11.09.2023 yildagi 460-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalari mutaxassislarini maqsadli tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishda amaliyotga tatbiq etilgan yangicha yondashuvlarni oʻrgatish hamda ularni sertifikatlash tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 16-maydagi PQ-158-son qarori bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-oktabrdan boshlab seysmik xavfsizligi II, III va IV toifadagi bino va inshootlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish, qurilish-montaj ishlarini bajarish va nazorat funksiyalarini amalga oshirish yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi mutaxassislarni sertifikatlash tartibi joriy etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi mutaxassislarni sertifikatlash doirasida oʻquv kurslarini sifatli tashkil etish, taʼlim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish va buning uchun milliy trenerlar korpusini shakllantirishga masʼul davlat boshqaruvi organi etib belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Maʼmuriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-son Farmoni bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzurida Arxitektura, qurilish, muhandislik va kommunal xoʻjalik sohalarida kadrlar tayyorlash (jumladan, maxsus maqsadli), qayta tayyorlash, malakasini oshirish va ularning malakasini baholash boʻyicha ixtisoslashgan davlat oliy taʼlim muassasasi shaklidagi Kompetensiyani rivojlantirish instituti (keyingi oʻrinlarda — institut), shuningdek, uning asosiy funksiyalarini amalga oshiruvchi tarkibiy boʻlinmalari — Arxitektorlar va muhandislar oliy maktabi, Qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi, Malakani baholash markazi hamda ularning hududiy filiallari (yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan) tashkil etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-oktabrdan boshlab shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalaridagi mutaxassislarni (keyingi oʻrinlarda — mutaxassislar) ularning faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha har uch yilda bir marta sertifikatlash tizimi joriy etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassislarni sertifikatlash ishlarini tashkil etish boʻyicha ishchi organ funksiyasi institutga yuklanganligi maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-fevraldagi 60-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2026-y., 09/26/60/0152-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, 2026-yil 1-yanvardan boshlab sertifikatga ega boʻlmagan:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassislarga xavflilik darajasi II, III va IV toifali qurilish obyektlarining, shuningdek, budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan I toifali qurilish obyektlarining arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish, texnik nazoratni amalga oshirish, qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat qilish va nazorat oʻlchovini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslarga koʻp kvartirali uylarning boshqaruv organlariga rahbarlik qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mutaxassislarni davriy sertifikatlashni joriy etishda ustuvor yoʻnalishlar sifatida quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharsozlik hujjatlari shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga, shaharsozlik, zilzilabardoshlik, muhandislik izlanishlar, yongʻinga qarshi hamda ekologik normalar va qoidalarga, sanitariya qoidalari va normalariga, gigiyena normativlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish-montaj ishlarida pudratchi, buyurtmachi, loyihachi va qurilish organlari tomonidan shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, tasdiqlangan loyiha hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, shuningdek, qurilish-montaj ishlarining xavfga uchrashi mumkinligi yuqori boʻlgan bosqichlarida davlat qurilish nazoratini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, obyektni oʻz muddatida foydalanishga topshirish yuzasidan shartnoma majburiyatini bajarish, birlamchi ruxsat beruvchi, loyihaoldi va loyiha hujjatlarini sifatli tayyorlash boʻyicha texnik nazoratni olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish obyektining murakkablik, xavflilik darajalari va obyektga borish muntazamligidan kelib chiqib, obyektning texnologik, meʼmoriy-qurilish va boshqa texnik yechimlari, texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari tasdiqlangan loyiha hujjatlarida koʻzda tutilgan yechimlar hamda koʻrsatkichlarga muvofiqligi yuzasidan mualliflik nazoratini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish obyektida haqiqatda bajarilgan fizik ish hajmlarni loyiha hujjatlari, oferta va bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisob-faktura asosida oʻlchovdan oʻtkazish, loyihadan chetga chiqish holatlarini aniqlash, haqiqatda bajarilib, hisobotlarda aks ettirilgan asbob-uskunalar va kommunikatsiya tizimlarining sinovdan oʻtkazilganligini hamda hisobotlarda arifmetik xatolarning mavjudligi va boshqa hisob-kitoblarni nazorat oʻlchovini oʻtkazgan holda tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassislarning belgilangan malaka talablariga mosligini taʼminlash orqali ular bajarayotgan ishlar sifatini oshirish, sohada shaffoflik va raqobatbardoshlikni taʼminlash, xalqaro standartlarga mos ish yuritish mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etib borish hamda aholining hayoti, salomatligi va xavfsizligini taʼminlash, mulkdorlar huquqini himoya qilishda mutaxassislar masʼuliyatini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalarida rivojlangan davlatlarda qoʻllanadigan taʼlim standartlari asosida sertifikatlanadigan mutaxassislarning malakasini oshirish boʻyicha quyidagi yoʻnalishlardagi oʻquv dasturlarini (keyingi oʻrinlarda — dastur) ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2023-yil 1-oktabrga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha boshqaruvini va texnik nazoratni, shu jumladan yoʻnalishlar boʻyicha nazoratni olib boruvchi mutaxassislar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini olib boruvchi mutaxassislar, shuningdek, loyiha bosh muhandislari va bosh arxitektorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudrat tashkilotlarining ichki nazoratini amalga oshiruvchi mutaxassislar boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2024-yil 1-yanvarga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat oʻlchovini amalga oshiruvchi mutaxassislar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspert tashkilotlari ekspertlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari rahbari va sertifikatlash talab etiladigan xodimlari boʻyicha;
(5-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2024-yil 1-aprelga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) va viloyat arxitektorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalari inspektorlari boʻyicha.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan taqdim etilgan asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq yuqori malakali xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda, ilgʻor xorijiy standartlar asosida dasturlarni va oʻquv kontentlari (oʻquv metodik materiallar, jumladan, oʻquv maʼruza matnlari, videodarslar, interfaol dasturlar, taqdimotlar, topshiriqlar, imtihon materiallari, oʻquv adabiyotlari, infografikalar)ni ishlab chiqish uchun zarur miqdordagi mablagʻlarni respublika budjeti hisobidan ajratsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda institutda va uning hududiy filiallarida (keyingi oʻrinlarda — taʼlim muassasasi) qurilish sohasi mutaxassislarini oʻqitishni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Bilim va malakalarni baholash agentligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 1-noyabrdan boshlab dastur asosida taʼlim olgan mutaxassislarning sohaviy bilimlarini test sinovidan oʻtkazib borish tizimini joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Raqamli texnologiyalar vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Bilim va malakalarni baholash agentligi, boshqa mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida taʼlim muassasasida oʻqib, test sinovlaridan oʻtgan mutaxassislarning sertifikat olishlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
test natijalari toʻgʻrisidagi axborotlarning “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida shakllantirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QR-kod qoʻyiladigan elektron tarzda shakllantiriladigan sertifikat testdan oʻtgan mutaxassislar tomonidan yuklab olinishini;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida avtomatik tarzda sertifikatlangan mutaxassislar reyestri shakllantirilishini nazarda tutuvchi, Bilim va malakalarni baholash agentligining maʼlumotlar bazasi bilan integratsiya qilinishini taʼminlovchi dasturiy taʼminot ishlab chiqilishini hamda joriy etilishini taʼminlasin.
