14.11.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3476
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining buyrugʻi, 14.11.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3476
Kuchga kirish sanasi
17.11.2023
Hujjat 26.11.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agrar sohadagi oliy taʼlim tashkilotlari qoshidagi oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilarini ushbu oliy taʼlim tashkilotlariga yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(buyruq nomi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2024-yil 5-noyabrdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3476-1, 25.11.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2024-y., 10/24/3476-1/0966-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 14-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3476]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-iyuldagi PQ-216-son “Agrar sohada ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agrar sohadagi oliy taʼlim tashkilotlari qoshidagi oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilarini ushbu oliy taʼlim tashkilotlariga yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2024-yil 5-noyabrdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3476-1, 25.11.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2024-y., 10/24/3476-1/0966-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir A. VOITOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 19-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
218-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 19-oktabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri I. ABDURAHMONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 3-oktabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2023-yil 19-oktabrdagi 218-son buyrugʻiga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agrar sohadagi oliy taʼlim tashkilotlari qoshidagi oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilarini ushbu oliy taʼlim tashkilotlariga yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2024-yil 5-noyabrdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3476-1, 25.11.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2024-y., 10/24/3476-1/0966-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi agrar sohadagi oliy taʼlim tashkilotlari (bundan buyon matnda oliy taʼlim tashkilotlari deb yuritiladi) qoshidagi oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilarini (bundan buyon matnda abituriyentlar deb yuritiladi) ushbu oliy taʼlim tashkilotlariga yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2024-yil 5-noyabrdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3476-1, 25.11.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2024-y., 10/24/3476-1/0966-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oliy taʼlim tashkiloti bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish suhbat natijalariga koʻra reyting tizimi boʻyicha toʻplangan ballar asosida amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2024-yil 5-noyabrdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3476-1, 25.11.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2024-y., 10/24/3476-1/0966-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Abituriyentlar uchun suhbat:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrta maxsus taʼlim tashkiloti dasturlari doirasida chuqurlashtirib oʻqitiladigan fanlar boʻyicha abituriyentning bilim saviyasi va oʻzlashtirish darajasini;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2024-yil 5-noyabrdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3476-1, 25.11.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2024-y., 10/24/3476-1/0966-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agrar sohani tanlashda abituriyentning motivatsiyasini (agrar sohaning mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunish, unga doimiy qiziqishini koʻrsatish):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
abituriyentning oʻz fikrini ravon ifoda etish va tanqidiy fikrlash salohiyatiga ega ekanligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
abituriyentning umumiy dunyoqarashi shakllanganligi, oʻz ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatini aniqlash boʻyicha oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Abituriyentlarni saralash tadbirlari quyidagi bosqichlardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
abituriyentlarga yakka tartibda suhbatga tavsiyanoma berish uchun ularning oʻrta maxsus taʼlim tashkilotidagi umumiy oʻzlashtirish koʻrsatkichlarini oʻrganib chiqish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2024-yil 5-noyabrdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3476-1, 25.11.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2024-y., 10/24/3476-1/0966-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
abituriyentlar bilan yakka tartibda suhbat oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Oliy taʼlim tashkiloti bakalavriatiga oʻqishga kirish uchun yakka tartibdagi suhbatda qatnashish istagidagi abituriyentlarga tavsiyanoma berish
(2-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2024-yil 5-noyabrdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3476-1, 25.11.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2024-y., 10/24/3476-1/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oliy taʼlim tashkiloti bakalavriatiga oʻqishga kirish uchun yakka tartibdagi suhbatda qatnashish istagidagi abituriyentlarga tavsiyanoma berish uchun oliy taʼlim tashkiloti rektorining buyrugʻi bilan Saralash komissiyasi tashkil etiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2024-yil 5-noyabrdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3476-1, 25.11.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2024-y., 10/24/3476-1/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Saralash komissiyasi tarkibi har yili 10-iyundan kechikmasdan oliy taʼlim tashkiloti va oʻrta maxsus taʼlim tashkiloti xodimlari orasidan kamida besh kishidan iborat va toq sonli tarkibda shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, oliy taʼlim tashkilotining oʻquv ishlari boʻyicha prorektori — oʻrta maxsus taʼlim tashkiloti direktori Saralash komissiyasi raisi hamda oʻrta maxsus taʼlim tashkiloti masʼul xodimi Saralash komissiyasi kotibi hisoblanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2024-yil 5-noyabrdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3476-1, 25.11.