30.11.2023 yildagi PQ-383-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.12.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Buxoro viloyatida quvvati 250 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasini hamda 63 MVt boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish va boshqarish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektr energiyasini ishlab chiqarish manbalarini diversifikatsiyalash, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining energiya resurslariga ortib borayotgan ehtiyojini taʼminlash, elektr energiyasini ishlab chiqarishda tabiiy gazdan foydalanishni kamaytirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish koʻlamini kengaytirish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xalqaro moliya korporatsiyasining moliyaviy va texnik koʻmagida Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuni asosida “Buxoro viloyatida quvvati 250 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasini hamda 63 MVt boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish va boshqarish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, ishga tushirish va sinovdan oʻtkazish, unga egalik qilish, texnik xizmat koʻrsatish va undan foydalanish, ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yetkazib berish (sotish), shuningdek, quyosh fotoelektr stansiyasini yagona elektr energetika tizimiga ulash uchun quriladigan havo elektr uzatish tarmoqlari va boshqa elektr inshootlarini barpo etish boʻyicha xalqaro tender natijalariga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Abu Dhabi Future Energy Company PJSC — Masdar” (BAA) kompaniyasi tender gʻolibi (keyingi oʻrinlarda — Tender gʻolibi) deb topilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Tender gʻolibi tomonidan Loyihani amalga oshirish uchun xususiy sherik sifatida Oʻzbekiston Respublikasida “Nur Bukhara Solar PV” MCHJ XK (keyingi oʻrinlarda — Xususiy sherik) taʼsis etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Tender gʻolibi nomidan Xususiy sherik oʻrtasida 2023-yil 3-aprelda Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bitim tuzilganligi hamda unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihani amalga oshirishning butun davri mobaynida Buxoro viloyatida quvvati 250 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasini hamda 63 MVt boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini Xususiy sherik loyihalashtirishi, moliyalashtirishi, qurishi va ekspluatatsiya qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni oʻz zimmasiga olgan holda, dastlabki baholash boʻyicha jami 273 mln AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (keyingi oʻrinlarda — Davlat sherigi) va Xususiy sherik oʻrtasida 2023-yil 3-aprelda Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisida bitim imzolanganligi hamda unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy sherik ishlab chiqarilgan elektr energiyasini va elektr energiyasini saqlash tizimidagi quvvatni Davlat sherigiga kafolatlangan tarzda sotish majburiyatini olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy sherik qurilish davridagi oʻz majburiyatlari lozim darajada bajarilishining taʼminoti sifatida 50 mln AQSH dollari miqdorida birinchi darajali xorijiy bank kafolatini taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy sherik Loyiha doirasida quyosh fotoelektr stansiyasini yagona elektr energiyasi tarmogʻiga ulash uchun quriladigan havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish hamda ishga tushirilgandan soʻng ularni Davlat sherigiga topshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat sherigi 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini olishi, elektr energiyasi va elektr energiyasini saqlash tizimidan foydalanganlik uchun toʻlovni milliy valyutada amalga oshirishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Tender gʻolibi nomidan Xususiy sherik oʻrtasida imzolangan Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlansin;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat sherigi va Xususiy sherik oʻrtasida tuzilgan Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bitim va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim doirasida ishlab chiqarilgan 1 kilovatt/soat elektr energiyasi uchun xorijiy valyutada denominatsiyalangan 3,044 AQSH senti hamda elektr energiyasini saqlash tizimidagi foydalanishga tayyor har bir megavattga (soatiga) 16,55563 AQSH dollari miqdorida tarif oʻrnatilganligi belgilab qoʻyilsin hamda Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlarda koʻrsatilgan shartlarga koʻra toʻlov narxlarining AQSH dollariga bogʻlanishiga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi hamda Davlat sherigiga Xususiy sherik tomonidan Loyihani amalga oshirish doirasida imzolangan bitimlar boʻyicha majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, Xususiy sherik va Tender gʻolibi huquqini Loyihani moliyalashtirishda ishtirok etadigan boshqa kreditorlarga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtkazish yuzasidan bitimlar tuzish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat sherigiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy sherik bilan birgalikda Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan tartib-taomillarga muvofiq Loyihani amalga oshirish uchun xalqaro mustaqil injiniring kompaniyasini va boshqa maslahatchilarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzgan holda jalb qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy sherik tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olish majburiyati bajarilishining taʼminoti sifatida Xususiy sherik foydasiga chet el bankining chet el valyutasida tasdiqlangan va tiklanadigan akkreditivini ochishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Loyihani amalga oshirish doirasida Xususiy sherikka, barcha soliqlar va yigʻimlar toʻlangan holda, Loyihani moliyalashtirish doirasida quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el valyutasida mablagʻlar olish va ulardan foydalanish (shu jumladan, chet el valyutasida kredit tushumlari) uchun chet eldagi xorijiy banklarda bank hisobvaraqlarini ochish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida boʻlgan xorijiy pudrat tashkilotlari, yetkazib beruvchilar yoki xorijiy kreditorlarga toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasidagi bank hisobvaraqlari orqali oʻtkazmasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Loyiha doirasida quyosh fotoelektr panellarini oʻrnatish bilan bogʻliq qurilish va yer ishlarini bajarish, bino va inshootlar poydevorlarini loyihalashtirish normalari va qoidalari Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq xalqaro standartlar bilan tartibga solinishi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Energetika vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Buxoro viloyati hokimligining Loyihani amalga oshirish uchun ajratiladigan Buxoro viloyati hududidagi ilovaga muvofiq jami 648,56 gektar yer uchastkasini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda oʻn kun muddatda mazkur yer uchastkasini tuman hokimligi zaxirasiga qaytarsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Buxoro viloyati hokimligi bir oy muddatda Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlarda koʻrsatilgan shartlarga mos keladigan, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining energiya resurslariga ortib borayotgan ehtiyojini taʼminlash maqsadida quyosh fotoelektr stansiyasi, elektr energiyasini saqlash tizimi hamda ularning faoliyatini taʼminlashga xizmat qiluvchi havo elektr uzatish tarmoqlari uchun zarur boʻlgan yer uchastkalari Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Energetika vazirligi mazkur bandga asosan oʻziga berilgan tegishli yer uchastkasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyosh fotoelektr stansiyasini qurish uchun Loyihani amalga oshirish muddatiga teng davrga Xususiy sherikka;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasini saqlash tizimini qurish uchun Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda koʻrsatib oʻtilgan muddatga Xususiy sherikka;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish uchun Davlat sherigiga ijaraga berilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Loyihani amalga oshirish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorga muvofiq qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasi oʻzgartirilishi munosabati bilan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi oʻrnini qoplash boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari undirilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy sherik tomonidan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara toʻlovi miqdori yer soligʻi miqdoriga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Xususiy sherikning buyurtmanomasiga binoan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi ishlar vazirligi — Loyihani amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar uchun kirish vizalari, zarur hollarda, Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vazirligi — Xususiy sherik va Loyiha doirasida jalb qilinadigan pudrat tashkilotlarining xorijiy mutaxassislari hamda ularning oila aʼzolariga koʻp martalik viza muddatlari uzaytirilishini, shuningdek, vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi va uning muddati uzaytirilishini;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi — Loyihani amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasida bunday mutaxassislar boʻlmagan taqdirda) Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Energetika vazirligi bilan birgalikda Loyiha amalga oshirilishi, shuningdek, tomonlarning Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlar doirasidagi majburiyatlari bajarilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Adliya vazirligi Loyihani amalga oshirish doirasida Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bitim hamda uning qoidalariga muvofiq imzolangan bitimlar yuzasidan yuridik xulosalar bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Kadastr agentligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorning ilovasiga asosan Yer resurslarining holati toʻgʻrisidagi milliy hisobotga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Loyiha hujjatlari belgilangan tartibda ekologik ekspertizadan oʻtkazilishini va Loyihani amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 30-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-383-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-noyabrdagi PQ-383-son qaroriga

ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“Buxoro viloyatida quvvati 250 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasini hamda 63 MVt boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish va boshqarish” loyihasini amalga oshirish doirasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilayotgan yer uchastkalari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Hudud nomi

Yerdan foydalanuvchi nomi

Kontur raqami

Jami yer uchastkasi

(gektar)

Shundan, yaylov va pichanzorlar

(gektar)

Olot tumani, Qirlishon massivi

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi

9141q

645,91

645,91

Olot tumani, Qirlishon massivi

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi

9141q

2,65

2,65

Jami

648,56

648,56

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2023-y., 07/23/383/0918-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)