26.02.2024 yildagi PQ-87-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda raqamlashtirish sohasidagi xizmatlar eksportini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamli texnologiyalar sohasida faoliyat yurituvchi korxonalarning jahon bozorlariga chiqish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, raqamli texnologiyalarni qoʻllagan holda xizmatlar eksporti bilan shugʻullanuvchi xorijiy kompaniyalarni mamlakatimizga keng jalb etish, sohada eksport hajmini oshirishga qaratilgan qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (keyingi oʻrinlarda — IT-park) tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda IT-sanoatni rivojlantirish, aholini yuqori daromadli ish oʻrinlari va zamonaviy kasblar bilan taʼminlash, shuningdek, hududlarga IT-xizmatlar eksport qiluvchi korxonalarni keng jalb qilishga qaratilgan dasturni (Zero Risk) (keyingi oʻrinlarda — Dastur) joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy xizmatlar hajmida xizmatlar eksporti ulushi mahalliy bozor uchun koʻrsatilgan xizmatlar hajmiga nisbatan past boʻlgan IT xizmatlar koʻrsatish sohasida faoliyat yurituvchi korxonalarni xalqaro IT bozorga olib chiqish, ularning eksport faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha loyihani (Local to Global) (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) amalga oshirish.
(1-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentabrdagi PQ-286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 07/25/286/0832-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) umumiy xizmatlar hajmida xizmatlar eksporti ulushi mahalliy bozor uchun koʻrsatilgan xizmatlar hajmiga nisbatan yuqori boʻlgan ikki yoki undan ortiq xorijiy davlatda faoliyat yurituvchi tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasida yuridik shaxs sifatida faoliyatini yoʻlga qoʻygan hollarda, qonunchilikda belgilangan tartibda IT-park rezidenti maqomini berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, Dasturda ishtirok etuvchi korxonalarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) IT-parkning tavsiyanomasiga asosan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlari, Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi tashkilotlar hamda IT-park filiallarining davlat mulki boʻlgan boʻsh binolari va maydonlari (xonalari) bir yilgacha muddatga tekin foydalanish huquqi asosida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarining har chorakda yangilab boriladigan roʻyxatini IT-park direksiyasiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IT-park direksiyasi tomonidan zaruratga koʻra Dasturda ishtirok etuvchi korxonalar roʻyxati va ularni boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlariga bir yilgacha muddatga tekin foydalanish huquqi asosida tegishli maydonlardan samarali foydalanishni inobatga olgan holda joylashtirishni nazarda tutuvchi tavsiyanoma Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga yuboriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir yil muddat tugagandan soʻng Dasturda ishtirok etuvchi korxonalar bilan ularga tekin foydalanish huquqi asosida berilgan bino va maydonlar (xonalar) yuzasidan “E-auksion” elektron savdo platformasida bir metr kvadrat maydon uchun tegishli hudud boʻyicha shakllangan oʻrtacha ijara haqi miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IT park tomonidan Dasturda ishtirok etuvchi korxonalarning tadbirkorlik subyektlariga tegishli koʻchmas mulk obyektlarini oʻn ikki oygacha boʻlgan ijaraga olish xarajatlarini Dastur doirasidagi mablagʻlar hisobidan bir metr kvadrat maydon uchun tegishli hududda davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun belgilangan ijara toʻlovi miqdorining 2 barobaridan koʻp boʻlmagan miqdorda tadbirkorlik subyektlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish orqali qoplab berishga ruxsat etiladi.
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentabrdagi PQ-286-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 07/25/286/0832-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) IT-park tomonidan xarid qilingan yangi kompyuter, boshqa texnika va jihozlar bir yilgacha muddatga tekin foydalanish huquqi asosida, keyinchalik ular 3 oylik davrda foizsiz boʻlib toʻlash (xarid qilish) sharti bilan taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ish haqi xarajatlari mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlari soniga mutanosib ravishda bir yil muddatda 15 foizgacha miqdorda qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) inson resurslarini rivojlantirish yoʻnalishida bir kalendar yil davomida bitta korxonaning quyidagi xarajatlari qoplab beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish hamda boshqaruv xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish (shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni jalb qilish orqali) bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizgacha, lekin bazaviy hisoblash miqdorining 200 barobaridan koʻp boʻlmagan qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishga qabul qilish uchun malakali mutaxassislarni aniqlash boʻyicha xizmatlar xarajatlarining (mutaxassislar soniga mos ravishda) 50 foizgacha, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobaridan koʻp boʻlmagan qismi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, Dasturda quyidagi talablardan biriga mos keluvchi IT-park rezidenti maqomiga ega boʻlgan tashkilotlar ishtirok etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy xizmatlar hajmida xizmatlar eksporti ulushi mahalliy bozor uchun koʻrsatilgan xizmatlar hajmiga nisbatan yuqori boʻlgan tashkilotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalda 500 ming AQSH dollari va undan yuqori boʻlgan ekvivalentdagi eksport shartnomasiga ega boʻlgan tashkilotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yillik aylanmasi miqdori 1 million AQSH dollari ekvivalenti va undan yuqori boʻlgan xorijiy kompaniya taʼsischiligida tashkil etilgan yangi tashkilotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Loyiha doirasida IT-park rezidenti boʻlgan tashkilotlarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) eksport rejasini ishlab chiqish, istiqbolli xorijiy bozorlarni aniqlash va ularga chiqish talablarini oʻrgatish, mijozlarni topish, ular bilan muzokaralar olib borish, eksport hujjatlarini rasmiylashtirish, xizmatlar realizatsiyasidan keyingi bosqichdagi qoʻllab-quvvatlash jarayonlarini tashkil etish yoʻnalishlarida IT-park tomonidan bepul maslahat (eksport mentoring) xizmatlari koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) jahon bozoriga chiqish yoʻnalishidagi xarajatlarning 50 foizgacha qismi quyidagi chegaralangan miqdorlarda qoplab beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy ekspert maslahat xizmatlari uchun 10 ming AQSH dollari ekvivalentigacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro koʻrgazma va konferensiyalarda ishtirok etish uchun 5 ming AQSH dollari ekvivalentigacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy hamkorlar bilan biznes muzokaralar oʻtkazish maqsadida ularning mamlakatimizga tashrifini tashkil etish uchun amalda eksport qilgan xizmatlari hajmiga mos ravishda 1-ilovaga muvofiq 20 ming AQSH dollari ekvivalentigacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mamlakatlarga xizmat safari (transport va mehmonxona xarajatlari) uchun 5 ming AQSH dollari ekvivalentigacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) umumiy xodimlari sonining koʻpi bilan 50 foizi, lekin bir nafar xodim uchun bir kalendar yilda bir marotaba roʻyxati Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan nufuzli xalqaro platformalar va taʼlim yoʻnalishlarida oʻqish xarajatlarining yarmi qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) xodimlar malakasini oshirish maqsadida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasidagi nufuzli xalqaro taʼlim platformalarining eksport yoʻnalishida talab yuqori boʻlgan onlayn oʻquv kurslarida bepul oʻqish imkoniyati taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki, Loyiha doirasida IT-sohasida faoliyat koʻrsatuvchi korxonalarni jahon bozoriga olib chiqishga qaratilgan har bir yoʻnalish boʻyicha xarajatlar bir kalendar yilda faqat bir marotaba qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Raqamli texnologiyalar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining 2024-yil uchun raqamlashtirish sohasidagi xizmatlar eksporti boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarni 2-ilovaga muvofiq belgilash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov raqamlashtirish sohasidagi xizmatlar eksporti boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarga erishish uchun shaxsan masʼul va javobgar etib belgilansin hamda har oy yakuni boʻyicha bu borada koʻrilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasiga hisobot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov maqsadli koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlashga qaratilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va puxta ishlab chiqilishi hamda toʻliq hajmda amalga oshirilishi boʻyicha vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirsin va har oyda muhokama qilib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda IT-park direksiyasi tomonidan belgilanadigan talablarga mos boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini aniqlab, xatlovdan oʻtkazsin va xatlov natijalariga koʻra shakllantirilgan roʻyxatni IT-park direksiyasiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlari roʻyxati har chorakda yangilab borilishi taʼminlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yilda Dastur va Loyiha doirasida koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun IT-park mablagʻlari hisobidan 65 milliard soʻmgacha hamda Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan 35 milliard soʻmgacha mablagʻlar ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yildan boshlab Dastur va Loyiha doirasida koʻzda tutilgan chora-tadbirlar IT-park mablagʻlari hisobidan, yetmagan qismi esa Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastur va Loyiha doirasidagi arizalarni koʻrib chiqish va korxonalarning belgilangan mezonlarga muvofiqligini aniqlash, shuningdek, qoʻllab-quvvatlash choralari doirasini belgilash hamda tatbiq etish jarayonlari IT-parkning maxsus axborot tizimi orqali bepul amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Oʻzbekistonning IT-sohadagi salohiyatini jahon bozorida targʻib qilish, mamlakatimizga xorijiy kompaniyalarni hamda mahalliy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va IT-xizmatlar koʻrsatuvchi korxonalarga buyurtmalarni keng jalb qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2024-yilda Germaniya va Saudiya Arabistonida asosiy faoliyati mahalliy korxonalar uchun IT-xizmatlar boʻyicha buyurtmalarni jalb qilishga qaratilgan IT-park vakolatxonasi (filiali) faoliyatini alohida yuridik shaxs sifatida yoʻlga qoʻyish.