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2024-y., 10/24/3476-1/0966-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Saralash komissiyasi uning aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Saralash komissiyasining qarori oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va majlisda ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Berilgan ovozlar soni teng boʻlib qolgan taqdirda, Saralash komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Saralash komissiyasi kotibi tomonidan saralash tadbirlari oʻtkazilishidan kamida bir oy oldin oʻrta maxsus taʼlim tashkilotining rasmiy veb-saytida tavsiyanoma olish uchun murojaat qilish vaqti haqida eʼlon joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida oʻrta maxsus taʼlim tashkilotiga kirish joylarida tavsiyanoma olish uchun murojaat qilish vaqti haqida axborot stendlari majburiy tartibda joylashtirilishi lozim.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2024-yil 5-noyabrdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3476-1, 25.11.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2024-y., 10/24/3476-1/0966-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Abituriyentlar Saralash komissiyasiga eʼlon joylashtirilgan paytdan boshlab oʻn kun ichida mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Saralash komissiyasi abituriyent ariza bilan murojaat qilgan kundan eʼtiboran besh kun ichida abituriyentning oʻrta maxsus taʼlim tashkilotidagi umumiy oʻzlashtirish koʻrsatkichini uning reyting daftarchasi asosida oʻrganib chiqadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2024-yil 5-noyabrdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3476-1, 25.11.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2024-y., 10/24/3476-1/0966-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Saralash komissiyasi tomonidan abituriyentni dastlabki oʻrganish natijalariga koʻra unga tavsiyanoma berish yoki bermaslik toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinadi. Bunda, abituriyentning oʻrta maxsus taʼlim tashkilotidagi umumiy oʻzlashtirish koʻrsatkichi:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2024-yil 5-noyabrdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3476-1, 25.11.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2024-y., 10/24/3476-1/0966-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71 va undan yuqori ballni tashkil etgan taqdirda abituriyentga tavsiyanoma beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71 balldan past ballni tashkil etgan taqdirda abituriyentga tavsiyanoma berish rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Saralash komissiyasi dastlabki oʻrganish natijalariga koʻra tavsiyanoma berish yoki bermaslik toʻgʻrisidagi qaror haqida abituriyentlarni ushbu qaror qabul qilingan kunning oʻzida yozma yoki elektron ravishda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abituriyentlarga berilgan tavsiyanomalar ikki yil davomida amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Saralash komissiyasi qaror qabul qilingan kunning oʻzida tavsiyanoma berilgan abituriyentlar roʻyxatini Suhbat komissiyasi kotibiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Abituriyent bilan yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oliy taʼlim tashkiloti bakalavriatiga abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish uchun yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining buyrugʻi bilan Suhbat komissiyasi tashkil etiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2024-yil 5-noyabrdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3476-1, 25.11.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2024-y., 10/24/3476-1/0966-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Suhbat komissiyasi tarkibi har yili 1-iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, oliy taʼlim tashkiloti xodimlari orasidan kamida yetti kishidan iborat va toq sonli tarkibda shakllantiriladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2024-yil 5-noyabrdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3476-1, 25.11.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2024-y., 10/24/3476-1/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, oliy taʼlim tashkiloti rektori Suhbat komissiyasi raisi hamda oliy taʼlim tashkiloti masʼul xodimi Suhbat komissiyasi kotibi hisoblanadi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2024-yil 5-noyabrdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3476-1, 25.11.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2024-y., 10/24/3476-1/0966-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saralash komissiyasi tarkibiga kiritilgan shaxslarning Suhbat komissiyasi aʼzosi boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Suhbat komissiyasi uning aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Suhbat komissiyasining qarori oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va majlisda ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Berilgan ovozlar soni teng boʻlib qolgan taqdirda, Suhbat komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Suhbat komissiyasi tomonidan ushbu Nizomning 2-bandidan kelib chiqib shakllantirilgan yakka tartibdagi suhbatda beriladigan savollar suhbat boshlanishidan kamida oʻn besh kun oldin Suhbat komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va oliy taʼlim tashkilotining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2024-yil 5-noyabrdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3476-1, 25.11.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2024-y., 10/24/3476-1/0966-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Suhbat komissiyasi kotibi yakka tartibdagi suhbat oʻtkazilishidan kamida oʻn kun oldin yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish vaqti va joyi haqida tavsiyanoma olgan abituriyentlarni yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Yakka tartibdagi suhbat davlat tilida, shuningdek abituriyentning soʻroviga koʻra u tanlagan xorijiy tilda oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Abituriyent yakka tartibdagi suhbat oʻtkaziladigan xonaga oʻzining biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasini koʻrsatgan holda kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Yakka tartibdagi suhbatning oshkora va xolis oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida yakka tartibdagi suhbat onlayn rejimda ovozli videotranslatsiya qilinishi lozim. Bunda, videotranslatsiya tashkillashtirilishi uchun oliy taʼlim tashkiloti rektori masʼul hisoblanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2024-yil 5-noyabrdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3476-1, 25.11.