “Yoʻl xaritasi” konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosi holatini oʻrganish boʻyicha ishchi guruh tuzish.

2024-yil mart-aprel

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

MMTV,

OTFIV,

SSV,

IHMM

2. Konsepsiyada belgilangan koʻrsatmalarning bajarilishi holatini oʻrganish.

2024-yil may-iyun

3. Amalga oshirilmagan tadbirlar aniqlangan taqdirda ularning bajarilishini taʼminlash.

2024-yil iyul — dekabr

41.

d) xususiy repetitorlikni hamma uchun ochiq qilish uchun tartibga solish va maktab taʼlimi sifatini oshirishni davom ettirish hamda genderga nisbatan sezgir va inklyuziv oʻqitish amaliyotini yaxshilash;

1. Umumtaʼlim maktablaridagi toʻgaraklar faoliyatini tahlil qilish va faoliyati yaxshi yoʻlga qoʻyilmagan toʻgaraklar faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Toʻgaraklar faoliyatini oʻrganish va tahlil qilish boʻyicha ishchi guruh tuzish.

2024-yil mart

MMTV,

Yoshlar ishlari agentligi

2. Oʻrganish va tahlil natijalari asosida chora-tadbirlar ishlab chiqish.

2024-yil aprel-may

3. Gender va inklyuziv oʻqitish amaliyotini joriy etishni hisobga olgan holda oʻqituvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash dasturlarini takomillashtirish.

2024-yil mart — 2025-yil may

MMTV,

OTFIV

42.

e) maktablarda xavfsizlik va infratuzilmani yaxshilash uchun yetarli moliyaviy, insoniy va texnik resurslarni ajratish, ayniqsa ozchilik guruhlariga mansub bolalarning katta guruhlari oʻqiydigan qishloq maktablariga, jumladan, tegishli isitish va yoritish, suv va kanalizatsiya xizmatlarini taʼminlash, tegishli sanitariya inshootlari va laboratoriyalar, va AKT sinflarini modernizatsiya qilish;

1. Infratuzilmani takomillashtirish — kasb-hunar maktablarida nogironligi boʻlgan oʻquvchilar uchun sharoit yaratish va muhandislik kommunikatsiyalarini rekonstruksiya qilish.

1. Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun kasb-hunar taʼlimi muassasalarining moddiy-texnik bazasini oʻrganish, taʼmirlash va jihozlashga muhtoj boʻlgan muassasalarni aniqlash.

2024-yil mart-aprel

MMTV,

OTFIV, Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Nogironligi boʻlgan oʻquvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida inklyuzivlik tamoyillari asosida taʼlim muassasalarini yangi norma va standartlarni hisobga olgan holda rekonstruksiya qilish va jihozlash.

2024-yil dekabr — 2027-yil dekabr

3. Maxsus taʼlimga muhtoj bolalarning taʼlimini tashkil etish uchun raqamli (onlayn) va masofaviy resurslarni yaratish.

2024-yil dekabr — 2027-yil dekabr

43.

f) ozchilik guruhlari tillarida taʼlim berishni davom ettirish va ozchiliklar tillaridan, shu jumladan taʼlim sohasida foydalanish huquqining buzilishi haqidagi xabarlarni koʻrib chiqish;

1. Ozchiliklar tillarida oʻqitishda huquqlar buzilganligi boʻyicha shikoyat qilish mexanizmini yaratish.

1. Ozchiliklar tillarida taʼlim berish bilan bogʻliq vaziyatni tahlil qilish.

2024-yil yanvar — may

MMTV,

OTFIV

2. Umumtaʼlim maktablari va oliy taʼlim muassasalarida ozchiliklar tillarida taʼlim olish huquqlarining buzilishi toʻgʻrisidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish uchun maxsus quti tashkil etish.

2024-2025 oʻquv yilidan boshlab

44.

g) maktabgacha taʼlim muassasalarining qamrovini, salohiyatini kengaytirish hamda infratuzilmasi va monitoringini yaxshilashni davom ettirish, bunda qishloq va chekka hududlarga, nogironligi boʻlgan bolalar va iqtisodiy nochor oilalar farzandlariga alohida eʼtibor qaratish; maktabgacha taʼlim muassasalari oʻqituvchilarining malakasini va maktabgacha yoshdagi bolalarga gʻamxoʻrlik qilish boʻyicha milliy standartlarni ishlab chiqish hamda ularning tizimli va tegishli malaka oshirishini taʼminlash

1. Davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish orqali maktabgacha taʼlimning nodavlat notijorat tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish.

1. Maktabgacha taʼlim muassasalarida davlat-xususiy sheriklikdan foydalanishni amalga oshirish tahlili, zarur hollarda mexanizm va jihozlarni takomillashtirish.

2024-yil mart-aprel

MMTV,

Maktabgacha taʼlim agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Inklyuzivlik tamoyillari asosida taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish va jihozlash.

2024-yil sentyabr — 2027-yil dekabr

3. Ota-onalar uchun bolalarni oʻqitish va tarbiyalash boʻyicha Internet resurslarini yaratish.

2024-yil sentyabr — 2027-yil dekabr

Tashvish va tavsiyalarning asosiy sohalari

45.

5. Qoʻmita ishtirokchi-davlatga Barqaror rivojlanish uchun 2030 kun tartibini amalga oshirish jarayoni davomida Konvensiya va bolalarni qurolli toʻqnashuvlarga jalb qilish toʻgʻrisidagi fakultativ protokol va bolalarni sotish, bolalar fohishaligi va bolalar pornografiyasi boʻyicha fakultativ protokolga muvofiq bolalar huquqlarining amalga oshirilishini taʼminlashni tavsiya qiladi. U ishtirokchi-davlatni bolalarga tegishli barcha 17 Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qaratilgan siyosat va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda bolalarning mazmunli ishtirokini taʼminlashga chaqiradi.

1. Barqaror rivojlanish maqsadlarni (BRM) amalga oshirish rejalarini Oʻzbekiston Respublikasining bolalar huquqlarini taʼminlash sohasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarish boʻyicha chora-tadbirlar bilan integratsiyalashuvini taʼminlash.

1. Bolalar huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarni amalga oshirish rejalari bilan integratsiyalashuv mexanizmlari va BRMlarni oʻrganish boʻyicha ishchi guruh yaratish.

2024-yil dekabr

Mudofaa vazirligi,

IIV,

Bosh prokuratura,

Bandlik vazirligi,

TIV,

SSV,

Bolalar ombudsmani,

MMTV,

IHMM

2. Integratsiya boʻyicha chora-tadbirlar rejasini, “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish.

2024-yil mart

3. Monitoring obyektini kuzatish va aniqlash, maʼlumotlarni yigʻish uchun ishchi vositalarni ishlab chiqish.

2024-yil aprel

2. Oʻzbekistonning bolalar huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarishga qaratilgan chora-tadbirlar bilan BRM integratsiyasining samaradorligi va natijadorligini monitoring qilish.

1. Monitoringni tashkil etish va oʻtkazish.

2024-yil mart-aprel

Bandlik vazirligi,

MMTV,

IXMM

2. Monitoring natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga takliflar bilan birga taqdim etish.

2024-yil may-iyun

3. Xalqaro inson huquqlari monitoringi va hisobot berish mexanizmlari (masalan BMTning Bola huquqlari boʻyicha qoʻmitasi kabi shartnoma organlari) va BRM monitoring mexanizmlari (masalan, Ixtiyoriy milliy hisobot) oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash.

1. Bolalar huquqlari va qonuniy manfaatlari bilan bogʻliq Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya va BRM maqsadlarini amalga oshirish uchun masʼuliyatni oshirish maqsadida hokimlar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqa xodimlari uchun seminarlar tashkil etish.

2024-yil sentyabr — dekabr

(har yili)

Oliy majlis palatalari,

IHMM,

Bolalar ombudsmani

2. Milliy BRMlarni amalga oshirish uchun asos sifatida Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyaning bajarilishini nazorat qilish uchun parlament palatalari faoliyatini nazorat qilish amaliyotini takomillashtirish.

2024-yil apreldan boshlab

4. Bolalar huquqlarini takomillashtirishga qaratilgan dasturlar va yoʻl xaritalarini ishlab chiqishda bolalar ishtiroki uchun “Elektron bolalar platformasi”ni yaratish.

1. “Elektron bolalar platformasi”ni yaratish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish.

2024 yil mart

Yoshlar ishlari agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi,

MMTV,

MTRK

UzA

2. Bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bolalar dasturlari, strategiyalari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni joylashtirish qoidalari va mexanizmini belgilovchi “Elektron bolalar platformasi”ni amalga oshirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil aprel

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil may

4. “Elektron bolalar platforma”sini ishga tushirish.

2024-yil iyul

5. Respublikaning barcha maktablarida va ommaviy axborot vositalarida elektron bolalar platformasini ishga tushirishni keng targʻib qilish.

2024-yil iyuldan boshlab

A. Amalga oshirishning umumiy chora-tadbirlari (4, 42 va 44 (6)-moddalar)

Qonunchilik

46.

6. 2016 va 2017-yillarda “Bolalar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan oʻzgartirishlarni qayd etib, Qoʻmita ishtirokchi-davlatga Konvensiya va uning fakultativ protokollarining barcha tamoyillari va qoidalarini milliy qonunchilikka kiritish hamda tegishli organlar tomonidan qoʻllanilishini taʼminlash boʻyicha oʻz tavsiyasini takrorlaydi.

1. Milliy qonunchilikni Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya v� uning Fakultativ protokollari qoidalari va tamoyillariga muvofiqlashtirish.

1. Milliy qonunchilikni oʻrganish boʻyicha ishchi guruh tuzish.

2024-yil avgust

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

SSV,

MMTV,

Yoshlar ishlari agentligi,

IHMM,

Adliya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

IIV,

Bosh prokuratura,

Oliy sud

2. Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya va uning ixtiyoriy bayonnomalari qoidalariga qonun hujjatlari mos kelmaydigan sohalarni aniqlash maqsadida bolalar huquqlarini amalga oshirish va himoya qilish boʻyicha milliy qonunchilikni tahlil qilish.

2024-yil dekabr

3. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini takomillashtirish va Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya va unga qoʻshimcha fakultativ protokol qoidalariga muvofiqlashtirish, ularning normalarini milliy qonunchilikka tatbiq etish.

2025-yil yanvar — iyun

2. Bolalar bilan ishlashda ishtirok etayotgan davlat organlari xodimlarining BMTning Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi va uning ixtiyoriy bayonnomalarining tamoyillari va asosiy qoidalari boʻyicha malakasi va bilim darajasini oshirish.

2.1. Bolalar bilan ishlashda ishtirok etayotgan davlat xizmatchilari uchun BMTning Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi hamda uning Fakultativ protokollari tamoyillari va asosiy qoidalari boʻyicha malaka va bilim darajasini oshirish boʻyicha majburiy kursni joriy etish.

2024-yil avgust-sentyabr

OTFIV,

MMTV,

Bandlik vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi,

Sudyalar oliy maktabi,

Yuristlar malakasini oshirish markazi,

Toshkent davlat yuridik universiteti

Keng qamrovli siyosat va strategiya

47.

7. Bola huquqlari tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini (2021-yil) qayd etib, Qoʻmita ishtirokchi-davlatga Konvensiyaning barcha sohalarini qamrab oluvchi bolalar boʻyicha keng qamrovli siyosat, strategiya va harakatlar rejasini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish uchun moliyaviy resurslar, tegishli insoniy, texnik imkoniyatlarni ajratish boʻyicha oʻz tavsiyasini eslatadi.

1. Oʻzbekistonda bola huquqlarini amalga oshirish boʻyicha 2025 — 2030-yillarga moʻljallangan milliy strategiyani ishlab chiqish.

1. Milliy strategiya loyihasini ishlab chiqish boʻy�cha ishchi guruh tuzish.

2024-yil iyun

IHMM,

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi,

SSV,

Bandlik vazirligi,

MMTV,

IIV,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

AOKA

2. Strategiyani qabul qilish boʻyicha xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish.

2024-yil avgust

3. Xalqaro tashkilotlar tavsiyalari asosida Oʻzbekistonda bola huquqlarini amalga oshirish boʻyicha 2025 — 2030-yillarga moʻljallangan milliy strategiyasi loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil sentyabr

4. Strategiya loyihasi boʻyicha jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish.

2024-yil oktyabr

5. Oʻzbekistonda bola huquqlarini amalga oshirish boʻyicha 2025 — 2030-yillarga moʻljallangan milliy strategiyasi loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2024-yil noyabr

Muvofiqlashtirish

48.

8. Qoʻmita 2021-yilda Bolalar masalalari boʻyicha Milliy komissiya va uning hududiy boʻlinmalari tashkil etilishini maʼqullaydi va ishtirokchi-davlatga Konvensiyani turli darajalarda amalga oshirish bilan bogʻliq barcha tadbirlarni muvofiqlashtirish uchun zarur vakolat va resurslarga ega boʻlishini taʼminlashni tavsiya qiladi.

1. 2022-yil 6-iyunda qabul qilingan Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar va tuman (shahar) komissiyalari namunaviy nizomi qoidalarini amalga oshirish hamda komissiyaning muvofiqlashtiruvchi rolini kuchaytirish.

1. Bola masalalari boʻyicha milliy komissiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tuzish.

2024-yil avgust

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Milliy gvardiya MMTV,

Bandlik vazirligi,

SSV,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Bola masalalari boʻyicha milliy komissiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil oktyabr

Resurslarni taʼminlash

49.

9. Qoʻmita kam taʼminlangan bolali oilalarga ijtimoiy yordam koʻrsatishni kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni ijobiy deb hisoblaydi va oʻzining 19-sonli (2016) umumiy sharhini va BRM 16.5-maqsadini esga olib, Oʻzbekistonga ijtimoiy sohalarda dalillar va natijalarga asoslangan maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish va ulardan foydalanish boʻyicha davlat boshqaruvi va mahallalarda bilim olish madaniyatini oshirish orqali natijalarga asoslangan ishtirokchilikni rejalashtirish va budjetlashtirishni joriy etishni tavsiya qiladi.

1. Davlat budjetini shakllantirishda bolalar manfaatlarini hisobga olish mexanizmini shakllantirish.

1. “Ochiq budjet” portalida bolalar fikr bildirishlari uchun alohida boʻlim ochish.