(9-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PQ-59-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2026-y., 07/25/59/0135-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda IT-park direksiyasiga xorijiy mamlakatlarda alohida yuridik shaxs sifatida tashkil etilgan vakolatxonalar (filiallar) faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun 2027-yil 1-yanvarga qadar har bir vakolatxona (filial)ga yiliga 500 ming AQSH dollari ekvivalentigacha moliyalashtirish uchun mablagʻ yoʻnaltirishga ruxsat berish.
(9-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PQ-59-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2026-y., 07/25/59/0135-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xorijiy mamlakatlarda muntazam ravishda, shu jumladan 2024-yilda AQSH va Germaniyada “Oʻzbekiston IT-kunlari” xalqaro tadbirlarini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) IT-park direksiyasiga quyidagi har bir yoʻnalish boʻyicha 200 ming AQSH dollari ekvivalentigacha miqdorda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamli texnologiyalar vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq chet el kompaniyalari (shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar) bilan Oʻzbekiston Respublikasi IT-salohiyatini xorijiy davlatlarda targʻib qilishga yoʻnaltirilgan prodyuserlik va reklama xizmatlari, xorijiy teleradiokompaniyalar hamda boshqa ommaviy axborot vositalarining reklamalari, reportajlari va boshqa roliklarini tayyorlash va translyatsiya qilish boʻyicha xizmatlari yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq xorijiy kompaniyalar bilan chet elda tadbirlar (koʻrgazmalar, anjumanlar, davra suhbatlari va seminarlar) tashkil qilish va ularda ishtirok etish boʻyicha, shuningdek, xorijiy konsalting kompaniyalari va chet ellik maslahatchilar bilan mamlakatimizda IT-sanoatni rivojlantirish hamda jahonda targʻib qilish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilansinki, Germaniya va Saudiya Arabistonida IT-park vakolatxonasi (filiali) faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun zarur mablagʻlar Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishilgan va IT-park tomonidan tasdiqlangan smetalar asosida yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, IT-park direksiyasi yil yakuni boʻyicha sarflangan xarajatlar yuzasidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga batafsil hisobot kiritib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Raqamli texnologiyalar vazirligi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastur va Loyiha ishtirokchilarini qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini nazarda tutuvchi nizom loyihasi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan birgalikda mazkur qarorning 9-bandi “v” kichik bandida koʻzda tutilgan tashkilotlar va maslahatchilar roʻyxatini tasdiqlasin hamda zaruratga koʻra yangilab borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha doirasida xarajatlari qoplanadigan ekspert maslahat xizmatlarini koʻrsatadigan xorijiy kompaniyalar hamda xalqaro koʻrgazma va konferensiyalar roʻyxatlarini eʼlon qilsin va yangilab borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tashqi ishlar vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IT-parkka Germaniya va Saudiya Arabistonida uning vakolatxonasi (filiali)ni tashkil etish boʻyicha zarur hujjatlarni rasmiylashtirish boʻyicha har tomonlama koʻmaklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu mamlakatlarda IT-park vakolatxonalari (filiallari) tashkil etilgandan soʻng ularning faoliyati ommaviy axborot vositalari hamda Internet tarmogʻida keng yoritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Raqamli texnologiyalar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda umumiy xizmatlar hajmida xizmatlar eksporti ulushi mahalliy bozor uchun koʻrsatiladigan xizmatlar hajmiga nisbatan yuqori boʻlgan ikki yoki undan ortiq xorijiy davlatda faoliyat yurituvchi tashkilot tomonidan xizmatlar koʻrsatish faoliyatini IT-park rezidentlari tomonidan amalga oshirish ruxsat etilgan faoliyat turlari roʻyxatiga kiritish yuzasidan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, IT-park bilan birgalikda Dastur va Loyihani keng ommalashtirish, hududlarda IT-sohadagi tashkilotlarni ularda ishtirok etish uchun keng jalb qilish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda ushbu qaror mazmuni va ahamiyatini ommaviy axborot vositalari, Internet tarmogʻi hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 26-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-87-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-fevraldagi PQ-87-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha (Local to Global) doirasida xorijiy hamkorlar bilan biznes muzokaralar oʻtkazish maqsadida ularning mamlakatimizga tashrifini tashkil etish boʻyicha IT-park rezidenti boʻlgan tashkilotlarning 50 foizgacha xarajatlarini qoplash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MIQDORLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Loyiha doirasida ishtirok etadigan IT-park rezidentining amalda eksport qilgan xizmatlari hajmi

