18.03.2024 yildagi 141-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) hokimliklarining raqamli iqtisodiyotni joriy etish bo‘yicha loyihalar menejerlarining ish faoliyati samaradorligini baholash va ularni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga muvofiq tuman (shahar) hokimliklarining raqamli iqtisodiyotni joriy etish bo‘yicha loyihalar menejerlari ish haqiga qo‘shimcha ustama haqini belgilash tartibini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qarori bilan 2022-yil 1-oktabrdan boshlab tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasiga raqamli iqtisodiyotni joriy etish bo‘yicha loyihalar menejeri (keyingi o‘rinlarda — loyihalar menejeri) lavozimi kiritilganligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligiga ushbu loyihalar menejerlarining ish haqiga Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 100 foizgacha qo‘shimcha ustama haqini to‘lash huquqi berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tuman (shahar) hokimliklarining raqamli iqtisodiyotni joriy etish bo‘yicha loyihalar menejerlarining ish faoliyati samaradorligini baholash va ularni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qo‘yilsinki, hududlarda elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasidagi loyihalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha maqsadli indikatorlar va samaradorlik ko‘rsatkichlarining o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga tuman (shahar) hokimlari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Raqamli texnologiyalar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-aprelga qadar tuman (shahar) hokimliklarining raqamli iqtisodiyotni joriy etish bo‘yicha loyihalar menejerlari ish faoliyati samaradorligini baholash va ustamalar belgilash bo‘yicha komissiya tarkibini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-iyulga qadar loyihalar menejeri faoliyati samaradorligini baholash tizimi va ularning faoliyatiga doir hisobotlarning yuritilishini tajriba-sinov tariqasida, 2024-yil yakuniga qadar esa to‘liq avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshirilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 1-dekabrga qadar kelgusi yil uchun hududlarda loyihalar menejeri faoliyati samaradorligi maqsadli ko‘rsatkichlarining namunaviy reja jadvalini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 18-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
141-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 141-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) hokimliklarining raqamli iqtisodiyotni joriy etish bo‘yicha loyihalar menejerlarining ish faoliyati samaradorligini baholash va ularni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom hududlarni raqamli transformatsiya qilish dasturlari doirasida tuman (shahar) hokimliklarining raqamli iqtisodiyotni joriy etish bo‘yicha loyihalar menejerlari faoliyati samaradorligini baholash va ularni rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalar menejeri — tuman (shahar) hokimliklarining xodimlar shtat jadvalida asosiy ish joyi sifatida mehnat shartnomasi asosida ro‘yxatga olingan va mazkur tuman (shahar) hududida raqamli iqtisodiyot loyihalarining joriy qilinishini muvofiqlashtirish, kompleks monitoringini olib borish va hisobotlarini tayyorlashga mas’ul bo‘lgan xodim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nis.egov.uz tizimi — respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va tuman (shahar) hokimliklarida raqamli transformatsiya holatini hamda hududlarda raqamli iqtisodiyot holatini reyting baholash tadbirlarini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan idoralararo axborot tizim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
samaradorlikning maqsadli ko‘rsatkichlari — O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) tomonidan joriy yilda kelgusi yil mobaynida loyihalar menejeri tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan, har yilda bir marta tasdiqlanuvchi, loyihalar menejerlari faoliyati samaradorligining maqsadli ko‘rsatkichlari rejasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Loyihalar menejeri ish haqiga qo‘shimcha ustama haqi to‘lovlari Vazirlikning Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Loyihalar menejerlarining ish haqiga qo‘shimcha ustama haqi Tuman (shahar) hokimliklarining raqamli iqtisodiyotni joriy etish bo‘yicha loyihalar menejerlari ish faoliyatini samaradorligini baholash va ustamalar belgilash bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) qarori asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Komissiya qarori har olti oylik davr yakuni bo‘yicha qabul qilinadi va unga asosan loyihalar menejerining lavozim okladiga nisbatan 100 foizgacha miqdorda ustama belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Loyihalar menejerining lavozim maoshiga Jamg‘arma hisobidan to‘lanadigan har oylik ustama keyingi olti oylik davr uchun Komissiya qarori qabul qilingunga qadar amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Loyiha menejerlariga oylik ustama haqi to‘lovlari Vazirlik tizimidagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi tomonidan xarajatlar smetasi doirasida Jamg‘armadan ajratilgan mablag‘lar hisobidan tuman (shahar) hokimligining budjetdan tashqari hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Loyihalar menejeri lavozimi bo‘yicha nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, ularning asosiy vazifalari va faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Loyihalar menejeri lavozimi bo‘yicha nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, ularning asosiy vazifalari va faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari tuman (shahar) hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan lavozim yo‘riqnomalarida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Loyihalar menejeri lavozimiga nomzodlar, tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklarining raqamlashtirish bo‘yicha maslahatchilari va Vazirlikning tegishli hududiy bo‘linmasi bilan kelishilgan tartibda lavozimga tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Raqamlashtirish dasturlarida belgilangan ustuvor vazifalar va loyihalarda bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishi hamda bu kabi kamchiliklarga muayyan davr mobaynida ta’sirchan choralar ko‘rilmaganligi borasida asoslantirilgan ma’lumotlar taqdim etilgan taqdirda, tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklarining raqamlashtirish bo‘yicha maslahatchilari va Vazirlikning tegishli hududiy bo‘linmasi tegishli tuman (shahar) hokimliklariga loyihalar menejerini egallab turgan lavozimdan ozod etish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Loyihalar menejeri faoliyati samaradorligining maqsadli ko‘rsatkichlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Loyihalar menejeri faoliyati samaradorligining maqsadli ko‘rsatkichlari Vazirlik tomonidan namunaviy ko‘rinishdagi hujjat sifatida ishlab chiqiladi va belgilangan tartibda idoraviy hujjat sifatida tasdiqlanib, hududlarda loyiha menejerlari tomonidan ishlashga qabul qilinishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Loyihalar menejeri faoliyati samaradorligi foizli tizimda o‘lchanadi va 100 foiz eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Loyihalar menejerining shaxsiy maqsadli ko‘rsatkichlari rejasida, ushbu reja ishlab chiqilishida kiritilishi majburiy bo‘lgan, quyidagi baholash mezonlari va ularga ajratiladigan samaradorlikning nisbiy miqdorlari ko‘rsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda raqamli iqtisodiyot holatini reyting baholash natijasi — 10 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) hokimliklarining raqamli rivojlanish darajasini reyting baholash natijasi — 10 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha savodxonligi test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma mavjudligi — 10 foiz.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qo‘shimcha maqsadli ko‘rsatkichlar Vazirlik tomonidan hududda mavjud ehtiyoj va zaruriyatlardan kelib chiqib, raqamli infratuzilma, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish ulushini oshirish, axborot xavfsizligini ta’minlash, hududdagi IT-ta’lim ko‘lamini oshirish, axborot tizimlari va raqamlashtirish loyihalarini joriy etish yo‘nalishlari bo‘yicha loyihalar menejerlarining faoliyati samaradorligining namunaviy maqsadli ko‘rsatkichlari rejasi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Loyihalar menejerlari ish faoliyati samaradorligini baholash va ustamalar belgilash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Joriy yil uchun tasdiqlangan samaradorlikning maqsadli ko‘rsatkichlariga muvofiq loyihalar menejerlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar Komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Komissiya tekshiruvi natijasiga ko‘ra samaradorlikning maqsadli ko‘rsatkichlari bajarilganlik darajasi foizlarda qayd etiladi va quyidagicha toifalanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71 foizdan 100 foizgacha — yaxshi (“yashil”);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55 foizdan 70 foizgacha — qoniqarli (“sariq”);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55 foizdan past — qoniqarsiz (“qizil”).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Samaradorlikning maqsadli ko‘rsatkichlari Komissiya tomonidan yaxshi bajarilgan deb qayd etilishi hamda “yashil” ro‘yxatga kiritilishi ushbu hududning loyihalar menejeri ish haqiga qo‘shimcha ustama haq belgilanishiga asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ustama haq miqdori loyiha menejeri tomonidan samaradorlikning maqsadli ko‘rsatkichlari bajarilganlik foiziga teng miqdorda belgilanadi va loyihalar menejerining lavozim okladiga nisbatan ko‘pi bilan 100 foizgacha bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Loyihalar menejeri faoliyati samaradorligining maqsadli ko‘rsatkichlarini tasdiqlash, maqsadli ko‘rsatkichlar asosida bajarilgan ishlar hisobotlarini topshirish, hisobotlarni qabul qilish, tekshirish, baholash va ustama haq belgilanishi yoki ustama haq belgilanishida rad etilishi bosqichlari nis.egov.uz idoralararo reyting baholash tizimida ushbu Nizomning ilovasida ko‘rsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Rag‘batlantirish chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish maqsadida loyihalar menejerlarining ilg‘or tajribasini va faoliyati samaradorligi ommaviy axborot vositalarida yoritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Vazirlik zarurat bo‘lganda, baholash ko‘rsatkichlari ro‘yxati hamda ularni hisoblash usullariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish vakolatiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ushbu Nizom yuzasidan kelib chiqadigan nizoli masalalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) hokimliklarining raqamli iqtisodiyotni joriy etish bo‘yicha loyihalar menejerlarining ish faoliyati samaradorligini baholash va ularni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihalar menejeri faoliyati samaradorligining maqsadli ko‘rsatkichlarini tasdiqlash, maqsadli ko‘rsatkich asosida bajarilgan ishlar hisobotlarini topshirish, hisobotlarni qabul qilish, tekshirish, baholash va ustama haq belgilash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Mas’ullar

