07.03.2024 yildagi 117-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 12-oktabrdagi PF-169-son Farmoni va “2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Parij bitimining (Parij, 2015-yil 12-dekabr) 6-moddasiga muvofiq Barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash mexanizmi bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtiruvchi vakolatli milliy organ etib;
 LexUZ sharhi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 1-oktabrga qadar Parij bitimining 6-moddasi 2 va 4-bandlariga muvofiq kooperatsion yondashuv mexanizmi hamda Barqaror rivojlanish mexanizmi qoidalari, usullari va tartiblarini mamlakatda qo‘llash yo‘riqnomalarini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasida xalqaro uglerod bozorlari va nobozor vositalarini joriy qilish dasturini ishlab chiqsin;
1. Ushbu Nizom Xalqaro issiqxona gazi savdosini tashkil qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish tartibini belgilaydi hamda Parij bitimining (Parij, 2015-yil 12-dekabr) 6-moddasiga muvofiq Barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash mexanizmini amalga oshirish bo‘yicha milliy tartib tasdiqlangunga qadar amal qiladi.
5. Uglerod birliklari ixtiyoriy bozori loyihasi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan Uglerod birliklari ixtiyoriy bozori loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, amalga oshirish va monitoringini olib borish sxemasiga muvofiq amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
12. 1-toifadagi loyihalar O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni (keyingi o‘rinlarda — Qonun) doirasida davlat-xususiy sheriklik (keyingi o‘rinlarda — DXSh) tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan Uglerod birliklari ixtiyoriy bozori loyiha taklifi namunasiga muvofiq ma’lumotlarni;
loyiha mazkur Nizomning 3-bobida keltirilgan standartlar metodologiyalariga muvofiq emasligi.
17. Loyiha konsepsiyasi ma’qullangan taqdirda, Milliy organ ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan namunaga muvofiq shaklda Uglerod birliklari ixtiyoriy bozori loyiha taklifi bo‘yicha dastlabki kelishuv xatini yuboradi hamda Qonunning 17-moddasiga muvofiq DXSh tamoyili asosida xususiy sherikni tanlab olish jarayonini boshlashga ruxsat beradi.
20. Loyiha tashabbuskori loyihani ushbu Nizomning 3-bobida keltirilgan xalqaro standartlardan birida ro‘yxatdan o‘tkazadi hamda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi xalqaro standart ma’muriyati tomonidan Milliy organ elektron pochta orqali belgilangan shaklda xabardor qilinishini ta’minlaydi.
22. Loyiha tashabbuskori loyihani amalga oshirish davrida loyiha-texnik hujjatlarida ko‘rsatilgan metodologiyaga muvofiq monitoring olib boradi hamda har yarim yil yakuni bo‘yicha keyingi oyning 15 sanasiga qadar ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan Uglerod birliklari ixtiyoriy bozori loyihasi monitoringi hisoboti namunasiga muvofiq shaklda loyiha monitoringi hisobotini Milliy organga kiritib boradi.
26. Mazkur Nizomning 25 va 31-bandlarida nazarda tutilgan to‘lovlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda mazkur Nizomning 3-bobida keltirilgan Xalqaro uglerod birliklari standartlari metodologiyalarining qo‘llanishi;

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Loyiha tashabbuskori

Loyiha konsepsiyasini potensial davlat sherigi bilan kelishadi hamda uni Milliy organga kelishish uchun kiritadi.

Loyiha g‘oyasi mavjud bo‘lganda

2-bosqich

Milliy organ — Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Loyiha konsepsiyasini loyihaning issiqxona gazlari emissiyasini qisqartirish salohiyati hamda belgilangan talablarga muvofiqligi nuqtai nazaridan dastlabki baholashdan o‘tkazadi hamda xususiy sherikni tanlab olish jarayonini boshlashga ruxsat beradi.

O‘n ish kunida

3-bosqich

Loyiha tashabbuskori, Milliy organ — Iqtisodiyot va moliya vazir�igi

Davlat-xususiy sherikligi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xususiy sherik tanlab olinganidan so‘ng davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim tuziladi hamda Milliy organga taqdim qilinadi.

DXSh bitimi tuzilgandan keyin uch ish kunida

4-bosqich

Milliy organ — Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Milliy organ DXSh bitimini olganidan keyin loyiha tashabbuskoriga loyihani amalga oshirish bo‘yicha Milliy organ va loyiha tashabbuskori o‘rtasida tuziladigan kelishuv loyihasini va belgilangan to‘lovni amalga oshirish to‘g‘risida xabarnoma yuboradi.

Uch ish kunida

5-bosqich

Loyiha tashabbuskori

Loyihani xalqaro standartda ro‘yxatdan o‘tkazadi, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi xalqaro standart ma’muriyatidan Milliy organni elektron pochta orqali xabardor qilishni ta’minlaydi.

Belgilangan muddatlarda

6-bosqich

Milliy organ — Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Loyihani ro‘yxatdan o‘tkazgan xalqaro standartdan xabarnoma olinganidan keyin Milliy uglerod birliklari reyestriga kiritadi.

Uch ish kunida

7-bosqich

Loyiha tashabbuskori

Loyihani amalga oshirish doirasida monitoring olib boradi hamda loyiha monitoringi bo‘yicha hisobotni Milliy organga kiritib boradi.

Har yarim yil yakuni bo‘yicha keyingi oyning 15 sanasiga qadar

8-bosqich

Loyiha tashabbuskori

1. Loyiha hujjatlarini verifikatsiya qildiradi.

Reja-jadvalga muvofiq

2. Milliy organni verifikatsiya natijalari to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qiladi.

Besh ish kunida

9-bosqich

Loyiha tashabbuskori

Loyiha ro‘yxatdan o‘tkazilgan xalqaro standart tomonidan xos (unikal) seriyali raqamli verifikatsiyalangan uglerod birliklarini chiqarishni hamda Milliy organni elektron pochta orqali xabardor qilishni ta’minlaydi.

Belgilangan muddatlarda

10-bosqich

Loyiha tashabbuskori

1. Milliy organga sotuv hajmi va qiymati haqidagi ma’lumotlar asoslovchi hujjatlari bilan birgalikda taqdim qiladi.

O‘n ish kunida

2. Verifikatsiyalangan uglerod birliklari sotuv hajmidan belgilangan to‘lovlarni amalga oshiradi.

Bir oy muddatda