Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 21.07.2005 yildagi 164-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA” 2005-YIL 19-IYULDAGI PF-3629-SON FARMONINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent tibbiyot akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida” 2005-yil 19-iyuldagi PF-3629-son Farmonining bajarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Shavkat Ibrohimovich Karimov Toshkent tibbiyot akademiyasining rektori etib tayinlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toshkent tibbiyot akademiyasini tashkil etish va uning faoliyati bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini tayyorlash bo‘yicha ilovaga muvofiq tarkibda Komissiya tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Komissiya (F. Nazirov) bir hafta muddatda qaror loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning respublikadagi yuqori malakali tibbiyot kadrlari tayyorlaydigan yetakchi o‘quv muassasasi sifatida Akademiyaga yuklangan funksiyalar amalga oshirilishini ta’minlaydigan yangi tashkiliy tuzilmasini shakllantirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saqlab qolinadigan beshta fakultetlarning tuzilmasini shakllantirishga, kafedralarni fakultetlar bo‘yicha taqsimlashga, a’zolari kam sonli bo‘lgan kafedralar tuzilishiga, ularning bir-birini takrorlashi va parallel mavjud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymagan holda kafedralar soni, tuzilmasi va nomlarini belgilashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugatilayotgan Birinchi va Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutlarining binolari, inshootlari, boshqa mol-mulki va aktivlarini Akademiya balansiga o‘tkazish masalalarini hal etishga, fakultetlarni joylashtirishga hamda Akademiyaning moddiy-texnika va o‘quv bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 21-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
164-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 21-iyuldagi
164-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent tibbiyot akademiyasini tashkil etish va uning faoliyati
bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan Vazirlar
Mahkamasining qarori loyihasini tayyorlash bo‘yicha
Komissiya tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazirov F.G‘.‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri, komissiya raisi ‎
Vorisov A.K.‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining o‘rinbosari (kelishuv bo‘yicha) ‎
Ziyoyev M.Q.‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari‎
Sharopov N.O‘.‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari‎
Qo‘chqorov J.A.‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o‘rinbosari ‎
Bolkunov V.F.‎ —‎‎ Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi‎
Usmonov R.J.‎ —‎‎ Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari‎
Karimov Sh.I.‎ —‎‎ Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori‎
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 28-29-son, 211-modda)