21.12.2023 yildagi PQ-401-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-208-son Farmonining ijrosini taʼminlash hamda xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning faolligini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi hamda Vazirlar Mahkamasi barcha boʻgʻindagi har bir davlat organi, tashkiloti va korxonasida, shu jumladan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi, sud tizimida va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda boshqaruv xodimlari orasidagi xotin-qizlarning ulushini 2030-yilga qadar 30 foizga yetkazish talabi davlat korxonalarining ijro organlari, shu jumladan direktorlar kengashi va kuzatuv kengashlarining tarkibini shakllantirishda ham tatbiq etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, 2024-yil 1-fevraldan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasanachilik va hunarmandchilik yoʻnalishida yangi ish boshlayotgan xotin-qizlar uchun tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish, rivojlantirish, takomillashtirish hamda ularga uslubiy yordam berish maqsadida taʼlim tashkilotlarida tajribali kasanachi va hunarmandlarni jalb etgan holda kasb-hunarga oʻqitish kurslari tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda “xotin-qizlar.uz” platformasi negizida “Band boʻlmagan xotin-qizlar” modulini yaratsin hamda vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga ushbu modulni integratsiya qilishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda “Oʻzbekcharmsanoat”, “Oʻztoʻqimachiliksanoat”, “Oʻzbekipaksanoat” va “Parrandasanoat” uyushmalari bilan birgalikda ularning tarkibidagi korxona va tashkilotlar uchun zarur ishchilarning korxonalar kesimida aniq ehtiyojini ishlab chiqishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-martga qadar Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan “Eng yaxshi kasbga tayyorlash dasturi” boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlari oʻrtasida oʻtkaziladigan ochiq tanlovlarda ishtirokchilarni shaffoflik va xolislik tamoyillariga asosan baholashni “onlayn” rejimda amalga oshirish imkonini beruvchi elektron dasturiy taʼminot ishlab chiqish hamda 2025-yildan boshlab har yili ushbu tanlovni oʻtkazib borishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-dekabrdagi PF-240-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2025-y., 06/25/240/1122-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Band boʻlmagan xotin-qizlar” moduliga integratsiya qilinadigan vazirlik va idoralarning maʼlumotlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarning qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarish, ijtimoiy-siyosiy faolligini va bandligini oshirish, tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish hamda teng huquqliligini taʼminlash boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-64-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 07/25/64/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-64-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 07/25/64/0154-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) bilan hamkorlikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir hududning ilgʻor mahsulot ishlab chiqarish sohalarini aniqlab, ushbu sohalarda xotin-qizlar tomonidan yetishtiriladigan mahsulotlar boʻyicha fyuchers shartnomalarini tuzish hamda ularning realizatsiyasini taʼminlash vazifasi yuklatilgan xoʻjalik hisobidagi kooperatsiyalarni 2024-yil yakuniga qadar 50 ta, 2025-yil yakuniga qadar kamida 100 ta tumanda tashkil etib, ushbu amaliyotni bosqichma-bosqich respublikaning boshqa tumanlarida ham joriy etish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzlarining budjetidan tashqari mablagʻlari hisobidan mahsulot ishlab chiqarib uning bozorini topishda qiynalayotgan xotin-qizlarning roʻyxatini har chorakda tuzib borsin va ularning ijtimoiy tarmoqlarda marketing faoliyati bilan shugʻullanish borasidagi koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan oʻquv seminarlarini, shu jumladan onlayn tashkil etib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 2024-yil 1-yanvardan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-dekabrdagi PF-240-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2025-y., 06/25/240/1122-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot (ish beruvchi) tomonidan ish oʻrinlari zaxiraga qoʻyiladigan ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar toifalariga oilaviy (maishiy) zoʻravonlik natijasida jabrlanganlar ham kiritilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning uy-joylarini