31.08.2023 yildagi 430-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.09.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy-maishiy taʼminlash va ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 17-iyuldagi 543-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda mahkumlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi ularning huquq va erkinliklariga rioya etilishi hamda shaʼni va qadr-qimmati hurmat qilinishini taʼminlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, mahkumlar bilan tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etish orqali ularning tuzalish yoʻliga oʻtishiga koʻmaklashish, shuningdek, jazoni ijro etish muassasalarida mehnatga jalb etilgan mahkumlarga haq toʻlanadigan ish davrini ularning umumiy mehnat stajiga qoʻshib hisoblash tizimini joriy etishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish zarurati yuzaga kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2023-yil 15-fevraldagi OʻRQ-817-son Qonuniga muvofiq, shuningdek, mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2023-yil 15-fevraldagi OʻRQ-817-son Qonuni bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalarining ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar mehnatiga haq toʻlashga doir xarajatlari ijtimoiy soliq boʻyicha soliq solish obyekti etib belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy soliq toʻlangan davr ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning umumiy mehnat stajiga qoʻshib hisoblanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumlarning tuzalish yoʻliga oʻtganligini aniqlash mezonlari belgilab berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalarida mehnatga jalb etilgan mahkumlarning haq toʻlanadigan ishga jalb etilgan davriga oid maʼlumotlarni yuritishni nazarda tutuvchi axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) joriy qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalari tomonidan mahkumlarga hisoblangan ijtimoiy soliq toʻlovlarini elektron tartibda soliq organlariga taqdim etish amaliyotini yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, axborot tizimini joriy etish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi — buyurtmachi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh pudrat tashkiloti qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tender (tanlov) savdolari asosida aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimini joriy etish bilan bogʻliq xarajatlar Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy-maishiy taʼminlash va ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 17-iyuldagi 543-son qarorining 4-bandiga ilovaga muvofiq tuzalish yoʻliga oʻtgan yoki oʻtmagan toifadagi mahkumlar bilan tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 31-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
430-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 430-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy-maishiy taʼminlash va ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 17-iyuldagi 543-son qarorining 4-bandiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oltinchi-yettinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“a) tuzalish yoʻliga oʻtmaganlar — ularga tarbiyachilar biriktirilib, maʼnaviy qiyofasini yaxshilashga doir chora-tadbirlar amalga oshiriladi, ularni sodir etgan jinoyatidan pushaymon boʻlishga va qonunga itoatkor turmush tarziga rioya qilishga undaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tuzalish yoʻliga oʻtganlar — ularda mustaqil mehnat koʻnikmasini uygʻotish va ijtimoiy faol hayotiy pozitsiyasini rivojlantirish maqsadida ularga nisbatan toʻliq ijtimoiy moslashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Toʻqqizinchi — oʻn uchinchi xatboshilar tegishlicha sakkizinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/430/0671-son)