04.03.2024 yildagi PQ-113-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ona zamin va tabiatga mehr-muhabbat, saxovat va muruvvat, bunyodkorlik va olijanoblik kabi xalqimizga xos ezgu fazilatlar eng qadimiy bayramimiz boʻlgan Navroʻz timsolida asrlar davomida ulugʻlanib, sayqal topib kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayniqsa, bugun, jamiyatimizda inson qadri yuksalib, bebaho boyligimiz — yerimiz, suvimiz va tabiatimizga, shu boradagi necha ming yillik anʼanalarimizga eʼtibor kuchayib borayotgan Yangi Oʻzbekiston sharoitida bu bayramning hayotimizdagi oʻrni va ahamiyati yanada ortib bormoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dunyoda murakkab vaziyat hukm surayotgan hozirgi tahlikali davrda Navroʻzning buyuk insonparvarlik mohiyati, oʻlmas gʻoyalari, odamzotni tinchlik va doʻstlikni qadrlab, oʻzaro ahillik va hamjihatlikda yashashga, hayotni yanada goʻzal va obod qilishga undaydigan bunyodkorlik ruhi va falsafasi yer yuzidagi turli xalqlarning olijanob intilishlariga ham gʻoyat uygʻun va hamohangdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ana shunday noyob fazilatlari bilan bugun ham ezgulik va taraqqiyotga xizmat qilayotgan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan xalqaro bayram sifatida eʼtirof etilgan Navroʻzi olamning beqiyos ahamiyatini hisobga olib hamda ushbu ayyomni yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan oʻzgarish va yangilanishlarga mos holda, har tomonlama yuksak saviyada oʻtkazish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2024-yilgi Navroʻz umumxalq bayrami mamlakatimizda “Olam nurga toʻlsin sen bilan, Navroʻz!” degan bosh gʻoya asosida umumxalq sayillari shaklida koʻtarinki ruh va yuqori darajada keng nishonlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2024-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) tuzilsin hamda uning tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkiliy qoʻmita (A. Aripov) bir hafta muddatda Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlari, barcha shahar va tumanlar, qishloq va ovullarda Navroʻz umumxalq bayramini munosib nishonlash boʻyicha tashkiliy-amaliy, madaniy-maʼnaviy hamda targʻibot tadbirlari dasturini tasdiqlasin, shuningdek, uning amalga oshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Joylarda Navroʻz umumxalq bayramining barcha tadbirlarini milliy qadriyat va anʼanalarimiz hamda zamonaviy tajribalar asosida yuqori saviyada, ommaviy sayillar shaklida tashkil etish, ularda xalqimizning faol ishtirokini taʼminlash maqsadida quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bayram tadbirlarini bahor ayyomida borliqning uygʻonishi, inson va tabiat oʻrtasidagi uygʻunlik, ona zaminga mehr va eʼtiborni aks ettiradigan, yurtdoshlarimizni bugungi tinch va osuda hayotimizni qadrlab, shukronalik tuygʻusi bilan yashashga undaydigan maʼno-mazmun bilan taʼsirchan usullarda oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub demokratik islohotlar, xalqimizning kundalik hayoti, ongi va dunyoqarashida yuz berayotgan ijobiy oʻzgarishlar Navroʻzning azaliy qadriyat va anʼanalariga hamohang ekanini namoyon etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” majmuasida alohida dastur asosida xalq sayillarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bu yilgi Navroʻz bayrami muqaddas Ramazon oyida nishonlanishini inobatga olib, keksa avlod vakillarini, xususan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarini har tomonlama eʼzozlash, “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashayotgan shaxslar, ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan hamda koʻmakka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, ular uchun dasturxonlar tashkil etish hamda turli xayriya tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yashil makon” umummilliy loyihasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, Navroʻz bayrami arafasida respublikamizning barcha hududlarida, koʻcha, mahalla, tuman va shaharlarda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlariga qaratilgan umumxalq hasharlarini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatimizda hukm surayotgan millatlararo doʻstlik va totuvlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan loyiha va aksiyalar uyushtirish, yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillarining Navroʻz bayramining ruhi va falsafasiga uygʻun boʻlgan urf-odat, anʼana va qadriyatlarini keng namoyish etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bayram tadbirlari davomida hunarmandchilik koʻrgazmalari, milliy sport turlari boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish, kitob koʻrgazmalari, arzonlashtirilgan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari, koʻchma savdo doʻkonlarini tashkil etish, koʻklam taomlarini tayyorlash hamda ularning koʻrgazma-savdolari va tanlovlarini uyushtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha shahar va qishloqlarda oʻtkaziladigan bayram tantanalarida, ommaviy axborot vositalarida Navroʻz bayramining tarixi, har bir hududdagi uni nishonlash bilan bogʻliq urf-odat va anʼanalarni keng yoritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (O. Hasanov), Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov) bilan birgalikda bir hafta muddatda Toshkent shahrida Navroʻz bayramiga bagʻishlab oʻtkaziladigan teatrlashtirilgan konsert tomoshasining dasturi va ssenariysini ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur konsert tomoshasini tajribali ssenarist va rejissorlar, kompozitor va bastakorlar, baletmeysterlar, sahna rassomlari, isteʼdodli yosh ijrochilar, folklor sanʼati vakillari bilan birgalikda, yuqori badiiy saviyada tayyorlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bir hafta muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Navroʻz umumxalq sayillarini oʻtkazish boʻyicha hududiy chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumxalq sayillari uyushtiriladigan asosiy maydonlar, koʻcha va xiyobonlarni milliy uslubda bayramona bezatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumxalq sayillariga mahalliy folklor guruhlari, badiiy havaskorlik jamoalari, sirk sanʼati vakillari, oilaviy ansambllar, baxshilar, shoirlar, shuningdek, professional ijrochilar va isteʼdodli estrada artistlarini belgilangan tartibda keng jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bayram tadbirlari doirasida har bir hududga xos boʻlgan xalq oʻyinlari, tomoshalar, koʻrgazmalar oʻtkazish, bahoriy taomlar sotiladigan ochiq oshxonalar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bayram dasturlarini va ommaviy tomoshalarni tayyorlashda, koʻchalar, maydon va xiyobonlarni bezatishda malakali mutaxassislardan iborat ijodiy guruhlarni keng jalb etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) barcha tadbirlar jamoat xavfsizligi talablariga qatʼiy rioya qilgan holda oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qoʻyilsinki, oʻtkaziladigan bayram tadbirlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida — respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — tegishli mahalliy budjetlar hamda joylardagi homiylik xayriyalari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Q. Abdurahmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 4-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-113-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-113-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