Tadbirlar

Muddat

1-bosqich

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Keyingi yil davomida loyihalar menejerlari faoliyati samaradorligining maqsadli ko‘rsatkichlarining namunaviy reja jadvali tasdiqlanadi va ishlash uchun nis.egov.uz tizimiga kiritilgan holda e’lon qilinadi

har yili 1-dekabrga kadar

2-bosqich

Loyihalar menejerlari

Namunaviy reja jadval asosida shaxsiy maqsadli ko‘rsatkichlar rejasi nis.egov.uz tizimida ishlab chiqiladi va tegishliligi bo‘yicha Raqamli texnologiyalar vazirligining hududiy bo‘linmasi va raqamlashtirish bo‘yicha maslahatchi bilan kelishish uchun taqdim etadi

namunaviy reja jadval tasdiqlangan kundan 10 ish kuni ichida

3-bosqich

Raqamli texnologiyalar vazirligining hududiy bo‘linmasi

1. Shaxsiy maqsadli ko‘rsatkichlar rejasini nis.egov.uz tizimida kelishadi va Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanishi uchun yuboriladi.

10 ish kunida

2. Shaxsiy maqsadli ko‘rsatkichlar rejasini qayta ishlab, takroriy kelishuvga kiritilishi talab etiladi.

3 ish kunida

4-bosqich

Raqamli texnologiyalar vazirligi

1. Shaxsiy maqsadli ko‘rsatkichlar rejasi tasdiqlanadi va nis.egov.uz tizimida alohida bandlar ko‘rinishida tegishli loyihalar menejeri uchun ijroga qaratiladi.

10 ish kunida

2. Shaxsiy maqsadli ko‘rsatkichlar rejasi qayta ishlab, tasdiqlash uchun takroran kiritilishi talab etiladi.

3 ish kunida

5-bosqich

Loyihalar menejerlari

Maqsadli ko‘rsatkichlar rejasiga asosan ijroga qaratilgan vazifalar bajarilishi yuzasidan hisobotlar nis.egov.uz tizimiga kiritib boriladi

Doimiy

6-bosqich

Loyihalar menejeri ish faoliyati samaradorligini baholash va ustamalar belgilash bo‘yicha komissiya

Loyihalar menejerlari tomonidan shaxsiy maqsadli ko‘rsatkichlar bajarilganlik darajasi tahlil qilinadi va baholanadi

Har yarim yillik yakunidan keyingi oyning 25 sanasiga qadar

7-bosqich

Loyihalar menejeri ish faoliyati samaradorligini baholash va ustamalar belgilash bo‘yicha komissiya

Loyihalar menejerlari reytingi hamda ustama haq belgilanishiga tavsiyalangan loyihalar menejerlari ro‘yxati nis.egov.uz tizimida e’lon qilinishi

Har yarim yillik yakunidan keyingi oyning 30 sanasiga qadar

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2024-y., 09/24/141/0222-son)