Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
Avtomototransport vositalarida amaliy mashgʻulotlarni va imtihonlarni oʻtkazishga moʻljallangan oʻquv avtodromiga qoʻyiladigan talablarni tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 1-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3494]
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Avtomototransport vositalarida amaliy mashgʻulotlarni va imtihonlarni oʻtkazishga moʻljallangan oʻquv avtodromiga qoʻyiladigan talablar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Transport vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2024-yil 18-yanvar,
27-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi raisi X. BATIROV
2024-yil 10-yanvar
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil D. KASIMOV
2024-yil 10-yanvar
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2024-yil 9-yanvar
Transport vaziri I. MAXKAMOV
2024-yil 8-yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B. ZAKIROV
2024-yil 5-yanvar
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV
2023-yil 30-dekabr
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari K. KARIMOV
2024-yil 3-yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2024-yil 18-yanvardagi 27-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Avtomototransport vositalarida amaliy mashgʻulotlarni va imtihonlarni oʻtkazishga moʻljallangan oʻquv avtodromiga qoʻyiladigan
TALABLAR
Mazkur talablar avtomototransport vositalarida amaliy mashgʻulotlarni va imtihonlarni oʻtkazishga moʻljallangan oʻquv avtodromi (bundan buyon matnda oʻquv avtodromi deb yuritiladi) va uni jihozlashga doir qoidalarni belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu talablarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
oʻquv avtodromi — haydovchilikka nomzod uchun avtomototransport vositalarida amaliy mashgʻulotlarni va imtihonlarni oʻtkazishga moʻljallangan, yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalari bilan jihozlangan, umumiy foydalanishdagi yoʻllardan ajratilgan yopiq hududdagi maxsus maydoncha;
taʼlim tashkilotlari — avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar.
2. Taʼlim tashkilotlari tomonidan oʻquv avtodromidan haydovchilikka nomzodlar bilan avtomototransport vositalarida amaliy mashgʻulotlar va imtihonlarni oʻtkazish uchun foydalaniladi.
2-bob. Oʻquv avtodromiga qoʻyiladigan talablar
3. Oʻquv avtodromida quyidagi ketma-ketlikdagi elementlar mavjud boʻlishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
“A” va “A1” toifalari uchun “Harakatni boshlash (Start)”, “Ilon izi”, “Tor yoʻlak”, “Tezlashish-sekinlashish”, “Gabaritli yarim aylana”, “Gabaritli koridor”, “Past tezlikda harakatlanish”, “Gabaritli sakkiz”, “Harakatni yakunlash (Finish)”;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2026-yil 20-yanvardagi 22-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3494-1, 26.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2026-y., 10/26/3494-1/0080-son)
“B”, “C”, “D” toifalar uchun “Harakatni boshlash (Start)”, “Piyodalar oʻtish joyi”, “Toʻxtash va tik balandlikka koʻtarilish (Estakada)”, “90 gradus burchak ostida burilishlar”, “Tor joyda qayrilib olish uchun boksga kirish”, “Harakat tartibga solingan chorraha”, “Ilon izi”, “Orqaga harakatlanib parallel toʻxtash (Parkovka)”, “Temir yoʻl kesishmasi” (Tartibga solinmagan), “Tezlashish boʻlagi”, “Avariya holatda toʻxtash”, “Harakatni yakunlash (Finish)”;
“BE”, “CE”, “DE” toifalar uchun “Harakatni boshlash (Start)”, “Orqa bortni platformaga qoʻyish”, “Platformadan yoʻlga chiqish”, “Gabaritli koridorda orqa tomonga toʻgʻri chiziqda harakatlanish”, “Harakatni yakunlash (Finish)”.
4. Haydovchilikka nomzodning avtomototransportni boshqarish boʻyicha amaliy koʻnikmalarini shakllantirish uchun oʻquv avtodromida oʻlchami kamida 50x15 m boʻlgan, asfalt yoki sement beton bilan qoplangan maydoncha boʻlishi zarur.
5. Oʻquv avtodromida:
Oldingi tahrirga qarang.
mazkur talablarning 1-ilovasida nazarda tutilgan “A” va “A1” toifalari uchun mashqlarni bajarishga moʻljallangan maydoncha oʻquv avtodromining ixtiyoriy qismida joylashtirilishi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2026-yil 20-yanvardagi 22-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3494-1, 26.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2026-y., 10/26/3494-1/0080-son)
mazkur talablarning 2-ilovasida nazarda tutilgan “B”, “C”, “D” toifalar uchun mashqlarni bajarishga moʻljallangan maydoncha oʻquv avtodromining ixtiyoriy qismida joylashtirilishi;
mazkur talablarning 3-ilovasida nazarda tutilgan “BE”, “CE” va “DE” toifalar uchun mashqlarni bajarishga moʻljallangan maydoncha umumiy (bitta) maydonchada joylashtirilishi;
avtomototransport vositalarining harakatlanish sxemasi (amaliy mashgʻulotlar va imtihonlarni bajarish ketma-ketligi) halqasimon yoʻnalishda boʻlishi, bunda “Harakatni boshlash (Start)” va “Harakatni yakunlash (Finish)” bir yoki bir-biriga yaqin joyda, qolgan elementlar esa ularning oraligʻida joylashtirilishi;
“90 gradus burchak ostida burilishlar”, “Chorraha”, “Ilon izi”, “Tor joyda qayrilib olish uchun boksga kirish”, “Orqaga harakatlanib parallel toʻxtash (parkovka)” elementlari oʻquv avtodromining markaziy qismlarida joylashtirilishi;
elementlar har bir amaliy mashgʻulotlarni alohida bajarish imkonini beradigan tarzda joylashtirilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
“A” va “A1” toifalari, “B”, “C”, “D” toifalar hamda “BE”, “CE” va “DE” toifalarga ajratilgan maydonchalar bir-biridan ajratilgan boʻlishi kerak.
(5-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2026-yil 20-yanvardagi 22-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3494-1, 26.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2026-y., 10/26/3494-1/0080-son)
3-bob. Oʻquv avtodromini jihozlashga doir talablar
6. Oʻquv avtodromining avtomototransport vositalariga moʻljallangan yoʻllari asfalt yoki sement beton bilan qoplangan, shuningdek suv toʻplanib qolishining oldini olish imkonini beradigan holatda boʻlishi kerak.
7. Oʻquv avtodromining avtomototransport vositalariga moʻljallangan yoʻllari svetofor, yoʻl belgilari, yoʻl chiziqlari, tik balandlikka koʻtarilish qurilmalari (estakada) bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Bunda, avtomototransport vositalari yon tomonga tushib ketishining oldini olish maqsadida tik balandlikka koʻtarilish qurilmalarining (estakadaning) yon tomonlari toʻsiq (maxsus konstruksiyalar) bilan jihozlanishi lozim.
8. Oʻquv mashgʻulotlarini masofadan nazorat qilish, haydovchilikka nomzodlarning xato va kamchiliklarini tahlil qilish uchun oʻquv avtodromi audio va videokuzatuv tizimi bilan jihozlanishi lozim.
9. Oʻquv avtodromi unga begona shaxslar va hayvonlar kirishining oldini olish maqsadida 2,0 metrdan kam boʻlmagan balandlikdagi devor yoki panjara (metall toʻsiq) bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
10. Oʻquv avtodromida uning hududiga avtomototransport vositalari va piyodalarning kirib-chiqishi uchun asosiy va zaxira yoʻllari mavjud boʻlishi, shuningdek ularda oʻrnatiladigan temir panjarali darvozalar tashqari tomonga yoki yonga ochilishi kerak.
11. Oʻquv avtodromida haydovchilikka nomzodlar uchun qulay boʻlgan joyda quyidagi maʼlumotlar keltirilgan axborot stendi yoki elektron monitor oʻrnatiladi:
oʻquv avtodromining umumiy sxemasi, unda avtomototransport vositalarining harakatlanish yoʻnalishi, ruxsat etilgan tezligi va toʻxtab turish joyi;
oʻquv avtomototransport vositalarini amaliy boshqarish mashqlarining ketma-ketligi;
amaliy mashgʻulotlarni bajarish uchun oʻquv avtodromiga kelgan haydovchilikka nomzodlarning piyoda harakatlanish, ushbu mashgʻulotlarda oʻz navbatini kutib turish, boshqa haydovchilikka nomzodlar bajarayotgan mashqlarni kuzatib turish joylari;
favqulodda holatlarda hududni tark etish sxemasi va xavfsizlik texnikasi talablariga doir maʼlumotlar.
12. Oʻquv avtodromiga kirish va chiqish yoʻlining kengligi yengil avtomobillar va mototransport vositalari uchun 3,0 metrdan, yuk avtomobillari va avtobuslar uchun 4,0 metrdan kam boʻlmasligi kerak.
13. Oʻquv avtodromiga kirish yoʻlining boshlanishida 3.2 “Harakatlanish taqiqlangan”, darvozasida esa 3.24 “Yuqori tezlik cheklangan (5 km/s)” yoʻl belgilari oʻrnatiladi.
14. Oʻquv avtodromi hududida tungi yoritgichlar oʻrnatilgan, bino va inshootlar yongʻin xavfsizligi talablariga mos, shuningdek ichimlik suvi va hojatxona boʻlishi kerak.
15. Oʻquv avtodromining avtomototransport vositalariga moʻljallangan yoʻllarining oʻlchamlariga qoʻyiladigan talablar mazkur talabning 4-ilovasida koʻrsatilgan.
16. Oʻquv avtodromining elementlari avtotransport vositalarining tarkiblari va gabarit oʻlchamlaridan kelib chiqib, loyihalashtiriladi.
17. Oʻquv avtodromi hududiga mastlik holatida (alkogol, giyohvandlik vositalar va psixotrop moddalar isteʼmol qilgan holda) yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soladigan darajadagi charchoqlik va betoblik holatida boʻlgan shaxslar kiritilmaydi.
18. Oʻquv avtodromi hududida taʼlim tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlanadigan texnika xavfsizligi qoidalariga doir yoʻriqnomaga amal qilinishi kerak.
Bunda, haydovchilikka nomzodlar oʻqishga qabul qilingan kunning oʻzida ushbu yoʻriqnoma bilan taʼlim tashkiloti masʼul xodimi tomonidan tanishtiriladi.
19. Oʻquv avtodromida haydovchilikka nomzodlar bilan oʻtkaziladigan oʻquv mashgʻulotlari taʼlim tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadigan jadvalga asosan amalga oshiriladi.
4-bob. Yakuniy qoida
20. Mazkur talablarning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Avtomototransport vositalarida amaliy mashgʻulotlarni va imtihonlarni oʻtkazishga moʻljallangan oʻquv avtodromiga qoʻyiladigan talablarga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
“A” va “A1” toifalari uchun mashqlarni bajarishga moʻljallangan
MAYDONCHA
( 1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2026-yil 20-yanvardagi 22-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3494-1, 26.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2026-y., 10/26/3494-1/0080-son)

