25.10.2023 yildagi 561-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, respublikada “yashil” infratuzilmalar uchun xususiy kapital jalb etilishini kengaytirish, “yashil” iqtisodiyot sohalarida moliyaviy vositalarni rivojlantirishda “yashil” turdagi faoliyatni tasniflash mezonlarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qarori bilan tasdiqlangan 2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga oʻtish va “yashil” oʻsishni taʼminlash boʻyicha harakatlar rejasining 65-bandida “yashil” turdagi faoliyatni tasniflash uchun Milliy “yashil” taksonomiyani ishlab chiqish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Yashil” iqtisodiyot asosiy yoʻnalishlarining toifalarini belgilash hamda “yashil” turdagi faoliyatni tasniflash asosida muvofiqlik mezonlarini baholashni nazarda tutuvchi Milliy “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi milliy “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasini joriy etish va muvofiqlashtirish boʻyicha masʼul respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2024-yil 1-oktabrga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yashil” obligatsiyalar va kreditlar, shuningdek, boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan “yashil” turdagi loyihalarni tasniflash tajriba tariqasida Milliy “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasi orqali amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat moliyaviy koʻmagidan (subsidiyalar, grantlar, kredit liniyalari, kafolatlar va boshqalardan) foydalangan barcha tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, xususiy va davlat ishtirokidagi xoʻjalik birlashmalarining investitsiyaviy xarajatlari Milliy “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasi asosida tasniflanadi hamda ular tomonidan masʼul respublika ijro etuvchi hokimiyat organiga maʼlumotlar taqdim etish tartibi joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga oʻtish choralarini muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo kengash (J. Qoʻchqorov) 2024-yil 1-yanvarga qadar vazirlik va idoralar hamda xorijiy ekspertlardan tashkil topgan idoralararo ishchi guruhlar tarkiblari yangilanishini, shuningdek, ushbu ishchi guruhlardan biri Milliy “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasi joriy etilishi bilan bogʻliq jarayonlarga biriktirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasining mohiyati va unda belgilangan muvofiqlik mezonlarni tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida keng tushuntirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-dekabrga qadar oʻtkazilgan tajriba doirasida Milliy “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasi joriy etilishi holatini oʻrganib chiqib, unda belgilangan mezonlarni takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 25-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
561-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-oktabrdagi 561-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Toifalar

Sektorlar

Kichik sektorlar

Namunalar

Muvofiqlik mezonlari

1. Suv va xomashyolardan foydalanish samaradorligi

Suvni tejash

Suvni tejash, suvni saqlash va taqsimlash texnologiyalari ishlab chiqarish, sotib olish va oʻrnatish

Suvni tejash, suvni saqlash va taqsimlash texnologiyalari va tizimlarini ishlab chiqarish, sotib olish va oʻrnatish, suvni tejaydigan sanoat texnologiyalari, qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan sugʻorish, yomgʻir suvini yigʻish tizimlari, yer osti suvlarini toʻldirish tizimlari, kanallar va tarqatish tizimlari, yom�ir suvini boshqarish, ichimlik suvini tozalash texnologiyalari va uskunalari, suv aylanish tizimlari, kon va boshqa suvlardan sanoat, qishloq xoʻjaligi, rekreatsion yoki boshqa maqsadlarda foydalanish.

Toza suv isteʼmolini maishiy va ichimlik ehtiyojlari uchun kamida 30 foizga, sugʻorish uchun 20 foizga hamda sanoat va texnik ehtiyojlar uchun 40 foizga kamaytirish.

Ikkilamchi foydalanish uchun oqova suvlarni tozalash inshootlari

Suvdan yopiq siklli foydalanish, oqova suvlarni tozalash uskunalari va inshootlari, yomgʻir suvini boshqa oqova suvlardan ajratish mumkin boʻlgan tarmoqlar, maishiy va sanoat oqova suvlarini qayta ishlatish.

Tozalangan suvdan ikkilamchi foydalanish.

Suvni tayyorlash inshootlari

Suvdan foydalanish uskunalari yoki infratuzilmasi, suvni tozalash tizimlari, tuzsizlantirish qurilmalari.

Amaldagi sanitariya talablari mosligi, texnik suv uskunaning pasportlariga mosligi.

Suv havzalarida monitoring va erta ogohlantirish tizimlari

Toshqinlar, qurgʻoqchilik yoki toʻgʻon nosozliklari boʻyicha erta ogohlantirish tizimlari, suv sifati yoki miqdorini kuzatish va oʻlchash jarayonlari, monitoring tizimlari, suvni kuzatish uchun aqlli tarmoqlar.

Aqlli avtomatlashtirilgan monitoring tizimlari joriy etilishi.

Chiqindilar va chiqindi suvlardan samarali foydalanish

Oqova suvlarni tozalash inshootlari

Oqova suvlarni yigʻish, saqlash, tozalash va yoʻq qilish tarmoqlari, oqova suvlarni tozalash inshootlari, ichimlik suvini tozalash uskunalari, tuzsizlantirish qurilmalari, goʻng va suyuq goʻng uchun tozalash inshootlari.

Emissiyalar BREF maʼlumotnomalarida anaerob chiqindilarni qayta ishlash uchun belgilangan mavjud eng yaxshi texnologiyalar (BAT-AELs) bilan bogʻliq emissiyalar darajasidagi diapazonlar ichida joylashgan.

Chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlash, ikkilamchi xomashyoni qayta tiklash, qayta ishlatish

Ikkilamchi xomashyoni qayta tiklash uchun uskunalar, ikkilamchi xomashyoni qayta ishlatish va qayta ishlash, ishlatilgan shinalarni qayta ishlash uskunalari.

Qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish uchun ekologik toza infratuzilmani hamda binolar, inshootlar va infratuzilma obyektlarini qurish va taʼmirlash jarayonida hosil boʻlgan chiqindilarni qayta ishlash va qayta ishlatish infratuzilmasini yaratish.

Yigʻilgan ikkilamchi xomashyoni kamida 80 foiz qayta ishlash.

Maishiy chiqindilarni yigʻish va saralash uskunalari

Maishiy chiqindilarni yigʻish va saralash uskunalari va punktlari.

Maishiy chiqindilarni alohida yigʻilishi va ikkilamchi xomashyo qayta ishlashga yuborilishi lozim.

Sanoat va xavfli chiqindilarni yigʻish, saralash, qayta tiklash, qayta ishlatish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish uchun inshootlar

Sanoat va xavfli chiqindilarni yigʻish, saralash, qayta tiklash, qayta ishlatish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish uchun uskunalar.

Chiqindilarni q�yta ishlash boʻyicha mavjud eng yaxshi texnologiyalar maʼlumotnomasi (BREF) talablarining chiqindilarni va yon mahsulotlarni, ayniqsa xavfli sanoat chiqindilarini boshqarish qismiga muvofiqligi.

Utilizatsiya qilish taqiqlangan chiqindilarni qayta ishlash uchun poligonlar va zavodlarni qurish va modernizatsiya qilish

Poligonlarni qurish va modernizatsiya qilish, utilizatsiya qilish taqiqlangan chiqindilarni qayta ishlash zavodlarini qurish.

Oʻzbekiston Respublikasida mazkur sohada belgilangan talablari va normalariga toʻgʻri kelishi.

Chiqindilarni kompostlash uchun uskunalar va texnikalar

Biologik parchalanadigan chiqindilardan kompost ishlab chiqarish uchun uskunalar.

Olingan kompost tuproqni urugʻlantirish uchun ishlatiladi. Tayyor kompostda plastmassa, shisha va metallning yoʻqligi. Kompostning mavjud standartlarga mos kelishi.

Resurslarni tejash va tiklash

Mahsulot ishl�b chiqarish uchun ikkilamchi xomashyolardan foydalanish

Tabiiy resurslarni ikkilamchi xomashyo bilan almashtirish, ikkilamchi xomashyolardan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarish.

Mahsulotlar tarkibidagi ikkilamchi xomashyoning ulushi kamida 30 foiz.

2. Havo va tuproq sifatini yaxshilash

Havo sifati

Uglerodni ushlash va saqlash

Uglerodni ushlab qolish va saqlash qurilmalari va mahsulotlari.

Emissiyalar boʻyicha mavjud eng yaxshi texnologiyalar maʼlumotnomasi (BREF) talablarining chiqindilarni boshqarish qismiga muvofiqligi.

Uy xoʻjaliklari, kichik va oʻrta biznes uchun toza isitish moslamalarini ishlab chiqarish va oʻrnatish

Havoning ifloslanishini kamaytirish uchun toza isitish moslamalarini ishlab chiqarish, sotib olish va oʻrnatish, elektr radiator (havo isitgichi), elektr kartrijli isitgich, isitgichli elektr pol, issiq devorlar.

Issiqxona gazlari chiqindilarini kamida 20 foizga kamaytirish.

Havoni sanoat ifloslanishidan va shahar havosining ifloslanishidan tozalash, retsirkulatsiya uskunalari

Havoni sanoat ifloslanishidan va shahar havosining ifloslanishidan, chiqindi gazlardan tozalash inshootlari, sanoat chiqindilarini kamaytirish uchun uskunalar, havoni retsirkulatsiyalash uskunalari, desulfurizatsiya va denitrifikatsiya, filtr qoplari, samaradorlik darajasi 99,5 foizdan kam boʻlmagan chang-gaz tozalash uskunalari, siklon, skrubber, elektrofiltr, chiqindi gaz goryelkalaridan foydalanish.

Emissiyalar BREF maʼlumotnomalarida belgilangan mavjud eng yaxshi texnologiyalar (BAT-AELs) bilan bogʻliq emissiyalar darajasidagi diapazonlar ichida joylashishi.

Tuproq ifloslanishini oldini olish

Tuproq ifloslanishini kamaytirish, uni qayta tiklash uchun uskunalar va infratuzilma

Tuproq unumdorligini oshirish texnologiyalari va mahsulotlaridan foydalanadiga� uskunalar va infratuzilma, tuproqni ifloslanish va degradatsiyadan tiklash, barqaror qishloq xoʻjaligi, barqaror va organik dehqonchilik tizimlariga, texnogen va antropogen ifloslanishdan tozalash, tuproqni himoya qilishning fitomeliorativ va mexanik usullarini qoʻllash.

Cheklovsiz

3. Barqaror qishloq va oʻrmon xoʻjaligi, ekoturizm

Barqaror qishloq xoʻjaligi

Iqlim jihatdan aqlli qishloq xoʻjaligi (yaylovlar va chorvachilikni barqaror boshqarish)

Tuproqqa samarali ishlov berish, tortish, sugʻorish va boshqa qishloq xoʻjaligi yoki chorvachilik jarayonlarida energiya va suvdan foydalanishni kamaytirish, shuningdek, yerdan foydalanishni qisqartirish, yaʼni yaylov yerlarini barqaror boshqarish uchun chorvachilik standartlarini qoʻllash va chorvachilikni sifat (yuqori hosil) asosida boshqarishni/ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish.

Quyidagi talablardan ikkitasiga toʻgʻri kelishi:

chuchuk suv isteʼmolini kamida 20 foizga kamaytirish;

suvdan ikkilamchi foydalanish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish, energiya sarfini kamida 20 foizga kamaytirish.

Organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlari (oʻsimlik va chorvachilik sohalari)

Toza ishlab chiqarish standartlariga javob beradigan qishloq xoʻjaligi va baliq organik mahsulotlarini ishlab chiqarish (shu jumladan, obyektlarni qurish va ulardan foydalanish).

Oʻgʻitlar, veterinariya preparatlari, pestitsidlar, oziq-ovqat qoʻshimchalari va hayvonlar gigiyenasidan foydalanishning ekologik va sifat standartlari.

Chiqindilarni boshqarish va suvdan foydalanish samaradorligi, shu jumladan yomgʻir suvidan foydalanish.

Organik mahsulotlar uchun tegishli xalqaro, davlatlararo yoki milliy standartlar, shuningdek, sotib olingan organik yoki yashil mahsulotlarni yorliqlash.

Oʻrmonlarni barqaror boshqarish va biologik xilma-xillik va ekotizimlarni saqlash

Bioxilma-xillik va ekotizimlarni saqlash

Yovvoyi hayvonlarning oʻziga xos yashash joylari, botqoq yerlar, torflar, choʻllar kabi ekologik funksional hududni qurish va saqlash, buzilgan ekotizimlarni himoya qilish yoki tiklash.

Cheklovsiz

Oʻrmonlarni barqaror boshqarish

Oʻrmonlarning uglerodni saqlash funksiyasini oshiradigan yoki oʻrmon ekotizimlari, axborot tizimlari va texnologiyalarini barqaror boshqarish.

Cheklovsiz

Oʻrmonlarni oʻstirish va qayta tiklash

Oʻrmon ekinlarini ekish, oʻrmon plantatsiyalarini yaratish, aholi punktlari atrofida yashil zonalarni yaratish.

Cheklovsiz

Barqaror turizm

Mehmonxonalar va oromgohlarni barqaror boshqarish

Barqaror mehmonxona biznesining milliy, xalqaro yoki davlatlararo standartlariga muvofiq mehmonxonalar va oromgohlar faoliyatini boshqarish.

Milliy, xalqaro, davlatlararo ekologik standartlarga yoki turar joy xizmatlari va mehmonxonalar, yotoqxonalar uchun ekologik talablar sohasidagi eko-yorliqlash �tandartlariga yoki mehmonxona sektori uchun xorijiy davlatning tan olingan standartlariga muvofiqligi.

Ekoturizmni rivojlantirishga hissa qoʻshadigan mahsulotlar va xizmatlar

Ekoturizmni rivojlantirishga qaratilgan shart-sharoitlarni yaratish, mahalliy aholini jalb qilish (mikrokreditlash dasturlari, subsidiyalar), ekologik taʼlim, ekoturizm uchun infratuzilmani yaratish.

Turistik xizmatlar va ekologik toza marshrutlar sohasidagi milliy, xalqaro, davlatlararo ekologik standartlarga yoki ekologik yorliqlash standartlariga, shu jumladan, xorijiy davlatlarning ekologik yorliqlashning tan olingan standartlariga muvofiqligi.

4. Yashil transport

Kam uglerodli transport vositalari

Kam uglerodli avtomobillarni sotib olish

Kam uglerodli transport vositalarini, shu jumladan, elektr transport vositalarini, vodorod, gibrid dvigatellarda ishlaydigan transport vositalarini sotib olish.

<90 gramm CO2 ekv / km

Kam uglerodli transport vositalari uchun ishlab chiqarish taʼminot zanjirlari

Avtotransport vositalari va asosiy komponentlar uchun ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish quvvatlari, tegishli transport vositalarida ishlatiladigan batareyalar.

<90 gramm CO2 ekv / km

Kam uglerodli tashish va yuk tashish

Kam uglerodli tashish va yuk tashish

Elektrlashtirilgan va elektrlashtirilmagan temir yoʻlda yuk tashish uchun harakatlanuvchi tarkib.

Avtomobilda tashish uchun 100 gramm CO2 ekv. / tonna * km.

temir yoʻlda tashish uchun 40 gramm CO2 ekv. / tonna * km.

Yashil transport infratuzilmasi

Jamoat transporti infratuzilmasi

Jamoat transporti va transport infratuzilmasi, tezkor avtobus tizimlari, jamoat velosiped infratuzilmasi.

Jamoat transporti uchun 50 gramm CO2 ekv/ yoʻlovchi-km.

Velosiped infratuzilmasi uchun cheklovsiz.

Kam uglerodli transport infratuzilmasi

Zaryadlash stansiyalari va muqobil yoqilgʻilar uchun ixtisoslashtirilgan infratuzilma (muqobil yoqilgʻi zaryadlash stansiyalari yoqilgʻi quyish shoxobchalari va qazilma yoqilgʻi garajlaridan alohida joylashgan boʻlsa), elektr transport vositalari, trolleybuslar, tramvaylar, elektr avtobuslar va tegishli infratuzilma uchun eko-yoqilgʻi stansiyasi, zaryadlash stansiyasi.

Cheklovsiz

Kam uglerod transportini rejalashtirish

Avtomashinalardan foydalanishning qisqarishiga olib keladigan transport va shaharsozlikni rejalashtirishni integratsiyasi, zich qurilish, erdan koʻp marta foydalanish, yurish jamiyatiga oʻtish, tranzit al�qasi, aqlli yuk tashish tizimlari.

Cheklovsiz

5. Energiya samaradorlikni oshirish

Mavjud va qurilayotgan sanoat obyektlarida energiya samaradorligini oshirish

Energiya tejamkor uskunalar va texnologiyalarni takomillashtirish

Samaraliroq uskunalarni oʻrnatish, jarayonlar va boshqaruvdagi oʻzgarishlar, issiqlik yoʻqotishlarini kamaytirish va/yoki qoldiq issiqlik va bosimdan foydalanish orqali sanoatda energiya samaradorligini oshirish, energiya auditi xulosasi asosida energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari, kompressorlar, nasoslar va ventilatsiya tizimlari uchun energiya tejamkor motorlar, oʻzgaruvchan chastotali drayverlar (VFD drives). Yuqori energiya samaradorligiga ega qozonxonalar.

Bazaviy (loyihani amalga oshirishdan oldingi) koʻrsatkichga nisbatan energiya sarfini minimal 20 foizga kamaytirish.

Kombinatsiyalangan issiqlik va elektr stansiyalari / kogeneratsiya yoki trigeneratsiya qurilmalari uchun uskunalarni oʻrnatish

Isitishga qoʻshimcha ravishda elektr energiyasini ishlab chiqaradigan kogeneratsiya va kombinatsiyalangan qurilmalar siklini oʻrnatish va ishlatish, issiqlik-elektr stansiyalari, kombinatsiyalangan siklli elektr stansiyalari.

Bazaviy (loyihani amalga oshirishdan oldingi) koʻrsatkichga nisbatan energiya sarfini minimal 20 foiz kamaytirish.

Energiya ishlab chiqarish, uzatish va tarqatish tizimlarida energiya samaradorligi

Energiya sarfini va/yoki texnik yoʻqotishlarni kamaytirish, shu jumladan, tarmoq barqarorligini oshirish maqsadida elektr uzatish liniyalarini modernizatsiya qilish yoki yangi podstansiyalar yoki tarqatish tizimlarini qurish, aqlli tarmoqlar, yuqori kuchlanishli tarmoqlar.

Bazaviy (loyihani amalga oshirishdan oldingi) koʻrsatkichga nisbatan elektr energiyasini yoʻqotishlarini minimal 20 foizga kamaytirish.

Markaziy isitish

Kichik (tarqatilgan) generatsiya stansiyalari yoki boshqa texnologiyalardan foydalangan holda markaziy isitish tizimlarini modernizatsiya qilish. Kichik (tarqatilgan) generatsiya stansiyalari.

Bazaviy (loyihani amalga oshirishdan oldingi) koʻrsatkichga nisbatan energiya sarfini minimal 20 foizga kamaytirish.

Budjet va kommunal sohada energiya samaradorligini oshirish

Energiyani tejaydigan yoritish tizimlari yoki uskunalar

Yanada samarali yoritish tizimi yoki uskunalarni oʻrnatish orqali kommunal va davlat xizmatlarida energiya samaradorligini oshirish, LED koʻcha yoritish tizimi, savdo, chakana, ulgurji, ofis binolari va boshqa nosanoat obyektlarini yoritishni yaxshilash.

Energiya sarfini 20 foizga kamaytirish.

Energiyani tejaydigan mahsulotlar (oxirgi foydalanuvchi)

Koʻproq energiya tejaydigan mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki sotib olish va ulardan foydalanish, energiya tejovchi muzlatgichlar, kir yuvish mashinalari, isitgichlar va boshqa elektr energiyasini isteʼmol qiluvchi qurilmalar (mahsulotni yorliqlashning yuqori toifasiga muvofiq ravishda).

Mahsulot turi uchun eng yuqori energiya samaradorlik klassi, shu jumladan, milliy yoki davl�tlararo standartlarga asosan energiya yorliqlash boʻyicha hamda Energy Star isteʼmol mahsulotlarining energiya samaradorligi xalqaro reytingiga muvofiqligi.

Energiya tejash xizmatlari

Energiyadan oxirgi foydalanuvchilar uchun energiya tejash xizmatlari, shu jumladan, sanoat obyektlari, binolar va transport tizimlari uchun, shuningdek, energiya auditi, energiya xizmati kompaniyalarining energiya auditi, shartnoma boʻyicha energiya sarfini boshqarish (energiyani boshqarish) xizmatlarini qoʻshganligi.

ISO 50001 “Energiyani boshqarish tizimlari. Foydalanish boʻyicha talablar va koʻrsatmalar” yoki xalqaro miqyosda tan olingan shunga oʻxshash standartlarga muvofiqligi.

Energiyani tejaydigan bino va inshootlar

Energiyatejamkor bino qurilishi

Energetika: energiyatejamkor meʼmoriy loyihalar, uskunalar va jihozlardan, shuningdek, binolarda energiya isteʼmolini kamaytiradigan qurilish texnologiyalaridan foydalanish.

“Yashil” qurilish sohasida quyidagi reyting bahosining mavjudligi: LEED, EDGE, BREEAM, DGNB yoki energiya samaradorligi yorliqlari (yuqori energiya s�maradorligi klassi).

Mavjud tijorat, jamoat, turar-joy va sanoat binolarida samaradorlikni oshirish

Energetika: energiya isteʼmolini kamaytirishga xizmat qiluvchi yoritish, jihozlar va uskunalar, isitish/sovitish tizimlari, meʼmoriy oʻzgarishlar yoki qurilishdagi oʻzgarishlar.

Suv: yomgʻir suvining sirkulatsiyasi/yigʻish tizimlari, binolar qurilishidagi suv sarfini kamaytiradigan oʻzgarishlar.

“Yashil” qurilish sohasida quyidagi reyting bahosining mavjudligi: LEED, EDGE, BREEAM, DGNB yoki energiya samaradorligi yorliqlari (yuqori energiya samaradorligi klassi).

6. Qayta tiklanuvchi energiya

Shamol

Energetik obyektlar

Shamol generatorlari, shamol nasoslari, shamol turbinalari.

Cheklovsiz

Quyosh

Elektr energiya ishlab chiqarish obyektlari (PV va CSP)

Markazlashgan va markazlashmagan quyosh elektrostansiyalar, shu jumladan, konsentrlangan quyosh elektr stansiyalari (CSP), quyosh fotoelektrik energiyasi (PV), markazlashmagan quyosh fotoelektr stansiya.

Cheklovsiz

Kichik taqsimlangan quyosh tizimlari

Kichik portativ quyoshli uy tizimlari, kichik uy xoʻjaliklarini quvvatlantirish uchun mini-tarmoqlar va boshqa turdagi avtonom tizimlar.

Cheklovsiz

Quyosh issiqlik qurilmalari

Quyosh issiqlik energiyasini qoʻllash va ishlab chiqarish vositalari, shu jumladan, quyosh yordamida suvni isitish va barcha sohalarda boshqa quyosh issiqlik qoʻllanishi.

Cheklovsiz

Boshqalar

Boshqa elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish obyektlari

Tuproq, suv va havo harorati gradiyentlaridan foydalanuvchi issiqlik nasoslari.

Cheklovsiz

Qattiq maishiy chiqindilar koʻmilgan poligonda hosil boʻladigan chiqindi gazlarni yoqish orqali yoki qattiq maishiy chiqindilarni toʻgʻridan-toʻgʻri yoqish orqali elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish.

Hosil boʻlgan kul va shlak chiqindilarini utilizatsiya qilish

Geotermal

Elektr va issiqlik ishlab chiqarish obyektlari

Barcha sohalarda geotermik energiyasini ishlab chiqarish va geotermik energiyani qoʻllash uchun uskunalar, ichki isitish va markazlashtirilgan isitish uchun geotermik issiqlik nasoslari.

Cheklovsiz

Gidro

Kichik gidroelektrostansiyalar (5 MVtgacha)

Umumiy quvvati 5 MVtgacha boʻlgan, qurilmalari bitta gidrouzelda joylashgan gidroelektrostansiyalar.

Cheklovsiz

Oʻrta gidroelektrostansiyalar (30 MVtgacha)

Umumiy oʻrnatilgan quvvati 5 dan 30 megavattgacha (MVt) boʻlgan gidroelektrostansiyalar.

Cheklovsiz

Bioenergiya

Bioenergetika mahsulotlari obyektlari

Bioyoqilgʻi, biomassa, biogaz va boshqa bioenergetika mahsulotlarini ishlab chiqarish va saqlash uchun qurilmalar, shu jumladan, yoqilgʻi tayyorlash qurilmalari, dastlabki qayta ishlash va qayta ishlash qurilmalari, gazsimon, suyuq va qattiq (oʻrmon) bioyoqilgʻi ishlab chiqarish uchun qurilmalar (shu jumladan, anaerob fermentatsiya uchun qurilmalar), bioyoqilgʻidan elektr energiya ishlab chiqarish va uzatish uchun qurilmalar.

Chiqindilarni minimal ulushi — 50 foiz yoki 300 gramm CO2/kVt*s ekv., shuningdek yirik qurilmalar uchun — chiqindilarni boshqarish, materiallardan foydalanish, SO2, NOx va CO chiqindilari uchun mezonlarga mos kelish nuqtai nazaridan qattiq biomassa yoki torfning yonishi bilan bogʻliq yoqilgʻi yoqadigan katta qurilmalar uchun mavjud eng yaxshi texnologiyalar (BREF) qoʻllanmasi (2017) talablariga muvofiqligi.

Issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqarish

Issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqarish obyektlari, isitish tizimlari, biomassa va biogaz elektr stansiyalari, biomassa issiqlik elektr stansiyalari, takomillashtirilgan biomassa pechlari, elektrlashtirish uchun qishloq xoʻjaligi va oʻrmon chiqindilaridan, shuningdek, ekin chiqindilaridan foydalanish.

Chiqindilarni minimal ulushi — 50 foiz yoki 300 gramm CO2/kVt*s ekv., shuningdek, yirik qurilmalar uchun — chiqindilarni boshqarish, materiallardan foydalanish, SO2, NOx va CO chiqindilari uchun mezonlarga mos kelish nuqtai nazaridan qattiq biomassa yoki torfning yonishi bilan bogʻliq yoqilgʻi yoqadigan katta qurilmalar uchun mavjud eng yaxshi texnologiyalar (BREF) qoʻllanmasi (2017) talablariga muvofiqligi.

Qayta tiklanadigan energiya uchun taʼminot zanjiri va qoʻllab-quvvatlovchi infratuzilma

Qayta tiklanadigan energiya manbalari uchun uskunalar ishlab chiqarish

Shamol, gidro va geotermal turbinalar, fotoelektrik elementlar va komponentlar, quyosh kollektorlari, komponentlari, geotermal nasoslarni ishlab chiqarish yoki yigʻish zavodlari.

Quyidagi qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish uchun moʻljallangan mahsulotlar, asosiy komponentlar, uskunalar va avtomatlashtirilgan mashinalar ishlab chiqarish: geotermal energiya, gidroenergiya, quyosh, konsentrlangan energiya (CSP), quyosh fotoelektrik energiyasi (PV), shamol energiyasi, “yashil” vodorod.

Cheklovsiz

Qayta tiklanadigan energiya tizimlari uchun elektr uzatish liniyalari va qoʻllab-quvvatlovchi infratuzilma

Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish uchun yangi, kengaytirilgan va takomillashtirilgan uzatish tizimlari (liniyalar, podstansiyalar), saqlash tizimlari (akkumulyator, mexanik, gidravlik saqlash) va yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (intelektual tarmoq va mini-tarmoq), ajratilgan elektr uzatish liniyalari, katta va kichik saqlash joylari, aqlli elektr tarmoqlari, issiqlik va elektr hisobla�ichlari va sensorlari, invertorlar/kontrollerlar, transformatorlar, kuchlanish regulyatorlari, tarqatish qurilmalari, ekologik toza texnologiyalarni tashish usullari, “yashil” vodorodni saqlash tizimlari, yaroqsiz elektr jihozlarni yigʻib olish, saqlash va utilizatsiya qilish tizimlari.

Cheklovsiz

Qayta tiklanadigan energiyani saqlash tizimlari

Akkumulyatorlar, kondensatorlar, siqilgan havo saqlash omborlari va volanlar, katta hajmdagi energiyani saqlash, shuningdek, yuqoridagilarga moʻljallangan ishlab chiqarish obyektlari.

Cheklovsiz

Vodorod ishlab chiqarish

“Yashil” vodorod ishlab chiqarish

Qayta tiklanadigan energiyadan foydalangan holda, vodorod ishlab chiqarish qurilmalari (“yashil” vodorod).

Vodorod ishlab chiqarishda minimal toʻgʻridan-toʻgʻri CO2 emissiyasi 5,8 tonna CO2 ekv/tonna vodorodni tashkil etadi;

elektroliz yoʻli bilan vodorod ishlab chiqarishda elektr energiyasi isteʼmoli 58 MVt*s / tonna vodoroddan koʻp emas, vodorod ishlab chiqarishda ishlatiladigan elektr energiyasini ishlab chiqarishdan oʻrtacha emissiya 100 gramm CO2 ekv / kVt*s dan oshmaydi.

7. Yashil binolar

Yashil binolar

Yangi yashil binolarni qurish (tijorat, jamoat, sanoat va turar joy)

Energetika: yuqori samarali meʼmoriy loyihalar, energiya tejaydigan qurilmalar va uskunalardan, shuningdek, binoning energiya sarfini kamaytiradigan, mavjud standartlarni oshiradigan va yuqori energiya samaradorligi sertifikatlari yoki reytinglariga mos keladigan qurilish usullaridan foydalanish.

Suv: suvni tejaydigan qurilmalar va uskunalardan foydalanish, shuningdek, binoning suv sarfini kamaytiradigan, mavjud standartlarni oshiradigan va suv tejash sertifikatlari yoki reytinglariga mos keladigan qurilish usullaridan foydalanish.

Materiallar: ishlab chiqarish uchun katta miqdorda energiya talab qiladigan komponentlar sonini minimallashtiradigan (poʻlat yoki sement kabi) qurilish materialidan yoki qayta ishlangan materiallardan foydalanadigan komponentlardan foydalanish. Buzish jarayonlarida hosil boʻlgan qurilish materiallarni qayta ishlab, qoʻllash choralarini koʻrish.

“Yashil” qurilish sohasida quyidagi reyting bahosining mavjudligi: LEED, EDGE, BREEAM, DGNB, US Energy Star kabi energiya reyting belgilari.

