07.12.2023 yildagi 649-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilmaganligi uchun huquqiy taʼsir choralari kuchaytirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisida” 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda bioxilma-xillikni saqlash va undan foydalanish, Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan oʻsimlik va hayvonot dunyosining, ayniqsa, kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan turlarining barqaror yashash sharoitlarini taʼminlash hamda ularni saqlab qolish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga hamda xalqaro Qizil kitobga kiritilgan oʻsimlik va hayvonot dunyosiga noqonuniy munosabatda boʻlish oqibatida yetkazilgan zararni undirish miqdorlarini qayta koʻrib chiqish zarurati yuzaga kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 31-maydagi PF-81-son Farmoni hamda “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 31-maydagi PQ-171-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 31-maydagi PF-81-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlarning noqonuniy ovlanishi oqibatida hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undirish summalarini 10 baravarga hamda oʻsimliklarni oʻsishdan toʻxtash darajasigacha shikastlantirish yoki yoʻq qilish bilan ularga yetkazilgan zarar uchun undirish summalarini 5 baravarga oshirish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisida” 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan oʻsimliklarga yetkazilgan zararni undirish miqdorini hisoblash uchun koeffitsiyentlarni besh baravarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvonot dunyosidan foydalanish tartibining buzilishi sababli yetkazilgan zarar hajmini hisoblash uchun toʻlovlar miqdorlarini oʻn baravarga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 7-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
649-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-dekabrdagi 649-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisida” 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 19-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan oʻsimliklarga yetkazilgan undiriladigan zarar miqdorini hisoblash uchun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOEFFITSIYENT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Toifasiga koʻra bitta oʻsimlik uchun

Undiriladigan zarar miqdori, belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlarda (bitta oʻsimlik uchun)

1 — yoʻqolib ketayotgan

10

2 — kamyob

4

3 — kamayayotgan

2,5

”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 14-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sut emizuvchilar” boʻlimida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qizil kitobga kiritilganlar” kichik boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilganlar

Qoplon, targʻil sirtlon (Doʻlta), ilvirs (qor qoploni)

3 000

400 000

Burama shoxli echki (morxoʻr)

2 000

300 000

Oʻrta Osiyo qunduzi, Turkiston silovsini, qoraquloq, asalxoʻr, Buxoro bugʻusi (xongul)

1 500

250 000

Qizilqum arxari (Seversov qoʻyi), Tyan-Shan togʻ qoʻyi, Ustyurt koʻyi, Buxoro togʻ qoʻyi, Tyan-Shan qoʻngʻir ayigʻi

1 000

200 000

Saygʻoq, jayron, menzbir sugʻuri

500

50 000

Manul (yovvoyi mushuk), sahro mushugi, qarsok, sariq sassiqkuzan, olaqoʻzan

200

20 000

xalqaro Qizil kitobga yoki Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan sut emizuvchilarning boshqa turlari

100

10 000

”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Boshqa turlar” kichik boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Qizil boʻri

20

2000

Togʻ echkisi, toʻngʻiz

15

1500

Yelik (bugʻu)

10

1200

Togʻ suvsari, qorakoʻzan (norka), qizil sugʻur, oqsuvsar, olakoʻzan, tulki, korsak, chiyaboʻri, nutriya, yovvoyi mushuklar, sariq sassiqkuzan, ondatra, latcha

5

800

Boʻri

-

200

Boʻrsiq, jayra

2

400

Quyon

1

200

Tipratikan, koʻrshapalak, oʻrmon sonyasi

0,5

100

Oʻrmon, qishloq va ovchilik xoʻjaligi zararkunandalariga, xavfli infeksiyalarni tarqatuvchilarga kirmaydigan boshqa sut emizuvchilar

0,3

50

Saygʻoq, kiyik, jayron, bugʻu, echki, qoʻchqor shoxlari

bir juft shox va juft boʻlmagan har bir alohida shox mazkur hayvonning bittasiga muvofiq keladi

Moʻyna buyumlar

mazkur buyumdagi terilar soni boʻyicha

Ayiq yogʻi (100 g uchun)

1

250

Boʻrsiq, sugʻur, jayra yogʻi (100 g uchun)

0,25

200

Ayiq safrosi (xomashyo holida 1 g uchun)

1

200

”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qushlar” boʻlimining “Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilganlar” kichik boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Mallabosh lochin (shaxin), itolgʻi, lochin (sapsan)

1 500

150 000

Toʻxta tuvaloq (dudak), yoʻrgʻa tuvaloq

1 000

100 000

Vishildoq va qiyqirdoq oqqushlar, soqaqushlar, qumoy, qora laylak, suvqiygʻir (skopa), kichik burgut, qironqora, choʻl burguti, boltayutar, burgut, qirgʻiy burgug, ilonxoʻr burgut, uzun dumli va oq dumli suvburgutlari, katta olachipor burgut, oqbosh oʻrdak, qoshiqburun, kichik oqqoʻton, sariq qoʻton, qiziltomoq gʻoz, qizilgʻoz (flamingo), oq peshanali kichik gʻoz, bizgʻaldoq, oq turna

500

50 000

Oq laylak, oqkoʻz (ola qanotli oʻrdak), marmar churrak, qoravoy, Zarafshon qirgʻovuli, oqbovur, qorabuzov, qora kabutar, oddiy gʻurrak, tasqara, choʻl boʻktargisi, choʻl miqqiysi, qorabosh baliqchi, choʻl jiqtogʻi, targʻoq, kichik uzunburun (ingichka tumshuqli baliqchi), Osiyo moki loyxoʻragi, oqbovur

100

30 000

Qushlarning tuxumlari (bir dona tuxum uchun)

Mazkur turdagi qushlarni noqonuniy ovlangani uchun yetkazilgan zararning 40 foizi

xalqaro Qizil kitobga kiritilgan yoki Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan qushlarning boshqa turlari

100

20 000

”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sudralib yuruvchilar” boʻlimining “Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilganlar” kichik boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Kapcha ilon (kobra)

200

30 000

Boʻz echkemar

100

20 000

Oʻrta Osiyo choʻl toshbaqasi

10

1 000

Sudralib yuruvchilarning tuxumlari (bir dona tuxum uchun)

Mazkur turdagi sudralib yuruvchilarni noqonuniy ovlangani uchun yetkazilgan zararning 40 foizi

xalqaro Qizil kitobga kiritilgan yoki Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan sudralib yuruvchilarning boshqa turlari

30

2 500

”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Baliqlar” boʻlimining “Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilganlar” kichik boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Orol moʻylabdori (soʻzanbaliq), Orol bahrisi (bakra), Sirdaryo kurakburuni, Amudaryo kichik kurakburuni va Amudaryo katta kurakburuni, Orol sulaymonbaligʻi, choʻrtansifat oqqayroq, Amudaryo gulbaligʻi

100

5 000

xalqaro Qizil kitobga yoki Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan baliqlarning boshqa turlari

70

3 000

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Umurtqasiz jonivorlar” boʻlimining birinchi pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

xalqaro Qizil kitobga yoki Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan umurtqasiz jonivorlar

50

2 000

”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2023-y., 09/23/649/0928-son)