1-ILOVA
1. | A. Abduxakimov | — | ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri, Idoralararo ishchi guruh rahbari |
2. | B. Saidov | — | tashqi ishlar vaziri |
3. | Sh. Shermatov | — | raqamli texnologiyalar vaziri |
4. | B. Yuldashev | — | Fanlar akademiyasi prezidenti |
5. | K. Karimov | — | oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari |
6. | O. Fazilkarimov | — | iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari |
7. | N. Xolbo‘tayev | — | Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri |
9. | F. Abduxalikov | — | Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori |
10. | R. Kurbanov | — | Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi |
11. | S. Saidov | — | O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi |
12. | A. Eminov | — | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori |
13. | Sh. Sirojiddinov | — | Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori |
14. | J. Eltazarov | — | “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti prorektori, Idoralararo ishchi guruh mas’ul kotibi |
2-ILOVA
Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbai | Ijro uchun mas’ullar | |
I. “Uzacademy” Internet platformasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va uni takomillashtirish | |||||
1. | “O‘zbek akademiyasi” (“Uzacademy”) Internet platformasi (keyingi o‘rinlarda — Platforma) faoliyatini tashkil qilish. Bunda: Platformada ta’lim olish istagini bildirgan xorijiy foydalanuvchilarning onlayn-arizalarini qabul qilish; xorijda o‘zbek tili va madaniyati bo‘yicha tahsil olayotgan o‘quvchi-yoshlar va talabalar hamda ilmiy izlanish olib borayotgan professor-o‘qituvchilarning yagona bazasini shakllantirish; Platformani zaruriy axborot, o‘quv qo‘llanma, adabiyot, audio va videomateriallar bilan to‘ldirish; Platforma faoliyatini doimiy texnik qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ ajratish tartibini belgilash nazarda tutiladi. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil aprel | - | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Karimov), Turizm qo‘mitasi (U. Shadiyev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
2. | Platformada ta’lim beradigan o‘qituvchilarga ish haqi to‘lash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil may | - | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Karimov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fazilkarimov) |
3. | Platformaga atoqli kinoijodkorlar tomonidan yaratilgan eng sara filmlarni joylashtirib borish, shuningdek, xorijiy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda o‘zbek tili hamda madaniyati o‘qitiladigan “O‘zbekshunoslik” (“Uzbek Studies”) kafedralarini ushbu filmlar bilan (ingliz va rus tillarida subtitrlari bilan) ta’minlab borish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil maydan boshlab doimiy ravishda | Kinematografiya agentligiga davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar | Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Karimov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) |
4. | Platformani oliy ta’lim tashkilotlari va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining raqamli kutubxonalari bilan integratsiya qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil avgust-oktabr | - | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Karimov), Turizm qo‘mitasi (U. Shadiyev), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi (U. Teshabayeva), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), tizimida oliy ta’lim tashkilotlari bo‘lgan vazirlik va idoralar |
5. | Platforma orqali onlayn darslar, ma’ruza va taqdimotlar o‘tkazish jadvalini ishlab chiqish. | Dars jadvalini tuzish | 2024-yil apreldan boshlab har yili aprel oyida | - | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Karimov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Turizm qo‘mitasi (U. Shadiyev) |
6. | Platformada O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston tarixi”, “Madaniyat va ma’rifat” telekanallari ko‘rsatuvlarini namoyish qilib borish imkoniyatini yaratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil iyuldan boshlab doimiy ravishda | Ijrochilar mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Karimov), Turizm qo‘mitasi (U. Shadiyev), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev) |
7. | Platformada “Yangi O‘zbekiston — uning tarixi, buguni va kelajagi” mavzusida taqdimot o‘tkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil iyundan boshlab doimiy ravishda | - | Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Karimov), Turizm qo‘mitasi (U. Shadiyev) |
II. Xorijiy mamlakatlarning ta’lim va ilmiy muassasalarida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining markazlari (keyingi o‘rinlarda — markazlar) hamda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining “O‘zbekshunoslik” (“Uzbek Studies”) kafedralarini (keyingi o‘rinlarda — kafedralar) tashkil qilish va rivojlantirish | |||||
8. | Xalqaro tajribani o‘rgangan holda har bir markaz va kafedra faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun talab etiladigan jihozlar, o‘quv-qo‘llanmalar va adabiyotlarning standart to‘plami ro‘yxatini tuzish va tasdiqlash. | Standart to‘plam ro‘yxatini shakllantirish | 2024-yil mart | - | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Karimov), Turizm qo‘mitasi (U. Shadiyev), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev) |
9. | Markazlar va kafedralarda tashkil etiladigan mashg‘ulotlar o‘quv rejasi hamda o‘tkaziladigan tadqiqotlar mavzularini ishlab chiqish va tasdiqlash. | O‘quv reja va tadqiqotlar mavzularini shakllantirish | 2024-yil martdan boshlab doimiy ravishda | - | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Karimov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev) |
10. | Markazlar va kafedralarni tashkil etish imkoniyati mavjud bo‘lgan xorijiy mamlakatlar va ulardagi ta’lim (ilmiy) tashkilotlari ro‘yxatini shakllantirish. | Axborot-tahliliy ma’lumot | 2024-yil mart | - | Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Karimov) |
11. | Markazlar va kafedralarda xorijiy mamlakatlarning yetakchi universitetlari bilan hamkorlikda quyidagilar orqali ilmiy-tadqiqot va ta’lim dasturlarini kuchaytirish: qisqa intensiv ma’ruzalar tashkil qilish; qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish; yosh tadqiqotchilarga o‘qish va tadqiqot olib borish imkoniyatini taqdim etish (ilmiy daraja olish maqsadida). | Chora-tadbirlar rejasi | 2024-yil fevral | - | Ishlab chiqish uchun — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Karimov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Turizm qo‘mitasi (U. Shadiyev) Amalga oshirish uchun — markazlar va kafedralar, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Tarix instituti |
12. | O‘zbek tili va adabiyotini o‘rganayotgan xorijlik talabalarning taniqli o‘zbek yozuvchi hamda shoirlar bilan uchrashuvlarini tashkil etish, ular ishtirokida “Adabiy kecha” va “She’riy mushoira” kabi tadbirlar o‘tkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil martdan boshlab doimiy ravishda | Davlat budjeti, Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Karimov), Turizm qo‘mitasi (U. Shadiyev), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
13. | Platforma, markazlar va kafedralar faoliyatini xorijiy mamlakatlarda keng targ‘ib qilish maqsadida broshyura, buklet va boshqa tarqatma targ‘ibot materiallarini tayyorlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil martdan boshlab doimiy ravishda | Davlat budjeti, Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Karimov), Turizm qo‘mitasi (U. Shadiyev), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
14. | Platforma, markazlar va kafedralarda O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama munosabatlariga bag‘ishlangan ma’ruzalarni tashkil qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil apreldan boshlab doimiy ravishda | - | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Karimov), Turizm qo‘mitasi (U. Shadiyev), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |