Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.04.2025 11.08.1993 yildagi 402-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.04.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH VA XUSUSIYLASHTIRISH JARAYONINING SAMARALI TASHKIL ETILISHINI TA’MINLASH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qarorga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 5-avgustdagi 399-sonli qarorning 6, 8-bandlariga muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tayyorlash, saqlash va sotish korxonalarini mulkchilikning jamoa va xususiy shakllariga aylantirishga doir 1994-yilgi tashkiliy tadbirlar va Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 11-avgustdagi 402-sonli qarorini qanday bajarilayotganligini tekshirish bo‘yicha maxsus komissiyaning tarkibi qo‘shimcha ravishda kiritilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonining samarali tashkil etilishini ta’minlash, ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirishni davom ettirish, korxonalar va tashkilotlarni xususiylashtirishdan mehnat jamoalari va jismoniy shaxslarning manfaatdorligini oshirish, ushbu sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, tartibni buzishlar va suiiste’mollarning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Respublika komissiyasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar rahbarlarining xalq xo‘jaligi tarmoqlarida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish qanday borayotganligi to‘g‘risidagi hisobotlari eshitilganligi, mulkchilik shakllarini o‘zgartirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishga xalaqit berayotgan sabablar aniqlanganligi, ushbu jarayonni jadallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zlari rahbarlik qilayotgan tarmoqlarda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni tashkil etish bo‘yicha respublika Hukumati qarorlarining bajarilishini ta’minlamaganligi, quyi tarkibiy bo‘linmalarning ishi ustidan zarur nazoratning yo‘qligi, ushbu sohalardagi jiddiy kamchiliklar va buzilishlarni betaraf qilish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rmaganligi uchun Toshkent shahar hokimligi Kommunal mulkchilik va xususiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi I. I. Yemelyanov, “Toshkentsavdo” konserni raisi R. Yu. O‘rozboyev, “Toshshaharmaishiyxizmat” uyushmasi raisi A. D. Azimovlarning egallab turgan lavozimlarida qolish-qolmasliklari to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish va hal qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi raisi Sh. R. G‘afurov, “O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi boshqaruvi raisi M. 3. Usmonov, “O‘zmaishiyxizmat” uyushmasi raisi 3. T. Sobirov va Toshkent shahar hokimi A, I. Fozilbekov o‘rtoqlarga topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi raisi M. 3. Usmonov. “O‘zmaishiyxizmat” uyushmasi raisi 3. T. Sobirov o‘rtoqlar ular rahbarlik qilayotgan tizimdagi obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish uchun shaxsan javobgar ekanliklari to‘g‘risida ogohlantirilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki qo‘mitasi (o‘rtoq G‘afurov), “O‘zdavjamg‘arma” (o‘rtoq Rahimjonov), Toshkent shahar (o‘rtoq Xo‘jayev), Xorazm (o‘rtoq Do‘schonov), Toshkent (o‘rtoq Rahimboyev), Namangan (o‘rtoq Najmiddinov va Andijon (o‘rtoq Alimov) viloyatlari hokimlari o‘rinbosarlarining e’tiborlari Vazirlar Mahkamasining davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘yicha ilgari qabul qilingan qarorlarining bajarilishini ta’minlash yuzasidan ular tomonidan yetarli chora-tadbirlar ko‘rilmayotganligiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-sentabrdagi 443-son va 1993-yil 20-yanvardagi 44-son qarorlarida nazarda tutilganlarga qo‘shimcha ravishda mahalliy sanoat, maishiy xizmat ko‘rsatish, savdo va umumiy ovqatlanish, matlubot kooperatsiyasi korxonalarini mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish bo‘yicha 1993-yil uchun belgilangan tashkiliy chora-tadbirlar 1—5-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*1—5-ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “O‘zbeksavdo” uyushmasi, O‘zbekbirlashuv hamda “O‘zkooptayyorlovsavdo” birlashmasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va “O‘zdavjamg‘arma” bilan birgalikda yirik ulgurji bazalarni hamda savdo korxonalarini 1993-yilda mulkchilikning aksionerlik, ijara va aralash shakllariga aylantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni 6-ilovaga* muvofiq amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*6-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mahalliy sanoat, maishiy xizmat ko‘rsatish, savdo va umumiy ovqatlanish, matlubot kooperatsiyasi, “O‘zkooptayyorlovsavdo” birlashmasi hamda “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” konserni obyektlarini sotib oluvchi nodavlat yuridik va jismoniy shaxslarga, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning shakllaridan qat’i nazar, 7-ilovaga muvofiq qo‘shimcha imtiyozlar berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat mulki qo‘mitasining markaziy apparati va hududiy boshqarmalari 8 va 9-ilovalarga* muvofiq qo‘shimcha 66 nafar xodimlar bilan mustahkamlansin. Hududiy boshqarmalarning namunaviy tuzilmasiga 10-ilovaga* muvofiq qisman o‘zgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*8—10-ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki qo‘mitasining markaziy apparati va hududiy boshqarmalari xodimlari soni qo‘shimcha ko‘payishini hisobga olgan holda ularni respublika budjeti hisobidan mablag‘ bilan ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 kun muddatda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda Davlat mulki qo‘mitasi markaziy apparatini hamda uning hududiy bo‘linmalarini texnik jihozlash uchun mablag‘, shu jumladan valyuta ajratish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi, “O‘zmaishiyxizmat” uyushmasi bilan birgalikda joriy yilning to‘qqiz oyi ish yakunlari bo‘yicha savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarining moliyaviy ahvolini tahlil qilib chiqsin hamda zarar ko‘rib ishlovchi ishlab chiqarish