20.03.2024 yildagi PQ-137-son
uch oy muddatda mazkur qarorning 3-bandida ko‘rsatilgan musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rish, ularni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish hamda musobaqa g‘olib va sovrindorlarini munosib rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin;
mazkur qarorning 3-bandida ko‘rsatilgan musobaqa va turnirlarni 2024-yil 1-apreldan boshlab sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasiga kiritsin;
Markaz tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 276-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi, shuningdek, ularga nisbatan olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari uchun belgilangan moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi.

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmlari

Amalga oshirish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

1.

Hududlarda og‘ir atletika bo‘yicha iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) ishlarini takomillashtirish.

1. Iqtidorli yoshlarni hududlardagi seleksionerlarni jalb qilgan holda aniqlash.

2. Ta’lim muassasalarida ushbu yoshlarning o‘qish va shug‘ullanish jarayonini doimiy nazoratga olgan holda monitoring olib borish.

3. Olimpiya va jahon chempionlari, mashhur sportchilar hamda boshqa xalqaro darajadagi mutaxassislar tomonidan og‘ir atletika bo‘yicha yosh sportchilar bilan viloyatlarda doimiy ravishda mahorat darslarini tashkil qilib borish.

4. Hududlardagi seleksionerlar tomonidan tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi asosida o‘tkazilayotgan musobaqalarda iqtidorli yoshlar ro‘yxatini shakllantirish hamda ularning harakatlanish monitoringini yuritishini yo‘lga qo‘yish.

2024 — 2026-yillar

Ijrochilar va homiylar mablag‘lari

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi

(B. Zokirov)

2.

Olis va chekka hududlarda joylashgan sport muassasalarining og‘ir atletika bo‘yicha bo‘limlarini qo‘llab-quvvatlash.

1. Olis va chekka hududlarda sport muassasalarining og‘ir atletika bo‘yicha bo‘limlarini qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni belgilash.

2. Olis va chekka hududlarda sport muassasalarining og‘ir atletika bo‘yicha bo‘limlari faoliyatini tahlil qilish va natijadorlikni baholash.

2024-yil sentyabr

Ijrochilar va homiylar mablag‘lari

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi

(B. Zokirov)

3.

Og‘ir atletika markazi uchun sport bazasini barpo etish.

1. Og‘ir atletika markazini Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Talabalar ko‘chasi, 10-uy manzilida joylashgan Sport vazirligi tasarrufidagi bino-inshootlarga operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirish.

2024-yil sentyabr

Mahalliy budjet va homiylar mablag‘lari

Sport vazirligi

(A. Ikramov)

2. Ajratilgan obyektda Og‘ir atletika markazi faoliyatini to‘laqonli yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘ladigan bino-inshootlarga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish.

2024-yil oktyabr

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi

(B. Zokirov)

3. Markazda zarur bino va inshootlarni (zamonaviy mehmonxona, trenajyor zali, nazariy mashg‘ulotlar xonalari, tibbiyot va reabilitatsiya markazi, oshxona binolarini) qurish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2025-yil avgust

Toshkent viloyat hokimligi

(Z. Mirzayev)

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi

(B. Zokirov)

4.

Toshkent viloyati Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi balansidagi Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Chorvoq shaharchasi, “Do‘stlik” mahallasida joylashgan og‘ir atletika sport zalini O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi balansiga o‘tkazish orqali zamonaviy o‘quv-mashg‘ulot bazasiga aylantirish.

1. Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Chorvoq shaharchasi, “Do‘stlik” mahallasida joylashgan og‘ir atletika sport zalini O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi balansiga o‘tkazish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2024-yil sentyabr

-

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

Toshkent viloyati hokimligi

(Z. Mirzayev),

O‘zbekiston og‘i� atletika federatsiyasi

(B. Zakirov)

Toshkent viloyati hokimligi

(Z. Mirzayev),

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi

(B. Zakirov)

2. Mazkur obyektni xalqaro talablarga muvofiq qayta qurish va rekonstruksiya qilish, 30 o‘rinli yotoqxona va oshxona barpo etish hamda zarur zamonaviy asbob-uskunalar va sport jihozlari bilan ta’minlash.

2025-yil oktyabr

Ijrochilar va homiylik mablag‘lari

3. Mazkur obyektda og‘ir atletika bo‘yicha zamonaviy o‘quv-mashg‘ulot bazasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2025-yil dekabr

5.

