ILOVA
|
Tadbir nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar |
|
|
I. Innovatsion infratuzilma subyektlari tarmogʻini shakllantirish orqali startap tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash hamda yirik hajmli ishlab chiqarishni (kapital yaratish) tashkil etish |
|||||
|
1. |
Innovatsiyalarni ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, kichik va oʻrta tashkilotlarning ilm-fan va taʼlim bilan integratsiya qilish hamda ularni qoʻllab-quvvatlash. |
1. Innovatsiyalarni ishlab chiqaruvchi kichik va oʻrta tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish. |
2024-yil iyul |
- |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari, tarmoq korxonalari |
|
2. Yoshlar akademiyasi aʼzolari, oliy taʼlim muassasalari talabalari va yosh olimlarning innovatsiyalarni ishlab chiqaruvchi kichik va oʻrta tashkilotlarga tashrif buyurishi va uchrashuvlarini tashkil etish. |
2024-yil noyabr |
||||
|
3. Innovatsiyalarni ishlab chiqaruvchi kichik va oʻrta tashkilotlar buyurtmalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish. |
Doimiy |
||||
|
2. |
Klasterlar va yirik innovatsion tashkilotlar tomonidan muntazam ravishda oʻz ehtiyojlari va muammolari yechimiga qaratilgan “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga sarmoya kiritish koʻnikmasini shakllantirish, bunda ilmiy-amaliy va uslubiy seminar-treninglar tashkil etish va ularning boshqaruv faoliyati sifatini oshirish. |
1. “Tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga sarmoya kiritish koʻnikmasini shakllantirish uchun mahalliy va xalqaro darajada tashkil etiladigan seminar-treninglar reja grafigini ishlab chiqish. |
2024-yil iyul |
Ijrochilar mablagʻlari |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), vazirlik va idoralar, barcha tarmoq korxonalari |
|
2. Seminar-treninglarda ishtirok etuvchi tashkilotlar roʻyxatini shakllantirish. |
2024-yil avgust |
||||
|
3. Sohadagi yetakchi xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, reja grafigi asosida seminar-treninglarni oʻtkazish, yakuni boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga hisobot kiritish. |
2024-yil dekabr |
||||
|
3. |
Xalqaro ekspertlarni sanoat klasterlarini rivojlantirish uchun jalb etish. |
1. Sanoat klasterlarini rivojlantirish boʻyicha xalqaro seminar va forumlarni oʻtkazish grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2024-yil avgust |
Ijrochilar mablagʻlari |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), vazirlik va idoralar, barcha tarmoq korxonalari |
|
2. Sohadagi yetakchi xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, xalqaro seminar va forumlarni tashkil etish. |
2025-yil mart |
||||
|
4. |
Innovatsion gʻoyalarni prototiplash va kichik seriyali birlamchi ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun yoshlar innovatsion texnoparklarini tashkil etish. |
1. Hududlarda tashkil etilgan yoshlar texnoparklarida biznes-inkubatsiya va boshqa konsalting xizmatlarini koʻrsatishni oʻz ichiga olgan jamoaviy foydalanish markazlari va hududiy “FabLab” tajriba-konstruktorlik maydonchalari tarmoqlarini hamda prototiplash ustaxonalarini tashkil etish. |
2024-yil dekabr |
Ijrochilar mablagʻlari |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Mazkur hududiy “FabLab” tajriba-konstruktorlik maydonchalariga yoshlarni jalb qilish. |
2025-yil iyun |
||||
|
II. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning institutsional mexanizmlarini takomillashtirish orqali innovatsion faol tashkilotlar ulushini oshirish |
|||||
|
5. |
Davlat ilmiy dasturlari doirasida xususiy sektorning innovatsion faolligini oshirishda ularning ilmiy-tadqiqot loyihalarini tanlovlar asosida moliyalashtirishning yangi taʼsirchan mexanizmlarini joriy etish. |