2025-yildan doimiy

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi,

2. “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi qonunga bolalarning takliflarini hisobga olgan holda budjetni taqsimlashni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

2. Bolalar ehtiyojlari uchun davlat budjetidan mablagʻlarning sarflanishi toʻgʻrisida axborot berish tartibini belgilash.

1. Bolalar ehtiyojlari uchun davlat budjetidan mablagʻlarning sarflanishi toʻgʻrisida axborot berish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil sentyabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

2. Iqtisodiyot va moliya vazirligining veb-saytida maʼlumotlarni joylashtirish.

2025-yildan doimiy

3. Bolalar va yoshlar manfaatlarini hisobga olgan holda davlat xarajatlarining adekvatligi, samaradorligi, natijadorligi, adolatliligi va shaffofligini taʼminlash maqsadida budjet bazasi va davlat moliyasini boshqarish tizimi takomillashtirildi.

1. Milliy ijtimoiy himoya strategiyasini amalga oshirish boʻyicha hisoblangan milliy harakatlar rejasini qabul qilish.

2024-yil oktyabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

MMTV,

Bandlik vazirligi

2. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va bolalarni ijtimoiy himoya qilish dasturlarining inklyuzivligini va ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish.

2025-yil yanvar

3. Davlat budjetini rejalashtirish, ijro etish va monitoringi jarayonlarida keyinchalik uni institutsionallashtirish bilan dasturiy budjetlashtirish boʻyicha yoʻriqnomani ishlab chiqish.

2025-yil may

4. YUNISEF va BMTTDning davom etayotgan tashabbuslari tavsiyalari asosida natijalarga va dasturga asoslangan rejalashtirish va budjetlashtirishni takomillashtirish.

2025-yil sentyabr

5. Bolalar va yoshlarga qaratilgan davlat xarajatlari uchun budjet yorligʻini joriy etish.

2025-yil dekabr

Korrupsiya

50.

10. Qoʻmita “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunni (2017-yil), Korrups�yaga qarshi kurash boʻyicha davlat dasturini (2021-2022-yillar) va turli darajadagi korrupsiyaga qarshi kurash tuzilmalarini tashkil etilishini taʼkidlab, ishtirokchi-davlatga korrupsiyani amalda barcha sohalarda, xususan, tugʻilishni roʻyxatga olish, sogʻliqni saqlash va taʼlim bilan bogʻliq sohalarda hal etilishini taʼminlashni tavsiya qiladi.

1. Yashash joyi, ijtimoiy mavqeyi, nogironligi bor yoki yoʻqligi, oilasining daromadidan qatʼi nazar, barcha bolalarning bepul va sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Barcha darajadagi yangi tugʻilgan chaqaloqlarni parvarish qilishda tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlarini dalillarga asoslangan ishlab chiqish va amalga oshirish.

2024-yil mart

SSV,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Homilador ayollar, tugʻruq davridagi ayollar, yangi tugʻilgan chaqaloqlarni perinatal yordamning I, II va III darajalariga yuborish tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

2024-yil aprel

3. Bolalar oʻrtasida nogironlikning rivojlanish xavfini kamaytirish va rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalarni boshqarish boʻyicha xizmatlarni yaxshilash uchun erta aniqlash va aralashuv tizimini joriy etish.

2024-yil may

2. Respublika maktablarida yoshlarni korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy bilimlarga oʻrgatish boʻyicha tizimli va maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Maktab oʻquvchilari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurash toʻgʻrisida” oʻquv kursi dasturini ishlab chiqish.

2024-yil mart

MMTV,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

2. Barcha taʼlim muassasalarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha” oʻquv kursini joriy etish.

2024-yil aprel

3. Maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” ijodiy (kreativ) gʻoyalar va asarlar respublika tanlovini oʻtkazish.

1. Maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” ijodiy (kreativ) gʻoyalar va asarlar respublika tanlovi nizomini ishlab chiqish.

2024-yil avgust

MMTV,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

2. Maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” ijodiy (kreativ) gʻoyalar va asarlar respublika tanlovini eʼlon qilish.

2024-yildan boshlab har noyabr oyida

3. Maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” ijodiy (ijodiy) gʻoyalar va ishlar tanlovi gʻoliblarini aniqlash va taqdirlash.

2024-yildan boshlab har dekabr oyida

Maʼlumotlarni toʻplash

51.

11. Qoʻmita oʻzining 5-sonli (2003) umumiy sharhini eslatib, ishtirokchi-davlatga dezagregatsiya qilingan maʼlumotlarni toʻplash va tahlil qilish, hamda ulardan foydalanish imkoniyati tizimini yanada kuchaytirishni hamda Konvensiya va uning Fakultativ protokollarining barcha sohalarini shu jumladan bolalarga nisbatan zoʻravonlik, ruhiy salomatlik, koʻcha sharoitidagi bolalar, nogironligi boʻlgan bolalar, ozchilik guruhlariga mansub bolalar, ishlaydigan bolalar, ozodlikdan mahrum etilgan bolalar, odil sudlov tizimidagi bolalar, shu jumladan jinoyat qurbonlari va guvohlari boʻlgan bolalarni oʻz siyosati va strategiyalari haqida maʼlumot berish maqsadida qamrab olishini taʼminlashni tavsiya qiladi.

1. Konvensiya va uning qoʻshimcha protokollarining barcha sohalarini toʻliq qamrab olish uchun alohida guruhlarga ajratilgan maʼlumotlarni toʻplash, tahlil qilish va ulardan foydalanish imkoniyatini kuchaytirish.

1. Bolalar huquqlarini monitoring qilish uchun foydalaniladigan mavjud koʻrsatkichlar roʻyxatini yaratish uchun mavjud maʼlumotlar manbalarini tahlil qilish.

2024-yil aprel

Statistika agentligi,

IHMM,

IIV,

Milliy gvardiya,

Bosh prokuratura,

Oliy sudi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

2. Qoʻmitaning tavsiyalariga muvofiq maʼlumotlarga boʻlgan talablarni koʻrib chiqish va Konvensiya va uning Fakultativ Protokollarining barcha sohalari qamrab olinishini taʼminlash uchun asosiy manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan maslahatlashuvlar oʻtkazish.

2024-yil may

3. Bolalar huquqlarini monitoring qilish uchun foydalaniladigan koʻrsatkichlar roʻyxatini, maʼlumotlar manbalarini aniqlash, shuningdek ularni shakllantirish uchun masʼul boʻlgan koʻrsatkichlarni aniqlash va Statistika agentligiga taqdim etish muddatlarini kelishish.

2024-yil iyun

4. Statistika agentligining veb-saytida bolalar haqidagi dolzarb, ajratilgan, uslubiy jihatdan asoslangan va ishonchli maʼlumotlardan jamoatchilikka foydalanish imkonini beradigan “Bolalar statistikasi” veb-sahifasini ishlab chiqish.

2024-yil iyul

5. Statistika agentligining veb-saytida joylashtirish uchun bolalar huquqlarini monitoring qilish uchun foydalaniladigan maʼlumotlarni toʻplash.

2024-yil avgust

6. Bolalar statistikasi veb-sahifasida bolalar huquqlarini monitoring qilish uchun foydalaniladigan mavjud koʻrsatkichlarni nashr etish.

2024-yil oktyabr

Statistika agentligi,

MMTV,

OTFIV,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Bandlik vazirligi,

SSV

Tarqatish, xabardorlikni oshirish va oʻqitish

52.

13. Qoʻmita ishtirokchi-davlatga fuqarolik jamiyati va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda hamda bolalar ishtirokida Konvensiya va uning fakultativ protokollari haqida keng jamoatchilik, jumladan, ota-onalar va bolalarning oʻzlari, bolalar bilan ishlaydigan va bolalar uchun ishlaydigan barcha mutaxassislarga bola huquqlari boʻyicha majburiy treninglar oʻtkazish orqali keng doiraga maʼlum boʻlishini taʼminlash uchun oʻzining xabardorlikni oshirish dasturlarini kuchaytirishni tavsiya qiladi.

1. “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari”, “Bola huquqlari” oʻquv va maxsus kurslarini joriy etish.

1. “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari”, “Bola huquqlari” boʻyicha oʻquv va maxsus kurslar joriy etiladigan professional va oliy taʼlim tashkilotlarining aniq roʻyxatini shakllantirish.

2024-yil aprel

OTFIV,

IHMM,

TDYU,

JIDU,

Huquqni muhofaza qilish agentligi,

IIV akademiyasi,

Sudyalar oliy maktabi,

Jamoat xavfsizligi universiteti

Davlat va huquq instituti

2. Tegishli oʻquv dasturlarini takomillashtirish choralarini koʻrish.

3. 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab shakllantirilgan roʻyxatdagi davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlarida “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari”, “Bola huquqlari” oʻquv va maxsus kurslarini joriy etish.

4. “Oʻzbekistonda inson huquqlari va erkinliklari”, “Inson huquqlari”, “Bola huquqlari”, “Ayollar huquqlari”, “Nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlari” turkum qoʻllanma va risolalarni tayyorlash va chop etish.

2024-yil iyun

2. BMTning Bola huquqlari boʻyicha qoʻmitasi tavsiyasiga koʻra ommaviy axborot vositalari uchun brifinglar, matbuot anjumanlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish va bola huquqlari boʻyicha olib borilayotgan ishlarni yoritish.

1. Bola huquqlari boʻyicha olib borilayotgan ishlar munosabati bilan ommaviy axborot vositalarida intervyu va reportajlar tayyorlash boʻyicha media-rejani ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil mart

AOKA,

MTRK,

Milliy media assotsiatsiyasi,

IIV,

Bosh prokuratura,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

IHMM

2. Intervyu, hikoya va reportajlar tayyorlash hamda ularni media-rejaga muvofiq OAVda eʼlon qilish.

media-rejaga asosan

Fuqarolik jamiyati bilan hamkorlik

53.

14. 2017-yildan buyon NNTlarning rolini oshirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarni ijobiy deb qayd etgan holda, Qoʻmita oʻzining oldingi tavsiyalarini eslatib oʻtadi va ishtirokchi-davlatni NNTlar, bola huquqlariga oid qonunchilik, siyosat va dasturlarni amalga oshirish, monitoring qilish va baholash, hamda Qoʻmitaga davriy hisobotlarni tayyorlash, shu jumladan, bolalar huquqlari boʻyicha ishlovchilar uchun ularning loyihalashtirishdagi ishtirokini ragʻbatlantirish uchun qulay muhit yaratishga chaqiradi.

1. NNTlarni keng jalb etgan holda bola huquqlari boʻyicha “muqobil” hisobotlarni tayyorlashda amaliy yordam koʻrsatish.

1. NNT vakillari uchun Oʻquv seminari konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish, ishtirokchilar roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil mart

IHMM,

NNTMA,

BRM

2. Xorijiy ekspertlar ishtirokida BMTning Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi qoidalarini amalga oshirish boʻyicha “muqobil” maʼruzalar tayyorlash boʻyicha NNT vakillari uchun oʻquv seminarini tashkil etish va oʻtkazish.

2025-yil aprel-may

Bolalar huquqlari va biznes sektori

54.

15. 16-sonli (2013-yil) umumiy sharhini, Biznes va inson huquqlari boʻyicha yetakchi tamoyillarini eslatib, Qoʻmita oʻzining oldingi tavsiyalarini takrorlaydi: ishtirokchi-davlat biznes sektori uchun aniq meʼyoriy-huquqiy bazani yaratish, uning samarali amalga oshirilishini taʼminlash va tegishli tarzda sanksiyalar va buzilishlar sodir boʻlganda ularni bartaraf etish choralarini koʻrish.

1. BMTning inson huquqlari nuqtai nazaridan tadbirkorlik faoliyatining dasturiy tamoyillarini amalga oshirish boʻyicha Milliy harakatlar rejasini (yoʻl xaritasi) ishlab chiqish va qabul qilish.

1. Milliy harakatlar rejasi loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari kengashlarining qoʻshma qarori bilan tasdiqlash.

2024-yil aprel

IHMM,

Savdo sanoat palatasi,

Biznes ombudsman

B. Bolaning taʼrifi (1-modda)

55.

16. 2019-yilda oʻgʻil bolalar va qizlar uchun nikoh yoshining 18 yoshda belgilanishini maʼqullab, Qoʻmita ishtirokchi-davlatni 18 yoshdan kichikroq nikohga ruxsat beruvchi barcha istisnolarni olib tashlashga chaqiradi.

1. 18 yoshga toʻlmagan shaxslar uchun nikohga ruxsat beruvchi barcha istisnolarni bekor qilish masalasini koʻrib chiqish.

1. Nikoh yoshini qatʼiy belgilash boʻyicha xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish.

2024-yil may

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

2. 18 yoshga toʻlmagan shaxslar uchun nikohga ruxsat beruvchi istisnolarni bekor qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2024-yil iyul

3. Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil avgust

S. Umumiy tamoyillar (2-3, 6 va 12-moddalar)

Kamsitishga yoʻl qoʻymaslik

56.

17. BRMning 5.1 va 10.3 maqsadlarini eslatib, Qoʻmita ishtirokchi-davlatga qizlar, nogironligi boʻlgan bolalar, ozchilik guruhlariga mansub bolalar, qochqinlar, boshpana izlovchi bolalar va mamlakat ichida koʻchirilgan bolalar, muqobil parvarishdagi bolalar, koʻcha sharoitidagi bolalar va zaif vaziyatlardagi boshqa bolalarga nisbatan kamsitishlarga qarshi maqsadli siyosat va dasturlarni amalga oshirish, kamsitishlarga, ayniqsa, gender, nogironlik, jinsiy oriyentatsiya va gender oʻziga xoslik asosida kamsitishlarga sabab boʻladigan ijtimoiy meʼyorlar va xatti-harakatlarni oʻzgartirishga qaratilgan chora-tadbirlarni, shu jumladan, xabardorlikni oshirish va ommaviy axborot vositalarida oʻtkaziladigan kampaniyalarni oʻz ichiga olgan kamsitishga qarshi qonun va keng qamrovli strategiyani qabul qilish, amalga oshirish, monitoring qilish va baholashni tavsiya qiladi.

