1-ILOVA
| T/r | Tadbir nomi | Ijro muddati | Mas’ul tashkilotlar |
| I. Tuman va shaharlarni bayramga tayyorlash, targ‘ibot-tashviqot materiallarini ishlab chiqish bo‘yicha chora-tadbirlar | |||
| | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi g‘oya va asosiy tamoyillarning mazmunini o‘zida aks ettiruvchi shiorlar, fotolavhalar, plakatlar, pannolar, qisqa videoroliklar va boshqa ko‘rgazmali vositalarni tayyorlash. Konstitutsiya kuni munosabati bilan Konstitutsiya ramzini (bayroq, gerb elementiga ega) va ushbu ramz tushirilgan mahsulotlarni (flayer, stiker, bayroqcha, ko‘krak belgisi, sharf, kepka, bloknot, ruchka, sumka va b.) tayyorlash va aholiga tarqatish. | 2023-yil 1 — 10-dekabr | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi |
| | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oid targ‘ibot-tashviqot vositalarini (banner, video roliklar) quyidagilarda joylashtirish: 1) viloyat, shahar, tuman markazlari shoh ko‘chalari, xiyobonlar, bayram tadbirlari o‘tadigan joylarda, tashqi reklama obyektlarida, bilbordlarda, LED-ekranli konstruksiyalarda; 2) jamoat transportida (avtobus, metro, poyezd, samolyot) va ulardagi monitorlarda; 3) jamoat joylarida (bozorlar, savdo do‘konlari, gipermarket va boshqa savdo shoxobchalari, bekatlar, aeroport va aviakassalar, temiryo‘l vokzallari va kassalari, avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchalari va b.). | 2023-yil 1 — 10-dekabr | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, O‘zMTRK, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Transport vazirligi |
| | Mahallalarda, maktablar hovlilarida 7-dekabrda Konstitutsiya kuni munosabati bilan davlat bayrog‘ini ko‘tarish marosimini tashkil etish, unda Konstitutsiyadagi birdamlik g‘oyalari ifodalangan sahna ko‘rinishlari, she’r va ashulalarni o‘z ichiga olgan tadbirlar tashkil etish. | 2023-yil 7-dekabr | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi |
| | Tuman va shahar markazlarida (Toshkent shahrining Sayilgoh ko‘chasida) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlab “Konstitutsiya ko‘chasi”ni tashkil etish, unda: Konstitutsiyaning yaratilishi, takomillashtirish bosqichlarini ifoda etadigan “Konstitutsiya tarixi” burchagi va fotoko‘rgazmasini tashkil etish; Konstitutsiyani o‘rgatish bo‘yicha zamonaviy metodika asosida tayyorlangan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va maxsus adabiyotlar ko‘rgazmasini tashkil etish; konstitutsiyaviy huquqlar bo‘yicha sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar burchaklarini tashkil etish va ularga ko‘rgazmali materiallarni joylashtirish; bolalar va yoshlarga Konstitutsiyada belgilangan normalarning mazmun-mohiyatini ochib beruvchi ko‘rgazmali materiallar burchagini tashkil etish; “Konstitutsiya ko‘chasi”ni targ‘ibot va ko‘rgazmali bannerlar bilan bezatish; Konstitutsiyaga oid turli ko‘ngilochar tadbirlar, kuiz va chellenjlar tashkil etish, fuqarolarning Konstitutsiyaga oid bilimlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha viktorina loyihasini amalga oshirish, g‘olib fuqarolarni Konstitutsiya kitobi, Konstitutsiya ramzi tushirilgan mahsulotlar bilan taqdirlash. | 2023-yil 5 — 8-dekabr | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Adliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, IIV, Bosh prokuratura, Milliy gvardiya, Oliy sud, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz |
| II. Bayram tadbirlarini ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish bo‘yicha chora-tadbirlar | |||
| | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini, uning islohotlarning mustahkam huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qilayotganini targ‘ib qiluvchi maxsus ijtimoiy roliklar tayyorlash hamda OAVda keng yoritish. | 2023-yil 1 — 8-dekabr | O‘zMTRK, O‘MMA, O‘zA, AOKA, Adliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
| | Ommaviy axborot vositalarida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatiga oid media tadbirlarni (maxsus ko‘rsatuv, press-klub, tok-shou, intervyu, reportaj, videorolik, titr, radioeshittirish, viktorina, maqola va munosabatlar) amalga oshirish (alohida media reja asosida). Telekanallar belgisi yonida Konstitutsiya ramzini joylashtirish. | 2023-yil noyabr-dekabr | AOKA, O‘zMTRK, O‘MMA, O‘zA, Adliya vazirligi |
