09.12.2023 yildagi 651-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gaz transporti tizimi obyektlarini muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gaz transporti tizimi obyektlariga nisbatan ruxsat etilgan minimal masofadagi zonalarga tutash obyektlarni loyihalashtirish va qurish, shuningdek, gaz transporti tizimi obyektlarining muhofaza zonalarida sanoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfli ishlab chiqarish obyektlari jumlasiga 0,07 megapaskaldan ortiq bosim ostida yoki ishlatiladigan suyuqlikning normal atmosfera bosimidagi qaynash haroratidan ortiq haroratda ishlaydigan uskunalardan foydalaniladigan obyektlar kirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga sanoat korxonalariga, shu jumladan, kon sanoati, energetika korxonalariga ishlab chiqarish va yordamchi binolar hamda inshootlar qurish uchun berilgan yerlar kirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga, shu jumladan, energetika tizimlarining muhandislik obyektlari va tarmoqlari, magistral quvurlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari joylashgan yerlar kirishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Energetika vazirligi, Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining gaz transporti tizimi obyektlariga nisbatan ruxsat etilgan minimal masofadagi zonalarga tutash obyektlarni loyihalashtirish va qurish, shuningdek, gaz transporti tizimi obyektlarining muhofaza zonalarida xavfsizlikni ta’minlash mezonlarini belgilash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Gaz transporti tizimi obyektlarini muhofaza qilish qoidalari (keyingi o‘rinlarda — qoidalar) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, gaz transporti tizimi obyektlari joylashgan hududlarda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qoidalarga qat’iy rioya etilishi majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Energetika vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda gaz transporti tizimi obyektlarining muhofaza hududlari mazkur qaror bilan tasdiqlangan qoidalarga muvofiqligini xatlovdan o‘tkazsin hamda aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi va “O‘ztransgaz” AJ Milliy axborot agentligi bilan birgalikda mazkur qaror mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 9-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
651-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-dekabrdagi 651-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gaz transporti tizimi obyektlarini muhofaza qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QOIDALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Qoidalar sanoat xavfsizligi talablarini ta’minlashga, gaz transporti tizimidan foydalanishda avariyalar va ularning oqibatlarini oldini olishga qaratilgan asosiy talablarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avariya — inshootlar va (yoki) xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan texnik qurilmalarning buzilishi, nazorat qilib bo‘lmaydigan portlash yuz berishi va (yoki) xavfli moddalarning chiqishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avariya ishlari — avariyalar va gaz quvurlaridagi shikastlarni bartaraf qilish bilan bog‘liq ishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gaz transporti tizimi — tovar gazni bo‘linish chegarasigacha yetkazib berishni ta’minlovchi, tarkibiga gazni yer ostida saqlash inshootlari, kompressor stansiyalari, magistral gaz quvurlari, tarmoqlari (shoxobchalari), chetlab o‘tish tarmoqlari (baypas), tarmoq kranlari, elektr kimyoviy himoya qilish uskunalari, gaz sarfini o‘lchash tugunlari hamda tegishli qurilma va uskunalarga ega gaz taqsimlash tizimi kiradigan inshootlar kompleksi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gazni o‘lchash — magistral gaz quvurlari bo‘ylab uzatiladigan tabiiy gazning sarfini va zarurat bo‘lganda sifat ko‘rsatkichlarini uzluksiz o‘lchash tizimlari, vositalar va texnologik uskunalar kompleksi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gaz taqsimlash stansiyasi (GTS) — magistral gaz quvurlaridan uzatilayotgan gazning bosimini gazni xavfsiz iste’mol qilish sharoitlariga mos bo‘lgan gaz bosimigacha pasaytirib berish uchun xizmat qiladigan inshoot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gazni yer ostida saqlash inshooti (GEOSI) — tosh-tuz yotqiziqlarida geologik tuzilmalarning qatlam-kollektorlari, konlardagi qazilmalar hamda qazilma-sig‘imlardagi muhandislik-texnik inshootlar kompleksi bo‘lib, gazni haydash, saqlash va qayta olishga mo‘ljallangan. Ushbu inshoot kon ajratmasi bilan chegaralangan yer qa’rini, har xil maqsaddagi quduqlar fondi, gazni to‘plash va tayyorlash tizimlari hamda kompressor sexlarini o‘z ichiga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
magistral gaz quvuri — tarkibida halqalari (lupinglari) va tarmoqlari bo‘lgan, gazni uzoq masofaga yetkazib berishga mo‘ljallangan quvur. Magistral gaz quvurlari orqali gazning harakatlanishi (uzatilishi) ularning uzatish quvurlari bo‘ylab muayyan masofalarda o‘rnatilgan kompressor stansiyalari orqali amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
magistral gaz quvurlarining tarmoq qismi — gaz quvuri, tarmoqlari, ulagichlari va halqalari (lupinglari), yopish armaturalari, tabiiy va sun’iy to‘siqlardan o‘tish joylari, gaz bosimini pasaytirish tugunlari, gaz quvuri ichini tozalash tugunlari va ingibitor kiritish qurilmalaridan tarkib topgan qism;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
magistral gaz quvurlarining eng xavfli uchastkasi — magistral gaz quvurlarining aholi yashash manzillariga yaqin bo‘lgan, avtomobil yo‘llari va temir yo‘llar orqali o‘tish joylari, tabiiy va sun’iy suv inshootlari orqali o‘tish joylari, o‘ziga xos tabiiy sharoitlarga ega yerlardan va alohida qo‘riqlanadigan tabiat hududlaridan o‘tgan joylari hamda korroziyalanish xavfi yuqori va o‘ta yuqori bo‘lgan yerlardan o‘tgan uchastkalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhofaza zonasi — magistral gaz quvuri bo‘ylab va gaz transporti tizimining boshqa obyektlari atroflarida ularning xavfsizligini ta’minlash, shikastlanishlardan saqlash va baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida ajratilgan (belgilangan), ishlatilishi bo‘yicha alohida shartlarga ega hudud yoki akvatoriya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsat etilgan eng kichik masofalar zonasi — bino, imorat, inshootlarni va boshqalarni joylashtirish hamda qurish mumkin bo‘lmagan, qurilish me’yorlari bilan (imorat, inshootlar va boshqa tur hamda ko‘rinishga bog‘liq holda) belgilangan, gaz transporti tizimi obyektlaridan minimal masofadagi hudud;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maydonli inshoot — gaz transporti tizimining bir qismini tashkil etuvchi, ishlab chiqarish zonasi bosh rejalarining fazoviy chegaralangan o‘lchamlariga ega inshoot (gaz taqsimlash va kompressor stansiyalari, gazni tozalash va quritish stansiyalari, GEOSI va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noxush hodisa — xavfli ishlab chiqarish obyektlarida ishlatiladigan texnik uskunalarning shikastlanishi yoki to‘xtashi, texnologik jarayon rejimidan chetga chiqishi, qonunchilik hujjatlaridagi, shuningdek, sanoat xavfsizligi sohasidagi normativ texnik hujjatlardagi talablarning buzilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat xavfsizligi — shaxs va jamiyat hayotiy muhim manfaatlarining xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalar va noxush hodisalardan hamda ularning oqibatlaridan himoyalanganlik holati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfli ishlab chiqarish obyektlari (XICHO) — portlash-yong‘in xavfi bo‘lgan muhitni yuzaga keltirishi va tirik organizmga zararli ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqariladigan, qayta ishlanadigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yo‘q qilinadigan xavfli moddalar hamda 0,07 MRa dan ortiq bosim ostida yoki ishlatiladigan suyuqlikning normal atmosfera bosimidagi qaynash haroratidan ortiq haroratda ishlaydigan uskunalardan foydalaniladigan korxonalar, ularning sexlari, uchastkalari, maydonchalari, shuningdek, gaz transporti tizimining boshqa ishlab chiqarish obyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’mirlash — gaz quvurlari va maydonli inshootlarning sozligi yoki ish quvvatini tiklash hamda uning resurslarini yoki asosiy qismlarini tiklash bo‘yicha bajariladigan operatsiyalar kompleksi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik yo‘lak — tabiiy gazni tashishga mo‘ljallangan bitta trassa bo‘ylab parallel yotqizilgan magistral gaz quvurlari tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta qurish (rekonstruksiya) — foydalanilayotgan gaz quvurining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish maqsadida uning texnik tavsiflarini o‘zgartirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar kompleksi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Qoidalar respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning hududiy bo‘linmalari, O‘zbekiston Respublikasi hududida amaldagi, loyihalashtirilayotgan va qayta qurilayotgan gaz transporti tizimining obyektlarini loyihalashtiradigan, quradigan va ekspluatatsiya qiladigan tashkilotlar tomonidan, ularning xo‘jalik faoliyati va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, obyektlari ruxsat etilgan minimal masofa zonasi tutashgan hududda joylashgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan, shuningdek, gaz transporti tizimi obyektlarining muhofaza zonalarida ishlarni yoki harakatlarni amalga oshirayotgan tashkilot va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur Qoidalar amal qiladigan gaz transporti tizimining obyektlariga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) magistral gaz quvurlarining tarmoqlari va halqalari (lupinglari), berkitish moslamalari, tabiiy va sun’iy to‘siqlar orqali o‘tish joylari, nasos va kompressor stansiyalarini ulash tugunlari, tozalovchi va diagnostik qurilmalarni yuborish va qabul qilish tugunlari, mahsulot miqdorini (hajmini) o‘lchash tugunlari, kondensat to‘plagichlar, gidratlanishga qarshi ingibitorni (metanolni) kiritish qurilmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) magistral gaz quvurlarini korroziyadan elektr kimyoviy himoyalash qurilmalari, gaz quvurlarining texnologik aloqa tarmoqlari va inshootlari, telemexanika vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) magistral gaz quvurlari va elektr ta’minoti asbob-uskunalariga xizmat ko‘rsatish hamda quvurlarni elektr kimyoviy himoya qilish qurilmalarini va berkitish moslamalarini masofadan boshqarish uchun mo‘ljallangan elektr uzatish tarmog‘i;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) magistral gaz quvurlarining yong‘inga qarshi vositalari, eroziyaga qarshi va boshqa himoya inshootlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) kondensatni saqlash va gazsizlantirish sig‘imlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) magistral gaz quvurlarini ishlatish tarmoq xizmatlarining bino va inshootlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) magistral gaz quvurlarining trassalari bo‘ylab yo‘llar va gaz quvurlari ustidan o‘tish yo‘llari, gaz quvurlari trassalari bo‘ylab joylashgan doimiy yo‘llar va vertolyot maydonchalari hamda ularga borish yo‘llari, gaz quvurlarining joylashuvini aniqlash va darak berish