Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
Tabiiy suv havzalari mahsuldorligini oshirishda baliqlantirish meʼyorlari va texnologiyasiga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 22-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3103-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-son “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2018-yil 16-noyabrdagi 54-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3103, 2018-yil 20-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2018-y., 10/18/3103/2355-son) bilan tasdiqlangan Tabiiy suv havzalari mahsuldorligini oshirishda baliqlantirish meʼyorlari va texnologiyasiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. VOITOV
Toshkent sh.,
2023-yil 4-avgust,
144-son
Kelishildi:
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
2023-yil 27-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2023-yil 4-avgustdagi 144-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Tabiiy suv havzalari mahsuldorligini oshirishda baliqlantirish meʼyorlari va texnologiyasiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddimadan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-apreldagi PQ-3657-son “Baliqchilik tarmogʻini jadal rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 9-banddagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2023-y., 10/23/3103-1/0643-son)