12.02.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3496
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘i, 12.02.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3496
Kuchga kirish sanasi
13.02.2024
O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-son “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimi shakllantirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
a) 6-ilovadagi “vazirlik, davlat qo‘mitasi, idora” degan so‘zlar “vazirlik va idora” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) 11-ilovadagi “Vazirlik, davlat qo‘mitasi va idorasi” hamda “vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining” degan so‘zlar tegishli ravishda “Vazirlik va idora” hamda “vazirliklar va idoralarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.