belgilari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) kompressorlar, gaz taqsimlash stansiyalari va bosimni pasaytirish tugunlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) gazni tozalash va quritish stansiyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) gazni yer ostida saqlash inshootlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Magistral gaz quvurlarining tasnifi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Magistral gaz quvurlari uchastka toifalarini yotqizish usuliga qarab ularni yer osti (yer ostida yotqizish), yer yuzasi (yer sirti bo‘ylab ko‘mib yotqizish) va yer usti (tayanchlarda) turlariga bo‘linadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Magistral gaz quvurlarini yakka tarzda, shuningdek, umumiy texnologik zanjir bilan bog‘langan bir yoki bir necha gaz quvurlari tarmog‘i sifatida — texnik yo‘lakda o‘tkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Texnik-iqtisodiy asoslangan hamda gaz quvurlarining ishonchli ishlashi ta’minlangan alohida hollarda, bitta texnik yo‘lakda gaz va neft (neft mahsulotlari) quvurlarini birgalikda o‘rnatishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ishchi bosimga bog‘liq holda magistral gaz quvurlari quyidagi sinflarga bo‘linadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I sinf — ishchi bosimi 2,5 dan 10 MRa gacha (10 MRa ham kiradi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II sinf — ishchi bosimi 1,2 dan 2,5 MRa gacha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Gaz transporti tizimining obyektlarini loyihalashtirish, qurish va joylashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Gaz transporti tizimi obyektlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ularni qurish va ta’mirlash faqat mazkur faoliyat turi bilan shug‘ullanish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Gaz transporti tizimi obyektlarining ifloslanish va korroziyaga uchrash manbai bo‘lishi mumkin bo‘lgan obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarida ifloslanish va korroziyani cheklash bo‘yicha chora-tadbirlar yoki gaz transporti tizimi obyektlarini ifloslanish (korroziyalanish) zonasidan chiqarish nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Gaz transporti tizimining obyektlari qurilishi uchun yer uchastkalari O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksida belgilangan tartibda ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Trassani tanlash hamda tarmoq qismi va maydonli inshootlar obyektlarining joylashtirilishi hududning tabiiy-iqlim xususiyatlarini, yaqin joylashgan aholi yashash joylarining taqsimotini, yerning gidrogeologik xossalarini, yaqin atrofda joylashgan ishlab chiqarish obyektlarining mavjudligini, shuningdek, gaz transporti tizimi obyektlari xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan transport yo‘llari va kommunikatsiyalarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Gaz transporti tizimining tarmoq qismi va maydonli inshootlari joylashgan hudud yuk ko‘targich va maxsus texnikalardan foydalanib qurilish-montaj ishlarini bajarish imkonini, shuningdek, qurilish materiallari va uskunalarni joylashtirish imkoniyatini ta’minlab berishi talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tarmoq qismi va maydonli inshootlarning obyektlari boshqa sanoat va qishloq xo‘jaligi obyektlaridan, alohida binolar va inshootlardan, turar joy, ijtimoiy-iqtisodiy va dam olish zonalaridan qurilish me’yorlari va qoidalarida belgilangan xavfsiz masofalarda joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tarmoq qismi va maydonli inshootlar obyektlarini joylashtirishda yuz berishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarida tashilayotgan xavfli moddalarni yaqin joylashgan aholi punktlariga, obyektlarga va odamlarning ommaviy to‘planish joylariga nisbatan yerning relyefi va shamolning ko‘proq esish (yil davomida ko‘proq esuvchi shamollar yo‘nalishining sxemasi) yo‘nalishi bo‘yicha xavfli tarqalishi hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq mazkur Qoidalarning 8-bandida ko‘rsatilgan sinflarga kiruvchi gaz transporti tizimi obyektlari xavfli ishlab chiqarish obyektlariga tegishli hisoblanadi va Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan xavfli ishlab chiqarish obyektlarining davlat reyestrida majburiy hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Gaz transporti tizimi obyektlari egalarining va ularni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarning majburiyatlari va huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Gaz transporti tizimining obyektlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot quyidagilarga majbur hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ishlatilayotgan XICHO uchun sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagilarning o‘z vaqtida sanoat xavfsizligi ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XICHOni qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlash, konservatsiya qilish va tugatishga oid loyiha hujjatlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XICHOda qo‘llaniladigan texnik qurilmalarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XICHOdagi bino va inshootlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XICHOning sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) XICHOda avariya yuz bergan taqdirda, boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) sanoat xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda ko‘rsatilgan talablarga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) belgilangan talablar asosida xodimlar shtat jadvalining to‘liqligini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) gaz transporti tizimining obyektlarini ekspluatatsiya qilish ishlariga malaka talablari bo‘yicha mos bo‘lgan va mazkur ishga tibbiy jihatdan qarshi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lmaganlarni qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) belgilangan talablarga muvofiq texnologik jarayonlarni nazorat qiluvchi zarur asboblar va tizimlarning mavjudligi hamda soz holda ishlashini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) gaz transporti tizimining obyektlarida qo‘llaniladigan texnik qurilmalar va inshootlarni belgilangan muddatlarda diagnostika, sinov va tekshiruvlardan o‘tkazish hamda sanoat xavfsizligi sohasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq alohida vakolatga ega bo‘lgan Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi yoki respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan belgilangan tartibda taqdim qilingan yozma ko‘rsatmalarni bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) maydonli inshootlarning muhofaza zonasiga ruxsati bo‘lmagan begona shaxslar kirishining oldini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) sanoat xavfsizligi sohasida qonunchilik hujjatlarida muvofiq vakolatga ega bo‘lgan Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda ularning hududiy bo‘linmalarining buyruq, qaror va yozma ko‘rsatmalarini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
m) avariya va noxush hodisa ro‘y berganda, shuningdek, sanoat xavfsizligiga salbiy ta’sir qiluvchi boshqa holatlar aniqlanganda, gaz transporti tizimi obyektlarining ekspluatatsiya qilishni to‘xtatib turish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
n) gaz transporti tizimining obyektlarida avariya va noxush hodisa sabablarini tahlil qilish, ularning oldini olish va bartaraf etish choralarini ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o) sanoat xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq alohida vakolatga ega bo‘lgan Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasini belgilangan tartibda o‘z vaqtida xabardor qilish, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda ularning hududiy bo‘linmalarini, shuningdek, joylardagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va aholini gaz transporti tizimi obyektlaridagi avariya haqida o‘z vaqtida ogohlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
p) o‘z ishchilarining hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish choralarini ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
r) XICHOda avariya va noxush hodisalar hisobini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) XICHOda avariyalarni cheklash va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
t) tegishli professional avariya-qutqaruv xizmatlari bilan shartnomalar tuzish, qonunchilik hujjatlarida ko‘zda tutilgan holatlarda esa shaxsiy avariya-qutqaruv xizmatlarini tuzish yoki o‘z ishchilari tarkibidan shtatdan tashqari avariya-qutqaruv bo‘linmalarini tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
u) XICHOdagi avariyalarning oqibatlarini chegaralash va bartaraf etish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq mablag‘lar va resurslar zaxirasiga ega bo‘lish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f) xodimlarni XICHOda avariya yoki noxush hodisa ro‘y bergan holatlarda harakat qilishga o‘qitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
x) gaz transporti tizimining obyektlarida avariyalar ro‘y bergan holatlar uchun kuzatuv, xabardor qilish, aloqa va harakatlarni qo‘llab-quvvatlash tizimlarini tuzish, shuningdek, ko‘rsatilgan tizimlarni soz holatda ushlab turish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ch) maydonli inshootlar uchun sanoat xavfsizligini, shu jumladan, portlash xavfini bartaraf etishni ta’minlash bo‘yicha talablarni bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sh) favqulodda vaziyatlar va yong‘in xavfsizligiga mutasaddi bo‘lgan vakolatli organning o‘z vakolati doirasida qabul qilgan hamda normativ-huquqiy tusdagi qarorlariga (buyruqlariga, qoidalariga) rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) barcha muhandis-texnik xodimlar, xizmatchilar va ishchilarni yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga o‘qitish hamda ularga amal qilinishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yu) ta’mirlash ishlari olib borilayotganda yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya etilishini doimiy nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Magistral gaz quvurlari uzunligi bo‘ylab eng xavfli uchastkaning loyiha hujjatlarida avariyalar xavfini kamaytirishga yo‘naltirilgan qo‘yidagi qo‘shimcha choralar ko‘zda tutiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
magistral gaz quvuri devorining qalinligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
magistral gaz quvurlarini yotqizish chuqurligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya qoplamalari va elektr kimyoviy himoya vositalari tizimiga talablarni kuchaytirish va korroziyani monitoring qilish tizimini tartibga solish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya g‘ilofi va himoya plitasini qo‘llash, qo‘shimcha to‘siqlar va himoya devorlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer (qirg‘oq)larni mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