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2024-y., 10/24/3476-1/0966-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Yakka tartibdagi suhbat oʻtkaziladigan xonaga abituriyentlar tomonidan mobil aloqa vositasi, kompyuter yoki boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, kitob, lugʻat, shpargalka va boshqa materiallar olib kirilishi hamda foydalanilishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, ushbu taqiqlangan materiallarni olib kirgan yoki ulardan foydalangan abituriyent yakka tartibdagi suhbatni oʻtkazish tartibini buzgan deb hisoblanadi hamda dalolatnoma asosida yakka tartibdagi suhbatdan chetlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Abituriyentning yakka tartibdagi suhbatdagi natijalari 20 ballik tizimda baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, abituriyentga 4 ta savol beriladi hamda ushbu savollarning har biri besh ballik tizimda baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abituriyent yakka tartibdagi suhbat natijalari boʻyicha 11 balldan kam ball toʻplagan hollarda uning bilimi “qoniqarsiz deb baholanib, yakka tartibdagi suhbatdan oʻtmagan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Suhbat komissiyasi abituriyentlarni quyidagi mezonlarga asosan baholaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilgan savollarga toʻliq va aniq, shuningdek asoslab javob berishi, agrar faoliyat sohasi bilan bogʻliq tizimli bilimlarga ega boʻlishi, ulardan mustaqil foydalanishni bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishi — 5 ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilgan savollarga aniq javob berishi, biroq javobni asoslab berolmasligi, agrar faoliyat sohasi bilan bogʻliq bilimlarga ega boʻlishi, ulardan mustaqil foydalanishni bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni tahlil qila olishi — 4 ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilgan savollarga toʻliq javob berolmasligi, agrar faoliyat sohasi bilan bogʻliq bilimlarga ega boʻlishi, ulardan foydalanishni bilishi — 3 ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilgan savollarga noaniq javob berishi, agrar faoliyat sohasi bilan bogʻliq bilimlarga ega boʻlishi, ulardan foydalanishni bilmasligi — 2 ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilgan savollarga javob bera olmasligi, agrar faoliyat sohasi bilan bogʻliq bilimlarga yetarli darajada ega emasligi — 1 ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilgan savollarga umuman javob bera olmasligi, agrar faoliyat sohasi bilan bogʻliq bilimlarga umuman ega emasligi — 0 ball.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Yakka tartibdagi suhbat natijalarini aniqlash uchun Suhbat komissiyasi aʼzolari mustaqil ravishda ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi baholash varaqalarini toʻldiradi va ularni Suhbat komissiyasi kotibiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Suhbat komissiyasi kotibi abituriyentga suhbat komissiyasi aʼzolari tomonidan qoʻyilgan ballarni hisoblab chiqib, oʻrtacha ballni chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Yakka tartibdagi suhbat natijalari u oʻtkazilgan kunning oʻzida abituriyentlarga eʼlon qilinadi va Suhbat komissiyasining barcha aʼzolari tomonidan imzolanadigan, komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadigan yigʻilish bayonnomasida qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Abituriyentlarning apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Abituriyentlarning apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosarining buyrugʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va oliy taʼlim tashkilotining kamida besh nafar mutaxassislaridan iborat tarkibda Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2024-yil 5-noyabrdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3476-1, 25.11.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2024-y., 10/24/3476-1/0966-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, saralash tadbirlari va yakka tartibdagi suhbatni oʻtkazishga masʼul boʻlgan shaxslarning Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Saralash tadbirlari va yakka tartibdagi suhbat natijalaridan norozi boʻlgan abituriyent ushbu natijalar eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida Apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyati berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini, u kelib tushgan kundan boshlab besh kun muddat ichida koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan abituriyentni shikoyat koʻrib chiqilishidan ikki kun oldin uni koʻrib chiqish vaqti va joyi haqida ogohlantiradi. Bunda, apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan abituriyent mazkur shikoyatni koʻrib chiqishda ishtirok etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Apellyatsiya komissiyasi unda aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Apellyatsiya komissiyasining qarori oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va majlisda ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish davomida abituriyentga uni qayta baholashga qaratilgan savollar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Apellyatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saralash tadbirlari va (yoki) yakka tartibdagi suhbat natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saralash tadbirlari va (yoki) yakka tartibdagi suhbat natijalariga oʻzgartirish kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya shikoyatini koʻrishda abituriyentning yakka tartibdagi suhbat natijasida olgan ballini pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan abituriyentga oʻz qarorini u qabul qilingan kunning oʻzida maʼlum qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan abituriyent yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Suhbat komissiyasining yakka tartibdagi suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlar haqidagi yakuniy qaydnomasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining oliy taʼlim tashkiloti bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etish toʻgʻrisidagi buyrugʻi qabul qilinadi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2024-yil 5-noyabrdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3476-1, 25.11.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2024-y., 10/24/3476-1/0966-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agrar sohadagi oliy taʼlim tashkilotlari qoshidagi oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilarini ushbu oliy taʼlim tashkilotlariga yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Saralash komissiyasi raisi

