08.02.2024 yildagi PQ-65-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim sohasi obyektlarini barpo etishda buyurtmachi xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim sohasiga ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish va ularni iqtisod qilish, kelgusida maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarni saqlash xarajatlarini qisqartirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasini (keyingi o‘rinlarda — Kompaniya) tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-404-son qarori bilan tasdiqlangan 2024 — 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) doirasida Kompaniya maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarni (keyingi o‘rinlarda — obyektlar) qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi vazifasini bajarishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kompaniyaga Dastur doirasida tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida obyektlar uchun markazlashgan holda asosiy qurilish materiallari, jihozlar va konstruksiyalarni (qurilish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan mebel jihozlari va asbob-uskunalar bundan mustasno) xarid qilish huquqini berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarni qurish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika shtabi (keyingi o‘rinlarda — Respublika shtabi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar Respublika shtabining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkil etilayotgan Kompaniya faoliyatini yo‘lga qo‘yish, moliyalashtirish va saqlash, shu jumladan Kompaniya zimmasiga yuklangan funksiyalarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlar qurilishiga ajratilayotgan mablag‘lardan samarali foydalanish hamda ortiqcha xarajatlarni qisqartirish orqali mablag‘larni iqtisod qilish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kompaniya tomonidan obyektlar uchun markazlashgan holda qurilish materiallari, jihozlar va konstruksiyalarni xarid qilish hamda o‘z vaqtida yetkazib berishda yuzaga keladigan muammoli masalalarni tezkor hal etib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarda loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarini bajarish hajmi va muddatlari bo‘yicha doimiy ravishda Kompaniya va mas’ullarning hisobotini eshitib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastur doirasida iqtisod qilingan mablag‘lar hisobiga yangi va qo‘shimcha obyektlarni qurib, foydalanishga topshirish bo‘yicha manzilli dasturni tasdiqlash va ijrosini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlardagi qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlarining holatini har oyda muhokama qilib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Kompaniya obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xaridlarni amalga oshirish doirasida mahsulotlar va xizmatlarni topish va baholash, ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilar bilan muzokaralar olib borish hamda mahsulotlar sifatini pasaytirmagan holda tejamkor bitimlar tuzilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarid qilingan qurilish materiallari, jihozlar va konstruksiyalarni obyektlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib beradi hamda pudratchilarga topshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Kompaniya obyektlarning sifatini muntazam nazorat qilib borish maqsadida hududlar kesimida har beshta obyektga kamida bitta texnik nazorat xodimini biriktiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Kompaniyaga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlar uchun zarur bo‘lgan qurilish materiallari, jihozlar va konstruksiyalar ishlab chiqaruvchilar takliflari o‘rtacha birja narxlaridan 20 foiz arzon bo‘lgan taqdirda, istisno tariqasida, tender (tanlov) savdolarini o‘tkazmasdan, eng yaxshi takliflar orasidan tanlab olish orqali tovarlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asoslangan hisob-kitoblarga ko‘ra obyektlar uchun zarur bo‘lgan qurilish materiallari, jihozlar va konstruksiyalarni xarid qilish (yetkazib berish) uchun oldindan 30 foiz avans (bo‘nak) ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda zarur infratuzilmaga ega omborxonalar tashkil etish uchun tender (tanlov) savdolarini o‘tkazmasdan, eng yaxshi takliflar orasidan tanlab olish orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijara shartnomalarini tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markazlashgan holda yetkazib beriladigan qurilish materiallari, jihozlar va konstruksiyalardan tashqari, tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari doirasida zarur qo‘shimcha tovarlarni xarid qilish uchun, keyinchalik ularning qiymatini bajarilgan ishlar uchun hisob-kitob qilish sharti bilan bosh pudrat tashkilotlariga tegishli mablag‘larni ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy va xorijiy boshqaruvchi, maslahatchilarni (PMC — Project Management Consultancy) tender (tanlov) savdolarini o‘tkazmasdan, eng yaxshi takliflar orasidan tanlab olish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali jalb qilish huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Kompaniyaning faoliyatini moliyalashtirish, shu jumladan saqlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda mahalliy va xorijiy maslahatchilarni jalb qilish xarajatlari Dastur doirasida ajratilgan mablag‘larning 1 foizdan kam bo‘lmagan qismi hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Dastur doirasida avvalgi yillarda boshlangan yildan-yilga o‘tuvchi obyektlar bo‘yicha buyurtmachi funksiyalarini tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari bajaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) obyektlar bo‘yicha minimal reyting talablarini to‘g‘ri belgilash maqsadida ularning boshlang‘ich qiymati Kompaniya tomonidan xarid qilinadigan qurilish materiallari, jihozlar va konstruksiyalarning loyiha-smeta hujjatlaridagi qiymati bilan birga hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha pudrat tashkilotlari tanlovi uchun “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining elektron tender platformasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e’lon shartlarini belgilashda markazlashgan tartibda xarid qilinadigan qurilish materiallari, jihozlar va konstruksiyalar hajmi va qiymati Kompaniyaning xarajatlarini inobatga olgan holda alohida qator bilan joylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylashtirilgan e’lonlarda obyektlarning boshlang‘ich qiymatidan Kompaniya tomonidan xarid qilinadigan qurilish materiallari, jihozlar va konstruksiyalarning loyiha-smeta hujjatlaridagi qiymati ayriladi. Bunda, bosh pudratchining to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatga hisoblangan xarajatlari summasi to‘liq saqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) obyektlar hududidagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini ko‘chirish, shuningdek, ichimlik va oqova suv ta’minoti, elektr, gaz va aloqa tarmoqlarini tortib kelish tadbirlari tegishliligi bo‘yicha “O‘zsuvta’minot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ va “O‘zbektelekom” AK tomonidan mahalliy budjetlarda ushbu maqsadlarga mo‘ljallangan mablag‘lar hamda ularning qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarni loyihalashtirish, qurilish-montaj va moliyalashtirish ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bosh prokuror o‘rinbosari S.I. Samadov Dastur doirasida obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda 2024-yil yakuniga qadar obyektlarni qurish bo‘yicha o‘tkazilgan tajriba-sinov samaradorligi tahlili natijalaridan kelib chiqib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaruratga ko‘ra mazkur amaliyotni ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida boshqa soha obyektlariga nisbatan joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy va infratuzilma obyektlari qurilishiga oid qonunchilik hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilish uchun mas’ul va shaxsan javobgar etib qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi Sh.S. Hidoyatov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, vazifalar ijrosiga mas’ul vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimliklar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 8-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-65-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-fevraldagi PQ-65-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablar qurilishi ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RESPUBLIKA ShTABI TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A.N. Aripov

