22.09.2023 yildagi 492-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 24-maydagi PF-76-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 24-maydagi PF-76-son Farmoniga muvofiq davlat organlarida inson resurslarini boshqarishga oid ma’lumotlar va hujjatlarni “hrm.argos.uz” elektron platformasida (keyingi o‘rinlarda — elektron platforma) yuritish tartibini nazarda tutuvchi hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-noyabrdan boshlab respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida (keyingi o‘rinlarda — davlat organlari) inson resurslarini boshqarishga oid barcha ma’lumotlar va hujjatlar elektron platformada shakllantiriladi va yuritiladi (harbiylashtirilgan tuzilmalar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bundan mustasno);
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari elektron platformani joriy qilish va yuritish bo‘yicha sarf-xarajatlarni o‘zlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar, shuningdek, yuqoridagi manbalar mavjud bo‘lmagan hollarda budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiradi.
(2-bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarishga oid ma’lumotlar va hujjatlarni “hrm.argos.uz” elektron platformasida shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“hrm.argos.uz” elektron platformasini respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida joriy etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Inson resurslarini boshqarishga oid ma’lumot va hujjatlar elektron platforma orqali quyidagi elektron tizimlarga avtomatik tarzda yuboriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organi tuzilmasi, xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari va ularga qo‘shimcha bitimlar, mehnat shartnomalarining bekor qilinishi hamda vakant ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilingan ichki idoraviy hujjat (buyruq, qaror va farmoyish)larni ijroga qaratish uchun “edo.ijro.uz” axborot tizimiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarga oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘lash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar “UzASBO” dasturiy majmuasiga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi 2023-yil 1-noyabrga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda elektron platforma doirasida Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq (vacancy.argos.uz) portalining yangi talqinini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda elektron platformaga kiritilgan ma’lumotlar avtomatik tarzda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga yuborilishini ta’minlash uchun tizimlarni o‘zaro integratsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda davlat organlari xodimlarining ish haqini avtomatik tarzda hisoblashni ta’minlash uchun elektron platformani “UzASBO” dasturiy majmuasiga integratsiya qilish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat organlari rahbarlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-oktabrga qadar davlat organlarining markaziy apparati, hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalarini elektron platformaga ulash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-dekabrga qadar davlat organlari elektron platformaga ulanish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha “Uzinfocom” davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MCHJ — elektron platforma operatori bilan shartnomalar tuzish choralarini ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalariga inson resurslarini boshqarishga oid barcha ma’lumotlar va hujjatlarni elektron platforma orqali shakllantirish hamda yuritish xizmati bepul ko‘rsatiladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi PF-77-sonli Farmoniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2026-y., 06/26/77/0478-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron platforma operatori va Boshqaruv samaradorligi agentligining o‘zaro kelishuviga asosan elektron platformaga ulanish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma asosida kelib tushgan mablag‘larning bir qismi Davlat xizmatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga o‘tkazib berilishi mumkin.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov hamda O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 22-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
492-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-sentabrdagi 492-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarishga oid ma’lumotlar va hujjatlarni “hrm.argos.uz” elektron platformasida shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida (keyingi o‘rinlarda — davlat organlari) inson resurslarini boshqarishga oid ma’lumotlar va hujjatlarni “hrm.argos.uz” elektron platformasida (keyingi o‘rinlarda — elektron platforma) shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlarida inson resurslarini boshqarishga mo‘ljallangan mavjud elektron dasturlar elektron platforma bilan integratsiya qilingan holda yuritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (keyingi o‘rinlarda — “YAMMT” IDAK) — axborot resurslari, texnologiyalar va aloqa vositalarining tashkiliy jihatdan tartibga solingan majmui