magistral gaz quvurlarining texnik holatini monitoring qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Har bir magistral gaz quvuriga nazorat o‘lchash vositalari, uskunalar, gaz quvurlari bo‘yicha asosiy ma’lumotlarni o‘zida mujassamlashtirgan pasport gaz transporti tizimi obyektining mulkdori yoki uni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Qurilish-montaj tashkilotlari va buyurtmachi tomonidan magistral gaz quvurining tarmoq qismi va maydonli inshootlarini, ularning muhofaza zonalari va ruxsat etilgan eng kichik masofadagi zonalari ko‘rsatilgan holda, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan haqiqiy holati bo‘yicha materiallar (ijro sxemasi, topografik fotosurat materiallari) tuman (shahar) navbatchi kadastr kartalarida aks ettirilishi uchun chegaradosh kommunikatsiyalardan tegishli tashkilotlarga, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga hamda Kadastr agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Gaz transporti tizimining magistral gaz quvurlari yoki boshqa obyektlarining mulkdori hisoblangan jismoniy va yuridik shaxslar trassalarning ijroviy topogeodezik suratga olish materiallarini yerdan foydalanishga oid tegishli kartalarda aks ettirish uchun Kadastr agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari gaz transporti tizimining obyektlari joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni manfaatdor tashkilotlarga ularning murojaatlari asosida, rasmiy foydalanish uchun belgilangan tartibda taqdim etishiga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Magistral gaz quvurlarida avariya ro‘y berganda, avariya sodir bo‘lgan uchastkadan foydalanuvchi tashkilot (ishlab chiqarish bo‘linmasi) zudlik bilan uni bartaraf qilishga kirishadi va shu bilan birga, o‘zining yuqori turuvchi tashkilotlariga, Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasiga, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining hududiy bo‘linmalariga hamda avariya ro‘y bergan hududdagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining hududiy bo‘linmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gaz transporti tizimida sodir bo‘lgan har bir avariya va obyektlarning ishdan chiqish holatlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari va vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining buyruqlari talablariga muvofiq faoliyat yuritadigan komissiya tomonidan tekshiriladi hamda ularning sabablari va aybdor shaxslar aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Gaz transporti tizimining obyektlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot (ishlab chiqarish bo‘linmalari), obyektlardagi rejali yoki avariyaviy ta’mirlash-tiklash ishlaridan so‘ng ko‘rsatilgan ishlarni bajarishda yerdan foydalanuvchilarga keltirgan zararlarni qoplaydi va ishlar bajarilgan joyda holati buzilgan yerlarni texnik va biologik qayta tiklash (rekultivatsiya qilish) yo‘li bilan kelgusida ishlatishga yaroqli holatga keltirib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zarar (shu jumladan, boy berilgan foyda) miqdori amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda hisoblanadi va qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Yo‘l qoplamalarini olish bilan bog‘liq bo‘lgan gaz transporti tizimining obyektlaridagi avariya oqibatlarini bartaraf qilish ishlari Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining bo‘limlari bilan kelishilgan holda ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning mavjud moddiy-texnik bazasi hamda mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Favqulodda holatlarda gaz transporti tizimining obyektlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarda avariyalarni bartaraf etishda vakolatli vazirliklar (Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi) hamda boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning hududiy bo‘linmalari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimliklar bilan hamkorlik qilish tegishli qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Gaz transporti tizimi obyektlarining muhofaza zonalari va ulardan foydalanish shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Gaz transporti tizimining tarmoq qismi va maydonli inshootlarining shikastlanish holatlarining oldini olish hamda ulardan xavfsiz foydalanish sharoitlarini ta’minlash maqsadida ular atrofida muhofaza zonalari belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Gaz transporti tizimi obyektlarining muhofaza zonasi — bu egalik qilish yoki foydalanishning alohida tartibi belgilanadigan yer uchastkasi yoki suv muhiti. Mazkur Qoidalarga muvofiq belgilangan gaz transporti tizimi obyektlarining muhofaza zonalari ushbu yer uchastkalariga alohida talablar qo‘yilganligi uchun belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Gaz transporti tizimining obyektlari uning mulkdori yoki ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan muhofaza qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Gaz transporti tizimi obyektlarining muhofaza zonalari quyidagicha belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) magistral gaz quvurlarining trassalari bo‘ylab — gaz quvurlarining ikkala tomonidan o‘qiga nisbatan 50 metr masofada o‘tkazilgan shartli chiziqlar bilan chegaralanuvchi, qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga ega yerlarda esa gaz quvurlarining ikkala tomonidan o‘qiga nisbatan 25 metr masofada o‘tkazilgan shartli chiziqlar bilan chegaralanuvchi yer uchastkasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ko‘p tarmoqli magistral gaz quvurlari bo‘ylab — eng chetki quvurlar o‘qlariga nisbatan yuqorida ko‘rsatilgan masofalarda o‘tkazilgan shartli chiziqlar bilan chegaralanuvchi yer uchastkasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) magistral gaz quvurlarining suvosti o‘tish joylari bo‘ylab — suvosti tarmog‘ining ikkala tomonidan eng chetki gaz quvurlarining o‘qlariga nisbatan 100 metr masofada joylashgan parallel tekisliklar orasidagi suv sathidan uning tubigacha bo‘lgan suv muhiti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) kondensatni saqlash va gazsizlantirishga mo‘ljallangan sig‘imlar atrofida — ko‘rsatilgan obyektlar hududining chegarasidan ularning hamma tomonlari bo‘yicha 50 metr masofadagi berk egri chiziq bilan chegaralangan yer uchastkasi ko‘rinishida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) gazni uzatishga tayyorlash bo‘yicha texnologik qurilma, asosiy va oraliq haydovchi (bosim ostida) nasos stansiyalari, rezervuar parklari, kompressor va gaz taqsimlovchi stansiyalar, gazni o‘lchash tugunlari, GEOSIlari atroflarida — ko‘rsatilgan obyektlar hududlari chegarasidan ularning hamma tomonlari bo‘yicha 100 metr masofadagi berk egri chiziq bilan chegaralangan yer uchastkasi ko‘rinishida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Gaz transporti tizimi obyektlari ekspluatatsiyasi uchun zarur bo‘lgan yo‘llarni, o‘tish yo‘laklarini va boshqa inshootlarni qurilishiga Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi olgandan so‘ng, loyiha hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Gaz transporti tizimining mavjud obyektlarining muhofaza zonalari hududlarida joylashgan yer uchastkalarining egasidan, yerga egalik qiluvchi va yerdan foydalanuvchi, shu jumladan, ijarachilardan olib qo‘yilmaydi. Ular gaz transporti tizimini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot bilan kelishilgan holda, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlar uchun ushbu yer uchastkalaridan foydalanishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot (gaz transporti tizimining asosiy obyektlari, inshootlari va asbob-uskunalarini ekspluatatsiya qiluvchi) loyihalarni ishga tushirish talablariga hamda zarur ekologik va sanitariya sharoitlari talablariga muvofiq muhofaza zonalarini belgilash haqida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taklif kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda sohada vakolatli vazirliklar (Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi) bilan kelishilgan holda, muhofaza zonalari chegaralariga tegishli materiallarni ko‘rib chiqadi hamda muhofaza zonalari chegaralari va ushbu zonalardagi yerlardan foydalanishni tasdiqlash haqida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Gaz transporti tizimi obyektlarining muhofaza zonalari gaz transporti tashkilotlari tomonidan Kadastr agentligining tuman (shahar) bo‘limlari bilan birgalikda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonida belgilanadi, kadastr hujjatlarida qayd qilinadi hamda yer uchastkasining kadastr rejasida ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish-montaj tashkilotlari va buyurtmachi (balansida magistral gaz quvurlarini saqlovchi subyektlar) tomonidan magistral gaz quvurlari va ularga xizmat qiluvchi maydonli inshootlarning muhofaza zonalari hamda ruxsat etilgan eng kichik masofa zonalarining chegaralari rasmiylashtirilgan holda belgilanadi va belgilangan tartibda Davlat kadastrlarining yagona tizimi Milliy geografik axborot tizimiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat kadastrlarining yagona tizimi Milliy geografik axborot tizimiga kiritilgan muhofaza zonalari chegaralari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutiga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Gaz transporti tizimi obyektlarining muhofaza zonalarida ushbu obyektlarni xavfsiz ishlatilishiga xalaqit berishi mumkin bo‘lgan yoki buzilishlarga olib keluvchi turli, shu jumladan, quyidagi ishlarni bajarish taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har qanday bino va inshootlarni qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat-o‘lchov punktlarini, ogohlantiruvchi yozuvlarni, aniqlash va ogohlantirish belgilarining joyini o‘zgartirish, ustiga narsalar tashlab berkitish, shikastlantirish va buzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aloqa kabel tarmoqlaridagi xizmat ko‘rsatilmaydigan kuchaytirish punktlarining eshik va lyuklarini, tarmoq berkitish qurilmalari atrofidagi panjarali to‘siqlar eshiklarini, elektr kimyoviy himoya qilish qurilmalarining eshiklarini, tarmoq va nazorat quduqlarining lyuklarini ochish, kranlar, zulfinlarni ochish va berkitish, aloqa va energiya ta’minoti vositalari, telemexanika asbob-uskunalari ishlarini to‘xtatish va ishga tushirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiqindi uyumlarini hosil qilish, ishqor va korroziya-tajovuzkor (agressiv) moddalarni hamda yoqilg‘i-moylash materiallarini to‘kish va tashlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har-xil materiallarni, shu jumladan, yoqilg‘i-moylash materiallarini yig‘ish, shuningdek, materiallar saqlash joy (ombor)larini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gaz quvurlarini shikastlanish va buzilishlardan himoyalovchi qirg‘oqni mustahkamlovchi inshootlar, suv o‘tkazish qurilmalari va boshqa inshootlarni buzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakorni tushirish orqali kemalar va suzib yuruvchi obyektlarni to‘xtatib turish, dengiz sut emizuvchilarini, baliqlarni va suvosti biologik zaxiralarni suv tubi ovlash qurollari yordamida ovlash, sanchilib-o‘yuvchi zanjirli yakor bilan suzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv obyektlarining tubi va qirg‘oqlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan, tubni chuqurlashtirish va boshqa ishlarni amalga oshirish (magistral gaz quvurlari obyektlariga texnik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarba-impulsli asbob-uskunalar va asosiy bo‘lmagan mexanizmlarni qo‘llagan holda ishlarni bajarish, yuklarni uloqtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rekreatsion faoliyatni amalga oshirish, gulxanlar yoqish va o‘t (olov) o‘chog‘ini joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhofaza zonalarini to‘siqlar bilan o‘rash va ajratib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Qoidalarning 4-bandida ko‘rsatilgan obyektlarga taalluqli bo‘lmagan binolar, imoratlar va inshootlarni qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