taʼmirlash uchun qurilish materiallarining eng yaxshi takliflarni tanlash orqali xarid qilinishiga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi hamda Qoʻmitaning ilgʻor xorijiy tajriba asosida fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo sudlarda oilaviy nizolarni koʻrishga ixtisoslashgan sudyalar korpusini shakllantirish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, 2024-yil 1-fevraldan mavjud shtat birliklari doirasida tajriba tariqasida fuqarolik ishlari boʻyicha Samarqand shahar, Namangan tumanlararo va Mirzo Ulugʻbek tumanlararo sudlarining ikki nafardan sudyasini oilaviy nizolarni koʻrish boʻyicha ixtisoslashtirgan holda ushbu sudlarda “Oila sudyalari” tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy sud fuqarolik ishlari boʻyicha Mirobod tumanlararo sudining nikohdan ajralish uchun ariza bergan oilalarni yarashtirish boʻyicha ijobiy tajribasini bosqichma-bosqich boshqa sudlarga tatbiq etish boʻyicha moliyaviy asoslantirilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Respublika aholi reproduktiv salomatligi markazi hamda Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori sinflar uchun ona tili va adabiyot hamda chet tili fanlarini oʻqitish boʻyicha mavzularni tanlashda oilaning muqaddasligi, oila aʼzolarining bir-biri oldidagi maʼnaviy javobgarligini yorituvchi mavzularga ustuvorlik berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biologiya va tarbiya fanlarini oilaga tayyorgarlikni taʼminlovchi mavzular guruhi bilan toʻldirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qoʻmita, Kinematografiya agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari Federatsiyasiga xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy faollikka chorlovchi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati oiladagi tinchlik va Vatan ravnaqiga ijobiy hissa qoʻshishi, oila aʼzolari va atrofdagilarning koʻmagi bilan yuksak yutuqlarga erishgan xotin-qizlarning hayotini yorituvchi, oilaviy zoʻravonlikni qoralovchi kinofilm va ijtimoiy reklamalarni tayyorlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosma va elektron ommaviy axborot vositalarini keng jalb etgan holda ishlab chiqilgan kinofilm va ijtimoiy reklamalarni televideniye va ijtimoiy tarmoqlar orqali muntazam uzatilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazirlar Mahkamasi Oliy sud bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihalarining ikki oy muddatda ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilishini taʼminlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy oilaviy (maishiy) zoʻravonlik qurbonlariga nisbatan jabrlanuvchining talabiga koʻra sud tomonidan nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ishlarning soddalashtirilgan tartibda, yaʼni sud mahalladagi xotin-qizlar faolining fikrini inobatga olgan holda er va xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga imkoniyat yoʻq deb topsa, ishni koʻrishni keyinga qoldirmasdan hamda yarashish uchun muhlat tayinlamasdan hal qiluv qarori chiqarishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudda uy-joyga majburiy tartibda kiritish bilan bogʻliq daʼvolar koʻrilayotganda, uy egasining talabiga koʻra majburiy tartibda kiritilayotgan taraf uy egasiga tegishli mutanosib sharoitga ega boshqa yashash joyiga yoki uy egasi tomonidan ijara haqi toʻlab turiladigan yashash joyiga kiritib qoʻyish imkoniyatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yon shajara boʻyicha yaqin qarindoshlar oʻrtasida tuzilgan nikohlardan nogiron farzandlar tugʻilishi xavfi toʻgʻrisida amaliyot va xorijiy tajribani chuqur oʻrgangan holda, bunday nikohlar kelajak avlod salomatligi uchun salbiy taʼsir etadigan boʻlsa, yon shajara boʻyicha yaqin qarindoshlar oʻrtasida nikoh tuzish maqsadga muvofiq emasligi yuzasidan taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi oila, xotin-qizlar hamda gender sohasiga oid ishlarning samarali tashkil etilishini va muvofiqlashtirib borilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qoʻmita manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 21-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-401-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-dekabrdagi PF-240-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2025-y., 06/25/240/1122-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-401-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Band boʻlmagan xotin-qizlar” moduliga integratsiya qilinadigan vazirlik va idoralarning maʼlumotlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Maʼlumot va hujjatlar nomi