1. Milliy qonunchilikda kamsituvchi normalar mavjudligi yuzasidan tahlil oʻtkazish va ularning amalda namoyon boʻlishini aniqlash.

1. Mavjud kamsitish normalarini aniqlash maqsadida milliy qonunchilikni har tomonlama va kompleks tahlil qilish.

2025-yil yanvar

IHMM,

Adliya vazirligi,

Ombudsman

2. Kamsitishga qarshi siyosat sohasidagi xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil fevral

3. Xorijiy tajribani oʻrganish natijalari asosida kamsitishlarga qarshi siyosat sohasida aniq takliflar ishlab chiqish.

2025-yil mart

Bolaning eng ustuvor manfaatlari

57.

18. Qoʻmita oʻzining 14-sonli (2013) umumiy sharhini eslatib, ishtirokchi-davlat oʻz qonunchiligida bolaning eng ustuvor manfaatlari tamoyilini aniq belgilab qoʻyishi va uning barcha maʼmuriy va qonun hujjatlarida, bolalarga nisbatan sud jarayonlarida, shu jumladan muayyan tartiblar, mezonlar va vositalarni ishlab chiqishda hamda taʼlim, odil sudlov, politsiya, bolalarni himoya qilish va sogʻliqni saqlash sohasi mutaxassislarini oʻz faoliyatida bolaning eng ustuvor manfaatlari tamoyilini qoʻllash salohiyatini mustahkamlash yoʻli bilan integratsiyalashuvi va izchil qoʻllanilishini taʼminlashi haqidagi avvalgi tavsiyasini takrorlaydi.

1. Milliy qonunchilikka “Bolaning eng ustuvor manfaatlari” tushunchasini kiritish.

1. “Bolaning eng ustuvor manfaatlari” tushunchasi va tamoyillarini belgilash boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish.

2024-yil sentyabr

Adliya vazirligi,

SSV,

IIV,

MMTV,

Bosh prokuratura

2. “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekis�on Respublikasi Qonuniga “Bolaning eng ustuvor manfaatlari” tamoyilini joriy etishni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.

2024-yil oktyabr

3. Bolalarga nisbatan barcha maʼmuriy va sud jarayonlarida uning har tomonlama va izchil qoʻllanilishini amalga oshirish.

2024-yil noyabr

4. Qaror qabul qiluvchi va bolaning hayotida ishtirok etuvchi organlar va tashkilotlar uchun bolaning eng ustuvor manfaatlarini taʼminlash standartlarini ishlab chiqish.

2024-yil oktyabr — 2025-yil fevral

D. Fuqarolarning huquq va erkinliklari (7-8 va 13 — 17-moddalar)

Tugʻilganlikni roʻyxatdan oʻtkazish va fuqarolik

58.

21. Tugʻilganlikni roʻyxatga olish, fuqaroliksizlikni kamaytirish va oldini olish boʻyicha erishilgan yutuqlarni olqishlab, Qoʻmita ishtirokchi-davlatga 2020-yilgi “Fuqarolik toʻgʻrisida”gi qonunning ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shu jumladan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan berilgan arizalar sonini, yoshi va gender boʻyicha ajratilgan holda toʻplashni tavsiya qiladi; va Qochqinlar maqomi toʻgʻrisidagi 1951-yilgi konvensiyani, Fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning maqomi toʻgʻrisidagi 1954-yildagi konvensiyani va Fuqaroliksizlikni qisqartirish toʻgʻrisidagi 1961-yildagi konvensiyani ratifikatsiya qilish masalasini koʻrib chiqishni tavsiya qiladi.

1. “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonunning ijrosi toʻgʻrisida, shu jumladan, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan berilgan arizalar soni, yoshi va jinsi boʻyicha ajratilgan holda maʼlumotlarni toʻplash tizimini joriy etish.

1. “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonunning bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning statistik shaklini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Mazkur shaklda quyidagilar statistik maʼlumotlar sifatida koʻrib chiqilishi nazarda tutilishi lozim:

fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan berilgan arizalar soni;

yosh va jins boʻyicha ajratilgan maʼlumotlar.

2025-yil mart

IIV,

TIV,

DXX,

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi,

Statistika agentligi,

Ombudsman.

2. Ishlab chiqilgan shakl boʻyicha statistik hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish.

2025-yil may oyidan boshlab

2. 1951-yilgi “Qochqinlar maqomi toʻgʻrisida”gi konvensiyaga qoʻshilishning maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish

1. 1951-yilgi “Qochqinlar maqomi toʻgʻrisida”gi konvensiyaga qoʻshilish masalasi boʻyicha xorijiy mamlakatlar xalqaro tajribasi va amaliyotini oʻrganish.

2024-yil mart

IHMM,

IIV,

DXX,

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura,

TIV

2. 1951-yilgi “Qochqinlar maqomi toʻgʻrisida”gi konvensiyaga qoʻshilishning maqsadga muvofiqligi masalasini soha ekspertlari ishtirokida oʻrganish.

2024-yil aprel

3. Vazirlar Mahkamasiga 1951-yilgi “Qochqinlar maqomi toʻgʻrisida”gi konvensiyaga qoʻshilish masalasi yuzasidan umumiy xulosa kiritish.

2024-yil may

3. 1954-yilgi “Fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning maqomi toʻgʻrisida”gi konvensiyaga qoʻshilishning maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish.

1. 1954-yilgi “Fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning maqomi toʻgʻrisida”gi konvensiyaga qoʻshilish masalasi boʻyicha xorijiy mamlakatlar xalqaro tajribasi va amaliyotini oʻrganish.

2024-yil mart

IHMM,

IIV,

Adliya vazirligi,

DXX,

TIV

2. 1954-yilgi “Fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning maqomi toʻgʻrisida”gi konvensiyaga qoʻshilish maqsadga muvofiqligi masalasini soha ekspertlari ishtirokida oʻrganish

2024-yil aprel

3. Vazirlar Mahkamasiga 1954-yilgi “Fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning maqomi toʻgʻrisida”gi konvensiyaga qoʻshilish masalasi yuzasidan umumiy xulosa taqdim etish.

2024-yil may

4. 1961-yilgi “Fuqaroliksizlikni qisqartirish toʻgʻrisida”gi konvensiyaga qoʻshilishning maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish.

1. 1961-yilgi “Fuqaroliksizlikni qisqartirish toʻgʻrisida”gi konvensiyaga qoʻshilish masalasi boʻyicha xorijiy mamlakatlar xalqaro tajribasi va amaliyotini oʻrganish.

2024-yil mart

IIV,

Bosh prokuratura,

TIV,

Adliya vazirligi,

DXX,

IHMM

2. 1961-yilgi “Fuqaroliksizlikni qisqartirish toʻgʻrisida”gi konvensiyaga qoʻshilishning maqsadga muvofiqligi masalasini soha ekspertlari ishtirokida oʻrganish.

2024-yil aprel

3. Vazirlar Mahkamasiga 1961-yili “Fuqaroliksizlikni qisqartirish toʻgʻrisida”gi konvensiyaga qoʻshilishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi umumiy xulosani taqdim etish.

2024-yil may

Identifikatsiya qilish huquqi

59.

22. Ishtirokchi-davlatning farzandlikka olish siri toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini hisobga olgan holda, Qoʻmita unga asrab olingan bolalarning oʻzining biologik kelib chiqishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanish huquqini samarali amalga oshirishni taʼminlashni tavsiya qiladi.

1. Amaldagi qonun hujjatlari normalariga farzandlikka olingan bolalarning biologik kelib chiqishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanish huquqiga taalluqli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.

1. Farzandlikka olingan bolalarning biologik ota-onalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatini taʼminlash masalalari boʻyicha xorijiy mamlakatlar tajribasi va amaliyotini oʻrganish.

2025-yil yanvar — mart

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

MMTV,

OTFIV,

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi,

SSV,

Oliy sud,

Milliy gvardiya

2. Amaldagi qonun hujjatlari normalariga farzandlikka olingan bolalarning biologik kelib chiqishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanish huquqiga taalluqli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish.

2025-yil aprel — dekabr

Soʻz erkinligi va tegishli maʼlumotlardan foydalanish imkoniyati

60.

23. Ishtirokchi-davlatning maktablar keng polosali internet bilan jihozlanganligi haqidagi maʼlumotlarini eʼtiborga olib, Qoʻmita barcha bolalar uchun aloqani kengaytirishni, ayniqsa chekka hududlar va kam taʼminlangan oilalarga alohida eʼtibor qaratishni, bolalar, oʻqituvchilar va oilalarning raqamli savodxonligi va malakasini oshirishni, Konvensiyaning 13 va 17-moddalariga muvofiq, bolalar oʻzining soʻz erkinligi va axborotdan foydalanish huquqini keraksiz cheklovlarsiz samarali amalga oshirishlarini qonunda ham, amalda ham taʼminlashni tavsiya qiladi.

1. Oʻqituvchilar, ota-onalar va bolalarning raqamli savodxonligini oshirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish.

1. Bolalar, oʻqituvchilar, ota-onalar, oilalarning elektron davlat xizmatlaridan foydalanish boʻyicha xabardorligini oshirish boʻyicha targʻibot tadbirlarini oʻtkazish.

2024-yil mart — may

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi,

MMTV,

Yoshlar ishlari agentligi

2. Taʼlim muassasalarida bolalar va ota-onalar uchun raqamli savodxonlikni oshirish kurslarini oʻtkazish.

IT-Parklar bazasida maktab oʻqituvchilarini IT sohasidagi yangiliklar boʻyicha davriy oʻqitish.

2024-yil iyun

3. Taʼlim muassasalarida IT-koʻnikmalarini joriy etish va ularni raqamlashtirishga oʻtkazish boʻyicha oʻquv dasturlarini yaratish.

Bolalarning Internetdagi kontentga bevosita taqiq va cheklovlarsiz kirishini nazorat qilishning malakali shakllarini joriy etish.

2024-yil iyul

2. “Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun ijrosini monitoring qilish.

1. Monitoring oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tuzish.

2024-yil iyun

Bolalar ombudsmani,

AOKA,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Yoshlar ishlari agentligi,

MMTV

2. Belgilangan hududlarda monitoringni oʻtkazish.

2024-yil avgust-sentyabr

3. Monitoring natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga takliflar bilan birga taqdim etish.

2024-yil may

3. Bolalar va oʻsmirlarning raqamli savodxonligini oshirish boʻyicha 2024 — 2030-yillarga moʻljallangan davlat dasturini amalga oshirish.

1. Raqamli koʻnikmalar boʻyicha mavjud boʻshliqni qisqartirish boʻyicha tavsiyalar berish, amaldagi davlat dasturlari, ilgari amalga oshirilgan loyihalarni tahlil qilish va mavjud adabiyotlarni koʻrib chiqish.

2024-yil iyun

Adliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

MMTV

2. Bolalar, oʻqituvchilar va oilalarning raqamli savodxonligi va koʻnikmalarini oshirish uchun mavjud meʼyoriy hujjatlarni takomillashtirish.

2024-yil iyul

3. Raqamli muhitda bolalar va oʻsmirlarning farovonligini keng qamrovli tadqiqotlar orqali oʻrganish.

2024-yil avgust

SSV

4. Oʻzbekiston aholisi uchun “Raqamli savodxonlik indeksi”ni ishlab chiqish.

2024-yil sentyabr

5. Talabalarning yosh xususiyatlari va ehtiyojlariga yoʻnaltirilgan bolalar va oʻsmirlar uchun raqamli savodxonlik standartlarini ishlab chiqish.

2024-yil oktyabr

6. Bolalar va oʻsmirlarning raqamli savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan taʼlim dasturlarini ishlab chiqish.

2024-yil noyabr

7. Oʻqituvchilarning raqamli savodxonligini oshirish dasturlarini ishlab chiqish.

2024-yil dekabr

8. Bolalarning Internet tarmogʻidagi kontentga bevosita taqiq va cheklovlarsiz kirishini nazorat qilishning malakali shakllarini joriy etish.

2025-yil yanvar

9. Xavf guruhlari orasida bunday his-tuygʻularning oldini �lish va erta aniqlashga qaratilgan oʻz joniga qasd qilish xatti-harakatlarini (xususan, ijtimoiy tarmoqlarda) aniqlash monitoringining ilmiy tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

2025-yil fevral

Fikr, vijdon va din erkinligi

61.

24. Diniy erkinliklarga oid baʼzi ijobiy oʻzgarishlarni qayd etgan holda, Qoʻmita ishtirokchi-davlatga Konvensiyaning 14-moddasiga muvofiq turli dinlarning, shu jumladan, rasman tan olinmagan dinlar vakillarining tinch-totuv yashashiga ushbu qoidaga muvofiq tarzda erishish nuqtai nazaridan bolaning huquqlari, ota-onalar va qonuniy vasiylarning huquq va majburiyatlarini taʼminlash boʻyicha saʼy-harakatlarini davom ettirishni tavsiya qiladi.

1. “Dinshunoslik” fanini umumtaʼlim muassasalarining oʻquv rejalariga, jumladan, pedagog kadrlar malakasini oshirish dasturlariga kiritish masalasini koʻrib chiqish.

1. Xorijiy davlatlarning taʼlim muassasalarida diniy fanlarni oʻqitish boʻyicha tajribasini oʻrganish.

2024-yil may

MMTV,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita,

Yoshlar ishlari agentligi,

2. Taʼlim muassasalarida dinshunoslik fanini joriy etish yuzasidan ekspert xulosasini tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil iyun

3. Bolaning fikrlash, vijdon va eʼtiqod erkinligi huquqini taʼminlash uchun ota-onalar, oilalarning savodxonligini oshirish boʻyicha pedagogik kadrlar malakasini oshirish dasturlariga va din peshvolari diniy taʼlim dasturlariga kiritish.

2024-yil iyul

4. Din peshvolari uchun Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya, jumladan, bolaning fikrlash, vijdon va eʼtiqod erkinligi huquqiga oid seminarlar, treninglar oʻtkazish.

2024-yil yanvar — iyun

5. Ota-onalar va qonuniy vakillar uchun bolaning fikrlash, vijdon va eʼtiqod erkinligi huquqiga oid targʻibot roliklarini oʻz ichiga olgan media kompaniyani ishlab chiqish va amalga oshirish.