magistral gaz quvuriga ruxsatsiz ulanib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda olingan ruxsatnoma asosida ishlarni bajarish bilan mashg‘ul bo‘lmagan fuqarolarni to‘planishi bilan bog‘liq, shu jumladan, ommaviy tadbirlarni o‘tkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Magistral gaz quvuri mulkdorini yoki magistral gaz quvurini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotni oldindan yozma ravishda ogohlantirgan holda, yer uchastkasi egasi yoki yer uchastkasining qonuniy boshqa egasi magistral gaz quvurining muhofaza zonasida qishloq xo‘jaligi dala ishlarini hamda sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarida vaqtincha suv bostirish bilan bog‘liq ishlarni bajarishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Gaz transporti tizimi obyektining mulkdori yoki uni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning yozma kelishuvi (keyingi o‘rinlarda — ishlarni bajarishga yozma kelishuv) bilan quyidagilarga yo‘l qo‘yiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tog‘-kon, portlatish, qurilish, montaj qilish, sug‘orish, shu jumladan, yerlarga suv bostirish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) daraxtlar va butalarni ekish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) daryo va soylarda to‘g‘on qurilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) pichan, poxol, yem-xashak, o‘g‘itlar to‘plamlarini joylashtirishga, dala shiyponlar va chorva qo‘ralarini joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) magistral gaz quvurlari ustidan o‘tish yo‘llari qurilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) muhandislik-kommunikatsiyalarini o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) quduqlarni burg‘ilash va shurf chuqurliklarini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan muhandislik-qidiruv tadqiqot ishlarini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) muhofaza zonasi hududida joylashgan transport infratuzilmasiga taalluqli bo‘lgan obyektlarda ishlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga ega bo‘lmagan yerlarda vaqtincha suv bostirish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Ishlarni bajarish uchun beriladigan yozma kelishuvda rejalashtirilayotgan ishlarning nomi, ishlar amalga oshiriladigan hududlar, ularni boshlash va tugatish sanalari, xavfli omillarning mavjudligi, vujudga kelish imkoniyatlari va xususiyatlari, ishlarni bajarishdagi sharoitlar, shu jumladan, ishlar amalga oshiriladigan hududlardagi yer osti muhandislik-kommunikatsiyalari va inshootlarida ehtiyotkorlik chora-tadbirlari, muayyan ish turlarini bajarishda qo‘llanma sifatida foydalanish uchun yo‘riqnomalar bo‘ladi. Yo‘riqnomada uning tarkibi, gaz transporti tizimi obyektining mulkdori yoki uni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning vakili ishtirok etishi va nazorat qilishi lozim bo‘lgan ish bosqichlari, shuningdek, obyekt mulkdorining yoki uni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot mas’ul shaxsining familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Mazkur Qoidalarning 38-bandida ko‘rsatilgan ishlarni amalga oshirishni rejalashtirgan tashkilot yoki jismoniy shaxs ushbu ishlarni bajarishga yozma kelishuv olish maqsadida ishlarni boshlashni rejalashtirgan kunidan kamida yigirma kun oldin gaz transporti tizimi obyektining mulkdoriga yoki uni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotga yozma ravishda murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Gaz transporti tizimi obyektining mulkdori yoki uni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan mazkur Qoidalarning 40-bandida ko‘rsatilgan yozma murojaatni qabul qilgan kundan boshlab hisoblanganda o‘n besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda ishlarni bajarishga yozma kelishuv yoki mazkur ishlar gaz transporti tizimi obyektining xavfsizligiga tahdid solgan holatda asoslangan rad javobi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda murojaatchiga taqdim etilgan rad etish javobi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Ishlarni bajarishga yozma kelishuv berish uchun gaz transporti tizimi obyektining mulkdori yoki uni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot ishlarni bajarish mo‘ljallangan muhofaza zonasi chegarasida magistral gaz quvurining tarmoq qismi yoki maydonli inshootlari uchastkalarining texnik holatini aniqlaydi va mazkur uchastkalarda ogohlantirish belgilari mavjudligi hamda ularning holatini ko‘rikdan o‘tkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buzilgan yoki o‘rnatilgan joyida bo‘lmagan ogohlantirish belgilari muhofaza zonasida ishlar boshlanguniga qadar qayta tiklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Gaz transporti tizimi obyekti mulkdorining yoki uni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning vakili mazkur Qoidalarning 38-bandida ko‘rsatilgan ishlar mazkur bandning “g” kichik bandida ko‘rsatilgan yer ishlaridan tashqari amalga oshirilishi vaqtida ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Magistral gaz quvurining tarmoq qismi uchastkasi yoki maydonli inshootlarining texnik holati gaz transporti tizimi obyekti mulkdorining yoki uni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning vakili tomonidan ta’mirlash ishlariga muhtoj deb topilsa, ularga buzilishlarining oldini olish va transportirovka qilinadigan gazning sizib chiqish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida gaz transporti tizimi obyektining mulkdori yoki uni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot ishlarni bajarayotgan shaxslarni o‘n ish kuni oldin yozma ravishda xabardor qilib, mazkur Qoidalarning 37 va 38-bandlarida ko‘rsatilgan ishlar bajarilishini vaqtincha (ta’mirlash tugaguncha) to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Mazkur Qoidalarning 38-bandida ko‘rsatilgan ishlar bajarilayotgan hudud chegarasida joylashgan magistral gaz quvurining va yer osti kommunikatsiyalarning o‘qlari, gaz transporti tizimi obyekti mulkdori yoki uni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan ishlar amalga oshirilayotganligi haqidagi ogohlantirish belgisi bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday ogohlantirish belgilari ishlarni bajarishga beriladigan yozma kelishuvda ko‘rsatilgan ishlar boshlanguniga qadar o‘rnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qoidalarning 38-bandida ko‘rsatilgan ishlarni tegishli ishlar amalga oshirilayotganligi haqidagi belgilar o‘rnatilguniga qadar bajarishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Magistral gaz quvurining ikkala yon tomoni bo‘ylab uning o‘qidan 2 metr kenglikda mazkur Qoidalarning 38-bandida ko‘rsatilgan yer ishlari faqat gaz transporti tizimi obyekti mulkdorining yoki ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning vakili ishtirokida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qoidalarning 38-bandida ko‘rsatilgan yer ishlarini bajarmoqchi bo‘lgan tashkilotlar yoki jismoniy shaxslar ushbu ishlarni boshlashdan kamida besh ish kuni oldin yozma ravishda ishlarni bajarish joyi va vaqti haqida gaz transporti tizimi obyekti mulkdorini yoki uni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotni xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Magistral gaz quvurining ikkala yon tomoni bo‘ylab uning o‘qidan ikki metr kenglikdagi joylarda mazkur Qoidalarning 38-bandida ko‘rsatilgan yer ishlarini bajarishda quvurlarni saqlash choralariga rioya etilishini nazorat qilish uchun gaz transporti tizimi obyektining mulkdori yoki uni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot ishlarni bajarish joyida o‘z vakilining bo‘lishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Magistral gaz quvurining muhofaza zonasida boshqa tashkilotlarga tegishli muhandislik-kommunikatsiya inshootlari mavjud bo‘lgan yoki magistral gaz quvurlari bilan ushbu kommunikatsiyalar va inshootlar kesishgan holatlarda ularning xavfsiz ishlatilishini, avariyalar va favqulodda vaziyatlarning oldi olinishini, shuningdek, ularning oqibatlari bartaraf etilishini ta’minlashga oid o‘zaro munosabatlar mazkur kommunikatsiyalar va inshootlarning egalari bilan gaz transporti tizimi obyektining mulkdori yoki uni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning o‘zaro kelishuvlarida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Ishlar amalga oshiriladigan hududda ularni bajarish uchun berilgan kelishuvda ko‘rsatilmagan yer osti muhandislik-kommunikatsiyalari hamda inshootlari aniqlanganda, ishlar darhol to‘xtatilishi va gaz transporti tizimi obyektining mulkdori yoki uni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning vakili chaqirilishi, shuningdek, mazkur muhandislik kommunikatsiyalar va inshootlarning saqlanishini ta’minlashga oid choralar ko‘riladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Ishlarni bajarishga yozma kelishuv olgan tashkilotlar yoki jismoniy shaxslar ishlar boshlangunga qadar gaz transporti tizimi obyektining mulkdori yoki uni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot bilan birgalikda ishlar xavfsiz bajarilishi va magistral gaz quvurining saqlanishi bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutadigan chora-tadbirlarni ishlab chiqishlari shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspluatatsiya qilinayotgan magistral gaz quvuri yaqinidagi yerlarga ishlov berishda gaz quvuri yotqizilgan chuqurlik darajasida va undan ortiq chuqurlikdagi yerni qazish ishlarida yer cho‘kib qolishining oldini oluvchi choralar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlar xavfsiz bajarilishini ta’minlovchi ekspluatatsiya qilinayotgan magistral gaz quvuridagi bosimni pasaytirish yoki boshqa choralar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Gaz transporti tizimi obyektining mulkdori yoki uni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan muhofaza zonasida ishlar amalga oshirilishida qatnashuvchi shaxslarni ish boshlanguniga qadar muhofaza zonasida ishlarni xavfsiz bajarishga oid talablar hamda magistral gaz quvurining joylashuvi va uning joylarda belgilanishi bilan tanishtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Gaz transporti tizimi obyektlaridan foydalanish xavfsizligi magistral gaz quvurlarining texnik ekspluatatsiyasi qoidalari va magistral gaz quvurlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalarida belgilangan talablarni bajarish orqali ta’minlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Gaz transporti tizimi obyektining mulkdori yoki ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot muhofaza zonasida quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) magistral gaz quvuriga xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash ishlarini bajarishga, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini bajarish uchun kerak bo‘ladigan avtomobil yoki boshqa transport vositalarini magistral gaz quvuri yoniga borishi uchun magistral gaz quvurining egasi yoki magistral gaz quvurini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan, borish yo‘lining sxemasini muhofaza zonasi chegarasidagi yer uchastkalari egalariga yoki mazkur yer uchastkalaridan qonuniy foydalanuvchilarga jo‘natishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhofaza zonasi hududida shurflar qazishga, shu jumladan, magistral gaz quvurining tarmoq qismi quvurlari izolyatsiyasi sifatini va korroziyaga qarshi ularni elektr kimyoviy himoya qilish vositalarining holatlarini tekshirishga, shuningdek, muhofaza zonasida joylashgan yer uchastkalarining egalarini yoki qonuniy boshqa foydalanuvchilarni oldindan (ish boshlashdan kamida besh kun oldin) xabardor qilgan holda, magistral gaz quvurlarining me’yoriy rejimda ishlashini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan boshqa yer ishlarini amalga oshirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) magistral gaz quvurlaridagi avariyalar va favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini tugatish ishlarini amalga oshirishda, o‘rmondagi daraxtlarni kesishga yoki qishloq xo‘jaligi ekinlariga zarar yetkazishga (kesilgan daraxtlar va zarar yetkazilgan ekinlarning qoldiq chiqindilaridan hududni tozalab qo‘yish sharti bilan).