Hamroh tizimlar va qurilish materiallari

Yashil qurilish materiallari va mahsulotlari tizimlarini ishlab chiqarish va qoʻllash

Samarali va kam uglerodli qurilish tizimlari (yoritish, isitish, havoni sovitish, liftlar, eskalatorlar, hisoblagichlar, erdan issiqlik nasoslari va boshqalar) va kam energiyali talab qiladigan materiallar, organik vatadan izolatsiya materiallari, qayta ishlangan qurilish materiallarni qoʻllash.

“Yashil” qurilish sohasida quyidagi reyting bahosining mavjudligi: LEED, EDGE, BREEAM, DGNB yoki energiya samaradorligi yorliqlari (yuqori energiya samaradorligi klassi).

Yashil infratuzilma

Yashil infratuzilma

Koʻp maqsadli yashil maydonlarni hamda jamoat joylarda sharsharalarni tashkil etish (suvni ushlab turish, soyalash, dam olish, bioxilma-xillik koridorlari, piyodalar va velosiped yoʻllari uchun yumshoq qoplamalar), suv toshqinidan himoya qilish (toʻlqinli kuchlanishdan himoya qilish, nasos stansiyalari, toʻgʻonlar, da�vozalar), aqlli yoritish tizimlarini oʻrnatish, jamoat joylari va binolardagi chiqindilarni alohida yigʻib olish va saralash, qayta ishlash tizimlarini joriy etish, jala suvlarini yigʻish, tozalash va qayta foydalanish tizimlari.

“Yashil” qurilish sohasida quyidagi reyting bahosining mavjudligi: LEED, EDGE, BREEAM, DGNB yoki energiya samaradorligi yorliqlari (yuqori energiya samaradorligi klassi)

Xususiy turar-joy binolari va ularga tutash hududlarni qurish va modernizatsiya qilish

Yangi energiya tejaydigan va yashil uylarni qurish. Mavjud uylarni modernizatsiya qilish, sanitariya sharoitlarini yaxshilash (septik, chiqindilarni yoʻq qilish), elektr taʼminoti, muqobil yoqilgʻidan foydalanish, issiqlik nasoslaridan foydalanish yoki markaziy isitishga ulanish, energiyani saqlash, yomgʻir suvini yigʻish, oqova suvlarni qayta ishlash.

Suv sarfini kamida 15 foizga kamaytirish, qayta tiklanadigan energiyadan foydalanish, energiya sarfini kamida 15 foizga kamaytirish, energiya samaradorligi yorliqlari (yuqori energiya samaradorligi klassi) (agar mavjud boʻlsa).

Jamoat joylari va sayyohlik lagerlari uchun avtonom zamonaviy hojatxonalar

Tuproq ifloslanishini kamaytirishga yordam beradigan avtonom zamonaviy hojatxonalarini oʻrnatish.

Avtonom zamonaviy hojatxonalar, konteyner hojatxonalari, quruq hojatxonalar, septik tizimlar, peshob chiqaradigan quruq hojatxonalar.

Ekotizimlarga zarar yetkazmasdan chiqindilarni 100 foiz utilizatsiya qilish.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qisqartmalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BAT-AELs — BREF maʼlumotnomalarida berilgan emissiya darajasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BREEAM, LEED, EDGE, DGNB — tan olingan xalqaro reyting baholash tizimlari va binolar va ekologik qurilishning ekologik samaradorligi standartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BREF (Best Available Techniques Reference Document) — Yevropa Ittifoqining mavjud eng yaxshi texnikasi boʻyicha maʼlumotnomalar; sanoat faoliyati, uskunalarning ishlatish shartlari hamda atrof-muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish va tashlash standartlari bilan bogʻliq bir qator maʼlumotnomalardan tashkil topgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CO — uglerod monooksidi (is gazi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CO2 ekv. (CO2 ekvivalenti) — issiqxona gazlari emissiyalarini baholash uchun ishlatiladigan shartli birlik — bu mukammal aralashgan issiqxona gazlari yoki mukammal aralashgan issiqxona gazlari aralashmasi taʼsiriga teng boʻlgan radiatsiya taʼsiriga ega boʻlgan karbonat angidrid (CO2) emissiyalarining hajmi; bunda, aralashmadagi har bir gazning emissiya hajmi uning tegishli global isish potensialiga koʻpaytiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CSP — konsentrlangan quyosh elektr stansiyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NOx — NO va NO2 azot oksidlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PV — fotoelektrik elementlar moduli (quyosh energiyasini ishlab chiqarish uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SO2 — oltingugurt dioksidi (IV);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VFD drive — oʻzgaruvchan chastotali drayverlar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2023-y., 09/23/561/0798-son)