1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.15.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekistonga kelishi, ketishi va boʻlishi]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan anʼanaviy tarzda koʻrsatilayotgan davlat xizmatlarini elektron koʻrinishga oʻtkazish vazifasi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.05.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga bevosita yoki Davlat xizmatlari markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qilish tartibi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari tomonidan arizalarni avtomatlashtirilgan tizim orqali qabul qilish va koʻrib chiqish tartibi hamda muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el fuqarolarini taklif qilish boʻyicha QR-kod bilan himoyalangan taklifnomalarni rasmiylashtirish va ariza beruvchiga taqdim qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentga muvofiq davlat xizmatining YIDXP orqali koʻrsatilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan, jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 6-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
589-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-noyabrdagi 589-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼMURIY REGLAMENTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.05.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Reglament Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish uchun murojaat etish boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmati Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 326-son qarori talablariga muvofiq koʻrsatiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-yanvardagi 33-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy holati toʻgʻrisida”gi Qonunining 23-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat xizmati Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) bevosita murojaat etish yoki Davlat xizmatlari markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali vakolatli organ tomonidan koʻrsatiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ariza beruvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish uchun oʻz xohishiga koʻra yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzilidan qatʼi nazar, eksterritoriallik tamoyili asosida istalgan vakolatli organga yoki Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib yoxud davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat etadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy holati toʻgʻrisida”gi Qonunining 22-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, vakolatli organ yoki Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron toʻldiradi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Soʻrovnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taklif qilinayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning 1 dona 3,5 x 4,5 sm oʻlchamdagi rasmi, chet el fuqarosining xorijga chiqish milliy pasporti yoki xorijiy davlatda doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxsning xorijga chiqish va harakatlanish hujjati nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taklif qilinayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs bilan birga taklif etilayotgan voyaga yetmagan shaxs(lar)ning chet el fuqarosining xorijga chiqish milliy pasporti yoki xorijiy davlatda doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxsning xorijga chiqish va harakatlanish hujjati nusxasi (agar birga kelayotgan boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi taklif qilinayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs bilan qarindosh boʻlsa, u holda qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi hujjatlar (hujjatlar nusxasi olinib, asli qaytarib beriladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomaga tegishli maʼlumotlar kiritilib, unga ilova qilinadigan hujjatlar rasmiylashtirilgandan soʻng ariza beruvchi uni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan (elektron raqamli imzo, mobil-ID va boshqalar) tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, arizani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning arizasi markaz xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan imzolarni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (daktiloskopiya, elektron raqamli imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlangandan soʻng barcha hujjatlar 10 daqiqa mobaynida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.01.00 Umumiy qoidalar. Davlat boji toʻlovchilar va undiriladigan obyektlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ariza beruvchi davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda (bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi) davlat bojini toʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etganda, boj summasining 90 foizi undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boji toʻlanganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) vakolatli organga oʻzi kelib murojaat etganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
0,5 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) YIDXP orqali murojaat etganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali davlat xizmati koʻrsatilganda) — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga;
(9-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
0,5 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qaroriga asosan “v” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.01.00 Umumiy qoidalar. Davlat boji toʻlovchilar va undiriladigan obyektlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan davlat boji summasi qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vakolatli organ tomonidan soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi avtomatlashtirilgan axborot tizimi yordamida ikki ish kuni ichida tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ariza beruvchining soʻrovnomasi va unga ilova qilingan hujjatlar toʻliq emasligi yoki ularda xato maʼlumotlar aniqlansa, ushbu hujjatlar ariza beruvchiga kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlar qaytarilishining aniq sabablari koʻrsatilgan elektron shakldagi xabarnoma ariza beruvchiga ikki ish kun ichida yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Soʻrovnomasi qaytarilgan ariza beruvchi rad etish uchun sabab boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etgandan soʻng vakolatli organga besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda qayta murojaat etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi tomonidan belgilangan muddatda qayta murojaat etilganda, undan qoʻshimcha yigʻim undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ariza beruvchi besh ish kuni muddati oʻtgandan keyin takroran murojaat etgan taqdirda, soʻrovnoma yangidan berilgan deb hisoblanadi va umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi, yigʻim summasi oʻrnatilgan tartibda undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Vakolatli organ tomonidan kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi tekshirilgandan soʻng soʻrovnoma elektron tizim orqali Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati hududiy boshqarmasiga hamda Tashqi ishlar vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — maxsus vakolatli organlar) yuboriladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus vakolatli organlar yetti ish kuni ichida chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilinishi maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida elektron tizim orqali fikrini bildiradi hamda tasdiq kodini yuboradi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vakolatli organ tomonidan oʻrganib chiqish natijalariga koʻra ijobiy deb topilgan talabnoma bir ish kuni davomida ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan taklifnoma rasmiylashtiriladi hamda uni ariza beruvchiga taqdim etiladi yoki Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoxud ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlari markazi taklifnoma kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchiga yuboradi va bu haqida ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga taklifnomani ariza beruvchining soʻroviga koʻra elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda berishi shart.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Taklifnoma berilgan kundan boshlab uch oy davomida amal qiladi. Chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs ushbu muddat mobaynida Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasasiga kirish vizasini rasmiylashtirish yuzasidan murojaat etishi mumkin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ariza beruvchi davlat xizmatini koʻrsatish asossiz rad etilganda, shuningdek, vakolatli organ xodimlarining xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2155-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Ariza beruvchi
(Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar)
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasiga yoki Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi.