Masʼul idora

1.

Oila tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Adliya vazirligi

2.

Tugʻilganlik haqidagi maʼlumotni real vaqt rejimida taqdim etish

3.

Nikoh va nikohdan ajralish maʼlumotlarini real vaqt rejimida taqdim etish

4.

Fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlari (ismi, familiyasi, otasining ismi, JSHSHIR va boshqalar) oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi

5.

Budjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlarning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari ochilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi

6.

Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchi/talabalarining oʻqish joyidan maʼlumotnoma

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

7.

Attestatsiyadan oʻtgan pedagog kadrlar toʻgʻrisida (oʻrta maxsus va professional taʼlim) maʼlumotlar

8.

Nostrifikatsiyadan oʻtgan xalqaro diplomlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

9.

Oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan talaba xotin-qizlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

10.

Jismoniy va yuridik shaxslarga ochilgan bank plastik kartalari (Uzcard, NUMO) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Markaziy bank

11.

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Soliq qoʻmitasi

12.

Hunarmandchilik faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslar (xotin-qizlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

“Hunarmand” uyushmasi

13.

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarida band boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

14.

Mavsumiy ishlarda band boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi  maʼlumotlar

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

15.

Ishlab chiqarish kooperativlarida hamda uy mehnati (kasanachilik) bilan band boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-dekabrdagi PF-240-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2025-y., 06/25/240/1122-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-401-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarning qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarish, ijtimoiy-siyosiy faolligini va bandligini oshirish, tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish hamda teng huquqliligini taʼminlash boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Oila, xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Davlat organlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha maslahat-kengashi organlari faoliyatini takomillashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil fevral

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Senatning xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi,

Adliya vazirligi,

mutasaddi vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2.

Xotin-qizlar muammolari bilan ishlash tizimini raqamlashtirish, xotin-qizlarning muammolarini oʻrganish va ularni tizimli ravishda hal etish yuzasidan modulni yaratishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2024-yil mart

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

3.

Mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy maʼlumotga ega boʻlmagan shuningdek, ehtiyojmand oilalardan boʻlgan xotin-qizlarning oliy taʼlim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlardan toʻlaqonli foydalanishlarini taʼminlash maqsadida mavjud normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil aprel

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

4.

Yon shajara boʻyicha yaqin qarindoshlar oʻrtasida tuzilgan nikohlardan nogiron farzandlar tugʻilishi xavfini oʻrganish natijalari asosida yon shajara boʻyicha yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikohni taqiqlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2024-yil aprel

Vazirlar Mahkamasi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Adliya vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti

5.

Jinoiy oilaviy (maishiy) zoʻravonlik qurbonlariga nisbatan jabrlanuvchining talabiga koʻra sud tomonidan nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ishlarni soddalashtirilgan tartibda koʻrish va hal qiluv qarori chiqarish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2024-yil mart

Vazirlar Mahkamasi,

Adliya vazirligi,

Oliy sud,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti

6.

Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti negizida Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2024-yil mart

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti

7.

Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2024-yil mart

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi

8.

Oila va xotin-qizlar faoliyatiga oid amaldagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari hamda Hukumat qarorlarini xatlovdan oʻtkazib, ularni oʻzaro muvofiqlashtirish boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2024-yil mart

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Adliya vazirligi

9.

Xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini oshirish hamda davlat xaridlarida xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida davlat xaridlari tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil may

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

10.

Masʼul tashkilotlarni chalgʻitish orqali ijtimoiy yordam olish uchun turmush oʻrtogʻi bilan nikohini bekor qildirgan shaxslarni aniqlash va ularga yolgʻiz ona yoki yolgʻiz ota uchun belgilangan ijtimoiy yordam koʻrsatilmasligini taʼminlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil fevral

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti

II. Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquqlarini himoya qilish va qonuniy manfaatlarini ifodalash, erkaklar va xotin-qizlar uchun teng huquq va imkoniyatlarni taʼminlash

11.

“Demografik oʻzgarishlar sharoitida jamiyatni barqaror rivojlantirish: milliy va xorijiy tajriba” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani tashkil etish va oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil noyabr

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida),

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti,

Tashqi ishlar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, OʻzMTRK,

OʻzA, manfaatdor vazirlik va idoralar,

(BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi (YUNFPA) bilan hamkorlikda)

12.

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida, shu jumladan kadrlar siyosatini olib borishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi holati yuzasidan genderga oid audit oʻtkazib borish hamda natijalarini muhokama qilib borish.

Reja asosida

2024-yil har chorakda

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi,

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

13.

“Gender tenglik faoli”, “Yil ayoli” milliy tanlovlarini 3 bosqichda (tuman (shahar), Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda respublika bosqichlari) oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil reja asosida

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

14.

11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan qizlar forumini oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil oktabr

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

15.

Qurolli Kuchlar safida xizmat qilayotgan hamda oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan xotin-qizlar, umumtaʼlim maktablarining yuqori sinf qizlari oʻrtasida “Toʻmaris izdoshlari” milliy tanlovini oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil oktabr — dekabr

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Mudofaa vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Ichki ishlar vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Milliy gvardiya,

Bojxona qoʻmitasi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar,

16.

