28.12.2023 yildagi PQ-415-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirishni jadallashtirish hamda ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish va axborot tizimlari yagona kompleksini joriy etish, boshqaruv jarayonidagi ortiqcha tartib-taomillarini qisqartirish, aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish qamrovini kengaytirish, tibbiyot xodimlarining ish samaradorligini oshirish, shuningdek, ushbu yo‘nalishda qabul qilingan raqamli transformatsiya dasturlarini samarali amalga oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sog‘liqni saqlash vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi “IT-Med” davlat muassasasini tugatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tugatilayotgan “IT-Med” davlat muassasasining vazifa va funksiyalarini “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator — “UZINFOCOM” MChJ (keyingi o‘rinlarda — Yagona integrator) zimmasiga yuklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “IT-Med” davlat muassasasining asosiy vazifa va funksiyalari o‘tkazilishi munosabati bilan quyidagilarni Yagona integratorning qo‘shimcha vazifalari etib belgilash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilg‘or xalqaro tajriba asosida sog‘liqni saqlash tizimida biznes jarayonlarini raqamlashtirish orqali maqbullashtirish va soddalashtirish hamda bu boradagi mexanizmlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimlarining yagona kompleksini joriy etish va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ularning boshqa davlat organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyasini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot va farmatsevtika sohasida raqamli texnologiyalar va kommunikatsiyalar siyosati va standartlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan axborot tizimlarini rivojlantirish va xorijiy moliya tashkilotlari tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarning texnik-iqtisodiy parametrlari, konsepsiyalari, shuningdek, boshqa loyiha va loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan vazifalarni ro‘yobga chiqarish maqsadida investorlar, biznes hamkorlar va autsorsing xizmatlarini jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) “IT-Med” davlat muassasasi tomonidan amalga oshirilayotgan joriy loyihalar bo‘yicha, shu jumladan tuzilgan shartnomalar doirasida huquq va majburiyatlarni to‘liqligicha Yagona integratorga o‘tkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Milliy raqamli sog‘liqni saqlash tizimini samarali tashkil etish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, Davlat budjeti parametrlarida sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish va axborot tizimlarining yagona kompleksini joriy etish bo‘yicha mablag‘lar ajratishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi “IT-Med” davlat muassasasi tugatilishi munosabati bilan ishdan bo‘shaydigan xodimlarni qonunchilikda belgilangan tartibda ishga joylashtirish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-maydagi “Sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-140-son qaroriga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi va “KfW” banki o‘rtasida tuzilgan bitimlar asosida “Raqamli sog‘liqni saqlash islohotlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi (keyingi o‘rinlarda — Loyiha) amalga oshirilayotganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha doirasida Raqamli sog‘liqni saqlash platformasi (keyingi o‘rinlarda — Platforma) ishlab chiqilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Loyiha doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Platformani yaratish bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi etib — Sog‘liqni saqlash vazirligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operator hamda uni yaratish, joriy etish, texnik qo‘llab-quvvatlash va axborot xavfsizligini ta’minlashga mas’ul etib — Yagona integrator;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Platformani yaratish, joriy etish, texnik qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish manbasi etib — Loyihani amalga oshirish doirasida “KfW” bankining qarz va boshqa mablag‘lari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikadagi barcha tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlari, shu jumladan dorixonalar majburiy tartibda bosqichma-bosqich Platformaga ulanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sog‘liqni saqlash sohasidagi axborot tizimlari, resurslari va boshqa dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish majburiy tarzda Yagona integrator bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan boshlab raqamli sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish va saqlab turish maqsadida Platformada qayd etilgan har bir sug‘urta va boshqa holatlar (shu jumladan, imtiyozli yo‘llanmalar) bilan bog‘liq ma’lumotlarni ishlash va qayta ishlash uchun Yagona integratorga Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasidan davlat tibbiyot muassasalariga to‘lanadigan mablag‘larning 0,3 foiz miqdorida komissiya to‘lovi ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Yagona integratorga Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining rezidenti maqomini saqlab qolgan holda, istisno tariqasida, davlat tibbiyot muassasalari ehtiyojlari uchun apparat va dasturiy komplekslarni, axborot tizimlarini, muhandislik infratuzilmasini, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun uskunalar, butlovchi qismlar, texnologik hujjatlar va dasturiy ta’minotni yetkazib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda davlat tibbiyot muassasalariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha va texnik hujjatlarni tayyorlash, dasturiy-apparat komplekslari, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar va muhandislik infratuzilmalarini ishlab chiqish, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun uskunalar, butlovchi qismlar, texnologik hujjatlar va dasturiy ta’minotni yetkazib berish bo‘yicha Yagona integrator bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturiy-apparat komplekslari, axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar va muhandislik infratuzilmasi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish doirasida uskunalar, butlovchi qismlar, texnologik hujjatlar va dasturiy ta’minotni yetkazib berish va tegishli xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha Yagona integrator bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha 100 foiz oldindan to‘lovni amalga oshirish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-maydagi “Sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-140-son qarori 2-bandining to‘rtinchi xatboshisi “muvofiq” so‘zidan keyin “tasdiqlansin” so‘zi bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Raqamli texnologiyalar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib sog‘liqni saqlash vaziri A.Sh. Inoyatov va raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini nazorat qilish va ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 28-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-415-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-dekabrdagi PQ-415-son qaroriga