2024-yil mart — iyun

6. Ota-onalar va vasiylar uchun maktablar tashkil etish, shu jumladan, bolaning fikrlash, vijdon va eʼtiqod erkinligi huquqlariga rioya qilish boʻyicha treninglar oʻtkazish.

2024-yil mart — iyul

7. Bolalar va ota-onalar oʻrtasida diniy bagʻrikenglik masalalari boʻyicha Respublika konkursini tashkil etish.

doimiy

Shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi

62.

25. Qoʻmita ishtirokchi-davlatning muqobil parvarishlashdagi bolalar va odil sudlov muassasalaridagi bolalarning shaxsiy buyumlari va yozishmalari maxfiyligiga boʻlgan huquqlarini himoya qilish haqidagi tavsiyasini eslatadi. Shuningdek, u oʻzining 25-sonli (2021) umumiy sharhini eslatib, ishtirokchi-davlatga bolalar shaxsiy hayotini himoya qilish uchun ommaviy axborot vositalari va raqamli muhit uchun qonunlar, qoidalar va himoya siyosatini, shuningdek, bolalar haqida axloqiy hisobot berish standartlarini ishlab chiqishni va huquqbuzarliklar uchun javobgarlikka tortish mexanizmlarini yaratishni tavsiya qiladi.

1. “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonunga bolalarning ommaviy axborot vositalarida va raqamli muhitda shaxsiy daxlsizligini himoya qilishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.

1. Raqamli muhitda bolalarni himoya qilish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish.

2024-yil oktyabr

AOKA,

MMTV,

SSV,

IHMM,

Adliya vazirligi

2. “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonunga bolalarning ommaviy axborot vositalarida va raqamli muhitda shaxsiy daxlsizligini himoya qilishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil noyabr

3. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil dekabr

2. Mehribonlik uylarida, oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanuvchi bolalarning shaxsiy buyumlari va yozishmalari daxlsizligiga doir huquqlarining bajarilishini monitoring qilish.

1. Monitoringni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhni tuzish.

2024-yil mart — may

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

IHMM,

Milliy gvardiya

2. Monitoring dasturini ishlab chiqish va monitoring qilinadigan bolalar uylari roʻyxatini shakllantirish.

2024-yil sentyabr-oktyabr

3. Belgilangan joylarda monitoring oʻtkazish va Vazirlar Mahkamasiga tahliliy hisobot taqdim etish.

2024-yil noyabr

63.

26. Qiynoqlarga qarshi kurashish boʻyicha qonunchilik choralarini qayd etib, oʻzining 13-sonli (2011) umumiy sharhini, BRM 16.2 maqsadi va oldingi tavsiyasini esga olib, Qoʻmita ishtirokchi-davlatga quyidagilarni tavsiya qiladi:

(a) Qiynoqlarga qarshi konvensiyada koʻrsatilgan taʼrif bilan qiynoq taʼrifini qiynoqlarga qarshi qoʻmita oʻzining yakuniy xulosalarida tavsiya qilgan taʼrifga moslashtirish (CAT/C/UZB/CO/5, 22-band);

1. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 235-moddasini xalqaro standartlarga muvofiq yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

1. Qiynoqlar taʼrifi BMTning Qiynoqlarga qarshi Konvensiyasining 1-moddasiga toʻliq mos kelishini taʼminlash uchun huquqiy tahlil oʻtkazish va qonunchilik takliflarini ishlab chiqish.

2024-yil mart

IIV,

DXX,

IHMM,

Adliya vazirligi,

TIV

2. BMTning Qiynoqlarga qarshi konvensiyasining 1-moddasiga toʻliq muvofiqlashtirish maqsadida Jinoyat kodeksining 235-moddasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga kiritish.

2024-yil aprel-may

64.

(b) bolalarga nisbatan qiynoqqa solish va shafqatsiz munosabatda boʻlish haqidagi daʼvolarni, shu jumladan politsiya tomonidan soʻroqqa tutilganda, tekshirish, aybdorlarni tegishli jazo choralari bilan samarali taʼqib qilish va javobgarlikka tortish va jabrlanuvchilarga odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini taʼminlash;

1. Surishtiruv, dastlabki tergov va jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun qiynoqlarni qoʻllashga qarshi kurashish boʻyicha muntazam ravishda qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish.

1. Qiynoqlarga qarshi kurashish boʻyicha oʻquv kurslari jadvalini ishlab chiqish.

2024-yil mart

IHMM,

Bosh prokuratura,

IIV

2. Milliy va xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda onlayn va oflayn formatda oʻquv kurslarini tashkil etish.

2024-yil 1-maydan boshlab

65.

c) bolalar, xususan, bolalar hibsxonalari va muqobil parvarishlash boʻyicha ishlar haqida xabar berish uchun maxfiy, bolalarga mos keladigan shikoyat mexanizmlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishini va bunday holatlar haqida xabar berganlar repressiyalarga duch kelmasligini taʼminlash;

1. Bolaning manfaatlariga daxldor boʻlgan barcha sohalarda (bolalar uchun jamoat joylarida qisqa raqamlar oʻrnatilgan telefonlar, telegram kanallari, pochta qutilari va boshqalar) shikoyatlar (xabarlar) berishning samarali va qulay mexanizmini yaratish.

1. Qabul qilingan shikoyatlarga (xabarlarga) javob berish samaradorligi, olingan maʼlumotlarni muntazam yigʻish, tahlil qilish va qarorlar qabul qilishda foydalanish.

doimiy

Bolalar ombudsmani,

IIV

2. Bolaning manfaatlariga daxldor boʻlgan sohalarda shikoyatlar (xabarlar) berish mexanizmining joriy etilishi haqida bolalarni xabardor qilish boʻyicha keng �oʻlamli ishlarni amalga oshirish.

doimiy

66.

(d) qiynoqlarga qarshi Konvensiyaning Fakultativ protokolini ratifikatsiya qilish masalasini koʻrib chiqish va bolalar odil sudlov tizimida bolalarni hibsda saqlash sharoitlarini baholash va monitoring qilish mexanizmlari, shu jumladan milliy profilaktika mexanizmi monitoring maqsadlarida bunday muassasalarga yanada toʻsiqsiz kirishini taʼminlash;

1. BMTning qiynoqlar va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoki jazoga qarshi Konvensiyasi Fakultativ protokoliga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi masalasini oʻrganish.

1. Fakultativ protokolga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi masalasini oʻrganish boʻyicha ishchi guruhini tuzish.

2025-yil mart

IHMM,

IIV,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

2. Fakultativ protokolga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi toʻgʻrisidagi masala yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2025-yil aprel

3. Fakultativ protokolga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilish masalasi yuzasidan umumiy xulosani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil may

2. Qiynoqlarning oldini olish boʻyicha milliy preventiv mexanizmni takomillashtirish.

2. Qiynoqlarning oldini olish boʻyicha milliy preventiv mexanizmning huquqiy asoslarini takomillashtirishga doir normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil mart

IHMM,

Adliya vazirligi,

Ombudsman,

IIV,

Bosh prokuratura

67.

e) sudyalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari va advokatlarga bolalar bilan ishlash, bolalarga doʻstona va bolalarga nisbatan sezgir tergov usullari boʻyicha treninglar oʻtkazish.

1. Sudyalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari va advokatlar uchun Istanbul protokoli qoidalari boʻyicha treninglar tashkil etish.

1. Istanbul protokoli qoidalari boʻyicha oʻqitish yuzasidan oʻquv dasturini ishlab chiqish.

2024-yil mart

Sudyalar oliy maktabi,

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi,

Advokatlar palatasi,

Adliya vazirligi

2. Treninglarni tashkil etish va oʻtkazish.

2024-yil aprel

Zararli amaliyotlar

68.

29. Bolalar nikohining taqiqlanishini olqishlab, Qoʻmita 18-sonli qoʻshma umumiy tavsiyani va BRMning 5.3-maqsadini esga oladi va ishtirokchi-davlatga ushbu taqiqni samarali qoʻllashni, munosabatni oʻzgartirishga koʻmaklashish boʻyicha, shu jumladan, uning bolalarning jismoniy va ruhiy salomatligi va farovonligiga zararli taʼsiri va shikoyat qilgan jabrlanuvchilarni himoya qilish sxemalarini oʻrnatish, bu borada xabardorlikni oshirish kampaniyalari va dasturlari orqali saʼy-harakatlarini kuchaytirishni tavsiya qiladi.

1. Bolalar majburiy nikohiga qarshi kurashish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va tasdiqlash:

majburiy nikohning asosiy sabablarini bartaraf etish;

bunday holatlarni aniqlash mexanizmlarini yaratish;

Bola huquqlari boʻyicha qoʻmitaning zararli amaliyotlar boʻyicha 18-sonli (2014) qoʻshma umumiy tavsiyasiga muvofiq aybdor shaxslarning jinoiy javobgarlikka tortilishi va munosib jazolanishini taʼminlash.

2024-yil may

IIV,

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi,

Bandlik vazirligi,

SSV,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Bolalar ombudsmani,

MTRK,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

F. Oilaviy muhit va muqobil parvarish (5, 9-11, 18 (1)-(2), 20-21, 25 va 27 (4)-moddalar)

Oilaviy muhit

69.

30. Qoʻmita oilani qoʻllab-quvvatlash sxemalarini va ulardan foydalanish imkoniyatini yetarli darajada emasligini; va migratsiya surʼatlarining oshishi ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalar sonining koʻpayishiga olib kelganini va ota-onalarga nisbatan jazo choralarini koʻrilishini tashvish bilan qayd etadi. Qoʻmita ishtirokchi-davlatga quyidagilarni tavsiya qiladi:

(a) ijtimoiy yordam nafaqalarini oshirish, ota-onalar uchun dasturlarni ishlab chiqish va kengaytirish;

1. Ijtimoiy xizmatlarning integratsiyalashgan tizimi (shu jumladan qisqa muddatli, uzoq muddatli, inqirozli, shoshilinch va vaqtincha homiylik ostidagi parvarishlash) doirasida parvarish xizmatlarini rivojlantirish (vaziyatni tahlil qilish, xizmatlarni modellashtirish va sinovdan oʻtkazish).

1. Doimiy manzilli qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish (tarbiyasi ogʻir bolalar bilan ishlash, psixologik yordam koʻrsatish, toʻgaraklarga jalb etish va h.k.) maqsadida chet elga ketgan shaxslarning, shu jumladan vatanida qolgan oila aʼzolarining turmush tarzini har tomonlama oʻrganish va baho�ash.

2025-yil yanvar

Bandlik vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

MMTV,

IIV,

Bolalar ombudsmani,

SSV

2. Yashash joyini uzoq muddatga tashlab ketgan shaxslar oilalarining yagona reyestrini yaratish va yangilash.

2025-yil mart

70.

b) bolalarni tashlab ketilishi va oiladan ajralishining oldini olish va oilalarni birlashtirishga koʻmaklashish, shu jumladan ijtimoiy xizmatlarni taʼminlash uchun yetarli resurslarni ajratish, kam taʼminlangan oilalarga, nogironligi boʻlgan farzandlari boʻlgan oilalarga va migrant ota-onalar tomonidan qoldirilgan bolalarga alohida eʼtibor berish orqali, bunday xizmatlarni koʻrsatish uchun oʻqitilgan ijtimoiy xodimlar va psixologlar zaxirasini kengaytirish va bolalar va oilalarning ular haqida xabardorligini oshirish orqali saʼy-harakatlarini kuchaytirish;

1. Oilaviy tanglikni va ijtimoiy yetimlikni bartaraf etish, bolalarga (ularning oilalariga) va nogiron bolalari boʻlgan oilalarga, migrant ota-onalardan qolgan bolalarga reabilitatsiya yordami boʻyicha ixtisoslashtirilgan profilaktika xizmatlarini koʻrsatish standartlarini ishlab chiqish va tartibga solish.

1. Ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalar va oilalarning asosiy muammolari va ehtiyojlarini aniqlashga qaratilgan kompleks oʻrganishlar oʻtkazish va ularning natijalari asosida ixtisoslashtirilgan profilaktika xizmatlari koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.

2024-yil mart

Bandlik vazirligi,

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi

2. Oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchilik�ardan kelib chiqib, “Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar toʻgʻrisida”gi Qonunga bolalar va oilalarni ularning ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularni majburiy qoʻllab-quvvatlashga doir oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.

2024-yil aprel

3. Bolali oilalarga har bir guruh bolalar va oilalarning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish standartlarini va ularni koʻrsatish tartibini ishlab chiqish.

2024-yil avgust

4. Ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalar va oilalar uchun belgilangan xizmatlar sifati standartlari va ularni koʻrsatish tartibiga muvofiq ixtisoslashtirilgan profilaktika va reabilitatsiya xizmatlarining mavjudligi va kafolatlanishini taʼminlash.

2025-yil aprel

5. Aholining bola va oila huquqlari boʻyicha hamda ogʻir hayotiy sharoitlarda ularga yordam va qoʻllab-quvvatlash zarurligi yuzasidan xabardorligini oshirish boʻyicha keng axborot kampaniyasini tashkil etish.

2025-yil may

6. Standartlarni ishlab chiqish va mustahkamlash jarayonida bola va oila huquqini himoya qilish sohasida faoliyat yurituvchi davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida yaqin hamkorlikni taʼminlash.

2025-yil iyun

71.

(c) Konvensiyaning 18-moddasi 1-bandiga muvofiq, erkaklarning otalik rolini va onalar va otalar oʻrtasida ota-onalik masʼuliyatini teng taqsimlashni, shu jumladan tushuntirish kampaniyalarini oʻtkazish va otalik taʼtillaridan foydalanishni kengaytirish va ikkalasi uchun ham moslashuvchan ish tartibini targʻib qilish.

1. Oilada ota-onalik masʼuliyatini teng taqsimlashga bagʻishlangan qisqa metrajli film tayyorlash va uni telekanallarda namoyish etish.

1. Qisqa metrajli film ssenariysini ishlab chiqish va suratga olish.

2024-yil yanvar-fevral

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Kinematografiya agentligi,

MTRK,

Milliy media assotsiatsiyasi,

IHMM,

fuqarolik jamiyati institutlari

2. Mahalliy telekanallarda qisqa metrajli filmni namoyish etish.

2024-yil mart

2. Real hayotiy misollar asosida, bolaga gʻamxoʻrlik qilish va unga gʻamxoʻrlik qilishda ota-ona, shu jumladan otalik masʼuliyatini oshirishga qaratilgan turkum publitsistik maqolalar, telekoʻrsatuvlar, tayyorlash va OAVda, ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish.

