03.01.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3028-8
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qarori, 03.01.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3028-8
Kuchga kirish sanasi
03.01.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 3-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3028-8]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi hamda “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/21-son qarori (roʻyxat raqami 3028, 2018-yil 29-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2018-y., 10/18/3028/1418-son) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais M. NURMURATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 25-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39/3-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 25-noyabrdagi 39/3-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“11. Mazkur Yoʻriqnoma maqsadlari uchun tijorat banki, bank va bank filiali deganda qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda xos raqam (bank kodi)ga ega boʻlgan tijorat banki filiallari, amaliyot boshqarmalari, bank xizmatlari ofislari (markazlari) va boshqa alohida boʻlinmalar tushuniladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 18-bandning birinchi xatboshidagi “hisobi Oʻzbekiston Respublikasi banklarida kassa amallarining buxgalteriya hisobini yuritish qoidalariga (roʻyxat raqami 1602, 2006-yil 24-iyul)” degan soʻzlar “oʻtkazmalari hisobi Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga (roʻyxat raqami 3336, 2021-yil 26-noyabr)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 83-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda, mazkur ish kuni mobaynida qayta sanash kassasining nazoratchisi tomonidan yuk xatlari bank boʻlinmasining buxgalteriya boʻlimiga topshirilishi hamda buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshirilishi lozim.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 219-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“aylanma kassadagi xorijiy davlatlarning naqd valyutalari qoldiqlarini 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvaragʻidagi har bir xorijiy valyuta qoldigʻiga hamda mazkur Yoʻriqnomaning 32-ilovasida keltirilgan 121-shakldagi naqd chet el valyutasi va chet el valyutasidagi toʻlov hujjatlari qoldigʻini qayd etish kitobi va 32a-ilovasida keltirilgan 121A-shakldagi eskirgan naqd chet el valyutalari qoldigʻini qayd etish kitobida qayd etilgan yozuvlarga mos kelishini;”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 296-band quyidagi mazmundagi ikkinchi — yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda, shubhali naqd pullar Markaziy bankning inkassatsiya xizmati orqali kuzatuv xatiga ilova qilingan holda, konvertga solinib, muhrlangan holatda yuboriladi hamda yuborilgan shubhali naqd pullar Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi HKKMga kirim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul qilingan va yuborilgan shubhali naqd pullar boʻyicha Markaziy bankning bosh boshqarmalari XHKM tomonidan tegishli buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bankning Naqd pul muomalasini tashkil etish departamenti tomonidan shubhali naqd pullar tegishli farmoyish asosida “Davlat belgisi” DUKga ekspertizadan oʻtkazish uchun yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat belgisi” DUK tomonidan oʻtkazilgan ekspertiza natijalariga koʻra, naqd pullar haqiqiy deb topilsa, ekspertiza xulosasi ushbu naqd pullarni ekspertizaga yuborgan Markaziy bankning bosh boshqarmasi HKKMga va Naqd pul muomalasini tashkil etish departamentiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haqiqiy deb topilgan naqd pullar kuzatuv xatiga ilova qilingan holda, konvertga solinib, muhrlangan holatda Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi HKKMga yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat belgisi” DUK tomonidan shubhali naqd pullar “haqiqiy emas” yoki “qalbaki” deb topilgan hollarda, kuzatuv xati orqali ekspertiza xulosasi va shubhali naqd pullar konvertga solinib, muhrlangan holatda Ichki ishlar boʻlinmalariga xabar berish uchun naqd pullarni yuborgan Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmasi HKKMga joʻnatiladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirdagi 32a-ilova bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga
32a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

121A-shakl

________________________________________

(bank / filial nomi)

‎ESKIRGAN NAQD ChET EL VALYUTALARI
‎‎QOLDIGʻINI QAYD ETISh
‎K I T O B I

20__ yil “___” _________________ da boshlandi.
20__ yil “___” _________________ da yakunlandi.

Eskirgan nakd chet el valyutalarining nomlari

Eskirgan naqd chet el valyutalarining qoldiqlari
‎(nominal qiymatlari boʻyicha)

___.___ 20__

___.___ 20__

___.___ 20__

___.___ 20__

___.___ 20__

AQSh dollari
Yevro
...
Boshqaruvchi:
Bosh buxgalter:
Kassa mudiri:

(imzolar)

(imzolar)

(imzolar)

(imzolar)

(imzolar)

”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.01.2024-y., 10/24/3028-8/0024-son)