bo‘lib, mehnat shartnomalari va xodimlarning ish stajiga oid ma’lumotlarni to‘plash, saqlash va qayta ishlash bo‘yicha axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portali (keyingi o‘rinlarda — “vacancy.argos.uz”) — davlat organlaridagi vakant lavozimlarni egallash bo‘yicha tanlovlarni amalga oshirish bo‘yicha markazlashgan yagona elektron tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“samaradorlik.uz” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — samaradorlik.uz) — boshqaruvning turli darajadagi rahbarlari faoliyatining samaradorligini baholashning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot kabineti — davlat organlarining inson resurslarini boshqarishga oid ma’lumotlar va hujjatlarni shakllantirish va yuritish uchun elektron platformadagi sahifasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat organlarining ishga qabul qilish natijalari bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish, tarkibiy tuzilma, shtatlar, lavozimlar va xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash va ularga ishlov berish, xodimlar faoliyatining samaradorligini avtomatik tarzda baholash, kadrlar bo‘yicha ma’lumotlarning elektron arxivini yuritish, rahbar kadrlar uchun belgilangan zaxiralarni shakllantirish hamda inson resurslarini boshqarishga oid boshqa faoliyati elektron platformada amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlarining inson resurslarini boshqarishga oid ma’lumotlari va hujjatlarini elektron platformada shakllantirish va yuritish ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organi hisoblanmaydigan tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) bilan kelishilgan holda elektron platformadan foydalanishi mumkin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Elektron platformaga belgilangan tartibda ulangan davlat organlariga inson resurslarini boshqarishga oid ma’lumotlar va hujjatlarni shakllantirish va yuritish imkonini beruvchi yopiq bo‘lim hisoblangan tashkilot kabineti yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Elektron platformadan foydalanish va uni yuritish elektron raqamli imzo kaliti (keyingi o‘rinlarda — ERI kaliti) orqali, axborot almashinuvlari esa Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat organlarining xodimlari to‘g‘risidagi statistika ma’lumotlari elektron platforma orqali shakllantiriladi va yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Elektron platformada ro‘yxatdan o‘tish va undan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Inson resurslarini boshqarishga oid ma’lumotlar va hujjatlarni shakllantirish va yuritish uchun yuridik shaxs maqomidagi davlat organlari elektron platformadan foydalanuvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Barcha foydalanuvchilar elektron platformada shaxsiy ERI kaliti orqali ro‘yxatdan o‘tadi, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organi rahbari shaxsiy ERI kaliti yordamida davlat organining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmasi mas’ul xodimini belgilab, unga elektron platformadan foydalanish imkoniyatini beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmasi xodimi shaxsiy ERI kaliti yordamida elektron platformada ma’lumotlar va hujjatlarni shakllantiradi hamda yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat organining tashkilot kabinetidagi ma’lumotlari elektron hukumatning idoralararo integratsion platformasi orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Elektron hukumatning idoralararo integratsion platformasi orqali shakllantirilgan ma’lumotlarga qo‘shimcha kiritish, ularni tahrir qilish va to‘ldirish inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Agentlik davlat organlarining inson resurslarini boshqarishga oid ma’lumotlari va hujjatlarini shakllantirish va yuritish, shu jumladan, ichki idoraviy hujjatlar (buyruq, qaror va farmoyish) loyihalarini elektron platformada ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), ro‘yxatga olish jarayonlarining doimiy monitoringini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Uzinfocom” davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MCHJ (keyingi o‘rinlarda — operator) elektron platformani joriy etish, unga texnik xizmat ko‘rsatish, uni yanada takomillashtirish, shuningdek, uning uzluksiz va xavfsiz ishlashi uchun mas’ul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Elektron platformada tarkibiy tuzilma, shtatlar va lavozimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish va tahrir qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Elektron platformada davlat organi tuzilmasini uning shtat jadvaliga muvofiq bo‘linmalar va ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlarni kiritish orqali shakllantiriladi. Bunda har bir lavozim alohida yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Davlat organining tuzilmasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organining barcha bo‘linmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (alohida yuridik shaxslar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organining tasdiqlangan shtat jadvali (davlat siri yoki qonun hujjatlari bilan muhofaza qilinadigan ma’lumotlar hisoblangan shtat jadvali bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
siyosiy, boshqaruv, yordamchi, ishlab chiqarish va texnik xodimlar bilan birgalikda davlat organidagi barcha ish o‘rinlari, shu jumladan, bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Davlat organining bo‘linmalari haqidagi ma’lumotlar bo‘linma nomi yozilgan maxsus shaklni to‘ldirish orqali kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ish joyi haqidagi ma’lumotlar shtat jadvaliga muvofiq lavozim nomi yozilgan maxsus shaklni to‘ldirish orqali va xodimlarning ish haqi, stavka hajmi va lavozimga qo‘yilgan malaka talablari, malaka darajasi, lavozim guruhi va toifasi, shu jumladan, mehnat sharoitlari va lavozim vazifalarini ko‘rsatgan holda kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Elektron platformada davlat organlarining ichki idoraviy hujjatlarini yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Elektron platformada davlat organlarining ichki idoraviy hujjatlari (buyruq, qaror va farmoyish) ERI bilan tasdiqlangan holda faqat elektron platformada shakllantiriladi va qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ichki idoraviy hujjat loyihasi inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmasi tomonidan elektron platformada ishlab chiqiladi hamda tegishli tarkibiy tuzilma rahbarlari bilan kelishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron platforma orqali qabul qilingan ichki idoraviy hujjatlar ijroga qaratish uchun “edo.ijro.uz” axborot tizimiga avtomatik tarzda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat siri hisoblangan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ichki idoraviy hujjatlarni elektron platforma orqali qabul qilish (chiqarish)ga yo‘l qo‘yilmaydi hamda shaxsga doir ma’lumotlarga xodimlarning roziligi bilan ishlov beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari maxfiy toifaga kirmaydigan hujjatlar loyihalarini mustaqil ravishda ushbu toifaga kiritish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Elektron platformani boshqa elektron axborot tizimlari bilan o‘zaro integratsiya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Elektron platformada davlat organlarining axborot tizimlari bilan axborot almashinuvi Agentlik tomonidan tasdiqlangan texnologik yo‘riqnoma asosida operator tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Davlat organlarining vakant lavozimlarini e’lon qilishdan tortib, tanlov o‘tkazish va ishga qabul qilish natijalari bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirishgacha bo‘lgan jarayonlar elektron platforma va “vacancy.argos.uz” axborot tizimining o‘zaro integratsiyalashuvi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Davlat organi xodimining faoliyati samaradorligini avtomatik tarzda baholash jarayonlari elektron platforma va “samaradorlik.uz” axborot tizimlarni o‘zaro integratsiya qilish asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Davlat organining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalari tomonidan elektron platformaga kiritilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organi tuzilmasi, xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari va ularga qo‘shimcha bitimlar, mehnat shartnomalarining bekor qilinishi hamda vakant ish o‘rinlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “YAMMT IDAK” elektron tizimiga,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarga oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘lash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar “UzASBO” dasturiy majmuasiga avtomatik tarzda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Davlat organlarining belgilangan rahbarlik lavozimlari uchun kadrlar zaxirasini shakllantirish va yuritish jarayoni elektron platforma orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlarning shaxsiy ma’lumotlari elektron platforma va “zaxira.argos.uz” platformasining o‘zaro integratsiyalashuvi asosida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Elektron platformaga ma’lumotlarning o‘z vaqtida kiritilishi, to‘g‘riligi hamda to‘liqligi bo‘yicha davlat organining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalarining mas’ul xodimlari javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Operator elektron platformaning ishlashi, axborot xavfsizligining ta’minlanishi, tizimdagi shaxsga doir ma’lumotlarga ruxsatsiz kirishning oldini olish uchun mas’ul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir ma’lumotlar shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida qonunchilikka muvofiq himoya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Davlat organlari rahbarlari davlat organlarining inson resurslarini boshqarishga oid faoliyatini elektron platformada yuritish bo‘yicha ushbu Nizom talablariga rioya qilinishi uchun shaxsan mas’uldirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarishga oid ma’lumotlar va hujjatlarni “hrm.argos.uz” elektron platformasida shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarishga oid ma’lumotlar va hujjatlarni “hrm.argos.uz” elektron platformasida shakllantirish va yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Mas’ullar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Tizim operatori

1. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini (keyingi o‘rinlarda — davlat organlari) “hrm.argos.uz” elektron tizimidan ro‘yxatdan o‘tkazish.

2. Davlat organi rahbarlarini “hrm.argos.uz” elektron tizimida avtorizatsiyadan o‘tkazish.

3. “hrm.argos.uz” elektron tizimida har bir davlat organiga Tashkilot kabinetini yaratish.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Davlat organi rahbari

1. Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan elektron raqamli imzoni (ERI) olish.

2. ERI orqali “hrm.argos.uz” elektron tizimida ro‘yxatdan o‘tish.

3. Davlat organining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmasi mas’ul xodimini belgilab, unga elektron platformadan foydalanish imkoniyatini berish.

1 kun muddatda

3-bosqich

Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmasi rahbari

1. Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan elektron raqamli imzoni (ERI) olish.

2. ERI orqali “hrm.argos.uz” elektron tizimida ro‘yxatdan o‘tish.

3. Davlat organining tarkibiy tuzilma, shtatlar va lavozimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron tizimda shakllantirish va yuritish.

3 kun muddatda

4-bosqich

Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmasi rahbari

1. Davlat organining tashkilot kabinetidagi xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron hukumatning idoralararo integratsion platformasi orqali shakllantirish.

2. “hrm.argos.uz” elektron tizimidagi elektron hukumatning idoralararo integratsion platformasi orqali shakllantirilgan ma’lumotlarga qo‘shimcha kiritish, ularni tahrir qilish va to‘ldirish.

5 kun muddatda

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-sentabrdagi 492-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“hrm.argos.uz” elektron platformasini respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida joriy etish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YO‘L XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Ijro uchun mas’ullar

1.

“hrm.argos.uz” elektron platformasini ishga tushirish bilan bog‘liq quyidagi tadbirlarni amalga oshirish:

respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini “hrm.argos.uz”da ro‘yxatdan o‘tkazish;

mas’ul shaxslarni “hrm.argos.uz”da avtorizatsiyadan o‘tkazish;

respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan “hrm.argos.uz”da tashkilot kabinetini ochish bo‘yicha “UZINFOCOM” davlat axborot xizmatlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MCHJga murojaat qilish hamda kabinetga kirishni ta’minlash;

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yil sentabr

Vazirlik va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

“Uzinfocom” davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MCHJ

2.

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan “hrm.argos.uz” elektron platformasida ishlash bo‘yicha o‘zlarining mas’ul xodimlarini rasmiy hujjat (qaror, farmoyish, buyruq yoki boshqa hujjat) bilan biriktirilishini ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yil sentabr

Vazirlik va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3.

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini elektron raqamli imzo bilan ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yil oktabr

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi,

vazirlik va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

4.

“hrm.argos.uz” elektron platformasida qabul qilinayotgan inson resurslarini boshqarishga oid ichki idoraviy hujjatlarni integratsiyalashuv natijasida “edo.ijro.uz” axborot tizimi orqali ijrochi va manfaatdor tashkilotlarga yetkazish imkoniyatini yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yil noyabr

“Uzinfocom” davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MCHJ,

vazirlik va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

5.

“hrm.argos.uz” elektron platformasida qabul qilinayotgan inson resurslarini boshqarishga oid ichki idoraviy hujjatlar bilan xodimlarni elektron tarzda tanishtirish imkoniyatini yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yil noyabr

“Uzinfocom” davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MCHJ,

vazirlik va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

6.

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resursini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmasi xodimlarini “hrm.argos.uz” elektron tizimida ishlash bo‘yicha o‘qitish yuzasidan seminarlar tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yil oktabr-noyabr

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

“Uzinfocom” davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MCHJ,

vazirlik va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

7.

“hrm.argos.uz” elektron platformasida ishlash yuzasidan videodarslar va qo‘llanmalar tayyorlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yil oktabr

“Uzinfocom” davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MCHJ,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

8.

Tizimda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanib, qabul qilingan ichki idoraviy hujjatlarda yo‘l qo‘yilgan texnik xatoliklarni, ushbu xatoliklarga yo‘l qo‘ygan tashkilot rahbarlarining xatiga asosan ichki idoraviy hujjatlar mazmunini o‘zgartirmagan holda ularni bartaraf etish chorasini ko‘rib borish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

“Uzinfocom” davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MCHJ,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.09.2023-y., 09/23/492/0723-son; 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son; 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son; 12.05.2026-y., 06/26/77/0478-son)