1-ILOVA
|
Bosqichlar |
Masʼullar |
Tadbirlar |
Bajarish muddatlari | |||
|
|
|
|
| |||
|
1-bosqich |
Davlat organlari va tashkilotlari |
1. Biriktirilgan sohalar va tarmoqlardagi barcha normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazadi hamda mahalliy va xorijiy investorlar uchun belgilangan preferensiyalar va imtiyozlar roʻyxatini shakllantiradi. |
1-fevralga qadar | |||
|
2. Shakllantirilgan roʻyxatni mazkur roʻyxatdagi preferensiyalar va imtiyozlarning zarurati, asosligi va dolzarbligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kiritadi. |
1-martga qadar | |||||
|
2-bosqich |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan mahalliy va xorijiy investorlar uchun belgilangan preferensiyalar va imtiyozlarning roʻyxatini oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtiradi. |
10-martga qadar | |||
|
3-bosqich |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
Sohaga tegishli mahalliy va xorijiy investorlar uchun belgilangan preferensiya va imtiyozlarning zarurati, asosligi hamda dolzarbligini tanqidiy tahlil qilgan holda ushbu preferensiyalar va imtiyozlarni bekor qilish, qisqartirish yoki muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi takliflarni Mahalliy va xorijiy investorlarga berilgan preferensiyalar va imtiyozlarning dolzarbligini koʻrib chiqish boʻyicha ishchi guruhga (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) kiritadi. |
1-aprelga qadar | |||
|
4-bosqich |
|
Ishchi guruh |
Kiritilgan takliflarni koʻrib chiqadi hamda mahalliy va xorijiy investorlarga berilgan preferensiyalar va imtiyozlarni bekor qilish, qisqartirish yoki muddatini uzaytirishning maqsadga muvofiqligi boʻyicha xulosa qabul qiladi. |
1-mayga qadar | ||
|
|
||||||
|
5-bosqich |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
Ishchi guruh xulosasidan kelib chiqib, zarur xollarda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi, kelishadi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. |
1-iyulga qadar | |||
2-ILOVA
|
1. |
J.A. Xodjayev |
— |
Bosh vazirning oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari |
|
2. |
L.Sh. Kudratov |
— |
investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari |
|
3. |
A.D. Tashkulov |
— |
adliya vaziri |
|
4. |
Sh.X. Shermatov |
— |
raqamli texnologiyalar vaziri |
|
5. |
I.Y. Abdurahmonov |
— |
qishloq xoʻjaligi vaziri |
|
6. |
Sh.S. Xidoyatov |
— |
qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri v.v.b |
|
7. |
I.I. Norqulov |
— |
iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
8. |
Sh.D. Kudbiyev |
— |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi raisi |
|
9. |
A.A. Mavlonov |
— |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi raisi |
|
10. |
Lavozim boʻyicha |
— |
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi |
|
11. |
D.A. Vahobov |
— |
Savdo-sanoat palatasi raisi |
|
12. |
D.R. Li |
— |
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori |
|
13. |
A.V. Sim |
— |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi boshqarma boshligʻi, ishchi guruh kotibi |
3-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Amalga oshirish muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
1. |
Hududlarning investitsiya jozibadorligi reytingini yuritish. |
1. Hududlarning investitsiya jozibadorligi reytingini yuritish uchun zarur koʻrsatkichlar roʻyxatini shakllantirish. |
2024-yil mart |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) |
|
2. Reytingni hisoblash metodologiyasi va mezonlarini ishlab chiqish. |
2024-yil aprel |
|||
|
3. Hududlarning investitsiya jozibadorligi boʻyicha dastlabki reyting koʻrsatkichlarini shakllantirish. |
2024-yil may-iyun |
|||
|
4. Reytingni hisoblash va yuritishni raqamlashtirish hamda uni yuritish tartibini belgilash yuzasidan tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqish. |
2024-yil iyul-avgust |
|||
|
2. |
Xalqaro reytinglarda mamlakatimiz oʻrnini oshirish choralarini koʻrish. |
1. Fitch, Moodyʼs va S&P reyting agentliklarining savdo va investitsiya sohalaridagi hisobotlarini chuqur tahlil qilish. |
2024-yil mart |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) |
|
2. Mazkur reytinglar agentliklari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish chorasini koʻrish. |
2024-yil aprel |
|||
|
3. Ushbu reyting agentliklari tomonidan taqdim etiladigan savolnomalarga toʻliq va sifatli javob tayyorlash metodologiyasini ishlab chiqish. |
2024-yil may |
|||
|
3. |
Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida investitsiya va savdo yoʻnalishidagi nufuzli xorijiy platformalarga aʼzo boʻlish. |
1. Nufuzli xorijiy platformalarni tahlil etish va mamlakatimizga mos keladigan platformalar roʻyxatini shakllantirish. |
2024-yil mart |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) |
|
2. Shakllantirilgan roʻyxatdagi platformalarga aʼzo boʻlish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2024-yil aprel |
|||
|
4. |
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumini tashkil etish va yuqori saviyada oʻtkazish. |
Xorijning ilgʻor PR-kompaniyalar bilan Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumini yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha Forumning dasturi va chora-tadbirlar rejasi loyihasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2024-yil fevral |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) |
|
5. |
Investorlar bilan ishlashda zarur maʼlumotlar bazasini takomillashtirish. |
1. Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikda Toshkent viloyati hokimligining investorlar bilan ishlash faoliyatini tahlil etish. |
2024-yil fevral |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) |
|
2. Tahlil natijalariga asosan investorlar bilan ishlashda maʼlumotlar almashinuvi tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. |
2024-yil mart |
|||
|
6. |
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “Investitsiya siyosati tahlili” loyihasini boshlash boʻyicha tayyorgarlik koʻrish. |
1. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining maxsus platformasi orqali xorijiy davlatlarning investitsiya siyosati hisobotlarini tahlil qilish. |
2024-yil mart |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) |
|
2. “Investitsiya siyosati tahlili” loyihasini amalga oshirish boʻyicha Ishchi guruh tashkil etish. |
2024-yil aprel |
|||
|
3. Loyihani belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash yuzasidan “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish. |
2024-yil may |
|||
|
7. |
Kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish yuzasidan moliyalashtirish vositalarini kengaytirish. |
1. Kraudfanding, fortfeyting hamda faktoring moliyaviy vositalarini chuqur tahlil qilish. |
2024-yil mart |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) |
|
2. Mazkur vositalarni mamlakatimizda keng joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. |
2024-yil aprel |
|||
|
3. Ishlab chiqilgan takliflarni tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2024-yil may |
|||
|
8. |
Xorijiy va mahalliy investorlar faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida B2B (business to business) shakldagi hamkorlikni keng yoʻlga qoʻyish. |
1. B2B shakldagi hamkorlik boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish. |
2024-yil iyun |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) |
|
2. B2B shakldagi hamkorlikni keng yoʻlga qoʻyish maqsadida yirik xorijiy kompaniyalarni jalb etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2024-yil avgust |
|||
|
3. Amalga oshirilgan ishlar boʻyicha tahliliy maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2024-yil sentyabr |
|||
|
9. |
Mahalliy investorlarni ilmiy faoliyat natijalari bilan qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan S2B (Science to business) shaklda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. |
1. S2B shakldagi hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish. |
2024-yil mart |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) |
|
2. Oʻrganish natijalari asosida S2B shaklidagi hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
2024-yil aprel |
|||
|
3. Ilmiy faoliyat natijalariga asoslangan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, jumladan xususiy sektor, ilmiy tashkilot va tarmoq korxonalarining sheriklikdagi hamkorligini yoʻlga qoʻyish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. |
2024-yil may |
|||
|
10. |
Mamlakatimizning investitsiya muhitini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. |
1. Ishchi guruh tuzgan holda mamlakatimiz investitsiya muhitining mavjud holatini oʻrganish, tahlil qilish. |
2024-yil mart |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) |
|
2. Investitsiya muhiti yaxshilash boʻyicha xorijning ilgʻor tajribasini oʻrganish hamda hisobot tayyorlash. |
2024-yil aprel |
|||
|
3. Oʻrganish natijalari boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2024-yil may |