1. Maqolalar kontekstiga oid mezon va talablarni ishlab chiqish.

2024-yil oktyabr

AOKA,

“Oila va ayol” ilmiy-tadqiqot instituti,

OTFIV,

Bandlik vazirligi,

Davlat boshqaruvi akademiyasi,

fuqarolik jamiyati institutlari

2. Ijtimoiy tarmoqlar va OAVda keng yoritish.

2024-yil noyabr

3. Ota-onalarning masʼuliyatini oshirishga qaratilgan turli xil telekoʻrsatuvlar va radio eshittirishlarni koʻrsatish.

2024-yil dekabr

3. Xotin-qizlar va erkaklar uchun imkoniyat va tenglik kafolatlarini keng targʻib qilish.

1. “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonun hamda boshqa qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va mazmunini tizimli ravishda hududlarda gender masalalari boʻyicha trenerlar ishtirokida targʻibot tadbirlarini tashkil etish jadvallarini ishlab chiqish.

2024-yil mart

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

OTFIV,

Adliya vazirligi,

Bandlik vazirligi,

Davlat boshqaruvi akademiyasi,

fuqarolik jamiyati institutlari

2. Guruhlar boʻyicha targʻibot materiallarini tayyorlash (maʼruzalar, slaydlar, bukletlar, videoroliklar va boshqalar).

2024-yil aprel

3. Mahallalarda, taʼlim muassasalarida, tashkilot va korxonalarda, jumladan, OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish.

doimiy

Farzandlikka olish

72.

33. Qoʻmita ishtirokchi-davlatga farzandlikka olish boʻyicha xizmatlarning farzandlikka olish jarayonlarida bolaning eng ustuvor manfaatlarini baholash va taʼminlash, farzandlikka olishdan oldingi va farzandlikka olishdan keyingi xizmatlar hamda monitoringni taʼminlash boʻyicha salohiyatini kuchaytirishni va 33-sonli Bolalarni himoya qilish va davlatlararo farzand asrab olish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi 1993-yilgi Gaaga konvensiyasini ratifikatsiya qilish masalasini koʻrib chiqishni tavsiya qiladi.

2. Bolalarni himoya qilish va davlatlararo farzandlikka olish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi konvensiyalarni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish.

1. Mazkur xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish masalasi boʻyicha xorijiy mamlakatlar xalqaro tajribasi va amaliyotini oʻrganish.

2024-yil mart-aprel

IHMM,

TIV,

Bosh prokuratura,

IIV,

DXX,

Oliy sud

2. Ushbu sohadagi xalqaro shartnomalarga qoʻshilishning maqsadga muvofiqligi masalasini soha ekspertlari ishtirokida oʻrganish.

2024-yil may-iyun

3. Vazirlar Mahkamasiga umumiy xulosa kiritish.

2024-yil avgust

Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning farzandlari

73.

34. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ozodlikdan mahr�m etilgan bolalar boʻyicha global tadqiqotiga asoslanib, Qoʻmita ishtirokchi-davlatga quyidagilarni tavsiya qiladi:

(a) qabul qilingan barcha qarorlarda, shu jumladan gʻamxoʻrlik qiluvchilarga hukm chiqarishda va ozodlikdan mahrum qilishning muqobil variantlari koʻrib chiqilayotganda bolaning eng ustuvor manfaatlari birinchi navbatda eʼtiborga olinishini taʼminlash;

(b) qamoqqa olingan gʻamxoʻrlik qiluvchilarning bolalariga tegishli va bolalar uchun doʻstona boʻlgan binolarga tashrif buyurish huquqlarini kafolatlash;

(c) agar gʻamxoʻrlik qiluvchilarni qamoqqa olishning oldini olish mumkin boʻlmasa, bolalar tegishli erta bolalik taʼlimi, ovqatlanish va sogʻliqni saqlash xizmatlaridan foydalanishlari, oʻynash huquqidan foydalanishlari va ularning jismoniy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishini kafolatlash uchun ijtimoiy xodimlar tomonidan muntazam ravishda tashrif buyurishlarni taʼminlash.

1. Bolaning (ikkala ota-onasi yoki biri qamoqda boʻlgan), shu jumladan ota-onalari (bolani parvarish qiluvchi shaxslari) bilan qamoqda boʻlgan yosh bolalarning eng ustuvor manfaatlarini taʼminlash.

1. Ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni oʻtashlari munosabati bilan ota-onalar chet elga ketishi natijasida ularning qaramogʻisiz qolgan bolalar/bolaning qonuniy vakillari bilan birgalikda ozodlikdan mahrum etish joylarida boʻlgan bolalarning ahvolini oʻrganish va baholash.

2025-yil yanvar — aprel

IIV,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Bandlik vazirligi,

SSV,

Bosh prokuratura,

MMTV

2. Baholash natijalari va xalqaro tajribani oʻrganish asosida takliflarni oʻz ichiga olgan tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash.

2025-yil may-iyun

2. Ozodlikdan mahrum etish joylarida ota-onalari (bolani parvarish qiluvchi shaxslar) bilan birga boʻlgan bolalarning rivojlanishi uchun zarur boʻlgan toʻliq xizmatlardan foydalanish huquqlarini taʼminlash.

1. Ozodlikdan mahrum etish joylarida ota-onalari (bolani parvarish qiluvchi shaxslar) bilan birga boʻlgan bolalarning ahvolini muntazam monitoring qilish va uning natijalari boʻyicha Bolalar Ombudsman+ formatida chora-tadbirlar koʻrish.

doimiy

2. Ozodlikdan mahrum etish joylari xodimlarini ozodlikdan mahrum etish joylarida bolalarni parvarish qilish va davolash boʻyicha oʻqitishni taʼminlash.

2025-yil davomida

3. Ozodlikdan mahrum qilish joylarida ota-onasi (bolani parvarish qiluvchi shaxslar) bilan birgalikda ozodlikdan mahrum etish joylarida boʻlgan yosh bolalarga xizmat koʻrsatish uchun psixo-ijtimoiy xizmatni tashkil etish.

2025-yil iyun — dekabr

Oʻsmirlarning salomatligi

74.

39. Oʻsmirlar oʻrtasida oʻz joniga qasd qilish xulq-atvori va OIV infeksiyasi darajasining ortib borayotganini qayd etib, Qoʻmita oʻzining 3-sonli (2003), 4-sonli (2003) va 20-sonli (2016) umumiy sharhlarini, BRMning 3,5, 3,7 va 5,6, maqsadlari eslatgan holda ishtirokchi-davlatga quyidagilarni tavsiya qiladi:

(a) oʻsmirlar uchun keng qamrovli jinsiy va reproduktiv salomatlik siyosatini qabul qilish hamda jins�y va reproduktiv salomatlik boʻyicha taʼlim majburiy maktab oʻquv dasturiga kiritilishini va barcha oʻsmirlar, qizlar va oʻgʻil bolalar uchun moʻljallanganligini taʼminlash, jinsiy yoʻl bilan yuqadigan infeksiyalarning oldini olishga alohida eʼtibor berish;

(b) oʻsmirlarning zamonaviy kontratsepsiya vositalaridan, maxfiy testlardan va OIVni davolashdan foydalanish imkoniyatini taʼminlash;

(c) bolalar va oʻsmirlarning oʻz-oʻziga shikast yetkazish va oʻz joniga qasd qilish xulq-atvorini oʻz ichiga olgan profilaktika, ambulatoriya xizmatlarini rivojlantirish va yuzaga kelayotgan ruhiy salomatlik muammolarini hal qilishga qaratilgan ruhiy salomatlik siyosati va strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish; bolalar va oʻsmirlar uchun ruhiy salomatlik xizmatlari va dasturlarini taʼminlash, barcha sohalarda oʻqitilgan bolalar psixiatrlari va bolalar psixologlarining mavjudligi va ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish va bolalarni stigmasiz ruhiy salomatlik xizmatlaridan foydalanishga undash;

(d) giyohvand moddalarni suiisteʼmol qilishning oldini olish va giyohvand moddalarga qaramlikni davolash va qoʻllab-quvvatlash xizmatlarini yoshlar uchun doʻstona va qulay taqdim etish boʻyicha saʼy-harakatlarini davom ettirish.

1. Oʻsmirlarning salomatligi va farovonligini taʼminlash boʻyicha kompleks strategiyani, shu jumladan sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish boʻyicha tadbirlarni qabul qilish; ekologik barqarorlikka va atrof-muhitni muhofaza qilishga erishish; oʻsmirlarning oʻz tengdoshlari, ota-onalari va jamiyat aʼzolari bilan ruhiy salomatligini mustahkamlash va sogʻlom munosabatlarni rivojlantirish; istiqbolli kelajakni yaratish uchun zarur shart-sharoitlarni shakllantirish; sogʻliqni saqlash tizimini yanada mustahkamlash orqali koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini oshirish.

1. 2024-2026-yillarga moʻljallangan oʻsmirlar salomatligi va farovonligini taʼminlash boʻyicha kompleks strategiyani tasdiqlash va amalga oshirish.

2024-yil mart — 2026-yil dekabr

SSV,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Bolalar va oʻsmirlarning ruhiy salomatligini yaxshilash, shu jumladan oʻz-oʻziga zarar yetkazish va oʻz joniga qasd qilish xatti-harakatlarini yaxshilash boʻyicha aniq choralar qabul qilish.

1. Mavjud muammolarni koʻrib chiqish va bolalar va oʻsmirlarning ruhiy salomatligi, shu jumladan oʻz joniga qasd qilish va mazkur xatti-harakatlardagi vaziyat va ehtiyojlarni tahlil qilish.

2024-yil avgust

SSV,

Adliya vazirligi

2. Oʻzbekistonda bolalar va oʻsmirlarning ruhiy salomatligi va farovonligiga oid mavjud siyosat: qonunchilik, standartlar va dasturlarning inventarizatsiyasini oʻtkazish.

2024-yil sentyabr

SSV

3. JSST tavsiyalari va vositalari asosida aholining zaif qatlamlarining ruhiy salomatlik holatini aniqlash boʻyicha tadqiqot oʻtkazish.

2024-yil oktyabr

4. Barcha oʻsmirlarning ijobiy ruhiy salomatligini yaxshilash, ruhiy kasalliklarning oldini olish, oʻz joniga qasd qilishning oldini olish va xavfli xatti-harakatlarni kamaytirish uchun sotsial psixologik aralashuv dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2024-yil noyabr

5. Maktab darajasida hayotiy koʻnikmalarni shakllantirish, ijtimoiy va hissiy taʼlimga sarmoya kiritish hissiy muammolarni kamaytirishni oʻz ichiga olgan ruhiy salomatlik savodxonligi boʻyicha oʻquv dasturini ishlab chiqish.

2025-yil yanvar

SSV,

fuqarolik jamiyati institutlari

6. Ruhiy salomatlik muammolari va stressni, shu jumladan oʻz-oʻziga zarar yetkazish va oʻz joniga qasd qilish xavfini erta aniqlash uchun dalillarga asoslangan usullar va vositalardan foydalangan holda maktablarda muntazam skrining tadbirlarini oʻtkazish.

doimiy

MMTV,

SSV, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, fuqarolik jamiyati institutlari

7. Ruhiy kasalliklarni tashxislash va davolashning yangi usullarini ishlab chiqishga qaratilgan ruhiy salomatlik tadqiqotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish.

2025-yil fevral

SSV,

Innovatsion rivojlanish agentligi, fuqarolik jamiyati institutlari

8. Hamrohlik va kuzatuvsiz oʻz-oʻziga yordam usullaridan foydalanish va xizmatlarni masofadan turib koʻrsatish imkonini beruvchi (chekka hududlardagi (mahallalardagi) bemorlarga maslahat va davolanish uchun foydalanish imkonini beruvchi teletibbiyot kabi) raqamli texnologiyalarni joriy etish.

2025-yil mart

SSV,

Innovatsion rivojlanish agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

fuqarolik jamiyati institutlari

9. Bolalar va oʻsmirlarning ruhiy salomatligiga gʻamxoʻrlik qilish madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni, masalan, stigmaga qarshi kampaniyalar, ommaviy axborot vositalarida kampaniyalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish.

2025-yil aprel

MMTV,

SSV,

MTRK

3. Psixoaktiv moddalarni isteʼmol qilishning oldini olish boʻyicha saʼy-harakatlarni kuchaytirish.

1. Bolalar va yoshlar oʻrtasida psixoaktiv moddalarni isteʼmol qilishning oldini olish boʻyicha taʼlim va xizmatlarni davlat tomonidan barqaror moliyalashtirishni taʼminlash.

2024-yil mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

SSV,

MMTV

2. Ota-onalar uchun ilmiy tadqiqot va xorijiy tajribalar asosida maxsus oʻquv dasturlarini ishlab chiqish.

2024-yil aprel

SSV,

MMTV

3. Psixoaktiv moddalar tarqalishi oldini olishni taʼlim faoliyatining barcha tarkibiy qismlariga kiritish.

2024-yil mart

4. Psixologik va giyohvandlik boʻyicha maslahat berish uchun ishonch telefonini tashkil etish.

2024-yil aprel

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

SSV

5. Ommaviy axborot vositalarida axborot va profilaktika kampaniyalarini olib borish:

turli tashkilotlarda psixologik va narkologik yordam koʻrsatuvchi tashkilotlarga havola qilingan targʻibot materiallarini tarqatish.

2024-yil may

SSV,

MMTV,

MTRK

Atrof-muhit holati

75.

40. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida iqlim va atrof-muhit koʻrsatayotgan salbiy taʼsirdan bolalar salomatligini muhofaza qilish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarni qayd etgan holda, Qoʻmita ishtirokchi-davlatga ushbu hodisalarning oqibatlarini monitoring qilish, taʼsirini yumshatish va bartaraf etishni, atrof-muhitning buzilishi va iqlim oʻzgarishi bolalar salomatligi va rivojlanishiga, ayniqsa oziq-ovqat xavfsizligi, suv va sanitariya, va sogʻliqni saqlash hamda ovqatlanish xizmatlaridan foydalanish va yuqorida qayd etilgan sohalarda dasturlarga eʼtibor qaratishni davom ettirishni tavsiya qiladi.