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Mazkur Qoidalarning 52-bandida ko‘rsatilgan maqsadlar uchun gaz transporti tizimi obyektining mulkdori yoki uni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot yer uchastkalaridan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Magistral gaz quvurining muhofaza zonasini yong‘inga xavfsiz holatda saqlash maqsadida gaz transporti tizimi obyekti mulkdori yoki uni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot muhofaza zonasi hududidagi daraxtlar va o‘simliklarni kesib, mazkur hududni kesilgan daraxtlar va o‘simliklarning qoldiq chiqindilaridan tozalaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Magistral gaz quvuri o‘tkazilgan yoki uning obyektlari joylashgan yer maydonlari uchinchi shaxsga vaqtincha yoki doimiy foydalanish uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga asosan ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Magistral gaz quvurlari o‘tkazilgan yoki ularning obyektlari joylashgan yer maydonlari tegishli tartibda investorlar yoki boshqa shaxs (tashkilot)larga foydalanish uchun ajratilganda, magistral gaz quvurlarini yoki ularning obyektlarini ko‘chirish zarurati bo‘lsa, ko‘chirish ishlari yer maydonlari ajratib berilgan investorlar yoki boshqa shaxs (tashkilot)lar tomonidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Gaz transporti tizimi obyektlarining ruxsat etilgan eng kichik masofadagi zonalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Gaz transporti tizimi obyektlari, ularga yaqin bo‘lgan bino va inshootlar, shuningdek, boshqa obyektlar orasidagi ruxsat etilgan eng kichik masofalar ushbu Qoidalarga 1 va 2-ilovalarda qayd etilgan ko‘rsatkichlarga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Binolar, imoratlar va inshootlarni loyihalashtirish, qurish va qayta qurishda mazkur obyektlardan magistral gaz quvurigacha hamda gaz transporti tizimining boshqa obyektlarigacha bo‘lgan eng kichik masofalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilanganlarga mos kelishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qoidalarning 4-bandida ko‘rsatilgan obyektlarga taalluqli bo‘lmagan binolar, imoratlar va inshootlar hamda magistral gaz quvurining tarmoq qismi orasidagi eng kichik masofani o‘lchashda tarmoq qismi o‘qi bilan ushbu binolar, imoratlar va inshootlarning tashqi chegaralari bo‘yicha vertikal tekisliklar orasidagi eng yaqin masofalar olinadi. Magistral gaz quvurlari parallel holatda o‘rnatilgan bo‘lsa, o‘lchashlar magistral gaz quvurlarining har bir tarmoq qismi o‘qigacha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qoidalarning 4-bandida ko‘rsatilgan obyektlarga taalluqli bo‘lmagan binolar, imoratlar va inshootlar hamda 4-bandda ko‘rsatilgan obyektlar (magistral gaz quvurining tarmoq qismidan tashqari) orasidagi eng kichik masofani o‘lchashda taalluqli bo‘lmagan binolar, imoratlar va inshootlarning tashqi chegaralari bo‘yicha vertikal tekisliklar bilan mazkur 4-bandda ko‘rsatilgan obyektlarning tashqi chegaralari bo‘yicha vertikal tekisliklar orasidagi eng yaqin masofalar olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘rsatilgan maqsadlar uchun yer uchastkalarini ajratish haqidagi murojaatlarni vakolatli organlar tomonidan ko‘rib chiqishda, qurilish obyektlari joylashgan joylar majburiy tartibda gaz transporti tizimi obyektlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot bilan kelishilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Muhofaza zonalarining chegaralari hamda mazkur Qoidalarning 20-bandida nazarda tutilgan eng kichik masofalar haqidagi ma’lumotlar magistral gaz quvuri yoki maydonli inshootlarning loyiha hujjatlarida ko‘rsatiladi, shuningdek, hududni rejalashtirishga oid hujjatlarda ham aks ettiriladi va Davlat kadastrlarining yagona tizimi Milliy geografik axborot tizimiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘rsatilgan eng kichik masofalarning chegaralari haqidagi ma’lumotlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq Davlat kadastrlarining yagona tizimi Milliy geografik axborot tizimida ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Mazkur Qoidalarning talablari buzilgan, shuningdek, gaz transporti tizimi obyektlaridan turli faoliyatli obyektlargacha bo‘lgan eng kichik masofalar loyihalashtirishga oid qurilish me’yorlari va qoidalarida belgilangan talablarga mos kelmagan holatlarda, gaz transporti tizimi obyektlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot amalga oshirilayotgan ishlarni taqiqlaydi va shu bilan birga, o‘zining yuqori turuvchi tashkilotini xabardor qiladi. Bunda Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi o‘z vakolati doirasida to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Magistral gaz quvurlari trassalarini aniqlash belgilari bilan jihozlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Magistral gaz quvurlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinib turuvchi lekin oraliq masofalari ko‘pi bilan 1000 metrgacha bo‘lgan joylarga hamda uning burilish burchaklariga yer sathiga nisbatan 1,5 — 2 metr balandlikdagi aniqlash belgilarini (ko‘rsatkich yozuvlarga ega shitlarni) o‘rnatish orqali belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Magistral gaz quvurlarini aniqlash belgilarini (ko‘rsatkich yozuvlarga ega shitlarni) o‘rnatish ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot va yerdan foydalanuvchining birgalikda tuzgan dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Ko‘rsatkich-shitlar va aniqlash belgilarini gaz quvuriga parallel o‘tgan elektr uzatish va telekommunikatsiya tarmoqlari tirgaklariga (ustunlariga) va nazorat-o‘lchov kolonkalariga o‘rnatishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Magistral gaz quvurlarining suv kanallari va kemalar suzadigan daryolar bilan kesishgan joylari suv to‘siqlarining qirg‘oqlariga signal belgilarini o‘rnatish orqali belgilanadi. Signal belgilari ekspluatatsiya qiluvchi korxona tomonidan suv yo‘lining texnik uchastkalari bilan kelishgan holda o‘rnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qirg‘oqlardagi navigatsiya chiroqlariga ega navigatsiya axborot belgilari gaz transporti tizimi obyektining mulkdori yoki ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan ichki suv yo‘llari havza ma’muriyati bilan kelishgan holda, chetki magistral gaz quvurlarining o‘qlariga nisbatan suv oqimi bo‘yicha 100 metr masofa oldin va keyinda o‘rnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Magistral gaz quvurlarining barcha kategoriyali avtomobil yo‘llari bilan kesishgan joylariga Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining bo‘linmalari bilan birgalikda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan holda, transport vositalarining to‘xtashini taqiqlovchi yo‘l belgisi o‘rnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gaz transporti tizimi obyektlarining mulkdori yoki ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etgan arizasi asosida magistral gaz quvurlarining avtomobil yo‘llari bilan kesishgan joylariga belgilarni o‘rnatish va saqlash mazkur yo‘llarning egasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Aniqlash belgilarida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
magistral gaz quvurining nomlanishi va asosiy texnik tavsiflari (loyiha hujjatlari bo‘yicha magistral gaz quvurining diametri va ishchi bosimi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘rnatilgan belgi asosiga nisbatan magistral gaz quvuri o‘qining joylashuvi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
magistral gaz quvurining boshlanish nuqtasiga nisbatan kilometr birligida hisoblangan masofa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
magistral gaz quvurining o‘qidan muhofaza zonasi chegarasigacha masofa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
magistral gaz quvuri egasining yoki magistral gaz quvurining mazkur uchastkasini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning telefon raqamlari va manzillari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Magistral gaz quvurining yer usti va yer osti kommunikatsiyalari bilan kesishgan joylari gaz transporti tizimi obyektining mulkdori yoki ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan aniqlash belgilari bilan jihozlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Magistral gaz quvurining tabiiy va sun’iy to‘siqlardan yer usti o‘tish joylari gaz transporti tizimi obyektining mulkdori yoki ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan aniqlash belgilari bilan, shuningdek, magistral gaz quvuri ustida begona shaxslarning harakatlanishiga imkon qoldirmaydigan konstruksiyalar bilan jihozlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Magistral gaz quvurining yer yuzasidan chiqib turgan tarmoq zulfinlari, kranlar, vantuzlar va boshqa elementlari ham ogohlantiruvchi belgilar bilan jihozlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Gaz transporti tizimi obyektlarining muhofaza zonalarida va ruxsat etilgan eng kichik masofadagi zonalarida ishlar amalga oshirilishiga oid nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Muhofaza zonalarida va ruxsat etilgan eng kichik masofadagi zonalardagi ishlarning bajarilishini nazorat qilish uzluksiz va ko‘p bosqichli shaklda amalga oshirilishi hamda ekspluatatsiya qilinayotgan magistral gaz quvurlarini but saqlash, shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xavfsizligini ta’minlash, qabul qilingan qoidalar va talablarga rioya qilish maqsadida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Nazorat muntazam ravishda olib boriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlarni amalga oshiruvchi tomonidan — doimiy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gaz transporti tizimi obyekti mulkdorining yoki uni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning mas’ul xodimi tomonidan — haftasiga kamida ikki marta, rahbariyati tomonidan — oyiga kamida ikki marta.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Ishlarni bajarish davomida aniqlangan kamchiliklarni qayd qilish uchun ishlar bajariladigan joyda qurilish tashkilotining buyrug‘i bilan tayinlangan mas’ul rahbar tomonidan kamchiliklar jurnali yuritiladi. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot vakilining o‘tkazgan har bir tekshiruvi kamchiliklar jurnalida qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Magistral gaz quvurining muhofaza zonasida ishlarni bajarish uchun gaz transporti tizimi obyektini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotdan yozma kelishuv olgan tashkilot quyidagilar haqida xabardor qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) kelishuvda xavfli ishlab chiqarish omillarining mavjudligi yoki vujudga kelishi mumkinligi va xususiyati haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) magistral gaz quvuri o‘qidan loyihalashtirishga oid qurilish me’yorlari va qoidalarida belgilangan eng kichik masofada turuvchi xavfli zona chegaralari haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ishlarni bajarishdagi sharoitlar, ehtiyotkorlik choralari va muayyan ish turlarini bajarishda qo‘llanma bo‘ladigan yo‘riqnomalarning mavjudligi va tarkibi, ularda ekspluatatsiya qiluvchi (ishlab chiqarish bo‘linmasi) vakilining ishtiroki va nazorati ostida bajariladigan ishlar bosqichlari bayon qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) gaz transporti tizimi obyektini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot vakilining ishtiroki talab qilinadigan ishlarni bajarishni rejalashtirgan yuridik va jismoniy shaxslar ishlar boshlanadigan kundan kamida besh kun oldin mazkur vakilni ishlarni bajarish joyiga taklif etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gaz transporti tizimi obyektini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot o‘zining mas’ul vakilini magistral gaz quvurining tarmoq qismi yoki maydonli inshootlar xavfsizligini va ularning but saqlanishini ta’minlovchi choralarga rioya etilishi bo‘yicha nazoratni amalga oshirish uchun ishlarni bajarish joyiga o‘z vaqtida yetib borishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Nazorat qilish jarayonida quyidagilar tekshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yozma kelishuv mavjudligi va unga amal qilish muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlarni xavfsiz bajarishga javobgar shaxsni tayinlanganligi haqida ish bajaruvchi tashkilotning buyrug‘i mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlovchilar o‘z vaqtida yo‘riqnomadan o‘tkazilganligi va maxsus ishlarni bajarish huquqini beruvchi guvohnomalar mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi gaz transporti tizimi obyektlarining muhofaza zonalarida ishlarni xavfsiz bajarish bo‘yicha qoidalar, me’yorlar va yo‘riqnomalarning talablariga rioya etilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Mazkur Qoidalarning talablariga rioya qilmaganda gaz transporti tizimi obyektlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot yoki Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi vakillari ishlarni to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega. Ishlarni to‘xtatishda bayonnoma yoki dalolatnoma tuzilishi, unda ishlarni bajarayotgan tashkilotning nomlanishi, aybdor shaxsning mansabi va familiyasi, qoidabuzarlikning turi, joyi va vaqti ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Ishlar qoidabuzarliklar bartaraf etilgandan so‘ng ishni to‘xtatgan gaz transporti tizimi obyektlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot yoki Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining yozma kelishuvi berilgandan keyin qayta amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Kommunikatsiyalari bitta texnik yo‘lakda o‘rnatilgan yoki unda kesishgan tashkilotlarning o‘zaro munosabatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Kommunikatsiyalarni ekspluatatsiya qilishda ham, ularda sodir bo‘lgan avariyalarni bartaraf etishda ham, bitta texnik yo‘lakda o‘rnatilgan yoki unda kesishgan kommunikatsiyalarning egasi hisoblangan tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tashkilotlarning o‘zaro kelishuvlari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Texnik yo‘lakda o‘rnatilgan kommunikatsiyalar, shuningdek, yo‘lak chegaralarida uni kesib o‘tuvchi kommunikatsiya qismlari korroziyalanishdan, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatdan aholi punktlarini, o‘rnatilayotgan neft va boshqa mahsulotlarni avariyaviy to‘kilishidan umumiy himoyalovchi tizimlarga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Har bir muhandislik kommunikatsiyalarining texnik yo‘lakdagi joylashuvi mazkur Qoidalarning 7-bandi talablariga muvofiq joylarda aniqlash va ogohlantirish belgilari bilan aniq jihozlangan bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Bitta texnik yo‘lakdan o‘tuvchi muhandislik kommunikatsiyalarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar birgalikda obyektlarning o‘zaro joylashuvini aniq ko‘rsatgan holda, umumiy sxemani ishlab chiqadilar. Texnik yo‘lakdagi kommunikatsiyalarga xizmat ko‘rsatuvchi barcha tashkilotlar xodimlarining ish joylarida kommunikatsiyalar joylashuvining umumiy sxemasi bo‘ladi. Sxemaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar bir oy ichida barcha manfaatdor tashkilotlarga yozma ravishda yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Texnik yo‘lakdagi kommunikatsiyalarning butligi va xavfsiz ishlash sharoitlarini ta’minlash maqsadida ularning egalari texnik yo‘lakdagi kommunikatsiyalarni birgalikda nazorat qilish va saqlash bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqadi. Yo‘riqnomada quyidagilar aks ettiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) asosiy texnik tavsiflarini ko‘rsatgan holda kommunikatsiyalar tarkibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) texnik yo‘lakda yotqizilgan (joylashgan) barcha kommunikatsiyalarning muhofaza zonalarini hisobga olgan holda texnik yo‘lak chegaralari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) kommunikatsiyalarni ishlatishga mas’ul tashkilotlarning ro‘yxati, ularning manzili va aloqa ma’lumotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) texnik yo‘lakka joylashtirilgan har bir kommunikatsiyaning buzilishi va unda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalarning o‘ziga xos alomatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) patrullikni, qo‘riqlashni tashkil etish va amalga oshirish tartibi, texnik yo‘lakdagi qoidabuzarliklar, kommunikatsiyalardagi avariya va buzilishlar haqida xabar berish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) profilaktik ta’mirlash va avariya-tiklash ishlarini kelishish va amalga oshirish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) texnik yo‘lakdagi kommunikatsiyalarni yillik tekshiruv tartibi, hajmi va vaqti hamda aniqlangan nuqsonlar bartaraf etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) avariya va ularning oqibatlarini bartaraf etishdagi o‘zaro yordam ko‘lami va tashkil qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) umumiy yordamchi obyektlarga (texnik yo‘lak bo‘ylab o‘tish yo‘laklariga, ko‘priklar va o‘tish yo‘llariga, vertolyot maydonchalari va boshqalarga) texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Texnik yo‘lakdagi kommunikatsiyalarni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya va ularning oqibatlarini bartaraf etish rejalariga hamda texnik yo‘lakka tutash obyektlarga shikast yetkazilishining oldini olish tartibiga ega bo‘ladi. Rejalar texnik yo‘lakdagi obyektlarni ekspluatatsiya qiluvchi barcha tashkilotlar bilan kelishilgan bo‘ladi va avariya-tiklash ishlarida ularni birgalikda ishtirok etishlari ko‘zda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Texnik yo‘lakda ish bajarish jarayonida yoki kesishgan kommunikatsiyalarda sodir bo‘lgan avariyalar natijasida muhandislik kommunikatsiyalarining buzilish holatlari barcha manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ularning vakillari ishtirokida tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Texnik yo‘lak kommunikatsiyalarida yuklash-tushirish, tashish, ta’mirlash va profilaktik ishlar tartibi ushbu texnik yo‘lakda joylashgan kommunikatsiyalarning egalari bilan kelishiladi. Avariya holatida boshqa kommunikatsiyalarning saqlanishini ta’minlash choralarini qo‘llab, texnik yo‘lakda avariya ishlari olib borilishi haqida kommunikatsiya egalarini bir kun ichida xabardor qilgan holda tiklash ishlari amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Texnik yo‘lakdagi avariyalar oqibatlarini bartaraf etish barcha manfaatdor tashkilotlar tomonidan o‘zaro kelishilgan rejaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Texnik yo‘lakda tabiiy ofatlar (ko‘chkilar, toshqinlar va boshqalar) oqibatlarini bartaraf etishni tashkilotlar birgalikda amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Magistral gaz quvurlari o‘z ish faoliyati turi bo‘yicha atrof-muhitga I toifali ta’sirga (yuqori xavf) ega hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitta texnik yo‘lakda yangi gaz quvurlarini qurish va mavjud gaz quvurlarini qayta tiklash loyihalari belgilangan tartibda Davlat ekologik ekspertizasi o‘tkaziladigan obyektlar turkumiga kiradi va ushbu texnik yo‘lakda joylashtirilgan kommunikatsiyalarni ekspluatatsiya qiluvchi barcha tashkilotlar bilan kelishiladi. Ushbu loyihalar bo‘yicha ishlar olib borilganda texnik yo‘lakdagi barcha kommunikatsiyalarni xavfsiz ishlatilishi ta’minlanishi talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. Texnik yo‘lakda har qanday qurilish-montaj va qazish ishlari faqat ish loyihasi va ushbu texnik yo‘lakdagi kommunikatsiyalarni ekspluatatsiya qiluvchi barcha tashkilotlarning yozma kelishuvi bo‘lgan holatda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89. Bitta texnik yo‘lakda joylashtirilgan kommunikatsiyalarni ko‘rikdan o‘tkazayotgan ishlab chiqarish xodimlari va mansabdor shaxslar, agar begona shaxslar tomonidan qurilish, qidiruv va boshqa ishlar amalga oshirilayotgani aniqlansa, ularning tegishli yozma kelishuvlari borligini, bunday kelishuvlari bo‘lmagan hollarda yoki kelishuvdagi texnik talablarga rioya etilmagan holatlarda ishlar bajarilishini to‘xtatadilar va bu haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90. Texnik yo‘lakda joylashtirilgan kommunikatsiyalarni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar o‘rtasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar qonunchilikka muvofiq keltirilgan zararni qoplaydilar va javobgarlikka tortiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92. Magistral gaz quvurlari obyektlarini muhofaza qilish qoidalari talablarining buzilishi haqidagi dalolatnoma tasarrufida gaz transporti tizimi obyektlari bo‘lgan tashkilotning vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi. Bitta nusxasi mazkur Qoidalar talablarini buzgan shaxsga topshiriladi, ikkinchi nusxasi tasarrufida gaz transporti tizimi obyektlari bo‘lgan tashkilotda qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qoidalarning buzilishi to‘g‘risida dalolatnomalarni tuzishga vakolatli mansabdor shaxslarning ro‘yxati tasarrufida gaz transporti tizimi obyektlari bo‘lgan tashkilot rahbari tomonidan har yili tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93. Mazkur Qoidalar talablariga rioya qilish bilan bog‘liq, shuningdek, muhofaza zonasida gaz transporti tizimining obyektlarini joylashtirish, muhofaza qilish va ishlatish tartiblarining buzilishi bo‘yicha yuzaga kelgan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gaz transporti tizimi obyektlarini muhofaza qilish qoidalariga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gaz quvurlari o‘qidan boshqa obyektlar, bino va inshootlargacha bo‘lgan ruxsat etilgan eng kichik masofadagi muhofaza zonalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Obyektlar, binolar va inshootlar

