27.02.2024 yildagi KQ-697-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori, 27.02.2024 yildagi KQ-697-IV-son
Kuchga kirish sanasi
27.02.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish mexanizmlarini yanada kuchaytirish masalalari haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini taʼminlash, ularni turli xil tazyiq va zoʻravonliklardan himoya qilish borasida qator islohotlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, xotin-qizlarning jamiyatga moslashishi, oʻqishi va ishlashi uchun qulay sharoitlar yaratilishi bilan bir qatorda, ularga nisbatan sodir etiladigan tazyiq va zoʻravonliklarning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha yangi mexanizmlar joriy qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilayotgan ishlar bilan bir qatorda bugungi holat xotin-qizlarning himoyasi bilan bogʻliq ayrim kamchiliklar mavjudligini koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shunga koʻra xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilarga asosan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 16-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasining xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish mexanizmlarini yanada kuchaytirish toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish mexanizmlarini yanada kuchaytirish masalalari boʻyicha 1-ilovaga muvofiq tarkibda ishchi guruh tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar ishchi guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlarning mavjud muammolarini oʻrganish va ularning yuzaga kelish sabablarini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tajribani oʻrgangan holda xotin-qizlarga oid muammolarning oldini olish boʻyicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish mexanizmlarini yanada kuchaytirish masalalari boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ishchi guruh (Sh. Choʻlliyev) ushbu Qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha 2024-yil 25-aprelga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashiga axborot taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur Qaror ijrosini nazorat qilish Senat Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 27-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KQ-697-IV-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 27-fevraldagi KQ-697-IV-sonli qaroriga

1-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish mexanizmlarini yanada kuchaytirish masalalari boʻyicha ishchi guruh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Choʻlliyev Shuxrat Askarovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari

2.

Marufova Gulnora Maxmudovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

3.

Raxmatov Sattor Neʼmatovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili kotibiyati Bola huquqlari taʼminlanishini monitoring qilish boʻyicha yetakchi mutaxassisi

4.

Axmedova Zamira Nazarovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari kotibiyati bosh mutaxassisi

5.

Abdullayeva Nilufar Ulugovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi Sogʻlom oilani shakllantirish va oilalarni mustahkamligini taʼminlash, milliy axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boshqarmasi bosh mutaxassisi

6.

Axatova Shaxnoza Muzaffarovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Odil sudlov sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish departamenti bosh konsultanti

7.

Abdullayeva Bibimaryam Kayrullayevna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Xotin-qizlar huquqlarini taʼminlash hamda ularni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻlimi prokurori

8.

Abdullayeva Umida Hazratovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshligʻi oʻrinbosari — xotin-qizlar va ijtimoiy masalalar boshqarmasi boshligʻi

9.

Sultanova Madina Maxkamovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti katta tergovchisi

10.

Suyunova Xurshida Axadilla qizi

—

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi yetakchi maslahatchisi

11.

Hasanova Dilfuza Abduxamidovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi dotsenti

12.

Sodikova Muattar Muratovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi metodisti

13.

Umarova Shoira Oqbutayevna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Yuridik taʼminlash boʻlimi bosh yuriskonsulti

14.

Aminov Ulugʻbek Zakirdjanovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari qoʻmitasining Yuridik taʼminlash boʻyicha bosh mutaxassisi

15.

Minavarova Nigora Shaazizovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari qoʻmitasining Xotin-qizlar bilan ishlash va targʻibot guruhlarini muvofiqlashtirish boʻlimi yetakchi mutaxassisi

16.

Matkarimova Nilufar Boqijonovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Bolalar, xotin-qizlar, taʼlimdagi yoshlarni va volontyorlik faoli�tini qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi bosh mutaxassisi

17.

Axmedov Mirjalol Axmedovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi kotibiyati yetakchi maslahatchisi, Ishchi guruh kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ularning oʻrniga lavozimlariga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 27-fevraldagi KQ-697-IV-sonli qaroriga

2-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish mexanizmlarini yanada kuchaytirish masalalari boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Masʼullar

1.

Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish hamda muammolarni aniqlash.

1. Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga oid amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish.

2. Normativ-huquqiy hujjatlardagi mavjud boʻshliqlar va ular oʻrtasidagi oʻzaro nomuvofiqliklarni oʻrganish.

3. Xatlov natijalari boʻyicha maʼlumotnoma tayyorlash.

2024-yil 20-mart

Adliya vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

2.

Xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga toʻsqinlik qilish holatlariga barham berish.

1. Xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga toʻsqinlik qilish holatlari, xususan diskriminatsiya va boshqa holatlarni oʻrganish.

2. Mavjud muammolarni tahlil qilish va ularning oldini olish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

3. Natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash.

2024-yil 5-aprel

Vazirlar Mahkamasi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura

3.

Xotin-qizlarning erkinliklariga daxl qiladigan harakatlarni tahlil qilish.

1. Xotin-qizlarning erkinliklariga daxl qiladigan harakatlar, shu jumladan erta nikoh hamda yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikoh holatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻrganish.

2. Ushbu harakatlarning yuzaga kelish sabablarini tahlil qilish va bunday harakatlarning oldini olish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

3. Natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash.

2024-yil 10-aprel

Vazirlar Mahkamasi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Din ishlari qoʻmitasi,

Bosh prokuratura,

Ichki ishlar vazirligi,

Bola huquqlari boʻyicha vakil,

Oliy sud,

Adliya vazirligi

4.

Xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga toʻsqinlik qilish holatlariga nisbatan qoʻllaniladigan choralar boʻyicha xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish.

1. Mavjud muammolarni hal etish boʻyicha xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish.

2. Muammolarni hal etish boʻyicha xalqaro mexanizmlarni mamlakatda joriy etish masalalarini muhokama qilish.

3. Natijasi boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2024-yil 15-aprel

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Din ishlari qoʻmitasi,

Bosh prokuratura,

Ichki ishlar vazirligi,

Bola huquqlari boʻyicha vakil,

Oliy sud,

Adliya vazirligi

5.

Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga oid qonunchilikni takomillashtirish.

1. Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga oid amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan qonun loyihasi ishlab chiqish. Bunda quyidagi masalalarni aks ettirish:

voyaga yetmaganlar orasidagi erta nikohga barham berish;

yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikohning oldini olish;

xotin-qizlarning ishga joylashishida diskriminatsiyaga yoʻl qoʻymaslik.

2. Qonun loyihasi yuzasidan tushuntirish xati, taqqoslama jadval va boshqa materiallar tayyorlash.

2024-yil 25-aprel

Oliy sud