1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.01.00.00 Davlat, jamiyat va shaxs xavfsizligini ta’minlash sohasidagi umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Umumiy masalalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida ovchilar jamoat birlashmalari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.03 Jamoat birlashmalari (shuningdek, 01.17.03.00ga qarang);
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.07.00.00 Fuqarolar va jamoat birlashmalarining xavfsizlikni ta’minlashdagi ishtiroki]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son Farmoniga muvofiq jamoat xavfsizligini ta’minlashda ovchilar jamoat birlashmalarining o‘rnini kuchaytirish, davlat organlari va tashkilotlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlik qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son Farmonida jamoat xavfsizligini ta’minlashda ovchilar jamoat birlashmalarining rolini oshirish va mas’uliyatini kuchaytirish, shuningdek, ularning faoliyatini tubdan takomillashtirish belgilangani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.08.00 Ov va ovchilik xo‘jaligini yuritish;
3.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.07.00 Milliy gvardiya organlari;
5.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ovchilar jamoat birlashmalarining jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida tegishli davlat organlariga ko‘maklashish va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatini tashkil etishda zamonaviy uslublarni joriy etsin, bunda quyidagi asosiy yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovchilik xo‘jaliklari va ularga tutash boshqa hududlarda shubha uyg‘otuvchi shaxslarning bo‘lishini, ular tomonidan qurol-aslaha, giyohvandlik vositalari, boshqa taqiqlangan ashyolarni olib o‘tish yoki yashirib qo‘yish, jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi boshqa holatlarni aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha vakolatli davlat organlariga amaliy yordam ko‘rsatish borasidagi faoliyatni yanada kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarni ov quroli bilan muomalada bo‘lish va undan xavfsiz foydalanish qoidalariga o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sportning harbiy-amaliy turlarini (stendga o‘q otish, ovchilik biatloni) rivojlantirishda, ushbu sport turlari bilan shug‘ullanish uchun zarur moddiy-texnik baza va infratuzilmani yaratishda, shuningdek, ovchilik-sport klublari tizimini shakllantirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sportning o‘q otish turlari bo‘yicha iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash, tayyorlash hamda o‘quv-mashq jarayonini samarali tashkil etishda sport tashkilotlariga yaqindan ko‘maklashish.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.08.00.00 Qurol va harbiy texnika;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovchilik nazorati jamoatchi inspektori faoliyatini tashkil etish tartibi, ovchilik nazorati jamoatchi inspektorlari tarkibini shakllantirish mezonlari va ovchilik nazorati jamoatchi inspektorining vakolatli davlat organlariga amaliy yordam ko‘rsatish borasidagi huquq va majburiyatlarini nazarda tutuvchi Ovchilik nazoratining jamoatchi inspektori to‘g‘risidagi namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quroldan xavfsiz foydalanish qoidalariga o‘qitish bo‘yicha maxsus qisqa muddatli o‘quv kurslariga qabulni tashkil etish hamda o‘quv yuklamasi hajmini belgilash, o‘quv kurslarida o‘quv jarayonini tashkil etish va yakuniy imtihonlarni o‘tkazish hamda o‘quv kurslarini tamomlagani to‘g‘risida guvohnomalar berish va ularning reyestrini yuritish tartibini nazarda tutuvchi Quroldan xavfsiz foydalanish qoidalariga o‘qitish bo‘yicha qisqa muddatli maxsus o‘quv kurslari to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.09.00 Baliq ovlash va baliqchilikni tartibga solish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda ushbu qarorning tegishliligi bo‘yicha talablarini amalga oshirish mexanizmini belgilaydigan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin va uning sifatli bajarilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi hamda uning mintaqaviy tuzilmalari bilan birgalikda ovchilik xo‘jaliklari hududida qo‘shma reydlar va boshqa profilaktika tadbirlarini tajribali havaskor ovchilarni jalb etgan holda doimiy ravishda o‘tkazish amaliyotini yo‘lga qo‘ysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 20-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
609-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 609-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovchilik nazoratining jamoatchi inspektori to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.01.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanishning umumiy masalalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Namunaviy nizom hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi tadbirlarni amalga oshirishda ovchilar jamoat birlashmalariga a’zo bo‘lgan fuqarolarning (keyingi o‘rinlarda — jamoatchi inspektorlar) jamoatchilik asosida ishtirokini tashkil etish tartibini, ularning vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Namunaviy nizom qoidalari ovchilar jamoat birlashmalari bo‘lmagan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamoatchi inspektorlarning faoliyati belgilangan tartibda adliya organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ovchilar jamoat birlashmalari tarkibida tashkil etilishi mumkin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt);