| | Konstitutsiyaviy komissiyaning ayrim a’zolari bilan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi tarixiga bag‘ishlangan intervyular tayyorlash hamda bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida yoritish. | 2023-yil 1 — 8-dekabr | Konstitutsiyaviy sud, O‘zMTRK, O‘zA, O‘MMA, “Xalq so‘zi” va “Yangi O‘zbekiston” gazetalari, Adliya vazirligi |
| | Konstitutsiya kuni munosabati bilan radioviktorina o‘tkazish va g‘oliblarni taqdirlash. | 2023-yil 7-8-dekabr | O‘zMTRK, O‘MMA, AOKA, Adliya vazirligi |
| | Markaziy va hududiy bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida (gazeta va jurnallarda): 1) Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini, uning hayotimizda yuz berayotgan o‘zgarishlar va qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarning bosh omili ekanini targ‘ib etish, shu mavzuda telemuloqotlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etish; 2) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan alohida ruknlar tashkil etish, huquqiy jurnallarning maxsus sonlarini chop etish. | 2023-yil 1 — 8-dekabr | O‘zMTRK, O‘MMA, O‘zA, “Xalq so‘zi” va “Yangi O‘zbekiston” gazetalari, AOKA, Adliya vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, IIV, Oliy sud, Konstitutsiyaviy sud, Milliy gvardiya, Bosh prokuratura |
| | Davlat va jamoat arboblari, aktyor, xonanda, mashhur sportchilar, bloger va faollarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga Konstitutsiyaga oid munosabatlarni joylashtirish. | 2023-yil 7-8-dekabr | Madaniyat vazirligi, Yoshlar siyosati va sp�rt vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, AOKA, Adliya vazirligi |
| | Jurnalist va blogerlar o‘rtasida “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi post va maqola” tanlovini o‘tkazish. | 2023-yil noyabr-dekabr | Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, AOKA |
| | “Constitution.uz” veb-saytini uning yaratilish tarixiga oid, uning jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatib beruvchi turli ma’lumotlar bilan to‘ldirgan holda muntazam yangilab borish. | 2023-yil noyabr-dekabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Konstitutsiyaviy sud, Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti, Adliya vazirligi |
| | #-Meningkonstitutsiyam, #-Konstitutsiyakuni xeshteglari ostida ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish. | 2023-yil 1 — 10-dekabr | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, AOKA |
| III. “Konstitutsiya haftaligi” doirasida o‘tkaziladigan bayram va boshqa ko‘ngilochar tadbirlar | |||
| | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlab, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida o‘tkaziladigan konsert tadbirlarini san’at ustalari va yosh ijrochilar ishtirokida yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish. | 2023-yil 7-dekabr | Toshkent shahri hokimligi, Madaniyat vazirligi |
| | Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida (Yakkasaroy tumanidagi Konstitutsiya ko‘chasida) Konstitutsiya sayillarini tashkil etish, unda tomosha va bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish. | 2023-yil 4 — 7-dekabr | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Madaniyat vazirligi |
| | Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Advokatlar palatasi, shuningdek, “yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari xodimlari ishtirokida respublika “Zakovat” intellektual turnirini tashkil etish. | 2023-yil 7-dekabr | “Zakovat” intellektual klubi NNT, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, IIV, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Milliy gvardiya |
| | Harbiy qism va bo‘linmalarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining o‘ttiz bir yilligiga bag‘ishlangan tantanali saflanish tadbirlarini o‘tkazish, harbiy va o‘quv tayyorgarlikda alohida namuna ko‘rsatgan harbiy xizmatchilarni rag‘batlantirish va taqdirlash. | 2023-yil 4 — 7-dekabr | Mudofaa vazirligi, IIV, DXX |
| | Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga budjetdan qo‘shimcha ajratilgan mablag‘lar doirasida 3 ming nusxada brayl alifbosida nashr etish. | 2023-yil dekabr | AOKA, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati (kelishuv asosida) |
| | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish tarixiga bag‘ishlangan arxiv hujjatlarining ko‘rgazmasini tashkil etish. | 2023-yil 1 — 7-dekabr | Oliy Majlis palatalari, Konstitutsiyaviy sud (kelishuv asosida), “O‘zarxiv” agentligi |
| | Kinoteatrlarda har bir film namoyishidan oldin Konstitutsiya kuni bayramiga bag‘ishlangan ijtimoiy videoroliklarni tomoshabinlarga ko‘rsatish. | 2023-yil 1 — 8-dekabr | Madaniyat vazirligi, Savdo-sanoat palatasi |
| | Fuqarolarga Konstitutsiya kuni bayrami munosabati bilan SMS-xabar sifatida tabrik yo‘llash. | 2023-yil 8-dekabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi |
| IV. “Konstitutsiya haftaligi” doirasida davlat tashkilotlarida va siyosiy partiyalarda tashkil etiladigan tadbirlar | |||
| | Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, mahalliy hokimliklarda, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarida, mahallalarda, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat tashkilotlarida “Mening Konstitutsiyam 31 yoshda” shiori ostida “Mening Konstitutsiyam va davlat tilim” mavzusida ommaviy umumrespublika diktantini tashkil etish. | 2023-yil 1 — 8-dekabr | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| | Ixtiyoriy bo‘lgan umummilliy Konstitutsiya imtihonini o‘tkazish. | 2023-yil 1 — 8-dekabr | Adliya vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, TDYU |
| | O‘zbekistonning chet eldagi muassasalarida va xalqaro tashkilotlar qoshidagi vakolatxonalari yoki xalqaro tashkilotlar shtab-kvartiralarida Konstitutsiyamiz qabul qilinganining o‘ttiz bir yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni” ma’rifiy tadbirlarini tashkil etish. | 2023-yil 1 — 8-dekabr | Tashqi ishlar vazirligi, “Dunyo” AA |
| | O‘zbekistonning chet eldagi muassasalari va xalqaro tashkilotlar qoshidagi vakolatxonalari veb-saytlarida hamda xorijiy mamlakatlarning ommaviy axborot vositalarida Konstitutsiya kuni bayramiga bag‘ishlangan materiallarni joylashtirish. | 2023-yil 1 — 8-dekabr | Tashqi ishlar vazirligi, “Dunyo” AA |
| | Konstitutsiyaviy sudning mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylik holati to‘g‘risida axborotini taqdim etish va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilish. | 2023-yil 5-dekabr | Konstitutsiyaviy sud (kelishuv asosida) |
| | “Konstitutsiya haftaligi” doirasida Oliy Majlis palatalarida “Ochiq eshiklar kuni”ni o‘tkazish va uning doirasida Qonunchilik palatasi va Senat binosi bo‘ylab ekskursiya tashkil etish, majlislar zali va muzey, kutubxona, deputat va senatorlarning faoliyati bilan tanishtirish. | 2023-yil 1 — 7-dekabr | Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati (kelishuv asosida) |
| | Davlat xizmatlari markazlarida “Konstitutsiya burchagi”ni tashkil qilish (flayerlar tayyorlash va ularni tashrif buyurgan fuqarolarga bepul tarqatish). | 2023-yil 1 — 8-dekabr | Adliya vazirligi |
| | Siyosiy partiyalar tomonidan o‘z dasturining ustuvor yo‘nalishlariga mos bo‘lgan Konstitutsiyaning tegishli normalarining mazmun-mohiyatini ochib beruvchi turkum tadbirlarni tashkil etish. | 2023-yil 1 — 8-dekabr | Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, siyosiy partiyalar (kelishuv asosida) |
| | Ichki ishlar organlarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 16 yoshga to‘ladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga ID-kartani topshirish jarayonlarini bayramona tashkil etish. | 2023-yil 7-dekabr | IIV, Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| V. “Konstitutsiya haftaligi” doirasida ta’lim tashkilotlari va ilmiy jamoalarda o‘tkaziladigan tadbirlar | |||
| | Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarida barcha o‘quvchi va talabalarni qamrab olgan holda Konstitutsiya darslarini o‘tkazish (namunaviy dars materiallari asosida). | 2023-yil 1 — 8-dekabr | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, TDYU |
| | Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini o‘rganish bo‘yicha olimpiada tashkil etish va OAVda keng yoritish. | 2023-yil 1 — 8-dekabr | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zMTRK, O‘MMA |
| | Maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Xalq Konstitutsiyasi”, “Konstitutsiya — baxtimiz qomusi”, “Konstitutsiya — kelajagim mash’ali” mavzularida rasmlar va insholar tanlovini o‘tkazish va g‘oliblarni taqdirlash. | 2023-yil 1 — 8-dekabr | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi |
| | “Barkamol avlod” bolalar maktablarida “Konstitutsiya o‘quvchilar nigohida” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi va ko‘rgazmalarini tashkil etish. | 2023-yil 1 — 8-dekabr | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| | Ta’lim muassasalarida huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari, huquqshunos olimlar ishtirokida “Konstitutsiyani o‘rganamiz”, “Konstitutsiya — adolat tantanasi” mavzularida uchrashuvlar, ochiq muloqotlar, huquqiy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish. | 2023-yil 1 — 8-dekabr | Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
| | Ta’lim tashkilotlarini bayroqlar va sharlar, shuningdek, o‘quvchilar yasagan o‘yinchoqlar, ramzlar bilan bezatish. | 2023-yil 1 — 8-dekabr | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
| | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan yoshlar konferensiyasini o‘tkazish. | 2023-yil 5-dekabr | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
| | Barcha oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda talabalar, magistrlar, tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlar o‘rtasida | 2023-yil 1 — 8-dekabr | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
| | Ilmiy jamoatchilikni keng jalb qilgan holda Konstitutsiya va uning normalarini amalga oshirishga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish. | 2023-yil 6-dekabr | Konstitutsiyaviy sud, Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti, DBA, TDYU, JIDU |
| | Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan sport marafonlari (yugurish, marsh) va musobaqalarini (voleybol, futbol, shaxmat va b.) uyushtirish, jahon, Osiyo va Olimpiya o‘yinlari g‘oliblari, ishtirokchilari bilan uchrashuvlar tashkil etish. | 2023-yil 1 — 8-dekabr | Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi (kelishuv asosida) |
2-ILOVA
| 1. | A.N. Aripov | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Tashkiliy qo‘mita raisi |
| 2. | R.Q. Davletov | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari |
| 3. | X.M. Sultonov | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Spichrayteri |
| 4. | Q.Q. Quronboyev | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Yoshlar siyosati departamenti rahbari |
| 5. | J.A. Qo‘chqorov | — | Bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri |
| 6. | Sh.B. Umurzakov | — | Toshkent shahar hokimi v.b., Tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari |
| 7. | A.J. Toshqulov | — | adliya vaziri |
| 8. | O.A. Nazarbekov | — | madaniyat vaziri |
| 9. | B.O. Saidov | — | tashqi ishlar vaziri |
| 10. | P.R. Bobojonov | — | ichki ishlar vaziri |
| 11. | A.H. Qo‘ldoshev | — | favqulodda vaziyatlar vaziri |
| 12. | R.M. Jo‘rayev | — | Milliy gvardiya qo‘mondoni |
| 13. | X.U. Umarova | — | maktabgacha va maktab ta’limi vaziri |
| 14. | A.Sh. Inoyatov | — | sog‘liqni saqlash vaziri |
| 15. | Sh.X. Shermatov | — | raqamli texnologiyalar vaziri |
| 16. | A.I. Ikramov | — | yoshlar siyosati va sport vaziri |
| 17. | B.A. Musayev | — | kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri |
| 18. | A.A. Xodjayev | — | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori |
| 19. | R.J. Qurbonov | — | Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi |
| 20. | F.F. Abduholiqov | — | Kinematografiya agentligi bosh direktori |
| 21. | A.Z. Sa’dullayev | — | Yoshlar ishlari agentligi direktori |
| 22. | A.J. Xodjayev | — | O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi |
| 23. | A. Ko‘chimov | — | O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori |
| 24. | M.M. Hojimatov | — | Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari |
| 25. | Lavozimiga ko‘ra | — | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari |