13.01.2024 yildagi 24-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Respublika davlat taʼlim muassasalarida oʻquvchi va talabalarga oʻquv-uslubiy filmlar yordamida dars oʻtish tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-300-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-300-son qarorida taʼlim muassasalarida oʻquvchi va talabalarga oʻquv-uslubiy filmlar yordamida dars oʻtish tizimini joriy etish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Respublika davlat taʼlim muassasalarida dars oʻtish uchun foydalaniladigan oʻquv-uslubiy filmlarni ishlab chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi (keyingi oʻrinlarda — Kinematografiya agentligi) 2024-yil 1-aprelga qadar oʻquv-uslubiy filmlar portali va mobil ilovasini yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq har yili 50 tagacha oʻquv-uslubiy film ishlab chiqariladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv-uslubiy filmlar ishlab chiqarish hamda oʻquv-uslubiy filmlar portali va mobil ilovasini yaratish xarajatlari uchun mablagʻlar davlat buyurtmasiga asosan milliy kino mahsulotlarini yaratish uchun har yili Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Madaniyat vazirligiga ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari doirasida ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi uchun oʻquv-uslubiy filmlarni ishlab chiqarish bilan bogʻliq xarajatlar ushbu vazirlikning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kinematografiya agentligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika davlat taʼlim muassasalarida dars oʻtishda foydalaniladigan oʻquv-uslubiy filmlarni yuqori saviyada tayyorlash hamda oʻquvchi va talabalarga yetkazib berish boʻyicha tizimli ishlarni yoʻlga qoʻysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv-uslubiy filmlarni tayyorlashda kinoijodkorlar va taʼlim sohasi mutaxassislarining oʻzaro hamkorligini tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bir oy muddatda respublika davlat taʼlim muassasalarida oʻquv-uslubiy filmlar yordamida dars oʻtish tizimini joriy etish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov, maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.U. Umarova hamda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari K.X. Karimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 13-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-yanvardagi 24-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika davlat taʼlim muassasalarida dars oʻtish uchun foydalaniladigan oʻquv-uslubiy filmlarni ishlab chiqarish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom davlat oliy taʼlim, oʻrta maxsus, professional hamda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida (keyingi oʻrinlarda — taʼlim muassasalari) dars oʻtish uchun foydalaniladigan oʻquv-uslubiy filmlarni (keyingi oʻrinlarda — filmlar) ishlab chiqarish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Filmlar mavzulari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — vazirliklar) tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi (keyingi oʻrinlarda — Kinematografiya agentligi) buyurtmasiga asosan vazirliklar tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq har yili 50 tagacha film ishlab chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan davlat buyurtmasiga asosan taʼlim muassasalarida dars oʻtishda foydalaniladigan oʻquv-uslubiy filmlarni ishlab chiqarish xarajatlari uchun ajratiladigan mablagʻlar boʻyicha xarajatlar smetasini tuzish, tasdiqlash, roʻyxatdan oʻtkazish va unga oʻzgartirishlar kiritish budjet qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Taʼlim muassasalarida dars oʻtishda foydalaniladigan oʻquv-uslubiy filmlarni ishlab chiqaruvchilar davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq xarid qilish tartib-taomillari natijalariga koʻra aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Filmlarni ishlab chiqarish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Filmlar mavzularini belgilash va ishlab chiqarish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirliklar tomonidan har yili 30-yanvarga qadar filmlarning tasdiqlangan mavzulari roʻyxati Kinematografiya agentligiga taqdim etiladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
filmlarning mavzulari oʻquvchi va talabalar oʻzlashtirishi murakkab boʻlgan fanlar, ularning asoslari, mavzulari (formula, teorema, qonuniyatlari) asosida shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir filmga vazirliklar tomonidan masʼul konsultantlar (ekspert, oʻqituvchi, soha mutaxassisi) biriktiriladi hamda ular filmlarni ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
filmlarning mavzulari roʻyxati ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan namunaviy shaklga muvofiq tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Kinematografiya agentligi tomonidan har yili 30-aprelga qadar 10 — 15 daqiqalik filmlarning adabiy ssenariylari va xarajatlar smetasi tayyorlanadi, ijodiy guruhlar shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Kinematografiya agentligining Badiiy kengashi va Ekspertlar kengashi tomonidan vazirliklar tomonidan taqdim etilgan roʻyxat asosida har yili 1-iyunga qadar filmlarning adabiy ssenariysi va xarajatlar smetasi koʻrib chiqiladi va ular yuzasidan tegishli xulosa beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kinematografiya agentligining Badiiy kengashi va Ekspertlar kengashi tarkibiga vazirliklar vakillari kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquv-uslubiy filmlarning adabiy ssenariysi va xarajatlar smetasini koʻrib chiqish Kinematografiya agentligining Badiiy kengashi va Ekspert kengashi toʻgʻrisidagi nizomlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Kinematografiya agentligi tomonidan har yili 30-iyunga qadar filmlarni ishlab chiqarish boʻyicha davlat buyurtmalari shakllantiriladi va filmlarni ishlab chiqaruvchilar bilan shartnomalar tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Filmlar davlat buyurtmasi asosida uni ishlab chiqaruvchilar tomonidan yil yakuniga qadar ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Filmlarni koʻrib chiqish va qabul qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ishlab chiqarish yakunlangan filmlarni koʻrib chiqish va qabul qilish boʻyicha Kinematografiya agentligida kengaytirilgan Badiiy kengash (keyingi oʻrinlarda — Kengash) tashkil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash vazirliklar va Kinematografiya agentligi vakillaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Filmlar Kengashning ijobiy xulosasi berilgan taqdirda, uning qarori asosida qabul qilinadi. Kengashning salbiy xulosasi boʻlgan taqdirda, film qayta ishlash uchun qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Filmlardan taʼlim muassasalarida dars oʻtish jarayonida foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Filmlar Kinematografiya agentligi tomonidan yaratiladigan oʻquv-uslubiy filmlar portali va uning mobil ilovasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika davlat taʼlim muassasalarida dars oʻtish uchun foydalaniladigan oʻquv-uslubiy filmlarni ishlab chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Respublika davlat taʼlim muassasalarida dars oʻtish uchun foydalaniladigan oʻquv-uslubiy filmlarni ishlab chiqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Filmlarning mavzulari roʻyxatini shakllantiradi hamda Kinematografiya agentligiga taqdim etadi