Sport-ta’lim muassasalarida og‘ir atletika bo‘yicha o‘quv reja va dasturlarini takomillashtirish va uni rivojlantirishning ilmiy-metodik ta’minotini yo‘lga qo‘yish.

1. O‘quv reja va dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida qayta ko‘rib chiqish.

2024-yil sentyabr

Ijrochilar va homiylar mablag‘lari

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi

(B. Zokirov),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Q. Sharipov)

2. Xalqaro standartlarga javob beradigan o‘quv reja va dasturlari, maxsus ta’lim dasturlarini ishlab chiqish.

3. Ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va ta’lim dasturlarini joriy qilish.

2024-yil oktyabr

6.

Og‘ir atletika sport turi bo‘yicha trener va mutaxassislar salohiyatini oshirish.

1. Trener va hakamlar uchun o‘quv-seminar tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha reja grafik va o‘quv dasturini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

2. Reja grafik asosida bosqichma-bosqich salohiyatli mutaxassislarni jalb qilgan holda o‘quv-seminarlarni tashkil etish.

2024-yildan boshlab har yili

Ijrochilar va homiylar mablag‘lar�

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi

(B. Zokirov)

3. O‘quv-seminarlar yakuni bo‘yicha tegishli trener va hakamlarni attestatsiyadan o‘tkazib, uning natijasidan kelib chiqib yil davomida ularga sport musobaqalarida qatnashishi yuzasidan xulosa berish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

2024-yil dekabr

7.

O‘quv-mashg‘ulot jarayoniga jahonning yetakchi mutaxassislarini tizimli asosda jalb etish hamda kadrlarni tajriba almashish maqsadida og‘ir atletika rivojlangan yetakchi xorijiy davlatlarga yuborish.

1. Og‘ir atletika rivojlangan yetakchi xorijiy davlatlarning (Xitoy, Rossiya, Ozarbayjon, Turkiya, Gruziya va boshqalar) ilg‘or tajribasini o‘rganish.

2024-yil iyun — dekabr

Ijrochilar va homiylar mablag‘lari

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi

(B. Zokirov),

Sport vazirligi

(A. Ikramov)

2. Mutaxassislarni xorijiy davlatlarga tajriba almashishga yuborish hamda ularning yurtimizga tajriba almashish maqsadida kelish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil dekabr

8.

Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF), Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi (OOA) hamda yetakchi xorijiy mamlakatlarning og‘ir atletika bo‘yicha federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan hamkorlikni mustahkamlash.

Og‘ir atletika bo‘yicha jahon reytinglarida yuqori o‘rinlarni egallagan davlatlar, shu jumladan Yaponiya, Koreya, Italiya, Turkiya, Rossiya va Xitoy davlatlarining ilg‘or tajribasini o‘rganish va amaliyotga joriy qilish, ularning sport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan hamkorlikni kuchaytirish.

Bunda, yoshlarni sportga jalb etish, sportchilar bilan ishlash va xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratish.

2024-yildan boshlab

Ijrochilar va homiylik mablag‘lari

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi

(O. Qosimov),

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi

(B. Zokirov)

9.

O‘zbekistonda an’anaviy tarzda og‘ir atletika bo‘yicha erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasida (olimpiya va xalqaro vazn toifalari bo‘yicha) xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazish.

1. Og‘ir atletika va parapauerlifting bo‘yicha “Uzbekistan Open” xalqaro turnirini respublika hududlarida o‘tkazish.

2. Og‘ir atletika va parapauerlifting bo‘yicha Markaziy Osiyo ochiq chempionatini o‘tkazish.

3. Og‘ir atletika bo‘yicha davlat sport ta’lim muassasalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqasini o‘tkazish.

2024-yildan boshlab

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasi doirasida ajratilgan mablag‘lar

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi

(O. Qosimov),

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi

(M. Tashxodjayev),

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi

(B. Zokirov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

4. Mazkur musobaqalar g‘olib va sovrindorlarini munosib rag‘batlantirish.

Musobaqalar yakunlari bo‘yicha

10.

Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet orqali og‘ir atletikani keng targ‘ib qilish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi media-rejani ishlab chiqish va tasdiqlash:

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Sport” telekanalida og‘ir atletika bo‘yicha mahalliy va xalqar� musobaqalar, sportchilarimiz tomonidan erishilgan yutuqlarni muntazam yoritib borish maqsadida “Og‘ir atletika” maxsus ruknini tashkil qilish;

hududiy telekanallar va ommaviy axborot vositalarida og‘ir atletikani keng yoritish ishlarini doimiy ravishda tashkillashtirib borish;

mashhur sportchilar bilan davra suhbatlari, muloqotlar va mahorat darslarini o‘tkazish;

taniqli sportchilar ishtirokida ijtimoiy reklama roliklarini ishlab chiqish va namoyish etish;

sport jurnalistlarining og‘ir atletika sohasidagi yutuqlar tahliliga bag‘ishlangan ko‘rsatuvlarini OAVda doimiy yoritib borish.

2024 — 2026-yillar

Ijrochilar mablag‘lari

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(A. Jo‘raboyev),

O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi

(Sh. Qudratxo‘ja),

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi

(B. Zokirov)

11.

Og‘ir atletika sport klubini tashkil qilish.

Bo‘stonliq tumani elektr tarmoqlari korxonasiga doimiy foydalanishga berilgan Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Soyliq qishlog‘i, Mustaqillik ko‘chasidagi yer uchastkasini davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va Sport vazirligiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratish.

Ushbu yer maydonida hududning ixtisoslashuvi va mahalliy yoshlarning qiziqishini inobatga olgan holda zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lgan og‘ir atletika zalini yordamchi xonalari (25 o‘rinli yotoqxona va oshxona) bilan birga barpo etish hamda unda Og‘ir atletika sport klubini zamonaviy va xalqaro talablarga muvofiq tashkil etish hamda zarur jihoz va inventarlar bilan ta’minlash.

2025-yil mart

O‘zbe�iston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi mablag‘lari

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi

(K. Rafikov),

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi

(B. Zokirov),

Toshkent viloyati hokimligi

(Z. Mirzayev)

12.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga qarashli Respublika ixtisoslashtirilgan kompleks bolalar va o‘smirlar sport maktabida og‘ir atletikani rivojlantirish.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga qarashli Respublika ixtisoslashtirilgan kompleks bolalar va o‘smirlar sport maktabining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Toshkent va Samarqand viloyati hududiy maktablarini ochish hamda ushbu maktablarda og‘ir atletika sport turini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish.

2024-yil sentyabr

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi mablag‘lari

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi

(K. Rafikov),

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi

(B. Zokirov)

13.

2025-yilda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan yoshlar o‘rtasida IV yozgi Osiyo o‘yinlariga og‘ir atletika bo‘yicha puxta tayyorgarlik ko‘rish va unda munosib ishtirok etish uchun zarur choralar ko‘rish.

1. Og‘ir atletika turlari bo‘yicha terma jamoaga malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.

2024-yil davomida

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasi doirasida ajratilgan mablag‘lar

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi

(O. Qosimov),

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi

(B. Zokirov)

2. Og‘ir atletika bo‘yicha terma jamoa tarkibini shakllantirish.

2024-yil aprel

3. Yoshlar o‘rtasida IV yozgi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etish.

2024-yil dekabr

14.

Xalqaro og‘ir atletika qoidalariga asosan yosh toifalarida O‘zbekiston chempionatlari va kuboklarini o‘tkazish.

1. O‘zbekiston chempionatlari va kuboklarini o‘tkazish bo‘yicha nizomlarini tasdiqlash.

2. Musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish.

2024-yil davomida

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasi doirasida ajratilgan mablag‘lar

Sport vazirligi

(A. Ikramov),

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi

(B. Zokirov)

15.

Milliy terma jamoalarni tibbiy va tibbiy-biologik qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish.

1. Og‘ir atletika bo‘yicha milliy terma jamoalarning tibbiy va tibbiy-biologik vositalar bilan ta’minlanganlik holati va ehtiyojini o‘rganib chiqish.

2. Aniqlangan ehtiyojga ko‘ra, og‘ir atletika bo‘yicha milliy terma jamoalarni tibbiy va tibbiy-biologik vositalar bilan ta’minlash.

2024-yil dekabr

Ijrochilar mablag‘lari

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi

(B. Zokirov)