28.02.2024 yildagi PQ-90-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston-Turkmaniston” erkin savdo zonasini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish, xorijiy xaridorlar va mahalliy eksportchilar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Xorazm viloyati hokimligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyati Shovot tumanidagi ilovaga muvofiq sugʻoriladigan 3,1 gektar yer uchastkasini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu 3,1 gektar yer uchastkasida tovarlarni saqlash, saralash, sotish, transport va boshqa zamonaviy xizmatlar infratuzilmasini tashkil etish uchun “Oʻzbekiston-Turkmaniston” erkin savdo zonasini (keyingi oʻrinlarda — savdo zonasi) tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo zonasining faoliyat koʻrsatish muddatini keyinchalik uzaytirish imkoni bilan 30 yil etib belgilash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Savdo zonasi faoliyatini boshqarish vazifasi “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasiga (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo zonasini tashkil qilish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov boshchiligida shtab tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) savdo zonasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy texnologiyalar asosida mahsulotlarni qabul qilish, saqlash va saralash xizmatlari koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yagona darcha” va interaktiv mexanizmlar asosida bojxona, soliq, sertifikatlash, fitosanitariya, veterinariya, transport xizmatlari, mavjud infratuzilma va imkoniyatlarni oʻrgangan holda, bank va valyuta ayirboshlash, mobil aloqa hamda mijozlar uchun tibbiy, mehmonxona, avtotransport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish va boshqa xizmatlar yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faqat Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston Respublikasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar savdosi tashkil qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chakana savdo operatsiyalarini amalga oshirish huquqi berilgan “erkin bojxona zonasi” bojxona rejimi amal qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar harakatlanish hujjatlari asosida alohida nazorat oʻtkazish punkti orqali oʻtadi va ularning ortga qaytishiga faqat kirgan nazorat oʻtkazish punkti orqali ruxsat etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxslar, transport vositalari va yuklar erkin harakatlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) savdo zonasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotlar bojxona toʻlovlari toʻlanmasdan va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanmasdan olib kiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotlar savdo zonasi ishtirokchilari tomonidan “erkin bojxona zonasi” bojxona rejimiga rasmiylashtirish orqali joylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotlar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq olib kiriladi yoki olib chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turkmaniston va ushbu davlat orqali tashrif buyuruvchi chet el fuqarolari uchun maxsus nazorat oʻtkazish punkti orqali vizasiz tartibda, shaxsni tasdiqlovchi hujjat orqali kirish, 15 kun mobaynida hududda boʻlish va kirgan nazorat punkti orqali chiqish imkoniyati yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Direksiya Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda savdo zonasidagi bino va inshootlarni tadbirkorlik subyektlariga elektron onlayn auksion savdolari asosida ijaraga beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, ushbu qarorga asosan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining yer fondi toifasi oʻzgartirilishi bilan bogʻliq qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xorazm viloyati hokimligi Kadastr agentligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari qisqarib ketishining oldini olish maqsadida 2024-yil 1-iyulga qadar tegishlicha ushbu qaror bilan yer fondi toifasi oʻzgartirilayotgan sugʻoriladigan yer uchastkalari maydonining besh baravari miqdorida yangi yerlar oʻzlashtirilishini va sugʻoriladigan yerlar toifasiga oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi savdo zonasining bosh rejasi va unda joylashtiriladigan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda qurilishi bilan bogʻliq barcha xarajatlarni moliyalashtirish uchun Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan Direksiyaga 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga zarur mablagʻlarni ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan ajratiladigan mablagʻlar savdo zonasidagi obyektlarni ijaraga berish, sotish hamda Xorazm viloyati mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Oʻzbektelekom” AK, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl infratuzilmasi bilan taʼminlanishi lozim boʻlgan obyektlarning tasdiqlangan roʻyxati asosida 2024-yil 1-mayga qadar savdo zonasi hududida ishga tushiriladigan obyektlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kelishish ishlarini yakunlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Direksiya va Xorazm viloyati hokimligi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda savdo zonasining bosh rejasi hamda ikki oy muddatda savdo zonasida joylashtiriladigan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini taʼminlasin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi savdo zonasining bosh rejasini hamda quriladigan bino va inshootlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va qurish boʻyicha buyurtmachi etib belgilansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh reja va quriladigan bino va inshootlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha loyiha tashkiloti hamda pudrat tashkiloti belgilangan tartibda tanlov (tender) savdolariga asosan aniqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Xorazm viloyati hokimligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ hamda “Oʻzsuvtaʼminot” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda savdo zonasining 2024-2025-yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl infratuzilmasi bilan taʼminlanishi lozim boʻlgan obyektlarining manzilli dasturlarini savdo zonasining tasdiqlangan bosh rejasiga asosan shakllantirsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo zonasining tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish ishlarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-dekabrdagi “Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4929-son qaroriga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo zonasining tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish-taʼmirlash ishlari boʻyicha buyurtmachi vazifasini belgilash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5101-son qaroriga muvofiq amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Milliy gvardiya Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda savdo zonasi hududini qoʻriqlash, jamoat tartibini saqlash hamda chegara va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun talab etiladigan shaxsiy tarkib shtat birligini belgilash, uni moddiy-texnik jihatdan taʼminlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Xorazm viloyati hokimligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev hamda Xorazm viloyati hokimi J.R. Raximov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 28-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-90-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-fevraldagi PQ-90-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyatining Shovot tumanidagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkaziladigan yer maydonlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Hudud nomi

Yerdan foydalanuvchi nomi

Kontur raqami

Jami yer maydoni,

ga

Shundan

Tuproq bonitet bali

sugʻoriladigan yerlar

(ga)

boshqa yerlar,

(ga)

“Mahtumquli” MFY hududi

Tuman hokimligi zaxirasidagi yerlar

192q

0,2

0,2

61,6

193q

1,2

0,56

0,64

61,6

194q

1,7

1,7

61,6

Jami

3,1

2,46

0,64

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2024-y., 07/24/90/0164-son)