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Respublika shtabi rahbari

2.

J.A. Qo‘chqorov

Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Respublika shtabi rahbari o‘rinbosari

3.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari

4.

A.M. Boboyev

Hisob palatasi raisi

5.

S.I. Samadov

Bosh prokuror o‘rinbosari

6.

Sh.S. Hidoyatov

qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri v.v.b.

7.

X.U. Umarova

maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

8.

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

9.

I.R. Mahkamov

transport vaziri

10.

J.T. Mirzamahmudov

energetika vaziri

11.

A.D. Tashkulov

adliya vaziri

12.

A.J. Ortikov

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

13.

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

14.

F.J. Pulatov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktori

15.

M.B. Jumaniyazov

Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri, Respublika shtabi kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Respublika shtabi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-fevraldagi PQ-65-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarni loyihalashtirish, qurilish-montaj va moliyalashtirish ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ChORA-TADBIRLAR REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

“Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi” davlat muassasasining (keyingi o‘rinlarda — Kompaniya) rahbarlik lavozimlariga sohada yuqori tajriba va zamonaviy bilimlarga ega nomzodlar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2024-yil 20-fevral

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

2.

Kompaniyaning tuzilmasi, xarajatlar smetasi, shtatlar jadvali, ustavi va hududlarda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilangan tartibda tasdiqlash.

2024-yil 1-mart

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

3.

Kompaniyani to‘laqonli faoliyat yuritishi uchun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda uning hududiy bo‘linmalari binolarida zarur shart-sharoitlarga ega bo‘lgan xonalarga vaqtinchalik tekin foydalanish huquqi bilan joylashtirish.

2024-yil 1-mart

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

4.

Obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha bosh pudrat tashkiloti bilan tuziladigan namunaviy pudrat shartnomasi loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil 1-aprel

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi

5.

Kompaniya obyektlarida texnik nazoratni olib borishga shaharsozlik faoliyati sohasida kamida uch yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislar (texnik nazoratchilar)ni jalb qilish.

2024-yil 1-aprel

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

6.

Kompaniyaning obyektlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari qisqa muddatlarda ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash.

Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga qat’iy rioya etilishi ustidan davlat nazoratini o‘rnatish.

Doimiy ravishda

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi

7.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi “Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish instituti” DUKni jalb etgan holda yangi barpo etiladigan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablarining amaldagi loyihalarini qayta ko‘rib chiqish, energiya tejamkor qurilish materiallarini qo‘llagan holda namunaviy loyiha yechimlarini ishlab chiqish.

Bunda, bino va inshootlarga qo‘yiladigan minimal funksional va ekspluatatsiya talablarini, shu jumladan zamonaviy resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etish va obyektlardan foydalanish xarajatlarini optimallashtirishga alohida e’tibor qaratish.

2024-yil 1-aprel

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

8.

Obyektlar qurilishini moliyalashtirishda Kompaniya tomonidan yetkazib beriladigan qurilish materiallari, jihozlar va konstruksiyalar xaridi xarajatlari va pudrat tashkilotlarining qurilish-montaj ishlari proporsional ravishda moliyalashtirilishini tashkil etish.

Har oyda

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

9.

Dastur doirasida maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim sohasida ajratilgan mablag‘larning iqtisod qilingan qismini yangi va qo‘shimcha 330 o‘rinli umumta’lim maktablarini qurish va rekonstruksiya qilishga yo‘naltirish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritib borish.

2024-yil davomida, har oyda

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

10.

Qurilish materiallari, jihozlar va konstruksiyalar ishlab chiqaruvchilar tomonidan Kompaniya talabi asosida zarur mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish bo‘yicha tasdiqlangan balanslarga tegishli o‘zgartirishlar kiritish.

2024-yil 1-mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi,

“O‘zmetkombinat” AJ

11.

Yangi obyektlar qurilishi uchun ajratilgan yer uchastkalarini Kompaniyaga belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirish choralarini ko‘rish.

2024-yil 1-mart

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Kadastr agentligi

Tegishlicha “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari tomonidan obyektlarni loyiha-qidiruv va loyihalashtirish bilan bog‘liq barcha hujjatlar to‘plamining belgilangan tarti�da Kompaniyaga topshirilishini ta’minlash.

2024-yil 1-aprel

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2024-y., 07/24/65/0111-son)