Qoplab beriladigan xarajatlari miqdori

1.

200 ming AQSH dollari va undan yuqori ekvivalentda

20 ming AQSH dollari ekvivalentida

2.

150 ming AQSH dollaridan 200 ming AQSH dollarigacha ekvivalentda

15 ming AQSH dollari ekvivalentida

3.

100 ming AQSH dollaridan 150 ming AQSH dollarigacha ekvivalentda

10 ming AQSH dollari ekvivalentida

4.

50 ming AQSH dollaridan 100 ming AQSH dollarigacha ekvivalentda

5 ming AQSH dollari ekvivalentida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-fevraldagi PQ-87-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida raqamlashtirish sohasidagi xizmatlar koʻrsatishni rivojlantirishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hududlar va masʼul tashkilot

2024-yilda IT-xizmatlar eksporti rejasi

(mln dollarda)

shundan choraklar kesimida

(mln dollarda)

Ingliz tiliga oʻqitiladigan mutaxassislar soni

(soʻzlashuv boʻyicha S1 darajasida)

Nemis va boshqa tillarga oʻqitiladigan mutaxassislar soni

(B2 darajasida)

I chorak

II chorak

III chorak

IV chorak

Respublika boʻyicha

1 010

142,8

198

300

369,2

60 000

10 000

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

15

2

3

4,5

5,5

2 700

450

2.

Andijon viloyati

50

7,5

10

15

17,5

5 100

850

3.

Buxoro viloyati

40

6

8

12

14

3 300

550

4.

Jizzax viloyati

50

7,5

10

15

17,5

2 100

350

5.

Qashqadaryo viloyati

20

3

4

6

7

5 100

850

6.

Navoiy viloyati

20

2

4

6

8

2 400

400

7.

Namangan viloyati

20

2

3

6

9

5 100

850

8.

Samarqand viloyati

50

7,5

10

15

17,5

7 200

1 200

9.

Surxondaryo viloyati

20

2

4

6

8

4 500

750

10.

Sirdaryo viloyati

20

2

4

6

8

1 800

300

11.

Toshkent viloyati

35

5,3

7

10,5

12,2

6 600

1 100

12.

Fargʻona viloyati

20

3

4

6

7

6 600

1 100

13.

Xorazm viloyati

50

3

7

12

28

3 600

600

14.

Toshkent shahri

100

15

20

30

35

3 900

650

15.

IT-park

500

75

100

150

175

-

-

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.02.2024-y., 07/24/87/0156-son; 17.09.2025-y., 07/25/286/0832-son; 13.02.2026-y., 07/25/59/0135-son)