Xotin-qizlarning ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy faolligini yanada oshirish, ijodiy va intellektual salohiyatini namoyon etish masalalariga bagʻishlangan Osiyo ayollari forumini tashkil etish.

Vazirlar Mahkamasi farmoyishi

2024-yil sentabr

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

17.

Xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash sohasida ilgʻor mamlakatlar bilan qisqa tajriba almashinuv dasturlarini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yildan boshlab reja asosida

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

18.

Xorijiy mamlakatlarda turli sabablar tufayli ogʻir vaziyatga tushib qolayotgan oʻzbek ayollariga har tomonlama koʻmak koʻrsatish, xorijiy diplomatik tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlash va sayyor qabullar tashkil etish hamda muammolarni bartaraf etishda amaliy yordam berish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yildan boshlab reja asosida

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Tashqi ishlar vazirligi,

“Vatandoshlar” jamoat fondi,

Oʻzbekistonlik vatandosh xotin-qizlar kengashi, manfaatdor vazirlik va idoralar

III. Davlat xizmati, taʼlim, ilm-fan va innovatsiya hamda boshqa sohalarda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash

19.

Oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining olima ayollari, umumtaʼlim maktablari va akademik litseylarning rahbar xodimlari bilan hamkorlikda mamlakatimizda xotin-qizlar taʼlimini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha berilgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida targʻibot tadbirlarini tashkil qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil aprel-may

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

20.

“Ilmli ayol — jamiyat koʻzgusi” mavzusida 11-fevral — Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni munosabati bilan haftalik oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil fevral

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

21.

Amaliy innovatsion loyihalar boʻyicha “Olima ayol” va “Boʻlajak olim” tanlovlari doirasida oʻtkaziladigan “Ayollar biznesi uchun birinchi qadam” tanlovida xotin-qizlarning faol ishtirok etishlarini tashkil qilish.

Chora-tadbirlar rejasi

2024-yil mart — may

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

22.

Taniqli xotin-qizlarning jamiyat va davlat rivojida tutgan oʻrnini yanada ommalashtirish maqsadida Xalima Xudoyberdiyeva xotirasiga bagʻishlangan mushoira, maʼnaviy va madaniy tadbirlarni oʻtkazish.

Chora-tadbirlar rejasi

2024-yildan boshlab may oyida

Yozuvchilar uyushmasi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Madaniyat vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

23.

Xalq ogʻzaki ijodini qoʻllab-quvvatlash orqali chekka qishloq va ovullarda faoliyat yuritayotgan folklor ayollar jamoalari ijodini ragʻbatlantirish va targʻib qilish yuzasidan tadbirlar belgilash.

Tadbirlar rejasi

2024-yildan boshlab

Madaniyat vazirligi,

Turizm qoʻmitasi,

Yozuvchilar uyushmasi,

OʻzMTRK,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

24.

15-oktabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan qishloq joylarda mehnat qilayotgan va yashayotgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy va sport tadbirlarini tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

2024-yil oktabr

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,

Madaniyat vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

“Agrar soha ayollari” uyushmasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

IV. Xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorligini rivojlantirish, kasbga yoʻnaltirish va bandligiga koʻmaklashish

25.

Xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻqitish va tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish masalalarida masʼul vazirlik va idoralar, nodavlat oʻquv muassasalari maʼlumotlarini oʻzaro muvofiqlashtirish maqsadida integratsiya qilish tizimini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil yanvar-fevral

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

Oliy biznes maktabi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

26.

Xotin-qizlarning tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash, kasbiy koʻnikmalar olishlariga har tomonlama koʻmaklashish tizimini rivojlantirish maqsadida Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil fevral

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

Oliy biznes maktabi,

Markaziy bank,

Biznes ombudsman,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

27.

Mahallalardagi xotin-qizlar bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlari faoliyatini takomillashtirish uchun ajratilgan grant mablagʻlarining maqsadli ishlatilishi boʻyicha monitoring tizimini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil yanvar

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

28.

“Oʻzcharmsanoat”, “Oʻztoʻqimachiliksanoat”, “Oʻzbekipaksanoat” va “Parrandasanoat” uyushmalari tizim korxonalarida ishlab chiqarish texnologiyalarining va mehnat sharoitlarining oʻzgarishi hisobiga xotin-qizlarni kasbga oʻqitish boʻyicha yangi tartib asosida ishlarni yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil fevraldan boshlab

“Oʻzcharmsanoat”,

“Oʻztoʻqimachiliksanoat”,

“Oʻzbekipaksanoat”

va “Parrandasanoat” uyushmalari,

Savdo-sanoat palatasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

29.