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.04.00.00 Mehnat staji / 06.04.01.00 Umumiy qoidalar;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.01 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jamoatchi inspektorlar soni ovchilar jamoat birlashmalari tomonidan yuritiladigan ovchilik xo‘jaliklari soni va ularning maydoniga, chegaraoldi mintaqasida va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda joylashuvidan (agar ularning muhofaza rejimida ov qilish nazarda tutilgan bo‘lsa) kelib chiqqan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning birinchi xatboshisidagi mezonlarga asosan ovchilar jamoat birlashmalari tomonidan jamoatchi inspektorlar guruhi tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchi inspektorlar tarkibi, birinchi navbatda, ovchilar jamoat birlashmalari tomonidan yuritiladigan ovchilik xo‘jaliklari shtatida egerlar yoki boshqa shtatdagi ov mutaxassislari mavjud bo‘lmagan yoki yetishmaydigan ovchilik xo‘jaliklarida shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchi inspektor vazifalarini bajarish fuqaroni ovchilar jamoat birlashmasiga a’zolikka doir majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchi inspektorlar o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradilar, ular bilan mehnat shartnomasi rasmiylashtirilmaydi va ish staji hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovchilar jamoat birlashmalari a’zolari jamoatchi inspektor vazifasini bajarishga faqat ish joyidan bo‘sh vaqtlarida jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jamoatchi inspektorlar tarkibi ov qilish qoidalarini, shu jumladan, yovvoyi hayvonlarning yashash muhitini, bo‘lish va urchish joylarini, ularning ko‘chib o‘tish yo‘llarini muhofaza qilish, ov qilish uchun ruxsat etilgan hamda taqiqlangan joylarni, yovvoyi hayvonlarning turlarini hamda ov qurollari va usullarini, ov qilish uchun belgilangan muddatlarni, ovlangan yovvoyi hayvonlar va ularning yashash faoliyati mahsulotlari hisobini yuritish tartibini, hayvonot dunyosidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini, shuningdek, ovchilik xo‘jaliklari va ularga tutashgan hududlarni yaxshi biladigan, intizomli, tashkilotchilik, kuchli iroda, topqirlik, tashabbuskorlik qobiliyatlariga va aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega ovchilar jamoat birlashmalari a’zolaridan ixtiyoriylik tamoyili asosida shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Jamoatchi inspektor bo‘lish istagini bildirgan ovchilar jamoat birlashmasi a’zosi ovchilar jamoat birlashmasi rahbarlik organiga ariza bilan murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza ovchilar jamoat birlashmasi rahbarlik organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va uning huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi (ov qilish joylari o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda joylashgan bo‘lsa) hamda hududiy ichki ishlar organlarining vakillari ishtirokidagi yig‘ilishda ariza kelib tushgan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan oshmagan muddatda ko‘rib chiqiladi. Bunda arizani ko‘rib chiqish natijalari bayon shaklida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomzodi ma’qullangan fuqaroga ovchilar jamoat birlashmasi rahbarlik organi yig‘ilishi bayoniga muvofiq ovchilar jamoat birlashmasi rahbarining buyrug‘i bilan ushbu Namunaviy nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha uch yil muddatga jamoatchi inspektor guvohnomasi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Jamoatchi inspektor guvohnomasi tartib raqamiga ega bo‘ladi, ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan ushbu Namunaviy nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda yuritiladigan alohida hisobga olish jurnalida qayd etiladi hamda guvohnoma oluvchiga jurnalga imzo qo‘ydirgan holda topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda guvohnoma raqami hisobga olish jurnalidagi tartib raqamga mos kelishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobga olish jurnali ovchilar jamoat birlashmasi rahbariga shaxsan biriktirilgan maxsus seyfda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobga olish jurnali belgilangan namunaga mos, qattiq jild bilan muqovalangan hamda varaqlari raqamlangan, tikilgan, ovchilar jamoat birlashmasi rahbari imzosi va muhri bilan, varaqlari va uning yuritilishi boshlangan sanasi ko‘rsatilgan holda tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Jamoatchi inspektorlarning asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (yig‘in);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.05.00 Ko‘rgazma. Yarmarka. Kimoshdi savdolari. Birjalar;
4.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.01 Umumiy qoidalar;
5.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.02.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi;
6.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar jamoatchi inspektorlarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovchilik xo‘jaliklarida hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishini o‘rganib borish hamda aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan tabiatni muhofaza qilish davlat organlari hamda ovchilar jamoat birlashmasini xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovchilik xo‘jaliklarida hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish va aniqlash, qonunga xilof ravishda ov qilishga (brakonyerlikka) qarshi kurashish bo‘yicha tabiatni muhofaza qilishga mas’ul inspektorlar tomonidan o‘tkazilayotgan patrullik reydlari va boshqa tadbirlarda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovchilik xo‘jaliklari, birinchi navbatda, chegaraoldi mintaqalarida va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda hamda ularga tutash hududlarda joylashgan notanish, shubha uyg‘otuvchi shaxslarning paydo bo‘lishi, qurol-aslahani, o‘q-dorilarni, giyohvandlik vositalarini, boshqa taqiqlangan ashyolarni olib o‘tish yoki yashirib qo‘yish, jamoat xavfsizligiga tahdid soladigan yoki tahdid solishi mumkin bo‘lgan o‘zga holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ovchilik xo‘jaliklari hududida hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarning amalga oshirilishiga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovchilik xo‘jaliklari hududida tabiiy ofatlar, yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlar xavfi tug‘ilganda vakolatli davlat organlarini, ovchilik xo‘jaliklari xodimlarini va aholini o‘z vaqtida xabardor qilishda va ushbu holatlarni bartaraf etishda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarda atrof tabiiy muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishda, tabiat to‘g‘risidagi bilimlarni targ‘ib qilish va ommalashtirish ishlarini amalga oshirishda, tabiatni muhofaza qilishga doir tanlovlar, ko‘rgazmalar