1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish tartibini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazir o‘rinbosarlarining Kadastr agentligi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha vazifalarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadastr, geodeziya va kartografiya sohasida kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 18-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-16-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6061-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 3-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Belgilansinki, Kadastr agentligi faoliyatining yer hisobini yuritish, mazkur sohada vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan faol ishlash bo‘yicha yo‘nalishlari Bosh vazir o‘rinbosari A.J. Ramatov, moliyaviy faoliyati Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov tomonidan muvofiqlashtiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 5-bandning oltinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda — Milliy geoaxborot tizimi)” so‘zlari “Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimida (UZKAD)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidagi “Milliy geoaxborot tizimiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimiga (keyingi o‘rinlarda — Milliy geoaxborot tizimi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchi xatboshidan “, tuman (shahar) yer kadastri daftari” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, erga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6243-son Farmonining 10-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidagi “yer maydonida noqonuniy qurilgan imoratlarni bartaraf etish” so‘zlari “yer maydonini qaytarish va/yoki unda noqonuniy qurilgan imoratlarni buzish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-76-son Farmoniga 5-ilovaning 42-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“
42.
“Raqamli hudud” dasturi doirasida Raqamli rivojlanish departamenti so‘roviga asosan quyidagi ma’lumotlarning dolzarbligini ta’minlagan holda muntazam ravishda qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etib borilishini yo‘lga qo‘yish:
1) ma’muriy-hududiy birliklar, mahalla fuqarolar yig‘inlari chegaralari, ko‘chmas mulk obyektlari, ularning yer uchastkalari chegaralarining raqamli xaritalari;
2) Davlat kartografiya-geodeziya fondida va boshqa tashkilotlarda saqlanayotgan aerosuratlar, kosmik suratlar va ular asosida yaratilgan ortofotoplanlar, shuningdek boshqa arxiv xaritalar;
3) Davlat kadastrlari yagona tizimi ma’lumotlari.
2023-yil avgustdan doimiy
Kadastr agentligi, Raqamli rivojlanish departamenti
-
“Raqamli hudud” dasturi doirasida Raqamli rivojlanish departamenti aktual ma’lumotlar bilan ta’minlanadi.
”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4819-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kadastr agentligiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Kadastr agentligi direktori boshchilik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosarlari iqtisodiyot va moliya vaziri tavsiyasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadastr agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari iqtisodiyot va moliya vaziri bilan kelishilgan holda Kadastr agentligi direktorining tavsiyasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat kadastrlari palatasi raisi va uning o‘rinbosarlari iqtisodiyot va moliya vaziri bilan kelishilgan holda, Kadastr agentligining tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari, Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallari boshliqlari, Kadastr agentligi tizimidagi boshqa tashkilotlar rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari (“Respublika aerogeodeziya markazi” DK, “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK, Davlat kartografiya-geodeziya fondi, “Kartografiya” davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi, Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi), shuningdek, ularning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmalari xodimlari Kadastr agentligi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat kadastrlari palatasi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestrini, davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi;”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-357-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 11-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-avgustdagi “Uchinchi shaxslarga soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish chora-tadbirlari haqida”gi 529-son qarorida” so‘zlari “tegishlicha Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 186-son, 2021-yil 19-avgustdagi “Uchinchi shaxslarga soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish chora-tadbirlari haqida”gi 529-son hamda 2022-yil 18-oktabrdagi “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, kadastr sohasidagi ayrim ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 610-son qarorlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomlanishidagi “2022-2023-yillarda” so‘zlari “2022 — 2024-yillarda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-pozitsiyaning “Muddati” ustunidagi “2023-yil aprel” hamda “2023-yil iyun” so‘zlari tegishlicha “2024-yil aprel” hamda “2024-yil dekabr” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-405-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2023-yil 1-yanvardan” so‘zlari “2026-yil 1-yanvardan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Belgilansinki, 2026-yil 1-yanvardan boshlab tegishli huquqlari kadastr organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini saqlash xarajatlari Davlat budjeti hamda vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari manbalari hisobidan moliyalashtirilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 5-ilova quyidagi mazmundagi 9 — 11-pozitsiyalar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“
9.
Geografik obyektlarga nom berish tartibini yanada takomillashtirish.
Kadastr sohasida oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayonlari va ishlab chiqarishdagi uzviylikni ta’minlash maqsadida Kadastr agentligining tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlarda tegishlicha oliy ta’lim muassasalari kafedralarining amaliyot filiallarini ochish.
1. Kadastr agentligining tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi quyidagi tashkilotlarda tegishlicha oliy ta’lim muassasalari kafedralarining amaliyot filiallarini ochish:
a) “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti kafedrasi filialini — Respublika aerogeodeziya markazida;
b) O‘zbekiston milliy universiteti kafedrasi filialini — Davlat kadastrlari palatasida;
v) Toshkent davlat texnika universiteti kafedrasi filialini — Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmasida;
g) Termiz muhandislik-texnologiya instituti kafedrasi filialini — Respublika aerogeodeziya markazining Surxondaryo hududlararo bo‘linmasida;
d) Guliston davlat universiteti kafedrasi filialini — Davlat kadastrlari palatasining Sirdaryo viloyati boshqarmasida;
e) Qoraqalpoq davlat universiteti kafedrasi filialini — Respublika aerogeodeziya markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘linmasida;
j) Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti kafedrasi filialini — Davlat kadastrlari palatasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasida;
z) Farg‘ona politexnika instituti kafedrasi filialini — Respublika aerogeodeziya markazining Farg‘ona hududlararo bo‘linmasida;
i) Urganch davlat universiteti kafedrasi filialini — Respublika aerogeodeziya markazining Xorazm hududlararo bo‘linmasida;
k) Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti kafedrasi filialini — Respublika aerogeodeziya markazining Samarqand hududlararo bo‘linmasida.
Amaliy chora-tadbirlar
2024-yil mart
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Kadastr agentligi
2. Kafedralar amaliyot filiallarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shu jumladan o‘lchash vositalari, texnika va mebel bilan jihozlash.
Amaliy chora-tadbirlar
2024-yil may
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Kadastr agentligi
11.
Kadastr sohasida oliy ta’lim muassasalari va Kadastr agentligining tizim tashkilotlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Oliy ta’lim va ishlab chiqarishdagi uzviylikni ta’minlash maqsadida Agentlikning hududiy tuzilmalarida tegishlicha oliy ta’lim muassasalari kafedralarining amaliyot filiallarini ochish ishlarini amalga oshirish.
Hamkorlik shartnomalari
2024-yil mart
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Kadastr agentligi
”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)