Mahsulot ishlab chiqarib uning bozorini topishda qiynalayotgan xotin-qizlarning roʻyxatini tuzib borish va ularning ijtimoiy tarmoqlarda marketing faoliyati bilan shugʻullanish borasidagi koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan oʻquv seminarlarini, shu jumladan onlayn tashkil etib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil har chorakda

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

V. Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, reproduktiv salomatlik qoidalarini targʻib etish

30.

“Farovon oila — kelajak poydevori” mavzusi doirasida 10 ta amaliy va fundamental loyihani amaliyotga tatbiq etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil davomida

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti,

manfaatdor vazirlik va idoralar

31.

Erta turmush va erta tugʻruq holatlarining sabablari va omillarini aniqlash hamda ularning oldini olish boʻyicha multimedia mahsulotlarini va elektron tarzda kuzatish xaritasini yaratish.

Chora-tadbirlar rejasi asosida

2024-yil yanvar

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti,

OʻzMTRK

32.

“Xonadon gigiyenasini besh yulduzli mezon asosida baholash” elektron platformasi hamda hududiy xaritasini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil yanvar

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti

33.

Mahallalarda milliy qadriyatlar va odob qoidalarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng targʻib etishga oid uslubiy qoʻllanmani ishlab chiqish va chop etish.

Reja asosida

2024-yil fevral

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti,

Adliya vazirligi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Din ishlari qoʻmitasi,

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

34.

“Mahallalarda notinch oilalar bilan ishlash mexanizmlari” nomli uslubiy qoʻllanmani ishlab chiqish va chop etish.

Reja asosida

2024-yil mart

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Din ishlari qoʻmitasi,

Musulmonlar idorasi,

IIV Akademiyasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

35.

“Oila mustahkamligi uchun barchamiz masʼulmiz!” shiori ostida oilalarni mustahkamlash, notinch oilalardagi muhitni sogʻlomlashtirish tadbirlarini tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi asosida

2024-yil davomida

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura,

Oliy sud,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Din ishlari qoʻmitasi,

Madaniyat vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

36.

Oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Kitobxonlik oiladan boshlanadi, kitobxon ona — kitobxon bola” gʻoyasini hududlarda keng targʻib qilish.

Chora-tadbirlar rejasi asosida

2024-yil davomida

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi,

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

“Kitobxon onalar kuni”ni viloyat, tuman, shaharlarda va mahallalarda yuqori saviyada oʻtkazish.

Har chorakda bir marotaba

37.

Fuqarolik ishlari boʻyicha Mirobod tumanlararo sudining nikohdan ajralish uchun ariza bergan oilalarni yarashtirish boʻyicha ijobiy tajribasini bosqichma-bosqich boshqa sudlarga tatbiq etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil fevraldan boshlab

Oliy sud,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

38.

Zamonaviy milliy liboslarning eskizlarini yaratish uchun tadbirkorlarga taqdim qilish hamda ommalashtirish maqsadida “Nafosat” koʻrik-tanlovini oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil aprel-may

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Madaniyat vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi,

“Osiyo ramzi” Oʻzbekiston Respublikasi dizaynerlar uyushmasi

39.

“Xalqaro oila kuni”ni keng nishonlash va “Yangi Oʻzbekistonning ibratli oilasi” koʻrik-tanlovini oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil aprel-may

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi,

OʻzMTRK,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

40.

“Oila sudlari” tajribasi natijalarini tahlil qilish hamda tahlil natijalaridan kelib chiqqan holda 2025 — 2030-yillarda bosqichma-bosqich barcha fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar faoliyatiga tatbiq etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

Tahliliy maʼlumot, chora-tadbirlar rejasi

2024-yil dekabr

Oliy sud,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

41.

Sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, toʻgʻri ovqatlanish, reproduktiv salomatlik qoidalarini targʻib etish, erta tugʻruq va erta nikohning oldini olish orqali xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash borasida tizimli targʻibot ishlarini olib borish.

Chora-tadbirlar rejasi

2024-yil davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Din ishlari qoʻmitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Oʻzbekiston psixologlar assotsiatsiyasi

42.

