22.08.2023 yildagi 413-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yaponiya bilan texnik hamkorlik doirasida “Oʻzbekiston-Yaponiya markazi” loyihasini (V bosqich) amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi va Yaponiya oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, 2019-yilning 17 — 20-dekabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Yaponiyaga oliy darajadagi tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi va Yaponiya oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 28-dekabrdagi PQ-4553-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) oʻrtasida 2020-yil 10-iyulda amaldagi “Oʻzbekiston-Yaponiya markazi (IV bosqich)” loyihasining amalga oshirish muddati 2020-yil 30-noyabrdan 2021-yil 30-noyabrga qadar uzaytirilganligi toʻgʻrisida bayonnoma imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) “Oʻzbekiston-Yaponiya markazi (V bosqich)” loyihasini 3,8 mln AQSH dollari miqdoridagi texnik yordam mablagʻlarini jalb qilgan holda 2025-yil 30-noyabrgacha amalga oshirish, shuningdek, kelgusida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan kelishilgan holda loyihaning keyingi bosqichlarini ham amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasiga “Oʻzbekiston-Yaponiya markazi (V bosqich)” loyihasi doirasida soliq, kommunal va boshqa xarajatlarni qoplash uchun qonunchilikka muvofiq davlat subsidiyasi ajratish tavsiya etilsin.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Buxoro davlat universiteti binosida joylashgan Oʻzbekiston-Yaponiya markazi filialining kommunal toʻlovlar boʻyicha xarajatlari universitetning oʻz mablagʻlari hisobidan qoplanishi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Oʻzbekiston-Yaponiya markazi nodavlat notijorat tashkiloti bilan birgalikda ikki hafta muddatda ushbu markazning taʼlim va pedagogik faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston va Yaponiya xususiy sektorlari va davlat tuzilmalari oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan biznes platformasini yaratish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 22-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
413-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2023-y., 09/23/413/0646-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)