24.02.2024 yildagi PQ-85-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘nggi yillarda zargarlik sanoatini rivojlantirish va zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni kechiktirib to‘lash sharti bilan sotish tartibi joriy etilishi natijasida ularning barqaror faoliyat yuritishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratib berildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, qimmatbaho metallarni sotishda kechiktirib to‘lashning nisbatan uzoq muddati belgilanganligi qimmatbaho metallarni yetkazib beruvchi korxonalarning aylanma mablag‘laridan samarali foydalanish, shu jumladan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlarini cheklab qo‘ymoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni kechiktirib to‘lash sharti bilan sotish va zargarlik sohasida ish o‘rinlarini yaratgan tadbirkorlik subyektlariga qimmatbaho metallarni sotib olishda chegirmalar qo‘llash tartibini yanada takomillashtirish hamda ulardan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qimmatbaho metallarni kechiktirib to‘lash sharti bilan sotib olish imkoniyatidan foydalanilgan har bir kun uchun foizlar hisoblash tartibini joriy qilish, xususan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30 kun ichida amalga oshirilgan to‘lovlar qismiga — foiz hisoblamaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-kundan 180 kun ichida amalga oshirilgan to‘lovlar qismiga — Markaziy bank asosiy stavkasi miqdorida foiz hisoblash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qimmatbaho metallarni birja savdolarida chegirmalar qo‘llagan holda sotib oluvchi tadbirkorlik subyektlariga qo‘yiladigan mezonlarni belgilash, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yaratilgan ish o‘rinlarining kamida 70 foizini zargarlik buyumlari va qimmatbaho metall buyumlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan ishchilar kasblari tashkil etishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yaratilgan ish o‘rinlariga ishga qabul qilingan xodimlarga kamida olti oy davomida ish haqi hisoblanishi va ushbu holat soliq organlari tomonidan tasdiqlangan bo‘lishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlari zarur moddiy-texnika bazasi, uskunalar va boshqa texnika vositalari, ishlab chiqarish maydonlari hamda sharoitlarga ega bo‘lishini nazarda tutuvchi tartibni joriy qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 24-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-85-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-fevraldagi PQ-85-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-fevraldagi “Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4998-son qarorining 1-bandi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“kechiktirib to‘lash sharti bilan sotib olingan qimmatbaho metallar uchun to‘lovlarni amalga oshirganda, 30 kun ichida amalga oshirilgan to‘lovlar qismiga — foiz hisoblanmaydi, 31-kundan 180 kun (shu kuni ham) ichida amalga oshirilgan to‘lovlar qismiga — 30-kundan keyin kechiktirib to‘lash imkoniyatidan foydalanilgan kunlarga mos ravishda Markaziy bank asosiy stavkasi miqdorida foiz hisoblanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va mahalliy zargarlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-452-son qarorining 2-bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Belgilansinki, ushbu chegirmalardan foydalanadigan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining ro‘yxati quyidagi mezonlarni inobatga olgan holda shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan yaratilgan ish o‘rinlari soni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, ushbu ish o‘rinlarining kamida 70 foizini Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorida (MXSK — 08 bo‘yicha kodi 7313) belgilangan zargarlik buyumlari va qimmatbaho metall buyumlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan ishchilar kasblari tashkil etishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yaratilgan ish o‘rinlariga ishga qabul qilingan xodimlar bilan belgilangan tartibda mehnat shartnomasi tuzilganligi, ularga kamida olti oy davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining bir baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi hisoblanganligi hamda ushbu holat soliq organlari tomonidan tasdiqlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarida yuqori qo‘shilgan qiymatli zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnika bazasi, uskunalar va boshqa texnika vositalari, shuningdek, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish bo‘yicha belgilangan talablarga javob beradigan ishlab chiqarish maydonlari va sharoitlarining mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Qimmatbaho metallarni birja savdolarida sotishda chegirmalar berish uchun zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining ro‘yxatini shakllantirish va yuritish tartibini tasdiqlasin”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 07/24/85/0148-son)