Avtomototransport vositalarida amaliy mashgʻulotlarni va imtihonlarni oʻtkazishga moʻljallangan oʻquv avtodromiga qoʻyiladigan talablarga
2-ILOVA
2-ILOVA
“B”, “C”, “D” toifalar uchun mashqlarni bajarishga moʻljallangan
MAYDONCHA

Avtomototransport vositalarida amaliy mashgʻulotlarni va imtihonlarni oʻtkazishga moʻljallangan oʻquv avtodromiga qoʻyiladigan talablarga
3-ILOVA
3-ILOVA
“BE”, “CE” va “DE” toifalar uchun mashqlarni bajarishga moʻljallangan
MAYDONCHA

Avtomototransport vositalarida amaliy mashgʻulotlarni va imtihonlarni oʻtkazishga moʻljallangan oʻquv avtodromiga qoʻyiladigan talablarga
4-ILOVA
4-ILOVA
Oʻquv avtodromining avtomototransport vositalariga moʻljallangan yoʻllarining oʻlchamlariga qoʻyiladigan
TALABLAR
Oldingi tahrirga qarang.
1-bob. “A” va “A1” toifalari uchun mashqlarni bajarishga moʻljallangan maydonchaning oʻlchamlariga qoʻyiladigan talablar
( 1-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2026-yil 20-yanvardagi 22-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3494-1, 26.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2026-y., 10/26/3494-1/0080-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. “A” va “A1” toifalari uchun mashqlarni bajarishga moʻljallangan oʻquv avtodromi (bundan buyon matnda oʻquv avtodromi deb yuritiladi) maydonchasining chegara chiziqlari sariq rangda va 1.4 — yoʻl yotiq chizigʻi bilan belgilanadi.
( 1-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2026-yil 20-yanvardagi 22-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3494-1, 26.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2026-y., 10/26/3494-1/0080-son)
2. Oʻquv avtodromi yoʻlining chetki qismlari oq rangda va 1.1 — yoʻl yotiq chizigʻi bilan belgilanadi.
3. Oʻquv avtodromi yoʻlining boshi va oxiri, shuningdek uzatmalar pogʻonasini oʻzgartirish chegara chizigʻi kengligi 0,10 metr boʻlgan uzuq-uzuq sariq rangdagi chiziq bilan belgilanishi kerak.
“START”, “STOP” va “FINISH” chiziqlarining kengligi 0,4 metr, uzunligi mos ravishda oq rangda va 1.1 — yoʻl yotiq chizigʻi bilan belgilanadi.
“START” va “FINISH” yozuvlari bilan oʻquv avtodromi yoʻlining oraligʻidagi masofa 1 metrni, shuningdek ushbu yozuvlarning uzunligi 0,6 metrni tashkil etadi.
4. Oʻquv avtodromining avtomototransport vositalariga moʻljallangan yoʻllari oʻlchamlarining sxemalari mazkur talablarning 1 — 9-mashqlarida nazarda tutilgan.
1-mashq. “Harakatni boshlash (START)” maydoni

2-mashq. “Gabaritli koridor” maydoni

3-mashq. “Gabaritli yarim aylana” maydoni

4-mashq. “Tezlanish-sekinlashish” maydoni

5-mashq. “Ilon izi” maydoni

6-mashq. “Tor yoʻlak” maydoni

7-mashq. “Past tezlikda harakatlanish” maydoni

8-mashq. “Gabaritli sakkiz” maydoni

9-mashq. “Harakatni yakunlash (FINISH)” maydoni

2-bob. “B”, “C” va “D” toifalar uchun mashqlarni bajarishga moʻljallangan maydonchaning oʻlchamlariga qoʻyiladigan talablar
5. “B”, “C” va “D” toifalar uchun mashqlarni bajarishga moʻljallangan oʻquv avtodromi (bundan buyon matnda oʻquv avtodromi deb yuritiladi) maydonchasining chegara chiziqlari oq rangda va 1.1 — yoʻl yotiq chizigʻi bilan belgilanadi.
6. Oʻquv avtodromi yoʻlining kengligi (4-mashq “90 gradusga burilish”, 5-mashq “Ilon izi boʻylab harakatlanish”, 6-mashq “Qayrilib olish va avtomobilni parkovka qilish” va 7-mashq “Orqaga harakatlanib transportni parallel parkovka qilish” maydonchalaridan tashqari) 1.1 — yoʻl yotiq chizigʻi bilan chegaralanadi va 3,0 metrdan kam boʻlmasligi kerak.
Oʻquv avtodromi yoʻlining chetidagi toʻsiqlarning ichki tomonidan 1.1 yoki 1.4 — yoʻl yotiq chiziqlarigacha boʻlgan oraliq masofa 0,1 metrdan kam boʻlmasligi lozim.
7. Oʻquv avtodromi yoʻlining boshlanish va tugallanish maydoni chegarasi chizigʻining kengligi 0,1 yoki 0,2 metr boʻlgan uzuq-uzuq sariq rangli chiziq bilan belgilanadi.
8. “START”, “STOP” va “FINISH” chiziqlarining kengligi 0,4 metr, uzunligi mos ravishda oq rangda va 1.1 — yoʻl yotiq chizigʻi bilan belgilanadi.
9. “START” va “FINISH” yozuvlari bilan oʻquv avtodromi yoʻlining oraligʻidagi masofa 1 metrni, shuningdek ushbu yozuvlarning uzunligi 0,6 metr yoki 1 metrni tashkil etadi.
10. Mashqning “START” chizigʻidan boshlab 10,0 metr masofada 3.243 — “Yuqori tezlik cheklangan” (20 km/soat) yoʻl belgisi oʻrnatiladi.
Mashqning “START” chizigʻidan boshlab 10 metrdan kam boʻlmagan masofada mashqni tugallash uzuq-uzuq sariq rangli chiziq chiziladi.
1-mashq. “Harakatni boshlash (START)” maydoni