Xohishiga koʻra
2-bosqich
Ariza beruvchi
(Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar)
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan (bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi) davlat bojini toʻlaydi.
Murojaat qilinganda
3-bosqich
Vakolatli organ
(Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari)
1. Soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini tekshiradi (Avtomatlashtirilgan axborot tizimi yordamida).
2.1. Soʻrovnomada notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi aniqlanmasa — soʻrovnomani maxsus vakolatli organga xulosa olish uchun yuboradi (idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimi orqali).
2.2. Soʻrovnomada notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi aniqlanganda — soʻrovnomani ariza beruvchiga kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytaradi.
Ikki ish kunida
4-bosqich
Maxsus vakolatli organlar (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Tashqi ishlar vazirligi)
Chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilinishi maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida fikrini bildiradi hamda tasdiq kodini yuboradi (idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimi orqali).
Yetti ish kunida
5-bosqich
Vakolatli organ
(Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari)
QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan taklifnomani rasmiylashtiriladi hamda ariza beruvchiga taqdim qiladi (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) Davlat xizmatlari markaziga (markaz orqali murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Bir ish kunida
6-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Davlat xizmatlari markazi taklifnoma kelib tushgandan soʻng uni ariza beruvchiga yuboradi va bu haqida ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
10 daqiqa mobaynida
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish uchun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SOʻROVNOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot:
1. JSHSHIR
2. F.I.O.
3. Tugʻilgan sanasi
4. Jinsi
5. Tugʻilgan joyi
6. Doimiy yoki vaqtincha yashash joyi
7. Shaxsini tasdiqlovchi hujjat turi
8. Seriyasi va raqami
9. Berilgan sanasi
10. Kim tomonidan berilgan
11. Telefon raqami
II. Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilinayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar haqidagi maʼlumotlar:
1. F.I.O.
2. Tugʻilgan sanasi
3. Fuqaroligi
4. Jinsi
5. Tugʻilgan joyi toʻgʻrisida maʼlumot
6. Shaxsini tasdiqlovchi hujjat turi
7. Seriyasi va raqami
8. Amal qilish muddati
9. Fotosurati
Yuklanganda jpeg formatida,
297x382 piksel 300 kb oshmagan hajmda
10. Chet el fuqarosining xorijga chiqish milliy pasporti yoki xorijiy davlatda doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxsning xorijga chiqish va harakatlanish hujjati nusxasi
Yuklanganda jpeg formatida,
600 kb oshmagan hajmda
11. Tanishlik darajasi
12. Mehnat faoliyati hamda lavozimi haqidagi maʼlumotlar
III. Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilinayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bilan birga kelayotgan voyaga yetmagan shaxs(lar) haqidagi maʼlumotlar:
1. F.I.O.
2. Tugʻilgan sanasi
3. Jinsi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAKLIFNOMA
QR-kod
(matrik shtrixli kod)
ID-raqami:
1. Taklif qilayotgan shaxs haqidagi maʼlumotlar: familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi
1.1. Manzili
2. Taklif qilinayotgan shaxs haqidagi maʼlumotlar: familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi
2.1. Fuqaroligi
2.2. Qaysi davlatdan taklif etilmoqda
2.3. Voyaga yetmagan farzandlari
3. Taklifnoma berilgan sana
4. Taklifnomaning amal qilish muddati
5.Tasdiq kodi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Kirish vizasini rasmiylashtirish uchun chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs mazkur taklifnoma hamda “visa.mfa.uz” sayti orqali toʻldirilgan soʻrovnoma bilan Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalariga murojaat etadi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2023-y., 09/23/589/0834-son; 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)