1. Xususiy sektor vakillarining qisqa muddatli (bir yil) va tezkor ilmiy natija beruvchi loyihalarini ilmiy faoli�tga oid davlat dasturlari doirasida tanlovlar asosida saralab olish. |
2024-yil dekabr |
Ijrochilar mablagʻlari |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Loyihalarni saralab olishda xususiy sektor va ilmiy-tadqiqot subyektlarining uzviy hamkorligi yoʻlga qoʻyilganligi va tijoratlashtirish istiqbollariga eʼtibor qaratish. |
2025-yil 25-yanvar |
||||
|
6. |
Ilmiy-tadqiqot faoliyat sifatini oshirish hamda uni tijoratlashtirish darajasi samaradorligini taʼminlash. |
Ilmiy tashki�otlar tomonidan maʼlum bir sohada uchraydigan muammolarning muhim ilmiy yechimini taʼminlashga qaratilgan takliflarni sohaning yetuk ilmiy mutaxassislari, zarur hollarda sanoat korxonalari vakillarining xulosasi asosida qabul qilish orqali tadqiqot sifatini oshirish. |
2025-yil 1-maydan boshlab doimiy |
Ijrochilar mablagʻlari |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
|
7. |
Innovatsion ekotizimni rivojlantirish uchun xalqaro moliya tashkilotlari va jamgʻarmalar mablagʻlarini jalb qilish. |
1. Innovatsion ekotizimni rivojlantirish maqsadida xalqaro moliya tashkilotlari va jamgʻarmalar faoliyatini oʻrganish. |
2024-yil iyul |
- |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Investitsiyalar, savdo va sanoat vazirligi (L. Qudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
|
2. Xalqaro moliya tashkilotlari va jamgʻarmalar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. |
2024-yil dekabr |
||||
|
3. Xalqaro moliya tashkilotlari va jamgʻarmalardan mablagʻlar jalb qilish cheralarini koʻrish. |
2025-yil mart — noyabr |
||||
|
8. |
Ilmiy tashkilotlarda boshqaruv va ilmiy faoliyat samaradorligini oshirishda ularni modernizatsiya qilishning namunaviy tizimini ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazish. |
1. Ilmiy tashkilotlarda boshqaruv va ilmiy faoliyat samaradorligini oshirishda ularni modernizatsiya qilishning namunaviy tizimi loyihasini ishlab chiqish. |
2024-yil avgust |
Ijrochilar mablagʻlari |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), barcha ilmiy-tadqiqot institutlari |
|
2. Ishlab chiqilgan namunaviy tizimni sinovdan oʻtkazish. |
2024-yil noyabr |
||||
|
3. Namunaviy tizimni bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etish. |
2025-yil mart |
||||
|
9. |
Yashil iqtisodiyot tamoyillariga asoslangan qayta tiklanuvchi energetika, yangi kompozit materiallar, robototexnika, biotexnologiya, oziq-ovqat xavfsizligi, aqlli qishloq xoʻjaligi, aqlli tibbiyot, aqlli sanoat va klasterlash (mis va vinochilik) kabi strategik yoʻnalishlar boʻyicha sunʼiy intellekt, buyumlar interneti hamda raqamlashtirish texnologiyalarini joriy etishda resurslarni jamlash, yangi ish oʻrinlari va mahsulot yaratish hamda yangi xizmatlar tashkil qilish. |
1. Strategik yoʻnalishlar boʻyicha moliyalashtiriladigan startap va tijoratlashtirish loyihalarida sunʼiy intellekt, buyumlar interneti hamda raqamlashtirish texnologiyalarini qoʻllash talablarini ishlab chiqish. |
2024-yil dekabr |
- |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (III. Shermatov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Ishlab chiqilgan talablar asosida amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish. |
2025-yil aprel |
||||
|
3. Zarur hollarda, tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga qoʻshimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
2025-yil sentyabr |
||||
|
10. |
Tadbirkorlik va biznesni boshqarish sohalarining zarur koʻnikmalarini rivojlantirish uchun innovatsiya markazlari va yoshlar texnoparklari asosida kichik va innovatsion tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ixtisoslashtirilgan oʻquv dasturlarini amalga oshirish. |