va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Jamoatchi inspektorlar o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovchilik xo‘jaliklari hududida bo‘lib turgan shaxslar tomonidan hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish qoidalariga rioya etilishini bevosita kuzatish, aniqlangan holatlar bo‘yicha belgilangan tartibda ma’lumotnomalar va axborotlar to‘plash hamda vakolatli davlat organlariga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovchilik xo‘jaligi hududini aylanib chiqish (patrullik qilish), huquqbuzarlik holatlarini aniqlash va rasmiylashtirish uchun xizmat hayvonlari va transport vositalaridan, videokuzatuv hamda kuzatuvning boshqa texnik vositalaridan foydalanish, yuklangan vazifalarni maxsus kiyim-boshda (formada) bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovchilik xo‘jaliklaridan, tabiatni muhofaza qilish organlaridan hamda ovchilik xo‘jaligi hududida bo‘lib turgan shaxslardan yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiatni muhofaza qilish davlat organlari va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan ovchilik xo‘jaliklari hududida o‘tkazilayotgan inspektorlik reydlari va boshqa tadbirlarda ishtirok etish, huquqbuzarliklar holatlariga aniqlik kiritishda va ularni rasmiylashtirishda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovchilik xo‘jaliklari hududida aniqlangan huquqbuzarliklar, shubhali holatlar va shubha uyg‘otuvchi shaxslar xususida vakolatli davlat organlariga axborot berish va ma’lumotlar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining tabiatni muhofaza qilishga doir madaniyati va bilimini oshirish ishlarida ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishga oid faoliyat bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish va yaxshilash yuzasidan ovchilar jamoat birlashmasiga takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhim jamoat tadbirlarida faol ishtirok etish va hayvonot dunyosini muhofaza qilish hamda undan oqilona foydalanishga oid talablar buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yish, aybdorlarni javobgarlikka tortishda ko‘maklashgani uchun davlat organlaridan, ovchilar jamoat birlashmalari yoki boshqa nodavlat notijorat tashkilotlaridan mukofotlar olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchi inspektorlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Jamoatchi inspektorlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishga doir hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning, shuningdek, ushbu Nizom va ovchilar jamoat birlashmasi ustavining talablariga amal qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuklangan vazifalar doirasida tabiatni muhofaza qilish va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga amaliy yordam ko‘rsatishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovchilik xo‘jaliklari faoliyatiga aralashmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovchilik nazorati jamoatchi inspektori guvohnomasini o‘zining yonida olib yurishi va ovchilik xo‘jaliklari hududida bo‘layotgan shaxslarning talabi bo‘yicha taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘ziga ishonib topshirilgan texnik vositalarni, maxsus kiyim-bosh (forma) va boshqa mol-mulkni ehtiyot qilishi hamda ularni soz holatda saqlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Jamoatchi inspektorlar faoliyatini tashkil etish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining hududiy bo‘linmalari hamda ovchilar jamoat birlashmalari qonunchilik hujjatlarida belgilangan vakolatlari doirasida jamoatchi inspektorlar faoliyatiga uslubiy rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Jamoatchi inspektorlar o‘z faoliyatini ovchilar jamoat birlashmasi rahbari tomonidan tasdiqlangan rejalar asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rejalarda jamoatchi inspektorlarga biriktirilgan hududlarning nomi va aniq chegaralari, ularni aylanib chiqish (patrullik qilish) tartibi va davomiyligi, yuzaga kelayotgan vaziyatni kuzatib borish bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy hamda alohida vazifalar, ovchilar jamoat birlashmasi, tabiatni muhofaza qilish davlat organlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari bilan axborot almashinuvini ta’minlash qoidalari, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berish tartibi nazarda tutilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Jamoatchi inspektorlarni o‘qitish, faoliyatini amalga oshirish davomida ularga yo‘riqnoma o‘tkazish va vazifalarni belgilash ovchilar jamoat birlashmasi rahbari, zaruratga ko‘ra esa O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasining hamda hududiy ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchi inspektorlar zimmasiga ushbu Namunaviy nizomda va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilanmagan vazifalarni yuklash yoki topshiriqlar berish, ularni davlat sirlarini tashkil etuvchi hujjatlar bilan tanishtirish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni rag‘batlantirish. Turlari va qo‘llash tartibi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Jamoatchi inspektorlar davlat organlari va ovchilar jamoat birlashmalari yoki boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan rag‘batlantirilishi mumkin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Jamoatchi inspektorlar faoliyat yuritishi uchun sharoitlar yaratish, ularni o‘qitish va malakasini oshirish bilan bog‘liq xarajatlar ovchilar jamoat birlashmalari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Jamoatchi inspektorlar o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarishi uchun ovchilar jamoat birlashmalari tomonidan maxsus kiyim-bosh (forma) bilan bepul ta’minlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus kiyim-bosh (forma) namunalari ovchilar jamoat birlashmasi rahbarlik organi tomonidan tasdiqlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Jamoatchi inspektorlarga yuklangan vazifalarning xususiyatlaridan kelib chiqib, ularga ovchilar jamoat birlashmalari tomonidan xizmat hayvonlari, transport va aloqa vositalari, videokuzatuv hamda kuzatuvning boshqa texnik vositalari vaqtincha