10.02.2024 yildagi 82-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand viloyatida jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan hamda Samarqand viloyatida jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand viloyatining Payariq tumani Xartang qishlog‘ida joylashgan Imom al-Buxoriy majmuasida keng ko‘lamdagi qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilayotganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-maydagi 415-son qaroriga asosan respublika budjeti va Abu-Dabi taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Samarqand shahrida avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar va tunnellarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda ta’mirlash ishlarini amalga oshirish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Samarqand viloyati hokimligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining viloyatda keng ko‘lamda qurilish va obodonlashtirish ishlarini davom ettirish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan jami 661 ta, shundan Imom al-Buxoriy majmuasi atrofidagi hududlarni obodonlashtirish uchun 121 ta hamda Abu Dabi taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida Samarqand shahrida ko‘prik, tunnellar va avtomobil yo‘llari qurilishini amalga oshirish uchun 540 ta ko‘chmas mulk obyektlari joylashgan yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda ko‘rsatilgan yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi hamda “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunlari talablariga qat’iy rioya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Samarqand viloyati hokimligi jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika maqsadli jamg‘armasidan (keyingi o‘rinlarda — Respublika jamg‘armasi) mablag‘ ajratish uchun talab etiladigan tegishli hujjatlarni bosqichma-bosqich Respublika jamg‘armasi kuzatuv kengashiga kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Respublika jamg‘armasi kuzatuv kengashining qaroriga asosan Respublika jamg‘armasidan Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha hududiy maqsadli jamg‘armaga (keyingi o‘rinlarda — hududiy jamg‘arma) zarur mablag‘larni Samarqand viloyati hokimligining talabnomasiga asosan bosqichma-bosqich ajratib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Samarqand viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika jamg‘armasidan hududiy jamg‘armaga ajratiladigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan tartibga qat’iy rioya qilgan holda mulkdorlarga to‘lab berilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika jamg‘armasidan ajratiladigan mablag‘larning sarflanishi haqida Respublika jamg‘armasi kuzatuv kengashiga yozma hisobot kiritib borilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasiga yer uchastkalari olib qo‘yilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlarni qoplash uchun ajratiladigan mablag‘larning maqsadli sarflanishi bo‘yicha belgilangan tartibda nazorat o‘rnatish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Qo‘chqorov hamda Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 10-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2024-y., 09/24/82/0114-son)