1. Kichik va innovatsion tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ixtisoslashtirilgan oʻquv dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2024-yil noyabr |
Ijrochilar mablagʻlari |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
|
2. Yoshlarni innovatsiya markazlari va yoshlar texnoparklarida kichik va innovatsion tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ixtisoslashtirilgan oʻquv dasturlari asosida oʻqitish. |
Reja-grafik asosida |
||||
|
11. |
Xususiy sektorning ishlanma va tadqiqotlarga boʻlgan qiziqishini oshirish va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorligini mustahkamlash, xususiy sektor tomonidan innovatsiyalarni moliyalashtirishni (co-finance) ragʻbatlantirish, shu jumladan, xususiy ishlanma va tadqiqot yoki moliyalashtirish faoliyati bilan shugʻullanayotgan tashkilotlar uchun maxsus qoʻllab-quvvatlash choralarini joriy etish. |
1. Iqtisodiyotning �stuvor yoʻnalishlarida xususiy sektor bilan qoʻshma moliyalashtirish tamoyillariga asoslangan loyihalar koʻlamini kengaytirish orqali aholi turmush tarzini yaxshilash. |
2024-yil dekabr |
Ijrochilar mablagʻlari |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Qoʻshma moliyalashtirish orqali xususiy sektor vakillarining ishlanma va tadqiqotlarini qoʻllab-quvvatlash hamda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish. |
2025-yil may |
||||
|
12. |
Ilm-fan namoyandalari va tadbirkorlar hamda yoshlar oʻrtasida intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilishning ahamiyati haqida maʼrifiy-targʻibot tadbirlarini tashkil etish. |
1. Soha mutaxassislaridan iborat tarkibda ishchi guruh tuzish. |
2024-yil oktyabr |
Ijrochilar mablagʻlari |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Ishchi guruh tomonidan ilm-fan namoyandalari va tadbirkorlar hamda yoshlar oʻrtasida intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilishning ahamiyati haqida maʼrifiy-targʻibot tadbirlari reja grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2025-yil fevral |
||||
|
3. Maʼrifiy-targʻibot haqida maʼlumot beruvchi videomahsulotlarni tayyorlash hamda tayyorlangan videomahsulotlarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish. |
Reja-grafik asosida |
||||
|
13. |
Jamoatchilik va xususiy sektor vakillari orasida innovatsion loyihalar va startap kompaniyalarni venchur tashkilotlar tomonidan moliyalashtirish mexanizmlarini keng yoritish. |
1. Venchur moliyalashtirish mexanizmlari hamda mahalliy va xorijiy venchur tashkilotlar toʻgʻrisida tahliliy maʼlumot tayyorlash. |
2024-yil iyul |
Ijrochilar mablagʻlari |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
|
2. Tayyorlangan tahliliy maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka yetkazish choralarini koʻrish. |
2024-2025-yillar |
||||
|
3. Tadbirkorlar bilan venchur moliyalashtirish mexanizmlariga bagʻishlangan uchrashuv va seminar-treninglar tashkil etish. |
Doimiy |
||||
|
III. Kichik tadbirkorlikning innovatsion faolligini oshirish orqali hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jadal rivojlantirishni taʼminlash |
|||||
|
14. |
Aholining innovatsion ishlab chiqarish faoliyatini davomli ravishda qoʻllab-quvvatlashda hududiy oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarning mahalla institutlari bilan yaqin hamkorligini oʻrnatishga qaratilgan samarali mexanizmlarni joriy etish. |
1. Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari bazasini shakllantirish. |
2025-yil mart |