1-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Milliy raqamli sog‘liqni saqlash tizimini samarali tashkil etish chora-tadbirlari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Moliyalashtirish manbasi

Loyiha qiymati

Mas’ul vazir o‘rinbosari

1.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami faoliyatini avtomatlashtirish talablarini ishlab chiqish, “Elektron poliklinika” axborot tizimini takomillashtirish.

1. Birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalaridagi mavjud axborot tizimlarini o‘rganib chiqish va ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan axborot tizimlariga texnik talablarni shakllantirish.

2024-yil may

Davlat budjeti mablag‘lari

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Pekos),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

2. Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish.

2024-yil avgust

3. Birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

2025-yil fevral

2.

“Elektron shifoxona” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

1. Statsionar tibbiyot muassasalaridagi mavjud axborot tizimlarini o‘rganib chiqish va ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan axborot tizimlariga texnik talablarni shakllantirish.

2024-yil iyun

Davlat budjeti mablag‘lari

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Pekos),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

2. Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish.

2024-yil sentyabr

3. Statsionar tibbiyot muassasalari axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

2025-yil fevral

3.

Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyatini avtomatlashtirish.

1. Markazlarda mavjud axborot tizimlarini o‘rganib chiqish va ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan axborot tizimlariga texnik talablarni shakllantirish.

2024-yil dekabr

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Pekos),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

2. Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish.

2025-yil fevral

3. Axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

2025-yil sentyabr

4.

Sog‘liqni saqlash vazirligining mobil ilovasini takomillashtirish.

1. Mobil ilovadagi interaktiv xizmatlarni xatlovdan o‘tkazish.

2024-yil mart

Xalqaro moliya institutlari kreditlari, Davlat budjeti mablag‘lari

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Pekos),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

2. Xatlov yakunlari yuzasidan mobil ilovada yangi interaktiv xizmatlarni ishlab chiqish.

2024-2025-yillar

5.

Respublika raqamli sog‘liqni saqlashning FNIR (Fast Nealthcare Interoperability Resources) xalqaro standarti asosida sog‘liqni saqlash axborot tizimining yagona platformasini yaratish.

1. Tibbiy ma’lumotlarni uzatish tizimlarini yaratish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish.

2024-yil fevral

“KfW” bankining kredit mablag‘lari

15,6 mln yevro

(“KfW” banki bilan kelishil-gan holda)

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Pekos),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

2. Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va vakolatli organlardan ekspertizadan o‘tkazish.

2024-yil iyul

3. Sog‘liqni saqlash yagona platformasini ishga tushirish.

2024 — 2026-yillar

6.

Tibbiyot muassasalari uchun asosiy funksionallarini qamrab oluvchi tibbiy axborot tizimini yaratish (“Elektron shifoxona” axborot tizimi).

1. Loyiha texnik hujjatlarini ishlab chiqish va vakolatli organlardan ekspertizadan o‘tkazish.

2024-yil avgust

“KfW” bankining kredit mablag‘lari

4,5 mln yevro (“KfW” banki bilan kelishil-gan holda)

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Pekos),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

2. “Elektron shifoxona” axborot tizimini markaziy shifoxonalarga joriy etish.

2024 — 2026-yillar

7.

“Diagnostik tasvirlar almashinuvi, arxivi va teleradiologiya” milliy axborot tizimini yaratish.

1. Respublika bo‘yicha tibbiy tasvirlar arxivi tizimi (keyingi o‘rinlarda “PACS”) serverlar arxitekturasini yaratish.

2025-yil sentyabr

“KfW” bankining kredit mablag‘lari

6,6 mln yevro

(“KfW” banki bilan kelishil-gan holda)

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Pekos),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

2. Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va vakolatli organlardan ekspertizadan o‘tkazish.

2025-yil dekabr

3. “Diagnostik tasvirlar almashi�uvi, arxivi va teleradiologiya” milliy axborot tizimi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2026-2027-yillar

8.

“Elektron retsept” tizimini joriy etish.