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, uning tizimidagi va soha tashkilotlarining buyurtmanomalari asosida Arxitektorlar va muhandislar oliy maktabida kadrlar toʻlov-kontrakt asosida maqsadli tayyorlanadi (turli shakllarda, qisqartirilgan muddatlarda) hamda uning bitiruvchilariga belgilangan tartibda davlat namunasidagi institut diplomi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
institutda mutaxassislik boʻyicha turdosh yoʻnalishlarda qayta tayyorlash kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha oliy maʼlumotga hamda mutaxassisligi boʻyicha 3 yil va undan ortiq ish stajiga ega boʻlgan kadrlarni toʻlov-kontrakt asosida kamida olti oy muddat davomida oʻqitish va imtihon natijalari boʻyicha tegishli diplom bergan holda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
institutda malaka oshirish jarayonlari Vazirlar Mahkamasining “Loyihalash va qurilish sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 31-maydagi 451-son qarori asosida tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
institut binosini uning faoliyatiga moslab rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari Oʻzbekiston Respublikasining 2023 — 2025-yillarga moʻljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida markazlashgan kapital qoʻyilmalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagilar institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalariga (keyingi oʻrinlarda — sohalar) oid tegishli yoʻnalishlarda kadrlarni maqsadli maxsus tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan kompetensiya tasdigʻini olishni xohlovchi jismoniy shaxslarning kasbiy bilim, koʻnikma va mahoratini baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻqitishning zamonaviy shakllari, ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalari asosida nazariy tayyorgarlikning amaliyot bilan uzviy bogʻliqligini taʼminlashga qaratilgan oʻquv jarayonini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalar va tinglovchilarning amaliyotini nufuzli mahalliy hamda xorijiy korxona va tashkilotlarda tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kafedralar va boʻlinmalarni tarmoq korxonalari, tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot muassasalariga biriktirish hamda hamkorlikda professor-oʻqituvchilar, xodimlar, talabalar va tinglovchilarning amaliy koʻnikmalarini oshirish, tadqiqot natijalarini sinovdan oʻtkazish va ilmiy loyihalardagi ishtirokini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalar va tinglovchilarga sohalardagi yangiliklarni, shaharsozlikka oid qonunchilik hamda texnik tartibga solishga oid normativ hujjatlarni mazmun-mohiyatini yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohalarda dolzarb masalalar boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar loyihalarini milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilgan holda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim va ilmiy jarayonga mahalliy va xorijiy mutaxassislarni keng jalb etish, ilgʻor pedagogik tajriba almashish borasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot va korxonalar buyurtmalari asosida taʼlim xizmatlarini koʻrsatish hamda ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan kelishgan holda maxsus maqsadli tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish dasturlari boʻyicha oʻqitish xarajatlari hamda mutaxassislar malakasini baholash boʻyicha toʻlovlar miqdorlarini belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Quyidagilar institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlov-shartnoma asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorlarning malakasini baholash xizmatlari uchun amalga oshiriladigan toʻlov mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari, xorijiy va donor tashkilotlarning grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim xizmatlari koʻrsatishdan, ilmiy-oʻquv, oʻquv-metodik, ilmiy va axborot-tahliliy mahsulotlarni ishlab chiqarishdan va boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda institut taʼsis hujjatlarining tasdiqlanishi va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
institutni malakali kadrlar bilan taʼminlash va uning moddiy-texnika bazasini shakllantirish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
institutda oʻquv platformalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va xorijiy tajriba asosida tashkil etish choralarini koʻrsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv kurslari boʻyicha oʻquv kontentlarini yaratish uchun malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilsin hamda ularni maʼruza matnlari, videodarslar, interfaol dasturlar, taqdimotlar, topshiriqlar, imtihon materiallari, oʻquv adabiyotlari, infografikalar bilan boyitish choralarini koʻrsin;
(13-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
institut va uning hududiy filiallarida mutaxassislarni oʻqitishni tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv jarayonlari uchun milliy trenerlar tayyorlash maqsadida ilgʻor xorijiy mamlakatlardan sohalar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarni jalb etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali mutaxassislarga sertifikatlar berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 11-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
460-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-fevraldagi 60-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2026-y., 09/26/60/0152-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2023-y., 09/23/460/0691-son; 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son; 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son; 18.02.2026-y., 09/26/60/0152-son)