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida asosiy eʼtiborni oziq-ovqat xavfsizligi, suv taʼminoti va kanalizatsiya, shuningdek, sogʻliqni saqlash va oziq-ovqat xizmatlari va dasturlaridan foydalanish masalalariga qaratish orqali atrof-muhitning buzilishi va iqlim oʻzgarishining bolalar salomatligi va rivojlanishiga taʼsirini monitoring qilish, yumshatish va bartaraf etishni davom ettirish.

1. Oziq-ovqat xavfsizligi dasturlarini amalga oshirishni kengaytirish va monitoring qilish.

2024-yil may

SSV,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

MMTV,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Orol dengizi hududida ekologik jihatdan tiklash ishlarini kengaytirish.

1. Qabul qilingan qarorlarni inventarizatsiya qilish va Orolboʻyi hududini ekologik jihatdan tiklash dasturi ijrosini taʼminlash hamda ushbu hududdagi ekologik vaziyatni yanada yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2024-yil iyun

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Turizm qoʻmitasi

ISSV

2. Suv hisobini takomillashtirish va suvni hisobga olish punktlarini modernizatsiya qilish va tiklash.

2024-yil iyul

3. Delta boshqaruvi samaradorligini oshirish va barqaror moliyalashtirish uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash uchun mutaxassislarni jalb qilish.

2024-yil avgust

4. Suv qushlarini nazoratsiz ovlashni cheklash, butalarni kesish va quruq qamishlarni yoʻq qilishni tashkil etish, yaylovlar akvakulturasini rivojlantirish uchun foydalanilmayotgan imkoniyatlarni ishga solish.

2024-yil sentyabr

5. Ustyurt platosida va Sudochye sohilida bu hududning tabiati va tarixini saqlab qolgan holda turizm faoliyatini rivojlantirish.

2024-yil oktyabr

Turmush darajasi

76.

41. Qoʻmita 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish dasturlari kengaytirilishini maʼqullaydi, biroq bolalarning 24 foizi qashshoqlikda yashayotgani, bu ularni ekspluatatsiya va zoʻravonlikka nisbatan zaif qilib qoʻyishi hamda ularning zaifligi COVID-19 pandemiyasi tufayli yanada kuchayib borayotganini tashvish bilan qayd etadi. Qoʻmita BRMning 1.1-1.3 maqsadlarini eslatib oʻtadi va ishtirokchi-davlatga quyidagilarni tavsiya qiladi:

(a) ijtimoiy himoya tizimi islohoti boʻyicha bolalarning kambagʻalligi boʻyicha koʻp qirrali chora-tadbirlarni ishlab chiqish, ushbu ijtimoiy himoya tizimi zaif vaziyatda boʻlgan bolalar va ularning oilalarini munosib himoya qilish, shu jumladan institutsional tarqoqlikni bartaraf etish, idoralararo muvofiqlashtirishni kuchaytirish, ijtimoiy, sogʻliqni saqlash va huquqiy sohalar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni taʼminlash, himoya xizmatlari, ijtimoiy himoya dasturlari �ifatini mustahkamlash va professional ijtimoiy xodimlar tarmogʻini va hamjamiyatga asoslangan ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish;

1. Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini takomillashtirish.

1. Hokim yordamchilari, faol xotin-qizlar va yoshlar yetakchilarining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da bevosita roʻyxatga olingan oilalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish.

2024-yil mart

Bandlik vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. IT tizimi orqali “Onlayn Mahalla” platformasini “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” bilan integratsiya qilish.

2024-yil aprel

77.

(b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi kam taʼminlangan oilalarga alohida eʼtibor qaratgan holda, barcha bolali oilalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish dasturlariga tegishli mablagʻlar ajratish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning obyektiv taʼrifini belgilash va ularni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash;

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati umumtaʼlim maktablarida sogʻlom ovqatlanish tizimini joriy etish.

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining har bir shahar va tumanlaridagi umumtaʼlim maktablarining 1 — 4-sinflari oʻquvchilarining ovqatlanishi, sifati va taʼminlanishi ustidan doimiy monitoring olib borish.

2024-yil mart

MMTV,

Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi,

Xorazm viloyati hokimligi

2. Monitoring natijalari asosida muammolarni hal qilish tizimini yaratish.

2024-yil aprel

78.

(c) oʻz siyosati boʻyicha harakatlarini xabardor qilish maqsadida ishlaydigan bolalar, ularning asosiy sabablari va shartlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni toʻplash va tahlil qilish.

1. Aholini qashshoqlikdan chiqishga undash, moliyaviy va nomoliyaviy yordam va xizmatlar samaradorligini oshirish, shuningdek, tomonlarning majburiyatlarini belgilash maqsadida “ijtimoiy shartnoma” mexanizmini amalga oshirish.

1. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” orqali aliment va moddiy yordam oluvchi oilalarga javobgarlik yuklash boʻyicha “ijtimoiy shartnoma” tizimini joriy etish.

2024-yil mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Bandlik vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

2. “Ijtimoiy shartnoma” shartlarining bajarilishini nazorat qilish.

2024-yil aprel

Maxsus himoya choralari (22, 30, 32-33, 35-36, 37 (b) — ( d) va 38 — 40-moddalar)

Boshpanasiz va qochqin bolalar

79.

44. Prezidentning boshpana soʻrashning huquqiy yoʻllarini koʻrsatuvchi farmonini (2017-yil, may) va Afgʻonistondan kelgan qochqinlar boʻyicha qilingan saʼy-harakatlarni qayd etib, 22-sonli va 23-sonli (2017) qoʻshma umumiy sharhlarini eslatib, Qoʻmita ishtirokchi-davlatga quyidagilarni tavsiya qiladi:

(a) bolalarni oʻzboshimchalik bilan hibsga olish, deportatsiya qilish va qaytarib yuborishdan himoyalaydigan xalqaro himoyaning milliy tizimini yaratish;

1. Fuqarolarning Oʻzbekistonga chet elga chiqishi va kirishi tartibini tartibga soluvchi qonun hujjatlarining xalqaro standartlariga muvofiqlashtirish.

1. Fuqarolarning tegishli ravishda Oʻzbekistonga chet elga chiqishi va kirishi tartibini belgilovchi milliy qonunchilikni inventarizatsiyadan oʻtkazish, aniq tavsiya va takliflarni ishlab chiqish

2024-yil oktyabr — dekabr

IIV,

TIV,

DXX,

2. Fuqarolarning Oʻzbekistonga chet elga chiqish va kirishi masalalari boʻyicha huquqni qoʻllash amaliyotini tahlil qilish.

2025-yil yanvar — mart

3. Fuqarolarning Oʻzbekistonga chet elga chiqishi va kirishi sohasidagi xalqaro standartlarni oʻrganish

2024-yil oktyabr — dekabr

4. Qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini tahlil qilish natijasida kelib chiqad�gan tavsiya va takliflarni amalga oshirish

2025-yil davomida

80.

(b) migratsiya bilan bogʻliq sabablarga koʻra bolalarni, shu jumladan, kuzatuvsiz bolalarni har qanday hibsga olishni taqiqlash;

1. Xalqaro standartlarni, shuningdek, muhojir bolalar, shu jumladan kuzatuvsiz bolalar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish, milliy qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

1. Muhojir bolalar, shu jumladan qarovsiz qolgan bolalar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi milliy qonunchilikni tahlil qilish.

2024-yil mart

IIV,

TIV,

IHMM,

DXX

2. Muhojir va qarovsiz qolgan bolalarning huquqlari va xavfsizligini taʼminlash sohasidagi xalqaro standartlarni oʻrganish

2024-yil aprel

3. Migrant bolalar va qarovsiz qolgan bolalarning xavfsizligi va huquqlarini taʼminlash sohasidagi milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil may

81.

(c) qochqinlar va boshpana izlayotgan oilalar, shu jumladan bolalarning huquqiy maqomini tan olish va taʼminlash;

1. Migrantlar, boshpana izlovchilar, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekistonda fuqarolik, yashash huquqi va boshpana olish imkoniyatlari toʻgʻrisida huquqiy xabardorligini oshirish choralarini koʻrish.

1. Boshpana, fuqarolik va yashash uchun ruxsatnomalar olish boʻyicha huquqiy maʼlumotlarni taqdim etish boʻyicha bir qator oʻquv seminarlarini oʻtkazish.

2025-yil davomida

IIV,

DXX,

DBQ,

Adliya vazirligi,

“Madad” NNT,

JIDU yuridik klinikasi,

TDYU yuridik klinikasi

2. Boshpana, fuqarolik, yashash uchun ruxsatnomalar boʻyicha huquqiy maʼlumotlar bilan taʼminlash maqsadida ichki ishlar organlari veb-saytini takomillashtirish.

doimiy

3. Ijtimoiy tarmoqlarda, internetda, TDYU Yuridik klinikasining messenjerlarida boshpana, fuqarolik va yashash uchun ruxsatnomalar olish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilish.

doimiy

4. Boshpana, fuqarolik, yashash uchun ruxsatnoma masalalarida bepul yuridik yordam koʻrsatish

doimiy

82.

(d) boshpana izlayotgan va qochqin bolalarning taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlardan foydalanishini osonlashtirish;

1. Boshpana izlayotgan va qochqin bolalar uchun ijtimoiy xizmatlardan foydalanishni yaxshilash.

1. Boshpana izlayotgan va qochqin bolalarning ahvolini baholash va ularning xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash boʻyicha tavsiyalar va takliflarni ishlab chiqish

2024-yil avgust

IIV,

OTFIV,

SSV,

Milliy ijtimoiy himoya agentligi,

MMTV,

IIV,

IIV akademiyasi

2. Bolalar Ombudsmani + formatida boshpana izlayotgan va qochqin bolalarning ahvolini muntazam monitoring qilib borish

doimiy

3. Belgilangan ehtiyojlar asosida boshpana izlayotgan va qochqin bolalar uchun ijtimoiy xizmatlardan foydalanishni taʼminlash

doimiy

83.

(e) Qochqinlar maqomi toʻgʻrisidagi 1951-yilgi Konvensiyani va uning 1967-yilgi Protokolini ratifikatsiya qilish masalasini koʻrib chiqish.

1. BMTning Qochqinlar maqomi toʻgʻrisidagi konvensiyasiga va uning protokoliga qoʻshilishning maqsadga muvofiqligi masalasini oʻrganish.

1. Qochqinlarning maqomi toʻgʻrisidagi konvensiyaga va uning protokoliga qoʻshilish masalasi boʻyicha xorijiy davlatlarning xalqaro tajribasi va amaliyotini oʻrganish.

2024-yil mart — sentyabr

IHMM,

TIV,

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura,

IIV,

“Istiqbolli avlod” NNT,

“Barqaror hayot” NNT

2. Qochqinlar maqomi toʻgʻrisidagi konvensiyaga va uning ixtiyoriy protokoliga qoʻshilishning maqsadga muvofiqligi masalasini ekspert oʻrganish.

2024-yil aprel

3. Vazirlar Mahkamasiga Qochqinlar maqomi toʻgʻrisidagi konvensiyaga va uning ixtiyoriy protokoliga qoʻshilishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan umumiy xulosani taqdim etish.

2024-yil may

84.

45. Qoʻmita Bolalar mehnati boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash, har yili oʻtkaziladigan milliy soʻrovlar tizimi, “1006” ishonch telefoni va onlayn yordam xizmati tashkil etilganligini, shuningdek, paxta terimi mavsumida bolalar mehnati bilan bogʻliq holatlarning kamayishiga olib kelgan boshqa chora-tadbirlarni qoʻllab-quvvatlaydi. Biroq, ayniqsa, qurilish va paxta sanoatida bolalar mehnatidan foydalanish holatlari toʻgʻrisidagi doimiy hisobotlarni qayd etib, Qoʻmita BRMning 8.7-maqsadini eslatib oʻtadi va ishtirokchi-davlatga bolalar mehnatidan foydalanishni bartaraf etish boʻyicha oʻz saʼy-harakatlarini, shu jumladan muntazam mehnat tekshiruvlari va ish beruvchilar, fermerlar, mahalliy hokimiyat organlari va boshqa manfaatdor tomonlarning salohiyatini muntazam ravishda oshirish hamda 16 yoshdan oshgan bolalarni ish bilan taʼminlashning chinakam erkin tanlov asosida va xalqaro standartlarga muvofiq mehnat muhofazasi taʼminlanishini amalga oshirishni tavsiya qiladi.

1. Bolalarning kafolatlangan mehnat huquqlarini amalga oshirish va ularning majburiy mehnatining oldini olish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish.

1. Bolalarning kafolatlangan mehnat huquqlarini amalga oshirish va ularning majburiy mehnatining oldini olish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini muntazam ravishda tekshirishni taʼminlash — majburiy mehnat faktlari aniqlangan taqdirda, aybdorlarga nisbatan tegishli javobgarlik choralarini qoʻllashni taʼminlash.

2024-yil may — iyul

Bandlik vazirligi

Bosh prokuratura,

Kasaba uyushmalari federatsiyasi

2. Bolalarning kafolatlangan mehnat huquqlarini amalga oshirish va ularning majburiy mehnatining oldini olish sohasidagi qonun hujjatlariga muvofiq mehnat tekshiruvlari samaradorligini oʻrganish.

2024-yil avgust — oktyabr

Bandlik vazirligi,

Bosh prokuratura,

Kasaba uyushmalari federatsiyasi

2. Bolalar mehnatidan foydalanishni bartaraf etish, shu jumladan mehnat sharoitlarini muntazam tekshirish.

1. Paxta yetishtirishdan boshqa tarmoqlarda bolalar mehnatining tarqalishini aniqlash uchun bolalar mehnati boʻyicha milliy tadqiqot oʻtkazish.

2024-yil yanvar — dekabr

Bosh prokuratura,

Bandlik vazirligi,

IIV,

Adliya vazirligi

2. Bolalar mehnati va majburiy mehnatning eng yomon shakllariga barham berish uchun NNTlarga davlat buyurtmasi berish amaliyotini joriy etish

2024-2025-yillar davomida

Koʻcha sharoitidagi bolalar

85.