foydalanish uchun berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Jamoatchi inspektor guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish yoki amal qilishini tugatish ushbu guvohnomani berishga doir umumiy tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Jamoatchi inspektor guvohnomasining amal qilish muddati jamoatchi inspektorning arizasi asosida uzaytiriladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Ma’muriy javobgarlik / 16.09.02.00 Ma’muriy huquqbuzarlik;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.02.00 Jinoyat va jinoiy javobgarlik]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Jamoatchi inspektor guvohnomasi amal qilishini tugatishga quyidagilar asos bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnomaning amal qilish muddati tugaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoatchi inspektorning arizasiga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoatchi inspektor unga yuklangan vazifalarni bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmaganda yoki uning faoliyatida qonunchilik hujjatlariga zid xatti-harakatlar aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoatchi inspektor sud tomonidan jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik (ov qilish va baliq ovlash qoidalarini buzganlik) sodir etganlikda aybdor deb topilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoatchi inspektor ovchilar jamoat birlashmasining ustavi talablarini qo‘pol ravishda buzganda yoki ovchilar jamoat birlashmasi a’zoligidan chiqarilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoatchi inspektorga ov qurolini saqlash va olib yurishga doir berilgan ruxsatnomaning amal qilishi tugatilganda yoki bekor qilinganda, agar uning jamoatchi inspektor majburiyatlarini bajarishi ov quroli bilan bevosita bog‘liq bo‘lsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amal qilishi tugatilgan guvohnoma jamoatchi inspektor tomonidan uch kun muddat ichida uni bergan ovchilar jamoat birlashmasiga qaytarilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovchilik nazoratining jamoatchi inspektori to‘g‘risidagi namunaviy nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan beriladigan ovchilik nazoratining jamoatchi inspektori guvohnomasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ShAKLI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning muqovasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OVCHILIK NAZORATINING
JAMOATCHI INSPEKTORI
GUVOHNOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning ichki tomoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ma’muriy-hududiy birlik va ovchilar jamoat
Guvohnomaning amal qilish muddati:
birlashmasi nomi)
20___ yil “____” __________ gacha uzaytirildi.
______________________________________
Ovchilar jamoat birlashmasi
GUVOHNOMA № 0000
m.o‘
rahbari _______ ____________
________(imzo)______(F.I.O.)
fotosurat
30 x 40 mm
(F.I.O.)
OVCHILIK NAZORATINING
JAMOATCHI INSPEKTORI
Guvohnomaning amal qilish muddati:
Berildi: 20__ yil “___”_________ da
20___ yil “____”__________ gacha uzaytirildi.
Amal qilish muddati:
20__ yil “___” _________ gacha
Ovchilar jamoat birlashmasi
m.o‘.
Ovchilar jamoat birlashmasi
m.o‘.
rahbari _______ ___________
rahbari _______ ____________
________(imzo)______(F.I.O.)
________(imzo)______(F.I.O.)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Guvohnoma muqovasi to‘q yashil rangli bo‘lib, 60 x 90 mm kattalikda charm yoki charm o‘rnini bosuvchi materialdan tayyorlanadi. Ichki har yarim qismining o‘lchami — 60 x 85 mm.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Guvohnoma blankasi 60 x 85 mm hajmga, har yarim qismi och sarg‘ish rangdagi himoya qiluvchi setkaga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovchilik nazoratining jamoatchi inspektori to‘g‘risidagi namunaviy nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovchilik nazoratining jamoatchi inspektori guvohnomasining berilishini va qaytarilishini hisobga olish
JURNALI
(ovchilar jamoat birlashmasining nomi)
T/r
Guvohnomaning tartib raqami
Guvohnoma egasining va uni imzolagan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 609-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quroldan xavfsiz foydalanish qoidalariga o‘qitish bo‘yicha qisqa muddatli maxsus o‘quv kurslari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1. Ushbu Nizom fuqaroviy ov qurolini olish uchun birinchi marta ruxsatnoma olayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni (keyingi o‘rinlarda — fuqarolar) quroldan xavfsiz foydalanish qoidalariga o‘qitish bo‘yicha qisqa muddatli maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish va ularda o‘qitish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.08.00.00 Qurol va harbiy texnika;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurol — tuzilishiga ko‘ra jonli nishonni yoki boshqa nishonni urish, signallar berish uchun mo‘ljallangan qurilmalar va ashyolar. Tuzilishi jihatidan qurolga o‘xshash bo‘lgan xo‘jalik-maishiy va ishlab chiqarish maqsadidagi buyumlar sifatida sertifikatlangan buyumlar, shuningdek, tuzilishi jihatidan qurolga o‘xshash bo‘lgan sport aslahalari qurol jumlasiga kirmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quroldan xavfsiz foydalanish qoidalariga o‘qitish bo‘yicha qisqa muddatli maxsus o‘quv kurslari (keyingi o‘rinlarda — o‘quv kurslari) — ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan fuqarolarni hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ov qilish, qurol bilan muomalada bo‘lish va undan xavfsiz foydalanish qoidalariga o‘qitish bo‘yicha tashkil etiladigan huquqiy-nazariy va amaliy o‘quv mashg‘ulotlari majmuasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchi — qurol olishga birinchi marta ruxsatnoma olayotgan, o‘quv kurslarida o‘qish uchun to‘lov summasini to‘lagan va o‘quv kurslariga qabul qilingan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