Har yili 30-yanvarga qadar

2-bosqich

Kinematografiya agentligi

Filmlarning adabiy ssenariylari va xarajatlar smetasini tayyorlaydi, ijodiy guruhlarni shakllantiradi

Har yili 30-aprelga qadar

3-bosqich

Kinematografiya agentligining Badiiy kengashi va Ekspertlar kengashi

Filmlarning adabiy ssenariysi va xarajatlar smetasini koʻrib chiqadi, xulosa beradi

Har yili 1-iyunga qadar

4-bosqich

Kinematografiya agentligi

Filmlarni ishlab chiqarish boʻyicha davlat buyurtmalarini shakllantiradi, shartnomalar tuzadi

Har yili 30-iyunga qadar

5-bosqich

Filmlarni ishlab chiqaruvchilar

Filmlarni ishlab chiqarishni yakunlaydi

Yil yakuniga qadar

6-bosqich

Kinematografiya agentligining kengaytirilgan Badiiy kengashi

Filmlarni koʻrib chiqadi va qabul qiladi (yoki rad etadi).

Rad etilgan filmlar qayta ishlash uchun qaytariladi.

Yil davomida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika davlat taʼlim muassasalarida dars oʻtish uchun foydalaniladigan oʻquv-uslubiy filmlarni ishlab chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika davlat taʼlim muassasalarida dars oʻtish uchun foydalaniladigan oʻquv-uslubiy filmlar mavzulari roʻyxatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY SHAKLI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Film mavzusi

Mavzu tavsifi

Masʼul konsultant

(F.I.O., bogʻlanish maʼlumoti)

1.

2.

3.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 09/24/24/0035-son)