11. “Toʻxtash va tik balandlikka koʻtarilish (estakada)” mashq maydoni estakadasining qiyaligi 10 yoki 16,0 foizgacha boʻylama qiyalikka ega boʻlishi kerak, bunda koleyali (temir) estakadadan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
12. Yoʻlning qatnov qismining har bir tomonida “Toʻxtash va tik balandlikka koʻtarilish (estakada)” mashq maydoni balandligi 0,3 yoki 0,5 metr va qalinligi 0,3 metrdan kam boʻlmagan himoyalovchi toʻsiqlar oʻrnatiladi.
13. Tik balandlikka koʻtarilishning oxirigacha 1,0 metr masofada eni 0,4 metr boʻlgan 1.12 “Toʻxtash chizigʻi” chiziladi.
Tik balandlikka koʻtarilishning boshlanishidan oldin 3,0 m masofada 1.14 “Tik balandlik” yoʻl belgisi oʻrnatiladi. Tik nishablikka tushishning boshlanishidan 3,0 metr oldin 1.13 “Tik nishablik” yoʻl belgisi oʻrnatiladi.
2-mashq. “Toʻxtash va tik balandlikka koʻtarilish (Estakada)” maydoni

14. Piyodalar oʻtish joyiga 5.16.1 va 5.16.2 “Piyodalar oʻtish joyi” yoʻl belgilari oʻrnatiladi.
3-mashq. “Piyodalar oʻtish joyi” maydoni

15. Mashqni bajarishni boshlash chizigʻidan oldin 1.12.1 (1.12.2) “Xavfli burilishlar” yoʻl belgilari bilan jihozlanadi.
4-mashq. “90 gradus burchak ostida burilishlar” maydoni
(“B” toifa uchun “90 gradus burchak ostida burilishlar” maydoni)
(“B” toifa uchun “90 gradus burchak ostida burilishlar” maydoni)

4-mashq. “90 gradus burchak ostida burilishlar” maydoni
(“C”, “D” toifa uchun “90 gradus burchak ostida burilishlar” maydoni)
(“C”, “D” toifa uchun “90 gradus burchak ostida burilishlar” maydoni)

V — avtomobilning gabarit kengligi, metr;
D — avtomobilning gabarit uzunligi, metr.
16. Mashqni bajarishni boshlash chizigʻidan oldin 1.12.1 (1.12.2) “Xavfli burilishlar” yoʻl belgilari bilan jihozlanadi.
5-mashq. “Ilon izi” maydoni
(“B” toifa uchun “Ilon izi” maydoni)
(“B” toifa uchun “Ilon izi” maydoni)

5-mashq. “Ilon izi” maydoni
(“C”, “D” toifa uchun “Ilon izi” maydoni)
(“C”, “D” toifa uchun “Ilon izi” maydoni)

17. Mashqning boshlanish va tugallanish chiziqlari oldida oʻquv avtodromining umumiy sxemasiga asosan tegishli yoʻl belgilari oʻrnatiladi.
6-mashq. “Tor joyda qayrilib olish uchun boksga kirish” maydoni
(“B” toifa uchun “Tor joyda qayrilib olish uchun boksga kirish” maydoni)
(“B” toifa uchun “Tor joyda qayrilib olish uchun boksga kirish” maydoni)

6-mashq. “Tor joyda qayrilib olish uchun boksga kirish” maydoni
(“C”, “D” toifa uchun “Tor joyda qayrilib olish uchun boksga kirish” maydoni)
(“C”, “D” toifa uchun “Tor joyda qayrilib olish uchun boksga kirish” maydoni)

V — avtomobilning gabarit kengligi, metr;
D — avtomobilning gabarit uzunligi, metr;
S — orqa oʻqdan avtomobilning orqa gabaritigacha boʻlgan masofa, metr.
18. Mashqni boshlash chizigʻida 5.15 “Toʻxtab turish joyi”, 7.4.1 yoki 7.4.3 “Transport vositasining turi” va 7.6.1 “Transport vositasini toʻxtab turish joyiga qoʻyish usuli” yoʻl belgilari oʻrnatiladi.
7-mashq. “Orqaga harakatlanib parallel toʻxtash (parkovka)” maydoni
(“B” toifa uchun “Orqaga harakatlanib parallel toʻxtash (parkovka)” maydoni)
(“B” toifa uchun “Orqaga harakatlanib parallel toʻxtash (parkovka)” maydoni)

7-mashq. “Orqaga harakatlanib parallel toʻxtash (parkovka)” maydoni
(“C”, “D” toifa uchun “Orqaga harakatlanib parallel toʻxtash (parkovka)” maydoni)
(“C”, “D” toifa uchun “Orqaga harakatlanib parallel toʻxtash (parkovka)” maydoni)

V — avtomobilning gabarit kengligi, metr;
D — avtomobilning gabarit uzunligi, metr;
K — oldingi gʻildirak koleyasi, metr.
19. Chorrahada burilish radiuslari “B” toifadagi avtotransport vositalari uchun — 4,0 metrdan katta, “C” va “D” toifalaridagi avtotransport vositalari uchun 6,0 metrdan katta boʻlishi kerak.
Chorrahadagi yoʻl chiziqlari va yoʻl belgilari oʻquv avtodromining umumiy sxemasiga asosan oʻrnatiladi.
Chorrahaning toʻrt tomoniga 1.14.1 (1.14.2) yoʻl yotiq chiziqlari chiziladi. Piyodalar oʻtish joyi kamida 1,0 m masofada, 1.12 yoʻl yotiq chizigʻi esa 0,4 metr kenglikda chiziladi.
8-mashq. “Harakat tartibga solingan chorraha” maydoni

20. Temir yoʻl kesishmasidan oldin 2,0 metrdan kam boʻlmagan masofada eni 0,4 metr boʻlgan 1.12 — “Toʻxtash” yoʻl yotiq chizigʻi chiziladi. Temir yoʻl kesishmasidan oldin 1.2, 1.3.1, 2.5 yoʻl belgilari oʻrnatiladi.
9-mashq. “Tartibga solinmagan temir yoʻl kesishmasi” maydoni

21. Yoʻlning toʻgʻri yoʻnalishdagi qatnov qismida tezlashish uchun 4.6 “Eng kam tezlik” (20 km/soat), 3.24 “Yuqori tezlik cheklangan” (40 km/soat) va sekinlanish uchun 3.24 “Yuqori tezlik cheklangan” (20 km/soat) yoʻl belgilari kamida 40 metr uzunlikdagi masofalarda joylashtiriladi.
10-mashq. “Tezlashish boʻlagi” maydoni

11-mashq. “Avariya holatda toʻxtash” maydoni
22. “Avariya holatda toʻxtash” mashqi uchun ajratilgan maydon boshqa mashqlar uchun ajratilgan maydondan alohida boʻlishi kerak.
23. “Harakatni yakunlash (Finish)” mashqi hududi uzunligi 10 metrdan kam boʻlmasligi kerak.
“Harakatni yakunlash (Finish)” chizigʻidan soʻng avtotransport vositalari uchun toʻxtab turish joyi boʻlishi zarur.
12-mashq. “Harakatni yakunlash (FINISH)” maydon

3-bob. “BE”, “CE”, “DE” toifalari uchun mashqlarni bajarishga moʻljallangan maydonchaning oʻlchamlariga qoʻyiladigan talablar
24. Oʻquv avtodromining nazorat chiziqlari 1.4 — yoʻl yotiq chiziqlari bilan belgilanadi.
Oʻquv avtodromining boshlangʻich va yakuniy chiziqlarining kengligi 0,10 metr boʻlgan sariq uzuq-uzuq chiziq bilan belgilanadi.
25. “START” va “FINISH” chiziqlarini kengligi 0,4 metr boʻlgan oq chiziq bilan belgilanadi.
Start chizigʻidan keyin 1,0 metr masofada “START” yozuvi belgilanadi.
“Harakatni yakunlash (Finish)” chizigʻidan keyin 1,0 metr masofada “FINISH” yozuvi belgilanadi.
26. “BE”, “CE”, “DE” toifalari uchun mashqlarni bajarishga ajratilgan maydon quyidagi sxemada nazarda tutilgan:

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2024-y., 10/24/3494/0090-son; 27.01.2026-y., 10/26/3494-1/0080-son)