A.N. Aripov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi

X.M. Sultonov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi

O.Q. Abdurahmonov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari

O.A. Nazarbekov

—

madaniyat vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

Sh.B. Umurzakov

—

Toshkent shahar hokimi v.b., Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

K.A. Sharipov

—

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

A.I. Ikramov

—

sport vaziri

B.A. Musayev

—

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri

X.Oʻ. Umarova

—

maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

A.A. Xudayarov

—

sogʻliqni saqlash vaziri v.b.

Sh.X. Shermatov

—

raqamli texnologiyalar vaziri

B.O. Saidov

—

tashqi ishlar vaziri

B.N. Qurbonov

—

mudofaa vaziri

P.R. Bobojonov

—

ichki ishlar vaziri

R.M. Joʻrayev

—

Milliy gvardiya qoʻmondoni

I.I. Norqulov

—

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

K.K. Kuranbayev

—

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi

Q.M. Rafiqov

—

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi

B.S. Yuldashev

—

Fanlar akademiyasi prezidenti

A.A. Xodjayev

—

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori

R.J. Qurbonov

—

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi

F.F. Abduxoliqov

—

Kinematografiya agentligi direktori

A.Z. Saʼdullayev

—

Yoshlar ishlari agentligi direktori

A.A. Joʻraboyev

—

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

A. Koʻchimov

—

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

A.V. Nuridinov

—

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi

O.A. Hasanov

—

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

S.S. Saidov

—

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

S. Turdiyev

—

Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi respublika boshqaruvi raisi

R.A. Abdullayev

—

Oʻzbekiston Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi raisi

Sh.T. Qudratxoʻja

—

Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi

X.X. Salimov

—

Oʻzbekiston Jurnalistlari uyushmasi raisi v.b.

Lavozimiga koʻra

—

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari

N.B. Sayfullayev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi madaniyat va sanʼatni rivojlantirish shoʻbasi mudiri

B.O. Onorboyev

—

Vazirlar Mahkamasi boʻlim boshligʻi, Tashkiliy qoʻmita kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2024-y., 07/24/113/0182-son)