Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Saudiya Arabistoni Podshohligi fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirish rejimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi hamda Saudiya Arabistoni Podshohligi oʻrtasida madaniy, ilmiy va investitsiyaviy iqlimni yaxshilash, shuningdek, mamlakatimizning turistik salohiyatini rivojlantirishga ijobiy taʼsir koʻrsatadigan xalqaro munosabatlarni rivojlantirish uchun yanada qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
1. 2024-yil 15-martdan boshlab Saudiya Arabistoni Podshohligi fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan eʼtiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PF-43-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2024-y., 06/24/43/0198-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 16-avgust,
PF-190-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-avgustdagi PF-190-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5326-son Farmoniga 1-ilovaning 23-bandi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5611-son Farmoniga 4-ilovaning 23-bandi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3836-son qaroriga 2-ilovaning 71-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2022-y., 06/22/190/0742-son; 11.03.2024-y., 06/24/43/0198-son)