__________________________________________ ga

(F.I.O)

_________________________________________ dan

(abituriyentning F.I.O (toʻliq yoziladi))

ARIZA

Menga _____________________________________________________ bakalavriatiga yakka tartibdagi

______________________               (oliy taʼlim tashkilotining nomi)

suhbatdan oʻtish uchun tavsiyanoma berishingizni soʻrayman.

Maʼlumotim______________________________, _____________________________________________

________________________ (oʻrta maxsus) ___________________               (taʼlim tashkilotining nomi)

________________________________________ yoʻnalishini ________________________ yilda tugatganman.

_______________(yoʻnalish nomi)

Taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat (diplom): seriya__________ № ____________________________________

Tugilgan vaqtim va joyim: _________________________ yil, __________________________________

___________________________________(kun, oy, yil) _____________             (tugʻilgan joyi)

Doimiy yashash manzilim: ______________________________________________________________________________________________

____________________________________ (viloyat, shahar, tuman, qishloq, koʻcha, uy raqami toʻliq)

Biometrik pasport (identifikatsiya ID-kartasi) maʼlumoti:

_______________________, ____________________, _________________________________________________

________(seriya) _______________  _  (raqam) _____________                  (qachon va kim tomonidan berilgan)

______________________________________________________________________________________________

____    (abituriyentning F.I.O) __________  _(imzo) _______________                    (ariza berish sanasi)

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2024-yil 5-noyabrdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3476-1, 25.11.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2024-y., 10/24/3476-1/0966-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agrar sohadagi oliy taʼlim tashkilotlari qoshidagi oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilarini ushbu oliy taʼlim tashkilotlariga yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

_______________________________________________________________________

(oliy taʼlim tashkilotining nomi)

bakalavriatiga qabul qilish boʻyicha yakka tartibdagi suhbatdan oʻtgan

abituriyentning javoblarini

BAHOLASH VARAQASI


 

Sana ____________________
 (kun, oy, yil)____


 

Abituriyentning F.I.O_________________________________________________________________________

T/r

Baholash mezonlari

Ballar

1.

Oʻrta maxsus taʼlim tashkiloti dasturlari doirasida chuqurlashtirib oʻqitiladigan fanlar boʻyicha abituriyentning bilim saviyasi va oʻzlashtirish darajasi

2.

Agrar sohani tanlashda abituriyentning motivatsiyasi (agrar sohaning mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunish, unga doimiy qiziqishi)

3.

Abituriyentning oʻz fikrini ravon ifoda etish va tanqidiy fikrlash salohiyatiga ega ekanligi

4.

Abituriyentning umumiy dunyoqarashi shakllanganligi, oʻz ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatining mavjudligi

Izoh___________________________________________________________________________________

Suhbat oʻtkazish boʻyicha komissiya aʼzosi:

________________________________________________________________ ________________

             (F.I.O) ________________________________________________ (imzo)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2024-yil 5-noyabrdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3476-1, 25.11.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2024-y., 10/24/3476-1/0966-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2023-y., 10/23/3476/0862-son; 26.11.2024-y., 10/24/3476-1/0966-son)