- |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Hududlarda joylashgan oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlar salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida magistrlik, doktorlik dissertatsiya ishlari va ilmiy loyihalarni shakllantirilgan bazadagi muammolar asosida tashkil etish. |
2025-yil avgust |
||||
|
3. Amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari amaliyotga joriy etilishini nazorat qilish. |
Doimiy |
||||
|
15. |
Mahalliy ilmiy, ratsionalizatorlik va startap ishlanmalarni tijoratlashtirishni kengaytirish. |
1. Mahalliy budjet hamda homiylik xayriyalari hisobidan moliyalashtirishni nazarda tutuvchi innovatsion va startap loyihalar tanlovlarini oʻtkazish mexanizmini ishlab chiqish. |
2024-yil iyun |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqot loyihalari boʻyicha oʻtkaziladigan tanlov natijalari asosida ajratiladigan grantlar, mahalliy budjet hamda homiylik xayriyalari |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Innovatsion rivojlanish agentligi koʻmagida har bir hududda innovatsion gʻoyalar va startap loyihalar tanlovlarini oʻtkazish. |
2024-yil sentyabr |
||||
|
3. Startap loyihalarni belgilangan tartibda mahalliy budjet hamda homiylik xayriyalari hisobidan moliyalashtirish. |
2024-yil oktyabr |
||||
|
16. |
Alohida tanlab olingan tumanlarda yuqori samarador innovatsiyalarni joriy etish. |
1. Hudud aholisining turmush darajasini oshirish, yuqori texnologik yangi ish oʻrinlarini yaratish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash va hududni kompleks innovatsion rivojlantirish yoʻnalishlarida mavjud analoglariga nisbatan ham narx va sifat ustunliklariga hamda innovatsiya elementlariga ega loyihalarni oʻz ichiga olgan kompleks texnologik yechimlardan iborat innovatsion biznes model asosida Innovatsion hududlarni rivojlantirish uchun “Raqamli hokimiyat”, “Aqlli tibbiyot”, “Aqlli transport”, “Aqlli taʼlim”, “Aqlli qishloq xoʻjaligi”, “Aqlli energetika tizimi” va “Aqlli mahalla” konsepsiyasini ishlab chiqish. |
2024-yil dekabr |
Ijrochilar mablagʻlari |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi |
|
2. Innovatsion hududlarda “Raqamli hokimiyat”, “Aqlli tibbiyot”, “Aqlli transport”, “Aqlli taʼlim”, “Aqlli qishloq xoʻjaligi”, “Aqlli energetika tizimi” va “Aqlli mahalla” konsepsiyasini amaliyotga tatbiq qilish. |
2025-yil may |
||||
|
17. |
Hududlardagi iqtidorlarni aniqlash, ragʻbatlantirish va ularning ilm-fan bilan shugʻullanishlari uchun markaziy oliy taʼlim muassasalari, Yoshlar akademiyasi va Fanlar akademiyasi tizimiga “Akademik harakatchanlik” va “Boʻlajak olim” dasturlari orqali jalb qilish, yangi avlod ilm-fan jamoalari va maktablarini shakllantirib borish. |
1. “Boʻlajak olim” tanlovi boʻyicha hududlarda joylashgan yoshlar texnoparklarida seminar-treninglar oʻtkazish, tanlovga eʼlon berilgandan soʻng arizalarni tanlovga yoʻnaltirish. |
2024-yil avgust |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqot loyihalari boʻyicha oʻtkaziladigan tanlov natijalari asosida ajratiladigan grantlar |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
|
2. Hududlarda mavjud boʻlgan oliy taʼlimdan keyingi taʼlimda ilm-fan bilan shugʻullanayotgan yosh olimlar uchun “Akademik harakatchanlik” dasturi toʻgʻrisida muntazam seminar-treninglar tashkil etib borish hamda dasturga eʼlon berilgandan soʻng yosh olimlarni dastur doirasida qatnashib borishlarini tashkil etish. |
2024-yil sentyabr |
||||
|
3. “Boʻlajak olim” va “Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan yosh olimlarni ragʻbatlantirish. |
2024-yil dekabr |
||||
|
IV. Yangi turdagi mahsulotlar va innovatsion texnologiyalarni yaratishning gʻoyadan yakuniy isteʼmolchigacha boʻlgan kompleks tizimini taʼminlash orqali innovatsiyalarga boʻlgan talabni ragʻbatlantirish |
|||||
|
18. |
