O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-avgustdagi “Saudiya Arabistoni Podshohligi fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirish rejimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-190-son Farmoniga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada faollashtirish hamda mamlakatimizda qulay investitsiya muhitini yaratish va turizm salohiyatini rivojlantirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-avgustdagi “Saudiya Arabistoni Podshohligi fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirish rejimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-190-son Farmonining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. 2024-yil 15-martdan boshlab Saudiya Arabistoni Podshohligi fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilansin”.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 4-mart,
PF-43-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2024-y., 06/24/43/0198-son)