instruktor — o‘quv kurslarida tinglovchilarni o‘qitadigan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish institutida tinglovchi kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, belgilangan namunadagi sertifikatni olgan, ovchilar jamoat birlashmasi shtatidagi xodim, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining Jamoat xavfsizligi xizmati, Jamoat tartibini saqlash boshqarmalarining tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limlarining nazorat-litsenziyalash faoliyatini tashkil etish bo‘linmasi xodimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnoma — qurolni olishga ruxsatnoma rasmiylashtirish uchun ichki ishlar organiga murojaat qilish huquqini beruvchi, tinglovchining o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatganligini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘q otish stendi — sport musobaqalari va o‘quv-mashq yig‘inlarini o‘tkazishga, shuningdek, ko‘ngilochar maqsadlarda silliq stvolli o‘qotar ov hamda silliq stvolli o‘qotar sport qurolidan uchar nishonlarga qarata o‘q otish uchun maxsus mo‘ljallangan (jihozlangan) muhandislik-qurilish inshooti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tir — sport musobaqalarini, o‘quv-mashq yig‘inlari va o‘quv o‘q otish mashqlarini o‘tkazishga, qurolni tekshirishga, shuningdek, ko‘ngilochar maqsadlarda fuqaroviy va xizmat o‘qotar qurolidan, pnevmatik ov qurolidan, pnevmatik sport qurolidan, sport uloqtirish qurolidan harakatlanmaydigan hamda harakatlanuvchi nishonlarga qarata o‘q otish uchun maxsus mo‘ljallangan (jihozlangan) muhandislik-qurilish inshooti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘q otish maydoni — bir necha tir va (yoki) o‘q otish stendlaridan tashkil topgan majmua.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizom qoidalari qurolni olishga birinchi marta ruxsatnoma olayotgan fuqarolarga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurolni ikkinchi va undan ko‘p marta olishga, shuningdek, qurolni saqlash va olib yurishga, saqlashga doir ruxsatnomalarni olayotgan fuqarolarning o‘quv kurslarida o‘qishi tavsiyaviy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Nizom qoidalari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tig‘li sovuq (ov pichoqlari, ov xanjarchalari va xanjarlar) qurolni olayotgan fuqarolarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
signal beruvchi ov qurolini, sport qurolini, o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini, kolleksiyalash va ko‘rgazmaga qo‘yish uchun mo‘ljallangan qurolni olishga doir ruxsatnomalarni olayotgan fuqarolarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mukofot qilingan qurolni saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomani olayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida fuqaroviy qurolni olishga doir ruxsatnomalarini olayotgan O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolariga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘quv kurslari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurol va uning o‘q-dorilari muomalasiga doir qonunchilik hujjatlari talablarini, ovchilarning huquq va majburiyatlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ov qilish qoidalarini, shu jumladan, atrof-muhitni, yovvoyi hayvonlar yashash muhitini, bo‘lish va urchish joylarini, ularning ko‘chib o‘tish yo‘llarini muhofaza qilish, ov qilish uchun ruxsat etilgan va taqiqlangan joylarni, yovvoyi hayvonlarning turlarini hamda ov qurollari va usullarini, ov qilish uchun belgilangan muddatlarni, ovlangan yovvoyi hayvonlar va ularning yashash faoliyati mahsulotlarining hisobini yuritish tartibini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurol bilan muomalada bo‘lish, ov qilish va baliq ovlash, hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish uchun javobgarlik choralarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalaniladigan qurol va uning o‘q-dorilari asosiy turlarini, ularning taktik va texnik tavsiflarini hamda ballistik xususiyatlarini, ularni saqlash, tashish, olib yurish va ulardan foydalanish tartibini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurolni o‘qlashda, tozalashda, qo‘llashda, qurol bilan boshqa shakllarda muomala qilishda shaxsiy, atrofdagilarning xavfsizligini va jamoat tartibini ta’minlash hamda yong‘inga qarshi choralarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘qdan yaralanganda va boshqa turdagi tan jarohatlarining asosiy turlari bo‘yicha birlamchi shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish asoslarini o‘zlashtirib olish uchun zarur bo‘lgan mustahkam va yetarli hajmda bilimlarni hamda amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish maqsadlarida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘quv kurslarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilariga doir qismda — ovchilar jamoat birlashmasi shtatidagi xodimlari tarkibidan tayyorlangan instruktorlar tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu bandning beshinchi — yettinchi xatboshilariga doir qismda — ichki ishlar organlari nazorat-litsenziyalash faoliyatini tashkil etish bo‘linmasi xodimlari tarkibidan tayyorlangan instruktorlar tomonidan o‘qitiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish instituti tomonidan instruktorlarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv jarayoni doirasidagi alohida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, shuningdek, ovchilar jamoat birlashmasi, O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasi, ovchilik va otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar va boshqa manfaatdor tashkilotlarning malakali xodimlari va tajribali mutaxassislari kelishuv asosida jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘quv kurslarida tinglovchilar ishdan ajralgan holda o‘qitiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.03 Jamoat birlashmalari (shuningdek, 01.17.03.00ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘quv kurslarida o‘qish bilan bog‘liq xarajatlar ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan belgilanadi hamda ovchilar jamoat birlashmasi va fuqaro o‘rtasida tuziladigan shartnomaga asosan ko‘rsatiladi. Bunda to‘lov summasini kurslarda o‘qish davomida bo‘lib to‘lash imkoniyati nazarda tutilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Shartnomada fuqaro xavfsiz foydalanish qoidalariga o‘qitilishi lozim bo‘lgan qurol turi (silliq stvolli ov quroli, soyli stvolli