30.11.2023 yildagi 636-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Soliq to‘lovchilarni hisobga qo‘yish sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglamentlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 2-apreldagi 150-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 24-maydagi PQ-162-son qaroriga muvofiq, shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini soddalashtirish orqali aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 24-maydagi PQ-162-son qarorida soliq deklaratsiyalarini (yillik, ixtiyoriy, dastlabki, chet el jismoniy shaxslari mol-mulkini realizatsiya qilishdan olingan daromadlar) taqdim etish hamda jismoniy shaxslarning ortiqcha to‘langan soliqlarini qaytarishga (nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga to‘lanadigan to‘lovlar, o‘qish uchun to‘langan kontrakt summalarini, olingan ipoteka kreditlari) ariza yuborish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Soliq to‘lovchilarni hisobga qo‘yish sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglamentlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 2-apreldagi 150-son qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslarning jami yillik, ixtiyoriy va dastlabki tarzdagi hamda chet el jismoniy shaxsining mol-mulkini realizatsiya qilishdan olingan daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslarning professional va oliy ta’lim, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va (yoki) maktablar hamda olingan ipoteka kreditlariga yo‘naltirilgan daromadlari bo‘yicha ortiqcha to‘langan daromad solig‘ini qaytarishga ariza yuborish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda Soliq qo‘mitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 30-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
636-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 636-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Soliq to‘lovchilarni hisobga qo‘yish sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglamentlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 2-apreldagi 150-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi xatboshidagi “muvofiq tasdiqlansin.” so‘zlari “muvofiq;” so‘zi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jismoniy shaxslarning jami yillik, ixtiyoriy va dastlabki tarzdagi hamda chet el jismoniy shaxsining mol-mulkini realizatsiya qilishdan olingan daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 7-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslarning professional va oliy ta’lim, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va (yoki) maktablar hamda olingan ipoteka kreditlariga yo‘naltirilgan daromadlari bo‘yicha ortiqcha to‘langan daromad solig‘ini qaytarishga ariza yuborish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 3-banddagi “davlat soliq” va “Davlat soliq” so‘zlari tegishlicha “soliq” va “Soliq” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 3, 4 va 5-bandlardagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi” so‘zlari “Soliq qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-band “tekin foydalanish shartnomalarini” so‘zlaridan keyin “Davlat xizmatlari markazi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-band “qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi va” so‘zlaridan keyin “soliq xizmatlari yoki YIDXP orqali” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-band “ikkilamchi ijaraga (tekin foydalanishga) berishga ruxsat berganligini” so‘zlaridan keyin “YIDXP yoki” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“10. Ko‘chmas mulk shartnomalarini soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish YIDXP yoki Soliq qo‘mitasining maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali masofadan turib, faqat elektron shaklda real vaqt rejimida amalga oshiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagi mazmundagi 7 va 8-ilovalar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 150-son qaroriga
7-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslarning jami yillik, ixtiyoriy va dastlabki tarzdagi hamda chet el jismoniy shaxsining mol-mulkini realizatsiya qilishdan olingan daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MA’MURIY REGLAMENTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Reglament deklaratsiya topshiruvchi jismoniy shaxslarning (keyingi o‘rinlarda — deklaratsiya topshiruvchi) jami yillik, ixtiyoriy va dastlabki tarzdagi hamda chet el jismoniy shaxsining mol-mulkini realizatsiya qilishdan olingan daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalarini (keyingi o‘rinlarda — soliq deklaratsiyalari) taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari, Elektron soliq xizmatlari portali hamda O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali Soliq qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) tomonidan ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat xizmatlari markazlari hamda vakolatli organ o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda — ERI) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo o‘zaro elektron bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur Reglament O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 393-moddasida ko‘rsatilgan deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlar hamda ushbu Kodeksning 378 — 380-moddalarida nazarda tutilgan imtiyozlarga ega bo‘lgan holda soliq agenti tomonidan to‘lov manbaida imtiyoz qo‘llanilmagan soliq to‘lovchilarga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Deklaratsiya topshiruvchilar O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 81-moddasiga asosan vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan hisobot shakllari asosida davlat xizmatidan foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat xizmatini ko‘rsatish mazkur Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Deklaratsiya topshiruvchi yoki uning qonuniy vakili davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan tashrif buyurgan holda murojaat qiladi yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Deklaratsiya topshiruvchi shaxsan tashrif buyurgan holda murojaat qilgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi soliq deklaratsiyasini yuboruvchi nomidan, Elektron soliq xizmatlari portali yoki YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Reglamentning 5-bandida ko‘rsatilgan hisobot shakllarini elektron tarzda to‘ldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Soliq imtiyozidan foydalanish maqsadida deklaratsiya topshiruvchilar elektron tarzda qo‘shimcha so‘rovnoma to‘ldirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat xizmatida soliq majburiyati bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar (meros yoki hadya, oldi-sotdi va ijara shartnomalari, qimmatli qog‘ozlar va yuridik shaxslarning ustav kapitalidagi ulushlar (paylar), respublika hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar) tegishli vazirlik va idoralarning ma’lumotlar bazalari bilan axborot almashinuvi asosida shakllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Soliq deklaratsiyasi to‘ldirilgach deklaratsiya yuboruvchi ma’lumotlar to‘g‘riligini tekshiradi hamda imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun to‘lov undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Soliq deklaratsiyasida noto‘g‘ri ma’lumotlarning ko‘rsatilishi davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmati ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Deklaratsiya yuboruvchilar davlat xizmatidan foydalanishdan xizmat ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deklaratsiyasi yuboruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortgan taqdirda, uning deklaratsiyasi ko‘rib chiqilmasdan qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Deklaratsiya yuboruvchi Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan holda murojaat etgan taqdirda, uning soliq deklaratsiyasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, o‘n daqiqa mobaynida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron soliq xizmatlari portali va YIDXP orqali murojaat qilingan taqdirda esa soliq deklaratsiyasi avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Deklaratsiya yuboruvchining deklaratsiyasi noto‘g‘ri to‘ldirilgan holda vakolatli organga taqdim etilganda, ma’lumotlar to‘g‘rilanib qayta hisobot taqdim etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Vakolatli organ soliq deklaratsiyasi kelib tushgan vaqtdan boshlab besh ish kuni ichida soliq deklaratsiyasidagi ma’lumotlarni to‘g‘riligini tekshirib chiqadi, ma’lumotlarning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilgach, soliq deklaratsiyasini qabul qiladi va ma’lumotlar noto‘g‘riligi aniqlangan taqdirda, sabablarini ko‘rsatgan holda deklaratsiya yuboruvchini ma’lumotlarni besh ish kuni ichida to‘g‘rilangan holda qayta hisobot yuborish to‘g‘risida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda vakolatli organ QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya blankasini tashrif buyurgan holda murojaat etilgan taqdirda, Davlat xizmatlari markaziga, elektron tarzda murojaat etgan taqdirda, shaxsiy kabineti yoki YIDXP orqali deklaratsiya yuboruvchiga elektron tarzda yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Davlat xizmatlari markazi deklaratsiya blankasi kelib tushgandan so‘ng o‘n daqiqa ichida uni deklaratsiya topshiruvchining elektron manziliga yuboradi va bu haqda axborot tizimi orqali xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Davlat xizmatlari markazi deklaratsiya yuboruvchi tashrif buyurgan holda murojaat qilgan taqdirda, deklaratsiya yuboruvchining arizasiga ko‘ra unga deklaratsiya blankasini elektron yoki qog‘oz shaklda taqdim etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Deklaratsiya topshiruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslarning jami yillik, ixtiyoriy va dastlabki tarzdagi hamda chet el jismoniy shaxsining mol-mulkini realizatsiya qilishdan olingan daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslarning jami yillik, ixtiyoriy va dastlabki tarzdagi hamda chet el jismoniy shaxsining mol-mulkini realizatsiya qilishdan olingan daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Jismoniy shaxs

Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan holda hamda Soliq xizmatlari portali yoki YIDXP orqali elektron shaklda murojaat qiladi.

Real vaqt rejimida

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi va YIDXP

Deklaratsiya yuboruvchi Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan holda murojaat etgan taqdirda, uning soliq deklaratsiyasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.

10 daqiqa ichida

Soliq xizmatlari portali va YIDXP orqali murojaat qilingan taqdirda esa soliq deklaratsiyasi avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi

Real vaqt rejimida

3-bosqich

Davlat xizmatlari markazi va YIDXP

Vakolatli organ QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya blankasini tashrif buyurgan holda murojaat etilgan taqdirda, Davlat xizmatlari markaziga, elektron tarzda murojaat etgan taqdirda, shaxsiy kabineti yoki YIDXP orqali deklaratsiya yuboruvchiga elektron tarzda yuboradi.

Real vaqt rejimida

4-bosqich

Vakolatli organ (tuman (shahar) soliq inspeksiyasi

Vakolatli organ soliq deklaratsiyasidagi ma’lumotlarni to‘g‘riligini tekshirib chiqadi, ma’lumotlarni to‘g‘riligiga ishonch hosil qilgan taqdirda, soliq deklaratsiyasini qabul qiladi hamda deklaratsiya yuboruvchini xabardor qiladi.

5 ish kuni ichida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 150-son qaroriga
8-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslarning professional va oliy ta’lim, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va (yoki) maktablar hamda olingan ipoteka kreditlariga yo‘naltirilgan daromadlari bo‘yicha ortiqcha to‘langan daromad solig‘ini qaytarishga ariza yuborish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MA’MURIY REGLAMENTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Reglament ortiqcha to‘langan soliqlarni qaytarishga ariza beruvchi jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchilar) professional va oliy ta’lim, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va (yoki) maktablar, shuningdek, olingan ipoteka kreditlariga yo‘naltirilgan daromadlari bo‘yicha ortiqcha to‘langan daromad solig‘ini qaytarishga ariza yuborish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari, Elektron soliq xizmatlari portali va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali Soliq qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) tomonidan ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda — ERI) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo o‘zaro elektron bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat xizmatini ko‘rsatish mazkur Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat xizmati ko‘rsatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ariza beruvchi yoki uning qonuniy vakili davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan tashrif buyurgan holda murojaat qiladi va (yoki) davlat xizmatidan Elektron soliq xizmatlari portali yoki YIDXP orqali elektron tarzda foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ariza beruvchi shaxsan tashrif buyurgan holda murojaat qilgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, Elektron soliq xizmatlari portali yoki YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq arizani elektron tarzda to‘ldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ariza to‘ldirilgandan so‘ng undagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi tekshiriladi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlangan holda yuboriladi hamda QR-kodli (matrik shtrixli kod) ariza shaxsiy kabinetida shakllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun to‘lov undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Arizada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilgan taqdirda, vakolatli organ ariza beruvchini besh ish kuni ichida to‘g‘rilangan holda qayta ariza yuborish to‘g‘risida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanishdan xizmat ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortgan taqdirda, uning arizasi ko‘rib chiqilmasdan qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan holda murojaat etgan taqdirda, uning arizasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng o‘n daqiqa ichida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. Elektron soliq xizmatlari portali yoki YIDXP orqali murojaat qilingan taqdirda esa ariza avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vakolatli organ ariza tushgan vaqtdan boshlab o‘n ish kuni ichida arizani ko‘rib chiqadi va arizaga javob xatini tayyorlab, tashrif buyurgan holda etilgan murojaat bo‘yicha Davlat xizmatlari markaziga, elektron tarzda kelib tushgan murojaat bo‘yicha shaxsiy kabineti yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga elektron tarzda yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Davlat xizmatlari markazi javob xati kelib tushgandan so‘ng o‘n daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi tashrif buyurgan holda murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining arizasiga ko‘ra unga javob xatini elektron yoki qog‘oz shaklda taqdim etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlari xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslarning professional va oliy ta’lim, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va (yoki) maktablar hamda olingan ipoteka kreditlariga yo‘naltirilgan daromadlari bo‘yicha ortiqcha to‘langan daromad solig‘ini qaytarishga ariza yuborish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslarning professional va oliy ta’lim, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va (yoki) maktablar hamda olingan ipoteka kreditlariga yo‘naltirilgan daromadlari bo‘yicha ortiqcha to‘langan daromad solig‘ini qaytarishga ariza yuborish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Jismoniy shaxs

Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan holda yoki YIDXP orqali murojaat qiladi.

O‘z xohishiga ko‘ra

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Ariza shaklini to‘ldirib, elektron tarzda tuman (shahar) soliq inspeksiyasiga yuboradi.

10 daqiqa ichida

YIDXP

To‘ldirilgan ariza avtomatik tarzda tuman (shahar) soliq inspeksiyasiga yuboriladi.

Real vaqt rejimida

3-bosqich

Vakolatli organ (tuman (shahar) soliq inspeksiyasi

Arizani ko‘rib chiqadi va arizaga javob xatini tayyorlab, tashrif buyurgan holda etilgan murojaat bo‘yicha Davlat xizmatlari markaziga, elektron tarzda kelib tushgan murojaat bo‘yicha shaxsiy kabineti yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga elektron tarzda yuboradi.

10 ish kuni ichida

4-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Ariza olingandan so‘ng uni jismoniy shaxsning elektron manziliga yuboradi.

10 daqiqa ichida

Jismoniy shaxs tashrif buyurgan holda murojaat qilgan taqdirda, unga javob xatini elektron yoki qog‘oz shaklida taqdim etadi.

Jismoniy shaxsning so‘roviga ko‘ra

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslarning professional va oliy ta’lim, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va (yoki) maktablar hamda olingan ipoteka kreditlariga yo‘naltirilgan daromadlari bo‘yicha ortiqcha to‘langan daromad solig‘ini qaytarishga ariza yuborish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslarning professional va oliy ta’lim, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va (yoki) maktablar hamda olingan ipoteka kreditlariga yo‘naltirilgan daromadlari bo‘yicha ortiqcha to‘langan daromad solig‘ini qaytarib olish uchun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ARIZA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Ariza beruvchi to‘g‘risida ma’lumotlar:

1. Doimiy yashash joyi (hudud nomi)

Tanlanadi

1.1. Tuman/shahar nomi

Tanlanadi

2. JSHSHIR

Avtomatik shakllanadi

3. Familiyasi

Avtomatik shakllanadi

4. Ismi

Avtomatik shakllanadi

5. Otasining ismi

Avtomatik shakllanadi

6. Yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan manzili (to‘liq)

Avtomatik shakllanadi

7. Telefon raqami

Kiritiladi

8. Elektron pochta manzili

Kiritiladi

9. Soliq turi

Avtomatik shakllanadi

10. Shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i

Avtomatik shakllanadi

11. Ortiqcha to‘langan summa

Avtomatik shakllanadi

12. Summa so‘z bilan

Avtomatik shakllanadi

13. Qaytarish yoki hisobga olish

Tanlanadi

14. Shaxsiy bank karta raqami

Kiritiladi

15. Tranzit hisobvarag‘i

Avtomatik shakllanadi

16. Bank MFO

Avtomatik shakllanadi

17. Qaytariladigan (boshqa soliq turiga o‘tkaziladigan) summa

Kiritiladi

18. Summa so‘z bilan

Avtomatik shakllanadi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Ushbu arizada qayd etilgan ma’lumotlarning to‘liq va haqiqiyligini hamda menga tegishli bank plastik karta raqami to‘g‘ri ko‘rsatilganligini tasdiqlayman”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2023-y., 09/23/636/0916-son)