obyektlarini tugatish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zshartnomasavdo”, “O‘zbeksavdo” davlat uyushmalari, “O‘zmaishiyxizmat” uyushmasi “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi, O‘zbekbirlashuv, “O‘zkooptayyorlovsavdo” birlashmasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga ushbu tizimlarning xususiylashtirilayotgan korxonalariga zarur asbob-uskunalar va moddiy-texnika resurslarini sotib olishlari uchun Hukumat zaxira jamg‘armasidan bir yo‘la moliyaviy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy fondini xususiylashtirishni joriy yilning III choragida nihoyasiga yetkazsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishidan oldin mulkchilik shaklini o‘zgartirgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni joriy yilning 15-sentabrigacha Davlat mulki qo‘mitasi organlarida qayta rasmiylashtirishni ta’minlasinlar. Ko‘rsatib o‘tilgan sanadan keyin ushbu obyektlarni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish to‘g‘risida hokimliklar tomonidan qabul qilingan qarorlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 9-noyabrdagi 248-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 385-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida bo‘lgan hamda uning mulki hisoblangan davlat mulkini xususiylashtirish va mulkiy huquqlarni himoya qilish vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi zimmasiga yuklatilsin.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi hamda manfaatdor idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlarda mavjud bo‘lgan hamda shakllantirilayotgan mulki (elchixonalar, vakolatxonalar, savdo vakolatxonalari, korxonalar, tashkilotlar va hokazolar) to‘g‘risida hisobot shaklini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda oliy ta’lim tizimida davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish sohasi bo‘yicha o‘quv kursi dasturini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zdavteleradio, ommaviy axborot vositalari O‘zbekistondagi va xorijiy mamlakatlardagi xususiylashtirish jarayonlarini muntazam yoritib borsinlar, matbuot sahifalalarida xususiylashtirish bo‘yicha chet ellik mutaxassislar va ekspertlarning chiqishlarini uyushtirsinlar, ijobiy tajribalarni keng targ‘ib qilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosarlari T. M. Miryoqubov va B. S. Hamidov o‘rtoqlar zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yil 11-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
402-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil
11-avgustdagi 402-son qaroriga
7-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy sanoat, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, davlat savdosi, umumiy ovqatlanish, matlubot kooperatsiyasi hamda “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” davlat konserni korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishda beriladigan qo‘shimcha imtiyozlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi kerak bo‘lgan mahalliy sanoat, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, davlat savdosi va umumiy ovqatlanish, matlubot kooperatsiyasi korxonalari mulki qiymatini belgilashda beriladigan qo‘shimcha imtiyozlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 6-yanvardagi 3-son qaroriga 1-ilovadagi 2—4-bandlarda nazarda tutilgan imtiyozlar jismoniy va nodavlat yuridik shaxslarga joriy etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirilayotgan obyektlarni sotib olish muddatini, birinchi badal miqdorini keyinchalik hech qanday indeksatsiyalashsiz sotib olish qiymatining 10 foizi (aksionerlik jamiyatlariga aylantirish hollaridan tashqari) qilib belgilagan holda, besh yildan o‘n yilgacha uzaytirishga ruxsat etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiymati 20 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan obyektlarni bir yo‘la sotib olishda chegirish miqdori sotib olish miqdorining 15 foizigacha oshirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarni sotish qiymatlari belgilanayotganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-iyundagi 261-son qarorining amal qilishi 1993-yilda xususiylashtirilayotgan korxonalarga joriy qilinmasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 6-yanvardagi 3-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandidagi uchinchi xatboshining sotib olinayotgan mulkning dastlabki qiymatini o‘z aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun Moliya vazirligi tomonidan berilgan imtiyozli kreditlar summasi miqdoriga kamaytirish bo‘yicha qismining amal qilishi joriy etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-fevraldagi 55-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xususiylashtirilgan korxonalar xodimlarining ixtiyoriy badallari hisobiga balansdan tashqari kredit fondlari tashkil etilishiga ruxsat berilsin, bunda ularning manbalari to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etilishi talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, “O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi, O‘zbekbirlashuv, “O‘zkooptayyorlovsavdo” birlashmasi, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” konsernining rentabelligi darajasi 2 foizgacha bo‘lgan xususiylashtirilgan korxonalari, “O‘zmaishiyxizmat” uyushmasi hamda “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasining rentabellik darajasi 10 foizgacha bo‘lgan korxonalari uchun 1993-yil oxirigacha soliq olinadigan daromad xodimlarga eng kam ish haqi to‘lashni kafolatlaydigan mehnatga haq to‘lash fondi summasi miqdorida kamaytiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-dekabrdagi 466-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 9-noyabrdagi 248-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 385-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 26-dekabrdagi 475-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilab qo‘yilsinki, xususiylashtirilgan obyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish, taftish qilish bir yilda ko‘pi bilan bir marta amaldagi qonunchilikka muvofiq faqat soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.