ov quroli, pnevmatik ov quroli) ko‘rsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘quv kurslarida o‘qitish uchun shartnoma summasining 50 foizi ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmatining maxsus hisobvarag‘ig‘a o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. O‘quv kurslariga qabulni tashkil etish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.01.00 Fuqarolik]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘quv kurslariga yigirma besh yoshga to‘lgan fuqarolar qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘quv kurslarida o‘qishni xohlovchi fuqarolar yil davomida o‘quv kurslariga qabul qilish haqidagi arizani va unga ilova qilingan quyidagi hujjatlarni ovchilar jamoat birlashmasiga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda ovchilar jamoat birlashmasining elektron manziliga (mavjud bo‘lsa) ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan berilgan ovchilik guvohnomasi nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik pasporti (identifikatsiyalovchi ID-kartasi) yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi (identifikatsiyalovchi ID-kartasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘quv kurslaridagi o‘quv jarayoni tinglovchilar soni qoidaga ko‘ra guruhlarning to‘ldirilishiga bog‘liq holda kamida 15 — 20 kishidan iborat, biroq 25 kishidan ortiq bo‘lmagan guruhlarda tashkil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘quv kurslarining guruhlar tarkibi shakllantirilgandan so‘ng ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan ikki ish kunida o‘quv kurslari muddati (yil, oy, sana, mashg‘ulotlar boshlanishi va tugallanishi vaqti), fuqarolarning ro‘yxati aks ettirilgan reja-jadval tasdiqlanib, shu kunning o‘zida fuqarolarga yozma ravishda xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xabarnomada o‘quv kurslari muddati, o‘qish uchun to‘lov summasi, ovchilar jamoat birlashmasining bank hisobvarag‘i rekvizitlari va to‘lash muddati ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Olingan xabarnomaga asosan o‘quv jarayoni boshlangunga qadar ovchilar jamoat birlashmasiga o‘qish uchun murojaat qilmagan yoki o‘qish uchun belgilangan to‘lovni amalga oshirmagan fuqarolar o‘quv kurslariga qabul qilinmaydi va bu haqda ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan bir ish kunida fuqarolarga yozma ravishda xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur hollarda fuqarolar keyingi tashkil etiladigan o‘quv kurslarida o‘qishga qabul qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. O‘quv kurslarida o‘qish uchun reja-jadvalda ko‘rsatilgan hamda to‘lov summasini to‘lagan fuqarolar ovchilar jamoat birlashmasi rahbari buyrug‘i bilan tinglovchi sifatida o‘qishga qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. O‘quv kurslarida o‘quv yuklamasi hajmi va o‘quv jarayoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. O‘quv kurslari kamida ikki nafar instruktor tomonidan tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. O‘quv kurslari ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan o‘quv dasturlariga muvofiq o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. O‘quv mashg‘ulotlari instruktorlar tomonidan tashkil etiladi. O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun zarur hollarda vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning malakali xodimlari hamda tajribali mutaxassislari kelishuv asosida jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. O‘quv kurslarida o‘quv jarayonining umumiy davomiyligi bir haftani (36 (54 akademik) soat) tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy o‘quv vaqti hajmi quyidagicha taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazariy ta’lim — 24 (36 akademik) soat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliy mashg‘ulotlar — 12 (18 akademik) soat, shu jumladan, quroldan o‘q otishni o‘rgatish mashg‘ulotlari (o‘quv o‘q otish mashqlari) — 6 (9 akademik) soat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. O‘quv mashg‘ulotlari ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulot shakllarida o‘tkaziladi. Nazariy o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishda interfaol o‘qitish uslublari qo‘llanilishi tavsiya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘quv mashg‘ulotlari davomida tinglovchilarga nazorat topshiriqlari (test, yozma ish va boshqalar) beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Auditoriya mashg‘ulotlari davomiyligi 80 daqiqani (tanaffussiz, ikki akademik soat) tashkil etadi, o‘quv mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffus — kamida 10 daqiqadan iborat bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. O‘quv o‘q otish mashqlari ovchilar jamoat birlashmasiga tegishli bo‘lgan hamda ichki ishlar organlarining ro‘yxatiga olingan qurol va o‘q-dorilari bilan fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini saqlashga doir ruxsatnomalariga ega bo‘lgan o‘q otish stendi, tir yoki o‘q otish maydonida o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ovchilar jamoat birlashmasi o‘quv kurslarini tashkil etish uchun jihozlangan xonalarga va (yoki) qurol va o‘q-dorilarni saqlash xonasiga ega bo‘lmaganda, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish va (yoki) qurol va o‘q-dorilarni saqlash shartnomaviy tartibda fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini saqlashga doir ruxsatnomaga ega bo‘lgan yuridik shaxsda yoki ichki ishlar organlarida amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ovchilar jamoat birlashmasi o‘ziga tegishli bo‘lgan o‘q otish stendi, tir yoki o‘q otish maydoniga ega bo‘lmaganda, o‘quv o‘q otish mashqlari shartnomaviy tartibda fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini saqlashga doir ruxsatnomalariga ega bo‘lgan yuridik shaxsning o‘q otish stendi, tiri yoki o‘q otish maydonida, yoxud ichki ishlar organlarining o‘q otish poligonlarida o‘tkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Silliq stvolli o‘qotar ov quroli bilan o‘quv o‘q otish mashqlari o‘q otish stendida, soyli stvolli o‘qotar ov quroli va pnevmatik ov quroli bilan o‘quv o‘q otish mashqlari esa, tir yoki o‘q otish maydonida o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Silliq stvolli o‘qotar ov quroli bilan o‘quv o‘q otish mashqlari bir necha o‘q otish stendidan iborat bo‘lgan o‘q otish maydonida o‘tkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soyli stvolli o‘qotar ov quroli va pnevmatik ov quroli bilan o‘quv o‘q otish mashqlari bir necha tirlardan iborat bo‘lgan o‘q otish maydonida o‘tkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. O‘q otish tiridagi o‘quv o‘q otish mashqlarida qatnashishga faqat qurolni o‘qlash, tozalash, olib yurish, qo‘llashda shaxsiy, atrofdagilar xavfsizligini va jamoat tartibini ta’minlash choralarini, shuningdek, o‘quv o‘q otish mashqlari shartlari va xavfsizlik qoidalariga oid bilim va ko‘nikmalar bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. O‘quv o‘q otish mashqlari ovchilar jamoat birlashmasi rahbari tomonidan ushbu mashqlarni o‘tkazish uchun mas’ul bo‘lgan instruktor (instruktorlar) tayinlangandan so‘ng guruhma-guruh o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. O‘quv o‘q otish mashqlarini o‘tkazish uchun mas’ul bo‘lgan instruktor (instruktorlar) tomonidan mashqlar o‘tkazilishidan oldin tinglovchilarga xavfsizlik qoidalari bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar beriladi, shuningdek, baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘riladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. O‘quv kursi jarayonida tinglovchilarning mashg‘ulotlarda qatnashish davomati, ularni o‘tkazish sanasi, mavzusi, dars soatlari miqdorlari, nazorat topshiriqlari natijalarining hisobi yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Tinglovchilarning yakuniy imtihoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Tinglovchilar o‘quv kurslarida o‘qishni tugatgandan so‘ng test sinovlari shaklida yakuniy imtihon topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. O‘quv kurslari tinglovchilarining bilimini baholashni tashkil etish va o‘tkazish uchun ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan kamida 3 — 5 kishidan iborat imtihon komissiyasi tuziladi. Imtihon komissiyasi raisi, tarkibi va ishlash tartibi ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tarkibiga boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning xodimlari hamda mutaxassislari kelishuv asosida jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Yakuniy imtihon topshiriqlari o‘quv kursi dasturiga muvofiq tuziladi. Imtihon natijalari 100 balli tizimda baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakuniy imtihonda test sinovlari uchun ajratilgan maksimal ballning 70 foizidan kam ball to‘plagan tinglovchilar o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirmagan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Yakuniy imtihonda uzrli sabab tufayli ishtirok etmagan tinglovchilar navbatdagi guruh tinglovchilari bilan birgalikda ishtirok etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan tinglovchilarga keyingi o‘quv kurslari yakunida imtihonni faqat bir marta qayta topshirishga imkon beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta topshirish natijalariga ko‘ra imtihondan o‘ta olmagan tinglovchilar xohishiga ko‘ra ushbu Nizomda belgilangan tartibda o‘quv kurslariga takroran qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Imtihon natijalari imtihon o‘tkazilgan kuni komissiyaning barcha a’zolari tomonidan imzolangan bayonnoma va imtihon qaydnomasi orqali rasmiylashtiriladi hamda tinglovchilarga e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Tinglovchilarning o‘quv kurslarini tamomlagani to‘g‘risidagi hujjatlarni berish, guvohnomalar reyestrini yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Imtihon komissiyasi bayonnomasiga asosan yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga bir ish kunida ushbu Nizomga ilovada belgilangan namunadagi hamda QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladigan guvohnoma, imtihonlardan o‘ta olmagan tinglovchilarga esa, ular o‘quv kurslarini tamomlagani to‘g‘risidagi ma’lumotnoma beriladi. Guvohnoma va ma’lumotnomalar ovchilar jamoat birlashmasi rahbari tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnoma fuqarolarga berilgan guvohnomalar reyestriga imzo qo‘ydirgan holda topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Guvohnomada fuqaro xavfsiz foydalanish qoidalariga o‘qitilgan qurol turi (silliq stvolli ov quroli, soyli stvolli ov quroli, pnevmatik ov quroli) ko‘rsatilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Guvohnoma uning amal qilishi cheklanmagan muddatga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Guvohnoma kimning nomiga berilgan bo‘lsa, o‘sha fuqaroga ichki ishlar organida silliq stvolli ov qurolini, soyli stvolli ov qurolini va (yoki) pnevmatik ov qurolini olishga doir ruxsatnomani olish uchun asoslardan biri hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan quyidagilar ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan guvohnomalar reyestri (keyingi o‘rinlarda — reyestr) yuritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnoma egasining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, doimiy yashash manzili, telefoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnoma egasi xavfsiz foydalanish qoidalariga o‘qitilgan qurol turi (silliq stvolli ov quroli, soyli stvolli ov quroli, pnevmatik ov quroli);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnomani berish uchun asos bo‘lgan komissiya bayonnomasining sanasi va raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnoma berilgan sana, uning seriyasi va tartib raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohnoma dublikatini berish asosi va sanasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Reyestr qog‘oz manbada bir nusxada yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qog‘oz manbadagi reyestr jurnali hududiy ichki ishlar organida hisobga qo‘yilgan bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestr qo‘shimcha ravishda elektron manbalarda ham yuritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qog‘ozdagi va elektron manbalardagi yozuvlar o‘rtasida nomuvofiqlik mavjud bo‘lgan taqdirda, qog‘oz manbalardagi yozuvlar ustuvor