Innovatsion faoliyatning institutsional samaradorligini oshirishda milliy innovatsion tizimda (ilmiy faoliyat, texnologiya va innovatsiya) islohotlar izchilligini taʼminlash. |
1. Ilmiy-tadqiqot + oliy taʼlim + ishlab-chiqarish uygʻunligini taʼminlash maqsadida tarmoq ehtiyojlari va talablari asosida tanlovlar eʼlon qilish. |
2024-yil noyabr |
Ijrochilar mablagʻlari |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida qoʻlga kiritilgan muhim ilmiy ishlanmalarning mahalliy bozorini tashkil etishga koʻmaklashish, koʻrgazmalar tashkil etish. |
2024-yil davomida |
||||
|
3. Milliy ilmiy-tadqiqot faoliyatining jahon ilm-fani yutuqlari bilan integratsiyasini taʼminlash maqsadida zamonaviy laboratoriya asbob-uskuna va qurilmalarini xarid qilishga koʻmaklashish. |
2025-yil avgust |
||||
|
4. Ilm-fan, texnologiya va innovatsion faoliyatni muvofiqlashtirgan holda, nufuzli hamda sohada katta tajribaga ega yakka tartibdagi konsultant va konsalting kompaniyalarni jalb etish. |
2025-yil dekabr |
||||
|
19. |
Oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan tijoratlashtirish forumini tashkil etish. |
1. “InnoWeek-2024” innovatsion gʻoyalar haftaligi davomida Kuzgi tijoratlashtirish forumini oʻtkazish. |
2024-yil noyabr |
Ijrochilar mablagʻlari |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Forum doirasida oliy taʼlim, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda tarmoq korxonalari oʻrtasida imzolangan shartnomalar asosida yaratilgan tayyor mahsulot va xizmatlarni namoyish etish. |
2024-yil dekabr |
||||
|
V. Yaratilgan kapitalni “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga qayta yoʻnaltirish tizimini shakllantirish |
|||||
|
20. |
Resurs safarbarligining uzluksiz zanjirini yaratish orqali ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash. |
1. Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan ilmiy loyihalarni “Fan-taʼlim-ishlab chiqarish” zanjiri negizida tashkil etish. |
2024-yil avgust |
Ijrochilar mablagʻlari |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), tarmoq korxonalari |
|
2. Ilmiy loyihalar natijalarini amaliyotga tatbiq etish va tijoratlashtirish boʻyicha ilm-fan va tarmoq vakillari uchrashuvlarini tashkil etish. |
2024-yil dekabr |
||||
|
3. Amalga oshirilgan ilmiy loyihalar samaradorligini taʼminlash boʻyicha doimiy monitoringni yoʻlga qoʻyish. |
Doimiy |
||||
|
21. |
Sanoat muammolarini hal etishga respublika ilmiy salohiyatini keng jalb qilish. |
1. Sanoat korxonalariga olimlar tashrifini tashkil etish reja grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2024-yil iyun |
- |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), manfaatdor xoʻjalik subyektlari |
|
2. Reja-grafik asosida korxonalarga olimlarning tashrifini, mutaxassislar bilan uchrashuvlar hamda muammolarni oʻrganishlarni tashkil etish. |
Reja-grafik asosida |
||||
|
VI. Taʼlimning barcha bosqichlarida yaratuvchanlik, innovatsion tadbirkorlik va ratsionalizatorlik koʻnikmalarini rivojlantirish orqali innovatsion faoliyat boshqaruvida inson kapitalini yanada rivojlantirish |
|||||
|
22. |
Talaba yoshlarda innovatsiyaning dastlabki ilmiy, terminologik, texnologik tushunchalarini shakllantirish orqali innovatsion faoliyatda ularning rolini oshirish. |
1. Oliy taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarida amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalarga talabalarni jalb etish bilan ularda innovatsiyalarga boʻlgan qiziqishni oshirish. |
2024-yil avgust |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqot loyihalari boʻyicha oʻtkaziladigan tanlov natijalari asosida ajratiladigan grantlar, ijrochilarning mablagʻlari |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Oliy taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarida yosh tadqiqotchi va talabalar oʻrtasida terminologik, texnologik tushunchalarni shakllantirish uchun doimiy seminar-trening oʻtkazib borish. |
