1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrota’minot]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Energetika]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Buxoro viloyatida quvvati 250 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini hamda 63 MVt bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish va boshqarish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.08.00 Qayta tiklanuvchi energiya manbalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektr energiyasini ishlab chiqarish manbalarini diversifikatsiyalash, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining energiya resurslariga ortib borayotgan ehtiyojini ta’minlash, elektr energiyasini ishlab chiqarishda tabiiy gazdan foydalanishni kamaytirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida:
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PQ-190-sonli ““Buxoro viloyatining qorovulbozor tumanida quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xalqaro moliya korporatsiyasining moliyaviy va texnik ko‘magida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni asosida “Buxoro viloyatida quvvati 250 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini hamda 63 MVt bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish va boshqarish” loyihasini (keyingi o‘rinlarda — Loyiha) moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, ishga tushirish va sinovdan o‘tkazish, unga egalik qilish, texnik xizmat ko‘rsatish va undan foydalanish, ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yetkazib berish (sotish), shuningdek, quyosh fotoelektr stansiyasini yagona elektr energetika tizimiga ulash uchun quriladigan havo elektr uzatish tarmoqlari va boshqa elektr inshootlarini barpo etish bo‘yicha xalqaro tender natijalariga ko‘ra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Abu Dhabi Future Energy Company PJSC — Masdar” (BAA) kompaniyasi tender g‘olibi (keyingi o‘rinlarda — Tender g‘olibi) deb topilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Tender g‘olibi tomonidan Loyihani amalga oshirish uchun xususiy sherik sifatida O‘zbekiston Respublikasida “Nur Bukhara Solar PV” MCHJ XK (keyingi o‘rinlarda — Xususiy sherik) ta’sis etilganligi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Tender g‘olibi nomidan Xususiy sherik o‘rtasida 2023-yil 3-aprelda Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi bitim tuzilganligi hamda unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihani amalga oshirishning butun davri mobaynida Buxoro viloyatida quvvati 250 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini hamda 63 MVt bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimini Xususiy sherik loyihalashtirishi, moliyalashtirishi, qurishi va ekspluatatsiya qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni o‘z zimmasiga olgan holda, dastlabki baholash bo‘yicha jami 273 mln AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (keyingi o‘rinlarda — Davlat sherigi) va Xususiy sherik o‘rtasida 2023-yil 3-aprelda Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risida bitim imzolanganligi hamda unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy sherik ishlab chiqarilgan elektr energiyasini va elektr energiyasini saqlash tizimidagi quvvatni Davlat sherigiga kafolatlangan tarzda sotish majburiyatini olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy sherik qurilish davridagi o‘z majburiyatlari lozim darajada bajarilishining ta’minoti sifatida 50 mln AQSH dollari miqdorida birinchi darajali xorijiy bank kafolatini taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy sherik Loyiha doirasida quyosh fotoelektr stansiyasini yagona elektr energiyasi tarmog‘iga ulash uchun quriladigan havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish hamda ishga tushirilgandan so‘ng ularni Davlat sherigiga topshirish majburiyatini o‘z zimmasiga olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat sherigi 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini olishi, elektr energiyasi va elektr energiyasini saqlash tizimidan foydalanganlik uchun to‘lovni milliy valyutada amalga oshirishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.05.00.00 Bitimlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Tender g‘olibi nomidan Xususiy sherik o‘rtasida imzolangan Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi bitim tasdiqlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat sherigi va Xususiy sherik o‘rtasida tuzilgan Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi bitim va Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitim doirasida ishlab chiqarilgan 1 kilovatt/soat elektr energiyasi uchun xorijiy valyutada denominatsiyalangan 3,044 AQSH senti hamda elektr energiyasini saqlash tizimidagi foydalanishga tayyor har bir megavattga (soatiga) 16,55563 AQSH dollari miqdorida tarif o‘rnatilganligi belgilab qo‘yilsin hamda Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi va Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimlarda ko‘rsatilgan shartlarga ko‘ra to‘lov narxlarining AQSH dollariga bog‘lanishiga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi hamda Davlat sherigiga Xususiy sherik tomonidan Loyihani amalga oshirish doirasida imzolangan bitimlar bo‘yicha majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, Xususiy sherik va Tender g‘olibi huquqini Loyihani moliyalashtirishda ishtirok etadigan boshqa kreditorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazish yuzasidan bitimlar tuzish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat sherigiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy sherik bilan birgalikda Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimda belgilangan tartib-taomillarga muvofiq Loyihani amalga oshirish uchun xalqaro mustaqil injiniring kompaniyasini va boshqa maslahatchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzgan holda jalb qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy sherik tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olish majburiyati