1-ILOVA
TUZILMASI
2-ILOVA
|
Ariza berish va skoring tizimi |
|
Hokim yordamchilari |
|
Loyihalarni baholash va tanlash guruhlari |
|
Markazlar |
|
Tijorat banklari, Jamgʻarma va Markazlar |
|
Markazlar va tijorat banklari |
|
Tashabbuskor tomonidan ariza beriladi, tijorat banklar koʻmagida skoring baholash oʻtkaziladi |
Tijorat banklar koʻmagida skoring baholashdan oʻtgan tashabbuskorlar bilan bevosita joyida uchrashib, tasdiqlangan savolnoma asosida belgilangan mezonlarga muvofiqligi oʻrganiladi va tashabbuskorlarning dastlabki roʻyxati shakllantiriladi |
Dastlabki roʻyxatga kiritilgan tashabbuskorlarning tadbirkorlik koʻnikmasi va biznes-rejalarining yashovchanligini baholash asosida istiqbolli loyihalar tanlab olinadi va ular faoliyati davri, pul aylanmasi va ishchilar soniga qarab toifalarga ajratiladi |
Oʻqitish tashkil etiladi va imtihondan muvaffaqiyatli oʻtganlarga sertifikat beriladi |
Tanlab olingan loyihalar quyidagicha moliyaviy va konsultativ qoʻllab-quvvatlanadi: a) kreditlar ajratish; b) lizing xizmatlari koʻrsatish; v) boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini taqdim etish; g) ulushdor boʻlib ishtirok etish; d) grant mablagʻlari taqdim etish; e) konsultatsiya xizmatlarini koʻrsatish |
Tegishli biznes rejalari amalga oshirilishining monitoringi yuritiladi hamda maqsadli koʻrsatkichlarga erishilgandan soʻng kiritilgan ulushni belgilangan tartibda sotish choralari koʻriladi | |||||
3-ILOVA
|
a) 100 million soʻmgacha garovsiz kreditlar |
|
|
Ishtirokchilar: |
kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xoʻjaliklari, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar, hunarmandlar, kasanachilar, nodavlat taʼlim tashkilotlari, uch va undan ortiq kishini doimiy ish bilan taʼminlayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari; oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida oʻz biznes loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib, ijobiy kredit tarixiga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar |
|
Foiz stavkasi: |
Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada |
|
Kredit ajratish maqsadi va muddatlari: |
loyihani* amalga oshirish uchun 24 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oygacha ajratiladi |
|
b) 150 million soʻmgacha garov talabi pasaytirilgan revolver kreditlar |
|
|
Ishtirokchilar: |
kichik tadbirkorlik subyektlari |
|
Foiz stavkasi: |
Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada |
|
Kredit ajratish maqsadi va muddatlari: |
ochiq kredit liniyasi asosida har 12 oyda soʻndirish sharti bilan 36 oygacha ajratiladi |
|
b1) 500 million soʻmgacha kreditlar |
|
|
tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagi boʻlgan va loyihalari belgilangan tartibda istiqbolli loyiha sifatida tanlab olingan quyidagi kichik tadbirkorlik subyektlari: |
|
|
Foiz stavkasi: |
Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada |
|
Kredit ajratish maqsadi va muddatlari: |
loyihani* amalga oshirish uchun 24 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oygacha ajratiladi. |
|
v) 1 milliard soʻmgacha kreditlar |
|
|
Ishtirokchilar: |
tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagi boʻlgan va loyihalari belgilangan tartibda istiqbolli loyiha sifatida tanlab olingan quyidagi kichik tadbirkorlik subyektlari: oxirgi 12 oyda aylanma mablagʻlari miqdori 500 mln soʻmdan 10 mlrd soʻmgacha boʻlgan; kamida besh nafar kishini doimiy ish bilan taʼminlagan |
|
Foiz stavkasi: |
Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada |
|
Kredit ajratish maqsadi va muddatlari: |
loyihani* amalga oshirish uchun 24 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oygacha ajratiladi |
|
g) 1,5 milliard soʻmgacha kreditlar |
|
|
Ishtirokchilar: |
tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagi boʻlgan va loyihalari belgilangan tartibda istiqbolli loyiha sifatida tanlab olingan quyidagi kichik tadbirkorlik subyektlari: 24 oydan ortiq faoliyat koʻrsatayotgan; oxirgi 12 oyda aylanma mablagʻlari miqdori 1 mlrd soʻmdan 10 mlrd soʻmgacha boʻlgan; kamida oʻn nafar kishini doimiy ish bilan taʼminlagan |
|
Foiz stavkasi: |
Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada |
|
g1) 1,5 milliard soʻmgacha eksportyorlarga revolver kreditlar |
|
|
Ishtirokchilar: |
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi quyidagi tadbirkorlik subyektlari: oxirgi 12 oyda aylanma mablagʻlari miqdori 500 mln soʻmdan ziyod boʻlgan; kamida toʻrt nafar kishini doimiy ish bilan taʼminlagan |
|
Foiz stavkasi: |
Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada |
|
Kredit ajratish maqsadi va muddatlari: |
aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun ochiq kredit liniyasi asosida har 12 oyda soʻndirish shartida 6 oy imtiyozli davr bilan 36 oygacha muddatga ajratiladi. |
|
2. 1,5 milliard soʻmgacha lizing xizmatlari koʻrsatish: |
|
|
Ishtirokchilar: |
tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagi boʻlgan va loyihalari belgilangan tartibda istiqbolli loyiha sifatida tanlab olingan quyidagi kichik tadbirkorlik subyektlari: 24 oydan ortiq faoliyat koʻrsatayotgan; oxirgi 12 oyda aylanma mablagʻlari miqdori 1 mlrd soʻmdan 10 mlrd soʻmgacha boʻlgan; kamida oʻn nafar kishini doimiy ish bilan taʼminlagan |
|
Foiz stavkasi: |
Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada |
|
Maqsadi va muddatlari: |
asbob uskunalar, texnologik jihozlar va maxsus texnikalarni sotib olish uchun 24 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oygacha amalga oshiriladi |
|
3. 1,5 milliard soʻmgacha foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan qarzga asosiy vosita olib berish: |
|
|
Ishtirokchilar: |
tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagi boʻlgan va loyihalari belgilangan tartibda istiqbolli loyiha sifatida tanlab olingan quyidagi kichik tadbirkorlik subyektlari: 24 oydan ortiq faoliyat koʻrsatayotgan; oxirgi 12 oyda aylanma mablagʻlari miqdori 1 mlrd soʻmdan 10 mlrd soʻmgacha boʻlgan; kamida oʻn nafar kishini doimiy ish bilan taʼminlagan |
|
Maqsadi va muddatlari: |
asbob uskunalar, texnologik jihozlar va maxsus texnikalarni sotib olish uchun 24 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oygacha amalga oshiriladi. |
|
4. Loyihalarda 1 milliard soʻmgacha miqdorda ulushdor boʻlib ishtirok etish: |
|
|
Ishtirokchilar: |
tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagi boʻlgan va loyihalari belgilangan tartibda istiqbolli loyiha sifatida tanlab olingan quyidagi kichik tadbirkorlik subyektlari: 24 oydan ortiq faoliyat koʻrsatayotgan; oxirgi 12 oyda aylanma mablagʻlari miqdori 1 mlrd soʻmdan 10 mlrd soʻmgacha boʻlgan; kamida oʻn nafar kishini doimiy ish bilan taʼminlagan |
|
Qoʻllab-quvvatlash turi: |
boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va yer maydonlari, asbob-uskunalar, bino-inshootlar va boshqa koʻrinishdagi moddiy aktivlar bilan 20 foizgacha, biroq 1 mlrd soʻmdan ortiq boʻlmagan qiymatda ulushdor boʻlib ishtirok etish |
|
Ulushdan daromad: |
kichik tadbirkorlik subyekti faoliyati natijasidagi sof foydadan dividendlar; ulushni bozor bahosida baholab sotishda koʻriladigan foyda |
|
Ulushdan foydalanish muddatlari: |
markazlar tomonidan loyihaga kiritilgan ulushni 7 yil davomida bozor qiymatida loyiha tashabbuskoriga yoki boshqa salohiyatli investorlarga realizatsiya qilish. |
|
5. 2 milliard soʻmgacha grant mablagʻlari taqdim etish: |
|
|
Ishtirokchilar: |
tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagi boʻlgan va loyihalari belgilangan tartibda istiqbolli loyiha sifatida tanlab olingan kichik tadbirkorlik subyektlari |
|
Qoʻllab-quvvatlash turi: |
kichik tadbirkorlik subyektlarida innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish, yuqori texnologik startap loyihalarga davlat ilmiy dasturlari doirasida 2 mlrd soʻmgacha grant mablagʻlar ajratib boriladi. Bunda: markazlarda tashkil etiladigan Loyihalarni baholash va tanlash guruhlari tomonidan ushbu yoʻnalishdagi loyihalar tanlab olinadi va Innovatsion rivojlanish agentligiga maʼqullash uchun taqdim etiladi; Innovatsion rivojlanish agentligi 15 ish kunida belgilangan tartibda koʻrib chiqib, maʼqullangan loyihalarni Markazlarga taqdim etadi; markazlar maʼqullangan loyihalar tashabbuskorlarini maxsus dasturlar asosida oʻqitadi va sertifikat olgan tashabbuskorlarni grant mablagʻlari ajratish uchun Innovatsion rivojlanish agentligiga yoʻnaltiradi; Innovatsion rivojlanish agentligi mazkur loyihalarni belgilangan tartibda moliyalashtiradi; Innovatsion rivojlanish agentligi davlat ilmiy dasturlari doirasida moliyalashtirilgan tijoratlashtirish va startap loyihalari roʻyxatini amaliyotga joriy qilish va kengaytirishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida markazlarga taqdim etib boradi. |
|
Quyidagi masalalar boʻyicha maʼlumot va maslahatlar berish: litsenziya, ruxsatnoma va sertifikatlar olish, bojxona va soliq maʼmuriyatchiligi, eksport va import operatsiyalari, shartnomalarni rasmiylashtirish; davlat xaridlarida ishtirok etish, shuningdek, yer uchastkalari va bino-inshootlarni sotib olish yoki ijaraga olish va loyihalashtirish; tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amaldagi imtiyoz va preferensiyalar, mavjud boshqa yengilliklar va imkoniyatlar. |
4-ILOVA