13.03.2024 yildagi 130-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Moyli urug‘larni qayta ishlovchi korxonalarning eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga va monopoliyaga qarshi choralarning ta’sirchanligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 31-maydagi PF-145-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda mamlakatimizda moyli urug‘larni qayta ishlash sohasida biznes muhitini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ularning tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, o‘zlari import qilgan o‘simlik yog‘lari hamda moyli ekinlar (paxta, kungaboqar va soya) urug‘larini qayta ishlashdan olingan o‘simlik yog‘larini ilovada belgilangan miqdorlarda eksport qilishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kungaboqar va paxta yog‘i (TIF TN kodi 1512) hamda aralash yog‘lardan (TIF TN kodi 1517 90 910 0) tashqari boshqa o‘simlik va meva urug‘lari yog‘larini O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish (eksport qilish) bo‘yicha cheklovlar bekor qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi mahsulotlarni “eksport” bojxona rejimiga joylashtirishda ushbu qarorning 1-bandida nazarda tutilgan shartlarning xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishini nazorat qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qo‘yilsinki, mazkur qarorga asosan eksport qilinishi mumkin bo‘lgan o‘simlik yog‘i hajmini aniqlashda xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan 2024-yil 1-yanvardan boshlab import qilingan moyli ekinlar urug‘lari va o‘simlik yog‘lari hajmlari inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorovga aholining asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasi hamda ichki bozordagi narx barqarorligidan kelib chiqqan holda, Iqtisodiyot va moliya vazirligining asoslantirilgan taklifiga ko‘ra import qilingan o‘simlik yog‘ining 50 foizdan oshmagan miqdorini eksport qilishga ruxsat berishni bekor qilish huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda zarur hollarda, oziq-ovqat xavfsizligi va bir oy muddatda o‘simlik yog‘i ishlab chiqaruvchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 13-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
130-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-martdagi 130-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan eksport qilishga ruxsat beriladigan o‘simlik yog‘lari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
miqdori

T/r

Mahsulot nomi

TIF TN kodi

Import hajmlariga nisbatan eksportga ruxsat beriladigan o‘simlik yog‘i miqdori, foiz

1.

Kungaboqar, soya, paxta va boshqa o‘simlik yog‘lari

1512

50

2.

Aralash yog‘lar

1517 90 910 0

50

3.

Kungaboqar urug‘i

1206 00

35

4.

Paxta chigiti

1207

17

5.

Soya urug‘i

1201

17

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2024-y., 09/24/130/0211-son)