ahamiyatga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizomning 41-bandida ko‘rsatilgan reyestr ma’lumotlari ularni tasdiqlaydigan hujjatlardagi mavjud ma’lumotlarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, ushbu Nizomning 41-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlar ularga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgunga qadar ishonchli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Reyestr jurnaliga tartib raqami qo‘yiladi, uning betlari izchil ketma-ketlikda raqamlanadi va ip o‘tkazib tikiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestr jurnalining titul varag‘ida ovchilar jamoat birlashmasi nomi, shuningdek, u qachon yuritilishi boshlangani va tugatilgani ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestr jurnalining oxirgi betida uning nechta betdan iborat ekanligi ko‘rsatiladi va ushbu ma’lumotlar ovchilar jamoat birlashmasi rahbarining imzosi, shuningdek, hududiy ichki ishlar organi mas’ul xodimining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Reyestr jurnalidagi yozuvlar ko‘k yoki qora rangli sharikli ruchka bilan aniq yozilishi shart. Yozuvni qayd qilishda o‘chirish va tuzatishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Xato yozilganda, matnni o‘qish imkoniyatini beradigan holda ushbu xato ingichka chiziq bilan o‘chirilib, uning tepasidan to‘g‘rilangan yozuv kiritiladi va tegishli yozuv kiritilgan satrning izoh qismida “tuzatildi” deb yozib qo‘yiladi hamda matnni to‘g‘rilagan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Reyestrning to‘g‘ri to‘ldirilishi va reyestr jurnalining butligi, shuningdek, guvohnomalar blanklarining hisobi yuritilishi, saqlanishi va maqsadli ishlatilishi uchun ovchilar jamoat birlashmasi rahbari yoki uning buyrug‘i bilan ushbu vazifalar yuklangan mas’ul shaxs javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Reyestr jurnali qulflanadigan seyf yoki metall shkaf (yashik)da saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Reyestr jurnali to‘liq to‘ldirilguncha yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
To‘liq to‘ldirilib, yuritilishi tugatilgan reyestr jurnali hududiy ichki ishlar organiga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Reyestrdagi ma’lumotlar foydalanilishi cheklangan axborot hisoblanadi va oshkor qilinmaydi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestrdagi mavjud ma’lumotlar ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan ichki ishlar yoki boshqa vakolatli organ so‘roviga muvofiq tegishli so‘rov olingan kundan boshlab bir ish kunida taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan guvohnoma o‘rniga fuqaroning murojaatiga asosan murojaat kelib tushgan kundan e’tiboran ikki ish kuni ichida guvohnomaning avvalgi hisobga olish seriyasi va tartib raqami ko‘rsatilgan dublikati rasmiylashtirib beriladi. Guvohnoma dublikatining yuqori o‘ng burchagiga “Dublikat” degan yozuv kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnoma dublikatini berishda fuqaro tomonidan ovchilar jamoat birlashmasining dublikat blankasini tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlari qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Instruktorlar besh yilda kamida bir marta qayta tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Tinglovchilar quyidagi holatlarda o‘quv kurslaridan chetlashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z xohishiga ko‘ra;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv kurslari nazariy ta’lim qismining 4 akademik soatdan ko‘p hajmdagi mashg‘ulotlarda qatnashmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv o‘q otish mashqlarida to‘liq qatnashmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv intizomini va ovchilar jamoat birlashmasining ichki tartib-qoidalarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qo‘pol ravishda buzganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vafot etganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Tinglovchini o‘quv kurslaridan chetlashtirish ovchilar jamoat birlashmasi rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Buyruqda chetlashtirish sababi va asoslari ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. O‘quv kurslari tinglovchilari o‘qishdan chetlashtirilganda yoki test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘ta olmaganda, ularga o‘qish uchun to‘langan to‘lov summasi qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Guvohnoma olinishi fuqaro ovchilar jamoat birlashmalari ustav hujjatlariga muvofiq har yili qurol va uning o‘q-dorilarni saqlash, tashish, olib yurish va undan foydalanish, o‘qlash-o‘qsizlantirish, tozalash, ular bilan xavfsiz muomalada bo‘lish qoidalari bo‘yicha bilimlarga oid majburiy normativlarni (“ovchilik minimumi”) topshirish majburiyatidan ozod etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Ichki ishlar organlarining qurolni olishga doir ruxsatnomasi guvohnomada ko‘rsatilgan qurol turini (silliq stvolli, soyli stvolli, pnevmatik) olish uchun beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quroldan xavfsiz foydalanish qoidalariga o‘qitish bo‘yicha qisqa muddatli maxsus o‘quv kurslari to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus o‘quv kursi haqida GUVOHNOMA MK № 000000
(tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi)
20 ___-yil __________________ dan 20 ___-yil __________________ gacha
____________________________________________________________________________________________________________ da
(yuridik shaxsning nomi)
___________________________________________soatga mo‘ljallangan ________________________________________dan xavfsiz foydalanish qoidalariga o‘qitish bo‘yicha
(qurol turi)
maxsus qisqa muddatli o‘quv kursida ta’lim olib, yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli o‘tdi. Imtihon komissiyasi bayonnomasining sanasi va raqami ___________________________________________________________________.
Rahbar
(QR-kod)
______________________________________________________ (familiyasi, ismi va otasining ismi bosh harflari)
Sana ____________________
Qayd raqami ___________________
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2023-y., 09/23/609/0869-son)