Doimiy |
||||
|
23. |
Ilm-fan va innovatsion faoliyatga kirib kelayotgan yoshlar, stajor-tadqiqotchi va tayanch doktorantlarning bilimi va saviyasini oshirish maqsadida oʻz iqtidorlarini va ratsionalizatorlik qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun jozibador ragʻbatlantirish mexanizmlarini, intellektual raqobat muhitini yaratish. |
1. Oʻzbekiston Ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyati tomonidan har yili hududlar, tarmoqlar va sohalar kesimida ixtirochilik va ratsionalizatorlik boʻyicha oʻtkaziladigan koʻrgazmalar va koʻrik-tanlovlarda stajor-tadqiqotchi va tayanch doktorantlarning faol ishtirokini taʼminlash. |
2024-yil avgust |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqot loyihalari boʻyicha oʻtkaziladigan tanlov natijalari asosida ajratiladigan grantlar, ijrochilarning mablagʻlari |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyati, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Ixtirochilik va ratsionalizatorlik boʻyicha oʻtkaziladigan koʻrik-tanlovlarda gʻolib boʻlgan stajor-tadqiqotchi va tayanch doktorantlarni munosib mukofotlash. |
2024-yil noyabr |
||||
|
3. Gʻoliblarning ixtironi patentlash bilan bogʻliq xarajatlarini Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab berish. |
2025-yil mart |
||||
|
24. |
Iqtidorli maktab oʻquvchilari va talaba yoshlarni oʻzida jamlagan Yoshlar akademiyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va qamrov doirasini oshirish orqali yoshlarning ilmiy hamda innovatsion faolligini qoʻllab-quvvatlash. |
1. Yoshlar akademiyasi tomonidan hududlar, oliy taʼlim muassasalari va respublika miqyosida tashkil etiladigan tadbirlar hamda tanlovlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2024-yil iyun |
Ijrochilar mablagʻlari |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), tizimida oliy taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar |
|
2. Tadbirlar va tanlovlarni tashkil etish hamda gʻoliblarga respublika bosqichiga yoʻllanma berish. |
Reja-grafik asosida |
||||
|
3. Tadbirlar va tanlovlarning respublika bosqichini tashkil etish, gʻolib yoshlarning ilmiy hamda innovatsion faolligini qoʻllab-quvvatlash va Yoshlar akademiyasi aʼzoligiga qabul qilish. |
Reja-grafik asosida |
||||
|
25. |
Oliy taʼlim muassasalaridagi innovatsion markazlar, texnoparklar hamda hududiy innovatsiya markazlari va biznes-inkubatorlarda startap loyihalarni akseleratsiyadan oʻtkazish dasturlarini keng joriy etish. |
1. Oliy taʼlim muassasalari va texnoparklar uchun intensiv akselerator dasturlarini ishlab chiqish. |
2024-yil avgust |
Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), tizimida oliy taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar |
|
2. Belgilangan tartibda akselerator dasturi uchun sharoit yaratish va mentorlar bazasini shakllantirish. |
2024-yil dekabr |
||||
|
3. Akselerator dasturlarini har bir tashkilotda bir yil davomida kamida bir marotaba eʼlon qilish. |
2025-yil davomida |
||||
|
26. |
Innovatsiya va texnologik faoliyatni boshqarish yoʻnalishida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va ularning muntazam ilmiy-amaliy stajirovkalarini tashkil qilish. |
1. Har yili kamida bir marta stajirovkaga yuborish uchun tanlov eʼlon qilish. |
2024-yil i�n |
Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev) manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Nomzodlarni saralab olish va stajirovkaga yuborish. |
2025-yil mart — dekabr |
||||
|
3. Stajirovka yakuniga koʻra belgilangan ilmiy hisobotni qabul qilish. |
Doimiy |
||||