46. Koʻcha sharoitidagi bolalar toʻgʻrisida maʼlumotlar yoʻqligini tashvish bilan qayd etib, Qoʻmita ishtirokchi-davlatni ushbu hodisaning koʻlami va asosiy sabablarini baholash uchun tadqiqot oʻtkazishga chaqiradi hamda oʻzining 21-sonli (2017) umumiy sharhini va oʻzining oldingi tavsiyalarini esga olib, ishtirokchi-davlatga koʻcha sharoitidagi bolalarni himoya qilish, yordam berish va sogʻlomlashtirishni taʼminlashni, oilani qoʻllab-quvvatlashni va odam savdosi, iqtisodiy va jinsiy ekspluatatsiya qurboni boʻlishining oldini olish mexanizmlarini yaratishni tavsiya qiladi.

1. Koʻchada yashovchi va ishlaydigan hamda tilanchilik bilan shugʻullanayotgan va loʻli/ruma bolalar uchun ijtimoiy xizmatlardan (taʼlim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy himoya, bolalarni himoya qilish) foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.

1. Koʻchada yashovchi va mehnat qilayotgan bolalar, shu jumladan tilanchilik bilan shugʻullanayotgan bolalar va loʻli/ruma bolalar holatini hududlar boʻyicha baholashdan oʻtkazish

2024-yil mart-aprel

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

MMTV,

SSV,

IIV

2. Bolalarning ahvolini yaxshilash boʻyicha tavsiyalar va takliflar bilan tahliliy hisobot tayyorlash

2024-yil may

3. Bolalarning ahvolini yaxshilash uchun choralar koʻrish

doimiy

86.

47. Qoʻmita odam savdosining oldini olish boʻyicha qilingan saʼy-harakatlarni qayd etadi va BRMning 8.7 maqsadini eslatib, ishtirokchi-davlatga quyidagilarni tavsiya qiladi:

(a) odam savdosi tushunchasi xalqaro huquqqa muvofiq jinoyatning muhim elementlarini oʻz ichiga olganligini va odam savdosi, shu jumladan jinsiy savdo uchun jazolar jinoyatning ogʻirligiga mutanosib boʻlishini va ozodlikdan mahrum qilish oʻrniga, shu jumladan jinsiy aloqa uchun uy qamogʻi hech qachon qoʻllanilmasligini taʼminlash uchun oʻz qonunchiligini qayta koʻrib chiqish;

1. Odam savdosiga, shu jumladan, bolalar savdosiga oid milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish

1. Odam savdosidan jabrlangan bolalarni huquqiy himoya qilish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish;

2024-yil mart

Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi,

IIV,

Bosh prokuratura,

DXX,

SSV

2. Odam savdosiga, shu jumladan, bolalar savdosiga oid milliy qonunchilikning xalqaro standartlarga muvofiq tahlilini oʻtkazish.

2024-yil aprel

3. Odam savdosiga va bolalar savdosiga oid milliy qonunchilikni takomillashtirishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan takliflar kiritish.

2024-yil may

87.

(b) huquqni muhofaza qilish, chegara boshqaruvi, sud va old qator xizmatlarini oʻz ichiga olgan tegishli organlarning, qurolli toʻqnashuv hududlaridan repatriatsiya qilingan xorijlik oilalar va oʻzbek oilalariga alohida eʼtibor berib, odam savdosi qurbonlarini aniqlash va ularni yordam va himoyaga yoʻnaltirish boʻyicha salohiyatini kuchaytirish, va bolalar savdosi bilan bogʻliq barcha holatlarni tergov qilish va jinoiy javobgarlikka tortish va aybdorlarni javobgarlikka tortish, shu bilan birga jinoiy taʼqiblar jabrlanuvchiga qaratilgan, bolalarga doʻstona va genderga nisbatan sezgir boʻlishini taʼminlash;

1. Qurolli mojaro zonalaridan kelgan repatriantlarni himoya qilish va ularga yordam berish boʻyicha sud, huquqni muhofaza qilish, bojxona va chegara organlarining tegishli va masʼul mansabdor shaxslari va davlat xizmatchilari uchun malaka oshirish kurslari va oʻquv seminarlarini tashkil etish.

1. Qurolli toʻqnashuvlardan qaytganlar bilan ishlash boʻyicha oʻquv kurslari jadvalini ishlab chiqish.

2024-yil aprel

IIV,

Bosh prokuratura,

“Istiqbolli avlod” NNT,

vakolatli vazirliklar va idoralar

2. Milliy va xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda onlayn va oflayn formatda oʻquv kurslarini tashkil etish.

2024-yil may

2. Jinoiy taʼqib qilish jabrlanuvchi manfaatiga qaratilgan, bolalarga doʻstona munosabatda boʻlishni va genderga nisbatan sezgir boʻlishni taʼminlash orqali bolalar savdosi bilan bogʻliq barcha holatlarni sud tartibida tergov qilish va jinoiy javobgarlikka tortish hamda aybdorlarni javobgarlikka tortish.

1. Odam savdosi bilan bogʻliq ishlar, qoʻzgʻatilgan va sudga yuborilgan jinoyat ishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi boʻyicha sudlarda koʻrilgan ishlar soni, ushbu modda boʻyicha sudlanganlar soni, ekspluatatsiyaning barcha shakllarini qamrab olgan statistik maʼlumotlarning tahlili va odam savdosi, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosi uchun jinoiy javobgarlikni belgilovchi qonun hujjatlari ijrosini taʼminlash.

har cho�akda

IIV,

Bandlik vazirligi,

Bosh prokuratura,

Oliy sud,

SSV,

Adliya vazirligi

2. Xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish va odam savdosi boʻyicha maʼlumotlarni toʻplashni kuchaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2024-yil iyun

3. Odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlarni tergov qilish, jinoiy javobgarlikka tortish boʻyicha kompleks oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2024-yil iyul

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi,

IIV akademiyasi,

Sudyalar oliy kengashi

88.

c) jabrlanuvchi bolalarga zarur yordam va xizmatlardan, jumladan, psixologik yordam va huquqiy yordamdan foydalanish imkoniyatini taʼminlash;

1. Jabrlangan bolalar uchun ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash

1. Ushbu toifadagi bolalarning ehtiyojlarini aniqlash uchun jabrlangan bolalarning ahvolini baholashni oʻtkazish

2024-yil aprel

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Advokatlar palatasi,

Adliya vazirligi,

“Madad” NNT

2. Belgilangan ehtiyojlar asosida jabrlangan bolalar uchun ijtimoiy xizmatlardan foydalanishni taʼminlash

doimiy

3. Jabrlangan bolalarga bepul yuridik xizmat koʻrsatish tartibini joriy etish

2024-yil iyun

89.

d) jinoyat protsessida jabrlanuvchilar va guvohlarni himoya qilish tartib-taomillarini belgilash, ularning tovon undirish huquqidan xabardorligini taʼminlash, hamda prokurorlar va sudyalarni bu borada oʻqitish.

1. Jinoyat protsessida jabrlanganlar va guvohlarning bolalarini himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish.

1. Jinoyat protsessida jabrlanuvchi va guvoh bolalarni himoya qilish boʻyicha milliy qonunchilikning xalqaro standartlarga muvofiqligini tahlil qilish.

2024-yil iyun — dekabr

Bosh prokuratura,

IIV,

Oliy sud,

Advokatlar palatasi,

Adliya vazirligi,

IHMM,

Bolalar ombudsmani

2. Huquqni muhofaza qilish va sud organlari xodimlari uchun jabrlanuvchi va guvoh bolalarni himoya qilish mexanizmlarini taʼminlash maqsadida oʻquv seminarlarini oʻtkazish

doimiy

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi,

Sudyalar oliy maktabi,

Yuristlar malakasini oshirish markazi,

TDYU

90.

48. Toshkent shahrida YUNISEF bilan jinoiy taʼqibdan chetlashtirish va tiklash boʻyicha qoʻshma loyiha amalga oshirilayotganini taʼkidlab, qonun bilan ziddiyatda boʻlgan bolalar uchun yopiq toʻrtta muassasadan ikkitasini yopilganligi va bunday muassasalarga qabul qilishning eng kichik yoshini 11 yoshdan 14 yoshga oshirishni taʼkidlagan holda, Qoʻmita oʻzining 24-sonli (2019) umumiy sharhiga, oldingi tavsiyalariga ishora qiladi va Ozodlikdan mahrum etilgan bolalar boʻyicha global tadqiqotga tayanib, ishtirokchi-davlatni:

(a) yetarli insoniy, texnik va moliyaviy resurslarga ega boʻlgan bolalar odil sudlovining ixtisoslashtirilgan kompleks tizimini yaratish, bolalar uchun ixtisoslashgan sudyalar va prokurorlarni tayinlash, va ularning maxsus tayyorgarlikdan oʻtishlarini taʼminlash va shu maqsadda YUNISEFdan texnik yordam soʻrash;

(b) gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi bolalar uchun protsessual kafolatlar hurmat qilinishini hamda tergovdan boshlab bolalar bepul va sifatli huquqiy yordam olishlarini taʼminlash;

(c) jinoiy huquqbuzarlikda ayblanayotgan bolalarga nisbatan jinoiy taʼqibdan chetlashtirish, vositachilik va maslahat berish kabi choralarni qoʻllash va iloji boʻlsa, ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarni, masalan, shartli jazo yoki jamoat ishlarini qoʻllashni ragʻbatlantirish;

(d) qamoqqa olish oxirgi chora sifatida va imkon qadar qisqa muddatda qoʻllanilishini va uni bekor qilish maqsadida muntazam ravishda koʻrib chiqilishini taʼminlash;

(e) ozodlikdan mahrum etish oxirgi chora sifatida qoʻllaniladigan bir nechta holatlarda bolalar kattalar bilan birga hibsga olinmasligi, sharoit va muomala Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ozodlikdan mahrum (A/RES/45/113) voyaga yetmaganlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi konvensiya va qoidalariga muvofiqligini taʼminlash, shu jumladan taʼlim va sogʻliqni saqlash xizmatlaridan foydalanish;

(f) jazo va tartib-intizom chorasi sifatida har qanday turdagi bir kishilik kameralardan (“karserlar”) foydalanishni toʻxtatish va bunday karserga ruxsat beruvchi qonunni bekor qilish;

(g) qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish uchun hamjamiyatga asoslangan reabilitatsiya va reintegratsiya xizmatlarini, shu jumladan psixologik yordamni rivojlantirish.

1. Xalqaro standartlarga muvofiq bolalarga nisbatan odil sudlovni amalga oshirishning ixtisoslashtirilgan tizimini shakllantirish

1. Xalqaro standartlarni, shuningdek, bolalar uchun ixtisoslashtirilgan odil sudlov tizimini yaratish boʻyicha xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish.

2024-yil sentyabr

Oliy sud,

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura,

IIV,

MVMTV,

SSV

2. Voyaga etmaganlar bilan bogʻliq ishlar boʻyicha huquqni muhofaza qilish va sud organlarining statistikasini chuqur tahlil qilish

2024-yil oktyabr

3. Adliya vazirligi va Bolalar ombudsmani homiyligida ishlab chiqilgan Bolalarning odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha Milliy strategiya va Harakatlar dasturi loyihasiga bolalar uchun ixtisoslashtirilgan adliya tizimini yaratish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish

2024-yil noyabr

4. Mamlakatda amalga oshirilayotgan huquqiy va sud-huquq islohotlarining uzviy qismi sifatida bolalarning odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha hisoblangan Milliy strategiya va Harakatlar dasturini ishlab chiqish va qabul qilish

2024-yil davomida

2. Milliy qonunchilikni bolalarga nisbatan odil sudlovning xalqaro standartlariga muvofiqlashtirish, shu jumladan odil sudlovni taʼminlash choralarini joriy etish hamda huquqbuzar bolalar, jinoyat qurbonlari va guvohlarining bolalari, maʼmuriy ish yuritishga jalb qilingan bolalar uchun huquqiy kafolatlarni taʼminlash.

1. Milliy qonunchilikni bolalar odil sudlovining xalqaro standartlariga muvofiqligini tahlil qilish va bolalar odil sudloviga oid milliy qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2024-yil mart-avgust

Oliy sud,

IIV,

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi,

MVMTV,

SSV

3. Butun mamlakat boʻylab odil sudlovni amalga oshirish modelini ishlab chiqish va uni amalga oshirish uchun tegishli manfaatdor tomonlarning salohiyatini oshirish.

3. Odil sudlovni taʼminlash choralarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sud va ijtimoiy himoya mutaxassislari uchun treninglar oʻtkazish

2024-yil sentyabr

Oliy sud,

IIV,

Bosh prokuratura,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

MMTV,

SSV

4. Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari, sud va advokatlar uchun bola huquqlari va odil sudlov boʻyicha majburiy treningni joriy etish.

1. Milliy qonunchilikka boʻlajak va amaldagi mutaxassislar uchun oliy taʼlim muassasalari negizida bola huquqlari va bolalarning odil sudlovdan foydalanish imkoniyati boʻyicha majburiy boshlangʻich taʼlim va muntazam malaka oshirishni joriy etish talabini kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2025 — 2027-yillar davomida

Sudyalar oliy kengashi,

Adliya vazirligi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi,

Sudyalar oliy maktabi,

IIV akademiyasi,

Yuristlar malakasini oshirish markazi

2. Huquqni muhofaza qilish, adliya organlari xodimlari va advokatlar uchun bola huquqlari xamda bolalar uchun odil sudlov boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, ularni yuridik kasb vakillari uchun taʼlim muassasalarida joriy qilish

2024-yil mart

5. Jamiyatlar negizida yopiq muassasalardan (respublika taʼlim muassasalari) chiqayotgan voyaga yetmaganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish maqsadida idoralararo hamkorlik mexanizmlarini kuchaytirish.

1. Yopiq muassasalarni tark etgan voyaga etmaganlarning reabilitatsiyasi va reintegratsiyasi masalalarini oʻrganish.

2025-yil aprel-may

Bosh prokuratura,

IIV,

Bandlik vazirligi,

Milliy ijtimoiy himoya agentligi,

MVMTV,

SSV,

2. Yopiq muassasalarni tark etayotgan bolalar uchun reabilitatsiya va reintegratsiya xizmatlarini koʻrsatish standartlarini ishlab chiqish.

