26.09.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3459
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘i, 26.09.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3459
Kuchga kirish sanasi
27.09.2023
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga (ro‘yxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) muvofiq buyuraman:
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunining 8-moddasiga asosan davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining hujjatlari davlat tilida qabul qilinishi va e’lon etilishi kerakligi;
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 46-moddasiga asosan ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan zarur o‘zgartishlar va (yoki) qo‘shimchalar kiritilishi hamda ilgari qabul qilingan barcha normativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning qismlari, agar ular yangi huquqiy normalarga zid bo‘lsa yoxud yangi normativ-huquqiy hujjat bilan to‘laligicha qamrab olingan yoki amalda o‘z huquqiy ahamiyatini yo‘qotgan bo‘lsa, lekin rasman o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilmagan bo‘lsa, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozimligi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son Farmoni bilan tasdiqlangan Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasida idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni imkon qadar qisqartirish, umumiy tusdagi, harakatsiz va huquqni qo‘llashga ta’sir etmaydigan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish belgilanganligi;
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalarining (ro‘yxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) 111-bandiga asosan qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirilmagan idoraviy normativ-huquqiy hujjatning Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilishi natijasida yuzaga keladigan “huquqiy bo‘shliqlar” oqibatlari uchun ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlik va idoralar rahbarlari javobgar bo‘lishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.