bajarilishining ta’minoti sifatida Xususiy sherik foydasiga chet el bankining chet el valyutasida tasdiqlangan va tiklanadigan akkreditivini ochishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Loyihani amalga oshirish doirasida Xususiy sherikka, barcha soliqlar va yig‘imlar to‘langan holda, Loyihani moliyalashtirish doirasida quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el valyutasida mablag‘lar olish va ulardan foydalanish (shu jumladan, chet el valyutasida kredit tushumlari) uchun chet eldagi xorijiy banklarda bank hisobvaraqlarini ochish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida bo‘lgan xorijiy pudrat tashkilotlari, yetkazib beruvchilar yoki xorijiy kreditorlarga to‘lovlarni O‘zbekiston Respublikasidagi bank hisobvaraqlari orqali o‘tkazmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Loyiha doirasida quyosh fotoelektr panellarini o‘rnatish bilan bog‘liq qurilish va yer ishlarini bajarish, bino va inshootlar poydevorlarini loyihalashtirish normalari va qoidalari Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimga muvofiq xalqaro standartlar bilan tartibga solinishi belgilab qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Energetika vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Buxoro viloyati hokimligining Loyihani amalga oshirish uchun ajratiladigan Buxoro viloyati hududidagi ilovaga muvofiq jami 648,56 gektar yer uchastkasini qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda o‘n kun muddatda mazkur yer uchastkasini tuman hokimligi zaxirasiga qaytarsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Buxoro viloyati hokimligi bir oy muddatda Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi va Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimlarda ko‘rsatilgan shartlarga mos keladigan, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining energiya resurslariga ortib borayotgan ehtiyojini ta’minlash maqsadida quyosh fotoelektr stansiyasi, elektr energiyasini saqlash tizimi hamda ularning faoliyatini ta’minlashga xizmat qiluvchi havo elektr uzatish tarmoqlari uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalari Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Energetika vazirligi mazkur bandga asosan o‘ziga berilgan tegishli yer uchastkasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyosh fotoelektr stansiyasini qurish uchun Loyihani amalga oshirish muddatiga teng davrga Xususiy sherikka;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasini saqlash tizimini qurish uchun Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimda ko‘rsatib o‘tilgan muddatga Xususiy sherikka;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish uchun Davlat sherigiga ijaraga berilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Loyihani amalga oshirish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorga muvofiq qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasi o‘zgartirilishi munosabati bilan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi o‘rnini qoplash bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlari undirilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy sherik tomonidan yer uchastkalari uchun to‘lanadigan ijara to‘lovi miqdori yer solig‘i miqdoriga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Xususiy sherikning buyurtmanomasiga binoan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi ishlar vazirligi — Loyihani amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar uchun kirish vizalari, zarur hollarda, Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vazirligi — Xususiy sherik va Loyiha doirasida jalb qilinadigan pudrat tashkilotlarining xorijiy mutaxassislari hamda ularning oila a’zolariga ko‘p martalik viza muddatlari uzaytirilishini, shuningdek, turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilishi va uning muddati uzaytirilishini;
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi — Loyihani amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari orasida bunday mutaxassislar bo‘lmagan taqdirda) O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Energetika vazirligi bilan birgalikda Loyiha amalga oshirilishi, shuningdek, tomonlarning Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi va Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimlar doirasidagi majburiyatlari bajarilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Adliya vazirligi Loyihani amalga oshirish doirasida Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi bitim hamda uning qoidalariga muvofiq imzolangan bitimlar yuzasidan yuridik xulosalar bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Kadastr agentligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorning ilovasiga asosan Yer resurslarining holati to‘g‘risidagi milliy hisobotga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Loyiha hujjatlari belgilangan tartibda ekologik ekspertizadan o‘tkazilishini va Loyihani amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosi uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 30-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-383-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-noyabrdagi PQ-383-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Buxoro viloyatida quvvati 250 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini hamda 63 MVt bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish va boshqarish” loyihasini amalga oshirish doirasida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkazilayotgan yer uchastkalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hudud nomi
Yerdan foydalanuvchi nomi
Kontur raqami
Jami yer uchastkasi
(gektar)
Shundan, yaylov va pichanzorlar
(gektar)
Olot tumani, Qirlishon massivi
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi
9141q
645,91
645,91
Olot tumani, Qirlishon massivi
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi
9141q
2,65
2,65
Jami
648,56
648,56
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2023-y., 07/23/383/0918-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)