2025-yil iyun

3. Reabilitatsiya va reintegratsiya xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha standartlarning joriy etilishi ustidan muntazam monitoring olib borish.

2025-yil iyul

91.

49. Ishtirokchi-davlatning Fakultativ protokolning 12-moddasiga muvofiq taqdim etilgan hisoboti boʻyicha oʻzining yakuniy mulohazalari bajarilishi toʻgʻrisida maʼlumot yoʻqligini qayd etib, Qoʻmita oʻzining 2019-yilda bolalarni sotish, bolalar fohishaligi va bolalar pornografiyasiga oid Fakultativ protokolni amalga oshirish boʻyicha yakuniy mulohazalarini takrorlaydi va ishtirokchi-davlatni Fakultativ Protokolning 2 va 3-moddalarida nazarda tutilgan barcha jinoyatlarni aniq belgilash va jinoiy javobgarlikka tortish hamda bolalarni sotish va bolalar savdosi oʻrtasidagi farqni hal qilishga chaqiradi.

1. Milliy qonunchilikni bolalar savdosi, bolalar fohishaligi va bolalar pornografiyasi boʻyicha Fakultativ Protokolga muvofiqlashtirish.

1. Bolalarni sotish, bolalar fohishaligi va bolalar pornografiyasini tartibga soluvchi milliy qonunchilikning bolalarni sotish, bolalar fohishaligi va bolalar pornografiyasiga oid Fakultativ protokol qoidalariga muvofiqligini tahlil qilish.

2024-yil mart-aprel

IIV,

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi,

Oliy sud,

IHMM

2. Milliy qonunchilikni bolalarni sotish, bolalar fohishaligi va bolalar pornografiyasiga oid fakultativ protokol qoidalariga muvofiqlashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2024-yil aprel — avgust

92.

50. Qoʻmita Afgʻoniston, Iroq va Suriyadagi oʻzbek bolalarini vataniga qaytarish va ularni qoʻllab-quvvatlash, reintegratsiya va oilalarni birlashtirish boʻyicha qilingan saʼy-harakatlarni olqishlaydi. U ishtirokchi-davlatga bu boradagi saʼy-harakatlarini fuqarolik jamiyati bilan yaqin hamkorlikda va bolaning eng ustuvor manfaatlarini hisobga olgan holda, xususan, ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarni parvarish qilishning eng maqbul shaklini tanlashda davom etishni tavsiya qiladi. Shuningdek, u Fakultativ Protokol boʻyicha oʻzining oldingi tavsiyalarini eslab, ishtirokchi-davlatga quyidagilarni tavsiya qiladi:

(a) Fakultativ Protokol va bolalarning bolalarga, ularning oilalariga va bolalar bilan yoki bolalar uchun ishlaydigan barcha mutaxassislarga boʻlgan huquqlari boʻyicha xabardorlikni oshirish chora-tadbirlarini kuchaytirish;

1. Bolalarni, ota-onalarni, bolalar bilan ishlaydigan mutaxassislarni qurolli mojarolarga bolalarni jalb qilish boʻyicha Fakultativ protokol qoidalari haqida xabardorligini oshirish.

1. Oʻrta umum taʼlim, oʻrta maxsus va oliy taʼlim muassasalarining oʻquv dasturlarida bolalarni qurolli mojarolarga jalb qilish boʻyicha Fakultativ protokol qoidalari boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqish.

2026-yil davomida

Respublika taʼlimni rivojlantirish ilmiy-metodik markazi,

MVMTV,

MVOIT

Mudofaa vazirligi,

IIV,

Bosh prokuratura

2. Huquqni muhofaza qilish, sud organlari va ijtimoiy himoya organlari xodimlari uchun qurolli mojarolarga qurollangan shaxslarni jalb qilish boʻyicha Fakultativ protokol qoidalari boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va oʻqitish.

2026-yil davomida

2. Oʻzboshimchalik bilan hibsga olinishi natijasida saqlanayotgan koʻp sonli erkaklar va oʻgʻil bolalarni tashkil etishi mumkin boʻlgan Suriya Arab Respublikasining shimoli-sharqiy qismida qolib ketgan barcha fuqarolarni vataniga qaytarish choralarini koʻrish.

1. 18 yoshga toʻlmagan barcha shaxslar terrorizm qurboni deb hisoblanishini taʼminlagan holda Suriya Arab Respublikasining shimoliy-sharqiy qismi va boshqa qurolli mojarolar zonalaridan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish.

2024-yil mart

IIV,

DXX,

Bosh prokuratura

93.

(b) Bolalarning nodavlat qurolli guruhlar tomonidan harbiy harakatlarga jalb qilinishi yoki ulardan foydalanishni taqiqlash va jinoiy javobgarlikka tortish;

1. Milliy qonunchilikni bolalarni qurolli toʻqnashuvlarga jalb qilish boʻyicha Fakultativ protokol qoidalariga muvofiqlashtirish.

1. Bolalarni qurolli toʻqnashuvlarga jalb qilish toʻgʻrisidagi Fakultativ protokolga muvofiq milliy qonunchilikni tahlil qilish.

2026-yil may — iyul

IIV,

Mudofaa vazirligi,

TIV,

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura

2. Milliy qonunchilikni bolalarni qurolli mojarolarga jalb etish toʻgʻrisidagi Fakultativ protokol qoidalariga muvofiqlashtirish maqsadida qonun hujjatlariga takliflar tayyorlash.

2026-yil avgust

94.

(c) Fakultativ Protokol boʻyicha jinoyatlar boʻyicha ekstraterritorial yurisdiksiyani oʻrnatish va ikki tomonlama jinoyatchilik talabini yoʻq qilish;

1. Fakultativ protokol boʻyicha jinoyatlar boʻyicha ekstraterritorial yurisdiksiyaning oʻrnatilishini va ikki tomonlama jinoyatchilik talabini bekor qilishni koʻrib chiqish

1. Fakultativ protokol boʻyicha jinoyatlar boʻyicha ekstraterritorial yurisdiksiyani belgilash va ikki tomonlama jinoyatchilik talabini bekor qilish maqsadida milliy qonunchilikni tahlil qilish.

2027-yil yanvar — mart

Adliya vazirligi,

TIV,

Bosh prokuratura,

IIV,

DXX

2. Fakultativ protokol boʻyicha jinoyatlarga nisbatan ekstraterritorial yurisdiksiyani qoʻllash boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish.

2027-yil aprel-may

3. Xalqaro tajribani tahlil qilish va oʻrganish natijalari boʻyicha takliflar tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish

2027-yil iyun

95.

(d) Mojaroli hududlardan kelgan boshpana izlovchi va qochqin bolalarni erta aniqlash mexanizmlarini oʻrnatish, bunday bolalar toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻplash va ularga jismoniy va psixologik yordam koʻrsatishni kuchaytirish;

1. Boshpana izlovchilar va qochqin bolalarni erta aniqlash boʻyicha bir guruh ijtimoiy ishchilarni malakasini oshirish.

1. Ijtimoiy ishchilar guruhini boshpana izlayotgan va qochqin bolalarga psixo-ijtimoiy yordam koʻrsatishning oʻziga xos xususiyatlariga oʻrgatish.

2025-yil davomida

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

IIV,

MMTV,

SSV,

Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi

96.

(e) Qurolli toʻqnashuvlarda bolalar ishtirok etishi mumkin boʻlgan mamlakatlarga qurol eksporti va/yoki tranziti, va/yoki harbiy yordam koʻrsatishni jinoiy javobgarlikka tortuvchi qonun hujjatlarini qabul qilish.

1. Bolalar qurolli mojarolarda ishtirok etishi mumkin boʻlgan mamlakatlarga qurol eksporti va/yoki tranziti va/yoki harbiy yordam koʻrsatishni jinoiy javobgarlikka tortadigan qonunlarni qabul qilish masalasini koʻrib chiqish.

1. Qurol eksporti va/yoki tranziti va/yoki harbiy yordam sohasida xalqaro standartlar va ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.

2024-yil mart

Mudofaa vazirligi,

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura,

IIV

2. Qurol va/yoki harbiy yordam eksportini va/yoki tranzitini jinoiy javobgarlikka tortish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil aprel

Xabarlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi ixtiyoriy protokolni ratifikatsiya qilish

97.

51. Qoʻmita ishtirokchi-davlatga bolalar huquqlarining amalga oshirilishini yanada kuchaytirish maqsadida Xabarlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi konvensiyaga qoʻshimcha protokollarini ratifikatsiya qilishni tavsiya qiladi.

1. BMTning Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasining murojaat qilish jarayonlariga taalluqli fakultativ protokoliga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi masalasini oʻrganish.

1. BMTning Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasining murojaat qilish jarayonlariga taalluqli fakultativ protokoliga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi masalasini oʻrganish boʻyicha ishchi guruhini tuzish

2024-yil mart

IHMM,

Adliya vazirligi,

TIV

2. BMTning Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasining murojaat qilish jarayonlariga taalluqli Fakultativ protokolga Oʻzbekiston Respublikasining apellatsiya tartibida qoʻshilishi masalasi.

2024-yil aprel

3. Fakultativ protokolga qoʻshilish masalasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga xulosa kiritish.

2024-yil may

Inson huquqlari boʻyicha xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilish

98.

52. Qoʻmita ishtirokchi-davlatga bolalar huquqlarini amalga oshirishni yanada kuchaytirish maqsadida barcha shaxslarni majburan yoʻqolib ketishdan himoya qilish toʻgʻrisidagi konvensiyani va barcha mehnat muhojirlari, va ularning oila aʼzolarining huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyani ratifikatsiya qilish masalasini koʻrib chiqishni tavsiya qiladi.

1. Barcha shaxslarni majburan yoʻqolib ketishdan himoya qilish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyaga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi masalasini oʻrganish.

1. Barcha shaxslarni majburan yoʻqolib ketishdan himoya qilish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyaga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi masalasini oʻrganish boʻyicha ishchi guruh tuzish.

2024-yil iyul

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz,

Adliya vazirligi,

TIV,

Bosh prokuratura,

Ombudsman

2. Barcha shaxslarni majburan yoʻqolib ketishdan himoya qilish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyaga qoʻshilish masalasini ekspert oʻrganish.

2024-yil avgust

3. Konvensiyaga qoʻshilish masalasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga xulosa kiritish.

2024-yil sentyabr

Tavsiyalarni bajarish boʻyicha keyingi harakatlar va axborotni tarqatish

99.

53. Qoʻmita ishtirokchi-davlatga ushbu yakuniy mulohazalarda keltirilgan tavsiyalar toʻliq amalga oshirilishini va bolalarga doʻstona versiyani tarqatish va bolalar uchun, shu jumladan, eng noqulay vaziyatlardagi bolalar uchun keng foydalanish imkoniyatini taʼminlash uchun barcha tegishli choralarni koʻrishni tavsiya qiladi. Qoʻmita, shuningdek, beshinchi davriy hisobot, masalalar roʻyxatiga yozma javoblar va hozirgi yakuniy mulohazalar mamlakat tillarida keng ommaga taqdim etilishini tavsiya qiladi.

1. Bola huquqlari boʻyicha qoʻmitasining yakuniy mulohazalari va tavsiyalari, Oʻzbekiston Respublikasining beshinchi davriy maʼruzasi va qoʻshimcha savolnomaga berilgan javoblarini oʻzbek tiliga tarjima qilish va tarqatish.

1. Yakuniy mulohazalar va tavsiyalar, Oʻzbekiston Respublikasining beshinchi davriy maʼruzasi va anketa javoblarini oʻzbek tiliga tarjima qilishni tashkil etish.

2024-yil mart

IHMM,

Adliya vazirligi

2. Qoʻmitaning yakuniy fikr-mulohazalar va tavsiyalarni, Oʻzbekiston Respublikasining beshinchi davriy hisoboti va qoʻshimcha savolnomaga javoblarini vazirlik va idoralarga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hamda taʼlim muassasalariga yuborish.

2024-yil may

3. Qoʻmitaning yakuniy mulohazalari va tavsiyalarini Inson huquqlari boʻyicha milliy markazning rasmiy veb-saytida, shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasiga (lex.uz)”ga joylashtirish.

2024-yil iyul

Navbatdagi maʼruzani tayyorlash

100.

54. Qoʻmita ishtirokchi-davlatga 2027-yil 28-iyulga qadar oʻzining oltinchi va yettinchi davriy hisobotlarini taqdim etishni va unga mazkur yakuniy mulohazalar boʻyicha maʼlumotlarni kiritishni taklif qiladi. Hisobot 2014-yil 31-yanvarda qabul qilingan Qoʻmitaning muvofiqlashtirilgan shartnoma boʻyicha maxsus hisobot koʻrsatmalariga muvofiq boʻlishi va 21200 soʻzdan oshmasligi kerak. Belgilangan soʻz miqdori chegarasidan oshib ketgan hisobot taqdim etilgan taqdirda, ishtirokchi-davlatdan hisobotni qisqartirish soʻraladi. Agar ishtirokchi-davlat hisobotni koʻrib chiqish va qayta taqdim etish imkoniyatiga ega boʻlmasa, uning shartnoma organi tomonidan koʻrib chiqilishi uchun tarjima qilinishi kafolatlanmaydi.

1. Konvensiyani amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Oltinchi-Ettinchi davriy maʼruzalarini tayyorlash.

1. Oʻzbekiston Respublikasining Oltinchi-Ettinchi davriy hisobotlarini tayyorlash vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tarkibini tasdiqlash.

2027-yil mart

IHMM

2. MHR bandlari bajarilishi boʻyicha tegishli vazirlik va idoralarga, NNTlarga soʻrovlar yuborish.

2027-yil aprel

3. Olingan maʼlumotlar asosida Konvensiyaning bajarilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining Oltinchi-Ettinchi davriy maʼruzalarini tayyorlash.

2027-yil may

4. Oliy Majlis palatalari qoʻmitalari va komissiyalarida Konvensiyaning bajarilishi toʻgʻrisidagi Oʻzbekistonning Oltinchi-Ettinchi davriy maʼruzalari loyihalarini muhokama qilish.

2027-yil iyun

5. Qoʻmitaga Konvensiyaning bajarilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tayyorlangan Oltinchi-Ettinchi davriy maʼruzani yuborish.

2027-yil iyul

TIV,

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz