14.09.2023 yildagi PQ-307-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish jamg‘armasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro moliya institutlari ko‘magida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini sifatli ishlab chiqish va samarali amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy maslahatchilar va konsalting kompaniyalarini jalb qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (keyingi o‘rinlarda — YETTB) o‘rtasida YETTB boshqaruvida bo‘lgan 5 yil muddatga (keyinchalik uzaytirish sharti bilan) O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolanganligi va tegishli biznes-reja ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda YETTBning quyidagi takliflari ma’qullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma faoliyatini boshqarish uchun YETTB tomonidan yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Jamg‘armani boshqarish guruhini tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armani boshqarish guruhi o‘z faoliyatida YETTBga hisobdor bo‘lishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armani YETTB tomonidan jalb etiladigan 10 mln yevro miqdoridagi grant va YETTB tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga taqdim etiladigan 10 mln yevro miqdoridagi kredit mablag‘lari hisobidan shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma tomonidan faqat tender asosida amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik (keyingi o‘rinlarda — DXSh) loyihalari bo‘yicha ularning konsepsiyasi, moliyaviy modeli, loyihani baholash, tender hujjatlari va DXSh bitimlarini ishlab chiqish uchun maslahatchilar va konsalting kompaniyalarini (keyingi o‘rinlarda — konsultantlar) jalb qilish hamda tender jarayonlarini tashkil qilish va o‘tkazish, DXSh loyihalari bilan ishlaydigan mahalliy mutaxassislarni o‘qitish va DXSh sohasini rivojlantirish bilan bog‘liq boshqa maqsadlar uchun mablag‘lar ajratilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma hisobidan konsultantlarni YETTBning ichki xarid qoidalariga muvofiq jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DXSh loyihalari doirasida Jamg‘armadan ajratilgan mablag‘lar, qoida tariqasida, tender savdolari natijasida aniqlangan xususiy sheriklar tomonidan Jamg‘armaga qaytarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma, shu jumladan Jamg‘armani boshqarish guruhi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma tomonidan umumiy qiymati 10 mln AQSh dollari ekvivalentidan ortiq bo‘lgan DXSh loyihalari bo‘yicha konsultantlar xizmati moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy qiymati 10 mln AQSh dollari ekvivalentidan ortiq bo‘lgan DXSh loyihalari “SOURCE” xalqaro platformasida joylashtirib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Jamg‘arma tomonidan konsultantlar xizmatlari moliyalashtiriladigan DXSh loyihalari ro‘yxatini (keyingi o‘rinlarda — ro‘yxat) YETTB bilan kelishgan holda har yili 1-noyabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi hamda mazkur ro‘yxat har yili 1-dekabrga qadar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ro‘yxatga kiritilgan loyihalar bo‘yicha davlat sherigi bo‘lgan vazirlik va idoralar Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda DXSh loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadida konsultantlarni jalb qilish uchun tegishli texnik topshiriqlar ishlab chiqilishi va Jamg‘armaga taqdim qilinishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qo‘chqorovga YETTB bilan O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish jamg‘armasi bo‘yicha hamkorlik shartnomasini tuzish hamda 10 mln yevro miqdoridagi qarz bitimini O‘zbekiston Respublikasi nomidan imzolash vakolati berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi YETTB tomonidan ajratiladigan qarz mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ETTB tomonidan ajratiladigan qarz mablag‘larini qaytarish, foiz, bir martalik boshlang‘ich va boshqaruv, majburiyat uchun to‘lovlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. YETTB tomonidan ajratiladigan qarz mablag‘larini qaytarish, foiz, bir martalik boshlang‘ich va boshqaruv, majburiyat uchun to‘lovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi bilan YETTB o‘rtasida imzolangan qarz bitimi bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 14-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-307-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi PQ-307-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ETTB tomonidan ajratiladigan qarz mablag‘larini qaytarish, foiz, bir martalik boshlang‘ich va boshqaruv, majburiyat uchun to‘lovlarni amalga oshirishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PROGNOZ JADVALI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Qarz summasi

10 million AQSh dollari

Qarz muddati

12 yil

Imtiyozli davr

4 yil

Foiz stavkasi

6 oylik Euribor + 1,0 %

Majburiyat uchun to‘lov

0,50 % (o‘zlashtirilmagan qarz miqdoridan)

Bir martalik boshlang‘ich to‘lov

1,0 % (umumiy qarz miqdoridan)

Bir martalik boshqaruv uchun to‘lov

4,0 % (umumiy qarz miqdoridan)

AQSh dollari

To‘lov davri

Qarz o‘zlashtirilishi

Qarz qoldig‘i

To‘lov miqdori

To‘lanishi lozim bo‘lgan umumiy mablag‘****

asosiy qarz

foizlar*

bir martalik boshlang‘ich va boshqaruv uchun to‘lov**

majburiyat uchun to‘lov***

15.12.2023

10 000 000,00

10 000 000,00

0,00

500 000,00

4 305,56

4 305,56

15.04.2024

10 000 000,00

167 411,11

167 411,11

15.10.2024

10 000 000,00

251 116,67

251 116,67

15.04.2025

10 000 000,00

249 744,44

249 744,44

15.10.2025

10 000 000,00

251 116,67

251 116,67

15.04.2026

10 000 000,00

249 744,44

249 744,44

15.10.2026

10 000 000,00

251 116,67

251 116,67

15.04.2027

10 000 000,00

249 744,44

249 744,44

15.10.2027

9 375 000,00

625 000,00

251 116,67

876 116,67

15.04.2028

 

8 750 000,00

625 000,00

235 421,88

860 421,88

15.10.2028

8 125 000,00

625 000,00

219 727,08

844 727,08

15.04.2029

7 500 000,00

625 000,00

202 917,36

827 917,36

15.10.2029

6 875 000,00

625 000,00

188 337,50

813 337,50

15.04.2030

6 250 000,00

625 000,00

171 699,31

796 699,31

15.10.2030

5 625 000,00

625 000,00

156 947,92

781 947,92

15.04.2031

5 000 000,00

625 000,00

140 481,25

765 481,25

15.10.2031

4 375 000,00

625 000,00

125 558,33

750 558,33

15.04.2032

3 750 000,00

625 000,00

109 863,54

734 863,54

15.10.2032

3 125 000,00

625 000,00

94 168,75

719 168,75

15.04.2033

2 500 000,00

625 000,00

78 045,14

703 045,14

15.10.2033

1 875 000,00

625 000,00

62 779,17

687 779,17

15.04.2034

1 250 000,00

625 000,00

46 827,08

671 827,08

15.10.2034

625 000,00

625 000,00

31 389,58

656 389,58

15.04.2035

0,00

625 000,00

15 609,03

640 609,03

Jami

10 000 000,00

0,00

10 000 000,00

3 800 884,03

500 000,00

4 305,56

13 805 189,59

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Qarz bo‘yicha foizlarni hisoblab chiqishda 2023-yil 28-avgust holatiga 6 oylik Euribor 3,94 % ga teng deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Bir martalik boshlang‘ich va boshqaruv to‘lovlari qarz mablag‘i hisobidan to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*** Majburiyat uchun to‘lov qarz bitimi imzolangandan so‘ng 60 kundan keyin hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
**** To‘lov summalari qarzning amalda o‘zlashtirilishidan kelib chiqib aniqlanadi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2023-y., 07/23/307/0710-son)