14.09.2023 yildagi PQ-308-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi, tadbirkorlik subyektlari va davlat idoralari o‘rtasida raqamli muloqotni ta’minlash, mas’ul idora va tashkilotlar tomonidan zamonaviy yechimlar ishlab chiqishga ko‘maklashish uchun ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, Hukumat faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, mamlakatning xalqaro maydondagi imidji va investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilansinki, “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasi (A. Aripov) (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotida (keyingi o‘rinlarda — “Elektron hukumat tadqiqoti” hisoboti) O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilash yo‘nalishidagi ishlarni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, mamlakatimizni “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotida 2030-yilga qadar Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi bo‘yicha davlatlar ro‘yxatida birinchi 30 talikka kiritish Komissiyaning asosiy vazifalaridan biri etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Elektron hukumat tadqiqoti” hisoboti indekslaridagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Onlayn xizmat ko‘rsatish indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Elektron ishtirok etish indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh tarkibi 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh tarkibi 4-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Inson kapitali indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh tarkibi 5-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Mahalliy onlayn xizmatlar indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh tarkibi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotida ko‘zda tutilgan indekslar bo‘yicha ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruhlarning vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng muhim tarkibiy indikatorlarni, ularni shakllantirish metodologiyasini, shuningdek, oxirgi hisobotlarda O‘zbekiston Respublikasiga oid ma’lumotlarni chuqur tahlil qilish, tizimli muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari funksiyalarini xatlovdan o‘tkazish, raqamlashtiriladigan jarayon va xizmatlarning muddatlari va toifalarini ko‘rsatgan holda aniq ro‘yxatini shakllantirish, shuningdek, raqamli xizmatlarni sodda, shu jumladan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun qulay shaklda joriy etish yuzasidan talablarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet tarmog‘i va mobil aloqa foydalanuvchilari sonini oshirish maqsadida telekommunikatsiya xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish, operator va provayderlar uchun teng sharoitlarni ta’minlash, telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi subyektlar uchun jahon Internet tarmog‘iga ulanish jarayonlarini soddalashtirish, xususiy provayderlarni “oxirgi milya” tamoyili asosida qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli hukumat tizimi hamda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlariga sun’iy intellekt, katta hajmdagi ma’lumotlar, buyumlar interneti hamda blokcheyn kabi ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, mobil ilovalar orqali xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim bilan yalpi qamrov va uning davomiylik muddati bo‘yicha xalqaro baholash mezonlarini joriy etish, ular asosida sohani takomillashtirish, aholi, shu jumladan nuroniylar, ayollar, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni raqamli texnologiyalar bo‘yicha “hayot davomida ta’lim olish” tamoyili asosida o‘qitish tizimini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat axborot tizimlari va resurslaridan elektron ma’lumot olish, ularda elektron qaror qabul qilish, mahalliy organlarning aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan raqamli muloqotini ta’minlash mexanizmlarini ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2024-yil 1-iyundan boshlab yangi raqamli xizmatlar va servislar, qoida tariqasida, birinchi navbatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (keyingi o‘rinlarda — Yagona portal) mobil ilovasida joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2024-yil yakuniga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona portalda ko‘rsatilayotgan xizmatlar soni 700 taga, ularning avtomatlashganlik darajasi 65 foizga yetkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona portalda joriy etilgan raqamli xizmatlar va servislarning kamida 75 foizi mobil ilova orqali ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) aholi uchun raqamli xizmatlardan foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-yanvardan boshlab raqamli hukumat tizimi hamda uning aholi va tadbirkorlik subyektlariga taqdim etadigan imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot beruvchi maxsus portal;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-iyundan boshlab respublika hududidagi yashil hudud, bog‘ va jamoat parklari hamda 2024-yil 1-sentabrdan boshlab Toshkent shahrida jamoat transporti harakati haqida axborot beruvchi maxsus portallar ishga tushiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda shoshilinch tezkor xizmatlar bo‘yicha aholining chaqiruvlarini qabul qilish va ularni tezkor ravishda qayta ishlash bo‘yicha “112” yagona markazlashgan dispetcherlik xizmati faoliyatini respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich tashkil etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-noyabrdan boshlab “oxirgi milya” tamoyili asosida tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda aholi xonadonlariga keng polosali Internet tarmoqlarini olib borishga qaratilgan hamkorlik dasturini amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil yakuniga qadar magistral telekommunikatsiya tarmog‘i va aholi yashash maskanlarida qo‘shimcha 50 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari qurilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Komissiya huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan “Raqamli hukumat loyiha ofisi” tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Komissiya raisining o‘rinbosari (Sh. Shermatov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Raqamli hukumat loyiha ofisi”ga malakali mutaxassislarni jalb etadi hamda uning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli hukumat tizimini rivojlantirish yuzasidan amaldagi holat bo‘yicha tahlillar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan aniq takliflarni muntazam ravishda Komissiyaga kiritib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Raqamli hukumat loyiha ofisi” faoliyati xalqaro tashkilotlar va moliya institutlaridan, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan jalb qilinadigan mablag‘lar va grantlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Elektron hukumat tadqiqoti” hisoboti indekslaridagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ga muvofiq amalga oshiriladigan tadbirlar hamda loyihalarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya tashkilotlarining texnik ko‘magi, grantlari va kreditlarini jalb etish yuzasidan zarur tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirishga ko‘maklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) 2024-yil 1-yanvarga qadar raqamli hukumat tizimini rivojlantirish bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlar natijadorligi yuzasidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha departamentiga taqdimot qilsin hamda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini asoslash bo‘yicha muntazam ravishda muzokaralar o‘tkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 14-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-308-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi PQ-308-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Elektron hukumat tadqiqoti” hisoboti indekslaridagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YO‘L XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Onlayn xizmatlar indeksi

1.

Onlayn xizmatlar indeksida O‘zbekiston Respublikasini birinchi 10 ta o‘rindagi davlatlar qatoriga kirishini ta’minlash.

Bunda, BMTning “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotida keltirilgan Onlayn xizmatlar indeksini shakllantirish uchun baholanadigan 5 ta sohaning (texnologiya, institutsional tuzilma, kontentni taqdim etish, elektron ishtirok etish va xizmatlarni taqdim etish) 112 ta ko‘rsatkichlari bo‘yicha amaldagi tizimni texnologik, tashkiliy va huquqiy jihatdan takomillashtirish.

1. Onlayn xizmatlar indeksini shakllantirish uchun baholanadigan 5 ta sohaning (texnologiya, institutsional tuzilma, kontentni taqdim etish, elektron ishtirok etish va xizmatlarni taqdim etish) 112 ta ko‘rsatkichi bo‘yicha amaldagi holatni xatlovdan o‘tkazish.

2023-yil noyabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Onlayn xizmat ko‘rsatish indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Mazkur ko‘rsatkichlar bo‘yicha aniqlangan har bir kamchilik va xalqaro talablarga nomuvofiqliklarni qisqa muddatda hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar hamda birinchi navbatda raqamlashtirilishi va avtomatlashtirilishi lozim bo‘lgan xizmatlar (servislar) bo‘yicha dastur shakllantirish hamda “Raqamli hukumat loyiha ofisi”ga kiritish.

2023-yil dekabr

3. Onlayn xizmatlar indeksida mamlakatimiz o‘rnini yaxshilashga qaratilgan dasturni amalga oshirish.

2024-2025-yillar

2.

Raqamli hukumat tizimi hamda uning aholi va tadbirkorlik subyektlariga taqdim etadigan imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot beruvchi maxsus portalni yaratish.

1. Portal bo‘yicha texnik hujjatlarni ishlab chiqish.

2. Portalni yaratish va ishga tushirish.

2023-yil dekabr

Raqamlashtirish vazirligi, “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Onlayn xizmat ko‘rsatish indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

3.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan (keyingi o‘rinlarda — Yagona portal) foydalanish qulayligi hamda aholi va tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish.

1. Yagona portal orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha foydalanuvchilarning savollariga tezkor javob berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi “call-markaz” bilan bog‘lanish vaqtini ikki barobar kamaytirish, murojaat qilish bo‘yicha qisqa raqam (1242) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni veb-sayt va uning ilovasining sahifalash jarayonida o‘zgarmas maydonda katta hajmlarda joylashtirish.

2. Yagona portal foydalanuvchilari uchun real vaqtda chat orqali qo‘llab-quvvatlashning:

2023-yil noyabr

Raqamlashtirish vazirligi, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi

“Chat-bot” funksiyasini joriy etish;

2023-yil noyabr

joriy etilgan chat dasturlarini takomillashtirish hamda sun’iy intellekt asosida ishlaydigan “chat-bot” funksiyasini joriy etish.

2024-yil sentabr

4.

Xizmatlar foydalanuvchilar uchun qulay hamda oson bo‘lishini ta’minlash maqsadida Yagona portal veb-sayti va ilovasining mutlaqo yangi talqinini yaratish.

1. Foydalanuvchilar uchun qulay va oson bo‘lishi, foydalanishda moslashuvchanlik hamda inklyuzivlikni ta’minlash shartlari asosida Yagona portal veb-sayti va ilovasining yangi talqinini ishlab chiqish.

Bunda:

fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda chet el fuqarolari uchun Yagona portaldan foydalanish imkoniyatlarini yaratish;

aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan yangi xizmatlarni joriy etish hamda mavjudlarini maqbullashtirish bo‘yicha taklif kiritish funksiyalarini joriy etish.

2023-yil dekabr

Raqamlashtirish vazirligi, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi

2. Yagona portalning yangi talqindagi veb-sayti va ilovasini to‘liq ishga tushirish.

2024-yil yanvar

3. Yangi talqindagi veb-sayt va ilovani mutaxassislar hamda barcha toifadagi aholi vakillari va tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda doimiy sinovdan o‘tkazish va takomillashtirib borish.

2024-yil yanvardan boshlabdoimiy

5.

“Fuqarolar uchun xizmatlar portali” tamoyili asosida Yagona portalning rivojlanish modelini takomillashtirish.

“Fuqarolar uchun xizmatlar portali” tamoyili asosida Yagona portalning rivojlanish modelini, shu jumladan, xizmatlarni joriy etish jarayonlari va chizmalari, portal faoliyati uchun mas’ul bo‘lgan bo‘linmalar o‘rtasidagi munosabatlar hamda aniq javobgarlik darajalarini belgilash.

2023-yil noyabr

Raqamlashtirish vazirligi, “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Onlayn xizmat ko‘rsatish indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

6.

Davlat idoralarining barcha funksiyalarini xatlovdan o‘tkazib, raqamlashtiriladigan jarayon va xizmatlarning toifalarga (G2C, G2B, G2G) ajratilgan aniq ro‘yxati va muddatlarini belgilash.

1. Davlat idoralarining barcha funksiyalarini xatlovdan o‘tkazish uchun idoralararo ishchi guruhlar tashkil qilish.

2023-yil oktabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Onlayn xizmat ko‘rsatish indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

2. Davlat idoralarining funksiyalari ro‘yxatini jarayon va xizmatlar toifalari (G2C, G2B, G2G) kesimida ishlab chiqish.

Bunda, funksiyalar raqamlashganlik holati va darajasini aniqlash, raqamlashtirishning aniq muddatlari, mexanizmlari va mas’ul idoralarni ko‘zda tutish.

2023-yil dekabr

3. Funksiyalarni raqamlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish.

2024-2025-yillar

7.

Raqamli xizmatlarni Yagona portalda (my.gov.uz) jamlash va ular sonini oshirish.

1. Aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan raqamli xizmatlarni Yagona portalda (my.gov.uz) jamlash va ularning umumiy sonini:

Raqamlashtirish vazirligi, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi

2023 yilda — 570 taga;

2023-yil dekabr

2024 yilda — 700 taga yetkazish;

2024-yil dekabr

2. Yagona portalda (my.gov.uz) taqdim etilayotgan xizmatlarning avtomatlashganlik darajasini 65 foizga yetkazish.

2024-yil dekabr

8.

Xizmatlar taqdim etilishi indikatori doirasida baholanadigan 32 ta kompleks xizmatlar guruhiga kiruvchi xizmatlarni onlayn ko‘rsatishdagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan, shu jumladan “3 qadam” va “user centric” tamoyillari asosida zarur kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Bunda, quyidagi masalalarni xatlovdan o‘tkazish:

tender savdolarini o‘tkazish/tender takliflarini yuborishga mo‘ljallangan elektron xarid platformasi mavjudligi;

kelish va tranzit uchun zarur bo‘lgan viza olish uchun onlayn ariza yuborish;

transport vositasi (avtomashina, yuk mashinasi, mototsikl va boshqalar)ni ro‘yxatdan o‘tkazish va/yoki muddatini uzaytirish;

ichki ishlar organlariga onlayn murojaat qilish;

yashash manzili o‘zgarganligi haqida xabardor qilish yoki ro‘yxatdan o‘tishni onlayn amalga oshirish;

yuridik shaxs yoki tadbirkorlik subyektlarini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati;

tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani (shu jumladan dublikatini) olishga onlayn so‘rov yuborish imkoniyati;

o‘lim haqidagi guvohnoma (shu jumladan dublikatini) olishga onlayn so‘rov yuborish imkoniyati;

nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma (shu jumladan dublikatini) olishga onlayn so‘rov yuborish imkoniyati);

shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni olish;

haydovchilik guvohnomasini olish;

davlat ekologik ekspertizasi bo‘yicha xulosalar olish;

ekologik ruxsatnomalarni olish;

qurilishga doir ruxsatnomalarni olish;

tadbirkorlik faoliyatiga doir litsenziyalarni olish;

respublika ijro hokimiyatida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari (vakansiya) uchun ariza berish;

davlat bojlari va jarimalarini onlayn to‘lash imkoniyati;

sud qarori yoki boshqa sabablarga ko‘ra bekor qilingan ma’muriy jarimalarni yoki kamaytirilgan jarimaning farqi summasini avtomatlashtirilgan tarzda fuqarolarga qaytarish jarayonlarini raqamlashtirish va onlayn ariza berish imkoniyati;

suv ta’minoti bilan bog‘liq kommunal xizmatlardan foydalanish bo‘yicha elektron jarayonlar;

energetika (elektr va gaz) bilan bog‘liq kommunal xizmatlardan foydalanish bo‘yicha elektron jarayonlar;

elektron hisoblar;

mobil xizmatlar, smartfonlar uchun ilovalar, SMS xizmati, mobil brauzer (sog‘liqni saqlash, ta’lim, bandlik, ijtimoiy himoya, atrof muhit) orqali ko‘rsatilishi imkoniyatining mavjudligi;

talabalarning bakalavr yoki magistratura uchun grantlar yoki izlanuvchilikka doir stipendiyalarga ariza topshirish imkoniyati;

ijtimoiy himoya dasturlari bo‘yicha ariza yuborish imkoniyati;

kam ta’minlanganlar (bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha hamda kam ta’minlangan oilaga bolalar nafaqasini olish uchun ariza berish), nogironligi bo‘lgan shaxslar, nuroniylar, mehnat migrantlari, ayollar va yoshlar uchun mo‘ljallangan xizmatlardan foydalanish maxsus imkoniyati;

doimiy yashash uchun ruxsatnoma olish huquqi bo‘yicha ariza yuborish;

sudlanganlik holatini tasdiqlovchi ma’lumot olish uchun ariza berish;

sud ma’lumotlaridan foydalana olish: ma’lumot olish, hujjatni onlayn (ochish) ko‘rish, sud olib borish jarayoni bilan tanishish;

pensiya va nafaqadagi shaxslar uchun xizmatlar;

kasallik yoki jarohat sababli nafaqa (yoki tovon puli) olish uchun ariza yuborish;

bola nafaqasi uchun ariza yuborish;

nogironlik nafaqasini olish uchun ariza yuborish;

homiladorlik va tug‘ilish bilan bog‘liq nafaqalar uchun onlayn ariza berish;

ishsizlik nafaqasini olish uchun ariza yuborish va boshqa barcha nafaqa turlari bo‘yicha onlayn ariza yuborish.

1. 32 ta kompleks xizmatlar guruhiga kiruvchi xizmatlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish va ular doirasiga kiruvchi barcha xizmatlar ro‘yxatini shakllantirish.

2023-yil noyabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Onlayn xizmat ko‘rsatish indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

2. Shakllantirilgan ro‘yxatdagi xizmatlarni amalda ko‘rsatish holatini tahlil qilish.

2023-yil dekabr

3. Tahlil natijalariga ko‘ra xizmatlarni onlayn shaklga o‘tkazish, birinchi navbatda mobil ilovada joriy etish va mavjudlarini to‘liq avtomatlashtirish, soddalashtirish bo‘yicha reytingda yuqori natijaga ega davlatlarning ijobiy tajribasiga tayangan holda aniq choralarni o‘z ichiga olgan “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish.

2024-yil yanvar

4. Xizmatlar taqdim etilishi indikatori doirasida baholanadigan ko‘rsatkichlarni yaxshilash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish.

2024-2025-yillar

9.

Texnologiya indikatori doirasida baholanadigan 20 ta ko‘rsatkich va talablar bo‘yicha mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni belgilash. Bunda, quyidagi masalalarni xatlovdan o‘tkazish:

milliy darajada keng foydalaniladigan har qanday qidiruv tizimi natijalarining birinchi sahifasida davlat portallarini topish imkoniyatining mavjudligi;

qidiruv funksiyasi;

sayt xaritasi;

murojaat yuborish imkoniyati;

“Biz bilan bog‘laning” funksiyasining mavjudligi;

milliy portallarning “NTTPS” protokolidan foydalanishi;

foydalanuvchi uchun qulay veb-dizayn;

so‘nggi vaqtlardagi yangilanish bo‘yicha ma’lumot;

kengaytirilgan qidiruvni amalga oshirish imkoniyati;

eng ko‘p ishlatiladigan onlayn xizmatlarni tanlash yoki belgilash imkonining mavjudligi;

avval bajarilgan amallar yoki tranzaksiyalarni ko‘rish imkoniyati;

onlayn xizmatlarni oson tushunish uchun mo‘ljallangan yo‘riqnoma yoki ulardan foydalanish bo‘yicha qo‘llanmalar mavjudligi (yordam olish uchun havolalar bilan birga);

fuqarolarning o‘z shaxsiy ma’lumotlaridan foydalana olish imkoniyati;

yuridik shaxslarning o‘z shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanish imkoniyati;

yuridik shaxslar tomonidan o‘z shaxsiy ma’lumotlarini o‘zgartirish imkoniyati;

tranzaksiyalar yoki amallarning bajarilgan qismlarida saqlash va ularni kelgusida davom ettira olish imkoniyati;

sun’iy intellekt asosida ishlaydigan “chat-bot” funksiyasining mavjudligi;

W3C standartlariga mosligi (CSS style sheet/markup validity);

WCAG2.0 talablariga mosligi.

1. 20 turdagi ko‘rsatkich va talablar bo‘yicha amaldagi holatni xatlovdan o‘tkazish hamda maqsadli o‘rganish.

2023-yil noyabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Onlayn xizmat ko‘rsatish indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

2. To‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilish hamda bu borada reytingda yuqori natijaga ega davlatlarning ijobiy tajribasini o‘rganish.

2023-yil dekabr

3. O‘rganish natijalari bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq choralarni o‘z ichiga olgan “yo‘l xaritasi”ni shakllantirish.

2024-yil yanvar

4. Texnologiya indikatori doirasida baholanadigan ko‘rsatkich va talablar bo‘yicha amaldagi mexanizmlarni takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish.

2024-2025-yillar

10.

Institutsional tuzilma indikatori doirasida baholanadigan 16 ta ko‘rsatkich va talablar bo‘yicha mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. Bunda, quyidagi masalalarni xatlovdan o‘tkazish:

hukumat va milliy portallar faoliyatini takomillashtirish;

hukumat tarkibi, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlar tashkiliy tuzilmasi va/yoki tarkibi haqida ma’lumotlar joylashtirilishi;

milliy portal va veb-saytlarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlar tarkibiy tuzilmalari, shu jumladan tizim tashkilotlari rahbarlari haqida dolzarb ma’lumotlar mavjudligi;

respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat muassasalari va agentliklari rasmiy axborot resurslariga havolalar mavjudligi;

maxfiylik bo‘yicha ma’lumotlar mavjudligi;

onlayn xizmatlardan foydalana olish uchun yagona raqamli identifikatorlarning qo‘llanishi;

Raqamli hukumat yoki unga mos keluvchi milliy strategiyaning mavjudligi;

fuqarolarning davlat ma’lumotlaridan foydalanish bo‘yicha huquqlari to‘g‘risidagi ma’lumot;

shaxsga doir ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qonun hamda qonunchilik hujjatlari, siyosat va nizomlarning mavjudligi;

kiberxavfsizlik bo‘yicha tartibga solishga qaratilgan qonun hamda qonunchilik hujjatlari, tartib (siyosat) yoki nizomning mavjudligi;

IT-sohasiga mas’ul bo‘lgan milliy darajadagi rahbar yoki unga tenglashtirilgan shaxs to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar (shu jumladan, bog‘lanish ma’lumotlari bilan) mavjudligi;

elektron ishtirok to‘g‘risida qonun hamda qonunchilik hujjatlari, nizom yoki yo‘riqnomalarning mavjudligi;

davlat ochiq ma’lumotlari to‘g‘risida qonun hamda qonunchilik hujjatlari, nizom yoki yo‘riqnomalarning mavjudligi;

sog‘liqni saqlash, ta’lim, bandlik, ijtimoiy himoya, atrof-muhit, sud yo‘nalishlarini tartibga soluvchi idoralar rasmiy veb-sayti hamda ushbu soha rasmiy axborot resurslariga havola mavjudligi;

sog‘liqni saqlash, ta’lim, bandlik, ijtimoiy himoya, atrof-muhit, sud sohasi bilan bog‘liq tartib (siyosat) to‘g‘risida ma’lumotning mavjudligi;

ma’lumotlar yo‘nalishida milliy strategiya yoki tartibning mavjudligi.

1. 16 turdagi zarur ma’lumotlar, axborot resurslari mavjudligi va dolzarbligi hamda chora-tadbirlar ko‘rilishi bo‘yicha amaldagi holatni xatlovdan o‘tkazish hamda maqsadli o‘rganishni tashkil etish.

2023-yil noyabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Onlayn xizmat ko‘rsatish indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

2. To‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilish hamda bu borada reytingda yuqori natijaga ega davlatlarning ijobiy tajribasini o‘rganish.

2023-yil dekabr

3. O‘rganish natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotnoma va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq choralarni o‘z ichiga olgan “yo‘l xaritasi”ni shakllantirish.

2024-yil yanvar

4. Institutsional tuzilma indikatori doirasida baholanadigan ko‘rsatkich va talablar bo‘yicha amaldagi mexanizmlarni takomillashtirishga qaratilgan “yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish.

2024-2025-yillar

11.

Kontent taqdim etish indikatori doirasida baholanadigan 10 ta talablar bo‘yicha mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. Bunda, quyidagi masalalarni xatlovdan o‘tkazish:

milliy portal(lar) davlat tilidan boshqa tillarda ham yuritilishi;

davlat xizmatlari uchun onlayn to‘lovlardan tashqari boshqa yo‘llar orqali to‘lash imkoniyati mavjudligi;

o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tender va xaridlar haqida e’lonlar mavjudligi hamda ular haqida ochiq va doimiy manbadan ma’lumot olish imkoniyati;

o‘tkazilgan onlayn tender va xarid natijalari haqida ma’lumotlar mavjudligi;

xususiy sektor bilan hamkorlikda ko‘rsatiladigan xizmatlar haqida ma’lumotlarning mavjudligi;

kioskalar, jamoat markazlari, pochta bo‘linmalari, kutubxonalar va jamoat joylari yoki Wi-Fi zonalarda elektron xizmatlardan bepul foydalana olish imkoniyatlari mavjudligi va ularning isboti haqidagi ma’lumotlarning joylashtirilganligi;

onlayn xizmat va funksiya (servis)lardan foydalanganlik haqida statistik ma’lumotlarning mavjudligi;

ta’lim olish uchun mavjud stipendiya va grantlar hamda davlat tomonidan ushbu sohaga ajratiladigan boshqa moliyalashtirish dasturlari haqida ma’lumotlarning mavjudligi;

yoshlarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan havolalar mavjudligi;

surunkali kasallik yoki nogironligi bo‘lgan va uzoq vaqt davomida o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarning tibbiy va notibbiy ehtiyojlari uchun ko‘rsatiladigan uzoq muddatli yordam bo‘yicha turli xizmatlar haqida ma’lumotlarning mavjudligi.

1. 10 turdagi zarur ma’lumotlar, axborot resurslari mavjudligi va dolzarbligi hamda chora-tadbirlar ko‘rilishi bo‘yicha amaldagi holatni xatlovdan o‘tkazish hamda maqsadli o‘rganishni tashkil etish.

2023-yil noyabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Onlayn xizmat ko‘rsatish indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

2. To‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilish hamda bu borada reytingda yuqori natijaga ega davlatlarning ijobiy tajribasini o‘rganish.

2023-yil dekabr

3. O‘rganish natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotnoma va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq choralarni o‘z ichiga olgan “yo‘l xaritasi”ni shakllantirish.

2024-yil yanvar

4. Kontent taqdim etish indikatori doirasidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish.

2024-2025-yillar

12.

Elektron ishtirok etish indikatori doirasida baholanadigan 29 ta talablar bo‘yicha mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni belgilash. Bunda, quyidagi masalalarni xatlovdan o‘tkazish:

elektron ishtirok etish uchun mo‘ljallangan portal(lar)ning mavjudligi;

ijtimoiy tarmoqlar funksiyalari joriy etilganligi (mavjudligi);

real vaqt rejimida chat orqali qo‘llab-quvvatlash funksiyalari faoliyati;

elektron xizmatlardan foydalanish (shu jumladan, foydalana olish) bo‘yicha qulaylikni oshirish yuzasidan taklif, e’tiroz va izohlar bildirish imkoniyati;

davlat xizmatchilari yoki tashkilotlaridagi korrupsiya holatlari to‘g‘risida xabar berish imkoniyati;

elektron ishtirok etish bo‘yicha yaqinlashib kelayotgan tadbirlarga jamoatchilikni jalb qilishga qaratilgan e’lonlar yoki taqvimlar;

qaror qabul qilishga doir muhokamalar bo‘yicha ma’lumotlar olish uchun onlayn vositalar;

elektron ishtirok etish asosida bildirilgan takliflar bo‘yicha yangi qarorlar qabul qilinishi, normativ hujjat imzolanishi yoki xizmatlar joriy etilganligi haqida ma’lumotlar;

Hukumatning ochiq ma’lumotlar portali;

ochiq ma’lumotlar portalidagi ma’lumotlar lug‘ati yoki meta ma’lumotlar;

Hukumatning ochiq ma’lumotlari to‘plamidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma yoki qo‘llanmaning mavjudligi;

yangi turdagi ma’lumotlar to‘plamini e’lon qilishni taklif qilish yoki so‘rab olish imkoniyati;

ochiq ma’lumotlar portalidan foydalanish bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlov, xakaton va tadbirlar tashkil etilishi haqida ma’lumot;

ochiq ma’lumotlar portalida Davlat budjeti xarajatlari to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plami;

geoaxborot tizimlari va boshqa geofazoviy ma’lumotlar;

foydalanuvchining onlayn yoki mobil xizmatlardan qoniqish darajasini aniqlash bo‘yicha baholash natijalari;

ochiq ma’lumotlar portali va rasmiy veb-saytda davlat tomonidan sog‘liqni saqlash, ta’lim, bandlik, ijtimoiy himoya, atrof-muhit va sud sohalari uchun Davlat budjeti xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning mavjudligi;

so‘nggi 12 oy ichida sog‘liqni saqlash, ta’lim, bandlik, ijtimoiy himoya, atrof-muhit va sud yo‘nalishida fuqarolar ishtirokida o‘tkazish ko‘zda tutilgan maslahatlar;

so‘nggi 12 oy ichida sog‘liqni saqlash, ta’lim, bandlik, ijtimoiy himoya, atrof-muhit va sud yo‘nalishida fuqarolar ishtirokida forum, so‘rovnoma va savollarga doir onlayn amalga oshirilgan maslahatlar;

so‘nggi 12 oy mobaynida sog‘liqni saqlash, ta’lim, bandlik, ijtimoiy himoya, atrof-muhit va sud yo‘nalishlarida qarorlar qabul qilinishida fuqarolarning fikr yoki takliflari inobatga olinganligi;

sog‘liqni saqlash, ta’lim, bandlik, ijtimoiy himoya, atrof-muhit va sud yo‘nalishlarida davlat ochiq ma’lumotlari to‘plami;

mehnat qonunchiligi borasida huquqbuzarliklar to‘g‘risida onlayn murojaat yo‘llash imkoniyati;

birgalikda budjetni taqsimlash imkoniyati yoki bu boradagi mexanizm mavjudligi;

davlat ochiq ma’lumotlari to‘plamidan erkin foydalanish imkoniyatini beruvchi ochiq ma’lumotlar litsenziyasi (ODbL) mavjudligi;

sog‘liqni saqlash, ta’lim, bandlik, ijtimoiy himoya, atrof-muhit va sud yo‘nalishlari bo‘yicha Davlat budjeti hamda ushbu yo‘nalishdagi xarajatlarga doir ma’lumotlar;

davlat ochiq ma’lumotlarining real vaqt rejimida mavjudligi;

sog‘liqni saqlash, ta’lim, bandlik, ijtimoiy himoya, atrof-muhit va sud yo‘nalishlarida hamkorlikda yoki birgalikda elektron xizmatlar joriy etilishi yoki shakllantirilishi;

elektron jamoaviy murojaat yoki bu boradagi mexanizmlar;

oxirgi 12 oy ichida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlari, jumladan mehnat migrantlari, nuroniylar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayollar, yoshlar, ehtiyojmand oilalar bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilinishida ularning fikrlari yoki takliflari inobatga olinganligi.

1. 29 turdagi talablar bo‘yicha amaldagi holatni xatlovdan o‘tkazish hamda maqsadli o‘rganishni tashkil etish.

2023-yil noyabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Onlayn xizmat ko‘rsatish indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

2. To‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilish hamda bu borada reytingda yuqori natijaga ega davlatlarning ijobiy tajribasini o‘rganish.

2023-yil dekabr

3. O‘rganish natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotnoma va hal etilishi lozim bo‘lgan aniq choralarni o‘z ichiga olgan “yo‘l xaritasi”ni shakllantirish.

2024-yil yanvar

4. Elektron ishtirok etish indikatori doirasida baholanadigan ko‘rsatkichlarni yaxshilash bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish.

2024-2025-yillar

13.

Barcha xizmatlarni, birinchi navbatda, Yagona portal mobil ilovasida avtomatlashgan shaklda (ma’lumot va hujjat talab etmasdan) joriy etish ishlarini samarali tashkil etish.

1. Mobil ilovada joriy etilishi lozim bo‘lgan ommabop davlat xizmatlari ro‘yxatini shakllantirish.

2023-yil noyabr

Raqamlashtirish vazirligi, “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Onlayn xizmat ko‘rsatish indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

2. Davlat tashkilotlari tomonidan elektron xizmatlarni ko‘rsatish maqsadida ishlab chiqilgan mobil ilovalarning SDK dasturini ishlab chiqish orqali mikroilova ko‘rinishida myGov ilovasida tizimli ravishda joylashtirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2024-yil yanvar

3. Yagona portal mobil ilovasida taqdim etilayotgan davlat xizmatlarini ommalashtirish bo‘yicha PR-kampaniya dasturini amalga oshirish.

2024-2025-yillar

14.

BMTning Elektron hukumat reytingi bo‘yicha baholash mezonlari va talablari asosida Raqamli transformatsiya hamda hududlarda raqamli iqtisodiyot holatini baholash reytingini (NIS.UZ-axborot tizimi) takomillashtirish.

1. BMTning Elektron hukumat reytingi bo‘yicha so‘nggi hisoboti ma’lumotlari asosida Raqamli transformatsiya hamda hududlarda raqamli iqtisodiyot holatini baholash reytingining yangi tahrirdagi metodikasini ishlab chiqish.

2023-yil dekabr

Raqamlashtirish vazirligi, “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Onlayn xizmat ko‘rsatish indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

2. Yangi tahrirdagi metodikani ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasiga kiritish.

2024-yil yanvar

15.

“Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi faoliyatini takomillashtirish.

Ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

2024-yil yanvar

Raqamlashtirish vazirligi

16.

Barcha raqamli xizmatlarni Yagona portal mobil ilovasida avtomatlashgan shaklda joriy etish.

1. Mobil ilovada joriy etilishi lozim bo‘lgan ommabop davlat xizmatlari ro‘yxatini shakllantirish.

2023-yil dekabr

Raqamlashtirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Yagona portalning mobil ilovasida raqamli xizmatlarni avtomatlashgan shaklda joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2024-yil yanvar

3. Yagona portalda joriy etilgan raqamli xizmatlar va servislarning kamida 75 foizi Yagona portal mobil ilovasida ko‘rsatilishini ta’minlash.

2024-yil dekabr

17.

Raqamli xizmatlarni sodda shaklda (user-centric), shu jumladan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun qulay shaklda joriy etish bo‘yicha huquqiy va texnologik talablarni o‘rnatish.

1. Elektron davlat xizmatlarini sodda shaklda (user-centric), shu jumladan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun qulay shaklda joriy etish bo‘yicha huquqiy va texnologik talablarni tasdiqlash bo‘yicha quyidagi standartlar loyihasini ishlab chiqish:

elektron davlat xizmatlari, jarayonlarni modellashtirish va reinjiniring qilish (umumiy talablar);

elektron davlat xizmatlarini yaratish bosqichlari;

elektron davlat xizmatlari, raqamli transformatsiyaga qo‘yiladigan umumiy talablar.

2024-yil mart

Raqamlashtirish vazirligi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Standart loyihasini o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash choralarini ko‘rish.

2024-yil may

18.

Davlat tashkilotlari tomonidan aholiga raqamli xizmatlarni ko‘rsatish jarayonini doimiy monitoring qilish.

1. Davlat tashkilotlari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan raqamli xizmatlar bo‘yicha axborot tizimlarini xatlovdan o‘tkazish.

2023-yil dekabr

Raqamlashtirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari

2. Xatlov natijalariga ko‘ra, raqamli xizmatlarni ko‘rsatish jarayonini o‘rganish, bunda quyidagilarga e’tibor qaratish:

raqamli xizmatlarni foydalanuvchi toifalariga ko‘ra bir nechta tilda olish imkoniyati yaratilganligi (shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarga zarur shart-sharoitlar yaratilganligi);

raqamli xizmatlar pasporti shakllantirilgani, ariza to‘ldirish jarayoni sodda, qulay shaklga keltirilgani;

foydalanuvchini identifikatsiya qilish imkoniyati mavjudligi;

raqamli xizmatlar ko‘rsatish sifatini baholash va takliflar kiritish imkoniyati yaratilgani;

raqamli xizmatlar ko‘rsatilishining har bir bosqichida arizaning ko‘rib chiqilishini kuzatib borish va undagi uzilishlarni nazorat qilish imkoniyati yaratilganligi;

raqamli xizmat bo‘yicha onlayn to‘lovni amalga oshirish imkoniyati yaratilganligi.

2024-yil yanvardan boshlab

3. Raqamli xizmatlarni ko‘rsatishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2024-2025-yillar

II. Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksi

19.

Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksida O‘zbekiston Respublikasining birinchi 35 ta o‘rindagi davlatlar qatoriga kirishini ta’minlash.

1. Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksida baholash mezonlarini tahlil qilgan holda kelgusi yillarda telekommunikatsiya tarmog‘ini kengaytirish maqsadida, operator va provayderlardan birlamchi ma’lumotlarni to‘plash hamda ularni tahlil qilish.

2023-yil noyabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

2. Tahliliy ma’lumotlar asosida maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilash va ularga erishish bo‘yicha tadbirlarni nazarda tutuvchi “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va “Raqamli hukumat” loyiha ofisiga kiritish.

2023-yil dekabr

2.1. Har 100 nafar aholiga nisbatan mobil uyali aloqa abonentlari sonini oshirish

20.

Mobil uyali aloqa tayanch stansiyalari sonini oshirish.

1. Xizmat ko‘rsatuvchi mobil aloqa operatorlari bilan keng polosali mobil aloqa qamrovini oshirish maqsadida tayanch stansiyalarini o‘rnatish rejasini tasdiqlash.

2. Mobil aloqa tayanch stansiyalarining umumiy sonini 59 mingtaga yetkazish orqali mobil aloqa xizmatlarining qamrovi hamda sifatini yanada yaxshilash.

2023-2024-yillar

Raqamlashtirish vazirligi, “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

21.

Telekommunikatsiya xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish va operatorlar uchun teng shart-sharoitlarni ta’minlash.

1. Telekommunikatsiya xizmatlari bozori holati, mobil aloqa operatorlari uchun yaratilgan sharoitlar, ularga taqdim etilgan imtiyoz va preferensiyalarni tahlil qilish.

2023-yil oktabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

2. Reytingda ilg‘or natijalarga ega xorijiy mamlakatlarning telekommunikatsiya xizmatlari bozori holati, mobil aloqa operatorlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularga taqdim etilgan imtiyoz va preferensiyalarini o‘rganib chiqish.

2023-yil noyabr

3. Telekommunikatsiya tarmoqlari hamda xizmatlar bozorini tashkil etish va rivojlantirishda ishtirok etish uchun teng imkoniyatlarni yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2023-yil dekabr

2.2. Keng polosali internet foydalanuvchilari ulushini oshirish

22.

Internetdan foydalanish tezligini oshirish.

1. Kichik tarif rejasida mavjud tezlikni oshirish choralarini belgilash.

2024-yil may

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

2. Belgilangan choralardan kelib chiqqan holda internet xizmati kichik tarif rejasi bo‘yicha tezlikni 8 Mbit/sekundga yetkazish.

2024-yil dekabr

23.

Aholi uchun taqdim etiladigan Internet tezligini oshirish choralarini belgilash.

Xalqaro paketli kommutatsiya markazlari o‘tkazuvchanlik qobiliyatini bosqichma-bosqich oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2023-yil noyabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

2.3. Har 100 nafar aholiga nisbatan statsionar (simli) keng polosali internet abonentlar sonini oshirish

24.

Keng polosali simli internet bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish.

1. Magistral telekommunikatsiya tarmog‘i va aholi yashash maskanlarida 50 ming km optik tolali aloqa liniyalari qurish orqali ularning umumiy uzunligini 250 ming kilometrga yetkazish.

2. 700 mingta keng polosali internet portlar o‘rnatish orqali ular sonini 5,7 milliontaga yetkazish.

3. Aholi maskanlarini yuqori tezlikdagi keng polosali simli internet bilan ta’minlash darajasini:

2023-2024-yillar

Raqamlashtirish vazirligi, “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

2023-yilda 88 foiz;

2023-yil dekabr

2024-yilda 100 foizga yetkazish.

2024-yil dekabr

25.

“Oxirgi milya” tamoyili asosida provayderlarga internet tarmog‘ini o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik dasturini amalga oshirish.

Oxirgi milya” tamoyili asosida “O‘zbektelekom” AK tomonidan tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda aholi xonadonlariga tarmoq olib borishga qaratilgan hamkorlik dasturini amalga oshirish.

2023-yil noyabrdan boshlab

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

26.

Respublikaning barcha aholisi uchun yuqori tezlikdagi internetga ulanish imkoniyatini yaratish bo‘yicha zarur choralarni belgilash.

Yuqori tezlikdagi internetga ulash yuzasidan barcha zarur choralarni qamrab olgan 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan dastur loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil fevral

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

27.

Hududlarda aholini simli keng polosali internet xizmatlari bilan ta’minlash darajasini oshirish maqsadida magistral nuqtalardan turarjoy va biznes obyektlargacha bo‘lgan masofada internet tarmoqlari o‘tkazilishi uchun xususiy provayderlarni “oxirgi milya” tamoyili asosida qo‘llab-quvvatlash choralarini belgilash.

1. Operator va provayderlarning tuman (shahar)larda raqamli infratuzilmani rivojlantirish loyihalari amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xorijiy tajribani tahlil qilish.

2023-yil oktabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

2. Magistral nuqtalardan turarjoy va biznes obyektlargacha bo‘lgan masofada internet tarmoqlari o‘tkazilishi uchun xususiy provayderlarni “oxirgi milya” tamoyili asosida qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq hisob-kitoblar asosida qo‘shimcha iqtisodiy-huquqiy mexanizmlarni nazarda tutuvchi takliflar tayyorlash.

2023-yil dekabr

2.4. Har 100 nafar aholiga nisbatan keng polosali mobil aloqa abonentlar sonini oshirish

28.

Keng polosali mobil internet bilan qamrab olish darajasini oshirish.

Aholi yashash maskanlarini yuqori tezlikdagi mobil internet bilan ta’minlash darajasini:

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

2023-yilda 88 foiz;

2023-yil dekabr

2024-yilda 100 foizga yetkazish.

2024-yil dekabr

29.

Avtomagistral yo‘llarda mobil internet qamrovini to‘liq ta’minlash.

1. Xizmat ko‘rsatuvchi mobil aloqa operatorlari tomonidan xalqaro ahamiyatga ega magistral avtomobil yo‘llari bo‘ylab yuqori tezlikdagi mobil internet qamrovi darajasini oshirish uchun mobil aloqa tayanch stansiyalarini o‘rnatish rejasini tasdiqlash.

2. Xalqaro ahamiyatga ega magistral avtomobil yo‘llarida keng polosali mobil aloqa qamrovini oshirish maqsadida qo‘shimcha tayanch stansiyalari va uskunalarini o‘rnatish.

2023-2024-yillar

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

30.

Keng polosali mobil aloqa xizmatlaridan foydalanuvchi abonentlar sonini oshirish uchun shart-sharoitlarni kengaytirish bo‘yicha zarur choralarni belgilash.

1. Keng polosali mobil aloqa abonentlari sonini oshirish bo‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganib chiqish va tahliliy ma’lumot tayyorlash.

2023-yil oktabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

2. Tahliliy ma’lumot asosida mobil aloqa foydalanuvchilari sonini oshirish bo‘yicha taklif ishlab chiqish.

2023-yil noyabr

III. Elektron ishtirok etish indeksi

31.

Elektron ishtirok etish indeksida O‘zbekiston Respublikasini birinchi 15 ta o‘rindagi davlatlar qatoriga kirishini ta’minlash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar ishlab chiqish.

1. Elektron ishtirok indeksida baholash mezonlarini belgilagan holda ularga erishish bo‘yicha ikki yilga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish.

2023-yil noyabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Elektron ishtirok etish indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

2. Mazkur ko‘rsatkichlar bo‘yicha aniqlangan har bir kamchilik va xalqaro talablarga nomuvofiqliklarni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va “Raqamli hukumat” loyiha ofisiga kiritish.

2023-yil dekabr

32.

Elektron ma’lumot indikatori doirasida baholanadigan ko‘rsatkichlarni tahlil qilish hamda ular bo‘yicha muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Indikatorga doir ko‘rsatkichlarni tahlil qilish hamda bu boradagi amaldagi holatni maqsadli o‘rganish.

2023-yil noyabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Elektron ishtirok etish indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

2. To‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilish hamda ushbu sohadagi indikatorlarda yuqori natijaga ega davlatlarning ijobiy tajribasini o‘rganish.

2023-yil dekabr

3. O‘rganish natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumot va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2024-yil yanvar

33.

Elektron maslahat indikatori doirasida baholanadigan ko‘rsatkichlarni tahlil qilish hamda ular bo‘yicha muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Indikatorga doir ko‘rsatkichlarni tahlil qilish hamda bu boradagi amaldagi holatni maqsadli o‘rganish.

2023-yil noyabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Elektron ishtirok etish indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

2. To‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilish hamda ushbu sohadagi indikatorlarda yuqori natijaga ega davlatlarning ijobiy tajribasini o‘rganish.

2023-yil dekabr

3. O‘rganish natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotnoma va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2024-yil yanvar

34.

Elektron qaror qabul qilish indikatori doirasida baholanadigan ko‘rsatkichlarni tahlil qilish hamda ular bo‘yicha muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Indikatorga doir ko‘rsatkichlarni tahlil qilish hamda bu boradagi amaldagi holatni maqsadli o‘rganish.

2023-yil oktabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Elektron ishtirok etish indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

2. To‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilish hamda ushbu sohadagi indikatorlarda yuqori natijaga ega davlatlarning ijobiy tajribasini o‘rganish.

2023-yil noyabr

3. O‘rganish natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotnoma va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2023-yil dekabr

35.

Davlat organlari va tashkilotlari hamda ularning rahbarlari haqida to‘liq ma’lumot olish, ularga onlayn murojaat yo‘llash va javob olish imkonini beruvchi, vazirlik, idora va tashkilotlar birinchi rahbarlari tomonidan yuritiladigan internet-blog funksiyalaridan iborat maxsus platforma faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Aholi bilan elektron muloqotni ta’minlash uchun quyidagilarni nazarda tutuvchi maxsus platforma joriy etish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

idoralar birinchi rahbarlari to‘g‘risida ma’lumot olish hamda ular tomonidan Internet-blog yuritish;

idoralar birinchi rahbarlariga onlayn murojaat qilish va javob olish;

qarorlar qabul qilishda jamoatchilik fikrini so‘rovnoma asosida aniqlash;

dasturlar ijrosi bo‘yicha internet-konferensiyalar yuritish.

2023-yil dekabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Elektron ishtirok etish indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

IV. Inson kapitali indeksi

36.

Inson kapitali indeksida O‘zbekiston Respublikasining birinchi 30 ta o‘rindagi davlatlar qatoriga kirishini ta’minlash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar ishlab chiqish.

1. Inson kapitali indeksida baholash mezonlarini belgilagan holda ularga erishish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish.

2023-yil noyabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Inson kapitali indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

2. Mazkur ko‘rsatkichlar bo‘yicha aniqlangan har bir kamchilik va xalqaro talablarga nomuvofiqliklarni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va “Raqamli hukumat loyiha ofisi”ga kiritish.

2024-yil dekabr

37.

Maktabdan oliy ta’limgacha bosqichda yalpi qamrov hamda davomiylik muddati bo‘yicha YUNESKO baholash mezonlarini joriy etish va ta’lim sohasida siyosatni ishlab chiqishda mazkur ko‘rsatkichlarni inobatga olish.

1. BMTning Elektron hukumat reytingidagi Inson kapitali indeksida baholash mezonlarini tahlil qilish.

2023-yil oktabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Inson kapitali indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

2. Baholash mezonlarini joriy etish va ta’lim sohasida siyosatni ishlab chiqish yuzasidan YUNESKO mas’ul bo‘linmalari bilan muzokaralar olib borish.

2023-yil noyabr

3. Olib borilgan muzokaralar natijasida maktabdan oliy ta’limgacha bosqichda yalpi qamrov hamda davomiylik muddati bo‘yicha YUNESKO baholash mezonlarini joriy qilish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni belgilash.

2023-yil dekabr

4. YUNESKO va BMT Departamenti ekspertlari bilan muzokaralar olib borish, ta’lim olish kutilayotgan davomiylik bo‘yicha O‘zbekiston ko‘rsatkichlarini asoslash.

2024-yil yanvardan boshlab doimiy

38.

Ta’lim qamrovining yalpi koeffitsiyenti, ta’lim olishning kutilayotgan davomiyligi, ta’lim olishning o‘rtacha davomiyligi indikatori doirasida baholanadigan ko‘rsatkichlarni tahlil qilish hamda ular bo‘yicha mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Indikatorga doir ko‘rsatkichlarni aniqlash va ular bo‘yicha mamlakatimizdagi amaldagi holatni maqsadli o‘rganishni tashkil etish.

2023-yil noyabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Inson kapitali indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

2. To‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilish hamda bu borada indikatorda yuqori natijaga ega davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish.

2023-yil dekabr

3. O‘rganish natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumot va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan choralarni o‘z ichiga olgan “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish.

2024-yil yanvar

39.

Aholi, jumladan nuroniylar, yoshlar, ayollar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning onlayn xizmatlardan foydalanishi ko‘rsatkichlarini oshirish.

Aholi, jumladan nuroniylar, yoshlar, ayollar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni onlayn xizmatlardan foydalanish va IT-bilimlar bo‘yicha “hayot davomida ta’lim olish” tamoyili asosida bepul o‘qitish bo‘yicha dastur ishlab chiqish.

Bunda, raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarida o‘quv kurslarini tashkil etish va ularga malakali mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha choralarni ko‘zda tutish.

2024-yil yanvar

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Inson kapitali indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

V. Mahalliy onlayn xizmatlar indeksi

40.

Mahalliy onlayn xizmatlar indeksida O‘zbekiston Respublikasining birinchi 30 ta o‘rindagi davlatlar qatoriga kirishini ta’minlash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar ishlab chiqish.

1. Mahalliy onlayn xizmatlar indeksida baholash mezonlarini belgilagan holda ularga erishish bo‘yicha ikki yilga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlarni aniqlash.

2023-yil noyabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Mahalliy onlayn xizmatlar indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

2. Mazkur ko‘rsatkichlar bo‘yicha aniqlangan kamchilik va xalqaro talablarga nomuvofiqliklarni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va “Raqamli hukumat loyiha ofisi”ga kiritish.

2023-yil dekabr

3. Mahalliy onlayn xizmatlar indeksiga asosan tadqiqot maqsadida Toshkent shahrini baholashdan o‘tkazish.

2024-yil yanvar

41.

Jamoat transporti harakatiga oid hamda yashil hudud, bog‘ va jamoat parklari haqida ma’lumot beruvchi maxsus portallarni ishga tushirish.

1. Toshkent shahrida jamoat transporti harakatiga oid axborot beruvchi maxsus portalni ishlab chiqish va ishga tushirish.

2024-yil avgust

Transport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Raqamlashtirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi

2. Yashil hudud, bog‘ va jamoat parklari haqida ma’lumot beruvchi maxsus portalni ishlab chiqish va ishga tushirish, mavjudlarini takomillashtirish.

2024-yil may

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyat hokimliklari, “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Mahalliy onlayn xizmatlar indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

42.

Aholining chaqiruvlarini qabul qilish va ularni tezkor ravishda qayta ishlash bo‘yicha “112” yagona markazlashgan dispetcherlik xizmati faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Shoshilinch tezkor xizmatlar (yong‘in-qutqaruv, ichki ishlar organlari, tez tibbiy yordam, gaz tarmog‘ining avariya xizmati) bo‘yicha aholining chaqiruvlarini qabul qilish va ularni tezkor ravishda qayta ishlashni ta’minlovchi “112” yagona markazlashgan dispetcherlik xizmati faoliyatini 2024-yilda respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich to‘liq ishga tushirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023yil oktabr

Raqamlashtirish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Energetika vazirligi, “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Mahalliy onlayn xizmatlar indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

43.

Yo‘l-transport boshqaruvini raqamlashtirish hamda “aqlli chorraha” va “aqlli svetofor” boshqaruv tizimi asosidagi chorrahalarni tashkil etish.

1. Yo‘l-transport boshqaruvini raqamlashtirish bo‘yicha zarur choralarni belgilash.

2. Yo‘l-transport boshqaruvini raqamlashtirish bo‘yicha raqamli texnologiyalarni joriy etish.

3. Ilg‘or xorijiy tajriba asosida “aqlli chorraha” va “aqlli svetofor” boshqaruv tizimi asosidagi chorrahalarni tashkil etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish.

2024-yil dekabr

Toshkent shahri hokimligi, Ichki ishlar vazirligi, Transport vazirligi, “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Mahalliy onlayn xizmatlar indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

44.

Yagona portalda yangi avtotransport vositalari va tirkamalarini (yarim tirkamalari) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish (qayd etish guvohnomasi va davlat raqam belgisini yetkazib berish) xizmatini joriy etish.

1. Xizmatni joriy etish bo‘yicha texnik hujjatlarni ishlab chiqish.

2023yil noyabr

Ichki ishlar vazirligi, “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Mahalliy onlayn xizmatlar indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

2. Texnik hujjatlar asosida interaktiv xizmatni Yagona portalda joriy etish va ishga tushirish.

2024-yil dekabr

45.

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash jarayonlarida aholi bilan elektron muloqotni yo‘lga qo‘yish.

Avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali aniqlanadigan yo‘l harakati qoidalari buzilishi holati yuzasidan yuboriladigan qaror va xabarnomalar bo‘yicha aholi tomonidan Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga elektron murojaat qilish (shikoyat yuborish) imkoniyatini yaratish hamda Yagona portalda joriy etish.

2024-yil iyul

Ichki ishlar vazirligi, “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Mahalliy onlayn xizmatlar indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

46.

Elektron tibbiy karta, retsept va markazlashgan xarid axborot tizimini joriy qilish.

1. Barcha tuman (shahar)lardagi birlamchi tibbiyot muassasalarida Elektron tibbiy karta (tibbiy ma’lumotlar registrlari va omborlari) tizimini ishga tushirish.

2023-yil dekabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Mahalliy onlayn xizmatlar indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

2. Dori vositalarining xalqaro patentlanmagan nomlanishini kodlari bilan birgalikda “Elektron retsept” tizimiga ulash.

2024-yil may

3. “Elektron retsept” (to‘liq talqini) tizimini sinov tariqasida Toshkent shahrida ishga tushirish.

2024-yil iyul

4. Markazlashgan tartibda xarid qilinadigan dori vositalari monitoringi bo‘yicha axborot tizimini ishga tushirish.

2024-yil noyabr

47.

Texnologiya indikatori doirasida baholanadigan 18 ta ko‘rsatkich va talablar bo‘yicha mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni belgilash. Bunda, quyidagi masalalarni xatlovdan o‘tkazish:

hokimlik bilan bog‘lanish ma’lumotlarining mavjudligi;

brauzerlar orqali foydalanish imkoni ta’minlanganligi;

portalda ma’lumotlarni izlash hamda olishning osonligi va qulayligi;

mobil qurilmalar yordamida foydalanish imkoniyati mavjudligi;

portal navigatsiyasining qulayligi;

ma’lumotlarni izlash hamda olishning ichki mexanizmi mavjudligi;

ichki ma’lumotlarni kengaytirilgan izlash mexanizmi mavjudligi;

dizayn va tashqi ko‘rinish bo‘yicha standartlarga mosligi;

foydalanish qulayligi borasidagi standartlar;

foydalanuvchilarni onlayn qo‘llab-quvvatlash imkoniyatining mavjudligi;

onlayn xizmatlardan foydalanish (soni, foydalanish statistikasi va boshqalar) bo‘yicha ma’lumotlar;

portal ma’lumotlarining yangilanishi;

shaxsiy ma’lumotlar mavjudligi;

shaxsiy ma’lumotlarni yangilash imkoniyati;

tadbirkorlikka doir ma’lumotlar;

tadbirkorlikka doir ma’lumotlarni yangilash imkoniyati;

texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatining telefon raqamlari.

1. 18 turdagi ko‘rsatkich va talablar bo‘yicha amaldagi holatni xatlovdan o‘tkazish hamda maqsadli o‘rganishni tashkil etish.

2023-yil noyabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Mahalliy onlayn xizmatlar indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

2. To‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilish hamda bu borada reytingda yuqori natijaga ega davlatlarning ijobiy tajribasini o‘rganish.

2023-yil dekabr

3. O‘rganish natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotnoma va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq choralarni o‘z ichiga olgan “yo‘l xaritasi”ni shakllantirish.

2024-yil yanvar

48.

Institutsional tuzilma indikatori doirasida baholanadigan 9 ta talablar bo‘yicha mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. Bunda, quyidagi masalalarni xatlovdan o‘tkazish:

hokimlik portali mavjudligi;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining elektron hukumat strategiyasi mavjudligi;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining tashkiliy tuzilmasi mavjudligi;

tarkibiy bo‘linmalar (departament, boshqarma, bo‘limlari) rahbarlari to‘g‘risida hamda ular bilan bog‘lanish bo‘yicha ma’lumotlar mavjudligi;

davlat ma’lumotlaridan foydalanish huquqining ta’minlanishi;

ma’lumotlarni oshkor etmaslik bo‘yicha (konfidensiallik) siyosatning mavjudligi;

ochiq ma’lumotlar bilan ishlash tartibi;

hokimlik, idora va tashkilotlarning rasmiy veb-saytlariga havolalar;

portalda autentifikatsiya qilish imkoniyati.

1. 9 turdagi zarur ma’lumotlar, axborot resurslari mavjudligi va dolzarbligi hamda chora-tadbirlar ko‘rilishi bo‘yicha amaldagi holatni xatlovdan o‘tkazish hamda maqsadli o‘rganishni tashkil etish.

2023-yil noyabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Mahalliy onlayn xizmatlar indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

2. To‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilish hamda bu borada reytingda yuqori natijaga ega davlatlarning ijobiy tajribasini o‘rganish.

2023-yil dekabr

3. O‘rganish natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotnoma va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq choralarni o‘z ichiga olgan “yo‘l xaritasi”ni shakllantirish.

2024-yil yanvar

49.

Kontent taqdim etish indikatori doirasida baholanadigan 21 ta talab bo‘yicha mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. Bunda, quyidagi masalalarni xatlovdan o‘tkazish:

xorijiy tillardagi talqinining mavjudligi;

hokimlik to‘g‘risidagi ma’lumotning mavjudligi;

ob-havo hamda tabiiy ofatlar to‘g‘risida ogohlantirishlar berilishi yo‘lga qo‘yilganligi;

xaridlar bo‘yicha e’lonlar mavjudligi;

xaridlar natijasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

taqdim etilayotgan (ko‘rsatilayotgan) xizmatlar to‘g‘risida ma’lumotlar mavjudligi;

fuqarolik jamiyati bilan hamkorlikda ko‘rsatiladigan xizmatlar;

bepul Internetdan foydalanish maskanlari to‘g‘risida ma’lumot (interaktiv xarita);

ekologiya (utilizatsiya markazlari, yashil makon zonalari manzillari, daraxtlar) va atrof muhit to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

ta’lim haqida hamda soha tashkilotlari manzillari to‘g‘risida ma’lumotlar (interaktiv xarita) mavjudligi;

ijtimoiy himoyaga doir ma’lumotlar (nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun reabilitatsiya markazlari, pensiya tarqatish markazlari, sog‘liqni tiklash pansionatlari va tashkilotlari va boshqalar to‘g‘risida) mavjudligi;

sport majmualari hamda madaniyat markazlari, muzeylar, teatr, kino va ko‘ngilochar parklar to‘g‘risida ma’lumotlar (interaktiv xarita) mavjudligi;

aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari (qariyalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayollar, yoshlar) uchun mo‘ljallangan ma’lumotlarning mavjudligi;

sud jarayonlarining onlayn translyatsiyasini kuzatib borish, sudga chaqiruv qog‘ozlari holatini tekshirish, sud binolari manzillari va ularning ish vaqti, sudyalar to‘g‘risida ma’lumotlar mavjudligi;

“aqlli shahar” tamoyili doirasida amalga oshirilgan loyihalarning amaliyotga joriy etilganligi;

zamonaviy texnologiyalar (AI, blokcheyn, IoT va boshqalar)ni amaliyotda qo‘llash holati;

statistik va tadqiqot natijalari ma’lumotlari mavjudligi;

jamoat transporti harakati to‘g‘risida ma’lumotlar;

mobil ilovalar mavjudligi va ulardan foydalanish imkoniyati;

chiqindilar va ularni qayta ishlash bo‘yicha ma’lumotlar (utilizatsiya qilish manzillari, usullari va boshqalar);

yo‘l harakati xavfsizligiga doir ma’lumotlar mavjudligi (qoidalar, ularni buzganlik uchun jazo turlari va jarimalar miqdori, jarimalarni to‘lashdagi imtiyozlar, yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lganda murojaat qilish uchun telefon raqamlari va boshqalar);

MGPdan foydalanish statistikasi

1. 21 turdagi zarur ma’lumotlar, axborot resurslari mavjudligi va dolzarbligi hamda chora-tadbirlar ko‘rilishi bo‘yicha amaldagi holatni xatlovdan o‘tkazish hamda maqsadli o‘rganishni tashkil etish.

2023-yil noyabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Mahalliy onlayn xizmatlar indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

2. To‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilish hamda bu borada reytingda yuqori natijaga ega davlatlarning ijobiy tajribasini o‘rganish.

2023-yil dekabr

3. O‘rganish natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotnoma va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq choralarni o‘z ichiga olgan “yo‘l xaritasi”ni shakllantirish.

2024-yil yanvar

4. Kontent taqdim etish indikatori bo‘yicha ko‘rsatkchilarni yaxshilash yuzasidan “yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish.

2024-2025-yillar

50.

Elektron ishtirok etish indikatori doirasida baholanadigan 17 ta talablar bo‘yicha mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni belgilash. Bunda, quyidagi masalalarni xatlovdan o‘tkazish:

hokimlikning elektron pochta manzili orqali murojaatlarga javob berishi;

hokimlikning elektron pochta manzili orqali taqdim etilgan javobining mazmuni;

mahalliy budjet va ularning sarf-xarajati bo‘yicha ma’lumotlar;

ochiq ma’lumotlarni taqdim etish;

ochiq ma’lumotlarda meta shaklidagi ma’lumotlar mavjudligi;

zo‘ravonlikka doir barcha turdagi holatlar haqida xabar berish;

real vaqt rejimida muloqot imkoniyati (onlayn yordamchi, chat funksiyalari);

qayta aloqa va shikoyat yo‘llash imkoniyati mavjudligi;

onlayn muhokama qilish imkoniyati mavjudligi;

ijtimoiy tarmoqlar funksiyalari mavjudligi;

jamoat joylarida sodir bo‘lgan hodisalar to‘g‘risida ma’lumot olish (berish) imkoniyati mavjudligi;

aholi ishtirokida budjetni shakllantirish imkoniyati mavjudligi;

yerdan foydalanish rejasi aholi ishtirokida shakllantirilishi;

kelgusida o‘tkaziladigan elektron ishtirokka doir tadbirlar haqida ma’lumot;

maslahat jarayonlari haqida sharhlar qoldirish;

hokimlik kengashining ochiq majlislari to‘g‘risida ma’lumotlar mavjudligi.

1. 17 turdagi talablar bo‘yicha amaldagi holatni xatlovdan o‘tkazish hamda maqsadli o‘rganishni tashkil etish.

2023-yil noyabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Mahalliy onlayn xizmatlar indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

2. To‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilish hamda bu borada reytingda yuqori natijaga ega davlatlarning ijobiy tajribasini o‘rganish.

2023-yil dekabr

3. O‘rganish natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotnoma va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq choralarni o‘z ichiga olgan “yo‘l xaritasi”ni shakllantirish hamda “Raqamli hukumat” loyiha ofisiga kiritish.

2024-yil yanvar

51.

Xizmatlar taqdim etilishi indikatori doirasida baholanadigan 17 ta kompleks xizmatlar guruhiga kiruvchi xizmatlarni onlayn ko‘rsatishdagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan, shu jumladan “3 qadam”, “user centric”, “barchasi bitta mobil ilovada” tamoyillari asosida zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish. Bunda, quyidagi masalalarni xatlovdan o‘tkazish:

huquqni muhofaza qilish organlariga onlayn murojaat yuborish;

haydovchilik guvohnomasini olish uchun onlayn ariza topshirish imkoniyatining mavjudligi;

qurilish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish;

atrof-muhit bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish (daraxtlarni kesish, ko‘ngilochar maskanlar yaratish va boshqalar) uchun ruxsatnoma olish;

tadbirkorlik subyektini ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek ayrim turdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ruxsatnoma (litsenziya)ni onlayn olish imkoniyati mavjudligi;

doimiy va (yoki) vaqtinchalik yashash manzili bo‘yicha onlayn ro‘yxatga olish imkoniyati;

tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani onlayn olish imkoniyati;

o‘lim haqidagi guvohnomani onlayn olish imkoniyati;

nikoh haqidagi guvohnomani onlayn olish imkoniyati;

yashash manzili o‘zgarganligi haqida xabardor qilish imkoniyati;

ko‘chmas mulkka (yerga) bo‘lgan huquqni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati;

elektron xaridlar bo‘yicha servis mavjudligi;

bo‘sh ish o‘rinlari va ularga onlayn ariza topshirish imkoniyati;

tadbirkorlikni boshlash uchun ro‘yxatdan o‘tkazish, ruxsatnoma (litsenziya) olish va to‘lovlarini onlayn to‘lash imkoniyati;

yig‘imlarni onlayn to‘lash imkoniyati;

ichimlik suv uchun to‘lovlarni onlayn to‘lash imkoniyati;

elektr energiyasi hamda gaz uchun to‘lovlarni onlayn to‘lash imkoniyati.

1. 17 turdagi kompleks xizmatlar guruhiga kiruvchi xizmatlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish va ular doirasiga kiruvchi barcha xizmatlar ro‘yxatini shakllantirish.

2023-yil noyabr

“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Mahalliy onlayn xizmatlar indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh

2. Shakllantirilgan ro‘yxatdagi xizmatlar amalda ko‘rsatilishi holatini tahlil qilish.

2023-yil dekabr

3. Tahlil natijalariga ko‘ra xizmatlarni onlayn shaklga o‘tkazish va (yoki) mavjudlarini to‘liq avtomatlashtirish, soddalashtirish bo‘yicha reytingda yuqori natijaga ega davlatlarning ijobiy tajribasiga tayangan holda aniq choralarni o‘z ichiga olgan “yo‘l xaritasi”ni shakllantirish.

2024-yil yanvar

VI. BMTning Elektron hukumat reytingida O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilash bo‘yicha ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish

52.

“Elektron hukumat tadqiqotlari” hisobotida e’lon qilinadigan Elektron hukumat reytingida mamlakatimizning 2030-yilga qadar birinchi 30 ta o‘rindagi davlatlar qatoriga kirishini ta’minlashga qaratilgan “Raqamli hukumat — 2030” strategiyasini ishlab chiqish.

Bunda, raqamli hukumat tizimini rivojlantirishga erishish bo‘yicha aniq maqsadli ko‘rsatkichlar hamda texnologik Bosh rejani tasdiqlashni nazarda tutish.

1. Xalqaro darajada tajribaga ega xorijiy malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda, shu jumladan tegishli indekslar bo‘yicha baholash mezonlarini belgilagan holda ularga erishish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar o‘rnatilishini nazarda tutuvchi Strategiya loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil fevral

Raqamlashtirish vazirligi, Strategik rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi, OTFIV, MMTV, “Raqamli hukumat loyiha ofisi”

2. Strategiya loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil mart

53.

“Raqamli hukumat loyiha ofisi” faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish.

1. “Raqamli hukumat loyiha ofisi”ga belgilangan vazifalarni yuqori va professional darajada bajarilishini ta’minlay oladigan malakali mutaxassislarni jalb qilish.

2023-yil oktabr

Raqamlashtirish vazirligi

2.“Raqamli hukumat loyiha ofisi”ni joylashtirish va unga faoliyat yuritish uchun zarur sharoitlarni yaratish.

2023-yil oktabr

3. “Raqamli hukumat loyiha ofisi” faoliyatini moliyalashtirish uchun mablag‘lar va grantlar jalb qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari bilan muzokaralar o‘tkazish.

2023-yil dekabr

4. Xalqaro tashkilotlar hamda moliya institutlari mablag‘lari va grantlari jalb qilinguniga qadar qonunchilikda taqiqlanmagan manbalardan mablag‘lar va grantlar jalb qilish hisobiga “Raqamli hukumat loyiha ofisi” faoliyatini moliyalashtirish.

2023-yil oktabrdan boshlab

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi PQ-308-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Onlayn xizmat ko‘rsatish indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Sh. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri, Ishchi guruh rahbari

2.

K. Karimov

oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari

3.

Lavozimiga ko‘ra

kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari

4.

X. Meliyev

adliya vaziri o‘rinbosari

5.

O. Omonov

sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari

6.

U. Begimkulov

maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari

7.

J. Abruyev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori o‘rinbosari

8.

J. Kazbekov

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri o‘rinbosari

9.

M. Mirmaksudov

Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari

10.

S. Abdullayev

Adliya vazirligi departament boshlig‘i

11.

Sh. Matkarimov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi departament boshlig‘i

12.

A. Muxitdinov

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi direktori

13.

A. Sultonov

Raqamli texnologiyalar vazirligi boshqarma boshlig‘i, Ishchi guruh kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Ishchi guruh a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi PQ-308-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Elektron ishtirok etish indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

O. Pekos

raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari, Ishchi guruh rahbari

2.

A. Shadmanov

sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari

3.

O. Qudratov

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining birinchi o‘rinbosari

4.

Sh. Rabiyev

adliya vaziri o‘rinbosari

5.

U. Begimkulov

maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari

6.

G. Raximova

iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari

7.

S. Buzrukxonov

oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari

8.

R. Turdiboyeva

kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari

9.

G‘. Bozorov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari

10.

F. Xudaykulov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi bo‘lim boshlig‘i

11.

A. Sultonov

Raqamli texnologiyalar vazirligi boshqarma boshlig‘i

12.

I. Saipov

Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari

13.

V. Kravchenko

Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi direktori, Ishchi guruh kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Ishchi guruh a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi PQ-308-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

J. Maxsudov

raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari, Ishchi guruh rahbari

2.

I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

3.

D. Adilov

qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari — “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” direktori

4.

Z. Ziyayev

O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

5.

N. Xasanov

“O‘zbektelekom” AK boshqaruvi raisi

6.

U. Shakirov

“O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” DUK direktori

7.

Z. Astanov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi departamenti boshlig‘i

8.

J. Aripov

Raqamli texnologiyalar vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari

9.

Kelishuvga ko‘ra

telekommunikatsiya sohasida faoliyat yurituvchi operator va provayderlar rahbarlari

10.

M. Yuldashev

Raqamli texnologiyalar vazirligi boshqarma boshlig‘i, Ishchi guruh kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Ishchi guruh a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi PQ-308-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Inson kapitali indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

K. Karimov

oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari, Ishchi guruh rahbari

2.

U. Sharifxodjayev

maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari

3.

R. Karimjonov

raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari

4.

Z. Ziyayev

O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

5.

A. Eshchanov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi departamenti boshlig‘i

6.

S. Butanov

Raqamli texnologiyalar vazirligi boshqarma boshlig‘i

7.

E. Murodov

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i

8.

Sh. Ergashev

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi kotibiyat boshlig‘i, Ishchi guruh kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Ishchi guruh a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi PQ-308-son qaroriga
6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotining Mahalliy onlayn xizmatlar indeksidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun mas’ul ishchi guruh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A. Xen

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari — Raqamli rivojlanish departamenti rahbari, Ishchi guruh rahbari

2.

O. Pekos

raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari

3.

X. Meliyev

adliya vaziri o‘rinbosari

4.

E. Murodov

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i

5.

M. Xadraliyev

Sog‘liqni saqlash vazirligi “IT-med” davlat muassasasi rahbari

6.

A. Sultonov

Raqamli texnologiyalar vazirligi boshqarma boshlig‘i

7.

S. Abdullayev

Adliya vazirligi departament boshlig‘i

8.

A. Muxitdinov

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi direktori

9.

V. Kravchenko

Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi direktori

10.

G‘. Burxonov

Raqamli rivojlanish departamenti rahbari o‘rinbosari, Ishchi guruh kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Ishchi guruh a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.09.2023-y., 07/23/308/0712-son; 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)