“Sogʻlom oila — sogʻlom turmush tarzi” tamoyilini targʻib qilish maqsadida “oila — mahalla — taʼlim” tizimi asosida targʻibot tadbirlarini ishlab chiqib amalga oshirish.

Chora-tadbirlar dasturi

2024-yil davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Adliya vazirligi,

Oʻzbekiston psixologlar assotsiatsiyasi

43.

Oilalarga taʼsirchan metodik, konsultativ va amaliy yordam koʻrsatishning samarali tizimini yaratish maqsadida mediatorlik institutining rolini oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil davomida

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Adliya vazirligi,

Oliy sud

44.

Mehnat jamoalarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar oʻrtasida sportning ommaviy turlari hamda velosport boʻyicha sport musobaqalarini tashkil etish.

Alohida reja asosida

2024-yil davomida

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

VI. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va xotin-qizlar muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, ularni kompleks yondashuv tizimi asosida manzilli qoʻllab-quvvatlash

45.

Xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlarini oʻrganish, tizimli tahlil qilish va muammolarni hal etishga qaratilgan tadqiqotlar oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil iyun-iyul

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

46.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan kasb-hunarga ega boʻlmagan ishsiz xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻqitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tadbirlarini ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil davomida

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi,

Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

47.

“Xotin-qizlar oʻrtasida boqimandalikning oldini olish” nomli uslubiy qoʻllanmani ishlab chiqish va chop etish.

Reja asosida

2024-yil fevral

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti

48.

Oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini aholiga yaqinlashtirish maqsadida turli daxldor mavzularda ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish va boshqa shakllarda jamoatchilik fikrini oʻrganish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil aprel-may

“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi,

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti

49.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlab kelayotgan NNTlar bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

Chora-tadbirlar rejasi

2024-yil mart

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Oʻzbekiston NNT milliy assotsiatsiyasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

50.

Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, shu jumladan, nogironligi boʻlgan kam taʼminlangan oilalardagi 3 ming 500 nafar xotin-qizlar va voyaga yetmagan farzandlarini jarrohlik yoʻli orqali sogʻlom hayotga qaytarish, reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash choralarini koʻrish.

Alohida reja asosida

2024-yil davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

51.

Xotin-qizlar va kam taʼminlangan oilalar farzandlari uchun “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” dasturi doirasida ekskursiyalar va sayohatlar tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirish.

Alohida reja asosida

2024-yil davomida

Turizm qoʻmitasi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,

“Uzbekistan airways” AJ,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

52.

Mahalladagi eng yaxshi ishlagan mahalladagi xotin-qizlar faollarini ragʻbatlantirish maqsadida ularning sihatgohlarda dam olishlari va davolanishlarini tashkil qilish.

Kasaba uyushmalari tomonidan oʻrnatilgan yoʻllanmalarni berishning belgilangan tartibiga asosan

2024-yil davomida

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

53.

Korxona va tashkilotlar xodimlari, birinchi navbatda xotin-qizlarning Toshkent viloyatidagi soʻlim goʻshalar va dam olish maskanlariga ish beruvchilar va kasaba uyushmalari mablagʻlari hisobidan uch kunlik sayohatlarini tashkil etib borish.

Alohida reja asosida

2024-yil davomida

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari

VII. Oila aʼzolarining huquqiy madaniyatini oshirish, ular oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish

54.

Jazo muddatini oʻtayotgan va oʻtab chiqqan xotin-qizlarni ijtimoiy-maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash tadbirlarini amalga oshirish.

Chora-tadbirlar rejasi asosida

2024-yil davomida

Ichki ishlar vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

55.

Oʻz joniga qasd va suiqasd qilish holatlarining sabablari va omillarini aniqlash hamda ularning oldini olish boʻyicha kompleks tadqiqot ishlarini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil yanvar-fevral

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti,

Bosh prokuratura,

Ichki ishlar vazirligi,

Bosh prokuratura akademiyasi,

IIV Akademiyasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

56.

Profilaktik hisobda turgan xotin-qizlar bilan yakka tartibdagi profilaktik tadbirlar hamda ijtimoiy-huquqiy qoʻllab-quvvatlash ishlarini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil davomida

Ichki ishlar vazirligi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Sogʻlikni saqlash vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Amalga oshirilgan ishlarning monitoringini olib borish.

Har chorak yakunidan keyingi oyning 5 sanasiga

57.

Mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar barcha mehnat jamoalarida zoʻravonlik turlari va ularning oldini olish boʻyicha davra suhbatlari va muloqotlar tashkil etish.