O‘qdan eng kichik masofa, m

Sinflari

I

II

Shartli diametri, mm

76 dan

300 gacha

300 dan

600 gacha

600 dan

800 gacha

800 dan

1000 gacha

1000 dan

1200 gacha

1200 dan

1400 gacha

300 va undan kichik

300 dan ortiq

1. Shaharlar va boshqa aholi punktlari; bog‘ uychali jamoa bog‘lari, dala qo‘rg‘onlari, alohida sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari; issiqxona xo‘jaliklari; parranda fabrikalari; sut zavodlari; foydali qazilmalar karyerlari; 20 dan ortiq avtomobillar uchun garajlar va ochiq turar joylar; odamlar ommaviy yig‘iladigan yakka turgan binolar (maktablar, shifoxonalar, klublar, bolalar bog‘chalari va yaslilar, vokzallar va boshqalar); 3 qavatli va undan baland turar joy binolari; temir yo‘l stansiyalari; aeroportlar; gidro elektr stansiyalar; I-IV sinflardagi daryo transportining gidrotexnik inshootlari; suv quvurining magistral gaz quvuriga tegishli bo‘lmagan tozalash inshootlari va nasos stansiyalari, umumiy tarmoq temir yo‘l va avtomobil yo‘lining uzunligi 20 metrdan ortiq bo‘lgan I va II toifa ko‘priklari (neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini oqim bo‘yicha ko‘prikdan pastroqda yotqizishda); saqlash hajmi 1000 kub metrdan ortiq bo‘lgan yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar va gazlar omborlari; avtoyoqilg‘i stansiyalari; aloqa tashkilotlari va boshqa idoralar ko‘p kanalli radiorele tarmog‘ini machta (minora) va inshootlari; televizion minoralar.

100

150

200

250

300

350

75

125

2. Gaz quvuri parallel yotqiziladigan umumiy tarmoqning temir yo‘llari (peregonlarda) va I-III toifali avtoyo‘llar; 1-2 qavatli alohida turgan turar joy binolari; bog‘ va dala hovlilar, uylar, tarmoq nazoratchi uylari; qabristonlar; qishloq xo‘jaligi fermalari va tashkilot mol boqishi uchun o‘ralgan uchastkalar; dala ayvonlari.

75

125

150

200

225

250

75

100

3. Alohida joylashgan, odamlar yashamaydigan va yordamchi binolar; burg‘ulanayotgan va ishlatilayotgan neft, gaz va artezian quduqlarning og‘iz qismlari; 20 ta va undan kam avtomobilga mo‘ljallangan garajlari va ochiq turar joylari; kanalizatsiya inshootlari; sanoat korxonalarining temir yo‘llari; gaz quvurlari parallel yotqiziladigan IV, V, III-n va IV-n toifali avtomobil yo‘llari.

30

50

100

150

175

200

30

50

4. Sanoat korxonalarining temir yo‘llari hamda III, IV, III-n, IV-n toifali avtomobilb yo‘llarining uzunligi 20 metrdan ortiq bo‘lgan ko‘priklari (neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini oqim bo‘yicha ko‘prikdan pastda yotqizilayotganda).

75

125

150

200

225

250

75

125

5. KS, neft va gazni kompleks tayyorlash uskunalari, GEOSI, konlarning guruhli va yig‘ma punktlari, kon-gaz taqsimlash stansiyalari (GTS), gazni tozalash va quritish qurilmalari hududlari.

75

125

150

200

225

250

75

125

6. Vertolyotlar doimiy turmaydigan vertodromlar va qo‘nish maydonchalari.

50

50

100

150

175

200

50

50

7. Suv osti neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini oqim bo‘yicha yuqorida yotqizishda:

a) temir yo‘l va avtomobil yo‘llari ko‘priklaridan, sanoat korxonalaridan va gidrotexnik inshootlardan;

b) pristan va daryo vokzallaridan;

v) suv to‘plash inshootlaridan.

Belgilangan tartibda tasdiqlangan maxsus normativ hujjatlar talablariga muvofiq hamda ko‘rsatilgan obyektlar ixtiyorida bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda.

8. Quyidagilarni gaz bilan ta’minlashga mo‘ljallangan GTS, avtomatlashgan GTS (AGTS) va rostlovchi stansiyalar (jumladan, shkaf turli) hududlari:

a) shaharlar; aholi punktlari; korxonalar, alohida binolar va inshootlar; boshqa iste’molchilar;

50

75

100

125

150

175

50

75

b) gaz quvuri obyektlari (sarf o‘lchash punktlari, termoelektr generatorlari va boshqalar).

25

25

25

25

25

25

25

25

9. Avtomatlashgan termoelektr generatorli elektr stansiyalari; aloqa, telemexanika va avtomatika qurilmalari.

Eng chekka toladan kamida 15.

10. Yonidan gaz quvuri o‘tkazilgan magistral sug‘orish kanallari va kollektorlari, daryo va suv havzalari; sug‘orish tizimlari suv to‘plash inshootlari va stansiyalari.

25

25

25

25

25

25

25

25

11. Maxsus korxonalar, inshootlar, maydonchalar, qo‘riqlanuvchi zonalar, portlovchi va portlashga xavfli moddalar, portlatish ishlarini qo‘llab qazib olinadigan foydali qazilmalar konlari, suyultirilgan yonuvchi gazlar omborlari.

Belgilangan tartibda tasdiqlangan maxsus normativ hujjatlar talablariga muvofiq hamda ko‘rsatilgan obyektlar ixtiyorida bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda.

12. Gaz quvuri parallel yotqiziladigan yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlari; trassaning tabiiy sharoitlarida gaz quvuri parallel yotqiziladigan yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlari; yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarining gaz quvuri bilan kesishgandagi tayanchlari; 35 kV va undan ortiq kuchlanishli ochiq va yopiq transformator podstansiyalari va yopiq taqsimlash qurilmalari.

Elektr uskunalarining tuzilish qoidalari talablariga muvofiq ravishda.

13. Quvur uzatgichdan neft va kondensatni avariyaviy chiqarib yuborish uchun yer osti ombori.

50

75

75

75

100

100

50

50

14. Shaharlararo aloqa kabellari va kuch elektr kabellari.

10

10

10

10

10

10

10

10

15. Gaz quvurlarining xizmat ko‘rsatilmaydigan kichik kanalli radiorele aloqa machtalari (minoralari) va inshootlari, termo elektr generatorlar.

15

15

15

15

15

15

15

15

16. Yer osti termokameralaridagi kabel aloqasining xizmat ko‘rsatilmaydigan kuchaytirish punktlari.

10

10

10

10

10

10

10

10

17. Faqat gaz quvurlariga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan trassa bo‘yidagi doimiy yo‘llar.

kamida 10

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Gaz quvuri o‘qidan binolar va inshootlargacha yer ustida yotqizish holida 1-bandda ko‘rsatilgan minimal masofalarni 2-marta, 2 — 6, 8 — 10 va 13-bandlarda — 1,5-marta oshirilgan holda qabul qilish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu jadvalda ko‘rsatilmagan obyektlargacha masofalarni davlat nazoratining tegishli idoralari va manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘rmon hududlarida yotqiziladigan gaz quvurlari uchun temir yo‘llar va avtomobil yo‘llaridan eng kichik masofalarni 30 foizgacha qisqartirishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Atmosferaga gaz chiqarishi va ulardan sizib chiqishi mumkin bo‘lgan gaz quvurlari va boshqa obyektlar aerodromlar va vertodromlarga o‘tish havo polosalaridan tashqarida joylashishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gaz transporti tizimi obyektlarini muhofaza qilish qoidalariga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kompressor stansiyalari va gaz taqsimlash stansiyalaridan boshqa obyektlar, binolar va inshootlargacha bo‘lgan eng kichik masofadagi muhofaza zonalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Obyektlar, binolar va inshootlar

Eng kichik masofalar, m

KS va GTSdan

Gaz quvuri sinflari

I

II

Gaz quvurining shartli diametri, mm

76 dan

300 gacha

300 dan

600 gacha

600 dan

800 gacha

800 dan

1000 gacha

1000 dan

1200 gacha

1200 dan

1400 gacha

300 va undan kichik

300 dan ortiq

1. Shaharlar va boshqa aholi punktlari; bog‘ uychali jamoa bog‘lari, dala qo‘rg‘onlari, alohida sanoat va qishloq xo‘jalik korxonalari; issiqxona xo‘jaliklari; parranda fabrikalari; sut zavodlari; foydali qazilmalar karyerlari; 20 dan ortiq avtomobillar uchun garajlar va ochiq turar joylar; odamlar ommaviy yig‘iladigan yakka turgan binolar (maktablar, kasalxonalar, klublar, bolalar bog‘chalari va yaslilar, vokzallar va boshqalar); 3 qavatli va undan baland turar joy binolari; temir yo‘l stansiyalari; aeroportlar; gidro elektr stansiyalar; I — IV sinflardagi daryo transportining gidrotexnik inshootlari; aloqa tashqi-lotlari va boshqa idoralar ko‘p kanalli radiorele tarmog‘ini machta (minora) va inshootlari; televizion minoralar.

500

150

500

175

700

200

700

250

700

300

700

350

500

100

500

125

2. Uzunligi 20 m dan ortiq bo‘lgan I va II toifali umumiy tarmoq temir yo‘l va avtomobil yo‘llari ko‘priklari (neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini oqim bo‘yicha ko‘prikdan pastda yotqizilganda); saqlash hajmi 1000 kub metrdan ortiq bo‘lgan yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda gazlar omborlari; avtoyoqilg‘i quyish stansiyalari; magistral gaz quvuriga aloqasi bo‘lmagan suv o‘tkazish inshootlari.

250

150

300

175

350

200

400

225

450

250

500

300

250

100

300

125

3. Umumiy tarmoq temir yo‘llari (o‘tish joylarida) hamda I va III toifali avtoyo‘llar; yakka turgan 1-2 qavatli turar joy binolari; tarmoq nazoratchilari uylari; qabristonlar; qishloq xo‘jaligi fermalari va mol boqish uchun o‘ralgan uchastkalar; dala ayvonlari.

100

75

150

125

200

150

250

200

300

225

350

250

75

75

150

100

4. Uzunligi 20 m dan ortiq bo‘lgan sanoat korxonalari temir yo‘llarining hamda III-U, III-n va IV-n toifali avtomobil yo‘llarining ko‘priklari.

125

100

150

125

200

150

250

200

300

225

350

250

100

75

150

125

5. Sanoat korxonalarining temir yo‘llari.

75

50

100

75

150

100

175

150

200

175

250

200

50

50

100

75

6. IV, V, III-n va IV-n toifali avtomobil yo‘llari.

75

50

100

75

150

100

175

150

200

175

250

200

50

50

100

75

7. Aholi turar joyi hisoblanmaydigan yordamchi qurilmalar (og‘ilxonalar va boshqalar); burg‘ulanayotgan va ishlatilayotgan neft, gaz va artezian quduqlarning og‘izlari; 20 ta va undan kam avtomobilga mo‘ljallangan garajlari va ochiq turar joylari; tozalash inshootlari va kanalizatsiya nasos stansiyalari.

50

50

75

75

150

100

200

150

225

175

259

200

50

30

75

50

8. Magistral quvurlarning va boshqa iste’molchilar kompressor stansiyalarini ta’minlovchi 35, 100, 220 kV elektr podstansiyalarining ochiq taqsimlovchi qurilmalari.

100

100

100

100

100

100

100

100

9. Magistral quvurlarning kompressor stansiyalarini ta’minlovchi 35, 100, 220 kV elektr podstansiyalarning ochiq taqsimlovchi qurilmalari.

kompressor stansiyalari hududida binolar va inshootlardan portlash va yong‘indan xavfsiz oraliqlarni saqlagan holda.

10. Quyidagi jinslarning o‘rmon massivlari:

a) qarag‘ayzorli;

50

50

50

75

75

75

50

50

b) igna bargli.

20

20

20

30

30

30

20

20

11. Vertolyot bazasi hisoblanmaydigan vertodrom va qo‘nish maydonchalari:

MI-6, MI-10 kabi og‘ir turlari;

100

100

150

200

225

250

100

100

MI-4, MI-8 kabi o‘rta turlari;

75

75

150

200

225

250

75

75

MI-2, KA-26 kabi yengil turlari (vertolyotlarning havodan kelish yo‘laklarida joylashgan quvurlarning bino va inshootlari balandligi belgilangan tartibda tasdiqlangan normativ hujjatlar talablariga muvofiq to‘siqlar balandligini cheklash tekisligi o‘lchamlaridan oshmasligi lozim).

60

75

150

200

225

250

60

60

12. Maxsus korxonalar, inshootlar, maydonchalar, qo‘riqlanadigan zonalar, portlovchi va portlash xavfi bo‘lgan moddalar omborlari; portlatish ishlarini qo‘llash orqali qazib olinadigan foydali qazilmalar karyerlari; suyultirilgan yonuvchi gazlar omborlari.

Belgilangan tartibda tasdiqlangan maxsus normativ hujjatlar talablariga muvofiq hamda ko‘rsatilgan obyektlar ixtiyorida bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda.

13. Yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlari.

Elektr uskunalarining tuzilish qoidalari talablariga muvofiq ravishda.

14. Gazni yoqish uchun mash’al.

100

100

100

100

100

100

100

100

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Chiziq ustida ko‘rsatilgan masofalar KSga, chiziq ostidagi — GTSga taalluqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Masofalarni quyidagicha qabul qilish lozim: binolar va inshootlar uchun 1-band kompressor sexi binosidan boshlab; GTS, bino va inshootlar uchun 1 — 14-bandlar va KS uchun 2 — 14-bandlar bo‘yicha stansiyalarning chegara to‘siqlaridan boshlab.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quvurlarning aloqa radiorele tarmoqlari machtalarini (minoralarini) KS hududida joylashtirishga ruxsat beriladi. Lekin, bunda machtalarning o‘rnatilgan joyidan texnologik uskunalargacha bo‘lgan masofa machtani balandligidan kichik bo‘lmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kam kanalli xizmat ko‘rsatilmaydigan radiorele aloqa machtalarini GTS hududida joylashtirishga ruxsat beriladi. Lekin, bunda machta o‘rnatilgan joydan GTS texnologik uskunalarigacha bo‘lgan masofa machtani balandligidan kichik bo‘lmasligi talab etiladi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/651/0939-son)