1. “Elektron retsept” tizimi doirasida faqat retsept bilan beriladigan dori vositalari ro‘yxati hamda davlat va xususiy dorixonalarni ushbu tizimga ulash tartiblarini tasdiqlash.

2024-yil iyun

Davlat budjeti mablag‘lari

Hisob-kitoblarga asosan

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Pekos),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

2. Davlat va xususiy dorixonalarda “Elektron retsept” tizimini joriy etish.

2024-2025-yillar

9.

Ftiziatriya kasalliklarining yagona elektron reyestrini yaratish.

Elektron reyestrni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish.

2024-yil dekabr

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Hisob-kitoblarga asosan

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Pekos),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

10.

Onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarning elektron ro‘yxatini yuritishga mo‘ljallangan “Cancer-registr” axborot tizimini rivojlantirish va joriy etish.

1. Onkologik kasalliklarga chalingan mavjud bemorlarning ma’lumotlarini raqamlashtirish bo‘yicha axborot tizimi ishlab chiqish.

2024-yil oktyabr

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Hisob-kitoblarga asosan

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Pekos),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

2. Axborot tizimini reja grafikka asosan joriy etish.

2024-2025-yillar

11.

“Elektron tibbiy ta’lim” platformasini yaratish.

1. Raqamli sog‘liqni saqlash tizimi doirasida “Elektron tibbiy ta’lim” platformasining texnik hujjatlarini ishlab chiqish va vakolatli organlardan ekspertizadan o‘tkazish.

2025-yil iyul

Sog‘liqni saqlash vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari grantlari

Hisob-kitoblarga asosan

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Pekos),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

2. Elektron platformani ishlab chiqish va joriy etish.

2025-2026-yillar

12.

“Laboratoriya” axborot tizimini joriy etish.

Axborot tizimini dastlabki talqinini ishlab chiqish va joriy etish.

2024-2025-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari grantlari

Hisob-kitoblarga asosan

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Pekos),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

13.

Sog‘liqni saqlash vazirligi yagona platformasida yaratilayotgan ma’lumotlar monitoringini olib borish, “BI” dashbordlarni joriy etish.

1. Loyihaoldi o‘rganish ishlarini amalga oshirish va texnik talablarni ishlab chiqish.

2024-yil sentyabr

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari,

Davlat budjeti mablag‘lari

Hisob-kitoblarga asosan

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Pekos),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

2. “BI” dashbordlarni joriy etish.

Reja grafikka asosan

14.

Tibbiyot muassasalari xodimlarining kompyuter savodxonligi va tibbiy axborot tizimlaridan foydalanish yuzasidan o‘qitish ishlarini yo‘lga qo‘yish.

1. Kompyuter savodxonligi bo‘yicha o‘qitish dasturlarini ishlab chiqish.

2024-yil iyun

“KfW” bankining grantlari

1,5 mln yevro

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Pekos),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

2. Hududlar kesimida reja-jadval ishlab chiqib tasdiqlash.

2024-yil noyabr

3. Reja asosida o‘qitish ishlarini tashkil etish.

Reja-jadval asosida

15.

Amalda mavjud axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha imkoniyatlarni kengaytirish.

Xodimlarning raqamli texnologiyalar bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirish maqsadida ularni rivojlangan mamlakatlarning o‘quv kurslari va amaliy treninglarida o‘qitish choralarini ko‘rish.

Reja-jadval asosida

“KfW” bankining grantlari

1,0 mln yevro

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Pekos),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

16.

Barcha hududlardagi statsionar davolash muassasalarida ichki lokal tarmoqlarni tashkil etish ishlarini yakunlash.

Bosqichma-bosqich statsionar davolash muassasalarida ichki lokal tarmoqlarni tashkil etish.

2025-yil davomida

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari, respublika va mahalliy budjet mablag‘lari

Hisob-kitoblar asosida

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(N. Xolmurodov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

17.

Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etish doirasida Tibbiyot axborot tizimining yangilangan shaklini hududlarda joriy etish.

1. Hududlarda ambulator tibbiyot muassasalarida aholini oilaviy shifokorlarga biriktirish, onlayn qabulga yozish, qabullarni amalga oshirish jurnallarini yuritishni elektron shaklga o‘tkazish, oilaviy shifokorlardan tor doiradagi mutaxassislarga va ambulator tashkilotlardan shifoxonalarga yo‘llanmalar berish imkoniyatlarini yaratish.

2024-yil sentyabr

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari, Davlat budjeti mablag‘lari

Hisob-kitoblarga asosan

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(O. Omonov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(N. Xolmurodov)

2. Hududlarda statsionar muassasalarda bemorlarni yotqizish, tibbiy statistik shaklini elektron to‘ldirish, Davlat tibbiyot sug‘ur�a jamg‘armasiga ma’lumotlar uzatish imkoniyatlarini yaratish.

2024-yil oktyabr

3. Sinov natijalariga asosan Tizimni respublikaning barcha ambulator va statsionar tibbiyot muassasalarida to‘liq joriy etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqib Loyiha ofisiga kiritish.

2024-yil dekabr

18.

“Tibbiy asbob-uskuna va jihozlarning hisobi va nazorati” axborot tizimini yaratish.

Respublikadagi barcha davlat tibbiyot muassasalarida tibbiy asbob-uskuna va jihozlarni xatlovdan o‘tkazish va tizimga kiritish.

2024-yil davomida

Davlat budjeti mablag‘lari

Hisob-kitoblarga asosan

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(O. Omonov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

19.

“Farmatsevtika mahsulotlari hisobi va nazorati” axborot tizimini yaratish.

1. Loyihaoldi o‘rganish ishlarini amalga oshirish.

2024-yil mart

Xalq�ro moliya institutlari mablag‘lari,

Davlat budjeti mablag‘lari

Hisob-kitoblarga asosan

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(N. Xolmurodov)

2. Axborot tizimining loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish.

2024-yil sentyabr

3. Axborot tizimini ishlab chiqish va reja grafikka asosan joriy etish.

2024-2025-yillar

20.

Ona va bola salomatligi pasportining elektron tizimini yaratish.

1. Axborot tizimining loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish.

2024-yil fevral

Sog‘liqni saqlash vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari grant va kreditlari

Hisob-kitoblarga asosan

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(N. Xolmurodov)

2. Homiladorlik paytida va tug‘uruqdan keyingi birinchi yilda o‘tkazilgan tekshiruvlar va diagnostika ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan ona va bola salomatligi pasportining elektron tizimini yaratish.

2024-yil sentyabr

3. Axborot tizimining Raqamli sog‘liqni saqlash yagona platformasiga integratsiyalashuvini amalga oshirish.

2024-2025-yillar

21.

“Nefrologik kasalliklar yagona reyestri va gemodializ uchun sarflov m�teriallari monitoringi” axborot tizimini ishlab chiqish.

1. Axborot tizimining loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish.

2024-yil iyul

Davlat budjeti mablag‘lari

Hisob-kitoblarga asosan

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

2. Axborot tizimini ishlab chiqish va reja grafikka asosan joriy etish.

2024-yil noyabr

3. Axborot tizimini tegishli tizimlar bilan integratsiya qilish.

2024-yil dekabr

22.

“Mushak atrofiyasi tashxisi qo‘yilgan bemor bolalarning reyestri va sarflov materiallari monitoringi” axborot tizimini ishlab chiqish.

1. Axborot tizimining loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish.

2024-yil iyul

Davlat budjeti mablag‘lari

Hisob-kitoblarga asosan

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

2. Axborot tizimini ishlab chiqish va reja grafikka asosan joriy etish.

2024-yil noyabr

3. Axborot tizimini tegishli tizimlar bilan integratsiya qilish.

2024-yil dekabr

23.

Buyrak va (yoki) jigar bo‘lagi hamda gematopoetik suyak ko‘migi o‘zak hujayralari transplantatsiya qilingan bemorlarni reyestri va sarflov materiallari monitoringi axborot tizimini ishlab chiqish.

1. Axborot tizimining loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish.

2024-yil iyul

Davlat budjeti mablag‘lari

Hisob-kitoblarga asosan

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(O. Omonov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

2. Axborot tizimini ishlab chiqish va reja grafikka asosan joriy etish.

2024-yil noyabr

3. Axborot tizimini tegishli tizimlar bilan integratsiya qilish.

2024-yil dekabr

24.

Yagona portalda dori vositalari va ularning analoglari to‘g‘risida ma’lumot olish imkoniyatini yaratish.

1. Loyihaoldi o‘rganish ishlarini amalga oshirish.

2024-yil mart

Davlat budjeti mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari grant va kreditlari

Hisob-kitoblarga asosan

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Pekos),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(N. Xolmurodov)

2. Texnologik yo‘riqnomani ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil may

3. Dori vositalari va ularning analoglari to‘g‘risida ma’lumot olish imkoniyatini yaratish.

2024-yil iyul

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-dekabrdagi PQ-415-son qaroriga

2-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4055-son qarorining 4-bandi “a” kichik bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi “Sog‘liqni saqlash sohasida raqamlashtirish ishlarini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5000-son qarorining 3, 4 va 7-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-maydagi “Sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-140-son qarori 2-bandining beshinchi xatboshisi hamda qarorga 4-ilova.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/415/0988-son)