Reja-jadval asosida

2024-yil davomida

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

58.

Tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlarga amaliy yordam koʻrsatish sohalarida faoliyat olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil davomida

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Oʻzbekiston NNT milliy assotsiatsiyasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Amalga oshirilgan ishlar boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash.

Har chorak yakunidan keyingi oyning 5 sanasiga

59.

25-noyabr — Xalqaro ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kuni munosabati bilan haftalik oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil noyabr

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

60.

Xorijda ishlashning qonuniy asoslari hamda odam savdosiga qarshi kurashishning mazmun-mohiyatini xotin-qizlarga tushuntirish maqsadida “Odam savdosi — davr muammosi” targʻibot tadbirlarini amalga oshirish.

Reja-jadval asosida

2024-yil davomida

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi

Amalga oshirilgan ishlar boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash.

Har chorak yakunidan keyingi oyning 5 sanasiga

61.

Uzoq muddatga yashash joyidan chiqib ketgan shaxslar, shu jumladan ayollarning oilalarini, xususan voyaga yetmagan farzandlarini ijtimoiy-psixologik qoʻllab-quvvatlash.

Reja-jadval asosida

2024-yil davomida

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi

VIII. Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish

62.

Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan media-reja ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

Har chorakda

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

AOKA, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, OʻzMTRK, OʻzA, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, “Yangi Oʻzbekiston”, “Xalq soʻzi” va boshqa markaziy gazetalar

63.

Qoʻmita faoliyatini keng yoritish maqsadida axborot xizmati huzurida jurnalistlardan iborat press-pulni tashkil qilish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil aprel

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

64.

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tizimidagi islohotlar, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va bu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlarning natijalarini aholiga tezkor, taʼsirchan va muntazam yetkazib borish.

Matbuot anjumanlari, press-tur, brifing va boshqa tadbirlar

Har oyda kamida 1-marta

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

OʻzMTRK,

Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi

65.

“Oʻzbekiston” telekanalida — “Onaxonlar hikmati”, “Oqila ayollar” harakati aʼzolari — ibrat namunasi”, “Oila olami” nomli turkum koʻrsatuvlarni tashkil etish.

Reja asosida

2024-yil mart oyidan boshlab

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

OʻzMTRK,

“Oʻzbekiston” telekanali,

“Nuroniy” jamgʻarmasi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi

66.

“Mahalla” telekanalida “Namunali oila”, “Ibrat maktabi”, “Baxtli oila”, “Qaynonalar maktabi”, “Oila muqaddas”, “Oilada farzand tarbiyasi”, “Turmush chorrahalarida”, “Ota-ona qadri”, “Fayzli xonadon”, “Oilam — mening or-nomusim, shaʼnim” kabi mavzularda turkum lavhalar (shu jumladan, tok-shoularni) berib borish.

Reja asosida

2024-yil davomida

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

OʻzMTRK,

“Nuroniy” jamgʻarmasi,

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Yozuvchilar uyushmasi

IX. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamda uning quyi tuzilmalari ishini tashkil etish

67.

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi xodimlari, jumladan mahalladagi xotin-qizlar faollarining alohida dastur asosida malakasini oshirib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil davomida alohida reja asosida

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

68.

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyatining ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda tizim xodimlari faoliyatini uslubiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida uslubiy qoʻllanmalar, tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularga yetkazib berish.

Uslubiy qoʻllanmalar yaratish

2024-yil har chorakda

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti,

Oila va xotin qizlar qoʻmitasi

69.

Oila, xotin-qizlar va gender tenglik, shu jumladan uchinchi shaxslar tomonidan oilaviy munosabatlarga aralashib, er va xotin orasida nizo chiqarilishini oldini olish masalalari boʻyicha aholi oʻrtasida oʻtkaziladigan tushuntirish ishlari uchun uslubiy qoʻllanmalar va targʻibot materiallarini tayyorlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil davomida

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

70.

Oila, xotin-qizlar va gender tenglik masalalariga oid xalqaro indeks va reytinglarda Oʻzbekistonning oʻrnini yaxshilash boʻyicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish va tegishliligi boʻyicha vazirlik va idoralarga kiritib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil davomida

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2023-y., 07/23/401/0961-son; 18.02.2025-y., 07/25/64/0154-son; 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son; 04.12.2025-y., 06/25/240/1122-son; 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)